Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative Academy» организовал Республиканская конференция «Наука и инновация». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.
Опубликован: 2025-11-01
Статьи
SYNTHESIS OF FLOCCULANTS BASED ON POLYACRYLAMIDE
The synthesis of flocculants based on polyacrylamide (PAM) represents one of the most important developments in industrial polymer chemistry. These flocculants are widely utilized in wastewater purification, mining, paper production, and chemical manufacturing, owing to their strong ability to aggregate fine particles and clarify water. The polyacrylamide molecule, due to its high molecular weight and the presence of amide functional groups, can easily form hydrogen bonds and electrostatic interactions with suspended particles, thus enhancing sedimentation efficiency. This article provides a comprehensive analysis of the synthesis processes, modification methods, and structural factors that determine the flocculation efficiency of PAM-based materials. Moreover, recent advances in environmentally friendly and smart polymer technologies are discussed, emphasizing sustainable approaches for future water treatment systems.
2025-10-31
O‘SIMLIKLARDA SUV ALMASHINUVI JARAYONINING FIZIOLOGIK ASOSLARI
Ushbu maqolada o‘simlik organizmidagi suv almashinuvi jarayonining mohiyati, uning fiziologik asoslari, suvning o‘simlik hayotidagi o‘rni hamda suv balansi va transpiratsiya jarayonining o‘zaro bog‘liqligi keng tahlil qilingan. Shuningdek, suv yetishmovchiligi yoki ortiqligi sharoitida o‘simlik hujayralarida kechadigan fiziologik o‘zgarishlar, suvni saqlash va muvozanatni ta’minlash mexanizmlari haqida fikr yuritilgan.
2025-10-31
LOTIN TILI AMALIY MASHG’ULOTLARIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI
Mazkur maqolada “Lotin tili va tibbiy terminologiya” fanini hozirgi zamon inпovatsion texnologiya metodlarini qo’llab o’qitishning ilmiy metodik nuqtai nazardan asoslashga harakat qilingan.
2025-10-31
INNOVATIVE METHODS TO ENHANCE COLLABORATION AMONG ELEMENTARY STUDENTS
In this article, the issues of formation, development and extension of thinking of people are put forward. It is considered a task to properly shape the mind and thinking of today's youth.
2025-10-31
СУҒОРИЛАДИГАН ТИПИК БЎЗ ТУПРОҚЛАР ШАРОИТИДА ТАКРОРИЙ ЭКИЛГАН СОЯ ВА МОШНИНГ ДОН ҲОСИЛДОРЛИГИ
Тошкент вилоятининг қадимдан суғориладиган типик бўз тупроқлари шароитида сояни Орзу ва мошнинг Дурдона навларининг такрорий экин сифатида мақбул қатор кенгликларида экиш тизимлари ва кўчат қалинлигини ҳамда ўғит меъёрларини ишлаб чиқиш юқори дон ҳосили етиштиришда муҳим аҳамиятга эга эканлиги аниқланган.
2025-10-31
RAQAMLI JAMIYAT SHAROITIDA YOSHLARNING IJTIMOIY TARBIYASINI TAKOMILLASHTIRISHDA AKSIOLOGIK YONDASHUVNING O‘RNI
mazkur tezisda raqamli jamiyat sharoitida yoshlarning ijtimoiy tarbiyasini tashkil etishda aksiologik yondashuvning ahamiyati tahlil qilinadi. Aksiologik yondashuv yoshlarning shaxsiy qadriyatlarini shakllantirish, ularni ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishga yo‘naltirish, axborot makonida ma’naviy immunitetni rivojlantirish vositasi sifatida yoritiladi. Shuningdek, raqamli texnologiyalar asosida ijtimoiy tarbiyani samarali tashkil etishning innovatsion usullari va pedagogik imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.
2025-10-31
РЕАБИЛИТАЦИЯ ПАЦИЕНТОВ ПОСЛЕ АОРТОКОРОНАРНОГО ШУНТИРОВАНИЯ: СОВРЕМЕННЫЕ ПОДХОДЫ.
В статье рассматриваются современные подходы к реабилитации пациентов после аортокоронарное шунтирование (АКШ). Анализируются этапы реабилитации, роль физической активности и кардиореабилитационных программ, влияние телемедицины и цифровых технологий, а также проблемы обеспечения доступа и приверженности пациентов. Доказана эффективность структурированной реабилитации: отмечено улучшение качества жизни, снижение повторных госпитализаций и кардиоваскулярной смертности. Также обсуждаются барьеры и направления дальнейшего развития — персонализированные программы, гибридные модели, многофакторный подход.
2025-10-31
РОЛЬ ЭХОКАРДИОГРАФИИ В ПЛАНИРОВАНИИ КАРДИОХИРУРГИЧЕСКИХ ВМЕШАТЕЛЬСТВ.
Эхокардиография является ключевым диагностическим инструментом в современной кардиохирургии, позволяя оценить анатомию сердца, функциональное состояние клапанов и миокарда, а также выявить скрытые патологии перед хирургическим вмешательством. Данные эхокардиографии помогают определить оптимальный метод операции, минимизировать риски и улучшить исходы для пациентов. В статье рассмотрены основные виды эхокардиографии, их преимущества и роль в предоперационном планировании кардиохирургических процедур на основе актуальных клинических данных и исследований.
2025-10-31
ПРОКУРАТУРА ОРГАНЛАРИ ФАОЛИЯТИНИНГ АСОСИЙ ЙЎНАЛИШЛАРИ ТУШУНЧАСИ ВА УНИНГ ЎЗИГА ХОС ХУСУСИЯТЛАРИ
Ҳуқуқий давлат барпо этиш ва фуқаролик жамиятини ривожлантириш жараёнида прокуратура органларининг фаолияти алоҳида аҳамият касб этади. Ўзбекистон Республикасининг “Прокуратура тўғрисида”ги Қонунига мувофиқ, прокуратура қонунлар ва бошқа норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар ижроси устидан назоратни амалга оширади. Шу боис прокуратура фаолиятининг асосий йўналишларини илмий таҳлил этиш бугунги кунда долзарб масалалардан бири ҳисобланади.
2025-10-31
ПРОКУРАТУРА ОРГАНЛАРИ ФАОЛИЯТИНИНГ АСОСИЙ ЙЎНАЛИШЛАРИНИ БЕЛГИЛОВЧИ ОМИЛЛАР
Ҳозирги вақтда давлат ва шахс ўртасидаги муносабатларнинг ҳуқуқий тартибга солиниши жамият ҳаётининг асосий механизмларидан бири ҳисобланади. Шу нуқтаи назардан, фуқароларнинг ҳуқуқ ва эркинликларини ҳимоя қилиш масаласи Ўзбекистонда ҳам ҳуқуқий давлат барпо этиш жараёнида устувор вазифалардан бири ҳисобланади.
2025-10-31
QORAQALPOG‘ISTONDA YER VA TUPROQ IFLOSLANISHINI ANIQLASH, MODELLASHTIRISH VA PROGNOZ QILISH.
Ushbu tezisda Qoraqalpog‘iston Respublikasida havoning ifloslanish darajasini monitoring qilish va bashorat qilish tizimini yaratish masalalari o‘rganildi. Tezisda atmosferadagi asosiy ifloslantiruvchi moddalar, jumladan chang zarrachalari (PM₂.₅, PM₁₀), karbon oksidi, azot oksidi, oltingugurt dioksidi, shuningdek, havoning iqlim sharoitlari va antropogen omillar bilan bog‘liq monitoring metodlari tahlil qilindi. Bashorat qilish jarayonida statistik modellashtirish, sun’iy intellekt algoritmlari va real‑vaqtda ma’lumotlarni yig‘ish tizimlari tavsiya qilindi. Natijalar hududiy ekologik xavfsizlikni oshirish va sog‘liqni muhofaza qilishga xizmat qiladi.
2025-10-31
QORAQALPOG‘ISTONDA YER VA TUPROQ IFLOSLANISHINI ANIQLASH, MODELLASHTIRISH VA PROGNOZ QILISH.
Ushbu tezisda Qoraqalpog‘iston Respublikasida yer va tuproq ifloslanishini aniqlash, modellashtirish va prognoz qilish masalalari o‘rganildi. Tadqiqotda yer va tuproqdagi ifloslantiruvchi manbalar, ularning hududiy taqsimoti, monitoring usullari va raqamli modellashtirish usullari tahlil qilindi. Shuningdek, ekologik xavflarni oldini olish va tuproq resurslarini barqaror boshqarish bo‘yicha prognoziy tavsiyalar ishlab chiqildi. Natijalar hududning ijtimoiy-iqtisodiy holati, sanoat va qishloq xo‘jaligi faoliyati bilan bog‘liq holda ifloslanish xavfini kamaytirish choralarini aniqlash imkonini beradi.
2025-10-31
ASARNI TAHLIL QILISH METODLARI VA ULARNING TA’LIM JARAYONIDAGI AHAMIYATI
Bugungi kunda ta’lim tizimida o‘qitish metodlarini takomillashtirish, ayniqsa, asarlarni tahlil qilishning zamonaviy yondashuvlarini joriy etish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Asarni tahlil qilish metodlari nafaqat o‘quvchilarning badiiy tafakkurini rivojlantiradi, balki ularning nutq madaniyati, mantiqiy fikrlash qobiliyatini ham mustahkamlaydi. Shu boisdan, asarni tahlil qilish metodlariga metodik yondashuvning ilmiy asosda yo‘lga qo‘yilishi o‘qituvchining kasbiy mahoratini namoyon etadi.
2025-10-31
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING ADABIY MANBALARGA OID AXBOROTLAR USTIDA ISHLASH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH
Bugungi kunda boshlang‘ich ta’lim tizimida o‘quvchilarning adabiy manbalar bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish, ularni mustaqil fikrlovchi, axborotni tahlil qila oluvchi shaxs sifatida rivojlantirish ta’lim strategiyasining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Boshlang‘ich sinf o‘quvchisining o‘qish jarayonida nafaqat texnik malakalarni, balki adabiy asar mazmunini tushunish, fikrini ifodalash, tahlil qilish va baholash kompetensiyalarini rivojlantirish dolzarb masala sanaladi.
2025-10-31
IDEONIMLARNING LEKSIK VA SEMANTIK XUSUSIYATLARI
Atoqli otlar bir tip yoki jinsga mansub obyektlar, narsa va hodisalardan bittasini alohida ajratib yakka holda nomlash asosida, uning boshqalaridan farqlash ehtiyoji tufayli yuzaga kelgan lisoniy birliklardir. Borliqdagi mavjudotlarni umumlashtirib, tipiklashtirib nomlash (turdosh otlar) qanchalik zarur va muhim boʻlsa, bunday narsalardan bittasini alohida, yakka olingan holda nomlash (atoqli otlar) ham shunchalik zaruriy obyektiv ehtiyojdir. Atoqli otlar ham xuddi turdosh otlar kabi tilning kommunikativ talabini qondirish maqsadida paydo boʻlgan onomastik birliklardir.
2025-10-31
MARTINGALLARNI SCHOLIUM(FUNKSIYALARI) UCHUN QO’LLASH
Ushbu ishda ehtimollar nazariyasidagi martingallarni Scholium funksiyalari uchun qo‘llash masalasi o‘rganiladi. Mustaqil integrallanuvchi funksiyalar ustida martingallar yordamida isbotlar keltiriladi va ular uchun yuqori va kuchli yaqinlashish teoremalari asosida mos natijalar olinadi. Standart shakldagi sodda funksiyalar ketma-ketliklari yordamida, chegara holatdagi funksiyalar uchun umumlashtirishlar amalga oshiriladi. Bu yondashuv orqali martingal nazariyasining integrallanish bilan bog‘liq holatlardagi samaradorligi ochib beriladi.
2025-10-31
BUXGALTERIYA HISOBIDA AXBOROT TIZIMLARI VA TEXNOLOGIYALARINI QO‘LLASH.
Ushbu tesizda iqtisodiyotni boshqarishdagi o’zgarishlar, bozor munosabatlariga o’tish buxgalteriya hisobini tashkil qilish va olib borishga katta ta’sir ko’rsatadi. Hisobning xalqaro tizimlariga o’tishi amalga oshirilmoqda, bu uning uslubiyotining yangi shakllarini ishlab chiqishning talab qiladi. Buxgalteriya hisobining axborot tizimi va uni kompyuterda ishlab chiqishni tashkil qilishning an’anaviy shakllari katta katta o’zgarishlarga uchragan.
2025-10-31
IQTISODIY INTEGRАTSIYА TАSHKILOTLАRI DOIRАSIDА EKSPORT SHАRTNOMАLАRINI TАRTIBGА SOLISH
Ushbu ilmiy ishda iqtisodiy integratsiya tashkilotlari doirasida eksport shartnomalarini huquqiy tartibga solish masalalari tahlil qilinadi. Yevropa Ittifoqi, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, ASEAN va USMCA tizimlarining huquqiy mexanizmlari solishtirilib, ularning xalqaro xususiy huquqdagi o‘rni yoritilgan. Tadqiqotda eksport shartnomalarida qo‘llaniladigan huquq, shartnoma erkinligi, majburiy normalar va nizolarni hal qilish mexanizmlariga alohida e’tibor qaratilgan. Maqolada integratsiya tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan reglament va konvensiyalar eksport faoliyatida huquqiy aniqlik va barqarorlikni ta’minlashdagi roli asoslab beriladi. Natijada, O‘zbekiston uchun iqtisodiy integratsiya tajribasini milliy qonunchilikka tatbiq etish zarurligi ilmiy jihatdan asoslanadi.
2025-10-31
MA’LUMOTLAR BAZASI ASOSIDA MAVZULI KARTANING LEGENDASINI ISHLAB CHIQISH. KARTA ARIGINALLARINI YARATISH.
Ushbu tezisda ma’lumotlar bazasi asosida mavzuli kartaning legendasini yaratish hamda karta originalini ishlab chiqish jarayonlari yoritiladi. Hududning relefi, tuproq qoplami, suv resurslari haqida kartografik manbalar asosida ma’lumotlar yig‘ilishi, GIS dasturlarida ma’lumotlarni kodlash, qiymat diapazonlarini ajratish, yarim avtomatik legendalar yaratish usullari tahlil qilinadi. Shuningdek, tipologik, kompleks va sintetik legendalar yaratish tamoyillari, kartani komponovka qilish, umumlashtirish va nashrga tayyorlash bosqichlari yoritiladi.
2025-10-31
GIS TEXNOLOGIYASI DASTURLARIDA ISHLATILADIGAN MA’LUMOTLAR BAZASINI YARATISH.
Ushbu tezisda geografik axborot tizimlari (GIS) texnologiyalarida ishlatiladigan ma’lumotlar bazasi tushunchasi, uning tarkibiy qismlari, tuzilishi, ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash va qayta ishlash jarayonlari ilmiy jihatdan yoritiladi. Shuningdek, rastrli va vektorli ma’lumotlar bazasini tuzish, kartografik tasvirlash usullarini tanlash, tashqi manbalardan ma’lumotlarni import qilish va SQL tili orqali nostandart savollarga javob shakllantirish mexanizmlari tahlil etiladi.
2025-10-31
KORXONALARDA BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDITNI TASHKIL ETISHNING IQTISODIY MOHIYATI, VAZIFALARI VA KORXONANI BOSHQARUV TIZIMIDAGI TUTGAN O‘RNI.
Ushbu tezisda buxgalteriya hisobini isloh qilish va xalqaro standartlarga moslashtirish zaruriyati tahlil qilingan. Moliyaviy va boshqaruv hisobi o‘rtasidagi farqlar, ularning korxona boshqaruvida tutgan o‘rni va vazifalari yoritilgan. Hisob tizimining takomillashtirilishi, ma’lumotlarning tezkorligi va aniq bo‘lishini ta’minlash, ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun axborot yetkazib berish masalalari muhokama qilingan. Shuningdek, buxgalteriya hisobining korxona boshqaruv tizimidagi ahamiyati va uni yanada samarali tashkil etish yo‘nalishlari ko‘rib chiqilgan.
2025-10-31
O‘ZBEK TILIDA TABIIY TILNI QAYTA ISHLASH TIZIMLARINI YARATISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI.
Ushbu maqolada o‘zbek tilida tabiiy tilni qayta ishlash (Natural Language Processing – NLP) texnologiyalarini yaratish jarayonida yuzaga kelayotgan asosiy muammolar, ularning lingvistik, texnologik va resurs bilan bog‘liq jihatlari ilmiy asosda tahlil qilinadi. Shuningdek, mavjud tadqiqotlar va ilg‘or yondashuvlar asosida ushbu muammolarni bartaraf etish bo‘yicha samarali yechimlar taklif etiladi. Tadqiqot davomida ochiq manbalar, lug‘aviy korpuslar, morfologik tahlil modellaridan foydalangan holda o‘zbek tilining murakkab morfologik tuzilishi va uning NLP tizimlaridagi aks etishi yoritiladi.
2025-10-31
AKSIOLOGIK YONDASHUV ASOSIDA YOSHLARNING IJTIMOIY FAOLIYATINI SHAKLLANTIRISH OMILLARI
ushbu maqolada yoshlarning ijtimoiy faoliyatini rivojlantirish jarayonida aksiologik yondashuvning mohiyati va ahamiyati tahlil qilingan. Aksiologik yondashuv shaxsning qadriyatlar tizimini shakllantirish, ijtimoiy ongini rivojlantirish va faol fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlashga xizmat qiluvchi pedagogik yo‘nalish sifatida qaraladi. Maqolada yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishda ta’lim-tarbiya tizimining, oilaviy muhitning va ijtimoiy institutlarning o‘rni yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va raqamli madaniyat sharoitida yoshlarning qadriyatlar asosidagi ijtimoiy faolligini shakllantirishning samarali omillari tahlil etilgan.
2025-10-31
MAXSUS EHTIYOJLI BOLALARNI UMUMTA’LIM MUASSASALARIGA INTEGRATSIYA QILISHDA OTA-ONALARNING PSIXOLOGIK TAYYORGARLIGI
Mazkur tezisda maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim muassasalariga integratsiya qilish jarayonida ota-onalarning psixologik tayyorgarligini shakllantirish muammosi yoritilgan. Tadqiqotda ota-onalarning emotsional holati, kognitiv tayyorgarligi hamda xulqiy (motivatsion) komponentlari tahlil qilinadi. Shuningdek, ota-onalar bilan ishlashning samarali shakl va metodlari — treninglar, psixologik maslahatlar hamda “ota-onalar klubi” faoliyati amaliy jihatdan asoslab berilgan.
2025-10-31
BANK TIZIMIDA RAQAMLI TRANSFORMATSIYA: ZAMONAVIY MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALAR TURLARI VA ULARNING QO’LLANILISH SOHALARI
Mazkur tezisda bank tizimida zamonaviy moliyaviy texnologiyalarning turlari va ularning qo’llanilish sohalari to’g’risida ma’lumot beriladi. Bugungi kunda texnologiyalar bank sohasining barcha jabhalariga kirib bormoqda va moliyaviy xizmatlarning tezkorligi, samaradorligi, shaffofligi va xavfsizligini oshirishga xizmat qilmoqda. Maqolada FinTech (moliyaviy texnologiyalar), blokcheyn, sun’iy intellekt, raqamli to‘lov tizimlari va kriptovalyutalar kabi asosiy texnologiyalar tahlil qilinadi va ularning bank xizmatlari, mijozlar bilan ishlash, xavfsizlikni ta’minlash, va moliyaviy monitoring kabi sohalardagi o‘rni va imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, bu texnologiyalarning banklar uchun foydalari va ularga kirib kelayotgan yangi raqobatning ta’siri haqida ham soz boradi.
2025-10-31
IJTIMOIY TARMOQLARNING YOSHLAR RUHIYATIGA TA'SIRI: QISQA VIDEOLAR VA ASABIYLIK MUAMMOSI
Ushbu maqolada ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan qisqa videolarning yoshlar ruhiyatiga ko'rsatadigan ta'siri o'rganiladi. Tadqiqot davomida yoshlar orasida asabiylik, diqqat susayishi va hissiy beqarorlik kabi holatlar kuzatilgani tahlil qilinadi. Quyida ushbu jarayonning asosiy sabablari, ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan kontentning psixologik ta’siri hamda muammoni kamaytirish yo‘llari haqida fikr yuritiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, qisqa videolarni me’yordan ortiq iste’mol qilish insonning asab tizimi faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
2025-10-31
WOMEN’S LIFE IN BUKHARA IN THE BOOK “AQOID UN-NISA” OF RAHMATULLAH VOZEH
The political and social life of Bukhara in the second half of the 19th century is highlighted by the names of Emir Nasrullah Khan (1826-1860) and Emir Muzaffar Khan (1860-1885). The works written during this period, in particular, provided important information about the moral values, religious views and cultural traditions of the Bukhara Emirate. This article, using the basic methods of in-depth analysis of the social sphere and the information determined on the basis of the historicist method, partially sheds light on the social life of the emirate using the example of Vozeh's works. Using several famous works by Vozeh, in particular the treatise "Aqoid un nisa", the social history of the Bukhara people is described. The difference of the scientist from other contemporary poets can be seen precisely in the fact that he openly, without any exaggeration, objectively and truthfully described the social life of the Bukhara Emirate, and did not hide its shortcomings.
2025-10-31
QAYTA TIKLANADIGAN ENERGIYA MANBALARINING HAYOTIMIZDAGI O'RNI
Qayta tiklanadigan energiya manbalari, ya'ni quyosh, shamol, suv va bioenergiya, global energiya ta'minotida va ekologik barqarorlikda muhim rol o'ynaydi. Ushbu maqolada qayta tiklanadigan energiya manbalarining hayotimizdagi o'rni, iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy jihatlari tahlil qilinadi. O'sib borayotgan energiya talabini qondirish va iqlim o'zgarishi muammolariga qarshi kurashish maqsadida qayta tiklanadigan energiyaning ahamiyati yanada ortmoqda. Milliy va xalqaro darajada qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish va ularni kengaytirish bo'yicha amalga oshirilayotgan tashabbuslar hamda ulardan foydalanish usullari alohida ko'rib chiqiladi.
2025-10-31
НАЙКЛ СТИМУЛЯТОРИНИ ҒЎЗАНИНГ ҚУРУҚ МАССАСИГА ТАЪСИРИ
Ер юзида иқлимнинг глобал ўзгариши, ҳароратнинг кескин исиб кетиши ёғингарчилик, қурғоқчилик ёки серёғин ва салқин бўлган об-ҳаво шароитларида ўсимликларни парваришлашда, уларни ташқи таъсирларга чидамлигини оширишда стимуляторларнинг аҳамияти юқоридир. Физиологик фаол моддалар билан ишлов берилган уруғларнинг униши, ўсимликнинг ўсиши, ривожланиши яхшиланиши билан бирга қурғоқчиликка, шўрланишга, касалликларга чидамлилиги ортади, минерал ўғитлардан фойдаланиш самарадорлиги кўпайиб, юқори ва сифатли ҳосил етиштиришга замин яратилади. Мамлакатимизда ва чет элларда ўтказилган кўп йиллик илмий тадқиқотлар натижалари кўрсатишича, таркибида микроэлементи (рух, мис, бор, молибден ва бошқа микроэлементлар) бўлган минерал ўғитлар ва стимуляторлар қишлоқ ҳўжалиги маҳсулотларининг сифати ва ҳосилдорлигини оширади (Абдуалимов, Каримов, 2019). Кўпгина адабиётлардан маълумки, ўсимликнинг баргида кечадиган фотосинтез жараёнида ноорганик моддаларнинг ёруғлик, иссиқлик, сув ва бошқалар таъсирида органик моддаларга айланиши дунёдаги барча жонзотлар учун кислород ва озуқа манбаи бўлиб ҳисобланади. Уммун олганда ўсимликнинг жадал ўсиб ривожланиши учун бугунги кунда стимуляторларнинг ўрни беқийосдир. Стимуляторлар ўсимликда борадиган моддалар алмашинувини яхшилаб юқори ҳосил олишни таминлайди.
2025-10-31
21-ASR KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISHDA O‘QITUVCHINING REFLEKSIV PEDAGOGIK YONDASHUVI
Ushbu tezisda 21-asr kompetensiyalarini shakllantirish jarayonida o‘qituvchining refleksiv pedagogik yondashuvi tahlil qilinadi. Refleksiya o‘qituvchi faoliyatining ajralmas qismi sifatida, uning o‘z amaliyotini tahlil qilish, xatolarini anglash va kasbiy o‘sish uchun zarur xulosalar chiqarish jarayonini ifodalaydi. Mazkur yondashuv o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash, muammoli vaziyatlarni hal etish, hamkorlikda ishlash va ijodkorlik kompetensiyalarini shakllantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
2025-10-31
SYNTACTIC COMPLEXITY IN AI-GENERATED AND HUMAN-WRITTEN ENGLISH TEXTS: A COMPARATIVE STUDY
This paper explores the syntactic complexity of English texts generated by Artificial Intelligence (AI) compared to those written by humans. The study aims to identify how AI structures sentences, uses subordinate clauses, and manages syntactic variation in contrast to human writing. A corpus of 40 texts—20 written by humans and 20 generated by Chat GPT—was analyzed using measures such as mean sentence length, subordination ratio, and clause density. The results reveal that AI-generated texts tend to exhibit syntactic balance and formal regularity, while human-written texts demonstrate greater syntactic variation and stylistic flexibility.
2025-10-31
AI TOMONIDAN YARATILGAN INGLIZ VA O‘ZBEK MATNLARIDA SINONIMIK BIRLIKLARNING QO‘LLANILISHI
Ushbu maqolada sun’iy intellekt (AI) tomonidan yaratilgan ingliz va o‘zbek tilidagi matnlarda sinonimik birliklarning ishlatilish xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi – AI modellarining leksik xilma-xillik, sinonimik tanlov va uslubiy aniqlikni qay darajada ta’minlay olishini aniqlashdir. Maqolada ChatGPT kabi ilg‘or til modellari tomonidan yaratilgan matnlar inson yozgan matnlar bilan taqqoslanadi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, AI yozgan matnlar grammatik jihatdan mukammal bo‘lsa-da, leksik boylik va sinonimik noziklik jihatidan inson yozgan matnlardan farq qiladi.
2025-10-31
PAXTANI QAYTA ISHLASH SEXLARIDAN AJRALIB CHIQADIGAN CHANGLARNING HAYVONLARGA TA’SIRI
Mazkur maqolada paxtani qayta ishlash jarayonida hosil bo‘ladigan sanoat changlari tarkibi, ularning chorva hayvonlari organizmiga ta’siri hamda kasalliklar rivojlanish mexanizmlari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Paxtachilik mahsulotlarini qayta ishlash jarayonida ajraladigan changlar tarkibida sellyuloza tolalari, mikroorganizmlar, pestitsid qoldiqlari va organik allergenlar mavjud bo‘lib, ular nafas olish tizimi, ovqat hazm qilish a’zolari, metabolik jarayonlar va immun tizim funksiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga, maqolada changlardan himoyalanish choralari, chorvachilikka yaqin hududlarda ekologik me’yorlarga rioya qilish zaruriyati muhokama qilingan.
2025-10-31
PAXTANI QAYTA ISHLASH SEXLARIDAN AJRALIB CHIQADIGAN CHANGLARNING O'SIMLIKLARGA TA’SIRI
Maqolada paxtani qayta ishlash korxonalarida ajralib chiqadigan changlarning tarkibi, ularning atrof-muhitga, xususan o‘simliklar fiziologik jarayonlariga ko‘rsatadigan ta’siri ilmiy manbalar asosida tahlil qilingan. Changning o‘simliklarda fotosintez, nafas olish, suv almashinuvi, o‘sish dinamikasi hamda hosildorlikka salbiy ta’siri yoritilgan. Shuningdek, changlanishning tuproq muhitiga ko‘rsatadigan ta’siri ham ko‘rib chiqilib, ekologik monitoring va kamaytirish bo‘yicha takliflar berilgan.
2025-10-31
SIDQIY XONDAYLIQIY LIRIKASI
Mazkur tezisda XX asr boshlaridagi o‘zbek adabiyotining yirik vakillaridan biri Sidqiy Xondayliqiy (1884–1934) lirik merosining badiiy xususiyatlari, mavzu doirasi va poetik tamoyillari tahlil qilinadi. Uning ishqiy lirikasidagi insoniy tuyg‘ular talqini, hajviy va ijtimoiy ruhdagi she’rlari, shuningdek, tarjimonlik faoliyatining o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan hissalari tadqiq etiladi. Maqolada shoirning poetik mahorati, tarixiy adabiy jarayon bilan bog‘liqligi va adabiyotdagi o‘rni ilmiy asosda yoritilgan.
2025-10-31
ZAMONAVIY YOSHLAR YETAKCHISI
Bugungi globallashuv va raqamli texnologiyalar asrida har bir jamiyatning taraqqiyoti, avvalo, yoshlarning faolligi, tashabbuskorligi va yetakchilik salohiyatiga bevosita bogʻliqdir. Yurtimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar natijasida yangi avlod vakillari orasida zamonaviy dunyoqarashga, yangilik yaratishga va jamiyatni rivojlantirishga qodir yoshlar yetakchilari shakllanmoqda. Zamonaviy yoshlar yetakchisi - bu shunchaki tashkilotchilik qobiliyatiga ega inson emas, balki o‘z zamonasining talablari, raqamli dunyo jarayonlari va inson qadri konsepsiyasini chuqur anglagan, yoshlar bilan ishlashda yangi yondashuvlarni qo‘llay oladigan lider shaxsdir.
2025-10-31
PROFILAKTIKA INSPEKTORINING FUQAROLARNING HUQUQ VA MANFAATLARIGA TAJOVUZ QILADIGAN HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI BOʻYICHA MAHALLA YITTILIGI BILAN OʻZARO HAMKORLIGINI TAKOMILLASHTIRISH
Mazkur maqolada profilaktika inspektorining fuqarolarning huquq va manfaatlariga tajovuz qiladigan huquqbuzarliklarning oldini olish jarayonida mahalla yettiligi bilan hamkorligini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda mahalla institutida jamoatchilik bilan o‘zaro hamkorlikning ijtimoiy-huquqiy mexanizmlari, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar bayon etiladi. Shuningdek, xavfsiz va barqaror ijtimoiy muhit yaratishda profilaktika inspektorining roli va mahalla yettiligi faoliyatining ahamiyati ilmiy asoslanadi.
2025-10-31
PROFILAKTIKA INSPEKTORINING OILADAGI ZOʻRAVONLIK BILAN BOGʻLIQ HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI BOʻYICHA FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH
Ushbu maqolada profilaktika inspektorlarining oilaviy zoʻravonlik bilan bogʻliq huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi faoliyati, ularning aholi bilan ishlash jarayoni hamda oilaviy ziddiyatlarni barvaqt bartaraf etishdagi oʻrni tahlil qilinadi. Oilaviy zoʻravonlik — jamiyatning ijtimoiy barqarorligiga tahdid soluvchi omillardan biri boʻlib, profilaktika inspektorlarining ushbu yoʻnalishdagi samarali faoliyatini tashkil etish, profilaktik ishning zamonaviy metodlari va psixologik yondashuvlarning qoʻllanilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot yakunida oilalarda sogʻlom muhitni shakllantirish, huquqbuzarliklarning oldini olish, jabrlanganlarga psixologik va huquqiy koʻmak koʻrsatish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
2025-10-31
HUQUQBUZARLIKLARDAN JABIRLANGANLARGA YORDAM KOʻRSATUVCHI IXTISOSLASHTIRILGAN MUASSASALAR FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH
Ushbu maqolada huquqbuzarliklardan jabrlangan shaxslarni ijtimoiy, huquqiy va psixologik qo‘llab-quvvatlash tizimi, ixtisoslashtirilgan muassasalarning funksional faoliyati, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etishning samarali yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Dunyo tajribasi asosida O‘zbekistonda jabrlanuvchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarni modernizatsiya qilish, raqamlashtirish, mutaxassislar tayyorlash hamda viktimologik madaniyatni oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqiladi. Tadqiqot natijalari jabrlanuvchilarni kompleks reabilitatsiya qilish tizimini mustahkamlash, inson huquqlarini himoya qilish va adolat tamoyillarini ta’minlashga xizmat qiladi.
2025-10-31
IBN HOJIBNING “AL-KOFIYA” ASARIDA AMIL NAZARIYASINING SHAKLLANISHI VA GRAMMATIK TIZIMDAGI O‘RNI
Arab tilshunosligi tarixida gap tuzilishini tahlil qilishda amil nazariyasi markaziy ahamiyatga ega. “Amil” tushunchasi arab grammatik tafakkurida so‘zlarning holatini belgilovchi sabab sifatida talqin qilinadi. Ushbu nazariya arab tilining sintaksis va morfologik tuzilishini ilmiy asos bilan o‘rganishga imkon yaratadi.
2025-10-31
