«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya: Nazariy va amaliy izlanishlar» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.
Опубликован: 2025-12-09
Статьи
ONTOGENEZNLNG ILK BOSQICHLARIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI
Ushbu maqolada ontogenezning dastlabki bosqichlarida psixik rivojlanish jarayonlarining nazariy asoslari, bola psixikasining shakllanishiga ta’sir etuvchi biologik va ijtimoiy omillar hamda psixik rivojlanishning sensor, emotsional, ijtimoiy va kognitiv komponentlari tahlil qilinadi. Bolalarda idrok, diqqat, xotira, nutq va tafakkurning ilk rivojlanish mexanizmlari, shuningdek, sensor-motor tajribaning psixik taraqqiyotdagi o‘rni yoritiladi. Piaget, Vygotskiy va zamonaviy neyropsixologik yondashuvlar asosida ilk bolalikdagi psixik rivojlanishning qonuniyatlari ko‘rib chiqiladi. Maqola amaliy psixologlar, pedagoglar va rivojlanish psixologiyasi bo‘yicha mutaxassislar uchun nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
2025-12-09
INSON PSIXIKASINING SHAKLLANISHI
Mazkur maqolada inson psixikasining mazmuni, shakllanish omillari, psixik jarayonlarning rivojlanishi hamda psixologiya fanining inson hayotidagi o’rni keng yoritiladi. Maqola psixologiya fanini o’rganayotgan talabalar, pedagoglar, ota-onalar va ruhiy jarayonlarga qiziqadigan shaxslar uchun foydalidir. Maqolada psixik salomatlikning ahamiyati va zamonaviy jamiyatdagi psixologik bilimlarning zarurligi asoslab berilgan
2025-12-09
BOSHLANĜICH SINF ÒQITUVCHISIDA NUTQ MADANÌYATI
Maqolada boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining nutq madaniyati va uning pedagogik jarayondagi o‘rni keng yoritilgan. Nutq madaniyati o‘quvchilarning savodxonligi, muloqot ko‘nikmalari, fikrlash faolligi va ijtimoiy kompetensiyasiga ta’sir qiluvchi asosiy omil sifatida tahlil qilingan. O‘qituvchi nutqining fonetik, grammatik, uslubiy va etik talablarga mos bo‘lishi, shuningdek, yosh o‘quvchilarda nutqni rivojlantirish metodlarining samaradorligi ilmiy asosda ko‘rib chiqilgan. Maqola o‘qituvchining nutqiy kompetensiyasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar bilan yakunlanadi.
2025-12-09
ZAMONAVIY MEDIA MAKONDA SUN'IY INTELLEKT YANGI TARIX VA YANGI DUNYOQARASH
Ushbu maqolada zamonaviy media makonida sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining o‘rni, roli va ta’siri tahlil etiladi. Bugungi raqamli asrda sun’iy intellekt inson faoliyatining barcha jabhalariga, jumladan, axborot almashinuvi, jurnalistika, ijtimoiy tarmoqlar va kommunikatsiya sohalariga chuqur kirib kelmoqda. Media muhitida SI nafaqat axborotni yaratish, tahlil qilish va tarqatish jarayonlarini avtomatlashtiradi, balki yangi tafakkur shakllarini ham shakllantiradi.
2025-12-09
IRODAVIY XATTI- HARAKAT NAZARIYASI
Ushbu maqolada iroda tushunchasining psixologik mohiyati, irodaviy xatti-harakatlarning asosiy belgilari hamda irodaviy jarayonlarni tushuntiruvchi nazariy yondashuvlar yoritiladi. Bundan tashqari, irodaning inson hayotidagi ahamiyati, irodali bo‘lishning sirlari va uning foydasi haqida aytib o‘tiladi.
2025-12-09
OʻSMIRLIK DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI VA DEVIANT XULQ-ATVOR
Ushbu maqola oʻsmirlik davrida psixik rivojlanishning asosiy jihatlarini aniqlaydi: kognitiv, emotsional, ijtimoiy va identifikatsion oʻzgarishlar. Shuningdek, deviant xulq-atvor tushunchasi, uning turlari va yuzaga kelish omillari (individual, oilaviy, maktab/taʼlim, tengdoshlar, ijtimoiy–iqtisodiy sharoitlar va biologik omillar) batafsil tahlil qilinadi.
2025-12-09
TA’LIM JARAYONIDA DIQQAT VA XOTIRANING ROLI
Ushbu tezisda ta’lim jarayonida diqqat va xotiraning psixologik asoslari, ularning bilimlarni o‘zlashtirishga ta’siri hamda o‘quv faoliyatining samaradorligini oshirishdagi o‘rni ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, diqqatni barqarorlashtirish va xotirani mustahkamlash usullari haqidagi ilmiy yondashuvlar ham tahlil qilinadi.
2025-12-09
TAFAKKURNING PSIXOLOGIK MEXANIZMLARI VA UNING RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI
Ushbu maqolada tafakkur psixik faoliyatning oliy turi sifatida nazariy va amaliy nuqtai nazardan keng yoritiladi. Tafakkurning mohiyati, uning tuzilishi, turlari, funksiyalari va rivojlanish bosqichlari psixologiya fanining klassik va zamonaviy yondashuvlari asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, tafakkurning neyrofiziologik asoslari, kognitiv jarayonlar bilan integratsiyasi, ijodiy fikrlash va mantiqiy mulohaza yuritishning psixologik mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Maqolada tafakkurning o‘quv jarayonida, kasbiy faoliyatda va shaxs rivojlanishida tutgan o‘rni, shuningdek, zamonaviy ta’limda uni rivojlantirish strategiyalari haqida ilmiy asoslangan fikrlar keltiriladi. Tadqiqot natijalari psixologiya, pedagogika va kognitiv fanlar uchun nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi.
2025-12-09
O‘QITUVCHINING PEDAGOGIK MAHORATI VA BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA O‘QUVCHI RIVOJI
Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’limda o‘qituvchining pedagogik mahorati va uning o‘quvchi rivojiga ta’siri ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Maqolada pedagogik mahoratning mazmuni, metodik tayyorgarlik, shaxsiy fazilatlar, pedagogik muloqot, innovatsion texnologiyalarni qo‘llashning ta’lim samaradorligiga ta’siri keng yoritilgan. Shuningdek, xalqaro va mahalliy ilmiy manbalar asosida pedagogik mahoratning nazariy va amaliy jihatlari ko‘rsatildi.
2025-12-09
SHAXS PSIXOLOGIYASI (TEMPERAMENT VA HARAKTER)
Ushbu mavzuda shaxs psixologiyasining ikki asosiy tushunchasi — temperament va harakterning mazmuni, ularning o‘zaro farqlari hamda o‘zaro bog‘liqligi ilmiy-nazariy manbalar asosida yoritilgan.
2025-12-09
EMOTSIYA VA MOTIVATSIYA: NAZARIY YONDASHUVLAR VA PSIXOLOGIK ASOSLAR
Ushbu maqolada emotsiya v fiziologik va kognitiv asoslari, motivatsiyaning nazariy talqinlari hamda ularning o‘zaro bog‘liqligi zamonaviy psixologiya yondashuvlari asosida yoritilgan. Inson faoliyati, ta’lim, mehnat jarayoni va shaxslararo munosabatlarda emotsional barqarorlik va motivatsion tizimning roli alohida ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, emotsiya va motivatsiya o‘rtasidagi integrativ jarayonlarning psixologik ahamiyati, neyrofiziologik asoslari va ularning buzilishi bilan bog‘liq psixik holatlar tahlil etiladi. Maqola zamonaviy ilmiy manbalar asosida tayyorlanib, amaliy psixologiya va ta’lim jarayonlarida qo‘llashga mo‘ljallangan.
2025-12-09
IQTIDORNING PSIXOLOGIK ASOSLARI VA UNING RIVOJLANISH OMILLARI
Ushbu maqolada iqtidorning psixologik mazmuni, uning tarkibiy komponentlari, individual rivojlanish dinamikasi hamda zamonaviy psixologiya fanidagi talqinlari keng yoritiladi. Iqtidorning biologik, ijtimoiy va psixologik omillar orqali shakllanishi, iqtidorli shaxsning kognitiv, motivatsion va emotsional xususiyatlari chuqur tahlil qilinadi.
2025-12-09
ПОНЯТИЕ ТЕМПЕРАМЕНТА И ИСТОРИЯ ЕГО РАЗВИТИЯ
Современные исследования показывают, что темперамент формируется под влиянием активности нервной системы, гормональных процессов, а также взаимодействия личности с воспитательной и культурной средой. В заключение можно сказать, что, несмотря на древние корни понятия темперамента, его научно обоснованное развитие сформировалось благодаря физиологическим и психологическим исследованиям. Сегодня темперамент рассматривается как одно из ключевых понятий для понимания индивидуально-психологических особенностей человека.
2025-12-09
SHAXS TUSHUNCHASINING MOHIYATI, UNING SHAKLLANISH BOSQICHLARI
Ushbu tezisda shaxs tushunchasining mohiyati, uning shakllanish bosqichlari va ijtimoiylashuv jarayonidagi o‘rni yoritiladi. Shaxsning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar - irsiyat, muhit, tarbiya va faoliyatning o‘zaro bog‘liqligi ilmiy asosda tahlil qilinadi. Insonning shaxs sifatida kamol topishida faoliyatning o‘rni alohida ahamiyatga ega bo‘lib, aynan faoliyat jarayonida shaxs o‘z qobiliyatlarini namoyon etadi, bilim va ko‘nikmalarni egallaydi, ijtimoiy tajriba to‘playdi. Shaxsning jamiyatdagi roli, uning ijtimoiy munosabatlar tizimidagi faolligi, o‘zligini anglash jarayonining psixologik va pedagogik jihatlari keng yoritiladi. Tezis shaxs va faoliyatning bir-biriga ta’siri hamda bu bog‘liqlikning inson hayotini to‘laqonli shakllantirishdagi o‘rnini ko‘rsatib beradi.
2025-12-09
INDIVID VA INDIVIDUALLIK TUSHUNCHALARINING MAZMUNI
Mazkur maqolada individ va individuallik tushunchalarining mazmuni, mohiyati hamda ularning psixologiya va pedagogika fanidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Insonning shaxs sifatida shakllanish jarayonida bu ikki tushunchaning tutgan o‘rni yoritib beriladi. Shuningdek, individ va individuallikning o‘zaro farqli va umumiy jihatlari ochib beriladi. Maqolada boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘quvchilarning individualligini hisobga olish masalalari ham tahlil etiladi. Tadqiqot natijalari talabalarning psixologik bilimlarini boyitishga xizmat qiladi
2025-12-09
INTELLEKT VA KREATIVLIK TUSHUNCHALARI, ULARNING MAZMUNI HAMDA O‘ZARO BOG‘LIQLIGI
Ushbu maqolada intellekt va kreativlik tushunchalari, ularning mazmuni hamda o‘zaro bog‘liqligi psixologik va pedagogik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Intellekt insonning aqlan rivojlanish darajasini bildirsa, kreativlik uning yangicha fikrlash va noodatiy yechimlar topish qobiliyatini anglatadi. Maqolada ushbu ikki omilning shaxs rivojidagi o‘rni, ularning bir-biriga ta’siri va ta’lim jarayonidagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, talaba va o‘quvchilarda intellekt va kreativlikni rivojlantirish yo‘llari ko‘rsatib berilgan. Mavzu zamonaviy ta’lim tizimi uchun dolzarb hisoblanadi.
2025-12-09
SEZGI JARAYONINING XUSUSIYATLARI VA UNING TURLARI
Ushbu tezisda sezgi jarayonining psixologik mohiyati, uning fiziologik asoslari va inson bilish faoliyatidagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida sezgi xususiyatlari – sezuvchanlik, aniqlik, adaptatsiya va chegaralar kabi omillar ilmiy manbalar asosida yoritiladi. Shuningdek, ko‘rish, eshitish, hid bilish, ta’m sezgisi va teri-sezgilari kabi asosiy sezgi turlarining funksional ahamiyati qisqacha izohlanadi. Tezisda sezgi jarayonlarining kundalik hayot, o‘quv faoliyati va idrokning shakllanishidagi o‘rni ilmiy tahlil etiladi. Olingan natijalar sezgi tizimlarining inson psixikasida muhim rol o‘ynashini ko‘rsatadi.
2025-12-09
IRODA
Iroda insonning maqsad sari qat’iy harakat qilishi, ichki kechinmalarni boshqarishi va qaror qabul qilish jarayonida barqarorlikni saqlashiga yordam beruvchi muhim psixologik sifatdir. Kuchli iroda shaxsga murakkab vaziyatlarda to‘g‘ri yo‘l tanlash, motivatsiyani yo‘qotmaslik va uzoq muddatli rejalarga sodiq qolishda asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Irodaning shakllanishi tarbiya, ijtimoiy muhit, shaxsiy tajriba hamda muntazam mashqlar orqali rivojlanadi. Maqsadlarni aniq belgilash, kichik bosqichlarda natijaga erishish va o‘z-o‘zini nazorat qilish iroda kuchini mustahkamlaydi. Shunday qilib, iroda shaxs kamoloti va hayotiy muvaffaqiyatning muhim tarkibiy qismidir.
2025-12-09
PSIXOLOGIYANING TADQIQOT YO‘NALISHLARI. EKSPERIMENTAL PSIXOLOGIYA
Ushbu tezisda psixologiyaning asosiy tadqiqot yo‘nalishlari - eksperimental psixologiya, kognitiv psixologiya, shaxs psixologiyasi, ijtimoiy psixologiya va rivojlanish psixologiyasi ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilingan. Har bir yo‘nalishning maqsadi, tadqiqot predmeti, ahamiyati va zamonaviy psixologiyadagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, psixologiya fanining neyropsixologiya, pedagogik psixologiya, klinik psixologiya kabi amaliy tarmoqlari haqida qisqacha ilmiy izohlar berilgan.
2025-12-09
XAYOL JARAYONI PSIXOLOGIK KATEGORIYA SIFATIDA
Ushbu maqolada xayol jarayoni psixologik kategoriya sifatida tahlil qilinadi. Xayolning mohiyati, shakllari, funksiyalari, individual hamda yoshga oid xususiyatlari ilmiy manbalar asosida yoritilgan. Shu bilan birga, ijodkorlik, tafakkur va motivatsiya bilan xayolning o‘zaro bog‘liqligi ham izohlangan. Tadqiqot natijalari xayolning inson faoliyatida muhim kognitiv mexanizm sifatida qaralishi mumkinligini ko‘rsatadi.
2025-12-09
INTELLEK TUSHUNCHASI VA MAZMUNI
Ushbu maqolada intellekt tushunchasining mazmuni va mohiyati ochib berilgan. Shuningdek, o‘quvchilarni intellektual rivojlantirishning psixologik - pedagogik xususiyatlari haqida so‘z yuritilgan
2025-12-09
INSONNING SEZGI TIZIMI
Ushbu ishda insonning sezgi tizimi uch asosiy yo‘nalishda - eksteroretseptiv, interoretseptiv va proprioretseptiv sezgilar orqali qanday ishlashi haqida so‘z boradi. Eksteroretseptiv sezgilar bizga tashqi olamni: ko‘rish, eshitish, hid bilish, ta’m va teri sezgilari orqali anglash imkonini beradi. Interoretseptiv sezgilar esa tana ichidagi jarayonlarni, masalan, yurak urishi, nafas olish, ochlik yoki chanqoqlik kabi holatlarni his qilishga yordam beradi. Proprioretseptiv sezgilar esa tanamizning fazodagi holati, mushaklarning tarangligi va harakatlarni boshqarish bilan bog‘liq bo‘lib, bizga muvozanat saqlash va harakatlarni aniq bajarishda ko‘mak beradi. Annotatsiyada ushbu uch tur sezgilarning ahamiyati, ular orqali organizmning atrof-muhit va o‘z tanasi bilan uzluksiz aloqada bo‘lishi, shuningdek, sezgi tizimining kundalik hayotimizdagi roli yoritilgan. Ushbu mavzu inson psixologiyasi va fiziologiyasida muhim o‘rin tutadi hamda organizmning murakkab sezish mexanizmlarini chuqurroq anglashga yordam beradi.
2025-12-09
TAFAKKUR VA NUTQ
Ushbu matnda inson tafakkuri va nutqi o‘rtasidagi murakkab va ko‘p qirrali bog‘liqlik falsafiy, psixologik va tilshunoslik nuqtai nazarlaridan tahlil qilinadi. XX asr psixologiya va tilshunoslikda muhim o‘rin olgan - xususan, L.S. Vigotskiyning ichki nutq (inner speech) nazariyasi tafakkur va nutqning shakllanish dinamikasini tushuntiradi. Bundan tashqari, Sapir - Uorf lingvistik nisbiylik qarashlari til tuzilmasi va madaniy kontekstning inson dunyoqarashi va idroki shakllanishiga qanday ta’sir qilishini ko‘rsatadi. Zamonaviy kognitiv tilshunoslik til, nutq va tafakkur o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirning yangi, keng qamrovli modelini taklif etadi - unda til nafaqat nutq vositasi, balki bilish, tushuncha hosil qilish va dunyoni idrok etish vositasi sifatida ko‘riladi. Matn til, tafakkur va nutq inson ongining, ijtimoiy muloqotning va madaniyatning markaziy omillari ekanligini xulosa qiladi.
2025-12-09
INSON TAFAKKURI VA NUTQI O'RTASIDAGI BOG‘LIQLIKLAR
Ushbu matnda inson tafakkuri va nutqi o‘rtasidagi murakkab va ko‘p qirrali bog‘liqlik falsafiy, psixologik va tilshunoslik nuqtai nazarlaridan tahlil qilinadi. XX asr psixologiya va tilshunoslikda muhim o‘rin olgan - xususan, L.S. Vigotskiyning ichki nutq (inner speech) nazariyasi tafakkur va nutqning shakllanish dinamikasini tushuntiradi. Bundan tashqari, Sapir - Uorf lingvistik nisbiylik qarashlari til tuzilmasi va madaniy kontekstning inson dunyoqarashi va idroki shakllanishiga qanday ta’sir qilishini ko‘rsatadi. Zamonaviy kognitiv tilshunoslik til, nutq va tafakkur o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirning yangi, keng qamrovli modelini taklif etadi - unda til nafaqat nutq vositasi, balki bilish, tushuncha hosil qilish va dunyoni idrok etish vositasi sifatida ko‘riladi. Matn til, tafakkur va nutq inson ongining, ijtimoiy muloqotning va madaniyatning markaziy omillari ekanligini xulosa qiladi.
2025-12-09
VAQT HARAKAT VA FAZONI IDROK QILISH JARAYONLARI
Ushbu maqolada psixologiyada vaqt, harakat va fazoni idrok qilish jarayonlarining mohiyati, ularning kognitiv tizimdagi o‘rni hamda inson rivojlanishidagi ahamiyati tahlil qilindi. Idrok jarayonining fiziologik asoslari, sensor signallarni qayta ishlash mexanizmlari va fazoviy yo‘nalishning shakllanishi misollar orqali yoritildi. Shuningdek, vaqtni subyektiv idrok etish, harakatni baholash hamda fazoda mo‘ljal olishning psixologik mexanizmlari izohlandi.
2025-12-09
XOTIRANING NERV-FIZIOLOGIK MEXANIZMLARI VA UNI IZOHLOVCHI ILMIY KONSEPTSIYALAR
Mazkur tezisda xotiraning nerv-fiziologik jarayonlar asosida shakllanishi, miya tuzilmalari o‘rtasidagi funksional bog‘lanishlar, sinaptik o‘zgarishlar va xotira konsolidatsiyasini tushuntiruvchi zamonaviy ilmiy qarashlar yoritilgan. Tadqiqot neyrofiziologiya, psixologiya va kognitiv fanlar kesishmasida xotiraning mexanizmlarini aktual yondashuvlar asosida sharhlaydi.
2025-12-09
FAOLIYAT TUSHUNCHASI TARKIBIY QISMLARI VA ASOSIY TURLARI
Ushbu maqolada inson faoliyati tushunchasi, uning psixologik va pedagogik mohiyati, tarkibiy qismlari va asosiy turlari keng qamrovda yoritilgan. Faoliyatning shaxs rivojiga, bilim va ko‘nikmalarni egallashga, ijodiy tafakkur va ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantirishga ta’siri batafsil tahlil qilingan. Maqolada boshlang‘ich ta’lim jarayonida faoliyatni samarali tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar ham berilgan, shuningdek, o‘quvchilarda faollikni oshirish, mustaqillik va mas’uliyatni rivojlantirish bo‘yicha pedagogik jihatlar ko‘rsatib o‘tilgan.
2025-12-09
FAOLIYATNING TUZILISHI VA TURLARI
Maqolada inson faoliyatining psixologik mazmuni, tuzilishi va asosiy turlari tushuntiriladi. Faoliyatning ehtiyoj, motiv, maqsad, harakat va amal kabi tarkibiy qismlari yoritib berilgan. Shuningdek, faoliyat turlarining ta’lim jarayonidagi ahamiyati, ayniqsa boshlang‘ich ta’lim bosqichida bolalar shaxsini rivojlantirishdagi o‘rni tahlil qilingan. Maqolada ilmiy asoslangan xulosalar va amaliy tavsiyalar berilgan.
2025-12-09
MOTIVLAR VA EHTIYOJ IJTIMOIY FAOLLIK SIFATIDA
Ushbu maqolada inson faoliyatining asosiy manbai bo‘lgan ehtiyoj va motivlar tushunchasi keng qamrovda tahlil qilinadi. Ehtiyoj va motivlarning inson faolligiga ta’siri, ularni shakllantirish va rivojlantirish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Ehtiyoj va motivlarning o’xshash va farqli jihatlari berilgan. Maqolada psixolog olimlarning fikrlari, amaliy misollar va pedagogik nuqtai nazar ham keltiriladi.
2025-12-09
FAOLIYAT VA SHAXS FAOLLIGI
Maqola shaxs faolligi va uning turli faoliyat turlari bilan bog‘liqligini o‘rganishga bag‘ishlangan. Unda faoliyatning asosiy turlari - o‘quv, ijodiy, mehnat va ijtimoiy faoliyat tushunchalari tahlil qilinadi. Shaxsning faolligi uning ichki motivatsiyasi, qiziqishlari va ijtimoiy muhit bilan bog‘liqligi orqali namoyon bo‘lishi tushuntiriladi. Maqola bolalarda va kattalarda faollikni shakllantirishning pedagogik shartlari haqida qisqacha ma’lumot beradi.
2025-12-09
MOTIV VA ULARNING PSIXOLOGIYADAGI O‘RNI, TARIXIY VA ZAMONAVIY TALQINLARI
Ushbu maqolada motiv tushunchasi, uning psixologiyadagi o‘rni, tarixiy va zamonaviy talqinlari, shuningdek, 2020–2024-yillardagi motivatsiya bo‘yicha yangi ilmiy tadqiqotlar tahlil qilinadi. Motivning shakllanishiga ta’sir qiluvchi biologik, ijtimoiy va kognitiv omillar, shuningdek, bolalikdan kattalikka qadar motivlarning rivojlanish mexanizmlari yoritiladi. Maqolada shaxs faoliyatini boshqaruvchi motivlarning ahamiyati va zamonaviy psixologiyada tutgan o‘rni ko‘rsatib berilgan.
2025-12-09
IJTIMOIY XULQ MOTIVLARINING MAZMUN MOHIYATI
Ushbu tezisda ijtimoiy xulq motivlarining mazmun-mohiyati, shaxsning jamiyatdagi xulq-atvoriga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar, ijtimoiy tajriba va atrof-muhitning rolini ilmiy asosda yoritadi. Shuningdek, ichki va tashqi motivlar, shaxsiy, ijtimoiy, axloqiy-madaniy va amaliy motivlar kabi asosiy turlari ham ko‘rib chiqilgan. Natijada, ijtimoiy xulq motivlarini tushunish va boshqarishning shaxsiy rivojlanish, jamiyatdagi faol ishtirok va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashdagi ahamiyati aks ettiriladi.
2025-12-09
FAOLIYATNING MUHIM PSIXOLOGIK MEXANIZMLARI
Ushbu maqolada shaxs faoliyatining muhim psixologik mexanizmlaridan biri bo‘lgan interiotsizatsiya va eksteriotsizatsiya jarayonlari ilmiy-nazariy jihatdan yoritib berilgan. Interiotsizatsiya tashqi faoliyatning ichki ruhiy jarayonga aylanishi bo‘lsa, eksteriotsizatsiya esa ichki jarayonning tashqi faoliyat shaklida namoyon bo‘lishidir. Mazkur tushunchalar bolaning bilim olish, tafakkur rivojlanishi va shaxs sifatida shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Maqolada L.S. Vygotskiy, A.N. Leontyev hamda J. Piaget kabi olimlarning ilmiy qarashlari keltirilgan. Shuningdek, ta’lim jarayonida interiotsizatsiya va eksteriotsizatsiya mexanizmlarining pedagogik ahamiyati yoritilgan. Ushbu maqola boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun nazariy va amaliy jihatdan muhim manba hisoblanadi.
2025-12-09
HISSIYOTNING PSIXOLOGIK MOHIYATI
Ushbu tezisda hissiyotning psixologik mohiyati ,uning inson ongidagi aks etish jarayoni va kundalik faoliayatidagi ahamiyati yoritiladi .Unda hissiyotning shakllanishi ,uning fiziologik hamda psixologik asoslari hamda aks ettirish jarayonini qamrab oladi .Shuningdek ,hissiyotlarni boshqarish ,emotsional barqarorlikni shakllantirish va ijobiy hissiy muhit yaratish bo‘yicha turli xil yondashuvlar tahlil qilinadi .Mazkur mavzuda psixologik nazariyalar bilan amaliyot o‘rtasidagi bog‘liqlikni taqdim etadi .
2025-12-09
HISSIYOT TUSHUNCHASI, UNING PSIXOLOGIK MOHIYATI
Ushbu maqolada hissiyot tushunchasi, uning psixologik mohiyati va asosiy nazariyalari yoritilgan. Hissiyotning inson ruhiy holatiga, xulq-atvoriga va faoliyatiga ta’siri ilmiy asosda tahlil qilingan. Shuningdek, hissiyotlarning turlari hamda ularning o‘quv jarayonidagi o‘rni ochib berilgan. Pedagogik faoliyatda hissiyotlarni boshqarishning ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan. Mazkur ish bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Hissiyotlarni boshqarish ko’nikmalarini shakllantirish uchun ta’klif va tavfsiyalar berilgan.
2025-12-09
HISSIY HOLATLARNING NERV FIZIOLOGIK ASOSLARI
Ushbu tezisda hissiy holatlarning nerv-fiziologik asoslari yoritilgan bo‘lib, emotsiyalarning inson miya tizimlarida qanday shakllanishi va boshqarilishi ilmiy nuqtai nazardan tahlil etiladi. Tadqiqotda limbik tizimning, ayniqsa amigdala va gippokampning hissiy jarayonlardagi o‘rni, prefrontal korteksning emotsiyalarni nazorat qilishdagi funksiyasi ochib beriladi. Shuningdek, emotsional reaksiyalarni yuzaga keltiruvchi neyrokimyoviy jarayonlar - adrenalin, kortizol, serotonin va dopamin kabi gormonlarning ta’siri tahlil qilinadi.
2025-12-09
EMOTSIYA VA UNING INSON FAOLIYATIDAGI OʻRNI
Mazkur tezisda emotsiyaning psixologik mohiyati, uning inson faoliyatidagi oʻrni va ahamiyati ilmiy nuqtai nazardan yoritiladi. Shuningdek, emotsiyalarning xulq-atvorni boshqarishdagi roli, emotsional ifodalanish shakllari va emotsional nazoratning psixologik ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari emotsiyaning insonning moslashuv jarayoni, muloqot sifati va ruhiy barqarorligiga ta’sirini ko‘rsatadi.
2025-12-09
TEMPERAMENTNING PSIXOLOGIK MAZMUNI, UNING NERV TIZIMI FAOLIYATI BILAN BOG’LIQLIGI
Ushbu tezisda temperamentning psixologik mazmuni, uning nerv tizimi faoliyati bilan bog’liqligi va asosiy turlari yoritilgan. Shuningdek, temperamentning shaxsiy rivojlanishdagi roli, kundalik hayot va ta’lim jarayoniga ta’siri ilmiy ravishda tahlil qilingan. Asosan, sangvinik, xolerik, melanxolik va flegmatik temperamentlarining psixologik xususiyatlari to’la ochib berilgan. Xulosa qismida temperament bilish shaxsni to’g’ri anglash, individual yondashuvni shakllantirish va kasb tanlashda muhim omil ekanligi ta’kidlanadi.
2025-12-09
TEMPERAMENTNING RIVOJLANISH TARIXI
Ushbu maqolada temperament tushunchasining tarixiy rivojlanishi qadimgi davrlardan tortib zamonaviy psixologiyagacha bo‘lgan bosqichlarda tahlil etiladi. Gippokrat va Galenning to‘rt suyuqlik nazariyasidan boshlab, Kant, Vundt, Pavlov kabi olimlarning ilmiy qarashlari hamda Jung va Eysenckning zamonaviy tipologiyalari o‘rganiladi. Shuningdek, 2020–2024-yillar orasida temperamentning neyrobiologik va psixogenetik asoslarini o‘rgangan yangi tadqiqotlar tahlil qilinadi. Maqola temperamentning inson shaxsini o‘rganishdagi ahamiyati va uning bugungi psixologiyada tutgan o‘rnini ko‘rsatadi.
2025-12-09
SHAXSNING INDIVIDUAL-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Ushbu tezisda shaxsning individual-psixologik xususiyatlarini tushunishdagi temperament turlarining nazariy va amaliy ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot maqsadi Gippokrat va I.P. Pavlovning klassik tasniflariga tayanib, temperament turlari (sanguinik, xolerik, flegmatik, melanxolik) va ularning oliy nerv faoliyati (ONF) xususiyatlari oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni tahlil qilishdan iborat. Ishning dolzarbligi temperamentni bilish kasbiy moslashuv va shaxslararo munosabatlarni optimallashtirishga xizmat qilishi bilan belgilanadi.
2025-12-09
TEMPERAMENTNING BIOLOGIK ASOSLARI VA PSIXOLOGIK TASNIFI
ushbu tezisda temperamentning psixologik tasnifi, uning biologik asoslari va shaxsning emotsional hamda xulq-atvor dinamikasiga ta’siri yoritiladi. Gippokrat, Galen, Pavlov va boshqa olimlarning temperament haqidagi qarashlari tahlil qilinib, sangvinik, xolerik, flegmatik va melanxolik turlarining asosiy xususiyatlari qisqacha bayon etiladi. Temperamentni pedagogik jarayonda inobatga olish individual yondashuv va ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qilishi ko‘rsatiladi.
2025-12-09
OLIY NERV FAOLIYATI VA UNING SHAKILLANISH XUSUSIYATLARI
Ushbu maqolada oliy nerv faoliyati tushunchasi, uning shakllanishi, xususiyatlari va insonning psixik faoliyatidagi roli keng yoritilgan. Maqolada oliy nerv faoliyatining fiziologik va psixologik asoslari, turlari, shuningdek, ta’lim va tarbiyada qo‘llanilishi tahlil qilinadi.Olimlarning oliy nerv faoliyatiga o’zlarining nazariyalari va qarashlari keltitilgan.
2025-12-09
HARAKAT TUSHUNCHASI
Ushbu tezisda harakat tushunchasi psixologik va pedagogik nuqtai nazardan yoritiladi. Harakatning maqsadga yo‘naltirilganligi, tarkibiy tuzilishi, ichki va tashqi tomonlari, motivatsion va psixologik roli, shuningdek pedagogik ahamiyati tahlil qilinadi. Tezis harakat tushunchasining shaxs faoliyati va ijtimoiy moslashuvdagi ahamiyatini ko‘rsatadi va yoritadi.
2025-12-09
HARAKATNING TIPOLOGIYASI VA AKSENTUATSIYASI
Ushbu maqolada harakat tushunchasi, uning psixologik mohiyati, tipologiyasi va aksentuatsiyasi masalalari yoritilgan. Harakatning shaxs rivojidagi o‘rni, individual farqlarning shakllanishiga ta’siri ochib berilgan. Harakat aksentuatsiyasining ijobiy va salbiy jihatlari tahlil qilingan. Shuningdek, pedagogik faoliyatda harakat tiplarini hisobga olishning ahamiyati ko‘rsatib berilgan. Ushbu ish bo‘lajak pedagoglar uchun nazariy va amaliy jihatdan muhim ahamiyatga ega.
2025-12-09
QOBILIYAT
Ushbu tezis kichik maktab yoshidagi bolalarda emotsional intellektning rivojlanishi va unga ta’sir etuvchi psixologik, pedagogik hamda ijtimoiy omillarnining samaradorligini tahlil qiladi. Sharh zamonaviy ilmiy yondashuvlar: kognitiv, aralash, neyropsixologik, ijtimoiy-o‘rganish va ta’limga asoslangan (SEL Social-Emotional Learning) modellarni yoritadi
2025-12-09
TALANT VA UNING TABIIY SHAKLLARI
Ushbu maqolada talant tushunchasining ilmiy-psixologik mohiyati ochib berildi hamda uning tabiiy shakllari keng yoritildi. Talantning shaxs rivoji, kasb tanlash va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni tahliliy asosda ko‘rib chiqildi. Turli olimlar tomonidan talantga berilgan ta’rif va nazariyalar qiyosiy tahlil qilindi. Shuningdek, tug‘ma qobiliyatlar va ijtimoiy muhit ta’siri o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ochib berildi. Maqolada yoshlarni talantni aniqlash va rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shaxsiy muvaffaqiyat va jamiyat taraqqiyotida talantning ahamiyati asoslab berildi. Mazkur tezis ta’lim tizimi uchun metodik ahamiyatga ega.
2025-12-09
INTELLEKTNING EVOLYUTSION TUSHUNCHASINI
Ushbu maqola intellektning evolyutsion tushunchasini, uning psixologik mazmunini va zamonaviy nazariy modellarini ilmiy-tahliliy nuqtai nazardan yoritadi. Maqolada intellektning strukturaviy va jarayonli nazariyalari oʻrtasidagi tafovutlar koʻrib chiqilgan. Shuningdek, intellektning koʻp oʻlchovli va kontekstual modellariga alohida e’tibor qaratilgan. Intellektning biologik asoslari va hissiy intellekt kabi turdosh tushunchalar tahlil qilinib, tushunchaning ta’lim va ijtimoiy adaptatsiyadagi oʻrni yoritilgan.
2025-12-09
KREATIVLIK TUSHUNCHASI VA RIVOJLANISH OMILLARI
Kreativlik insonning noodatiy fikrlash va yangi g‘oyalar yaratish qobiliyatidir. Ushbu mavzu kreativlikning mazmuni va uning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillarni yoritadi. Kreativlik intellektual rivojlanish, motivatsiya, erkin fikrlash va tajribalar orqali mustahkamlanadi. Mazkur annotatsiya kreativ fikrlashning umumiy ahamiyati va rivojlanish yo‘llarini qisqa tarzda tushuntiradi.
2025-12-09
INSON NERV TIZIMINING TUZILISHI
Ushbu maqolada insonning nerv-fiziologik asoslari, nerv tizimining tuzilishi, funksiyalari, evolyutsion rivojlanishi hamda fiziologiya fanining o‘rganish doirasi chuqur ilmiy tahlil qilingan. Neyronlar, neyrogliya, markaziy va periferik nerv tizimi, vegetativ va somatik boshqaruv mexanizmlarining biologik mohiyati keng yoritilgan.
2025-12-09
PSIXODIAGNOSTIKA NAZARIYASI
Ushbu maqolada psixodiagnostika nazariyasining ilmiy-metodologik asoslari, uning asosiy tamoyillari, tashxislash jarayonida qo‘llaniladigan metodlar tizimi va psixologik o‘lchovlar ishonchliligi hamda valideyligi masalalari yoritiladi. Psixodiagnostikaning amaliy sohalarda qo‘llanilishi, shuningdek, zamonaviy diagnostik yondashuvlarning afzalliklari tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi psixologik xizmatlar sifatini oshirishda ilmiy asoslangan diagnostik metodlarning muhim o‘rin tutishi bilan belgilanadi.
2025-12-09
TAFAKKUR OPERATSIYALARI VA SHAKLLARI
Ushbu tezisda tafakkur, bilish jarayonining eng yuqori shakli sifatida, uning asosiy operatsiyalari (tahlil, sintez, taqqoslash, umumlashtirish, mavhumlashtirish) va shakllari (tushuncha, hukm, xulosa chiqarish) tahlil qilinadi. Mavzuning dolzarbligi shundaki, tafakkurning samarali shakllanishi shaxsning aqliy rivojlanishi va muammolarni hal qilish qobiliyatining asosidir.
2025-12-09
XOTIRASINING MOHIYATI, UNING ASOSIY TURLARI VA PSIXOLOGIK KLASSIFIKATSIYALARI
Ushbu tezisda inson xotirasining mohiyati, uning asosiy turlari va psixologik klassifikatsiyalari nazariy-amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Xotira bilish jarayonining markaziy qismi bo‘lib, axborotni kodlash, saqlash va qayta tiklash kabi murakkab bosqichlardan iborat. Xotira samaradorligi shaxsning o‘quv motivatsiyasiga va ijtimoiy moslashuviga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omil hisoblanadi. Mazkur ishda xotiraning zamonaviy psixologiyadagi o‘rni, uning asosiy turlari (qisqa muddatli, uzoq muddatli) hamda psixologik mexanizmlari (esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish) yoritilgan.
2025-12-09
NUTQ VA TAFAKKUR O‘RTASIDAGI O‘ZARO BOG‘LIQLIK
Ushbu maqolada nutq va tafakkur tushunchalarining psixologik, lingvistik hamda neyrofiziologik mohiyati chuqur ilmiy tahlil qilingan. Tafakkurning shakllanishida nutqning roli, nutq jarayonining kognitiv asoslari, til - tafakkur o‘zaro munosabatlarining rivojlanish mexanizmlari, shuningdek, nutqning kommunikativ va ijtimoiy funksiyalari ilmiy yondashuv asosida yoritilgan.
2025-12-09
IDROK JARAYONIDA KUZATUVCHANLIKNING O‘RNI
Ushbu maqolada idrok jarayonida kuzatuvchanlikning tutgan o‘rni, uning psixologik mexanizmlari va inson faoliyatidagi ahamiyati yoritiladi. Kuzatuvchanlikning tashqi va ichki turlari, shuningdek idrokning fiziologik va psixologik asoslari haqida ilmiy-tahliliy ma’lumotlar keltiriladi. Maqolada idrokning inson ongidagi ijodiy jarayon sifatidagi roli, appersepsiya, diqqat, tafakkur va hissiy holatlarning idrok sifatiga ta’siri o‘rganiladi
2025-12-09
INTELEKT RIVOJLANISHIDA IRSIYAT VA MUHITNING O'RNI
Ushbu maqolada intellektning rivojlanishida irsiyat va muhitning o‘zaro ta’siri, ularning shaxs intellektiga ta’sir darajasi hamda genetik va tashqi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlik tahlil qilinadi.
2025-12-09
VAQT HARAKAT VA FAZONI IDROK QILISH JARAYONLARI
Ushbu maqolada psixologiyada vaqt, harakat va fazoni idrok qilish jarayonlarining mohiyati, ularning kognitiv tizimdagi o‘rni hamda inson rivojlanishidagi ahamiyati tahlil qilindi. Idrok jarayonining fiziologik asoslari, sensor signallarni qayta ishlash mexanizmlari va fazoviy yo‘nalishning shakllanishi misollar orqali yoritildi. Shuningdek, vaqtni subyektiv idrok etish, harakatni baholash hamda fazoda mo‘ljal olishning psixologik mexanizmlari izohlandi.
2025-12-09
XOTIRANING MAZMUNI VA UNING NERV-FIZIOLOGIK ASOSOLARI
Ushbu maqolada xotiraning mazmuni, uning nerv-fiziologik asoslari, shakllari, mexanizmlari hamda shu jarayonning inson ruhiyati va xulq-atvoriga ta’siri haqida ilmiy tahlillar keltiriladi. Shuningdek, xotiraning tarixiy tadqiqi, mashhur allomalar qarashlari hamda xotira buzilishlari va ularning sabablari yoritiladi.
2025-12-09
INTELLEKT VA KREATIVLIKNING O‘ZARO TA’SIRI
Ushbu ilmiy tadqiqot intellektual qobiliyatlar (IQ) va kreativlik salohiyati o‘rtasidagi kognitiv korrelyatsiyaning dinamikasini chuqur tahlil qilishga qaratilgan. Asosiy maqsad - ijodiy samaradorlikni namoyon etishda intellektning instrumental roli darajasini empirik asoslash hamda bu ikki tuzilmaning chiziqli bo‘lmagan o‘zaro ta’sirini nazariy jihatdan tasdiqlashdan iborat. Tadqiqotning asosiy maqsadi - “Bo‘sag‘a nazariyasi” (Threshold Theory) ning O‘zbekiston shaxslarida empirik isbotini topish orqali intellektning divergent fikrlash jarayonlariga ta’sir darajasini aniqlashdir. O‘tkazilgan psixodiagnostik tahlillar natijasida, IQ kritik bo‘sag‘adan past bo‘lgan guruhlarda intellekt va kreativlik o‘rtasida kuchli musbat bog‘liqlik kuzatilgan bo‘lsa, yuqori IQ li subyektlarda bog‘liqlik keskin zaiflashgan .Tadqiqot natijalari shaxsning professional kompetensiyasini oshirish hamda ta’lim tizimida intellektual va ijodiy salohiyatni integrativ rivojlantirishga oid optimal strategiyalarni ishlab chiqish uchun metodologik asos yaratadi.
2025-12-09
INTELLEKTNI OʻLCHASHDA ZAMONAVIY TESTLAR: ILMIY-METODOLOGIK YONDASHUVLAR
ushbu maqolada intellektni oʻlchashga boʻlgan zamonaviy yondashuvlar, ayniqsa, psixometrik va kognitiv nazariyalar asosida ishlab chiqilgan testlarning nazariy va amaliy asoslari tahlil qilingan. Anʼanaviy testlar bilan bir qatorda, intellektning koʻp oʻlchovli modellariga asoslangan zamonaviy asboblar koʻrib chiqilgan. Maqolada intellektni oʻlchashning madaniy neytralligi, validligi va reliabilligi masalalari, shuningdek, testlarning taʼlim va kasbiy yoʻnaltirishdagi oʻrni ilmiy asoslangan holda yoritilgan.
2025-12-09
XAYOLNING TURLARI VA RIVOJLANISH JARAYONLARI
Ushbu maqolada xayol tushunchasi, uning kognitiv jarayonlardagi oʻrni va psixologik mazmuni keng qamrovda tahlil qilinadi. Xayolning asosiy turlari – ijodiy va retsiptiv xayol, shuningdek, orzu va gallyutsinatsiya kabi uning shakllari batafsil yoritilgan. Maqolada xayolning individual va ontogenetik rivojlanish jarayonlari, jumladan, bolalik davridagi tasavvurdan tortib, kattalik davridagi ongli ijodiy faoliyatgacha boʻlgan bosqichlar ilmiy asosda koʻrib chiqilgan.
2025-12-09
EKSTRORETSEPTIV, INTRORETSEPTIV VA PROPRIORETSEPTIV SEZGILAR
Ushbu ishda inson sezgi tizimining uch turi - ekstroretseptiv, introretseptiv va proprioretseptiv sezgilar o‘rganilgan. Ekstroretseptiv sezgilar tashqi muhitni idrok etishga, introretseptiv sezgilar ichki organlar faoliyatini sezishga, proprioretseptiv sezgilar esa tana holati va harakatlarni boshqarishga yordam beradi. Ish sezgilar tizimining hayotiy faoliyatdagi rolini, xavfsizlik va koordinatsiya jarayonlaridagi ahamiyatini ko‘rsatadi.
2025-12-09
PSIXALOGIYANING BOSHQA FAN BILAN ALOQADORLIGI
Ushbu ish “Psixologiya va boshqa fan bilan aloqadorligi” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, psixologiyaning turli fanlar bilan integratsiyasi orqali inson faoliyatini, ruhiy jarayonlarini va xulq-atvorini chuqur tushunishga qaratilgan. Matnda psixologiya va biologiya, sotsiologiya, pedagogika, tibbiyot, antropologiya, informatika, iqtisodiyot, sport fanlari, san’at va ekologiya o‘rtasidagi bog‘liqlik batafsil tahlil qilingan. Har bir fan psixologik jarayonlarni yanada mukammal tushuntirish, amaliy tadqiqotlar va insonning ijtimoiy, emotsional, kognitiv va ruhiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi. Ishda psixologiyaning boshqa fanlar bilan integratsiyasining nazariy asoslari va amaliy ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan.
2025-12-09
DIQQATNING NERV - FIZIOLOGIK ASOSLARI
Ushbu tezisda diqqatning nerv - fiziologik asoslari, uning markaziy asab tizimi bilan bog‘liqligi, bosh miya po‘stlog‘i faoliyati, analizatorlar va reflektor mexanizmlarning diqqat jarayonidagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, diqqatning turlari, uning fiziologik mexanizmlari va diqqatga ta’sir etuvchi omillar haqida ilmiy ma’lumotlar bayon etilgan.
2025-12-09
IXTIYORIY DIQQATNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI
Ushbu ishda ixtiyoriy diqqatning mazmuni, psixologik xususiyatlari va uning shakllanish mexanizmlari yoritiladi. Mavzuda ongli boshqaruv, motivatsiya va maqsadning diqqatni faollashtirishdagi o‘rni izohlanadi. Shuningdek, ixtiyoriy diqqatning o‘quv jarayonidagi ahamiyati hamda uni rivojlantirishning samarali yo‘llari ko‘rsatiladi. Tadqiqot natijalari diqqatni boshqarish kompetensiyasi inson faoliyatida muhim omil ekanini tasdiqlaydi.
2025-12-09
IXTIYORSIZ DIQQATNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Ushbu tezisda diqqatning mohiyati, uning asosiy qismlari va turlari yoritiladi. Diqqat psixikaning obyektiga yo‘naltirilishi va uni ongda saqlash jarayoni sifatida tavsiflanadi. Asosiy qismlari - yo‘nalganlik, barqarorlik, ko‘lam, taqsimlanish, ko‘chish va kuch haqida malumot berigan. Diqqat ixtiyorsiz, ixtiyoriy va ixtiyoriydan keyingi, shuningdek ko‘rish, eshitish va taktil - harakat jarayonining psixologik va fiziologik asoslarini tushunishga yordam beradi.
2025-12-09
IXTIYORIYDAN SO‘NGGI DIQQATNING O‘ZIGA XOSLIGI
Ushbu ilmiy ishda umumiy psixologiyada muhim o‘rin tutuvchi ixtiyoriydan so‘nggi diqqat fenomenining mazmuni, psixologik asoslari va uning shakllanish mexanizmlari batafsil yoritiladi. Tadqiqotda diqqatning mazkur turi ixtiyoriy diqqat jarayonidan keyingi bosqich sifatida namoyon bo‘lib, faoliyatga nisbatan ichki ehtiyoj, qiziqish va motivatsiyaning kuchayishi asosida barqarorlashuvi ilmiy jihatdan asoslanadi. Ixtiyoriydan so‘nggi diqqatning o‘ziga xosligi shundaki, u ongli nazoratning kamayishi bilan birga ruhiy zo‘riqishning pasayishiga, aqliy jarayonlarning tabiiy va samarali kechishiga olib keladi.
2025-12-09
DIQQATNING QONUNIYATLARI
Ushbu maqolada diqqatning asosiy xususiyatlari va uning psixologik qonuniyatlari ilmiy-qonuniyatlari - yo‘naltirilganlik, barqarorlik, maqsadlilik, selektivlik kabi jihatlar ilmiy asosda bayon etiladi. Tadqiqot natijalari diqqatning o‘quvchilarning bilim faoliyatidagi roli va samaradorligini oshirishda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.
2025-12-09
SEZGI JARAYONINING FIZIOLOGIK ASOSLARI
Ushbu ishda sezgi jarayonining nerv-fiziologik asoslari o‘rganilgan. Sezgi - inson va hayvonlarda tashqi va ichki muhitdagi stimullarni qabul qilish va markaziy nerv tizimida qayta ishlash jarayoni bo‘lib, idrok, xatti-harakat, hissiyot va xotirani boshqarishda muhim ahamiyatga ega. Ishda sezgi organlari (ko‘z, quloq, til, burun, teri) va ularning retseptorlari, nerv yo‘llari, talamus va miyadagi markaziy kortikal hamda subkortikal tuzilmalar faoliyati batafsil tahlil qilingan. Sezgi jarayoni fiziologik tamoyillari - receptor faolligi, transduksiya, adaptatsiya, summatsiya va refleks javoblar - orqali insonning atrof-muhitga moslashuvchanligini ta’minlaydi. Ishning natijalari sezgi jarayonining murakkab mexanizmini va uning psixologik, pedagogik va tibbiy amaliy ahamiyatini ko‘rsatadi
2025-12-09
SEZGI QONUNIYATLARINING PSIXOLOGIK ASOSLARI
Ushbu tezisda sezgi jarayonlarining psixologik va fiziologik qonuniyatlari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Sezgi, insonning atrof - muhitdan axborot qabul qilishdagi eng muhim psixik jarayon sifatida ko‘rib chiqiladi. Maqolada adaptatsiya, sensibilizatsiya, differensial sezgirlik, kontrast, sinesteziya, kompensatsiya va selektivlik kabi asosiy qonuniyatlar ilmiy misollar asosida yoritiladi. Shuningdek, sezgi jarayonlarining nerv - fiziologik asoslari, analizatorlar faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari ham chuqur tahlil qilinadi.
2025-12-09
KREATIVLIK TUSHUNCHASI VA RIVOJLANISH OMILLARI
Kreativlik insonning noodatiy fikrlash va yangi g‘oyalar yaratish qobiliyatidir. Ushbu mavzu kreativlikning mazmuni va uning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillarni yoritadi. Kreativlik intellektual rivojlanish, motivatsiya, erkin fikrlash va tajribalar orqali mustahkamlanadi. Mazkur annotatsiya kreativ fikrlashning umumiy ahamiyati va rivojlanish yo‘llarini qisqa tarzda tushuntiradi.
2025-12-09
BIOGENETIK NAZARIYA MOHIYATI VA TANQIDIY TAHLIL
Ushbu ilmiy maqolada biogenetik nazariyaning mazmuni, ontogenez va filogenez o‘rtasidagi bog‘liqlik, shuningdek, Gekkel tomonidan ilgari surilgan g‘oyalarning hozirgi zamon biologiyasidagi talqini yoritildi. Nazariya mohiyati, uning ilmiy ahamiyati hamda zamonaviy fan nuqtai nazaridan tanqidiy tahlili misollar asosida bayon qilindi. Shuningdek, nazariyaning kuchli va zaif jihatlari hamda evolyutsion biologiyaga qo‘shgan hissasi ko‘rib chiqildi.
2025-12-09
INTELLEKT VA KREATIVLIKNING O‘ZARO TA’SIRI
Ushbu ilmiy tadqiqot intellektual qobiliyatlar (IQ) va kreativlik salohiyati o‘rtasidagi kognitiv korrelyatsiyaning dinamikasini chuqur tahlil qilishga qaratilgan. Asosiy maqsad - ijodiy samaradorlikni namoyon etishda intellektning instrumental roli darajasini empirik asoslash hamda bu ikki tuzilmaning chiziqli bo‘lmagan o‘zaro ta’sirini nazariy jihatdan tasdiqlashdan iborat. Tadqiqotning asosiy maqsadi - “Bo‘sag‘a nazariyasi” (Threshold Theory) ning O‘zbekiston shaxslarida empirik isbotini topish orqali intellektning divergent fikrlash jarayonlariga ta’sir darajasini aniqlashdir. O‘tkazilgan psixodiagnostik tahlillar natijasida, IQ kritik bo‘sag‘adan past bo‘lgan guruhlarda intellekt va kreativlik o‘rtasida kuchli musbat bog‘liqlik kuzatilgan bo‘lsa, yuqori IQ li subyektlarda bog‘liqlik keskin zaiflashgan .Tadqiqot natijalari shaxsning professional kompetensiyasini oshirish hamda ta’lim tizimida intellektual va ijodiy salohiyatni integrativ rivojlantirishga oid optimal strategiyalarni ishlab chiqish uchun metodologik asos yaratadi.
2025-12-09
XOTIRANING NERV FIZIOLOGIK ASOSLARI VA NAZARIYALARI
Ushbu maqolada xotiraning nerv fiziologik asoslarini o‘rganamiz. Xotira - axborotni qabul qilish, saqlash va qayta tiklash jarayoni bo‘lib, uning nerv - fiziologik asoslari neyronlar o‘rtasidagi sinaptik bogʻlanishlar, neyroplastiklik va miya tuzilmalarining (gippokamp, korteks, amigdala) hamkorligi orqali amalga oshadi. Xotira jarayoni kodlash, konsolidatsiya, saqlash va qayta tiklash bosqichlaridan iborat bo‘lib, insonning o‘rganish va ongli faoliyatini ta’minlaydi.
2025-12-09
SEZGI JARAYONI VA QONUNIYATLARI
Ushbu maqolada sezgi jarayonining psixologik xususiyatlari, uning fiziologik asoslari va inson idroki shakllanishidagi o‘rni ilmiy nuqtai nazardan yoritiladi. Sezgi organlarining faoliyatiga xos bo‘lgan qonuniyatlar - adaptatsiya, differensial sezgirlik, Weber - Fechner qonuni, kontrast, sinesteziya, sezgi chegaralari va ularning psixik faoliyatdagi ahamiyati tahlil qilinadi.
2025-12-09
IDROKNING NERV - FIZIOLOGIK ASOSLARI
Ushbu ish idrokning nerv - fiziologik asoslarini o‘rganadi. Idrok sezgi organlari va markaziy nerv tizimi faoliyati orqali tashqi va ichki muhitdagi ma’lumotlarni qabul qilish, qayta ishlash va anglash jarayonidir. Maqolada miyadagi kortikal va subkortikal sohalar, e’tibor mexanizmi, idrokning tezkorligi, moslashuvchanligi va integratsion xususiyatlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot idrokning inson psixikasidagi markaziy rolini va ongli faoliyatni shakllantirishdagi ahamiyatini ta’kidlaydi.
2025-12-09
IDROKDA KUZATUVCHANLIKNING ROLI
Ushbu tezis idrok jarayonida kuzatuvchanlikning psixologiya va kognitiv ahamiyatini tadqiq qiladi. Kuzatuchanlik shaxsning tashqi muhitdan olingan ma‘lumotlarni to‘g‘ri qabul qilish, voqealarni izchil tahlil qilish va tezkor xulosalar chiqarishda muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqot natijalari kuzatuvchanlikni rivojlantirishning samarali usullarini aniqlashga imkon beradi.
2025-12-09
TAFAKKUR SHAKLLARI
Ushbu matnda tafakkur operatsiyalari (analiz, sintez, taqqoslash, tasniflash, abstraktsiyalash, umumlashtirish) va shakllari (konkret, abstrakt, ijodiy, analitik) tushuntiriladi. Matn tafakkurning insonning aqliy, ijodiy va amaliy faoliyatidagi rolini ko‘rsatadi hamda uni rivojlantirish ahamiyatini ta’kidlaydi. Tafakkur orqali inson murakkab muammolarni hal qilishi, yangi bilim va g‘oyalar yaratishi mumkin. Shu bilan birga, operatsiyalar va shakllarni ongli ravishda qo‘llash ta’lim va shaxsiy rivojlanishda samarali natija beradi.
2025-12-09
PSІXОLОGІYА VA UNІNG TАRІXІY SHАKLLАNІSH JАRАYОNІ
Mаzkur mаqоlаdа psіxоlоgіyа fаnіnіng predmetі, unіng tаrіxіy shаkllаnіsh jаrаyоnі hаmdа zаmоnаvіy tаlqіnlаrі аtrоflіchа tаhlіl qіlіnаdі. Psіxоlоgіyа fаnіnіng аsоsіy о‘rgаnіsh оb’ektі bо‘lgаn psіxіk hоdіsаlаr - psіxіk jаrаyоnlаr, hоlаtlаr vа shаxsnіng іndіvіduаl - psіxоlоgіk xususіyаtlаrі іlmіy mаnbаlаr аsоsіdа chuqur yоrіtіlаdі. Shunіngdek, psіxоlоgіk bіlіshnіng metоdоlоgіk аsоslаrіnі tаshkіl qіluvchі fаоlіyаt nаzаrіyаsі, оng vа fаоlіyаt bіrlіgі prіnsіpі, bіоpsіxоlоgіk, kоgnіtіv vа іjtіmоіy - psіxоlоgіk yоndаshuvlаr о‘zаrо tаqqоslаngаn hоldа іzоhlаnаdі. Psіxоlоgіyа fаnіnіng predmetіnі аnglаshnіng evоlyutsіоn tаrаqqіyоtі, turlі іlmіy mаktаblаrnіng qаrаshlаrі hаmdа іnsоn ruhіy fаоlіyаtіnі tushuntіrіb beruvchі zаmоnаvіy kоnsepsіyаlаrnіng аhаmіyаtі kо‘rsаtіb о‘tіlаdі. Mаqоlа psіxоlоgіyа fаnі predmetі dоіrаsіdаgі іlmіy kаtegоrіyаlаrnі chuqurrоq аnglаsh vа ulаrnі аmаlіyоtdа qо‘llаshnіng nаzаrіy-metоdіk аsоslаrіnі оchіb berаdі.
2025-12-09
XOTIRA VA UNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Mazkur tezis xotiraning psixologik tabiatini, uning turlari, shakllanish mexanizmlari hamda inson faoliyatidagi o‘rnini keng qamrovda yoritadi. Xotira - bu nafaqat eslab qolish, balki boshdan kechirgan holatlarni qayta tiklash, kechagi tajribani bugungi faoliyat bilan bog‘lash, shaxsning individual o‘zligini saqlab turuvchi murakkab psixik tizim sifatida talqin qilinadi. Tezisda qisqa muddatli, uzoq muddatli, operativ, hissiy, harakat xotirasi kabi turlar chuqur tahlil qilinadi, ularga xos psixologik belgilar, yoshga bog‘liq dinamikalar va shaxs rivojidagi ahamiyati ochib beriladi. Xotiraning faolligi, barqarorligi, ixtiyoriy va ixtiyorsiz holatlari ham ilmiy nuqtayi nazardan yoritilib, mavzuning amaliy ahamiyati asoslab beriladi.
2025-12-09
PSIXOLOGIYA FANINING NAZARIY TAHLILI
Ushbu maqolada psixologiya fanining nazariy tahlili yoritilgan bo‘lib, psixologiya fanining predmeti, asosiy tushunchalari, ilmiy nazariyalari va tadqiqot metodlari haqida ma’lumot beriladi. Maqolada bixeviorizm, gestalt psixologiyasi, psixoanaliz, kognitiv va gumanistik yondashuvlarning mohiyati haqida maʼlumot beriladi. Shuningdek, psixologiya fanining nazariy ahamiyati, uning Inson ruhiyati va shaxs rivojlanishidagi o‘rni ko‘rsatib beriladi. Maqolada psixologiya fanining ilmiy asoslari sodda va tushunarli tarzda izohlab beriladi.
2025-12-09
PSIXOLOGIYA FANINING ASOSIY VAZIFALARI
Psixologiyaning asosiy vazifalari inson ruhiy jarayonlarini o‘rganish, xulq - atvor mexanizmlarini tushuntirish va psixik holatlarni boshqarish usullarini ishlab chiqishga qaratilgan. Psixologiya shuningdek shaxs rivojlanishi, motivatsiya, emotsiyalar hamda ijtimoiy munosabatlarni tahlil qilib, amaliy muammolarni hal etishda yordam beradi. Uning vazifalari diagnostika, profilaktika, korreksiya va maslahatchilik faoliyatlarini o‘z ichiga oladi.
2025-12-09
PSІXОLОGІYА FАNІNІNG MАQSАDІ, SHАXS KАMОLОTІDАGІ О‘RNІ
Mаzkur mаqоlаdа psіxоlоgіyа fаnіnіng mаqsаdі, unіng nаzаrіy - metоdоlоgіk аsоslаrі, jаmіyаt tаrаqqіyоtі vа shаxs kаmоlоtіdаgі о‘rnі іlmіy mаnbаlаr аsоsіdа tаhlіl qіlіnаdі. Psіxоlоgіyаnіng аsоsіy vаzіfаlаrі - shаxsnі hаr tоmоnlаmа о‘rgаnіsh, psіxіk jаrаyоnlаr vа hоlаtlаrnі іlmіy аsоsdа tushuntіrіsh, іnsоn fаоlіyаtі vа xulq - аtvоrіnіng psіxоlоgіk mexаnіzmlаrіnі yоrіtіsh kаbі yо‘nаlіshlаr bаtаfsіl shаrhlаnаdі. Psіxоlоgіyа fаnіnіng mаqsаdі tа’lіm, tаrbіyа, bоshqаruv, sоg‘lіqnі sаqlаsh kаbі sоhаlаrdа іnsоn оmіlіnі yаnаdа chuqur аnglаshgа xіzmаt qіlіshі іlmіy dаlіllаr bіlаn аsоslаnаdі.
2025-12-09
PSIXOLOGIYA FANININGTARAQQIYOT BOSQICHLARI
Ushbu ishda psixologiya fanining qadimgi davrlardan to hozirgi kungacha bo‘lgan tarixiy rivojlanish bosqichlari tahlil qilingan. Psixologik bilimlarning falsafiy qarashlar asosida shakllanishi, o‘rta asr diniy - falsafiy talqinlari, Uyg‘onish davrida ilmiy metodlarning paydo bo‘lishi hamda XIX asrda psixologiyaning mustaqil fan sifatida ajralib chiqishi izchil yoritilgan. Shuningdek, XX asrda yuzaga kelgan asosiy psixologik maktablar – bixeviorizm, psixoanaliz, gestalt, gumanistik va kognitiv yondashuvlarning ilmiy mazmuni qisqacha tahlil etildi. Zamonaviy psixologiyaning ko‘p tarmoqli ilmiy yo‘nalishlar bilan integratsiyalashuvi, neyropsixologik tadqiqotlar va amaliy psixologiyaning rivojlanish omillari ham ko‘rib chiqildi. Ishning mazmuni psixologiya fanining tarixiy taraqqiyotini izchil, ilmiy nuqtai nazardan yoritishga qaratilgan.
2025-12-09
INTELLEKTNI OʻLCHASHDA ZAMONAVIY TESTLAR
Ushbu tezisda inson intellektini o‘lchashga oid testlarning shakllanish jarayoni tarixiy nuqtayi nazardan izchil ochib beriladi. XIX asr oxiridagi ilk psixometrik tajribalardan tortib, Bine - Simon shkalasi, shuningdek, Veksler tomonidan yaratilgan intellekt baholash tizimlarining amaliy ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, zamonaviy psixodiagnostika jarayonida kompyuterlashtirilgan adaptiv testlarning paydo bo‘lishi, raqamli texnologiyalar orqali intellektni aniqlashning yangi imkoniyatlari ham tahlil qilinadi. Mazkur izlanish intellekt testlari evolyutsiyasining ilmiy asoslarini ko‘rsatish bilan birga, bugungi psixologik baholash tizimida ularning tutgan o‘rnini ham oydinlashtiradi.
2025-12-09
PSIXOLOGIK KUZATISH METODLARI VA ULARNING TASNIFI
Ushbu tezis psixologik kuzatish metodining mazmuni, uning ilmiy asoslari va tasnif tizimini har tomonlama tahlil qiladi. Kuzatish inson xulqi, hissiy reaksiyalari va kognitiv jarayonlarini tabiiy sharoitda o‘rganish imkonini beruvchi eng qadimiy va shu bilan birga eng zamonaviy psixologik metodlardan biri sifatida talqin qilinadi. Tezisda ishtirokchi va ishtirokchi bo‘lmagan kuzatish, tizimli kuzatish, yashirin kuzatish, video - monitoring kabi usullarning o‘ziga xosliklari taqqoslanadi hamda zamonaviy texnologiyalar bilan boyitilgan kuzatuv metodlarining ilmiy - amaliy ahamiyati yoritiladi.
2025-12-09
PSIXIKANING BOSQICHLAR
Ushbu tezisda inson psixikasining paydo bo‘lishi va uning rivojlanishi yoritilgan. Yana psixika murakkab muommalardan biri ekanligi, uning mohiyati, rivojlanish bosqichlari, kimlar tomonidan o‘rganganligi, kimlar qanday ishlar va taqqiqotlar olib borganligi, rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillar ham keltirib o‘tilgan. Ontogenezning ham psixologiyadagi ahamiyati juda katta. Ontogenezning vazifalari va ahamiyati, psixikaga ta’siri, tabiat qonunlaridagi mohiyati, uning xususiyatlari ham maqola davomida yoritib berilgan.
2025-12-09
PSIXIKANING FILOGENEZ TARAQQIYOT VA INSTINKTDA TUSHUNCHASI
Maqolada psixikaning filogenez rivojlanishi, sodda sezgirlikdan murakkab ong jarayonlarigacha bo‘lgan bosqichlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda Darvin, Pavlov, Anokhin, Lorenz va Tinbergenning nazariyalari asos qilib olingan. Instinktlar, idrok, perceptiv va intellektual psixika bosqichlari, shuningdek nerv tizimi murakkablashuvi bilan bog‘liqligi ko‘rsatib o‘tilgan.
2025-12-09
SHAXS INDIVID VA INDIVIDUALLIK TUSHUNCHALARI
Ushbu maqolada individ, shaxs va individuallik tushunchalarining psixologik mazmuni yoritiladi. Individ insonning biologik mavjudot sifatidagi tabiiy xususiyatlarini ifodalasa, shaxs uning ijtimoiy tajriba, ong va mas’uliyat asosida shakllangan ijtimoiy qiyofasini bildiradi. Individuallik esa har bir shaxsning xarakter, temperament va qobiliyatlar bilan belgilanadigan o‘ziga xos psixologik jihatlarini aks ettiradi. Mazkur tushunchalarning o‘zaro bog‘liqligi inson rivojlanishining biologik, ijtimoiy va psixologik darajalarini integriyalashgan holda tushunishga imkon beradi.
2025-12-09
IDROK JARAYONINING NERV-FIZIOLOGIK ASOSLARI
Ushbu ishda idrok jarayonining nerv-fziologik asoslari, bosh miya poʻstlog‘i va po‘stloq ost tuzilmalarining o‘zaro insoniy, analizatorlar faoliyat hamda idrokning neyron mexanizmlari yoritiladi. Idrokning paydo bo‘lishida afferent impulslar oqimi, neyron tarmoqlar, funksional tizimlar va dominant o‘choqlarning roli ilmiy manbalarga tayangan holda tahlil qilinadi.
2025-12-09
