Central Asian Journal of Education and Innovation is an open access, peer-reviewed international journal that publishes original research and review articles related to diverse areas. The main objective is to offer an intellectual platform to the international scholars and it aims to promote interdisciplinary studies in applied sciences. All manuscripts must be prepared in Uzbek, Kazakh, Tajik, English or Russian languages and subject to a rigorous peer-review process.

Published: 2025-11-03

KARBOKSIMETILKRAXMAL VA GIDROLIZLANGAN AKRIL EMULSIYASI ASOSIDA TO‘QIMACHILIK MATOLARI UCHUN QUYUQLASHTIRUVCHILAR OLINISHI VA XOSSALARI

Ushbu maqolada karboksimetilkraxmal (KMK) va gidrolizlangan akril emulsiyasi asosida to‘qimachilik sanoati uchun samarali quyuqlashtiruvchilar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan. Tadqiqotda tabiiy polisaxarid – kraxmalning modifikatsiyalangan hosilasi bo‘lgan KMK ning suvda eruvchanligi, yopishqoqlik darajasi va akril emulsiyasi bilan o‘zaro ta’siri chuqur o‘rganildi. Natijada, ularning optimal nisbatlari aniqlanib, hosil bo‘lgan kompozitsion quyuqlashtiruvchi tizimlarning reologik xossalari, pH muhitga barqarorligi hamda haroratga chidamliligi tahlil qilindi. Olingan namunalarning tuzilishi infraqizil spektroskopiya (IK-spektr) yordamida tasdiqlandi. Tadqiqot natijalari KMK–akril asosidagi quyuqlashtiruvchilarning mato bosish jarayonlarida yaxshi quyuqlashtirish qobiliyatiga ega ekanligini, bo‘yoqning bir tekis taqsimlanishi va rang barqarorligini oshirishga xizmat qilishini ko‘rsatdi. Taklif etilgan kompozitsiyalar ekologik jihatdan xavfsiz, iqtisodiy samarali va mahalliy xomashyolardan tayyorlanishi bilan ajralib turadi.

Mukarrama Yusupova , Axtam Haydarov , Kamoliddin Xo‘jaqulov

4-7

2025-10-31

MAXSUS FANLARNI O‘QITISHDA DUAL TALIM SHAKLINING AFZALLIGI

Ushbu maqolada maxsus fanlarni o‘qitishda dual ta’lim shaklining afzalliklari, uning ta’lim sifati va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdagi o‘rni yoritilgan. Maqolada dual ta’limning talaba motivatsiyasini oshirish, mehnat bozoriga moslashuvchan kadrlar tayyorlash, ishlab chiqarish jarayonlariga erta jalb etish kabi ijobiy jihatlari tahlil qilingan. Shuningdek, o‘quv jarayonini ishlab chiqarish ehtiyojlari bilan integratsiya qilishning pedagogik va tashkiliy mexanizmlari ko‘rsatib o‘tilgan.

Zuxriddin Shukurov

8-10

2025-10-31

“INORGANIC BINDER TECHNOLOGY AND INCREASING THE EFFICIENCY OF THEIR USE IN THE CONSTRUCTION INDUSTRY”

The article studies the classification of inorganic binders, their physicochemical properties, hardening processes, and technological processes of binder materials based on Portland cement, gypsum, and lime. Modern approaches to the production technologies of building materials, hydration and hardening mechanisms, as well as various types of hydraulic binders are analyzed. The study substantiates the current directions of development of the construction chemical industry in the Bukhara region, new innovative approaches, and opportunities for increasing technological efficiency.

Oripov Azizbek Anvarovich

11-13

2025-10-31

XALQARO AVTOMOBIL YUK TASHISHDA ADR VA ATP SHARTNOMALARI BO‘YICHA JAVOBGARLIKNI TARTIBGA SOLISH

Maqolada xalqaro avtomobil transportida xavfli yuklar (ADR) va tez buziluvchi oziq-ovqat mahsulotlari (ATP) tashilishi bilan bog‘liq javobgarlikning normativ-huquqiy asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotda yuk jo‘natuvchi, tashuvchi, qadoqlovchi, yuklovchi va qabul qiluvchining majburiyatlari ADRning 1.4-bo‘limi va ATPning texnik reglamentlari asosida ochib beriladi. Muallif ushbu shartnomalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri moddiy tovon belgilamasligini, balki xavfsizlik, texnologik moslik va hujjatlashtirish standartlari orqali javobgarlikning taqsimlanishiga ta’sir ko‘rsatishini asoslaydi. Shuningdek, transport vositasining texnik muvofiqligi, yorliqlash va temperatura rejimlariga rioya qilish amaliyotda CMR doirasidagi fuqarolik-huquqiy nizolarda aybni aniqlash mezoniga aylanishi yoritilgan. Maqola ADR va ATP normalarining xalqaro tashishlarda xavfning boshqarilishi, ishtirokchilarning mas’uliyat zanjiri va transportda xavfsizlik madaniyatini shakllantirishdagi o‘rnini asoslaydi.

Sh.Z Sheraliyeva

14-18

2025-10-31

MODERN MANAGEMENT IN THE DIGITAL ERA: TECHNOLOGY AND ART IN THE GLOBAL CONTEXT

This article investigates the evolving nature of management in the digital age, examining how technological tools and human leadership converge to influence organisational performance. The study draws upon international data from developed countries and in-depth case analysis of Azerbaijan, highlighting statistical indicators of digitalisation, human capital development and productivity. The results show that successful management today requires not only digital infrastructure and analytics, but also adaptive leadership, strategic human capital development and organisational culture. The article concludes with policy lessons and managerial implications for strengthening management in the era of digital transformation.

Ulvi Natigzade Zaur

19-22

2025-10-31

PEDAGOG KADRLARNING ISH UNUMDORLIGINI OSHIRISHDA MOTIVATSION YONDASHUVNING NAZARIY ASOSLARI

Ushbu maqolada pedagog kadrlarning ish unumdorligini oshirishda motivatsion yondashuvning nazariy asoslari keng yoritiladi. Ta’lim tizimida inson kapitaliga sarmoya kiritish, o‘qituvchi shaxsini rivojlantirish va kasbiy faoliyatni rag‘batlantirish masalalari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangani bois, mehnat samaradorligini oshirishning psixologik-pedagogik mexanizmlarini chuqur o‘rganish zarurati paydo bo‘lmoqda. Maqolada motivatsiya tushunchasining mazmuni, uning pedagogik faoliyat bilan bog‘liq xususiyatlari, O‘zbekiston ta’lim tizimi sharoitida ichki va tashqi motivlarning o‘zaro ta’siri tahlil qilinadi. A. Maslou, F. Gersberg, V. Vrum, J. Adams kabi motivatsiya nazariyalari g‘oyalari pedagogik boshqaruv kontekstida qayta talqin qilinib, rahbarlar uchun ta’lim muassasasida samarali motivatsion muhit yaratish bo‘yicha nazariy asoslangan xulosalar beriladi. Muallif motivatsion yondashuv faqat moddiy rag‘batlantirish bilan cheklanmasdan, o‘qituvchining kasbiy o‘sishga, ijodkorlikka va ijtimoiy e’tirofga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilganda ish unumdorligi barqaror ravishda oshishini ta’kidlaydi

Ilhomjon Asqarov

23-28

2025-10-31

KIMYO FANINI O‘QITISHDA INTERFAOL METODLARNING O‘QUVCHILARNING FAOLLIGINI OSHIRISHDAGI O‘RNI

Ushbu maqolada kimyo fanini o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanishning nazariy va amaliy asoslari tahlil qilinadi. Interfaol metodlar o‘quvchilarning dars jarayonidagi faolligini oshirish, ularning mustaqil fikrlash, tahliliy yondashuv va ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishi ilmiy asosda yoritilgan. Shuningdek, maqolada kimyo darslarida “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Fishbone”, “Debat” kabi metodlarni qo‘llashning afzalliklari, ularning o‘quvchilarga ta’siri va natijalari misollar bilan ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, interfaol metodlardan samarali foydalanish o‘quvchilarda ilmiy tafakkurni shakllantiradi va kimyoviy jarayonlarni chuqurroq anglashga yordam beradi.

Gulnaz Muftullayeva

29-32

2025-10-31

METHODOLOGY OF ANALYZING PERFORMING ARTS STYLES THROUGH LISTENING

This article examines the theoretical foundations and methodological approaches to analyzing performing arts styles through listening, as well as its significance in developing musical perception. The process of listening-based analysis is considered a key factor in shaping musical thinking, aesthetic judgment, and performance skills. The study develops analytical methods based on the integration of pedagogical and musicological approaches.

Sharipov Karimjon Dilshod ugli

33-36

2025-10-31

ИЛК ЎРТА АСРЛАР СУҒДДА МАДАНИЙ ҲАЁТНИНГ РИВОЖИ

Инсоният тафаккурининг буюк кашфиётларидан бири бўлган мусиқа ва рақс санъати бугунги Ўзбекистон ҳудудларида ўз тараққёитининг юқори чўққисига қиққан. Марказий Осиёнинг муҳим географик ва сиёсий нуқтаси ҳисобланган Суғд тарихий-маданий давлат уюшмаси, хусусан, унинг маркази Самарқанд қадимий Шарқ мусиқа санъатининг ҳам асосий марказларидан бири бўлиб келган.

Ж. Турдиалиев

37-40

2025-10-31

HUDUDIY XIZMAT KO‘RSATISH TARMOQLARIDA KLASTERLASH ASOSIDA BOSHQARUV SAMARADORLIGINI OSHIRISH MEXANIZMLARI

Mazkur maqolada hududiy xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida klasterlash yondashuvi asosida boshqaruv samaradorligini oshirishning iqtisodiy va institutsional mexanizmlari tahlil qilinadi. So‘nggi yillarda xizmatlar sektori mintaqaviy iqtisodiyotning raqobatbardosh tarmog‘iga aylanib, korxonalar o‘rtasida kooperatsion aloqalarni rivojlantirish, resurslardan birgalikda foydalanish va innovatsion sinergiyani shakllantirish zarurati ortmoqda. Klaster modeli bu borada yangi menejment paradigmasi sifatida maydonga chiqib, hududiy xizmatlar korxonalarining integratsion boshqaruvini takomillashtirish imkonini beradi. Tadqiqotda klaster tizimining shakllanish bosqichlari, ichki boshqaruv tuzilmasi, hamda klaster ishtirokchilari o‘rtasidagi resurs, axborot va bilim almashinuvi mexanizmlari o‘rganilgan. Namangan viloyati misolida olib borilgan tahlillar shuni ko‘rsatadiki, klasterlash asosidagi boshqaruv modeli korxonalarning rentabelligini 1,3–1,5 baravarga oshirib, xizmatlar sifati va innovatsion faoliyatini jadallashtirgan. Maqola yakunida klaster boshqaruv tizimini mintaqaviy xizmat tarmoqlarida samarali joriy etish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan

Nozimaxon Maxmudova

41-49

2025-10-31

INGLIZ VA O‘ZBEK XALQ MAQOLLARIDA “JANNAT” VA “DO‘ZAX” OBRAZLARINING FUNKSIONAL XUSUSIYATLARI.

Ushbu maqola ingliz va o‘zbek xalq maqollarida uchraydigan “jannat” va “do‘zax” obrazlarining semantik, madaniy hamda funksional xususiyatlarini chuqur tahlil qiladi. Maqollar xalq tafakkurining eng qadimiy va eng boy qatlamlaridan biri bo‘lib, ular orqali xalqning diniy e’tiqodi, axloqiy me’yorlari, va falsafiy qarashlari ifoda topadi.

Nigora Zakirova

50-54

2025-10-31

O‘ZBEKISTONNING KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHI (1991–2025)

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining 1991–2025-yillar davomida korrupsiyaga qarshi kurash yo‘lidagi siyosiy, huquqiy va institutsional islohotlari tahlil qilinadi. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab korrupsiya muammosining shakllanish sabablari, u bilan bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy omillar va davlat siyosatida bu muammoni bartaraf etish uchun amalga oshirilgan chora-tadbirlar yoritilgan. Xususan, Shavkat Mirziyoyev davrida korrupsiyaga qarshi kurash agentligi faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi, davlat boshqaruvining raqamlashtirilishi, fuqarolik jamiyatining roli va xalqaro hamkorlikdagi yangiliklar misolida mamlakatning bu sohadagi rivojlanish bosqichlari tahlil etiladi. Maqola davomida O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni, mavjud muammolar va istiqboldagi yo‘nalishlar ilmiy-nazariy asosda ko‘rib chiqilgan.

Ibroxim Qobilov

55-57

2025-10-31

ALLA JANRI BO‘YICHA O‘ZBEK VA TURK BESHIK QO‘SHIQLARINING QIYOSIY TAHLILI

Mazkur maqolada o‘zbek va turk xalqlari beshik qo‘shiqlari (alla janri) tarixiy rivoji, ijro usullari, mavzu-mohiyati va frazeologik-tahliliy jihatlari o‘rganiladi. Maqolada beshik qo‘shiqlarining turlari, ularning bolani uxlatishdagi o‘rni, xalq an’analari va turk xalqlari bilan qiyosiy ta’riflari tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘zbek va turk allalarining qiyosiy-tarixiy tipologiyasi, ijro xususiyatlari va folklorshunoslik nuqtai nazaridan taqdim etilgan ilmiy yondashuvlar ko‘rib chiqiladi.

Asadbek Asadov , Anora Shukurova

58-62

2025-10-31