LISONIY ASSOTSIATSIYALARDA INSONGA XOS IJTIMOIY SIFATLARNING AKS ETISHI
Main Article Content
Abstract:
Mazkur maqolada lisoniy assotsiatsiyalarda insonning ijtimoiy xususiyatlari, xususan yosh omilining til birliklari bilan bog‘liq holda namoyon bo‘lishi tadqiq etiladi. Tadqiqot assotsiativ jarayonlarning yoshga qarab farqlanishi, bolalar, maktab o‘quvchilari va talabalar nutqiy tafakkurida yuzaga keladigan assotsiativ reaksiyalarning o‘ziga xos jihatlarini aniqlashga qaratilgan. Ilmiy manbalar va assotsiativ tajribalar tahlili asosida bolalarda sintagmatik assotsiatsiyalarning, ulg‘ayish jarayonida esa paradigmatik va mavzuviy assotsiatsiyalarning ustunligi asoslab beriladi. Maqolada “Bolalar assotsiativ lug‘ati” materiallari asosida bolalarga xos obrazli, onomatopeya xarakteridagi javob reaksiyalari tahlil qilinib, ularning bolaning ongiy va nutqiy rivojlanish darajasi bilan uzviy bog‘liqligi ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, maktab o‘quvchilari va talabalarning “uy” (дом) turtki so‘ziga bergan assotsiatsiyalari qiyosiy-statistik usulda o‘rganilib, yosh guruhlariga xos tafakkur farqlari aniqlanadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, maktab o‘quvchilarida aniq predmet va makon bilan bog‘liq assotsiatsiyalar ustun bo‘lsa, talabalarda hissiy-baholovchi va ma’naviy mazmundagi assotsiatsiyalar ko‘proq uchraydi. Ushbu holat insonning ijtimoiy tajribasi, hayotiy qarashlari va bilish darajasi assotsiativ jarayonlarga bevosita ta’sir ko‘rsatishini ilmiy jihatdan tasdiqlaydi.
