Jild 1 Nomeri 8, Special Issue (2024): Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и исследований в области управления

Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и исследований в области управления - это рецензируемый международный журнал с открытым доступом, в котором публикуются оригинальные исследования и обзорные статьи, относящиеся к различным областям. Основная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу международным ученым, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований в прикладных науках. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, казахском, таджикском, английском или русском языках и пройти тщательный процесс рецензирования.

Nashr qilingan: 2024-08-24

OILA QONUNCHILIGIDA BOLA HUQUQLARINI HIMOYALASHNI TAKOMILLASHTIRISH

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq har bir bolaga inson hamda fuqaro huquqlari va erkinliklari tegishli bo‘ladi hamda davlat tomonidan kafolatlanadi. Xususan, Asosiy Qonunimizning 78- moddasida “Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda himoya qilish, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan to‘laqonli rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish davlatning majburiyatidir”, degan norma belgilab qo‘yilgan.

 

Nuriddin Kuldashev

4-6

2024-08-14

BOLA HUQUQLARI KLASSIFIKATSIYASI: XALQARO HUQUQIY VA MILLIY QONUNCHILIK NORMALARIDA

“Bola huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiyaning 1-moddasiga ko‘ra 18 yoshga to‘lmagan har qanday inson bola hisoblanadi.  Biroq, Konvensiyada ham, Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaga muvofiq qabul qilingan oila huquqining asosiy hujjatlarida ham bolaning aniq ta’rifiga qaramay, oila qonunchiligi ushbu huquq sub’ektiga murojaat qilish uchun turli atamalardan foydalanadi: «bola», «voyaga yetmagan bola», «voyaga yetmaganlar». Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 96-moddasi ota-onalarning voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berishi shartligini mustahkamaydi, uning 96-108-moddalari aliment miqdorini, to‘lash tartibini, bolalarning ta’minoti uchun qilinadigan qo‘shimcha xarajatlar, aliment miqdorini kamaytirish yoki undan ozod etish tartibini belgilaydi.

Umida Sharaxmetova

7-12

2024-08-14

YOSHLAR HUQUQIY TARBIYASINI YUKSALTIRISH – BUGUNGI KUNNING DOLZARB MUAMMOSI

Hozirda dunyo ilmining jadal taraqqiyoti sharoitida har bir davlat o‘zining strategik rejalarini belgilar ekan, kelajakda ularni amalga oshiruvchi yosh avlod har tomonlama rivojlantirishga, intellektual salohiyatini yuksaltirishga, ma’naviyatini boyitishga alohida e’tibor bilan yondashadi. Bu esa davlatning dunyo hamjamiyatidagi obro‘-e’tiborini kuchaytiradi va yuksaltiradi.

A.Q. XUDOYBERDIYEV

15-17

2024-08-14

SOTSIAL ASOS QONUNI VA UNING OILANI O‘RGANISHDAGI AHAMIYATI

E’tiborni oilaviy munosabatlarga oid yuridik normalarning jamiyat negizi – madaniy borliq va sivilizatsiyalarga bog‘liq nisbatlariga qarataylik. Tarixni dialektik madaniy tushunishga ko‘ra jamiyat mavjudligi va rivojlanishining asosini madaniy borliq tashkil etadi.

S. Abduxalikov

18-21

2024-08-14

BOLALARNING OILADAGI JISMONIY ZO‘RAVONLIKKA DUCHOR BO‘LISHINING MUAMMOLARI

Oilaviy zo‘ravonlik muammosi bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri bo‘lib, u katta ulushga ega bo‘lganligi sababli ilmiy-nazariy va amaliy o‘rganishni talab qiladi. Xususan bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning eng keng tarqalgan shakllaridan biri jismoniy zo‘ravonlikdir. Bugungi kunda dunyoda 2 yoshdan 4 yoshgacha bo‘lgan har 4 nafar boladan 3 nafari yoki 300 million bola muntazam ravishda ota-onalar va tarbiyachilar tomonidan jismoniy jazo va/yoki psixologik zo‘ravonlikka duchor bo‘lmoqda .

Xayrulla Qilichev

22-25

2024-08-14

AYRIM TOIFADAGI OILALARGA YER UCHASTKALARINI AJRATILISHI – BUGUNGI KUN TALABI

Mamlakatimizda har bir fuqarolarni shuningdek, har bir xonadonni va har bir oilalarni qo‘llab-quvvatlash kabi ustuvor vazifalarni amalga oshirish hamda uni bajarishi davlat siyosati darajasida e’tibor berilayotganligi barchamizga ma’lum. Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, fuqarolarni huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanayotgan manfaatlarini himoya qilishda avvallo davlatimiz tomonidan taqdim etilayotgan imtiyozlar va preferensiyalar huquq sub’ektlariga juda katta huquqlarni, imkoniyatlarni beradi.

Oybek Xolmuminov

26-30

2024-08-14

OILADA MULKIY VA SHAXSIY NOMULKIY MUNOSABATLARNI TARTIBGA SOLISHNING DISPOZITIV USUL VA VOSITALARI

Globallashuv jarayonlarida oilaviy shartnomalar er va xotin o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishning samarali dispozitiv usul va vositasi sifatida ahamiyatga ega. Bunday kelishuvlar nikoh, mol-mulk va ota-ona munosabatlari bilan bog‘liq turli masalalarni hal etishning moslashuvchan va individual vositalarini taqdim etadi. Ular er va xotinga birgalikda yashash shartlarini, mulkni taqsimlash va farzandlar tarbiyasida mas’uliyatni mustaqil ravishda belgilash imkonini beradi, bu esa nizolarni kamaytirishga va sud jarayonlarini soddalashtirishga yordam beradi.

XURSHIDA SAYDIVALIYEVA

31-35

2024-08-14

BOLALARNING OILADAGI RUHIY ZO‘RAVONLIKDAN HUQUQIY HIMOYA QILISHNING AYRIM MASALALARI

Dunyoning zamonaviy manzarasi ilgari mavjud bo‘lgan vaziyatdan tubdan farq qilmoqda. Jamiyatda oilaviy zo‘ravonlik holati bo‘yicha ayniqsa bolalarga nisbatan kattalar tomonidan sodir etilayotgan zo‘ravonlikning turlari va soni ortib borayotganligi barchaga ma’lum. 2023 yil 10 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tashabbusi bilan o‘tkazilgan konfrensiyada bolalar huquqlari himoyasini mustahkamlash va ularni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish masalalari muhokama qilindi.

U.M. Mahmudxodjayeva

36-41

2024-08-18

OILALAR BARQARORLIGINI TA’MINLASHNING TASHKILIY-HUQUQIY MEXANIZMLARI

Oilani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ularni hal tomonlama jamiyatning asosiy bo‘g‘ini sifatida barqarorligini ta’minlash har bir mamlakatning doimiy e’tiborda bo‘ladigan ustuvor yo‘nalishlardan biri sanaladi. Binobarin, xalq oilalardan tashkil topar ekan uning barqarorligi, oilalarning tinch va totuvligi mamlakatning rivoji va istiqbolini belgilovchi asosiy omil hisoblanadi.

Dinara Babajanova

42-45

2024-08-18

OILAVIY ZO‘RAVONLIK JINOYATINI BIR GURUH SHAXSLAR TOMONIDAN SODIR ETILISHI SABABLARI VA ULARNI OLDINI OLISH CHORALARI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimda “Keyingi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini, gender tenglikni ta’minlash, oila, onalik va bolalikni himoya qilish, ayollar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish, ular uchun yangi ish o‘rinlari yaratish, mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi”, deya qayd etildi. So‘ngi yillarda mamlakatimizda oilalarni turmush sharoitlarini yaxshilash, ularning tinchligi va totuligini ta’minlash masalasiga asosiy e’tibor qaratilmoqda.

Z.Q. Jabbarov

46-50

2024-08-18

OILAVIY MUNOSABATLARNI TARTIBGA SOLISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Oila avlodlar davomiyligi, qadriyatlar, urf-odatlar va an’analarni, qolaversa, xalqimiz ma’naviy merosining avloddan avlodga o‘tishini ta’minlavchi omildir. Shu tufayli oilani qo‘llab-quvvatlash masalasi davlatmizning doimiy diqqat e’tiborida turadi. Oila qancha mustahkam bo‘lsa, jamiyat ham shunchalik mustahkam bo‘ladi va rivojlanadi.

Ozoda Shamsiddinova

51-54

2024-08-18

ICHKI ISHLAR ORGANLAR MULKINI OPERATIVE BOSHQARUV HUQUQI ASOSIDA BOSHQARISH

Operativ boshqarish huquqi sub’ektlari, O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 72-moddasi maxsus aniqlangan yuridik shaxslar bo’lishi mumkin. Fuqarolik holati nuqtai nazaridan ichki ishlar organlari institut sifatida tan olinishi kerak. Fuqarolik qonunchiligiga muvofiq, muassasa mulkdor tomonidan yaratilgan tashkilot sifatida ijtimoiy-madaniy va boshqa funktsiyalarni bajarish uchun tashkil etiladigan tashkilot sifatida to’liq yoki qisman moliyalashtiriladi (O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 72-moddasi).

Bohodir Artikov

55-57

2024-08-18

YOSH AVLODGA EKOLOGIK MADANIYATNI SINGDIRISHDA OILANING O‘RNI VA ROLI

Hozirgi kunda zamon talabi asosida oilada ekologik huquqiy tarbiya berish, yangi innovatsiya va axborot texnologiyalarni qo‘llash kelajakda yoshlarga ekologik muammolarni imkon qadar ijobiy hal etilishiga yordam beradi.

K.K.  Qodirjonov

58-61

2024-08-18

NIKOH MUNOSABATLARINI QAYD ETISH TARTIBI VA ASOSLARI

Mamlakatimizda oilalar mustahkamligini, ularda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, jamiyat farovonligini yuksaltirishga qaratilgan tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. Konstitutsiyamizda ham oila to‘g‘risida alohida bob ajratilib, oila manfaatlari muhofaza qilinayotganligi va oila mustahkamligi tamoyillari belgilanib, kafolatlanganligi bejiz emas.

Sh. Mamatov

62-66

2024-08-18

OILA-VATAN ICHRA KICHIK VATANDIR

Oila deganimizda ko‘z oldimizga ota-ona, farzandlar, bobo-buvilar va bir xonadonda yashovchi boshqa shaxslar keladi. Oila katta-kichik bo‘lishi mumkin. Masalan, ota-ona, farzandlari, kelinlari va bir nechta nabiralari, yoki ota-ona va bitta farzand bo‘lishi mumkin. Oila-vatan ichra kichik vatandir.

Kenjabay Beysenov , Farxod Axmedov

67-69

2024-08-18

INSOFLI EGALLOVCHI TUSHUNCHASINING VUJUDGA KELISH ASOSLARI.

Bizga ma’lumki, mulk huquqining vujudga kelish asoslari quyidagilardan iborat: mehnat faoliyati; mol-mulkdan foydalanish sohasidagi tadbirkorlik va boshqa xo‘jalik faoliyati, shu jumladan mol-mulkni yaratish, ko‘paytirish, bitimlar asosida qo‘lga kiritish; davlat mol-mulkini xususiylashtirish; meros qilib olish; egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat; qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa asoslarda vujudga kelib, qonunchilikda belgilangan tartibda mulkdorlarning huquqlari himoya qilinadi va kafolatlanadi. Bunda eng asosiysi qonunda belgilangan tartibda va asoslarda vujudga kelgan mulk huquqi dahlsiz hisoblanadi va qonun bilan himoya qilinadi.

Qizlarxon Agzamova

70-71

2024-08-18

VOYAGA YETMAGANLAR O‘RTASIDA HUQUQBUZARLIKLARNI OLDINI OLISHDA YAKKA TARTIBDAGI PROFILAKTIKANI AHAMIYATI

O‘zbekistonda mustaqillik qo‘lga kiritilgan dastlabki kunlardan boshlab jamiyatda barqarorlikni ta’minlash, fuqarolarning tinchligi va osoyishtaligini asrash ustuvor vazifalardan biriga aylandi. Ushbu vazifalarni bajaruvchi davlat organlari tizimida xususan uning profilaktika xizmati huquqiy maqomi, o‘z faoliyatini keng jamoatchilik bilan uzviy hamkorlikda amalga oshirishi jihatidan alohida muhim o‘ringa egadir.

A’zamjon Vaxidov

72-75

2024-08-18

ПРОБЛЕМЫ ОБЕСПЕЧЕНИЯ РАВЕНСТВА ПРИ ОСУЩЕСТВЛЕНИИ ПРАВОСУДИЯ ПО ГРАЖДАНСКИМ ДЕЛАМ

Осуществление правосудия по гражданским делам, наряду со строгим следованием требованиям закона, немыслимо без соблюдения определенных морально-этических норм, составляющих систему правил профессиональной этики судей.  Законное и справедливое разрешение гражданско-правовых споров будет обеспечено лишь тогда, когда его участники смогут добросовестно и в полной мере пользоваться своими процессуальными правами.

Алишер Камаров

76-79

2024-08-18

MEROS XUQUQINING BAA VA O‘ZBEKISTON QONUNCHILIGIDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI

Fuqarolik qonunchiligida meros huquqi, vorislik asoslari, meros tarkibi, merosning ochilishi, merosxo‘rlar tizimi va noloyiq merosxo‘rlarni merosdan chetlatish asoslari, vasiyat bo‘yicha vorislarning umumiy qoidalari, merosdan majburiy hissa olish huquqi, merosni muhofaza qilish, uni boshqarish, merosni egallashning umumiy qoidalari, merosga bo‘lgan huquqni tasdiqlash, merosni taqsimlash, merosdan voz kechish huquqlari, hozir bo‘lmagan vorislarning huquqlari, meros-mulkka nisbatan imtiyozli huquqqa ega bo‘lgan shaxslar, meros mulkidan qilinadigan xarajatlar, egasiz qolgan meros mulkining taqdirini belgilash va merosga oid huquqiy normalar yig‘indisidan iboratdir.

Xafiza Musayeva

80-82

2024-08-18

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MUALLIFLIK HUQUQINI CHEKLASH TUSHUNCHASI VA HUQUQIY TABIATI

Ushbu maqolada mualliflik huquqi tizimida asarlardan erkin foydalanish tushunchasi, mualliflik huquqini cheklash tushunchasi va huquqiy tabiatini tartibga solishdan kelib chiqadigan qonunchilikni takomillashtirish masalalariga oydinlik kiritish bilan birgalikda asarlardan erkin foydalanish instituti tarixiga nazar tashlaymiz.

Iroda Alimardanova

83-88

2024-08-18

NIKOHDAN AJRALISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Ushbu maqolada nikohdan ajralishning o‘ziga xos xususiyatlari, xususan nikohdan ajralishning huquqiy tabiati,  fuqarolik huquqiy tartibga solishni takomillashtirish masalasi o‘rganilgan. Jumladan, nikohdan ajralishga oid amaldagi qonunchilik va ular bilan bog‘liq muammolar tadqiq qilinib, ularni takomillashtirishga oid еchimlar ilgari surilgan.

Malika Shukurova

89-92

2024-08-18

ЎЗБЕКИСТОНДА РАҚАМЛИ АКТИВЛАР (ВАЛЮТА)ГА НИСБАТАН ВОРИСЛИКНИНГ ҲУҚУҚИЙ МАСАЛАЛАРИ

Замонавий инсон ҳаётини ижтимоий тармоқлар ва Интернетсиз тасаввур қилиш қийин. Кўп одамлар вақтларини виртуал оламда ўтказадилар. Интернетдаги “аккаунт”, “мессенджер”, “электрон почта” каби сўзлар ҳозирги кунда лексиконимизда янги ва номаълум бўлган сўзлар эмас. “Bitcoin”, “Веб-сайтлар”, ижтимоий тармоқлардаги саҳифалар “YouTube”  каналлари каби Интернет ресурслари ўз эгаларига жуда катта даромад келтириши мумкин.

Сунбула Умарова

93-95

2024-08-18

ОИЛАВИЙ-ҲУҚУҚИЙ МУНОСАБАТЛАРДА ТУҒИЛИШНИ ҚАЙД

Мамлакатимизда ҳар бир оилаларнинг фаровонлиги, тинчлиги, осойишталиги ва тинч-тотув ҳаёт кечириши жуда кенг муносабатларни ўз ичига оладиган жараёнлардир. Фикримиз исботи сифатида айтиб ўтишимиз лозимки, мамлакатимизда 1998 йил “Оила йили”, 1999 йил “Аёллар йили”, 2001 йил “Оналар ва болалар йили”, 2007 йил “Ижтимий ҳимоя йили”,
2008 йил “Ёшлар йили”, 2012 йил “Мустаҳкам оила йили”, 2014 йил “Соғлом бола йили”, 2016 йил “Соғлом она ва бола йили”,  2023 йил “Инсонга эътибор ва сифатили таълим йили” ҳамда 2024 йил эса “Ёшлар ва кичик бизнесни қўллаб қувватлаш йили” деб номланганлиги ва бу бўйича бир қатор давлат дастурлари қабул қилинганлиги, амалиётга жорий этилганлигини алоҳида қайд этишимиз зарур. 

О.Ж. Холмуминов, З.Ш. Қаршибаева

96-100

2024-08-19

ЧЕТ ДAВЛAТ СУДЛAРИ ҲAЛ ҚИЛУВ ҚAРOРЛAРИНИ ТAН OЛИШ ВA ИЖРOГA ҚAРAТИШ ҲAМДA ТAН OЛИШ ВA ИЖРOГA ҚAРAТИШНИ РAД ЭТИШ AСOСЛAРИ

Хaлқaрo шaртнoмaлaрдa белгилaнгaн чет дaвлaт суд қaрoрлaрини тaн oлиш вa ижрoгa қaрaтиш тaртиби Ўзбекистoн Республикaси Иқтисoдий прoцессуaл кoдексининг 33-бoбидa (248-258-мoддaлaр) ўз aксини тoпгaн. 

Эльбрус Шaрипoв

101-107

2024-08-24

УЙ-ЖОЙГА ОИД МУНОСАБАТЛАРНИНГ ҲУҚУҚИЙ ЖИҲАТЛАРИ

Дунёда кишиларнинг уй-жойли бўлишга нисбатан эҳтиёжларини таъминлашнинг ҳуқуқий асосларини белгилаш, аҳолининг уй-жойга бўлган ҳуқуқларини амалга оширишнинг қонуний кафолатларини белгилаш фуқароларнинг муносиб турмуш шароитига эга бўлишларининг зарурий шарти саналади.

М.Х. Турдахунов

108-110

2024-08-24

ОИЛАДА АЁЛЛАРНИНГ ФАРЗАНД ТАРБИЯСИДАГИ ЎРНИ

Оила жамиятнинг асосий бўғинидир ҳамда жамият ва давлат муҳофазасидадир. Давлат оиланинг тўлақонли ривожланиши учун ижтимоий, иқтисодий, ҳуқуқий ва бошқа шарт-шароитлар яратади. (Ўзбекистон Республикаси Конституцияси 76-модда)

Камола Қодирова

111-114

2024-08-24

MUSTAXKAM OILA-JAMIYAT FAROVONLIGI ASOSI

Oila – murakkab ijtimoiy xodisa, u er-xotin, ota-ona, farzandlar va oilaning boshqa a’zolari о‘rtasida о‘zaro munosabatlarning yig‘indisidan iborat bо‘lib, kishilik jamiyatida yeng muxum o‘rin egallab kelgan. Jamiyatda oilaning roli beqiyos. Xozirgi paytda jamiyat va davlatni mustaqil oilalarning yig‘indisisiz tasavvur qilib bо‘lmaydi. Shunday ekan, davlatning rivoji va mustaqilligi kup jixatdan jamiyatning asisiy bо‘g‘uni bо‘lish oilalargi bog‘liq. Oilalar qanchalik mustaxkam bо‘lsa jamiyat xamda davlat xam shunchalik mustaxka buladi. Oila jamiyat va davlvtning kelajagi ravnaqi va rivojlanishini ta’minlaydigin yosh avlodni komil inson qilib yetishtirib tarbiyalab beruvchi asosiy xamda muqaddas makon xisoblanadi.

Shoxrux Raxmonqulov

115-117

2024-08-24

Barcha masalalarni ko'rish