Центральноазиатский журнал академических исследований - это рецензируемый международный журнал с открытым доступом, в котором публикуются оригинальные исследования и обзорные статьи, относящиеся к различным областям. Основная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу международным ученым, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований в прикладных науках. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, казахском, таджикском, английском или русском языках и пройти тщательный процесс рецензирования.
Опубликован: 2025-09-06
Статьи
MUTAXASSISLIK FANLARINI O'QISHDA ZAMONAVIY INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI
Mazkur maqolada mutaxassislik fanlarini o‘qitishda zamonaviy interfaol metodlardan foydalanish samaradorligi yoritilgan. Tadqiqot jarayonida o‘quvchilar qiziqishi va bilim samaradorligi ko‘rsatkichlari tahlil qilinib, interfaol metodlarning ta’lim jarayonidagi o‘rni asoslab berilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, “aqliy hujum”, “klaster” va “debat” metodlari eng yuqori samaradorlikni ta’minlagan. Shuningdek, maqolada jadval va diagrammalar orqali turli metodlarning samaradorlik darajasi vizuallashtirilgan.
2025-09-09
XORIJIY DAVLATLARDA TA’LIM OLGANLIK TO‘G‘RISIDAGI HUJJATLARNI TAN OLISH TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISHNING DOLZARBLIGI
O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tanish tartibini takomillashtirish mamlakatimizning ta’lim tizimining globallashuvi va iqtisodiy rivojlanishi uchun jiddiy ahamiyatga ega bo‘lib, ushbu maqola mazkur masalaning dolzarbligini ilmiy-amaliy nuqtayi nazardan o‘rganadi. Tadqiqotda xorijiy diplomlarni tanish tartibining hozirgi holati, jumladan, 2019 yilgi 620-sonli qaror asosidagi protseduralar, elektron ariza berish va test sinovlari tizimi batafsil tahlil qilinadi, shuningdek, byurokratik kechikishlar, korrupsiya xavfi va shaffoflikning pastligi kabi muammolar ko‘rib chiqiladi. Dunyoviy statistika va xorijiy tajriba (masalan, Yevropa Ittifoqidagi Lissabon konvensiyasi, Singapur va Estoniyadagi raqamli platformalar) asosida, 2024-yilda xorijiy ta’lim olinganlar soni 50 mingdan oshgani va tanish rad etish darajasi 20-30% ni tashkil etgani ko‘rsatiladi, bu esa mehnat bozorida malakali kadrlar yetishmasligiga olib keladi. Olimlarning fikrlariga ko‘ra, tartibni takomillashtirish orqali ta’lim sifatini oshirish, iqtisodiy o‘sishni 5-7% ga kuchaytirish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mumkin, chunki Jahon banki hisobotlariga ko‘ra, xorijiy diplomlarni tanish samaradorligi past bo‘lgan mamlakatlarda mehnat bozori samaradorligi 20-30% ga pasayadi. Ishda raqamli texnologiyalarni (AI asosidagi avtomat tekshiruv), xorijiy universitetlar bilan hamkorlikni kuchaytirish va huquqiy bazani xalqaro standartlarga moslashtirish bo‘yicha amaliy takliflar beriladi. Tadqiqot mamlakatimizning ta’lim islohotlari doirasida xorijiy ta’limni integratsiya qilish orqali ilmiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashni maqsad qilgan.
2025-09-10
JINOYATCHILIK OMILLARI BILAN YUZMA-YUZ KELISHDA HUQUQ-TARTIBOT IDORALARI XODIMLARINING STRESSGA CHIDAMLILIGINI TA’MINLASH MEXANIZMLARI
Mazkur maqolada jinoyatchilik omillari bilan yuzma-yuz kelishda huquq-tartibot idoralari xodimlarining psixologik barqarorligini ta’minlash va stressga chidamliligini oshirish mexanizmlari tahlil qilingan. Stress holatlari xodimlarning xizmat samaradorligiga bevosita ta’sir etishi, ularning professional faoliyatida irodaviy, emotsional va kognitiv sifatlarning muvozanatini saqlash zarurligi ilmiy asoslangan. Shu bilan birga, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarida stressga chidamlilikni rivojlantirishda psixologik tayyorgarlik, treninglar, psixoprofilaktik tadbirlar hamda innovatsion yondashuvlar samarali vosita sifatida ko‘rib chiqiladi.
2025-09-12
O‘ZBEKISTONDA IPO JARAYONIDA KOMPANIYANI BAXOLASHDA DISKONTLANGAN PUL OQIMI USULIDAN FOYDALANISHNING DOLZARBLIG
Ushbu maqolada O‘zbekistonda IPO jarayonida kompaniyani baxolashda diskontlangan pul oqimi usulidan foydalanishning dolzarbligi keng yoritildi. Xususan, fond bozorida amalga oshirilayotgan islohotlar, IPO orqali investitsiya jalb qilish jarayonlari va ularda qo‘llanilayotgan baholash usullari tahlil qilindi. Diskontlangan pul oqimi (DCF) usulining afzalliklari, cheklovlari va amaliy qo‘llanilish imkoniyatlari misollar yordamida ko‘rsatib berildi.
2025-09-15
БУҒДОЙ НОНИНИ ОҚСИЛ БРИКЕТ (НУТ+МОШ) УНИ БИЛАН БОЙИТИШ БЎЙИЧА ОЛИБ БОРИЛГАН ИШЛАР
Бугунги кунда дунёда озиқ-овқат хавфсизлигини таъминлаш, дон маҳсулотларига бўлган талабни қондириш мақсадида 788,95 миллион тонна атрофида буғдой етиштирилмоқда. Ялпи ҳосилнинг нуфузли улуши Хитой (138,0 млн. тонна), Европа Иттифоқи мамлакатлари (134,7 млн. тонна), Ҳиндистон (103,0 млн. тонна), Россия (91,0 млн. тонна), АҚШ (44,9,31 млн. тонна), Канада (35,0 млн. тонна) каби мамлакатларга тўғри келмоқда. Буғдой етиштириш ҳажми бўйича Ўзбекистон 6,3 млн. тонна билан 24-ўринни эгаллаб келмоқда . Функционал бойитилган нон ишлаб чиқариш учун аввалги тажрибадаги сингари технологиядан фойдаланилди. Фақат ушбу тажрибада бойитувчи сифатида оқсил брикет (нут+мош) унидан фойдаланилди.
2025-09-15
AVTOMOBIL YOʻLLARINING HAYOTIY SIKLIDA INTELLEKTUAL TRANSPORT TIZIMLARINI QOʻLLASH: LOYIHALASH, QURISH VA EKSPLUATATSIYA QILISHNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Ushbu maqolada avtomobil yoʻllarining hayotiy sikli doirasida intellektual transport tizimlarini (ITT) joriy etishning dolzarbligi va samaradorligi tahlil qilinadi. Loyihalash bosqichida ITT vositalari orqali harakat oqimining prognoz qilinishi, qurilish jarayonida texnologik nazoratning avtomatlashtirilishi, shuningdek, ekspluatatsiya davrida real vaqt rejimida monitoring va boshqaruv tizimlarining qoʻllanilishi koʻrib chiqiladi. Maqolada shuningdek, yoʻl infratuzilmasini raqamlashtirish, xavfsizlikni oshirish va xizmat koʻrsatish xarajatlarini kamaytirishdagi innovatsion yondashuvlar yoritilgan. Tadqiqot natijalari asosida avtomobil yoʻllarini zamonaviylashtirishda ITT texnologiyalarining amaliy ahamiyati asoslab berilgan.
2025-09-15
TOSHKENT ADABIY MUHITI VA SIROJIDDIN SIDQIY XONDAYLIQIY IJODI
XX asr boshlarida yashab ijod etgan, ma’rifatparvar iste’dodli so‘z san’atkorlardan biri Sirojiddin Sidqiy Xondayliqiydir. Ushbu maqolada Sirojiddin Sidqiy Xondayliqiy va uning “Sad irshodi mullo Sidqiy Xondayliqiy” vа “Zarbulmasali Sidqiy” asarlari tahlili bilan bog‘liq izlanishlarimizni e’tiboringizga havola etamiz.
2025-09-15
ISLOM SVILIZATSIYASI MEROSI VA O‘ZBEKISTON ISLOMSHUNOSLIGI
Islom sivilizatsiyasi jahon tarixida o‘ziga xos o‘rin egallaydi. VII asrda Arabiston yarim orolida boshlangan bu manaviy va ilmiy uygonish qisqa fursatda Yaqin Sharq, Markaziy Osiyo, Shimoliy Afrika, Ispaniya va Hindiston hududlariga yoyildi. Islom dini faqat diniy e’tiqod bilan cheklanmay, balki ilm-fan, madaniyat va marifatning ham rivojlanishiga kuchli turtki berdi. O’zbekiston hududi esa bu jarayonda markaziy orin tutib, buyuk allomalarni yetishtirib chiqard
2025-09-16
O’ZBEKISTON AYOLLARIDA VITAMIN YETISHMASLIGI VA UNING OQIBATLARI
maqolada vitaminlarning inson hayotidagi tutgan o’rni, ayollarda vitaminlar yetishmasligi natijasida teri bilan bog’liq muammolar, shish, mushaklar zaifligi, soch va tirnoq bilan bog’liq muammolar, oshqozon kasalliklari, anemiya va homiladorlik davrida kuzatiladigan turli xil kasalliklarni keltirib chiqarishi haqida fikrlar bayon etilgan
2025-09-17
EKOLOGIK XAVFSIZLIKNI IQTISODIY RAG‘BATLAR ORQALI TA’MINLASHNING NAZARIY YONDASHUVLARI
Mazkur maqolada ekologik xavfsizlikni iqtisodiy rag‘batlar orqali ta’minlashning nazariy va amaliy jihatlari tadqiq etildi. Ekologik xavfsizlik tushunchasi, iqtisodiy rag‘batlarning nazariy asoslari hamda ularning barqaror rivojlanishdagi o‘rni yoritildi. Shuningdek O‘zbekistonda ekologik xavfsizlikni ta’minlashda qo‘llanilayotgan iqtisodiy mexanizmlar – soliq imtiyozlari, subsidiyalar, ekologik to‘lovlar, grantlar va kreditlarning amaliy natijalari tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari iqtisodiy rag‘batlar ekologik xavfsizlikni mustahkamlashda samarali vosita bo‘lib, ekologik toza texnologiyalarni joriy qilish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish va jamiyatda ekologik madaniyatni oshirishga xizmat qilishini ko‘rsatdi.
2025-09-19
ПРИМЕНЕНИЕ ПРОФАЙЛИНГА В СФЕРЕ БЕЗОПАСНОГО ТУРИЗМА
Статья посвящена анализу возможностей и ограничений применения профайлинга как инструмента обеспечения безопасного туризма. В условиях роста глобальных рисков — терроризма, преступности, эпидемий — традиционные меры (физическая охрана, досмотр, видеонаблюдение) оказываются недостаточными, так как в основном ориентированы на реакцию уже после совершения правонарушения. Профайлинг, основанный на поведенческом и психологическом анализе, позволяет перейти к проактивному выявлению потенциальных угроз. Научная новизна статьи заключается в обосновании интеграции профайлинга в систему турбезопасности Узбекистана, где уже действуют туристическая полиция, цифровые платформы контроля (E-mehmon), правовые гарантии безопасности туристов.
2025-09-19
ПРИМЕНЕНИЕ ПРОФАЙЛИНГА В СФЕРЕ ОБЕСПЕЧЕНИЯ ОБЩЕСТВЕННОЙ БЕЗОПАСНОСТИ
Статья посвящена комплексному анализу профайлинга как инструмента упреждающего обеспечения общественной безопасности. На основе междисциплинарного подхода (психология, криминалистика, ОРД, анализ данных) раскрываются понятийные границы и методологические принципы профайлинга как риск-ориентированного поведенческого анализа. Обобщён международный опыт (авиационная, транспортная и массовая безопасность; антитеррористические практики), показаны модели операционализации профайлинга через краткие поведенческие интервью, наблюдение в потоках и алгоритмическую видеоаналитику. В узбекском контексте проанализированы нормативно-правовые предпосылки и «белые пятна» регулирования, интеграция с программами «Безопасный город» и цифровыми платформами мониторинга, а также практики профильной подготовки персонала. Отдельно рассмотрены зоны применения: транспортные узлы, места массового пребывания, профилактика терроризма и мониторинг городской среды. Оценены риски и ограничения (валидность признаков, ложные срабатывания, недопустимость дискриминационного профилирования, защита персональных данных), предложены гарантии правомерности и подотчётности. По итогам сформулированы рекомендации для Республики Узбекистан: стандартизация терминологии и процедур,
2025-09-19
T.JUMAMURATOV POEZIYASINDA FRAZEOLOGIZMLERDIŃ STRATIFIKACIYASI HÁM STILISTIKASI
Maqolamizda tilimizdagi lingvistik birliklardan biri frazeologizmlarning badiiy tildagi qo’llanilish hodisasiga bag’ishlangan bo’lib, shoir T. Jumamuratov asarlarida qo’llanilishdagi so’z ma’nolarining ta’sirchanlikdagi o’ziga xos xususyatlariga bag’ishlangan ayrim tafsilotlarimiz havola etiladi.
2025-09-22
ЭНЗАЛУТАМИД И УВЕЛИЧЕНИЕ ОБЩЕЙ ВЫЖИВАЕМОСТИ У ПАЦИЕНТОВ С РАКОМ ПРЕДСТАТЕЛЬНОЙ ЖЕЛЕЗЫ ПОСЛЕ ПРОВЕДЕНИЯ ХИМИОТЕРАПИИ
Энзалутамид (MDV3100), ингибитор андроген-рецепторного сигнального пути, был изучен в международном рандомизированном исследовании III фазы с участием 1199 пациентов с кастрационно-резистентным раком предстательной железы после химиотерапии. Применение энзалутамида в дозе 160 мг/сут достоверно увеличивало общую выживаемость по сравнению с плацебо (18,4 против 13,6 месяцев; HR 0,63; p<0,001) и показало преимущество по всем вторичным показателям, включая снижение уровня ПСА, объективный ответ опухоли, улучшение качества жизни и увеличение времени до прогрессирования. Основными побочными эффектами были утомляемость, диарея и приливы, в редких случаях отмечались судороги. Полученные данные подтверждают значимую клиническую эффективность энзалутамида у пациентов с метастатическим кастрационно-резистентным раком предстательной железы после химиотерапии
2025-09-23
ФУНКЦИЯ ПОЧЕК И КОГНИТИВНЫЙ УПАДОК У ОСЛАБЛЕННЫХ ПОЖИЛЫХ ДВЕ СТОРОНЫ ОДНОЙ МЕДАЛИ
Изучить взаимосвязь когнитивных и почечных нарушений у ослабленных пожилых пациентов с хронической болезнью почек (ХБП). Обследованы 2229 пожилых пациентов; в анализ включены 271 с ХБП и синдромом хрупкости. Тяжесть ХБП оценивалась по eGFR (CKD-EPI), когнитивный статус и общее здоровье по валидизированным шкалам. Средний eGFR составил 64,25±25,04 мл/мин/1,73 м². ХБП стадий 3–4 выявлена у 44%. У 26% диагностировано тяжёлое когнитивное нарушение, у 67% умеренное, у 7% лёгкое. Отмечено снижение когнитивных функций по мере прогрессирования ХБП (p<0,0001). Когнитивный статус являлся независимым предиктором eGFR. У ослабленных пожилых пациентов ХБП лёгкой и умеренной степени широко распространена и тесно связана с когнитивными нарушениями, что повышает риск неблагоприятных исходов.
2025-09-23
MARKAZIY OSIYO DAVLATLARI OʻRTASIDAGI MUNOSABATLARNI TARTIBGA SOLISHNING HUQUQIY JIHATLARI
Mazkur maqolada Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga solishning huquqiy jihatlariga doir masalalar tahlil etilgan. Shuningdek, mazkur maqolada Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik, tinchlik va barqarorlikni taʼminlash, xalqaro terrorizm, separatizm va ekstremizmning barcha koʻrinishlariga, shuningdek narkotrafik va ommaviy qirgʻin qurollarining tarqalishiga qarshi hamkorlikda kurashish masalalari ham olib boriyotganligi yuzasidan ham fikirlar berib oʻtilgan.
2025-09-23
SCIENCE AND CULTURE DURING THE TIMURID ERA
The Timurid era (1370–1507), established by the Central Asian conqueror Amir Timur (Tamerlane), was one of the most dynamic periods in Islamic and world history. Beyond its military conquests and political significance, the period is remembered for its remarkable advancements in science, culture, art, architecture, and intellectual life. Timurid rulers, especially Timur himself and his successors like Ulugh Beg, fostered an environment where scholars, scientists, poets, and artists could flourish. This article explores the scientific and cultural achievements of the Timurid era, highlighting their contributions to astronomy, mathematics, medicine, literature, education, art, and architecture, as well as their enduring global legacy.
2025-09-23
THE ROLE OF MENTAL ILLNESS AS A METAPHOR FOR GENDERED OPPRESSION IN THE BELL JAR AND THE AWAKENING
This paper examines the role of mental illness as a metaphor for gendered oppression in Sylvia Plath’s The Bell Jar (1963) and Kate Chopin’s The Awakening (1899). Using feminist literary criticism, the study analyzes how psychological distress in both protagonists—Esther Greenwood and Edna Pontellier—reflects the internalization of patriarchal constraints. These novels do not merely depict mental illness as individual pathology but frame it as symptomatic of broader sociocultural limitations imposed on women. The study employs close textual analysis of metaphor, character development, and narrative structure to demonstrate how mental illness functions as both a critique of and response to gender norms. Findings suggest that both novels metaphorically portray female mental collapse as a form of resistance to societal expectations and a desperate grasp at personal autonomy..
2025-09-24
THE ROLE OF CONTEXT IN THE INTERPRETATION OF PREPOSITIONAL PHRASES IN PREDICATIVE CONSTRUCTIONS
This paper examines the role of context in interpreting prepositional phrases (PPs) functioning in predicative constructions in English. While prepositions are often treated as fixed relational markers, their meaning in predicative positions demonstrates profound flexibility, shifting between literal, metaphorical, evaluative, and institutionalized uses depending on context. Drawing on literary, political, journalistic, and conversational discourse, the study highlights how syntactic form alone is insufficient to determine meaning. Instead, interpretation is anchored in the interaction of structural, semantic, and pragmatic factors. The findings confirm that prepositional predication is highly context-sensitive, with implications for theories of semantics, pragmatics, and discourse analysis
2025-09-24
MARKAZIY OSIYO DAVLATLARINING YAGONA ITTIFOQQA BIRLASHISH ISTIQBOLLARI (YI NAMUNASIDA)
Maqolada hududiy integratsiya jarayonlari nazariy asoslari va Yevropa Ittifoqining shakllanish tajribasi o‘rganildi. Shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlarining yagona ittifoqqa birlashish istiqbollari, afzalliklari va muammolari tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, YI tajribasidan foydalanish orqali Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohalarda o‘zaro yaqinlashib, mintaqaviy barqarorlikni ta’minlashi mumkin.
2025-09-24
AGRAR SOHADA KOOPERATSIYA MUNOSABATLARINI RIVOJLANTIRISHNING MUHIM YO’NALISHLARI
Ushbu maqolada agar sohasida iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish, kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirishning muhim yo’nalishlari va muammolari, ularning yechimlari ko’rib chiqilgan.
2025-09-24
ЖИНОЯТ-ИЖРОИЯ ҚОНУНЧИЛИГИДА МАҲКУМЛАР ҲУҚУҚЛАРИНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШНИНГ ЎЗИГА ХОС ЖИҲАТЛАРИ: АМЕРИКА ҚЎШМА ШТАТЛАРИ МИСОЛИДА ИЛМИЙ-НАЗАРИЙ ТАҲЛИЛ
Ушбу мақола Америка Қўшма Штатларида (АҚШ) жиноят-ижроия қонунчилиги доирасида маҳкумлар ҳуқуқларини ҳимоя қилишнинг ўзига хос жиҳатларига бағишланган бўлиб, уларнинг ҳуқуқий асослари, амалий жараёнлари ва ислоҳотлардаги ўрни илмий-назарий таҳлил қилинади. АҚШ Конституциясининг Биринчи ва Саккизинчи ўзгартиришларига таяниб, маҳкумларнинг асосий ҳуқуқлари, жумладан сўз эркинлиги, қаттиқ жазолардан ҳимоя ва ҳуқуқий ёрдам олиш каби масалалар кўриб чиқилади. Мақолада АҚШдаги маҳкумлар ҳуқуқларининг ҳимояси, First Step Act каби ислоҳотлар орқали уларнинг жамиятга қайтиши ва қайта жиноят содир этишнинг олдини олишга қўшаётган ҳиссаси муҳокама қилинади. Хорижий тадқиқотчилар, жумладан профессор Жонатан Симон, Эмили Базелон ва Жеффри Фаган каби олимларнинг ишларига таяниб, маҳкумларнинг таълим, саломатлик ва ижтимоий хизматлардан фойдаланиш ҳуқуқларини кучайтиришнинг ижтимоий, иқтисодий ва психологик жиҳатлари таҳлил қилинади.
2025-09-24
MAHALLA HUQUQ-TARTIBOT MASKANLARIDA XIZMAT OLIB BORUVCHI XODIMLARNING O‘ZARO HAMKORLIGI: VAZIFALAR TAQSIMOTI VA MAS’ULIYAT
Ushbu maqolada mahalla huquq-tartibot maskanlarida xizmat olib boruvchi turli ichki ishlar organlari vakillarining o‘zaro hamkorligi, ularning vazifalari taqsimoti va mas’uliyat chegaralari tahlil qilingan. Xizmatlararo hamkorlikning tashkiliy va funksional asoslari, amaliy tajriba va mavjud muammolar ko‘rib chiqilib, ularni bartaraf etishga qaratilgan takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqot maskanlar faoliyatining samaradorligini oshirishda xizmatlararo integratsiyaning huquqiy, tashkiliy va axborotiy jihatlarini mustahkamlash zarurligini asoslaydi.
2025-09-24
MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARNI O‘QITISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Ushbu tadqiqot bolalar bilimni samaraliroq ravishda teng yoshli guruhlarda yoki turli yoshdagi guruhlarda o‘zlashtirishini o‘rganadi. Eksperiment uchta guruhni o‘z ichiga oldi: A guruhi (faqat 3 yoshli bolalar), B guruhi (faqat 6 yoshli bolalar) va C guruhi (3 va 6 yoshli bolalardan iborat aralash guruh). Kuzatuv va oddiy topshiriqlarni bajarishlari yordamida olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, aralash yoshli guruhlar o‘rtasida o‘zaro ko‘maklashish va hamkorlik ko‘proq kuzatilgan, teng yoshli guruhlarda esa vazifani bajarish samaradorligi yuqoriroq bo‘lgan.
2025-09-26
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MUASSASALARIDA O‘QUVCHILARDA KASB-HUNARGA YO‘NALTIRISH TUSHUNCHALARINI SHAKLLANTIRISHNING ILMIY-AMALIY ASOSLARI
Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish jarayonining ilmiy va amaliy asoslari yoritilgan. O‘quvchilarda kasb-hunarga oid tushunchalarni shakllantirish, ularda mehnatga munosabatni tarbiyalash, kelgusidagi faoliyatini ongli ravishda tanlashga tayyorlashda pedagogik, psixologik va ijtimoiy omillar tahlil etiladi
2025-09-26
YOSH AVLOD TARBIYASINING UMUMINSONIY AXLOQIY MEZONLARI VA AN’ANALARI
Ushbu maqolada yosh avlod tarbiyasida umuminsoniy axloqiy mezonlar va milliy an’analar uyg‘unligining ahamiyati yoritiladi. Jamiyatning ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotida yoshlarning barkamol shaxs sifatida shakllanishida axloqiy qadriyatlarning tutgan o‘rni, tarbiya jarayonida oila, maktab va ijtimoiy muhitning ta’siri tahlil qilingan
2025-09-26
MILLIY MOLIYA BOZORINI RIVOJLANTIRISH YO’LLARI
Mazkur maqolada milliy moliya bozorini yanada takomillash-tirishning o’ziga xos xususiyatlari va iqtisodiyot rivojida tutgan o’rni va ahamiyati tadqiq etilgan. Shuningdek, qimmatli qog’ozlar savdosi orqali moliya bozorida ishtirok etish amaliyotini tashkil etish bo’yicha tadqiqot olib borgan xorijiy va mahalliy olimlarning fikr-mulohazalari keltirilgan hamda xorijiy davlatlar tajribasini o’rgangan holda mamlakatimizda moliya bozorining hozirgi holati tahlili asosida xulosa va takliflar ishlab chiqilgan.
2025-09-29
САРКОПЕНИЯДА ЎПКАНИНГ СУРУНКАЛИ ОБСТРУКТИВ КАСАЛЛИГИ ПРОФИЛАКТИКАСИ
Саркопения ва сурункали обструктив ўпка касаллиги (СЎОК) бугунги кунда глобал соғлиқни сақлаш тизими олдида турган энг долзарб муаммолардан биридир. Саркопения – мушак массасининг камайиши ва мушак кучининг заифлашуви билан кечувчи синдром бўлиб, нафақат кексаларда, балки сурункали касалликларга чалинган беморларда ҳам учрайди. СЎОК эса нафас йўлларининг сурункали яллиғланиши ва торайиши билан кечиб, меҳнатга лаёқатни кескин пасайтиради ҳамда беморларнинг ҳаёт сифатини ёмонлаштиради. Ушбу икки патология биргаликда кечганида нафас олиш қийинчилиги, жисмоний фаолликнинг чекланиши, мушакларнинг заифлашуви ва беморларнинг ногиронликка олиб борувчи хавфи ортади. Мақолада саркопения ва СЎОК ўртасидаги патогенетик боғлиқлик, хавф омиллари, эрта ташхислаш йўллари ҳамда профилактика чораларига алоҳида эътибор қаратилган. Жисмоний машқлар, тўғри овқатланиш, метаболик ҳолатни назорат қилиш ва комплекс реабилитатсия дастурларини жорий этиш орқали ушбу касалликларнинг оғир асоратларини камайтириш мумкинлиги таъкидланган.
2025-09-29
KIMYO FANINI O‘QITISHDA MULTIMEDIA QO‘LLANMALARINING AFZALLIKLARI
Mazkur maqolada kimyo fanini o‘qitishda multimedia qo‘llanmalardan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari chuqur tahlil qilinadi. Xususan, multimedia vositalarining o‘quvchilarning kognitiv faoliyatini rivojlantirishdagi roli, bilimlarni o‘zlashtirish samaradorligini oshirishdagi ahamiyati, shuningdek, an’anaviy o‘qitish usullari bilan solishtirilgan holdagi ustunliklari ko‘rib chiqiladi. Olimlar fikrlari ham tahlil qilingan bo‘lib, ular multimedia ta’lim samaradorligini oshirishda asosiy vosita ekanini ta’kidlaydilar.
2025-09-29
SUG‘URTA KOMPANIYALARI BARQARORLIGINI TA’MINLASHDA QAYTA SUG‘URTANING O‘RNI
Maqola O‘zbekiston sug‘urta kompaniyalari barqarorligini oshirishda qayta sug‘urtalashning rolini baholaydi; tahlil ICP 13 va Solvency II me’yorlari hamda PQ-108 siyosiy konteksti asosida, panel baholash va EIOPA-uslubidagi stress-sinovlar bilan olib borildi. Natijalar kapital relifi, underwriting volatilligini kamaytirish va kontragent riski boshqaruvini kuchaytirish kanallari orqali resug‘urtaning samaradorligini ko‘rsatadi; takliflar ORSAga integratsiya, EAIS ma’lumotlarini standartlashtirish va qatlamli himoya dizaynini bosqichma-bosqich joriy etishni qamrab oladi.
2025-09-29
XIX ASRNING IKKINCHI YARMI – XX ASR BOSHLARIDA BUXORO AMIRLIGINING TADQIQOTI
Ushbu maqolada XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida Buxoro amirligining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy-ma’naviy hayoti tahlil qilinadi. Avvalo, Buxoro amirligi hududi, ma’muriy tuzilmasi va demografik tarkibi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ichki boshqaruv tizimi va tashqi siyosiy aloqalardagi o‘zgarishlar, xususan, Rossiya imperiyasi protektoratiga aylanish jarayoni yoritiladi. Bundan tashqari, iqtisodiy hayotda paxtachilikning Rossiya bozorlariga qaratilishi, temir yo‘l qurilishi va savdo-sotiqdagi o‘zgarishlar ochib beriladi. Maqolada ijtimoiy qatlamlar, qullik munosabatlari hamda migratsiya jarayonlari ko‘rsatilib, madaniy hayotda madrasa tizimi va jadidchilik harakatining o‘rni tahlil qilinadi. Xulosa qismida esa amirlikning an’anaviy tuzumdan modernizatsiyaga o‘tishdagi murakkab jarayonlari umumlashtiriladi..
2025-09-29
АМЕРИКА ҚУРАМА ШТАТЛАРЫНДА СУДЬЯ КАДРЛАРДЫ ТАҢЛАЎ ҲӘМ ОРЫНЛАРЫНА ҚОЙЫЎ МӘСЕЛЕЛЕРИ
Бул мақалада Америка Қурама Штатларында суд системасы ҳәм судья кадрларын таңлаў ҳәм лаўазымға тайынлаў процесслери кеңнен сәўлелендирилген. Бәринен бурын, АҚШтағы федерал ҳәм штат судлары системасы, олардың структуралық бөлимлери, ўәкилликлери ҳәм басқарыў тәртиплери талланған. Федерал дәрежедеги суд системасының орайында АҚШ Жоқары суды турыўы, апелляция ҳәм округ судлары, сондай-ақ, арнаўлы судлардың орны ҳаққында сөз етиледи. Сондай-ақ, штатлардың өз коньституцияларына тийкарланған суд системалары, еки басқышлы ҳәм үш басқышлы суд системалары, олардың өзине тән тәреплери ҳәм айырмашылықлары көрсетип өтилген. Мақалада, әсиресе, судья лаўазымына талабанларды таңлаў ҳәм тайынлаўдың төрт түрли тийкарғы модельи - губернатор ҳәм нызам шығарыўшы уйым арқалы тайынлаў, арнаўлы комиссия арқалы таңлаў, сайлаў арқалы судьяларды таңлаў ҳәм нызам шығарыўшы уйым даўысы арқалы сайлаў - кеңнен сәўлелендирилген. Бул процесслердиң ҳуқықый тийкарлары ҳәм әмелий әҳмиети ашып берилген.
2025-09-29
THE ROLE OF SYNTAX IN HUMAN AND AI FEEDBACK: A COMPARATIVE APPROACH
The syntactic characteristics of AI feedback and human feedback in academic writing are examined in this paper.We analyzed 200 feedback samples in terms of sentence construction, use of clauses, cohesion, and politeness.The results indicate that human feedback tends to consist of complex, compound–complex sentences and the use of hedging, along with modal verbs with more linguistic diversity.AI feedback instead prefers shorter, concise structures that emphasize understanding and minimize the number of errors.
2025-09-29
ВЛИЯНИЕ ТЕРМООТЖИГА НА СОСТОЯНИЕ ИОННО-ИМПЛАНТИРОВАНННЫХ АТОМОВ MN В SI”
В данной работе приведены результаты исследований изучения про-филей распределения имплантированных атомов Mn в Si в зависимости от дозы облучения и температуры отжига методом РОР. Полученные резуль-таты подтверждают аналогичные данные, полученные ВИМС. Изучено вли-яние термоотжига на распределение Mn и других примесей, в частности, кислорода. Приведена возможность использования метода РОР для анализа концентрационного распределения легированных примесей и взаимодействия примесей между собой.
2025-09-29
DASTURLANADIGAN MANTIQIY KONTROLLERLARNI LOYIHALASHDA QO‘LLANILADIGAN DASTURLASH TILLARI TAHLILI
Ishlab chiqarish jarayonlarida qo‘llaniladigan dasturlanuvchi mantiqiy kontrollerlarni dasturlash uchun ishlatiladigan dasturlash tillari,ularning qo‘llanilish usullari va DMK larni dasturlash uchun ishlatiladigan dasturlash tillarining afzalliklari. TIA Portal dasturi ishchi muhitida Ladder Diogram dasturlash tili bilan tanishish.
2025-09-29
TIJORAT BANKLARIDA ESG FAOLIYATIGA SARMOYA KIRITISH OQIBATIDA BANK SAMARADORLIGIGA TA'SIR ETISHINI TAHLIL QILISH
Maqolada tijorat banklarida ESG faoliyatiga sarmoya kiritish va uning bank samaradorligiga ta’siri nazariy hamda amaliy jihatdan o‘rganildi. O‘zbekiston bank sektorida ESG tamoyillarining joriy qilinishi, moliyaviy natijalarga ta’siri tahlil qilindi va samaradorlikni oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi..
2025-09-30
KOGNITIV JARAYONLARDA DIQQATNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Ushbu maqolada diqqatning kognitiv jarayonlardagi markaziy o‘rni, uning shakllari, neyropsixologik asoslari hamda ta’lim va kasbiy faoliyatdagi ahamiyati ilmiy tahlil qilindi. Diqqat fenomenining tarixiy nazariyalari (U. Jeyms, A. R. Luriya) va zamonaviy neyropsixologik yondashuvlari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, raqamli texnologiyalarning diqqat jarayoniga ta’siri va zamonaviy psixologik hamda pedagogik metodlar orqali diqqatni rivojlantirish yo‘llari yoritildi. O‘zbek psixolog olimlari (Q. Qodirov, R. Sunnatova, D. Xidirov va b.)ning diqqatni rivojlantirish, o‘quvchilarda barqaror diqqatni shakllantirish va ta’lim samaradorligiga ta’siri haqidagi qarashlari ham keltirildi. Tadqiqot natijalari diqqatning psixologik va neyropsixologik mexanizmlarini chuqur o‘rganish zaruriyatini asoslaydi
2025-09-30
ОБРАЗ ТВОРЧЕСКОЙ ЛИЧНОСТИ В РОМАНЕ-ЭПОПЕЕ РОМЕНА РОЛЛАНА «ЖАН-КРИСТОФ»
В данной статье рассматривается роман-эпопея Ромена Роллана «Жан-Кристоф» как художественное воплощение идеи творческой личности, преодолевающей социальные и культурные границы ради служения искусству. Анализируется эволюция героя от одарённого ребёнка до зрелого композитора, осознающего миссию искусства как силы, способной объединять народы и преображать мир. Показано, что образ Жан-Кристофа представляет собой собирательный портрет нового человека, чья жизненная и творческая позиция основана на непримиримости к пошлости, вере в гуманистический потенциал искусства и стремлении к вселенскому единству.
2025-09-30
ЦИФРОВАЯ ЭКОНОМИКА И МЕЖДУНАРОДНАЯ ЦИФРОВАЯ ИНТЕГРАЦИЯ В РАМКАХ ШОС
Данная статья исследует процессы развития цифровой экономики и международной цифровой интеграции в рамках Шанхайской организации сотрудничества (ШОС). Особое внимание уделяется сравнительному анализу уровня развития цифровой экономики в различных государствах организации, выявлению барьеров на пути цифровой интеграции и формулированию рекомендаций по их преодолению. Исследование основано на комплексном анализе научной литературы, официальных документов ШОС и статистических данных международных организаций.
2025-09-30
SHARAP USNATDINOV GÚRRIŃLERINIŃ SYUJETI
Biz bul maqalamızda kórkem shıǵarmalarda syujettiń jasalıw ózgesheligi haqqındaǵı teoriyalıq maǵlıwmatlardı úyrene otırıp, jazıwshı Sharap Usnatdinovtıń belgili gúrrińlerindegi syujettiń jasalıw ózgesheliklerine sholıw jasaymız.
2025-09-30
TALABALARNING O’QISH FAOLIYATIDAGI STRESSGA CHIDAMLILIK DARAJASIN EKSPERIMENTAL O’RGANISH
Maqolada talabalarning o’qish faoliyatidagi stressga chidamlilik darajasin eksperimental jihatdan o’rganilganligi tahlil qilinadi. Yu.V. Sherbatix tomonidan ishlab chiqilgan "O‘quv faoliyati bilan bog‘liq stress" testi asosida 114 nafar respondent o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, talabalarda o’quv faoliyati bilan bog‘liq stress holati yuqori darajada, ammo adaptatsion funksiyalar bo‘yicha nisbatan past ko‘rsatkichlar qayd etildi.
2025-09-30
YOSHLAR TARBIYASIDA JAHON TAJRIBASI VA JADID ADABIYOTINING O‘RNI
ushbu maqolada yoshlar tarbiyasi masalalari, bunda jahon tajribasi AQSh, Yaponiya, Xitoy misolida va jadid adabiyoti namoyondalari asarlarining o‘rni Abdurauf Fitratning “Oila” , Abdulla Avloniyning “Turkiy guliston yoxud axloq ”, Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Padarkush” asarlari misolida tahlil qilingan.
2025-09-30
N. DÁWQARAEV HÁM QARAQALPAQ FOLKLORTANIWINIŃ TEORIYALIQ NEGIZLERI
Bul maqalada belgili ilimpaz N. Dáwqaraevtıń qaraqalpaq folklorı iliminiń qáliplesiwindegi ornı, onıń teoriyalıq kózqarasları, metodologiyalıq qatnasları hám qaraqalpaq xalıq awızeki dóretiwshiligin sistemalastırıwdaǵı ilimiy xızmetleri tallanǵan. Sonday-aq, maqalada ilimpazdıń folklor hám etnografiya arasındaǵı óz-ara baylanıslılıqqa tiyisli pikirleri, xalıq awızeki dóretiwshiliginiń janr sisteması, kórkem-estetikalıq mánisi hám milliy ózlikti qáliplestiriwdegi ornı keńnen sáwlelendirilgen.
2025-09-30
DARYO VA KO‘L EKOTIZIMLARIDA O‘SIMLIK PLANKTONLARINING BIOLOGIK XILMA-XILLIGI
Ushbu maqolada daryo va ko‘l ekotizimlarida o‘simlik planktonlarining biologik xilma-xilligi, ularning ekologik roli va ekotizim barqarorligidagi ahamiyati chuqur tahlil qilingan. Fitoplanktonlarning tur tarkibi, mavsumiy dinamikasi, tabiiy va antropogen omillarning ta’siri, shuningdek, suv havzalarining ekologik muammolari yoritilgan. Maqolada suv resurslarini muhofaza qilish va monitoring qilish zarurligi asoslab berilgan.
2025-09-30
MO‘YNOQ O‘RMON XO‘JALIGIDA TARQALGAN UMURTQALI HAYVONLAR
Ushbu maqolada Mo‘ynoq o‘rmon xo‘jaligi hududida uchraydigan umurtqali hayvonlar turlari, ularning ekologik va biologik xususiyatlari, yashash muhiti hamda inson faoliyati ta’sirida kechayotgan o‘zgarishlar chuqur tahlil qilingan. Maqolada o‘rmon xo‘jaligining tabiiy sharoiti, iqlim xususiyatlari va hayvonot olamining muvozanatni saqlashdagi roli yoritilgan. Shuningdek, antropogen omillar ta’sirida ayrim hayvon turlarining kamayib borayotgani, ularni muhofaza qilish va tabiiy muhitni tiklash zaruriyati ilmiy asosda ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqot natijalari Mo‘ynoq o‘rmon xo‘jaligida biologik xilma-xillikni saqlab qolish, ekologik barqarorlikni ta’minlash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
2025-09-30
TABIIY SHAROITIDA VA ANTROPOGEN-TRANSFORMATSIYALANGAN HUDUDLARDA BARG QO‘NG‘IZLARI (CHRYSOMELIDAE) OILASI VAKILLARINING OZUQAVIY BIRLIGI
Mazkur maqolada barg qo‘ng‘izlari (Chrysomelidae) oilasiga mansub turlarining tabiiy va antropogen-transformatsiyalangan hududlardagi ozukaviy birliklari, ekologik moslashuv xususiyatlari hamda antropogen omillar ta’siridagi o‘zgarishlari keng yoritilgan. Tadqiqot jarayonida barg qo‘ng‘izlarining oziq bazasining shakllanishi, o‘simliklar bilan trofik aloqalari, fitofag hasharot sifatidagi ekologik roli hamda inson faoliyatining ularning populyatsiyasiga ta’siri tahlil qilingan.
2025-09-30
DARYO VA KO‘L EKOTIZIMLARIDA O‘SIMLIK PLANKTONLARINING BIOLOGIK XILMA-XILLIGI
Ushbu maqolada daryo va ko‘l ekotizimlarida o‘simlik planktonlarining biologik xilma-xilligi, ularning ekologik roli va ekotizim barqarorligidagi ahamiyati chuqur tahlil qilingan. Fitoplanktonlarning tur tarkibi, mavsumiy dinamikasi, tabiiy va antropogen omillarning ta’siri, shuningdek, suv havzalarining ekologik muammolari yoritilgan. Maqolada suv resurslarini muhofaza qilish va monitoring qilish zarurligi asoslab berilgan..
2025-09-30
BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASH SAMARADORLIGI
Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash samaradorligi chuqur tahlil qilinadi. Maqolada ilg‘or pedagogik yondashuvlar, interfaol metodlar, innovatsion texnologiyalar va axborot-kommunikatsiya vositalarining o‘quvchilarning bilish faoliyatiga ta’siri keng yoritilgan. Shuningdek, ta’lim jarayoniga axborot texnologiyalarini joriy etish orqali o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, ijodkorlik va kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish yo‘llari tahlil etiladi. Natijada, zamonaviy pedagogik texnologiyalar o‘quv jarayonining sifatini oshirishi, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirishi, hamda ta’limni shaxsga yo‘naltirilgan tizimga aylantirishga xizmat qilishi asoslab beriladi.
2025-09-30
OPPORTUNITIES AND RISK FACTORS OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE TECHNOLOGIES IN MULTIMEDIA PRODUCTION
Artificial Intelligence (AI) has become one of the most transformative forces shaping the global digital ecosystem in the 21st century. With the integration of machine learning, deep learning, and generative algorithms, AI technologies have revolutionized multimedia production—enabling automation, innovation, and personalized content creation. The purpose of this paper is to examine both the opportunities and risk factors associated with the use of AI in multimedia development. The study explores how AI enhances creative efficiency, reduces production costs, and expands artistic possibilities, while also highlighting the ethical, social, and legal risks it introduces—such as copyright violations, misinformation, data bias, and the erosion of human creativity. By analyzing relevant literature, technological trends, and case studies, the paper argues that AI’s future in multimedia production depends on the establishment of ethical frameworks, digital literacy, and responsible technological governance.
2025-09-30
MOBIL ILOVALAR ISHLAB CHIQISH TURLARI VA O‘QUV JARAYONIDA FOYDALANISHGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
Ushbu maqolada mobil ilovalar ishlab chiqishning asosiy turlari, ularning texnologik xususiyatlari hamda ta’lim jarayonida samarali qo‘llash imkoniyatlari tahlil qilinadi. Mobil dasturlarning platformaga bog‘liqligi, funksional imkoniyatlari va foydalanuvchi ehtiyojlariga moslashtirish darajasi o‘rganiladi. Shuningdek, o‘quv jarayonida mobil ilovalardan foydalanishga qo‘yiladigan didaktik, texnik va metodik talablar yoritilgan. Maqolada interfaol ta’lim muhiti yaratishda mobil texnologiyalarning ahamiyati, ularning talabalarning mustaqil ta’limini qo‘llab-quvvatlashdagi roli hamda o‘quv motivatsiyasini oshirishdagi imkoniyatlari tahlil etilgan. Tadqiqot natijalari ta’lim sohasida mobil ilovalarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishda metodik yondashuvlarni takomillashtirish zarurligini ko‘rsatadi.
2025-09-30
TOPONIMLAR TIL LUGʻAT TARKIBIDAGI OʻZIGA XOS QATLAM SIFATIDA
Mazkur maqolada toponimlarning til lugʻat tarkibidagi oʻrni, ularning onomastik leksik qatlam sifatidagi xususiyatlari hamda lingvistik va ekstralingvistik jihatlari yoritilgan. Toponimlarning kelib chiqishi, shakllanishi, semantik va strukturaviy tasnifi masalalari yetakchi tilshunos olimlar qarashlari asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, toponimikaning fanlararo xususiyati, geografiya, tarix va tilshunoslik bilan uzviy bogʻliqligi asoslab beriladi. Maqolada toponimlarning til tizimidagi ahamiyati, ularning nominativ, identifikatsion va madaniy-informatsion funksiyalari ilmiy asosda yoritilgan.
2025-09-30
