Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative Academy» организовал Республиканская конференция «Наука и инновация». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.
Опубликован: 2025-10-02
Статьи
MASOFAVIY TA’LIM JARAYONIDA KUTUBXONA INNOVATSIYALARINING ROLI
Ushbu maqolada masofaviy ta’lim jarayonida kutubxona innovatsiyalarining o‘rni chuqur tahlil qilingan. Raqamli texnologiyalar taraqqiyoti ta’lim sohasida tub o‘zgarishlarni yuzaga keltirmoqda va bu jarayonda kutubxonalar muhim bilim manbai hamda axborot markazi sifatida yangicha vazifalarni bajarmoqda. Maqolada elektron kutubxonalar, virtual o‘quv zallari, multimedia platformalari, mobil ilovalar, ochiq ta’lim resurslari, shuningdek sun’iy intellekt va “big data” texnologiyalari kabi innovatsion vositalarning ahamiyati ko‘rib chiqilgan.
2025-09-30
CHANGES IN SOIL CONDITIONS AND IRRIGATION SYSTEMS IN THE FERGANA VALLEY DURING SOVIET PERIOD (THE CASE OF ANDIZHAN REGION)
This article examines the Soviet-era transformation of soil conditions and irrigation systems in the Fergana Valley, with a focus on the Andizhan region as a case study. It situates the analysis within broader Soviet agricultural modernization policies, emphasizing the drive for cotton monoculture that restructured the region’s hydro-agricultural systems. Through archival materials and historical accounts, the study demonstrates how extensive irrigation, land reclamation, and canal construction engineered a dual legacy of economic integration and ecological crisis. While these policies boosted cotton yields and consolidated the region’s role in the Soviet economy, they also disrupted hydrological balances, intensified soil salinization, depleted water resources, and accelerated long-term land degradation. The findings underscore the unsustainable trajectory of Soviet modernization in Central Asia and highlight the Andizhan case as a critical lens for understanding the political ecology of irrigation-based agriculture under state socialism.
2025-09-30
ANDIJON OBLASTINING MELIORATIV HOLATI (1941 – 1951-yillar)
Maqolada Ikkinchi jahon urushi va urushdan keyingi yillarda Andijon oblasti yerlarining meliorativ holati tahlil etilgan. Bunda oblastidagi rayonlar kesimida tuproqlarning umumiy holati jadvallar asosida bayon etilgan.
2025-09-30
BOSHLANG‘ICH SINFDA MULOQOT MUHITINI YARATISHDA – SINF RAHBARINING METODIK YONDASHUVI
Ushbu maqolada boshlang’ich sinflarda muloqot madaniyatini o‘stirishda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining muhim ekanligi, ularning bola muloqotida tutgan ahamiyati to‘g‘risida.
2025-09-30
MASOFAVIY TA’LIM JARAYONIDA KUTUBXONA INNOVATSIYALARINING ROLI
Ushbu maqolada masofaviy ta’lim jarayonida kutubxona innovatsiyalarining o‘rni chuqur tahlil qilingan. Raqamli texnologiyalar taraqqiyoti ta’lim sohasida tub o‘zgarishlarni yuzaga keltirmoqda va bu jarayonda kutubxonalar muhim bilim manbai hamda axborot markazi sifatida yangicha vazifalarni bajarmoqda. Maqolada elektron kutubxonalar, virtual o‘quv zallari, multimedia platformalari, mobil ilovalar, ochiq ta’lim resurslari, shuningdek sun’iy intellekt va “big data” texnologiyalari kabi innovatsion vositalarning ahamiyati ko‘rib chiqilgan.
2025-09-30
TARBIYAVIY ISHLARDA IJOBIY PSIXOLOGIYA TAMOYILLARIDAN FOYDALANISH: IJOBIYLIKNI RAG’BATLANTIRISH USULLARI
O‘quv tarbiya jarayonida bilim berishning zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan keng foydalanish, ularni doimiy ravishda takomillashtirib borish, rivojlangan davlatlar ta’lim tajribalaridan maqsadli foydalanish – ta’lim sifati va samaradorligini kafolatlaydi. Zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan fan, mavzu va uning mazmunida o‘rinli foydalanish ta’lim oluvchilarning qiziqishlarini orttiradi, bilish faoliyatini yuqori darajada bo‘lishiga imkon yaratadi.Bugun yuksak bilimli, zamonaviy fikrlaydigan, intellektual rivojlangan yoshlargina jamiyatni barqaror istiqbolli kelajagini ta’minlay oladi.
2025-09-30
INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA QO‘SHIMCHA PREDIKATIV SO‘ZLARNING ISHLATILISHI
Tilshunoslikda predikativlik — bu subyekt va predikat o‘rtasidagi grammatik aloqani anglatadi. Shuningdek, bu hodisa orqali subyektning harakati, holati yoki xususiyati ifodalanadi. Asosiy predikativlikdan tashqari, ba’zan jumlada qo‘shimcha predikativ birliklar ham qatnashadi. Ular odatda ikkinchi darajali predikatsiya sifatida qatnashib, subyektning asosiy harakatidan tashqari qo‘shimcha harakat, holat yoki xususiyatini ifodalash uchun xizmat qiladi.Qo‘shimcha predikativlik har ikkala tilda ham mavjud bo‘lsa-da, uning grammatik tuzilishi, ifoda vositalari, sintaktik funksiyasi va stilistik imkoniyatlari har xil bo‘lishi mumkin. Ingliz tilida bu hodisa ko‘pincha participial, infinitival yoki absolute constructions orqali amalga oshiriladi. O‘zbek tilida esa ergash gaplar, hol qo‘shimchalari va fe’lning harakat holat shakllari orqali ifodalanadi.Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillarida qo‘shimcha predikativ so‘zlarning ishlatilishi, ularning strukturaviy xususiyatlari, grammatik o‘rni va semantik yuki tahlil qilinadi.
2025-09-30
TALABALAR O‘RTASIDA XALQARO MULOQOT MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHDA MAVJUD PEDAGOGIK YONDASHUVLAR
Ushbu maqola talabalarda xalqaro muloqot madaniyatini shakllantirish bo‘yicha mavjud pedagogik yondashuvlarni tizimli tarzda o‘rganadi va ularning samaradorligini baholashga qaratilgan. Kirish qismida globallashuv sharoitida oliy ta’lim muassasalarida madaniyatlararo kompetensiya hamda kommunikativ mahoratni rivojlantirish zaruriyati ko‘rsatib o‘tiladi. Maqolaning maqsadi — kommunikativ, madaniyatlararo, shaxsga yo‘naltirilgan, integrativ va axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan pedagogik yondashuvlarning nazariy asoslari, amaliy qo‘llanilishi va ta’lim jarayonidagi o‘rnini aniqlashdir.
2025-09-30
IKKI TILLILIK (BILINGVILIZM)NING INGLIZ VA O’ZBEK TALABALARI NUTQIGA TA’SIRI KOD ALMASHTIRISH VA INTERFERENSIYA JARAYONLARI
Mazkur maqolada bilingvilizmning talaba nutqiga ta’siri, uning ijobiy va salbiy jihatlari ilmiy dalillar asosida yoritiladi. O’zbek va ingliz olimlarining tadqiqotlariga tayangan holda, talabalar orasida ikki tilni o’zlashtirish jarayonida yuzaga keladigan psixolingvistik xususiyatlar tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida bilingvilizm talabalarning nutqiy salohiyati, kongnitiv rivojlanishi va madaniyatlararo kompetensiyasi kengaytiriladi. Shu bilan birga, interferensiya va kod almashuv kabi salbiy jihatlar ham aniqlanadi.
2025-09-30
PTERYGIUM EPIDIMIOLOGIYASI, ETIOLOGIYASI, PATOGENEZI, DIAGNOSTIKASI VA DAVOLASH USULLARI
Pterygium- bu konyuktivadan boshlanib cornea ya’ni shoh parda tomon oʻsib boradigan fibro-vaskulyar degenerativ jarayon boʻlib, koʻp hollarda ultrabinafsha nurlanishi va surunkali tashqi omillar taʼsiri bilan bogʻliq boʻladi.Bu maqolada pterygiumning epidiomiologiyasi va statistikasi, etiologiyasi, patogenezi, klinik belgilari, davolash usullari koʻrib chiqiladi. Profilaktika choralari va qaytalanish muammolari ham yoritiladi.
2025-09-30
TIJORAT BANKLARIDA XARIDLAR JARAYONI TASHKIL ETISH VA NAZORATINI TAKOMILLASHTIRISH
Mazkur tezisda tijorat banklarida xaridlar jarayonini tashkil etish va nazorat mexanizmlarini takomillashtirish masalalari atroflicha yoritilgan. Bank faoliyatida xaridlar jarayoni nafaqat oddiy moliyaviy operatsiya, balki strategik boshqaruvning muhim elementi sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuning uchun uni to‘g‘ri tashkil etish, shaffoflikni ta’minlash, ichki nazorat tizimini mustahkamlash va zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish orqali samaradorlikka erishish mumkinligi asoslab berilgan. Shuningdek, bank amaliyotida uchraydigan muammolar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha nazariy va amaliy takliflar ilgari surilgan. Tadqiqot davomida milliy bank amaliyoti bilan bir qatorda xalqaro tajribaga ham murojaat qilinib, ular o‘zaro taqqoslangan. Tezis yakunida tijorat banklari xaridlar jarayonini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
2025-09-30
YERNI MASOFADAN ZONDLASH VA GAT-TEXNOLOGIYALARI
Ushbu maqolada yerni masofadan zondlash (remote sensing) metodlari va GAT (Geospatial Analysis Tools / Graph Attention Networks – kontekstga qarab) texnologiyalarining o‘zaro integratsiyasi, afzalliklari, cheklovlari hamda real sohalarda qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Muayyan misollar va ilg‘or tadqiqotlar bilan yondashuvlar ko‘rib chiqilib, keyingi tadqiqotlar uchun tavsiyalar beriladi.
2025-09-30
GEODEZIYA, KARTOGRAFIYA
Mazkur maqola yerni masofadan zondlash (remote sensing) va geografik axborot tizimlari (GAT) texnologiyalarining geodeziya va kartografiyadagi roli hamda ahamiyatini o‘rganadi. Masofadan zondlash ma’lumotlari va GAT usullari yordamida yer shakli, rel’yef, er maydonlari, landshaft, vegetatsiya, gidrologik va ekotizim parametrlarini aniqlash mumkinligi, ularning kartografiyada qo‘llanilishi va geodezik integratsiya usullari tahlil qilinadi. Shuningdek, so‘nggi yutuqlar, muammolar va istiqbollar muhokama qilinadi.
2025-09-30
RISK TUSHUNCHASINING TARIXIY VA MADANIY ILDIZLARI
Tezisda “risk” tushunchasining kelib chiqishi va evolyutsiyasi tahlil qilinib, uning italyancha risicare hamda arabcha rizq so‘zlari bilan bog‘liq etimologik ildizlari yoritilgan. Gaspar Mairal, Federiko Korriente va Maykl de Epalza kabi olimlarning qarashlari asosida riskning diniy, madaniy va semantik jihatlari ko‘rib chiqilgan. Amir Temurning “Temur Tuzuklari”dagi qaror qabul qilish tamoyillari zamonaviy risk-menejment bosqichlari bilan qiyoslangan. Shuningdek, A. Muavr va G. Leybnitsning statistik yondashuvlari riskni ilmiy o‘rganishga zamin yaratgani ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqot natijalari risk tushunchasining tarixiy meros va ilmiy izlanishlar orqali shakllanib, bugungi risk-menejment nazariyalari bilan uyg‘unlashganini tasdiqlaydi.
2025-09-30
TUPROQ SHO’RLANISHINING EKINLAR RIVOJLANISHIGA TA’SIRI
Tezisda tuproq sho’rlanishining ekinlar rivojlanishiga ta’siri tahlil qilindi. Sho’rlanish ekinlarning o’sishi va hosildorligini kamaytirishi aniqlandi. Natijalar qishloq xo’jaligida samarali chora-tadbirlar ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega.
2025-09-30
IMPROVEMENT OF DIAGNOSTIC AND REHABILITATION APPROACHES TO ENHANCE REPRODUCTIVE OUTCOMES IN CHRONIC ENDOMETRITIS
The functional state of the endometrium plays a pivotal role in safeguarding women’s reproductive health. Chronic endometritis is recognized as one of the leading causes of infertility, recurrent pregnancy loss, and adverse obstetric outcomes. In many cases, its latent or nonspecific clinical course leads to delayed diagnosis. Conventional diagnostic methods such as ultrasound examination and histological evaluation are not always sufficiently informative. Modern diagnostic technologies, including optical coherence tomography, provide the opportunity to detect structural and functional alterations of the endometrium at earlier stages. Furthermore, the hypoplastic variants of the endometrium exacerbate reproductive disorders and require more effective rehabilitation strategies. The application of novel regenerative and physiotherapeutic approaches holds promise in restoring endometrial function, improving embryo implantation, and optimizing reproductive outcomes, which defines the high scientific and practical relevance of this research direction in modern gynecology.
2025-09-30
IDEAL GAZ VA UNING HOLAT PARAMETRLARI
Ushbu tezisda gaz molekulalari Broun (1826 yil) kashf etgan qonunga asosan toʻxtovsiz va tartibsiz issiqlik harakat qilishi haqida va birinchi marta bu nazariyani M.V.Lomonosov moddaning turli agregat holatlardagi xususiyatlarini tushuntirish maqsadida rivojlantirganligi haqida bayon etilgan. Namuna sifatida ba’zi masalalar ham yechilgan.
2025-09-30
TALABALARDA PSIXOLOGIK STRESS VA UNING O’QISH SAMARADORLIGIGA TA’SIRI
Talabalik davri inson hayotidagi eng ma’suliyatli va faol bosqichlardan biridir. Bu davrda o’quv yuklamasi, mustaqil ta’lim, imtihonlar va shaxsiy hayot bilan bog’liq omillar ko’pincha psixologik stressni keltirib chiqaradi. Stressning uzoq davom etgan holatlari talabaning bilim olish jarayoniga, diqqat va xotira faoliyatiga, shuningdek, umumiy o’qish samaradorligiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Ushbu maqolada talabalarda psixologik stressing asosiy sabablari, uning o’quv faoliyatiga ta’siri hamda stressni kamaytirish bo’yicha amaliy tavsiyalar ko’rib chiqiladi.
2025-09-30
BOLALIK DAVRIDA OVQATLANISH GIGIYENASI
Mazkur maqolada bolalik davrida to’g’ri ovqatlanishning ahamiyati va sog’lom turmush tarzini shakllantirishdagi o’rni yoritiladi. Asosan muvozanatli parhezning bolaning jismoniy va aqliy rivojlanishiga ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, notoʻgʻri ovqatlanish oqibatida bolalarda uchraydigan kasalliklar va ularning profilaktikasi ham tahlil qilinadi.
2025-09-30
PROFILAKTIKA INSPEKTORLARI TOMONIDAN HUQUQBUZARLIKLAR SODIR ETILISHI SABABLARI VA UNGA IMKON BERGAN SHART-SHAROITLAR TO‘G‘RISIDA HABARDOR QILISHNI TAKOMILLASHTIRISH
Maqolada huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabablari va ularga imkon beruvchi shart-sharoitlar haqida aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish orqali samarali habardor qilish masalalari keng yoritilgan. Profilaktika inspektorlarining huquqbuzarliklarning oldini olishdagi faoliyati, huquqiy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish va ijtimoiy hamkorlikni kengaytirish yo‘nalishlari ilmiy asosda tahlil qilingan.
2025-09-30
HAMKORBANK ATBDA MUAMMOLI KREDITLAR ULUSHINI KAMAYTIRISH BO‘YICHA RISK-MENEJMENT YONDASHUVLARI
Maqolada Hamkorbank ATB faoliyatida muammoli kreditlarning shakllanish omillari, ularning bank barqarorligiga ta’siri hamda ulushini kamaytirish bo‘yicha risk-menejment yondashuvlari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida bankning so‘ngi yillardagi kredit portfeli dinamikasi, muammoli kreditlar ulushi va ularni kamaytirish bo‘yicha qo‘llanilgan mexanizmlar o‘rganildi. Statistik va qiyosiy tahlil natijalari asosida kredit skoringi, qarzdorlarni monitoring qilish, kreditlarni restrukturizatsiya qilish va Basel III tamoyillarini joriy etish bank faoliyatida muhim samaradorlik bergani aniqlangan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, Hamkorbank ATB risk-menejment tizimining mustahkamlanishi muammoli kreditlar ulushini pasaytirishga va kredit portfelining sifatini yaxshilashga xizmat qilmoqda.
2025-09-30
XALQARO KREDIT LINIYALARINING O‘ZBEKISTON BANK TIZIMIDA INVESTITSION LOYIHALARNI MOLIYALASHTIRISHDAGI O‘RNI
Mazkur maqolada xalqaro kredit liniyalarining O‘zbekiston bank tizimida investitsion loyihalarni moliyalashtirishdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki kabi xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik tajribalari asosida oxirgi yillarda amalga oshirilgan loyihalar dinamikasi o‘rganildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, xalqaro kredit liniyalari mamlakatning energetika, transport, qishloq xo‘jaligi va sanoat sohalarida yirik investitsion loyihalarni moliyalashtirishda muhim manba hisoblanadi. Shu bilan birga, ularning samaradorligini oshirish uchun monitoring tizimini kuchaytirish, risk-menejmentni takomillashtirish va xalqaro tajribani milliy sharoitga moslashtirish zaruriyati asoslab berilgan
2025-09-30
КОНЦЕПТУАЛЬНЫЕ ДОМЕНЫ ТУРИСТИЧЕСКОЙ ТЕРМИНОЛОГИИ: СОПОСТАВИТЕЛЬНЫЙ АНАЛИЗ НА МАТЕРИАЛЕ РУССКОГО И УЗБЕКСКОГО ЯЗЫКОВ
В статье проводится сопоставительный анализ концептуальных доменов туристической терминологии в русском и узбекском языках. Показано, что в русском языке домены характеризуются высокой степенью детализации и терминологической стандартизацией, тогда как в узбекском языке наблюдается активное заимствование, калькирование и сохранение национально маркированных концептов.
2025-09-30
MASOFAVIY TA’LIM JARAYONIDA KUTUBXONA INNOVATSIYALARINING ROLI
Ushbu maqolada masofaviy ta’lim jarayonida kutubxona innovatsiyalarining o‘rni chuqur tahlil qilingan. Raqamli texnologiyalar taraqqiyoti ta’lim sohasida tub o‘zgarishlarni yuzaga keltirmoqda va bu jarayonda kutubxonalar muhim bilim manbai hamda axborot markazi sifatida yangicha vazifalarni bajarmoqda. Maqolada elektron kutubxonalar, virtual o‘quv zallari, multimedia platformalari, mobil ilovalar, ochiq ta’lim resurslari, shuningdek sun’iy intellekt va “big data” texnologiyalari kabi innovatsion vositalarning ahamiyati ko‘rib chiqilgan.
2025-09-30
OITS MUAMMOSI VA TIBBIYOT FANIDAGI INNOVATSION YECHIMLAR
OITS (Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi) hali ham global salomatlik uchun jiddiy tahdiddir. Ushbu maqolada OITSning epidemiologiyasi, asosiy muammolari va unga qarshi kurashishda tibbiyot fanida yuz berayotgan innovatsion yondashuvlar tahlil qilinadi. Ayniqsa diagnostika, dori vositalarini ilg‘or shakllari, gen-terapiya, immun modulyatsiyasi va raqamli salomatlik yechimlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot metodologiyasi sifatida adabiyot tahlili, holat tahlili va komparativ tahlil usullari qo‘llanildi. Natijalarda innovatsion yechimlar OITSga chalingan bemorlar uchun davolash samaradorligini oshirish, virus yukini kamaytirish va nojo‘ya ta’sirlarni minimallashtirish bo‘yicha istiqbollar ko‘rsatildi. Xulosa qilib aytganda, OITSga qarshi kurashda tibbiyot fanidagi yangicha texnologiyalar va multidisipliner yondashuvlar muhim rol o‘ynaydi va yaqinda ular klinik amaliyotda keng qo‘llanishi mumkin.
2025-09-30
TEXNOLOGIYALARNING BOLALAR RUHIY SALOMATLIGIGA SALBIY TA’SIRINI OLDINI OLISH
Texnologiyalarning bolalar ruhiy salomatligiga ta’siri va ushbu salbiy ta’sirlarni oldini olish choralarini o’rganishga bag’ishlangan. Bugungi kunda bolalar turli yosh bosqichlarida smartfonlar, planshetlar, kompyuter o’yinlari hamda ijtimoiy tarmoqlardan keng foydalanilmoqda. Tadqiqotda texnologiyalardan ortiqcha foydalanishning bolalarda paydo qilishi mumkin bo’lgan psixologik muammolar- e’tibor buzilishi, ijtimoiy izolyatsiya, xavotir, uyqusizlik va agressivlik holatlari-nazariy jixatdan taxlil qilingan.
2025-09-30
O‘RTA ASR ARAB FONETIKASI TARAQQIYOTI VA UNING ZAMONAVIY FONETIKAGA TA’SIRI
Arab tili o‘zining boy tarixi va fonetik tuzilishi bilan dunyo tillari orasida alohida o‘rin tutadi. O‘rta asrlar arab tilshunosligining oltin davri sifatida tilning fonetik asoslarini shakllantirishda muhim rol o‘ynadi. Bu davrda Sibavayh, Al-Xalil ibn Ahmad kabi olimlarning fonetika va fonologiyaga oid ishlari nafaqat arab tilining talaffuz qoidalarini standartlashtirdi, balki uning keyingi rivojlanishiga poydevor bo‘ldi. O‘rta asr arab fonetikasining taraqqiyoti, xususan, tajvid ilmi va qiroat an’analari orqali tilning o‘ziga xos tovush tizimi nafaqat saqlanib qoldi, balki zamonaviy arab tilining standart shakli (fusha) va dialektlarida ham o‘z aksini topdi.
2025-09-30
O‘RTA ASR ARAB FONETIK QARASHLARINING LINGVISTIK EVOLYUTSIYASI: TUSHUNCHALAR, METODLAR VA TERMINOLOGIYA
O‘rta asr arab fonetik qarashlari lingvistika tarixida muhim o‘rin tutadi, chunki bu davrda shakllangan tushunchalar, metodlar va terminologiya nafaqat arab tilshunosligining rivojlanishiga, balki umumiy lingvistik bilimlarning shakllanishiga ham katta ta’sir ko‘rsatdi. Arab olimlari, xususan, Sibavayh va Al-Xalil ibn Ahmad kabi mutafakkirlar, fonetik tahlilni Qur’on tilovati, tajvid va tilning fonologik tuzilishini o‘rganish orqali rivojlantirdilar. Ularning ishlari tovushlarning tasnifi, artikulyatsiya xususiyatlari va fonetik qonuniyatlarni aniqlashda noyob yondashuvlarni taklif etdi, bu esa keyingi davrlarda fonetika fanining rivojlanishiga zamin yaratdi.
2025-09-30
BANK FOYDASIGA SOLINADIGAN SOLIQ STAVKALARINING IQTISODIY SAMARADORLIKKA TA’SIRI
Ushbu maqolada tijorat banklari foydasiga solinadigan soliq stavkalarining iqtisodiy samaradorlikka ta’siri chuqur tahlil qilingan. Banklar uchun soliq yuklamasi nafaqat davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda, balki moliyaviy resurslarning qayta taqsimlanishida ham muhim rol o‘ynaydi. Oxirgi yillar davrida O‘zbekiston tijorat banklarining moliyaviy natijalari hamda foyda solig‘i stavkalari o‘zgarishlari asosida sof foyda va investitsion faollikka bo‘lgan ta’sir ko‘rsatkichlari iqtisodiy-statistik usullar yordamida o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, soliq stavkasining kamaytirilishi banklarning sof foydasi va investitsion faoliyatini sezilarli ravishda oshirgan. Shuningdek, xalqaro tajribalar qiyosiy tahlil qilinib, O‘zbekiston sharoitida soliq siyosatini optimallashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
2025-09-30
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNI IJTIMOIY TA’MINLASH TIZIMINING RIVOJLANISH YO‘NALISHLARI
Ushbu tezisda nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy ta’minlash tizimi hamda uni rivojlantirish yo‘nalishlari ilmiy nuqtai nazardan yoritiladi. Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan huquqiy asoslar, ijtimoiy yordam shakllari, davlat siyosati va xalqaro tajribalar tahlil qilinib, tizimni takomillashtirishning istiqbolli yo‘nalishlari ko‘rsatib o‘tiladi.
2025-09-30
THE EARTH DOES NOT BELONG TO US, WE ARE ONLY ITS GUESTS
This article explores the idea that the Earth does not belong to humanity; instead, humans are only temporary guests. It analyzes the scientific, ecological, and ethical aspects of this perspective, showing how environmental responsibility is linked to sustainability and global well-being. The discussion highlights the importance of preserving ecosystems, adopting modern technologies, and strengthening moral values toward nature. The paper concludes that respecting the Earth as a shared home is essential to protect future generations from ecological crises.
2025-09-30
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA ADABIY NUTQ KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISHNING SAMARALI USULLARI
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida adabiy nutq kompetensiyalarini shakllantirish jarayonidagi samarali usullar yoritib berilgan. Bugungi kunda ta’lim tizimida o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirish, ularni mustaqil fikrlashga, o‘z fikrini ravon bayon eta olishga o‘rgatish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, adabiy nutq kompetensiyasini shakllantirish boshlang‘ich sinflardayoq asos solinadigan muhim jarayondir. Maqolada o‘quvchilarning adabiy matnlarni anglash, ifodali o‘qish, personajlarni tahlil qilish, matn asosida yangi voqealar yaratish kabi ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha metodik yondashuvlar keltirilgan. Shuningdek, dramatizatsiya, rolli o‘yinlar, suhbat metodi, vizual vositalardan foydalanish orqali adabiy nutqni boyitish yo‘llari tahlil qilingan. Muallif adabiy materiallar asosida o‘quvchilarning estetik didini shakllantirish, ularda milliy qadriyatlar va insoniy fazilatlarni singdirish imkoniyatlariga ham e’tibor qaratgan. Xulosa sifatida, boshlang‘ich ta’lim bosqichida adabiy nutq kompetensiyalarini rivojlantirish o‘quvchilarning umumiy tafakkuri, nutq madaniyati va ijtimoiy moslashuvchanligini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlangan.
2025-09-30
QASHQADARYO VILOYATI IQTISODIY KO‘RSATKICHLARINI KO‘P OMILLI REGRESSIYA MODELLARI ASOSIDA BAHOLASH
Mazkur maqolada Qashqadaryo viloyatining iqtisodiy ko‘rsatkichlari ko‘p omilli regressiya modellari yordamida baholandi. Tadqiqotda viloyatning yalpi hududiy mahsuloti, sanoat ishlab chiqarishi, qishloq xo‘jaligi hajmi, xizmatlar sohasi, aholi bandligi, investitsiyalar hajmi va tashqi savdo aylanmasi asosiy ko‘rsatkichlar sifatida tanlab olindi. Ushbu omillar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklar hamda iqtisodiy rivojlanishga ta’siri ekonometrik usullar yordamida tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, investitsiyalar hajmi va sanoat ishlab chiqarishi viloyat yalpi hududiy mahsulotining asosiy drayverlari hisoblanadi, aholi bandligi esa ijtimoiy barqarorlikni ta’minlovchi muhim endogen ko‘rsatkich sifatida namoyon bo‘ldi. Ko‘p omilli regressiya modellari asosida prognozlash natijalari Qashqadaryo viloyati iqtisodiy rivojlanishining barqarorlik darajasini aniqlash hamda hududiy boshqaruv qarorlarini qabul qilishda ilmiy asos yaratadi.
2025-09-30
ИҚТИСОДИЙ ҚИЙИНЧИЛИКЛАР ТАЪСИРИДА БЎЛГАН ЁШ ОИЛАЛАР МУСТАҲКАМЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШДА МИЛЛИЙ ҚАДРИЯТЛАР ВА ТАРБИЯНИНГ РОЛИ
Мақолада сўнги йилларда Ўзбекистонда ёш оилалар мустаҳкамлигига салбий таъсир кўрсатаётган иқтисодий омилларни ўрганиш юзасидан амалга оширилган тадқиқот натижалари келтирилган. Тадқиқот объекти сифатида Тошкент шаҳридаги бир қанча маҳаллаларда “Маҳалла фуқаролар йиғини”га оилавий муаммолар билан мурожаат қилган ёш оилалар (30 ёшгача) хизмат қилган. Ушбу оилалар билан психологик сўровномада келтирилган саволлар бўйича суҳбат олиб борилган. Тадқиқотда миллий қадриятлар ва тарбияни ўзида мужассам этган 10 та сессияли 2 ҳафталик тренинг натижасида ажрашиш хавфи юқори гуруҳда 13,3 % дан 10,3 % гача, ўртача хавфли гуруҳда 33,3 % дан 25,5 % гача камайтирилишига эришилган.
2025-09-30
HUQUQBIZARLIKLAR PROFILAKTIKASI VA JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA IDORALARARO KOMISSIYALAR FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH
Ushbu maqolada huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo komissiyalarning faoliyatini takomillashtirish zarurati tahlil qilinadi. Komissiyalarning huquqiy maqomi, ularning tarkibi, vazifalari, hamkorlik mexanizmlari hamda faoliyat samaradorligini oshirish yo‘llari yoritilgan. Shuningdek, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
2025-09-30
PROFILAKTIKA INSPEKTORINING NAZORAT-LITSENZIYA QOIDALARIGA RIOYA ETILISHINI TAʼMINLASH FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH
Mazkur maqolada profilaktika inspektorlarining nazorat-litsenziya faoliyatidagi o‘rni, ularning huquqiy vakolatlari va ushbu yo‘nalishdagi faoliyatni takomillashtirishning dolzarb masalalari tahlil qilinadi. Shuningdek, litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan samarali nazorat o‘rnatish, tadbirkorlik subyektlari bilan o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, profilaktika inspektorlarining kasbiy malakasini oshirishga doir takliflar ilgari suriladi.
2025-09-30
PROFILAKTIKA INSPEKTORINING OMMAVIY TARTIBSIZLIKLAR JARAYONIDA ICHKI ISHLAR ORGANLARINING JAMOAT TARTIBINI SAQLASH XIZMATI BILAN O‘ZARO HAMKORLIGINI TAKOMILLASHTIRISH
Mazkur maqolada profilaktika inspektorlarining ommaviy tartibsizliklar sharoitida Ichki ishlar organlarining jamoat tartibini saqlash xizmatlari bilan hamkorlik faoliyati tahlil qilinadi. Unda bunday hamkorlikning huquqiy asoslari, tashkiliy mexanizmlari va amaliyotdagi muammolari o‘rganilib, o‘zaro axborot almashinuvi, tezkor choralar ko‘rish va profilaktik ta’sir vositalarini kuchaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.
2025-09-30
ILGARI SUDLANGAN SHAXSLAR O‘RTASIDA HUQUQBIZARLIKLARNING MAXSUS PROFILAKTIKASINI TAKOMILLASHTIRISH
Ushbu maqolada ilgari sudlangan shaxslar tomonidan sodir etiladigan huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish hamda retsidiv jinoyatchilikka qarshi kurashishning samarali mexanizmlari tahlil qilinadi. Maxsus profilaktika choralarining huquqiy asoslari, mahalla va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning hamkorligi, shuningdek, psixologik va ijtimoiy reabilitatsiya jarayonlarining ahamiyati yoritilgan.
2025-09-30
PROFILAKTIKA INSPEKTORLARINING IJTIMOIY PROFILAKTIKA OB’EKTLARI BILAN ISHLASH FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH
Mazkur maqolada profilaktika inspektorlarining ijtimoiy profilaktika ob’ektlari bilan ishlashdagi amaldagi faoliyati, uning mazmun-mohiyati va muammolari tahlil qilinadi. Shuningdek, huquqbuzarliklarning ijtimoiy sabablarini aniqlash, xavf guruhidagi shaxslarni nazorat qilish, ularni ijtimoiy hayotga qayta moslashtirishda zamonaviy yondashuvlar va hamkorlik mexanizmlari yoritiladi. Maqola profilaktika inspektorlarining faoliyatini takomillashtirishning tashkiliy, huquqiy va psixologik asoslarini o‘z ichiga oladi.
2025-09-30
THE IMPORTANCE OF BIOINDICATOR ORGANISMS IN HYDROBIOLOGICAL MONITORING
This article provides a comprehensive analysis of the role and significance of bioindicator organisms in hydrobiological monitoring. It explores how aquatic organisms such as algae, macroinvertebrates, and fish reflect the ecological condition of freshwater ecosystems. Moreover, the paper highlights the importance of bioindicators in detecting pollution, assessing water quality, and guiding environmental management decisions.
2025-09-30
ZAMONAVIY 3D MODELLASHTIRISH TEXNOLOGIYALARINING ARXITEKTURA DIZAYNIDA QO‘LLANILISHI
Ushbu maqolada zamonaviy 3D modellashtirish texnologiyalarining arxitektura dizaynida qo‘llanilishiga oid masalalar chuqur tahlil qilingan. Maqolada 3D modellashtirishning nazariy asoslari, uning arxitektura sohasidagi ahamiyati hamda amaliy imkoniyatlari keng yoritiladi. Shuningdek, 3D texnologiyalari yordamida yaratilayotgan arxitektura loyihalarining aniqligi, estetikasini oshirishdagi roli, vaqt va resurslarni tejashdagi afzalliklari haqida batafsil so‘z yuritiladi. Bunda turli dasturiy vositalar, jumladan AutoCAD, Revit, SketchUp va Blender dasturlarining afzalliklari tahlil qilinadi. Bundan tashqari, maqolada 3D modellashtirishning raqamli transformatsiya jarayonlaridagi o‘rni, uni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etishning metodik yondashuvlari ham ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot davomida arxitektura loyihalarida 3D modellarning qo‘llanilishi orqali dizaynning innovatsion yo‘nalishlari hamda ijodiy yondashuvlar rivojlanayotganini asoslovchi fikrlar ilgari suriladi.
2025-09-30
