Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук - это рецензируемый международный журнал с открытым доступом, в котором публикуются оригинальные исследования и обзорные статьи, относящиеся к различным областям теоретических и прикладных наук в странах Центральной Азии. Основная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для международных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований в прикладных науках. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках и пройти тщательную рецензию.
Nashr qilingan: 2025-12-06
Статьи
KRIMINOGEN VAZIYATI MURAKKAB MAHALLALARDA JINOYATLARNING OLDINI OLISH BO‘YICHA AYRIM MULOHAZALAR
Mazkur maqolada kriminogen vaziyati murakkab bo‘lgan mahallalarda jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan tizimli yondashuvlar tahlil qilinadi. Xususan, ijtimoiy-iqtisodiy omillar, aholining turmush tarzi, yoshlar xavf guruhlari, oilalardagi muammolar va muhit ta’sirining jinoyatchilik dinamikasiga ko‘rsatayotgan ta’siri ilmiy asosda tadqiq etilgan. Shuningdek, profilaktika inspektorlarining faoliyati, jamoatchilik bilan hamkorlik, “xavfni xaritalash” usuli, individual profilaktika choralari va mahalla ichki resurslarini safarbar etishning ahamiyati yoritiladi. Maqolada murakkab kriminogen hududlarda xavfsiz muhitni shakllantirish borasida amaliy takliflar va innovatsion mexanizmlar ham ishlab chiqiladi.
2025-12-05
ТАДБИРКОРЛИК СУБЬЕКТЛАРИНИНГ ФАОЛИЯТИНИ ТЕКШИРИШ ВА МОЛИЯ-ХЎЖАЛИК ФАОЛИЯТИНИ ТАФТИШ ҚИЛИШ ТАРТИБИНИ БУЗИШ ЖИНОЯТИНИНГ ОБЪЕКТИ ВА УНИНГ БЕЛГИЛАРИ
Мазкур мақолада тадбиркорлик субьектларининг фаолиятини текшириш ва молия-хўжалик фаолиятини тафтиш қилиш тартибини бузиш жиноятининг объекти ва унинг белгилари билан боғлиқ масалалар таҳлил этилган.
2025-12-08
БЮДЖЕТДAН ТAШҚAРИ ПЕНСИЯ ЖAМҒAРМAЛAРИ БИЛAН БOҒЛИҚ НИЗO ТУШУНЧAСИ ВA ЮРИДИК ТAБИAТИГА ДОИР ИЛМИЙ ЁНДОШУВЛАР
Мазкур мақолада муаллиф бюджетдaн тaшқaри пенсия жaмғaрмaлaри билaн бoғлиқ низo тушунчaси вa юридик тaбиaтига доир илмий ёндошувларга каби масалаларни таҳлил этган.
2025-12-08
ДAВЛAТ ХИЗТМAТЧИСИГA ПЕНСИЯ ТAЙИНЛAШ БИЛAН БOҒЛИҚ НИЗOЛAРНИ ҲAЛ ҚИЛИШНИНГ AЙРИМ ПРOЦЕССУAЛ ЖИҲAТЛAРИГА ДОИР МАСАЛАЛАР
Мазкур мақолада муаллиф дaвлaт хизтмaтчисигa пенсия тaйинлaш билaн бoғлиқ низoлaрни ҳaл қилишнинг aйрим прoцессуaл жиҳaтлaрига доир масалаларни таҳлил этган
2025-12-08
ЎЗБЕКИСТОНДА 2025 ЙИЛ УЧУН ХУСУСИЙЛАШТИРИШ ДАСТУРИНИНГ МАЗМУНИ ВА МОҲИЯТИ
Мақолада Ўзбекистонда 2025 йил учун хусусийлаштириш дастурининг мазмуни ва моҳияти ёритилган, жумладан Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2025 йил 21 апрелдаги “2025 йил учун хусусийлаштириш дастури тўғрисида”ги ПФ-70-сон Фармонида давлат активларини хусусийлаштириш бўйича назарда тутилган чора-тадбирлар баён қилинган. Тадқиқот натижалари бўйича хулоса ва таклифлар ишлаб чиқилган.
2025-12-09
ИЧКИ ИШЛАР ОРГАНЛАРИ ТИЗИМИДАГИ ЁШЛАРГА ОИД ДАВЛАТ СИЁСАТИ
Мазкур мақолада Ички ишлар органлари тизимида ёшлар масалаларига оид давлат сиёсатини амалга оширишнинг ҳуқуқий асослари, мазмун-моҳияти ҳамда амалий механизмлари таҳлил қилинган. Хусусан, “Ёшлар ҳақида давлат сиёсати тўғрисида”ги Қонуннинг 15-моддасида белгиланган Ички ишлар органларининг ваколатлари, ёшлар ўртасида ҳуқуқбузарликлар профилактикасини кучайтириш, уларни ижтимоий реабилитация ва мослаштириш, ҳуқуқий онг ва маданиятни юксалтириш борасидаги фаолиятининг самарадорлиги ўрганилган. Мақолада, шунингдек, ИИО тизимида ёшлар билан ишлашнинг замонавий ёндашувлари, профилактик хизматнинг ўрни, бошқа давлат органлари билан ўзаро ҳамкорлик механизмлари ҳам ёритиб берилган ҳамда мавжуд муаммолар ва уларни бартараф этиш бўйича таклиф ва тавсиялар ишлаб чиқилган.
2025-12-09
ЁШЛАР ОРАСИДА ЭКСТРЕМИЗМ БИЛАН БОҒЛИҚ ЖИНОЯТЛАРГА ҚАРШИ КУРАШНИНГ КРИМИНАЛИСТИК УСУЛЛАРИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ БЎЙИЧА ҲОРИЖИЙ МАМЛАКАТЛАР ТАЖРИБАСИ
Мазкур мақолада экстремизм тушунчалари ва қонунчиликдаги жавобгарлик масалалари акс этган.
2025-12-10
KONSTITUTSIYA PREAMBULASINING HUQUQIY TABIATI
Ushbu maqolada Konstitutsiya preambulasining huquqiy tabiatini tahlil qilishga alohida e’tibor qaratilgan. Preambula tushunchasining tarixiy-etimologik ildizlari, uning konstitutsion tuzilmadagi o‘rni, huquqiy xususiyatlari hamda xalq irodasining ifodasi sifatidagi mohiyati ilmiy jihatdan yoritiladi. Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi muqaddimasi mazmuni tahlil qilinib, preambulaning huquqiy kuchi, normativ ahamiyati va ideologik vazifalari izohlanadi. Shu bilan birga, xorijiy huquqshunoslar — Peter Häberle, David S. Law, Liav Orgad, Tom Ginsburg, Nick Foti va Daniel Rockmorelarning preambulaning turli nazariy yondashuvlariga oid qarashlari tahlil qilinadi. Ularning fikrlari asosida preambulaning huquqiy-falsafiy, ideologik va siyosiy funksiyalari o‘rganiladi. Shuningdek, O‘zbekiston qonunchiligida muqaddimaga nisbatan belgilangan yuridik talablar va ularning amaliy ahamiyati ko‘rsatib o‘tiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, preambula nafaqat ramziy yoki siyosiy bayonot, balki Konstitutsiyaning ruhini, maqsadini va huquqiy yo‘nalishini belgilovchi huquqiy-falsafiy institut sifatida e’tirof etilishi zarur.
2025-12-15
ЭФФЕКТИВНАЯ СИСТЕМА ВНУТРЕННЕГО КОНТРОЛЯ КАК ОСНОВА УСТОЙЧИВОГО КОРПОРАТИВНОГО УПРАВЛЕНИЯ
В статье анализируются вопросы совершенствования корпоративного управления и систем внутреннего контроля. Рассматриваются институт независимых директоров, деятельность аудиторских комитетов и цифровые механизмы мониторинга, которые играют важную роль в эффективном управлении рисками и достижении стратегических целей компании. На основе международного опыта и исследований (OECD, World Bank, IMF) обсуждаются направления совершенствования систем внутреннего контроля и пути минимизации выявляемых недостатков.
2025-12-17
ТЕЗКОР-ҚИДИРУВ ТАДБИРЛАРИ, УЛАРНИНГ ҲАЛҚАРО ВА МИЛЛИЙ ҚОНУНЧИЛИКДАГИ АЙРИМ ЖИҲАТЛАРИ
Мақолада МДҲ ва Болтиқ бўйи давлатларидаги тезкор-қидирув фаолияти (ТҚФ) қонунчилиги таҳлил қилинган. Шунингдек, ТҚФни тартибга солувчи миллий қонунлар ва уларнинг умумий қонунчилик асослари солиштирилган. Мақолада МДҲ давлатларидаги ТҚФ қонунлари, тезкор-қидирув тадбирларини амалга оширишда қонунчиликдаги фарқлар ва умумий принциплар муҳокама қилинган. Шу билан бирга, модель қонуннинг мазмун ва принциплари таҳлил қилинади ва унинг миллий қонунчиликка жорий этилиш имкониятлари кўриб чиқилган.
2025-12-19
ЖИСМОНИЙ ВА ЮРИДИК ШАХСЛАР МУРОЖААТЛАРИНИНГ ҲУҚУҚИЙ АСОСЛАРИ ТАҲЛИЛИ
Мазкур мақолада жисмоний ва юридик шахсларнинг мурожаат қилиш ҳуқуқи, унинг конституциявий-ҳуқуқий моҳияти ҳамда ушбу ҳуқуқни таъминлашга қаратилган миллий қонунчилик асослари ҳар томонлама таҳлил қилинган. Хусусан, Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси, “Жисмоний ва юридик шахсларнинг мурожаатлари тўғрисида”ги Қонуни ҳамда соҳавий норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар асосида мурожаатларни қабул қилиш, кўриб чиқиш ва улар бўйича қарор қабул қилиш тартибининг ҳуқуқий жиҳатлари ёритилган. Шунингдек, давлат органлари ва мансабдор шахсларнинг мурожаатлар билан ишлашдаги ҳуқуқ ва мажбуриятлари, фуқаролар ҳамда юридик шахсларнинг қонуний манфаатларини ҳимоя қилиш механизмлари таҳлил этилган. Мақолада амалиётда учраётган муаммолар, уларнинг сабаблари ва мурожаатлар билан ишлаш тизимини такомиллаштиришга қаратилган илмий-амалий таклифлар илгари сурилган.
2025-12-19
JANUBIY KOREYADA POLITSIYA ORGANLARINI KADRLAR BILAN TA’MINLASH FAOLIYATINING O‘ZIGA XOS JIHATLARI
Mazkur maqolada Janubiy Koreya Respublikasi politsiya organlarini kadrlar bilan ta’minlash faoliyatining o‘ziga xos jihatlari ilmiy-nazariy va amaliy nuqtayi nazardan tahlil qilingan. Tadqiqotda politsiya kadrlarini tanlash, xizmatga qabul qilish, kasbiy tayyorlash va qayta tayyorlash, xizmat faoliyatini baholash hamda kadrlar barqarorligini ta’minlashga qaratilgan mexanizmlar atroflicha yoritilgan. Shuningdek, politsiya tizimida inson huquqlarini ta’minlash, gender tengligi, rotatsiya tizimi, korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlar va raqamli texnologiyalarni joriy etishning kadrlar siyosatiga ta’siri ochib berilgan. Ilmiy tadqiqotlar, xalqaro tajriba hamda rasmiy statistik ma’lumotlar asosida Janubiy Koreya politsiya kadrlar tizimining samaradorligi baholangan. Maqola doirasida keltirilgan xulosalar va ilmiy mulohazalar milliy politsiya tizimini takomillashtirishda qiyosiy-huquqiy tahlil sifatida foydalanish imkoniyatini yaratadi.
2025-12-20
ZAMONAVIY SHAROITDA SPORT TASHKILOTLARI VA FUTBOL KLUBLARINI TIJORATLASHTIRISHNING HUQUQIY ASOSLARI
Ushbu maqola zamonaviy sport tashkilotlari, xususan futbol klublarining tijoratlashtirish jarayonini huquqiy asoslarini chuqur tahlil qilishga qaratilgan. Tadqiqotda sport tashkilotlarining media huquqlari, reklama faoliyati, intellektual mulkni himoya qilish mexanizmlari hamda translyatsiya jarayonlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar o‘rganilgan. Maqolada O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”, “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida” va “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi qonunlari bilan bir qatorda Yevropa Ittifoqining Audiovizual Media Xizmatlari Direktivasi (AVMS), Buyuk Britaniyaning Broadcasting Act 1996 va Media Act 2024 kabi xalqaro huquqiy me’yorlar tahlil qilingan. Shuningdek, FIFA va OFKning media va marketing reglamentlari, intellektual mulkni himoya qilish qoidalari ham ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot sport tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash, raqamli platformalarda kontent monetizatsiyasini rivojlantirish, reklama bozorida shaffoflikni kuchaytirish va sport tashkilotlarini himoya qilishga qaratilgan huquqiy takliflarni ishlab chiqishga asos bo‘lib xizmat qiladi.
2025-12-22
XOTIN-QIZLAR MASALASI BO‘YICHA KATTA INSPEKTORLARINING MAHALLA YETILLIGI BILAN HAMKORLIGINING SAMARADORLIGI
Mazkur ilmiy maqolada O‘zbekiston Respublikasida xotin-qizlar huquq va manfaatlarini ta’minlash tizimida muhim o‘rin tutuvchi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlarning mahalla yettiligi bilan hamkorlik mexanizmlari va ularning ijtimoiy samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqotda mahalla institutining imkoniyatlari, hamkorlikning huquqiy asoslari, profilaktik, ijtimoiy-himoyaviy va ma’naviy yo‘naltirilgan faoliyat shakllari ochib berilgan. Shuningdek, oilalarda sog‘lom muhitni shakllantirish, zo‘ravonlikning oldini olish, xotin-qizlarni bandlikka jalb etish va ijtimoiy faolligini oshirishda hamkorlikning ahamiyati asoslangan
2025-12-22
KVANT TEXNOLOGIYALARINING ISTIQBOLLARI: KELIB CHIQISHIDAN HOZIRGI HOLATIGACHA
Ushbu maqolada kvant texnologiyalarining eng so’nggi mahsullaridan hisoblangan kvant kompyuterini ishlashining nazariy asoslari, axborotni qayta ishlash va uning o'ziga xos xususiyatlari, amaliyotga tadbiq etishning murakkabliklari shu jumladan, kvant hisoblashning rivojlanish bosqichlari, kontseptsiyadan tortib, butun dunyo va O’zbekistondagi holati, olib borilayotgan ishlargacha muhokama qilinadi. Kvant texnologiyalaridan turli sohalarda foydalanish istiqbollari biroz bahsli. Kvant kompyuterlarining tibbiyotga kiritilishi odamlarning hayot sifatini va sog’liqlarini sezilarli darajada yaxshilaydigan yangi dori vositalarini yaratishga yo‘l ochadi. Miyani yanada samarali o'rganish, Parkinson va Altsgeymer kabi kasalliklarini davolash mumkin bo'ladi. Kvant texnologiyalarini qo'llash orqali ishonchli xavfsizlikni yaratish va infratuzilmani yanada samarali rivojlantirish mumkin bo'ladi. Ammo harbiy ishlarda sun'iy intellekt va kvant texnologiyalari butunlay yangi qurollarning yaratilishiga olib kelishi ommaviy qirg'inni yuzaga chiqarishi mumkin.
2025-12-22
MEHNAT HUQUQLARINING TENGLIGI IJTIMOIY ADOLATNING ASOSI SIFATIDA
Mazkur maqolada fuqarolarning mehnat qilish huquqiga xos bo‘lgan asosiy jihatlar yoritilib, fuqarolarning mehnat huquqiga oid masalalar va jihatlar ko‘rib chiqiladi. Ushbu tadqiqotning maqsadi aholiga mehnatga oid huquqiy munosabatlarni amalga oshirish istiqbollarini taqdim etishdan iborat. Ilmiy tadqiqotni olib borish jarayonida qiyosiy tadqiqot usulidan foydalanildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, zamonaviy ijtimoiy tuzilma bir qator muammolarga, xususan, mutaxassislik bo‘yicha ish o‘rinlarining yetishmasligiga duch kelayotgani aniqlandi. Ushbu tahlil yakunlariga ko‘ra, keng aholi qatlamlari uchun yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda yoshlar ijtimoiy guruhi uchun qo‘llab-quvvatlovchi dasturlarni ishlab chiqish zarurati yuzaga keldi. Mazkur tadqiqot materiallari mehnatkash aholining tashkilotlar, korxonalar va muassasalar rahbarlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga, shuningdek, mehnat bozorida raqobatni yengib o‘tishga ko‘maklashuvchi yoshlar uchun yangi dasturlarni yaratishga xizmat qilishi mumkin.
2025-12-23
ЖИНОЯТ-ҲУҚУҚИЙ ПРИНЦИПЛАР АСОСИДА ЖАЗО ТАЙИНЛАШ: НАЗАРИЯ ВА АМАЛИЁТ
Мазкур илмий ишда Ўзбекистон Республикасида амалга оширилаётган суд-ҳуқуқ ислоҳотлари шароитида жиноят ҳуқуқида жазо тайинлаш институтининг назарий ва амалий жиҳатлари комплекс таҳлил қилинган. Тадқиқотда қонунчилик тизимини ислоҳ қилиш жараёнларининг инсон ҳуқуқ ва эркинликларини таъминлашга қаратилганлиги, айниқса жиноят-ҳуқуқий соҳада амалга оширилаётган либераллаштириш сиёсати мазмун-моҳияти очиб берилган. “Ўзбекистон – 2030” стратегиясида белгиланган қонун устуворлиги ва инсон ҳуқуқларини ишончли ҳимоя қилишга оид мақсадлар жиноят ҳуқуқида жазо тайинлаш институти орқали қандай рўёбга чиқаётгани асослаб берилган.Ишда жазо тайинлаш тушунчаси, унинг жиноий жавобгарликни амалга оширишдаги ўрни ҳамда суд фаолиятидаги аҳамияти ёритилган. Жиноят кодексида мустаҳкамланган қонунийлик, адолатлилик, инсонпарварлик, демократизм, айб учун жавобгарлик ва жавобгарликнинг муқаррарлиги каби жиноят-ҳуқуқий принципларнинг жазо тайинлаш жараёнида қўлланилиши илмий-назарий жиҳатдан таҳлил этилган. Шунингдек, жазо тайинлашда умумҳуқуқий, жиноят-ҳуқуқий ва жиноят-процессуал принципларнинг ўзаро уйғунлигига алоҳида эътибор қаратилган.
2025-12-24
РОЛЬ ПЕРЕПОДГОТОВКИ КАДРОВ И ПОВЫШЕНИЯ ИХ КВАЛИФИКАЦИИ В УСКОРЕНИИ РАЗВИТИЯ ЭКОНОМИКИ
В статье отмечаются преимущества такого вида образования, как переподготовка кадров и повышение их квалификации, вскрываются системные проблемы подготовки кадров в высших учебных заведениях, регулирования деятельности негосударственных образовательных организаций, осуществляющих переподготовку кадров и повышение квалификации, предлагаются пути решения проблем.
2025-12-24
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MAXSUS IQTISODIY VA SANOAT ZONALARINING QUQUQIY REJIMINI SAQLAB QOLISH VA MAMLAKAT JAHON SAVDO TASHKILOTIGA (JST) QO'SHILGANIDAN KEYIN MIX-ZONALAR POTENSIALINI RIVOJLANTIRISHNING AHAMIYATI
Maqola O'zbekiston sanoatini jahon bozoriga bosqichma-bosqich jalb qilish maqsadida O'zbekistondagi mahalliy korxonalarning iqtisodiy salohiyatini saqlab qolish uchun maxsus iqtisodiy va sanoat zonalarining huquqiy rejimini saqlab qolishning muhimligiga bag'ishlangan. Muallif JSTga a'zo bo'lgan mamlakatlarning maxsus iqtisodiy zonalar rejimini saqlab qolish bilan birga global tajribasi misolida yondashuvlarni taklif qiladi, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik orqali EIZlarning salohiyatini kengaytirish va O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga o'zgartirishlar kiritish orqali O'zbekiston hududlarida xususiy maxsus iqtisodiy va sanoat zonalarini yaratishga qaratilgan
2025-12-24
АНАЛИЗ ПРИВАТИЗАЦИИ ЗЕМЕЛЬНЫХ УЧАСТКОВ НЕСЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННОГО НАЗНАЧЕНИЯ В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН В РЕГИОНАЛЬНОМ РАЗРЕЗЕ
В статье анализируются результаты процесса приватизации земельных участков несельскохозяйственного назначения в Республике Узбекистан в региональном разрезе. Особое внимание уделено исследованию данного процесса в Ташкентской области, по итогам которого выявлены ключевые проблемы, сдерживающие его развитие. На основе проведённого анализа сформулированы практические рекомендации, направленные на совершенствование механизма приватизации земельных участков несельскохозяйственного назначения в условиях продолжающихся социально-экономических реформ.
2025-12-25
ИДЕНТИФИКАЦИЯ РИСКОВ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ СИСТЕМЫ ВНУТРЕННЕГО КОНТРОЛЯ НА ГОСУДАРСТВЕННЫХ ПРЕДПРИЯТИЯХ
Система внутреннего контроля обеспечивает надлежащий надзор за сохранностью активов, достоверностью финансовой отчетности и действиями должностных лиц акционерного общества в интересах его акционеров. Деятельность системы внутренного контроля подвержена рискам, которые могут существенно снизить ее эффективность. Поэтому, необходима идентификация рисков системы внутреннего контроля.
2025-12-25
O'ZBEKISTON MAXSUS IQTISODIY ZONALARI (MIZ) INKLYUZIV BIZNES MODELINI RIVOJLANTIRISH UCHUN ASOSI SIFATIDA
Ushbu maqolada qashshoqlikni yanada kamaytirish va kam ta'minlangan guruhlarning inklyuziv korxonalarni yaratish va ish bilan ta'minlash orqali tadbirkorlik muhitiga integratsiyalashuviga imkon berishning ahamiyati o'rganiladi. Muallif inklyuziv korxonalar va maxsus iqtisodiy zonalar (MIZ) o'rtasidagi hamkorlikni tashkil etish, shuningdek, MIZ rezidentlari va mintaqaviy inklyuziv korxonalar o'rtasidagi sanoat kooperatsiyasi orqali MIZlarning salohiyatini kengaytirishga yondashuvlarni taklif qiladi. Maqolada inklyuziv tadbirkorlikning mohiyati, uning o'ziga xos xususiyatlari va korxona darajasida ijtimoiy integratsiya va iqtisodiy rivojlanishni belgilovchi afzalliklari o'rganiladi. Muallif inklyuziv tadbirkorlik tushunchasini sub'ektlarning ijtimoiy yo'naltirilgan iqtisodiy faoliyati sifatida, bag'rikenglik, demokratlashtirish va tenglik tamoyillarini hisobga olgan holda, ularning iqtisodiy o'zini o'zi ta'minlashini ta'minlash va MIZlar va inklyuziv korxonalar o'rtasidagi hamkorlikni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash maqsadida aniqlashtiradi.
2025-12-26
O‘ZBEKISTON KORPORATIV SEKTORIDA ESG HISOBOTLARINING HOLATI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
Ushbu maqolada O‘zbekiston korporativ sektorida ESG (Environmental, Social, Governance) hisobotlarining joriy holati, institutsional rivojlanish darajasi va istiqbollari tizimli ravishda tahlil qilinadi. Tadqiqotda xalqaro standartlar (GRI, IFRS S1/S2, ESRS) bilan milliy amaliyot o‘rtasidagi tafovutlar aniqlanib, davlat va xususiy sektor kesimida ESG hisobotdorligining shakllanish jarayoni solishtirma tahlil asosida baholanadi. Empirik ma’lumotlar va so‘nggi yillarda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar asosida O‘zbekistonda ESG hisobdorligining asosiy drayverlari va mavjud institutsional cheklovlari aniqlanadi. Xulosa qismida korporativ boshqaruvni takomillashtirish, shaffoflikni oshirish va xalqaro investorlar ishonchini mustahkamlash nuqtai nazaridan ESG hisobotlarini rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beriladi.
2025-12-29
“СУД ЭКСПЕРТЛИК ФАОЛИЯТИНИНГ ҲУҚУҚИЙ АСОСЛАРИ ВА УНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШНИНГ ДОЛЗАРБ МАСАЛАЛАРИ”
Мазкур мақолада Ўзбекистон Республикасида суд экспертлик фаолиятининг ҳуқуқий асослари, уни тартибга солувчи миллий қонунчилик нормалари ҳамда ушбу соҳани такомиллаштиришнинг долзарб йўналишлари таҳлил қилинади. Суд экспертизаси жиноят, фуқаролик, иқтисодий ва маъмурий ишлар бўйича одил судловни таъминлашда, процессуал қарорлар қабул қилишда, далилларнинг ишончлилигини баҳолашда муҳим ўрин эгаллайди. Мақолада “Суд экспертизаси тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Қонуни, Жиноят-процессуал кодекси, Фуқаролик процессуал кодекси, Иқтисодий процессуал кодекс ҳамда соҳавий норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар нормалари таҳлил қилиниб, уларнинг амалиётга татбиқ этилишидаги муаммолар ёритилади. Хусусан, экспертнинг процессуал мақоми, ҳуқуқ ва мажбуриятлари, эксперт хулосасининг далил сифатидаги ҳуқуқий табиати, экспертиза тайинлаш ва ўтказиш тартибининг амалдаги механизмлари илмий жиҳатдан асосланади.
2025-12-29
“INTERDEPARTMENTAL COORDINATION OF MINISTRIES OF THE REPUBLIC OF KARAKALPAKSTAN IN THE IMPLEMENTATION OF STATE POLICY: INSTITUTIONAL MECHANISMS, LEGAL CONFLICTS, AND DIGITAL TRANSFORMATION
In the context of the large-scale administrative reform of “New Uzbekistan” (2022–2024), the issue of the effectiveness of public administration in regions with special legal status is becoming critically important. This study is devoted to a comprehensive constitutional, legal, and administrative analysis of the mechanisms of interdepartmental coordination between ministries and agencies of the Republic of Karakalpakstan (RK). The paper examines the unique administrative structure of “dual subordination,” in which the executive authorities of the RK are accountable both to the Zhokargy Kenes and the Council of Ministers of the RK, as well as to the relevant ministries of the Republic of Uzbekistan (RUz). Based on an analysis of legislation (the Constitutions of the RUz and the RK, LRU-682 “On Normative Legal Acts,” Presidential Decree DP-269), materials on law enforcement practice, and data from digital platforms (“E-qaror,” “Ijro.gov.uz”), systemic legal conflicts arising in the process of implementing national policy at the regional level are identified.
2025-12-29
ТОВЛАМАЧИЛИК ЖИНОЯТЛАРИГА ФОШ ЭТИШНИНГ ЎЗИГА ХОС ЖИҲАТЛАРИ
Мақолада товламачилик билан боғлиқ жиноятларни (анъанавий товламачилик, рекет, шунингдек, кибермуҳитдаги замонавий товламачилик шакллари: ransomware, sextortion) фош этиш ва уларга қарши курашишнинг замонавий амалиётлари АҚШ, Европа Иттифоқи мамлакатлари, Ҳиндистон, МДҲ давлатлари мисолида қиёсий таҳлил қилинган. BMT/UNODCнинг кибертовламачиликка қарши тавсиявий характердаги чақирувлари кўриб чиқилди. Таҳлиллар асосида тезкор-қидирув, профилактик ва идоралараро ҳамкорликни такомиллаштириш бўйича амалий тавсиялар ишлаб чиқилди. Асосий эътибор товламачиликка қарши курашишга ихтисослаштирилган органларни бирлаштириш, хусусий сектор билан ҳамкорлик қилиш ва халқаро ахборот алмашиш зарурлигига қаратилган.
2025-12-30
QASDDAN ODAM O‘LDIRISH JINOYATIDA SUN’IY INTELLEKTNING JINOYAT SODIR ETISH QUROLI SIFATIDAGI O‘RNI
Mazkur ilmiy maqolada qasddan odam o‘ldirish jinoyatida sun’iy intellekt texnologiyalarining jinoyat sodir etish quroli sifatidagi o‘rni, huquqiy va kriminologik jihatlari tahlil qilinadi. Sun’iy intellektning avtonom qaror qabul qilish, algoritmik boshqaruv va masofadan ta’sir ko‘rsatish imkoniyatlari jinoyat sodir etish usullarining murakkablashuviga olib kelayotgani ilmiy asosda yoritiladi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) va 98-moddasi (kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan odam o‘ldirish) normalari asosida sun’iy intellektdan foydalanilgan jinoyatlarda subyektiv va obyektiv tomon, jinoyat quroli tushunchasi hamda javobgarlik masalalari muhokama qilinadi.
2025-12-31
OLIY HARBIY TA’LIM MUASSASALARIDA HARBIY FANLAR O‘QITUVCHILARINING KASBIY KOMPETENTLIGI VA ULARNI TA’LIM JARAYONIDAGI O‘RNI
Ushbu maqolada Oliy harbiy ta’lim muassasalarining harbiy fan o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini takomillashtirish, o‘qituvchilarning oldida turgan vazifalar va muommolar, ularni hal etish mexanizmi haqida ma’lumotlar berilgan.
2025-12-31
