«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya: Nazariy va amaliy izlanishlar» is a national online conference with open access, where review abstracts related to various fields are published. The main goal is to offer an intellectual platform for national scientists, and it aims to promote interdisciplinary research. All manuscripts should be prepared in Uzbek, English or Russian.

Published: 2026-03-26

KREATIV TA’LIM TEXNOLOGIYALARINING PEDAGOGIK MOHIYATI VA UNING O’QUV JARAYONIDA TUTGAN O’RNI

Mazkur tezisda kreativ ta’lim texnologiyalarining pedagogik mohiyati, ularning o‘quv jarayonidagi vazifalari, didaktik imkoniyatlari hamda ta’lim sifati va natijadorligiga ta’siri tahlil qilinadi. Kreativ ta’lim texnologiyasi o‘quvchini tayyor ma’lumotni qabul qiluvchi emas, balki bilimni izlovchi, tahlil qiluvchi, muammoni turli yo‘llar bilan hal etuvchi faol subyekt sifatida shakllantirishi bilan ajralib turadi. Tezisda mazkur texnologiyalarning shaxsga yo‘naltirilganlik, muammolilik, hamkorlik, refleksivlik, moslashuvchanlik va integrativlik kabi belgilari yoritiladi.  

Nurali Sariboyev

4-6

2026-03-25

БЎЛАЖАК ЎҚИТУВЧИЛАРИНИ ПЕДАГОГИК ҚОБИЛИЯТЛАРИНИ РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ ПСИХОЛОГИК АСОСЛАРИ

Ўзбекистон Республикасида умумий ўрта ва мактабдан ташқари таълимни тизимли ислоҳ қилишнинг устувор йўналишларини белгилаш, ўсиб келаѐтган ѐш авлодни маънавий-ахлоқий ва интеллектуал ривожлантиришни сифат жиҳатидан янги даражага кўтариш, ўқув-тарбия жараѐнига таълимнинг инновацион шакллари ва усулларини жорий этиш мақсадида, Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 29 апрелдаги «Ўзбекистон Республикаси халқ таълими тизимини 2030 йилгача рвожлантириш концепциясини тасдиқлаш тўғрисида»ги ПФ-5712-сон Фармони тадиқланди[1]. Ўзбекистон Республикаси халқ таълими тизимини 2030 йилгача рвожлантириш концепциясининг 3 бобида ―Бўлажак педагоглар учун педагогик фаолиятга мойиллик ва ижодкорлик қобилиятларини аниқлаш ва баҳолаш имкониятини берувчи методларни ишлаб чиқиш‖ асосий вазифалардан бири сифатида белгилаб қўйилганлиги ушбу мақоланинг долзарблигини белгалайди.

Бахриддин Олимов

7-8

2026-03-26

INTEGRATING THE MYSTERY APPROACH AS A PEDAGOGICAL TOOL FOR PROMOTING CRITICAL THINKING AND LEARNING STRATEGIES IN PRIMARY CLASSROOMS

For future generations to be prepared to deal with global concerns in a world that is becoming more complex and interdependent, early critical thinking and sustainability awareness development are essential. This study demonstrated a Thinking Skill Learning Strategy in education for sustainable development by looking at how 9-year-old primary school pupils utilized their knowledge through a cooperative Mystery assignment. The Mystery Learning Strategy promoted critical thinking, social interaction, and personal growth within a sociocultural framework, supporting pluralistic and holistic educational approaches. Based on participant observations and motivated by lesson study concepts, the results showed that although the Mystery technique is dynamic and captivating, it needs appropriate facilitation to be successful. The study showed that pupils were encouraged to collaborate and think critically.

Gulmira Juraboyeva Sherali qizi, Alikulova Nodira

9-11

2026-03-26

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA MILLIY O‘YINLARDAN FOYDALANISHNING SOG‘LOMLASHTIRUVCHI VA REABILITATSION AHAMIYATI

Tezisda milliy o‘yinlarning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining sog‘lig‘ini mustahkamlash, harakat apparatini rivojlantirish, reabilitatsion jarayonlarni tezlashtirish hamda psixoemotsional holatni barqarorlashtirishdagi roli ilmiy nuqtayi nazardan asoslab berilgan. Tadqiqot ma’lumotlari milliy o‘yinlar koordinatsiya, mushak tonusi, nafas olish va yurak-qon tomir tizimi faoliyatini yaxshilashda samarali vosita ekanligini ko‘rsatadi.

Aziza Jumayeva

12-14

2026-03-26

OĢIZ BÒSHLIĢIDAGI YUQUMLI KASALLIKLAR VA VIRUSLI INFEKTSIYALARNI DAVOLASHDA TIBBIYOT VA XALQ TABOBATINING RÒLI

Ushbu maqolada og‘iz bo‘shlig‘idagi yuqumli kasalliklar va virusli infeksiyalarni davolashda zamonaviy tibbiyot hamda xalq tabobatining o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklari inson salomatligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatib, turli bakterial va virusli infeksiyalar orqali yuzaga kelishi mumkin. Tadqiqotda stomatit, gingivit, gerpes kabi kasalliklarning kelib chiqish sabablari, klinik belgilari hamda ularni davolash usullari yoritib beriladi. Zamonaviy tibbiyotda antiseptik vositalar, antiviral preparatlar va gigiyenik muolajalar muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, xalq tabobatida romashka, shalfey, tuzli eritma kabi tabiiy vositalar og‘iz bo‘shlig‘idagi yallig‘lanish jarayonlarini kamaytirishda qo‘llaniladi. Maqolada tibbiy va an’anaviy davolash usullarining o‘zaro uyg‘unligi, ularning samaradorligi hamda profilaktik choralar haqida ilmiy xulosalar keltiriladi. Shuningdek, og‘iz gigiyenasiga rioya qilish va sog‘lom turmush tarzini olib borish kasalliklarning oldini olishda muhim omil ekanligi ta’kidlanadi.

Ziyodaxon Toxirjonova, Aynura Kurbanova

15-19

2026-03-27

МЕТОДИКА ПРЕПОДАВАНИЯ ПРОИЗВЕДЕНИЙ М.Ю. ЛЕРМОНТОВА В ШКОЛЕ

В данной статье рассматриваются особенности преподавания произведений Михаил Юрьевич Лермонтов в общеобразовательной школе. Анализируются эффективные методы формирования у учащихся навыков художественного анализа, развития эстетического вкуса и критического мышления. Особое внимание уделяется использованию интерактивных методов обучения на уроках литературы.

Нилуфар Одилжанова

20-21

2026-03-30

ҲУҚУҚИЙ TA'LIMDA QAROR QABUL QILISHNING KOGNITIV OMILLARI: ТАЛАБАЛАРДА “HUQUQIY RASIONALLIK” VA “KASBIY RISK”NI BAHOLASH МЕТОДИКАСИ

Mazkur tadqiqotda huquqshunos talabalarda qaror qabul qilish jarayoniga ta'sir etuvchi kognitiv omillar tahlil qilindi. Tadqiqot doirasida T.V. Kornilova metodikasi asosida “huquqiy rasionallik” va “kasbiy risk” koʻrsatkichlarini baholashga moʻljallangan soʻrovnoma ishlab chiqildi. Natijalar talabalarda tahliliy fikrlash va noaniqlikda qaror qabul qilish qobiliyati oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni koʻrsatdi. Shuningdek, sun'iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish orqali kognitiv profillarni aniqlash imkoniyatlari kengayishi asoslab berildi.

Minavvarxon Yunusova, Iroda Axmedova

24-29

2026-03-30

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA (5–6 YOSH) EMOTSIONAL INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH

Ushbu maqolada 5–6 yoshli maktabgacha yoshdagi bolalarda emotsional intellekt (EI) ni rivojlantirish masalasi ilmiy-empirik jihatdan o'rganilgan. Toshkent shahridagi uchta maktabgacha ta'lim muassasasida 50 nafar bola (EI guruhi n=25, nazorat guruhi n=25) ishtirokida randomize nazorat qilingan tadqiqot o'tkazildi. Daniel Goleman nazariyasi va Mayer-Salovey-Caruso Emotsional Intellekt modeli asosida ishlab chiqilgan 16 seanlik o'yin-mashg'ulot dasturi qo'llandi. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatdiki, dasturdan so'ng EI guruhidagi bolalarda hissiyotlarni anglash ko'rsatkichi 89,5% ga, empatiya 111,4% ga va hissiy muammolarni hal qilish qobiliyati 115,6% ga oshdi (p < 0,001). Ota-onalar bilan hamkorlik emotsional rivojlanish jarayonini yanada tezlashtirdi. Tadqiqot natijalari maktabgacha ta'lim muassasalari pedagog-psixologlari uchun amaliy ko'rsatmalar ishlab chiqishga asos bo'la oladi.

Iroda Mamayusupova, Gulnozaxon Yuldasheva

30-34

2026-03-30

O‘SMIRLARDA O‘Z-O‘ZINI BAHOLASH SHAKLLANISHINING PSIXOLOGIK JIHATLARI VA OILAVIY MUNOSABATLAR TA’SIRI

Oʻsmirlik davri inson hayotidagi eng muhim rivojlanish bosqichlaridan biri hisoblanadi. Bu davrda shaxsning jismoniy, ruhiy va ijtimoiy jihatdan shakllanishi faol kechadi. Oʻsmirlik davri odatda 11–12 yoshdan boshlanib, 17–18 yoshgacha davom etadi. Mazkur davrda insonning oʻzini anglash jarayoni kuchayadi, oʻz imkoniyatlari, qobiliyatlari va shaxsiy xususiyatlari haqida tasavvurlar shakllana boshlaydi. Ayniqsa, oʻz-oʻzini baholash jarayonining rivojlanishi shaxs kamoloti uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻz-oʻzini baholash shaxsning oʻzi haqidagi fikri, oʻz qobiliyati, imkoniyati va xulq-atvoriga bergan bahosi sifatida namoyon boʻladi.

Shohsanam Nig‘matova, Sarvinoz Sirojiddinova, Chehroza Saidova

35-36

2026-03-30

ФОРМИРОВАНИЕ АВТОНОМИИ ОБУЧАЮЩИХСЯ В ПРЕПОДАВАНИИ АНГЛИЙСКОГО ЯЗЫКА В УСЛОВИЯХ ЦИФРОВОЙ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОЙ СРЕДЫ: МЕТОДОЛОГИЧЕСКИЕ ОСНОВАНИЯ И ЭМПИРИЧЕСКИЕ ПЕРСПЕКТИВЫ

Ushbu maqola raqamli ta’lim muhitida ingliz tilini o‘qitishda o‘quvchi avtonomiyasini rivojlantirishning metodologik asoslari va amaliy jihatlarini tahlil qiladi. Unda o‘quvchi avtonomiyasi tushunchasining nazariy asoslari, jumladan konstruktivizm, gumanistik yondashuv va o‘z-o‘zini boshqarib o‘rganish nazariyalari yoritilgan. Raqamli ta’lim muhitining imkoniyatlari — moslashuvchanlik, individuallashtirish va interaktivlik — o‘quvchilarning mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim omil sifatida ko‘rib chiqiladi. Maqolada, shuningdek, aralash ta’lim, “flipped classroom”, loyiha asosida o‘qitish va gamifikatsiya kabi zamonaviy metodlarning o‘rni tahlil qilingan. O‘zbekiston tajribasi asosida olib borilgan tadqiqotlar natijalari raqamli texnologiyalar o‘quvchi avtonomiyasini sezilarli darajada oshirishini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, texnologik tengsizlik, o‘z-o‘zini boshqarish ko‘nikmalarining yetishmasligi kabi muammolar ham muhokama qilinadi. Yakunda o‘quvchi avtonomiyasini rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan.

Gulmirabonu Mamatxonova

37-42

2026-03-30

BOSHLANG‘ICH TA’LIM O‘QUVCHILARINING TAFAKKURINI O‘STIRISHDA XALQ ERTAKLARINING O‘RNI

Mazkur tezisda boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilarining tafakkurini rivojlantirishda xalq ertaklarining pedagogik ahamiyati, ularning tarbiyaviy va didaktik imkoniyatlari hamda dars jarayonida qo‘llash usullari yoritilgan.

Durdona Jumanazarova

43

2026-03-30

CHAQALOQLIK DAVRINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI VA TUG‘ILISH INQIROZI

Ushbu maqolada inson ontogenezidagi birinchi mustaqil bosqich — chaqaloqlik davrining psixofiziologik va ijtimoiy-psixologik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda tug‘ilish inqirozi (krizisi) tushunchasi, yangi tug‘ilgan chaqaloqning sensor imkoniyatlari, shartsiz reflekslarning ahamiyati hamda kattalar bilan o‘rnatiladigan "jonlanish majmuasi" (kompleks ojivleniya) masalalari ilmiy jihatdan yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston psixologiya maktabi vakillarining qarashlari asosida chaqaloqlik davridagi yetakchi faoliyat va ijtimoiy rivojlanish vaziyatlari klasterli usulda tasniflangan.

Sohibjon Raxmonov

44-47

2026-03-30

O‘QITUVCHI VA O‘QUVCHI O‘RTASIDAGI PSIXOLOGIK MUNOSABATLAR

Ushbu maqolada ta’lim jarayonining asosiy subyektlari — o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi psixologik munosabatlarning mohiyati, ularning shaxs kamolotiga ta’siri va o‘zaro hamkorlikning samarali mexanizmlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda subyekt-subyekt munosabatlarining psixologik parametrlari, muloqotdagi ishonch, empatiya va ijtimoiy-psixologik iqlim masalalari zamonaviy ta’lim paradigmalari asosida yoritilgan.

Sharof Shakarov

48-51

2026-03-30

KICHIK MAKTAB YOSHIDA PSIXIK RIVOJLANISHNING O‘ZIGA XOS TOMONLARI

Ushbu maqolada kichik maktab yoshidagi bolalarning psixik rivojlanish qonuniyatlari, ijtimoiy rivojlanish vaziyatining o‘zgarishi va yetakchi faoliyat — o‘qishning shaxs shakllanishidagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotda bilish jarayonlarining ixtiyoriylashuvi, intellektual refleksiya hamda "7 yosh inqirozi"ning pedagogik-psixologik jihatlari yoritilgan. O‘zbekiston psixologiya maktabi vakillarining qarashlari asosida kichik maktab yoshidagi bolalarda oquv motivatsiyasini shakllantirish mexanizmlari ilmiy asoslab berilgan.

Parizoda Shuhratova

52-56

2026-03-30

O‘YINCHOQLARNING BOLA PSIXIKASINING SHAKLLANISHIGA TA’SIRI

Ushbu maqolada o‘yinchoqlarning maktabgacha yoshdagi bolalar psixikasiga ko‘rsatadigan ta’siri, ularning kognitiv, emotsional va ijtimoiy rivojlanishdagi funksiyalari tahlil qilinadi. Tadqiqotda o‘yinchoqning nafaqat moddiy buyum, balki madaniyat va ijtimoiy munosabatlar quroli sifatidagi o‘rni, shuningdek, turli xildagi o‘yinchoqlarning (didaktik, syujetli, texnik) bolaning "Men" konsepsiyasini shakllantirishdagi ahamiyati yoritilgan. O‘zbekiston psixologiya maktabi vakillarining qarashlari asosida zamonaviy o‘yinchoqlar industriyasining bolalar ruhiyatiga xavf soluvchi jihatlari va ularni tanlashning psixopedagogik mezonlari asoslab berilgan.

Malohat Meliqo‘ziyeva

57-60

2026-03-30

O‘SMIRLIK DAVRIDA O‘Z-O‘ZINI BAHOLASH TIZIMINING SHAKLLANISHI

Ushbu maqolada o‘smirlik davrida shaxs shakllanishining markaziy bo‘g‘ini — o‘z-o‘zini baholash tizimining psixologik mexanizmlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda o‘smirlarning o‘z-o‘zini baholashiga ta’sir etuvchi ichki (psixofiziologik) va tashqi (ijtimoiy) omillar, "Men-konsepsiyasi"ning tuzilishi hamda o‘z-o‘zini baholash darajalarining xulq-atvorga ta’siri yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston psixologiya maktabi vakillarining qarashlari asosida o‘smirlarda adekvat o‘z-o‘zini baholashni shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar ilmiy asoslab berilgan.

Naima Sulaymonova

61-65

2026-03-30

ILK O‘SPIRINLIK DAVRINING UMUMIY PSIXOLOGIK TAVSIFI

Ushbu maqolada ilk o‘spirinlik davrining (15–18 yosh) psixologik xususiyatlari, shaxsiy va kasbiy o‘zlikni anglash jarayonlari hamda dunyoqarashning shakllanishi tahlil qilinadi. Tadqiqotda L.S. Vigotskiy, I.S. Kon va o‘zbek psixologiya maktabi vakillarining nazariyalari asosida o‘spirinlik davridagi yetakchi faoliyat, intellektual yuksalish va hayot mazmunini izlash muammolari yoritilgan. Shuningdek, ushbu davrda yuzaga keladigan psixologik yangi tuzilmalar va ijtimoiy moslashuv masalalari ilmiy asoslab berilgan.

Gulsevar Umaraliyeva

66-69

2026-03-30

KASBIY YO‘NALISH VA KASB TANLASH MUAMMOSI PSIXOLOGIK TAHLIL

Mazkur ilmiy maqolada kasbiy yo‘nalish va kasb tanlash jarayonining psixologik mohiyati chuqur nazariy tahlil qilinadi. Tadqiqotda shaxsning kasbiy shakllanishi uning individual psixologik xususiyatlari bilan uzviy bog‘liq ekani asoslab beriladi. Kasb tanlash jarayoniga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar tizimli ravishda yoritiladi hamda bu jarayonda yuzaga keladigan muammolar psixologik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Shuningdek, kasbiy o‘zini anglash jarayonining shaxs rivojlanishidagi o‘rni va uning to‘g‘ri kasb tanlashdagi hal qiluvchi ahamiyati ilmiy asosda ko‘rsatib beriladi. Maqolada kasbiy yo‘naltirish tizimini takomillashtirish hamda yoshlarni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltirish bo‘yicha psixologik tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Maxbuba Toshmatova

70-74

2026-03-30

O‘YIN FAOLIYATI MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLANING YETAKCHI FAOLIYATI SIFATIDA

Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishida o‘yin faoliyatining yetakchi faoliyat sifatidagi o‘rni nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda o‘yin faoliyatining bolaning psixik, ijtimoiy va nutqiy rivojlanishiga ta’siri yoritilgan. Shuningdek, o‘yin jarayonining ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati hamda uni samarali tashkil etishning pedagogik shart-sharoitlari ochib berilgan.

Nodira Sobirova

75-79

2026-03-30

ILK BOLALIK BOSQICHIDA NUTQ SHAKLLANISHI VA O‘ZINI ANGLASH JARAYONI

Ushbu maqolada ilk bolalik davrining (1 yoshdan 3 yoshgacha) eng muhim psixofiziologik yutuqlari — nutqning jadal rivojlanishi va shaxsiy o‘zini anglash (“Men” konsepsiyasi) jarayonlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda nutqning predmetli faoliyat bilan bog‘liqligi, so‘z boyligining miqdoriy va sifat o‘zgarishlari hamda 3 yosh inqirozi orqali shaxs subyektivligining namoyon bo‘lishi ilmiy jihatdan yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston psixologiya maktabi namoyandalarining qarashlari asosida ushbu davrda kattalar va bolalar munosabatlarining pedagogik-psixologik mexanizmlari asoslab berilgan.

Samandar Oqiyev

80-84

2026-03-30

FARMATSIYA SUBYEKTLAR ÒZARO MUNOSABATLARINING ETIK TAMOYILLARI

Farmatsiya subyektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning etik tamoyillari farmatsevtika faoliyatida muhim ahamiyatga ega. Zamonaviy sog‘liqni saqlash tizimida farmatsevtlar, farmatsevtika tashkilotlari, tibbiyot xodimlari va bemorlar o‘rtasidagi hamkorlik muhim o‘rin tutadi. Ushbu munosabatlar professional etika, halollik, mas’uliyat, o‘zaro hurmat va ishonch tamoyillariga asoslangan bo‘lishi kerak. Etik me’yorlarga rioya qilish farmatsevtika sohasida xizmatlar sifatini oshirishga hamda bemorlarning sog‘lig‘ini himoya qilishga yordam beradi. Farmatsevt o‘z kasbiy faoliyatida bemorlarga dori vositalari haqida to‘g‘ri va ishonchli ma’lumot berishi, ularning huquqlarini hurmat qilishi hamda tibbiy ma’lumotlarning maxfiyligini saqlashi zarur. Shuningdek, farmatsevtika tashkilotlari dori vositalarini ishlab chiqarish, saqlash, tarqatish va reklama qilish jarayonlarida amaldagi qonunchilik va etik tamoyillarga amal qilishlari lozim. Etik me’yorlar farmatsiya subyektlari o‘rtasida sog‘lom hamkorlikni rivojlantiradi va farmatsevtika sohasiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlaydi. Shu sababli farmatsevtika amaliyotida etik tamoyillarga rioya qilish bemorlar salomatligini ta’minlash va dori vositalaridan oqilona foydalanishda muhim omil hisoblanadi.

Ziyodaxon Toxirjonova, Muazzam Ziyayeva

85-89

2026-03-30

MAHALLIY VA XORIJDAN KIRIB KELAYOTGAN DORI VOSITALARINI RÒYHATDAN ÒTKAZISH TARTIBI

Mahalliy va xorijdan kirib kelayotgan dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi farmatsevtika sohasida muhim nazorat mexanizmlaridan biri hisoblanadi. Ushbu jarayon dori vositalarining xavfsizligi, samaradorligi va sifatini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. Ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida dori vositalarining kimyoviy tarkibi, farmakologik xususiyatlari, klinik tadqiqot natijalari hamda ishlab chiqarish texnologiyasi batafsil o‘rganiladi. Shuningdek, dori vositalarining xalqaro standartlarga muvofiqligi, saqlash sharoitlari va yaroqlilik muddati ham baholanadi. O‘zbekiston Respublikasida dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Sog‘liqni saqlash vazirligi va uning vakolatli organlari tomonidan amalga oshiriladi. Mahalliy ishlab chiqarilgan dori vositalari ham, xorijdan import qilinadigan preparatlar ham majburiy tarzda ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim. Bu jarayon farmatsevtika bozorida sifatsiz yoki qalbaki dori vositalarining tarqalishining oldini olishga xizmat qiladi. Ro‘yxatdan o‘tkazish bosqichlari hujjatlarni topshirish, laboratoriya tekshiruvlari, ekspertiza va yakuniy qaror qabul qilish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Natijada dori vositalarining sifat ko‘rsatkichlari tasdiqlanadi va ular tibbiyot amaliyotida qo‘llash uchun ruxsat etiladi. Shu tariqa, dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi aholining salomatligini himoya qilish, farmatsevtika bozorida sifat nazoratini kuchaytirish hamda xavfsiz va samarali dori vositalaridan foydalanishni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ziyodaxon Toxirjonova, Sirojidin Mirzaalimov

90-96

2026-03-31

HOFIZ XORAZMIY DEVONI — YANGI O‘ZBEKISTON SHAROITIDA MA’NAVIY TARBIYA MANBAI SIFATIDA

Mazkur maqolada Hofiz Xorazmiy devonining Yangi O‘zbekiston sharoitida ma’naviy-ruhiy tarbiya manbai sifatidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda XIV–XV asrlar adabiy muhiti, shoir ijodining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari hamda unda aks etgan vatanparvarlik, ona tiliga sadoqat, komil inson g‘oyalari ilmiy jihatdan yoritiladi. Shuningdek, devondagi tasavvufiy-falsafiy qarashlarning yosh avlodni ma’naviy kamolot ruhida tarbiyalashdagi o‘rni asoslab beriladi. Hofiz Xorazmiy merosining tarixiy xotirani tiklash, milliy qadriyatlarni mustahkamlash va Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish jarayonidagi ahamiyati ochib beriladi.

Dilmurod Xudayberganov

97-99

2026-03-31

INKLUZIV TA’LIM JAMIYATDAGI O‘RNI

Mazkur maqolada inkluziv ta’limning asosiy tamoyillari, uning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. O‘zbekistonda inkluziv ta’limni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalarni umumta’lim tizimiga jalb etish masalalari yoritilgan. Tadqiqot natijalari inkluziv ta’lim ijtimoiy tenglikni ta’minlash, bolalarni jamiyatga moslashtirish va ijtimoiy hamjihatlikni mustahkamlashda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.

Odina Yusupova

100-101

2026-03-31