Центральноазиатский журнал образования и инноваций - это рецензируемый международный журнал с открытым доступом, в котором публикуются оригинальные исследования и обзорные статьи, относящиеся к различным областям. Основная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу международным ученым, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований в прикладных науках. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, казахском, таджикском, английском или русском языках и пройти тщательный процесс рецензирования.
Опубликован: 2025-12-19
Статьи
BIRIKTIRUVCHI TO‘QIMA DISPLAZIYASI BILAN OG‘RIGAN BOLALARDA ICHKI ORGANLARNING KOMBINATSIYALASHGAN ANOMALIYALARIDA HAMROH SHIKASTLANISHLARNING KLINIK VA FUNKSIONAL AHAMIYATI
6 oydan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida biriktiruvchi to‘qima displaziyasi belgilarini aniqlash maqsadida kompleks tekshiruvlar o‘tkazildi. Olingan natijalar yurak-qon tomir tizimi va biliar trakt zararlanishi bilan kechuvchi differensiyalanmagan biriktiruvchi to‘qima displaziyasi belgilari keng tarqalganligini ko‘rsatdi. Biriktiruvchi to‘qimaning kichik anomaliyalari mavjud bo‘lgan bolalarda kasalliklarning kechishi og‘irroq, davomiyligi uzoqroq bo‘lib, tiklanish davri cho‘zilishi hamda surunkali patologiyalar rivojlanish xavfi yuqori ekanligi aniqlandi
2025-12-18
ERTAKLARDA FANTASTIKA VA REALIZMNING POETIK UYG‘UNLIGI
Mazkur maqolada xalq ertaklarida va mifologik tasavvurlarda uchraydigan tulki, bo‘ri hamda echki obrazlarining badiiy va ma’naviy talqini tahlil qilingan. Asarda ushbu hayvonlar timsoli orqali turli xalqlarning dunyoqarashi, madaniy qadriyatlari hamda ijtimoiy hayotdagi o‘rni ochib beriladi. Tadqiqotda g‘arb va sharq adabiyotida tulki va bo‘ri obrazlarining o‘ziga xos talqinlari qiyosiy tahlil qilinadi. Muallif o‘zbek xalq ertaklaridagi obrazlar orqali realizm va fantastikaning uyg‘unligini yoritadi..
2025-12-18
‘‘DEVONU LUGʻOTIT TURK’’ASARIDAGI MIFOLOGIK QARASHLAR TAHLILI
Mazkur maqolada “Devonu lugʻotit turk” asarida uchraydigan xalq ogʻzaki ijodiga oid terminlar hamda mifologik birliklarning miqdoriy tahlili berilib, ularning hozirgi davrda faol qoʻllanilayotgani yoki isteʼmoldan chiqib ketgani masalasi yoritilgan. Shuningdek, “Yada toshi” vositasida yomgʻir chaqirish marosimiga doir muallifning shaxsiy mulohaza va xulosalari bayon etilgan. Asarda soʻz magiyasiga oid qadimiy tasavvurlar, joy nomlari va qabila nomlarining shakllanishi bilan bogʻliq afsona hamda rivoyatlar oʻziga xos badiiy uslubda ifodalangani ham alohida taʼkidlangan.
2025-12-18
FOLKLOR NAMUNALARINI NASHR ETISH MASALALARI
Ushbu maqolada mustaqillikkacha va mustaqillikdan keyingi davrlarda folklor asarlari namunalarini to‘plash va nashr etish yuzasidan olib borilgan tadqiqot va ekspeditsiyalar yoritilgan. Shuningdek, bu tadqiqotlarga hissa qo‘shgan olim va olimalarning ilmiy faoliyatlari atroflicha o‘rganilgan
2025-12-18
ЖАМОАТ ХАВФСИЗЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШ ТИЗИМИДА ҲУҚУҚ-ТАРТИБОТНИ ТАЪМИНЛАШ ВА УШБУ ЙЎНАЛИШДА ЎЗАРО МАҚСАДЛИ ҲАМКОРЛИКНИ ТАШКИЛ ЭТИШНИНГ ЎЗИГА ХОС ЖИҲАТЛАРИ
Мазкур мақолада жамоат хавфсизлигини таъминлаш тизимида ҳуқуқ-тартиботни таъминлашнинг назарий-ҳуқуқий асослари ҳамда ушбу йўналишда давлат органлари ва жамоат институтлари ўртасида ўзаро мақсадли ҳамкорликни ташкил этишнинг ўзига хос жиҳатлари таҳлил қилинган. Хусусан, Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 24 декабрдаги ПҚ-4075-сон қарорида белгиланган вазифалар асосида ҳуқуқ-тартиботни таъминлаш фаолиятини мувофиқлаштириш, профилактик чора-тадбирларни тизимли ташкил этиш, идоралараро ҳамкорликни кучайтириш ҳамда аҳоли билан самарали мулоқотни йўлга қўйиш масалалари ёритилган. Мақолада жамоат хавфсизлигини таъминлашда комплекс ёндашувни шакллантириш, ўзаро ҳамкорлик механизмларини такомиллаштириш орқали ҳуқуқбузарликларни барвақт олдини олиш ва жамиятда барқарор ҳуқуқий муҳитни таъминлашнинг аҳамияти илмий жиҳатдан асослаб берилган.
2025-12-18
ИНТЕРНЕТ БУТУНЖАҲОН АХБОРОТ ТАРМОҒИДАН ФОЙДАЛАНИБ ЎЗ ЖОНИГА ҚАСД ҚИЛИШГА УНДАШ ЖИНОЯТИ: ЖИНОИЙ-ҲУҚУҚИЙ ВА КРИМИНОЛОГИК ТАВСИФИ
Мақолада XXI асрда интернет технологияларининг ривожланиши билан бирга пайдо бўлган энг хавфли кибержиноятлардан бири – рақамли тармоқлар орқали ўз жонига қасд қилишга ундаш жинояти комплекс тарзда тадқиқ этилган. Муаллиф Ўзбекистон Республикаси Жиноят кодексининг 103¹-моддаси асосида ушбу жиноятнинг ҳуқуқий асослари, объектив ва субъектив белгиларни таҳлил қилиб, интернет орқали содир этиладиган ундашнинг бешта асосий хусусиятини очиб беради. Мақолада “Кўк кит” каби ўлим ўйинлари, зарарли челленжлар ва суицид контентини тарқатиш орқали содир этиладиган жиноятларнинг турлари кенг ёритилган.
2025-12-18
ИЧКИ ИШЛАР ОРГАНЛАРИНИНГ ОДАМ САВДОСИГА ҚАРШИ КУРАШИШДАГИ ВАЗИФАЛАРИ
Мақолада ички ишлар органларининг одам савдосига қарши курашишдаги вазифалари хусусида фикр юритилиб, мазкур фаолиятни янада самарали ташкил қилишга оид таклиф ҳамда тавсиялар билдирилган
2025-12-19
ИСКУССТВЕННЫЙ ИНТЕЛЛЕКТ: ПОМОЩНИК ИЛИ УГРОЗА МЫШЛЕНИЮ?
В статье рассматривается влияние технологий искусственного интеллекта (ИИ) на когнитивные процессы человека [1]. Анализируются как позитивные эффекты использования ИИ в образовательной и профессиональной деятельности, так и потенциальные риски, связанные со снижением самостоятельной мыслительной активности. Делается вывод о том, что воздействие ИИ на мышление человека носит амбивалентный характер и во многом определяется характером и целями его применения
2025-12-19
SHAXS AXLOQIY PORTRETINING FORMATIV JARAYONLARINI TARBIYA FANIDA REKONSTRUKSIYA QILISH: “MUKAMMAL SAODAT YO‘LI”DAGI NAZARIY YONDASHUVLAR VA ZAMONAVIY PEDAGOGIK PSIXOGENEZNING ILMIY SINTEZI
Ushbu ilmiy maqolada shaxsning axloqiy portretini shakllantiruvchi formativ jarayonlar tarbiya fani nuqtai nazaridan rekonstruksiya qilinadi. Tadqiqotda “Mukammal saodat yo‘li” asarida ilgari surilgan nazariy-axloqiy qarashlar zamonaviy pedagogik psixogenez konsepsiyalari bilan ilmiy sintez qilinib, shaxs kamolotining ma’naviy, ruhiy va ijtimoiy omillarini tahlil qilishga qaratilgan. Maqolada axloqiy qadriyatlarning pedagogik tizimda qayta talqin qilinishi, tarbiyaviy ta’sirning bosqichma-bosqich amalga oshish mexanizmlari hamda shaxsning axloqiy portretini modellashtirishga doir yondashuvlar nazariy asosda yoritiladi. Tadqiqot natijalari tarbiya jarayonida komil inson konsepsiyasini shakllantirishga xizmat qiluvchi ilmiy-metodik modelni taklif etadi.
2025-12-19
HUDUDIY ZIDDIYATDAN GLOBAL XAVFSIZLIKGACHA: HINDISTON-POKISTON MOJAROSI
Ushbu maqolada Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi uzoq yillardan beri davom etib kelayotgan siyosiy va harbiy mojaro har tomonlama tahlil qilinadi. Mojaroning tarixiy ildizlari, Britaniya mustamlakachiligi davrida yuzaga kelgan shart-sharoitlar, Hindiston yarimorolining bo‘linishi jarayoni hamda Kashmir masalasining shakllanishi izchil yoritiladi. Shuningdek, mojaroning keyingi rivoji, ikki davlat o‘rtasidagi urushlar, diplomatik keskinliklar, yadroviy qurollanish poygasi va bugungi kundagi siyosiy holat oddiy va tushunarli tilda bayon qilinadi. Maqola mojaroni bir tomonlama emas, balki xolis nuqtayi nazardan tushuntirishga qaratilgan bo‘lib, o‘quvchiga Hindiston–Pokiston qarama-qarshiligining asl mohiyatini chuqurroq anglash imkonini beradi.
2025-12-19
PAVLOVNIYA DARAXTI VA UNING IKKILAMCHI XOM ASHYOLARIDAN POLISAXARIDLAR AJRATIB OLISH OʻRGANISH VA UNING ANALOGLARI BILAN SOLISHTIRMA XARAKTERISTIKASI
Oziq-ovqat sanoatida turli xil antiseptiklar va dezinfeksiyalash vositalari, jumladan, xlor, perasetik kislota, toʻrtlamchi ammoniy birikmalari va vodorod periksga asoslanganlar qoʻllaniladi. Tanlov moʻljallangan maqsadga bogʻliq: asbob-uskunalarni dezinfeksiyalash, sirtni tozalash, havoni dezinfeksiyalash yoki dezinfeksiyalovchi ta'sirga ega yuvish vositalari. Ushbu dezinfeksiyalash vositalaridan foydalanish xavfsizlik talablariga javob berishi kerak va kerak boʻlganda shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish kerak.
2025-12-22
LISONIY ASSOTSIATSIYALARDA INSONGA XOS IJTIMOIY SIFATLARNING AKS ETISHI
Mazkur maqolada lisoniy assotsiatsiyalarda insonning ijtimoiy xususiyatlari, xususan yosh omilining til birliklari bilan bog‘liq holda namoyon bo‘lishi tadqiq etiladi. Tadqiqot assotsiativ jarayonlarning yoshga qarab farqlanishi, bolalar, maktab o‘quvchilari va talabalar nutqiy tafakkurida yuzaga keladigan assotsiativ reaksiyalarning o‘ziga xos jihatlarini aniqlashga qaratilgan. Ilmiy manbalar va assotsiativ tajribalar tahlili asosida bolalarda sintagmatik assotsiatsiyalarning, ulg‘ayish jarayonida esa paradigmatik va mavzuviy assotsiatsiyalarning ustunligi asoslab beriladi. Maqolada “Bolalar assotsiativ lug‘ati” materiallari asosida bolalarga xos obrazli, onomatopeya xarakteridagi javob reaksiyalari tahlil qilinib, ularning bolaning ongiy va nutqiy rivojlanish darajasi bilan uzviy bog‘liqligi ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, maktab o‘quvchilari va talabalarning “uy” (дом) turtki so‘ziga bergan assotsiatsiyalari qiyosiy-statistik usulda o‘rganilib, yosh guruhlariga xos tafakkur farqlari aniqlanadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, maktab o‘quvchilarida aniq predmet va makon bilan bog‘liq assotsiatsiyalar ustun bo‘lsa, talabalarda hissiy-baholovchi va ma’naviy mazmundagi assotsiatsiyalar ko‘proq uchraydi. Ushbu holat insonning ijtimoiy tajribasi, hayotiy qarashlari va bilish darajasi assotsiativ jarayonlarga bevosita ta’sir ko‘rsatishini ilmiy jihatdan tasdiqlaydi.
2025-12-22
FOLKLOR VA TARJIMA MUAMMOLARI
Ushbu maqolada xalq og‘zaki ijodining na’munalari bo‘lgan folklor asarlarining tarjima qilishdagi muammolari haqida qisqacha to‘xtalib o‘tiladi. Folklor – bu har bir millatning ma’naviy merosidir, shu xalqning dunyoqarashi, tarixi, orzu-umidlari va qadriyatlarining og‘zaki ifodasidir. Xalq og‘zaki ijodi, xalq ertaklari, dostonlar, maqollar, topishmoqlar, laparlaru yallalar va afsonalar o‘ziga xos milliylikni ko‘rsatuvchisidir. Biroq rivojlanib kelayotgan dunyoda turli madaniyatlar o‘rtasida muloqot vazifasini o‘taydigan tarjima jarayoni folklor matnlarini boshqa tillarga o‘girishda nihoyatda murakkab muammolarni keltirib chiqaradi. Ushbu maqolada folklor asarlarini tarjima qilishda duch kelinadigan asosiy qiyinchiliklar va ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rib chiqiladi.
2025-12-22
TA'LIM MUASSASALARIDA AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH MASALALARI
Maqolada ta’lim muassasalarida axborot xavfsizligini ta’minlashning nazariy va amaliy masalalari tahlil qilingan. Axborot xavfsizligi ta’lim jarayonining uzluksizligi, ma’lumotlarning maxfiyligi va yaxlitligini ta’minlashga xizmat qiladi. Tadqiqotda axborot xavfsizligini boshqarishning tashkiliy, texnik, huquqiy va pedagogik chora-tadbirlari, shuningdek, xavf va risklarni boshqarish, xalqaro standartlar va favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik masalalari yoritilgan. Maqola natijalari ta’lim muassasalarida axborot xavfsizligini mustahkamlash va pedagogik jarayonni samarali tashkil etishda amaliy ahamiyatga ega.
2025-12-22
ONLAYN VA GIBRID TA’LIMNING O‘QUVCHILAR KOMPETENSIYASIGA TA’SIRI
Ushbu maqolada onlayn va gibrid ta’limning o‘quvchilarning kompetensiyasini shakllantirish va rivojlantirishga ta’siri ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda onlayn va gibrid ta’limning pedagogik, texnologik, tashkiliy va psixologik aspektlari o‘rganilgan. Shuningdek, o‘quvchilarning mustaqil ishlash, muammolarni hal qilish, kommunikatsiya, ijodiy fikrlash va raqamli savodxonlik ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi samaradorligi tahlil qilinadi. Maqolada pedagogik metodlar (interaktiv mashg‘ulotlar, loyihaviy ishlash, virtual laboratoriya va simulyatsiya) va texnologik vositalarning (raqamli platformalar, bulutli xizmatlar, masofaviy baholash tizimlari) kompetensiya rivojlanishiga ta’siri batafsil yoritilgan. Tadqiqot natijalari ta’lim jarayonida onlayn va gibrid ta’lim shakllarini samarali qo‘llash, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va shaxsiy sifatlarini oshirish, motivatsiya va interaktivlikni kuchaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.
2025-12-22
“MUSTABID SOVET TUZUMI SHAROITIDA O‘ZBEKISTON MADANIYATI: SURXONDARYO VILOYATI MISOLIDA TARIXIY TAHLIL”
Mazkur maqolada mustabid sovet tuzumi davrida Oʻzbekiston madaniyatida yuz bergan oʻzgarishlar, mafkuraviy bosim va cheklovlar Surxondaryo viloyati misolida tahlil qilinadi. Tadqiqotda madaniy-maʼrifiy muassasalar faoliyati, milliy qadriyatlarning siqib chiqarilishi, xalq anʼanalari va urf-odatlariga boʻlgan munosabat tarixiy manbalar asosida yoritilgan. Shuningdek, sovet davrida hududiy madaniyat rivojining oʻziga xos jihatlari ochib beriladi.
2025-12-22
BOLALARDA ANTIBIOTIKLARGA CHIDAMLI MIKROORGANIZMLAR TARQALISHI VA ULARNING KLINIK AHAMIYATI.
Mazkur maqolada bolalar populyatsiyasida antibiotiklarga chidamli mikroorganizmlarning tarqalishi, shakllanish mexanizmlari va ularning klinik ahamiyati tahlil qilinadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) va yetakchi ilmiy tadqiqotlar asosida bolalarda antibiotiklarga chidamli infeksiyalarning epidemiologik xususiyatlari, asosiy patogenlari hamda davolash jarayonidagi muammolar yoritiladi. Shuningdek, pediatriyada antibiotiklarni noo‘rin qo‘llash, profilaktik va terapevtik yondashuvlarning chidamlilik rivojiga ta’siri ilmiy asosda baholanadi. Tadqiqot natijalari antibiotiklarga chidamli mikroorganizmlar bolalarda kasallikning og‘ir kechishi, davolash muddati va o‘lim ko‘rsatkichlarini oshiruvchi muhim klinik omil ekanligini ko‘rsatadi.
2025-12-22
MAKTABGACHA KATTA VA TAYYORLOV GURUH BOLALARIDA NUTQ MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI
Maqolada maktabgacha ta’lim muassasalarining katta va tayyorlov guruhlarida tarbiyalanayotgan bolalarda nutq madaniyatini shakllantirish jarayonining pedagogik shart-sharoitlari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Nutq madaniyatining mazmuni, tuzilmasi va rivojlanish omillari ochib berilgan. Rivojlantiruvchi nutqiy muhit, tarbiyachining nutq namunalari, o‘yin texnologiyalari, badiiy adabiyot, interfaol metodlar hamda individual yondashuvning ahamiyati asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari maktabgacha ta’lim tizimida nutq madaniyatini shakllantirish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi
2025-12-22
A VA B VIRUSLI GEPATITLAR KLINIK AHAMYATI
Ushbu maqola global sog'liqni saqlash sohasining dolzarb muammolaridan biri bo'lgan virusli gepatit A (VGA) va virusli gepatit B (VGB) infeksiyalarining taqqosiy klinik ahamiyatini tahlil qilishga bag'ishlangan. Maqola Gepatit A virusi (GAV) ning Picornaviridae oilasiga mansubligi va Gepatit B virusi (GBV) ning Hepadnaviridae oilasiga mansubligidan kelib chiqadigan etiologik va patogenetik farqlarni batafsil yoritadi. VGA ning asosan o'tkir va o'z-o'zidan cheklanuvchi kechishi, uning feko-oral yuqish mexanizmi bilan bog'liq bo'lgan epidemiologik xususiyatlari ko'rib chiqilgan. Maqolada ushbu infeksiyalarni aniqlashda qo'llaniladigan zamonaviy diagnostika usullari — ELISA orqali spetsifik serologik markerlar (masalan, Anti-HAV IgM, HBsAg)ni aniqlash va PCR (Polimeraza Zanjir Reaksiyasi) orqali virusli yuk (viral load) miqdorini o'lchashning klinik-prognostik ahamiyati chuqur tahlil qilinadi.
2025-12-22
TA’LIM MUASSASALARDA TARBIYAVIY ISHLARNI ZAMONAVIY YONDASHUVLAR ASOSIDA QO‘LLASH HOLATI
Maqolada hozirgi zamon ta’lim jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tarbiyaviy ishlarni zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari aks etilgan.
2025-12-23
NAVOIY VILOYATINING IJTIMOIY IQTISODIY RIVOJLANISHINING ASOSIY DRAYVER YO‘NALISHLARI
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining mintaqaviy o‘sishi, ularning tabaqalanishi, iqtisodiyotda ishlab chiqarishning tarmoq strukturasidagi o‘zgarishlar ro‘y berayotgan Navoiy viloyati tahlil qilinadi. Davlatimiz rahbari tomonidan 2022-yil 19-dekabrdagi yig‘ilishdagi, Navoiy tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishi va kelgusi yilda uni rivojlantirish bo‘yicha barcha prognozlar yoritiladi.
2025-12-24
YUNON MIFOLOGIYASIDA XUDOLAR TALQINI
Ushbu maqolada mifologik dunyo qarash va miflar haqida fikr yuritiladi. Xalq og'zaki ijodining eng qadimgi janrlaridan biri bu miflar bõlib, ular hozirgi kungacha insonlarni hayratga solib kelmoqda. Bundan tashqari maqolada miflar, miflarning yaratilish sabablari, mifologik dunyoqarash va obrazlar, ularning o’rganilishi shuningdek turli zamon va makonlarda yaratilgan miflarning o’xshashliklari bundan tashqari Yunon miflari va xudolari, bir necha miflar talqini eng kichik va o’rganilish jihatdan kam murojaat qilgan miflar haqida fikr yuritiladi. Qolaversa miflarni o’rgangan olimlar haqida ham o’z qarashlarimizni ko’rishingiz mumkin.
2025-12-24
MIF VA UNING O‘RGANILISHI
Ushbu maqolada mif atamasiga alohida to'xtalib o'tilgan. Miflarning paydo bo'lishi va ularning o'rganilish jarayonlari, davrlari haqida ma'lumot berilgan. Jahon xalq og'zaki ijodi namunalarida miflarga oid amalga oshirilgan tadqiqotlar, shuningdek ularga hissa qo'shgan olim va olimalarning ilmiy faoliyatlari atroflicha o'rganilgan..
2025-12-24
FOLKLOR VA YOZMA ADABIYOT O’RTASIDAGI FARQLAR
Xalq og‘zaki ijodi va yozma adabiyot madaniy hikoyatlar ombori bo‘lsa-da, o‘ziga xos xususiyatlarni namoyon etadi. Ushbu maqola hikoya qilishning ushbu ikki shakli o'rtasidagi asosiy farqlarni o'rganadi. Ularning kelib chiqishi, tarqalish usullari va jamiyatdagi vazifalarini o‘rganar ekan, maqola folklorning og‘zaki an’analarni saqlash va jamiyat hayotiy tajribalarini aks ettirishdagi beqiyos rolini ta’kidlaydi. Aksincha, yozma adabiyot badiiy ifodaning ongli shakli sifatida tahlil qilinadi, ko'pincha alohida mualliflarning istiqbollarini aks ettiradi va muayyan tarixiy va adabiy kontekstlarda rivojlanadi. Maqola ularni yaratish, tarqatish va madaniyatga ta'sir qilishdagi o'ziga xos farqlarni tahlil qilib, odamlar o'z hikoyalarini avlodlar o'rtasida ifodalash va baham ko'rishning xilma-xil usullari haqida nozik tushuncha berishga qaratilgan.
2025-12-24
METHODOLOGIES FOR STUDYING PARENT–CHILD RELATIONSHIPS IN EDUCATION
This study examines the pedagogical and psychological features of parent–child relationships in the context of national upbringing. Family is the first social environment in which children learn moral values, traditions, and life skills. Positive parent–child interactions play a crucial role in the development of emotional stability, social competence, and moral behavior. The research explores both theoretical and practical methods for studying family relationships, focusing on national culture and traditions. The methodology includes observation, interviews, and questionnaires to analyze communication patterns and emotional bonds. The study highlights the importance of parents as both educators and psychological supporters in the upbringing process. Results indicate that mutual respect, trust, and consistent guidance contribute significantly to the formation of a well-rounded personality.
2025-12-25
ЭВОЛЮЦИЯ ИНСТИТУТА УГОЛОВНОЙ ОТВЕТСТВЕННОСТИ ЗА УГОН ТРАНСПОРТНЫХ СРЕДСТВ В ЗАКОНОДАТЕЛЬСТВЕ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН
Статья посвящена эволюции уголовной ответственности за угон транспортных средств в Узбекистане. Автор анализирует исторический путь развития нормы и специфику действующей статьи 267 УК РУз, подчеркивая ее гибридный характер после реформ 2016 года. В работе выявлены проблемы определения объекта преступления и коллизии при разграничении угона и хищения. По итогам исследования предложены конкретные законодательные правки: введение легального определения «угона» и пересмотр места статьи в структуре Уголовного кодекса
2025-12-27
ТРАНСПОРТ ВОСИТАСИНИ ОЛИБ ҚОЧИШ ЖИНОЯТИНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ ВА УНГА ҚАРШИ КУРАШИШ БЎЙИЧА ХОРИЖИЙ ДАВЛАТЛАР ТАЖРИБАСИ.
Мақолада Ўзбекистонда транспорт воситаларини олиб қочиш жиноятининг ортиб бораётган ҳолатларини ҳисобга олган ҳолда, ушбу жиноятнинг олдини олиш ва унга қарши курашиш бўйича хорижий давлатлар тажрибасини таҳлил қилинади. Шунингдек, глобал ва маҳаллий статистика, жиноятнинг мотивацион ўзгаришлари, ҳуқуқий нормалар, технологик ва профилактик чора-тадбирлар кўриб чиқилади. Хорижий тажриба асосида тарғибот, техник ҳимоя ва ҳуқуқ-тартибот органларининг малакасини ошириш бўйича Ўзбекистон учун таклифлар илгари сурилади..
2025-12-27
YANGI MATEMATIK MODELLAR ORQALI TIBBIYOT VA EKOLOGIYADA QOʻLLANILADIGAN PROGNOZLAR YARATISH.
Ushbu maqola tibbiyot va ekologiya sohalarida prognozlash uchun zamonaviy matematik modellardan, xususan, mashinani o‘rganish va chuqur o‘rganish algoritmlaridan foydalanishning ahamiyatini atroflicha tahlil qiladi. An’anaviy usullarning cheklovlarini hisobga olgan holda, murakkab, yuqori o‘lchamli va nostandart ma’lumotlar to‘plamlarini tahlil qilishda yangi modellarning imkoniyatlari ko‘rsatib o‘tiladi. Maqolada sirroz rivojlanishini, dori vositalariga javobni va iqlim o‘zgarishiga chidamlilikni bashorat qilish bo‘yicha konkret tadqiqotlar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, model metodologiyalari, ma’lumotlarga bo‘lgan talablar, mavjud muammolar, cheklovlar va etik mulohazalar muhokama qilinadi. Maqola yangi matematik modellar orqali tibbiy tashxis, davolash strategiyalari va ekologik siyosatni optimallashtirish uchun asos yaratishga qaratilgan tadqiqotchilar va siyosatchilar uchun qimmatli ma’lumot beradi.
2025-12-29
РАЗРАБОТКА ВЛИЯНИЯ ЭЛЕКТРОХИМИЧЕСКОЙ ОБРАБОТКИ НА ФИЗИКО-МЕХАНИЧЕСКИЕ СВОЙСТВА ШЕЛКОВЬХ ВОЛОКОН
В данной работе рассмотрено изучение коллоидно-химических свойств электроактивированных водных растворов серицина. На основе полученных исследований предложена новая технология размотки коконов в данных растворах. В работе приведены также комплексные исследования и изучены особенности взаимодействия коконой оболочки электрообработанной технологической жидкости с различными физико химическими и структурными методами. Произведенные исследование показали, увеличение шелка-сырца в процессе размотки коконов без дополнительных трудозатрат
2025-12-29
BIOLOGIYA FANLARINI O‘QITISHDA O‘QUVCHILARNING BILIM FAOLIYATINI FAOLLASHTIRISHNING ILMIY-METODIK ASOSLARI.
Maqolada biologiya fanini o‘qitishda o‘quvchilarning bilim faoliyatini faollashtirishning ilmiy-pedagogik asoslari, zamonaviy ta’lim texnologiyalarining roli, o‘quv jarayonida motivatsiya va interaktiv metodlarning samaradorligi yoritildi. Faollashtirishning tashkiliy–pedagogik shartlari va amaliy mexanizmlari tahlil qilindi. Qo‘llanilgan usullar orqali o'quvchilarning qiziqishini oshirish, tahliliy fikrlashini rivojlantirish, bilim olishga bo'lgan qiziqishini uyg'otish va o'quv jarayonini individual ehtiyojlarga moslashtirishga yordam berishiga qaratilgan.
2025-12-29
C++ DASTURLASH TILIDA TASVIRNI KULRANG (GRAYSCALE) FORMATGA O‘TKAZISH
Ushbu maqolada C++ dasturlash tili yordamida raqamli tasvirlarni kulrang (grayscale) formatga o‘tkazish usullari ko‘rib chiqiladi. Tasvir matritsa sifatida qaralib, har bir pikselning RGB qiymatlari kulrang rangga aylantiriladi. Asosiy e’tibor obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tamoyillari asosida dastur yaratish, shuningdek, OpenCV kutubxonasidan foydalanmasdan, faqat C++ standart kutubxonalari yordamida amalga oshiriladigan algoritmlarga qaratilgan. Maqolada kulrang formatga o‘tkazishning turli usullari (o‘rtacha qiymat, og‘irlikli o‘rtacha, desaturatsiya) tahlil qilinadi, ularning afzalliklari va kamchiliklari ko‘rsatiladi. Tajribalar natijasida turli usullarning tasvir sifatiga ta’siri va hisoblash tezligi solishtiriladi.
2025-12-30
C++ VA OPENCV YORDAMIDA TASVIR MATRITSASIDA FILTR QO‘LLASH
Ushbu maqolada C++ dasturlash tili va OpenCV kutubxonasi yordamida tasvirlarga konvolyutsion filtrlar qo‘llash usullari ko‘rib chiqiladi. Asosiy e’tibor yumshatish (blur) va aniqlashtirish (sharpen) filtrlari qo‘llashga qaratilgan bo‘lib, ularning nazariy asoslari, amaliy dasturiy implementatsiyasi va eksperimental natijalari tahlil qilinadi. Konvolyutsion matritsalar orqali tasvirlarni qayta ishlash jarayoni batafsil yoritilgan, shuningdek, turli kernel o‘lchamlari va parametrlar tasvir sifatiga qanday ta’sir qilishi o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari kompyuter ko‘rishi, tibbiy tasvir tahlili va multimedia tizimlarida filtr qo‘llashning ahamiyatini ko‘rsatadi.
2025-12-30
NEFT-GAZ SOHASI ISHCHILARINING MEHNAT SHAROITIGA IQLIMNING TA’SIRI
Maqolada O‘zbekiston neft-gaz sanoati ishchilarining mehnat sharoitlariga iqlim omillarining ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqotda respublikaning keskin kontinental iqlimi sharoitida ochiq havoda ishlovchi neft va gaz sohasidagi mutaxassislarning mehnat faoliyati o‘rganilgan. O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati ma’lumotlari asosida hududlarning iqlim ko‘rsatkichlari tahlil qilinib, ularning neft-gaz qazib chiqarish jarayoniga ta’siri baholangan.
2025-12-30
1900 NM VA UNDAN YUQORI TO‘LQIN UZUNLIKDAGI ENDOVENOZ LAZER ABLYATSIYASI: TIZIMLI TAHLIL
Endovenoz lazer ablyatsiyasi (EVLA) an'anaviy ravishda 810 nm dan 1470 nm gacha bo'lgan lazer to'lqin uzunliklaridan foydalangan holda yuzaki venoz yetishmovchilikni davolashning asosiy usuliga aylandi. Biroq, so'nggi yillarda suvda energiya yutilishini optimallashtirish va kollateral to'qimalarning shikastlanishini kamaytirish maqsadida yuqori to'lqin uzunlikdagi lazer tizimlari (>1900 nm) joriy etildi. Ushbu tizimli sharh 1900 nm dan yuqori lazer to'lqin uzunliklari bilan endovenoz lazer ablyatsiyasi bo'yicha mavjud adabiyotlarni baholaydi, samaradorlik, xavfsizlik va protsedura natijalariga e'tibor qaratadi. Biz mavjud klinik dalillar bilan bir qatorda yuqori to'lqin uzunlikdagi lazerlarning nazariy afzalliklarini, masalan, tomirlarning yopilish tezligini yaxshilash va operatsiyadan keyingi og'riqni kamaytirishni muhokama qilamiz. Mavjud ma'lumotlarni sintez qilish orqali ushbu sharh klinisyenlarga 1900+ nm lazer tizimlarini qo'llashni ko'rib chiqishda yo'l-yo'riq ko'rsatishga va qo'shimcha tadqiqotlar zarur bo'lgan sohalarni ta'kidlashga qaratilgan
2025-12-31
