Этот журнал занимается публикацией и распространением результатов исследований по общественным наукам и историческим вопросам. Основная цель исследовательского журнала - исследовать, проводить и знакомить с ключевыми моментами широкой публики и фундаментальными исследованиями в области социальных наук и истории. Таким образом, Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры также планировал анонсировать научные достижения молодых ученых по актуальным проблемам общества, проводя аналитические и теоретические исследования исторических точек региона в доисторические эпохи. Авторы несут ответственность за достоверность фактов, цитат, статистической и социологической информации, географических терминов и другой информации, представленной в статье. Представленные статьи должны быть уникальными и содержать последние новости науки и образования. Кроме того, текст статьи должен быть оригинальным и ранее не публиковался в других журналах. Статьи принимаются на узбекском, английском и русском языках, журнал выходит один раз в месяц.

Опубликован: 2024-09-05

FRENSIS BEKONNING TARBIYA FALSAFASIDAGI MA’NAVIY O’G’ITLAR

Buyuk ingliz mutafakkiri, faylasufi va davlat arbobi Frensis Bekon Evropa XYI-XYII asrlar adabiyoti va falsafasida esse janrining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan muallifdir. Uning Yevropa Uygʻonish davri oʻrnini egallagan Yangi davr jiddiy ijtimoiy va iqtisodiy oʻzgarishlar davriga yozilgan “Tajribalar yoxud axlokiy va siyosiy nasixatlar” kitobi ingliz adabiyotining qimmatli va nodir asarlaridan xisoblanadi. Ushbu makola bu taraqqiyotning boshlanishini ta'minlagan mutafakkirga aylanganligi va aynan shu adabiy manbada buyuk mutafakkir tomonidan bildirilgan noyob fikrlarni o‘rganishga bag‘ishlangan.

Qurbon Shadmanov

7-13

2024-09-12

BADIIY ASARLARDA PRETSEDENT BIRLIKLAR (A.Qahhor hikoyalari misolida)

Har bir xalq o‘zining nutqida va badiiy ijodida milliy madaniyatiga xos bo‘lgan leksik birliklarga murojaat qilishga intiladi. Ayniqsa, ijodkor badiiy asarda tarixiy shaxslar, tarixiy ahamiyatga molik joylar, tarixiy voqea-hodisalar, mifologik va to‘qima obrazlardan asarning ma’lum mazmunini ochib berish maqsadida foydalanadi. Shu nuqtayi nazardan badiiy asarlardagi onomastik birliklar turli holatlarda namoyon bo‘ladi. Ular badiiy matnda yozuvchining badiiy niyatiga mos tarzda turli assotsiatsiyalar bilan birga ishtirok etadi. Ana shunday onomastik birliklardan biri bo‘lgan pretsedent nomlar fanlararo aloqadorlikda o‘rganilmoqda.

Tursunova Yulduz Yusupovna

14-23

2024-09-13

ZAMONAVIY TA’LIM SHAXSNI JAMIYATGA TAYYORLASHNING MUHIM SHARTI SIFATIDA

Maqolada shaxsning shaxsiy rivojlanishi, jamiyatdagi o’z o’rniga ega bo’lishi, shaxsning muammolari, jamiyatga moslashish jarayoni va ta'lim jarayonini modernizatsiya qilish masalalari tadqiq etilgan.

Begimov Odil Toʻxtamishovich

24-29

2024-09-16

РУС ТАДҚИҚОТЧИЛАРИ АСАРЛАРИДА ТУРКИСТОН ЧОРВАЧИЛИГИ ТАВСИФИ (ҚАШҚАДАРЁ ВОҲАСИ МИСОЛИДА)

Ушбу мақолада XIX асрнинг иккинчи ярми ва XX аср бошларида Туркистондаги чорвачиликнинг аҳволи хусусидаги рус тадқиқотчиларининг ёзиб қолдирган маълумотлари ҳақида фикр юритилади. Шунингдек, унда келтирилаётган маълумотлар бир қанча илмий адабиётлар таянилган ҳолда  Қашқадарё воҳаси мисолида кўриб чиқилган.

Xursanov Abdulvohid Aliqul o’g’li

30-34

2024-09-19

МИРЗО АБДУЛҚОДИР БЕДИЛНИНГ ФАЛСАФИЙ-АНТРОПОЛОГИК ҚАРАШЛАРИГА АБУ НАСР ФОРОБИЙ ВА АБУ АЛИ ИБН СИНО ТАЪЛИМОТЛАРИНИНГ ТАЪСИРИ

Ушбу мақолада IX-X асрларда Марказий Осиё митнтақасида яшаб ижод этган,  шарқнинг буюк  мутафаккирлари Абу Наср Форобий  ҳамда Абу Али Ибн Синоларнинг Инсон ҳақидаги таълимотларининг XVII-XVIII асрда Ҳиндистонда яшаб-ижод этган файласуф-шоир Мирзо Бедилнинг фалсафий-антропологик қарашларига таъсири ёритиб берилган.

Мухаммадиева Ойниса Мустафакуловна

35-41

2024-09-19

DAVLAT BOSHQARUVIDA YOSH RAHBARLARNING O‘ZGARISHLARNI BOSHQARISH KOMPETINSIYASINI SHAKLLANTIRISHNING IJTIMOIY OMILI

Mazkur maqolada davlat boshqaruvida yosh rahbarlarning o‘zgarishlarni boshqarish kompetensiyasini shakllantirishdagi ijtimoiy omillar tahlil qilinadi. Bugungi kunda global va milliy o‘zgarishlar sharoitida yosh rahbarlarning tezkor va samarali qaror qabul qilish qobiliyati katta ahamiyat kasb etmoqda. Maqolada, yosh rahbarlarning boshqaruv qobiliyatlarini rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy ijtimoiy omillar, jumladan, ta’lim tizimi, ijtimoiy innovatsiyalar va texnologiyalarning roli o‘rganiladi. Shu bilan birga, yosh rahbarlarning strategik fikrlash, liderlik va moslashuvchanlik kabi kompetensiyalari qanday shakllantirilishi ham ko‘rib chiqiladi. Maqola davlat boshqaruvida yosh rahbarlarning rolini oshirish va ularning jamiyatdagi ijtimoiy o‘zgarishlarga moslashishi uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar haqida tavsiyalar beradi.

Arifxodjayeva Luiza Farxodovna

42-46

2024-09-20

ДАСТЛАБКИ ЭШИТУВ ТУШУНЧАСИ ВА УНИНГ МОҲИЯТИ

Мақолада дастлабки эшитув тушунчаси ва унинг моҳияти, бу борада ҳуқуқшунос олимлар томонидан илгари сурилган илмий-назарий қарашлар таҳлил қилинган.

С.Н.Эсаналиев

57-60

2024-09-23

THE EFFECTIVENESS OF TASK-BASED LANGUAGE TEACHING

Task-Based Language Teaching (TBLT) is a learner-centered approach that emphasizes the use of meaningful tasks to promote real-life communication and language acquisition. This article explores the effectiveness of TBLT, highlighting its key benefits, such as improving communicative competence, enhancing learner motivation, and fostering critical thinking and problem-solving skills. The article also outlines practical applications of TBLT, offering strategies for effective task design, integration of technology, and task-based assessment. Despite its challenges, TBLT remains a powerful tool for developing linguistic proficiency and preparing learners for real-world communication when implemented with careful planning and adaptation to learners’ needs.

Gulkhumar Ilyasova

61-64

2024-09-24

“COMPARATIVE ANALYSIS OF MANUSCRIPTS AND EDITIONS OF ALISHER NAVOI’S 'HAYRAT UL-ABROR”: TEXTUAL VARIATIONS AND INTERPRETATIONS ACROSS TIME AND REGIONS

This study presents a comprehensive comparative analysis of the various manuscripts and printed editions of Alisher Navoi’s Hayrat ul-Abror, exploring the linguistic, textual, and philosophical variations that have emerged across different regions and historical periods. By employing a multidisciplinary methodology that combines philological analysis with historical-contextual examination, the research identifies significant lexical, syntactic, and thematic differences in the text. These variations are closely tied to the cultural and intellectual environments in which the manuscripts were produced, particularly the influence of Sufi metaphysics and regional linguistic norms. The findings underscore the dynamic nature of manuscript transmission and highlight how Navoi’s work was continually reshaped by evolving intellectual and cultural trends. The study contributes to a deeper understanding of literary transmission in the Persianate world and offers new insights into the broader processes of textual adaptation and interpretation.

B. To‘xliyev, Zebininiso Qurbanboyeva

47-56

2024-09-24

SHAYX MUHAMMAD SODIQ MUHAMMAD YUSUFNING AXLOQIY TARBIYAGA OID FIKRLARIDA TARBIYA MASALASI

Ushbu maqolada O‘zbekistonning mashhur islom olimi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning axloqiy tarbiyaga oid fikrlari tahlil qilinadi. Shayx Muhammad Sodiqning asarlarida axloqiy tarbiya shaxsning komillikka erishishi, ijtimoiy mas'uliyatni anglash va sog‘lom jamiyat qurilishida muhim vosita sifatida tasvirlanadi. Maqolada axloqiy tarbiyaning asosiy tamoyillari, uning shaxsiy va ijtimoiy hayotga ta'siri o‘rganiladi. Shuningdek, Shayxning g‘oyalari zamonaviy yoshlar tarbiyasida qanday ahamiyat kasb etishi ham tahlil qilinadi. Maqola axloqiy tarbiya va uning dolzarb masalalarini yoritishda ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi..

Masharipov Raxmatulla Beknazarovich

65-69

2024-09-26

OʻZBEK VA INGLIZ BADIIY TARJIMASHUNOSLIGIDA PRAGMATIK TOʻSIQNING YUZAGA KELISHI

Ushbu maqola Oʻzbek va ingliz badiiy tarjimashunosligida pragmatik toʻsiqni yuzaga keltiruvchi omillar, pragmatik toʻsiqning tarjimaga ta’siri, pragmatik toʻsiqni oldini olish masalalariga bagʻishlanadi. Shuningdek, maqolada oʻzbek va ingliz badiiy tarjimasidagi pragmatik toʻsiq muammosi va unga yechimlar misollar orqali ifodalangan.

Muqimjonova Jumagul Moʻydinjon qizi

70-74

2024-09-30

O‘ZBEK-INGLIZ TILI FRAZEMALARINING PARALLEL KORPUSI MATNLARINI EKSTRALINGVISTIK TEGLASH

Mazkur maqolada ekstralingvistik teg yoki metaaxborot (ruscha: metadannыe) – tashqi-intellektual maʼlumotlarni qamrab oluvchi, bibliografik, tipologik, tematik, sotsiologik tavsifni; formal-struktur teg (matn, bo‘lim, bob, qism, xatboshi, gap)ni, shuningdek, texnik-texnologik teg (kodirovka, manbaning elektron versiyasini qayta ishlash sanasi)ni birlashtiruvchi teg turi haqida, uning ahamiyati haqida so‘z boradi. Shuningdek, metaaxborot majmuining  foydalanuvchiga beradigan imkoniyatlari keltirib o‘tiladi.

Oydin Nurullayeva

75-78

2024-09-30

DETEKTIV ASARLARNING NAZARIY IMKONIYATLARI

Detektiv matnlar ko‘pincha ommaviy adabiyotlar toifasiga kiradi va har doim yuqori darajadagi hikoyali keskinliklar bilan shaxsiy yo‘naltirilgan bo‘ladi. Lingvostilistik vositalar va matnning barcha tarkibiy qismlari asosiy maqsadga erishishga qaratilgan - bu hikoya davomida o‘quvchining e'tiborini saqlab qolish. Detektiv matn har doim muallif va muayyan o‘quvchining jinoyatni hal qilishda ishtirok etish darajasida bevosita muloqot qilish holatidir.

Xolmirzayeva Diyora Xatamboy qizi

79-81

2024-09-30