Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative  Academy» организовал Республиканская конференция «Наука и инновация». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.

Опубликован: 2025-12-11

PROFILAKTOKA INSPEKTORINING OILADAGI ZO’RAVONLIK BILAN BO’G’LIQ HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI BO’YICHA FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISHNING TASHKILIY HUQUQIY ASOSLARI

Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasida profilaktika inspektorlarining oiladagi zo‘ravonlik (maishiy zo‘ravonlik) bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha faoliyatini takomillashtirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini o‘rganadi. 2025-yil holatiga ko‘ra, mavjud qonunchilik (O‘RQ-371, LRU-561, JK 126-1-moddalar) va Prezident qarorlari (PQ-2896, PQ-5050, PQ-1) asosida inspektorlarning vakolatlari, himoya mexanizmlari va hamkorlik tizimi tahlil qilinadi. Maqolada amaliy muammolar va takliflar keltirilgan bo‘lib, maqsad – profilaktika samaradorligini oshirishdir.

Rustamov Fayyozbek Ilhomjon o’g’li

4-6

2025-12-10

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING JINSIY ERKINLIKLARGA QARSHI JINOYATLAR PROFILAKTIKASI BO'YICHA SOHAVIY XIZMATLAR BILAN O'ZARO HAMKORLIGINI TAKOMILLASHTIRISH

Maqolada O‘zbekiston Respublikasida jinsiy erkinliklarga qarshi jinoyatlar (JK 118–129-moddalar) profilaktikasida profilaktika inspektorining markaziy o‘rni va sohaviy xizmatlar (tergov, bolalar ishlari bo‘limi, mahalla, ta’lim, sog‘liqni saqlash, fuqarolik jamiyati) bilan hamkorligining hozirgi holati tahlil qilinadi. 2024–2025 yillardagi rasmiy statistika va xalqaro hisobotlarga asosan, ushbu jinoyatlarning latentligi 80–90 %, takrorlanish darajasi esa 68 % gacha yetgani ko‘rsatilgan. Asosiy muammolar: ma’lumot almashinuvining yo‘qligi, parallel ish yuritish, “obro‘” tufayli yashirish odati va majburiy xabardor qilish mexanizmining zaifligi.

Muxammadiminov Omatillo Qaxramon o'g'li

7-9

2025-12-10

IJTIMOIY TARMOQLARDA SODIR BOʻLAYOTGAN KIBERJINOYATLAR VA ULARNI OLDINI OLISH CHORALARI

Ushbu maqola ijtimoiy tarmoqlarda sodir etilayotgan kiberjinoyatlarning zamonaviy holatini, ularning O‘zbekiston Respublikasidagi tarqalishini va oldini olish choralarini tahlil qiladi. Kiberjinoyatlar soni so‘nggi besh yilda 68 marta oshgan bo‘lib, 2025-yilda 46 mingdan ortiq holat qayd etilgan. Asosiy turlari orasida firibgarlik, phishing va shaxsiy ma’lumotlar o‘g‘irlash kiradi. Maqolada qonunchilik islohotlari, ta’lim va texnologik choralar orqali profilaktika mexanizmlari muhokama qilinadi. Maqsad – aholining raqamli xavfsizlik madaniyatini oshirishga hissa qo‘shish. Kalit so‘zlar: kiberjinoyat, ijtimoiy tarmoqlar, profilaktika, O‘zbekiston.

A.A.Iminov, Murodulloyev Samandar Xayrullo oʻgʻli

10-13

2025-12-10

PROFILAKTOKA INSPEKTORINING HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI IJODKORLIGI SOHASIDA ADLIYA ORGANLARI BILAN HAMKORLIGI

Maqola profilaktika inspektorining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi ijodkor yondashuvlari va bu jarayonda adliya organlari (prokuratura, sud, ichki ishlar organlari) bilan hamkorligining huquqiy va amaliy jihatlarini tahlil qiladi. O‘zbekiston Respublikasining jinoyatchilikni oldini olish milliy strategiyasi doirasida profilaktika inspektorining yangi ijodiy usullari (individual profilaktika dasturlari, raqamli monitoring, jamoatchilik bilan hamkorlik) va ularni amalga oshirishda adliya organlari bilan integratsiyalashgan mexanizmlarning samaradorligi ko‘rsatib berilgan. Maqolada hamkorlikning muammoli jihatlari hamda taklif etilgan yechimlar keltirilgan.

Kutlumuratov Quvonchbek Shamshet oʻgʻli

14-16

2025-12-10

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING OILADAGI ZÓRAVONLIK BILAN BOG’LIQ HUQUQBUZARLIKLARNING MAXSUS PROFILAKTIKASINI TAKOMILLASHTIRISHNING TASHKILIY HUQUQIY ASOSLARI

Maqolada oiladagi zo‘ravonlik (jismoniy, psixologik, iqtisodiy, jinsiy) bilan bog‘liq huquqbuzarlik va jinoyatlarning maxsus profilaktikasida profilaktika inspektorining roli, hozirgi tashkiliy-huquqiy muammolar va ularni bartaraf etishning zamonaviy mexanizmlari tahlil qilinadi. Taklif etilgan model profilaktika inspektorini “yagona mas’ul” emas, balki ko‘p tarmoqli jamoaning markaziy koordinatori sifatida qayta belgilaydi.

Xayrulloyev Zuhriddin Nuriddin o’g’li

17-20

2025-12-10

IJTIMOIY TARMOQLAR TUSHUNCHASI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI

Maqolada “ijtimoiy tarmoq” tushunchasining ilmiy ta’rifi, ijtimoiy tarmoqlarning global va O‘zbekistondagi rivojlanish bosqichlari, ularning jamiyat hayotidagi o‘rni va kelajakdagi tendensiyalari tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: ijtimoiy tarmoq, Web 2.0, metaverse, raqamli transformatsiya, O‘zbekiston.

A.A.Iminov, Murodulloyev Samandar Xayrullo oʻgʻli

21-23

2025-12-10

RAQAMLI MARKETINGDA SUN'IY INTELLEKT VA CHATBOTLARNING INTEGRATSIYASI

Ushbu maqolaning maqsadi Raqamli Marketingda Sun'iy Intellekt (SI) va Chatbotlarning qo'llanilishini aniqlashdir. SI (Sun'iy Intellekt) va Chatbotlar Kompyuter Fanlarining ikki xil sohasi bo'lib, Raqamli Marketingning o'zi juda keng mavzudir. Maqola SI va Chatbotlarning Raqamli Marketing bilan aloqasini topishga qaratilgan. Ushbu ish marketing, mijozlarga xizmat ko'rsatish va savdo sohalarida SI va chatbotlarning qo'llanilishini chuqur o'rganadi.

Axmadjonov Ixtiyorjon Rovshanjonovich, H. A. Azizibloyev

24-32

2025-12-10

SHORT FILMS AS A TOOL FOR STRENGTHENING LEARNERS` AUTONOMY IN ENGLISH LANGUAGE LEARNING

This study explores the use of short films as an educational tool to enhance 8th–9th grade students’ autonomy in English language learning. The findings of the study show that using video materials helps learners stay motivated and understand new information more easily during English lessons.

Dinara Djanturayeva

33-35

2025-12-10

DILSHODI BARNO IJODIDA SINONIM SO‘ZLARNING QO‘LLANISHI

Ushbu maqolada XIX asrning yorqin namoyandalaridan biri Dilshodi Barno ijodida sinonim so’zlarning badiiy mahorat bilan qo’llanishi tahlil qilinadi.Maqolada shoiraning g’azallarida ishlatilgan sinonim birliklar orqali mazmunning teranlashuvi,tasvirning boyitilishi va badiiy tasvir  vositalarining kengayishi kabi xususiyatlari aks ettirilgan.

O.V.Isroilova, M.Qurbonova

36-37

2025-12-10

“COMSOL MULTIPHYSICS DASTURINING RIVOJLANISHI VA KO‘P FIZIK JARAYONLARNI MODELLASHTIRISHDAGI SAMARADORLIGI”

COMSOL Multiphsics 6.2 dasturini bir qancha afzalliklari bor. Birinchidan bir vaqtning o‘zida issiqlik, oqim, mexanika, elektromagnit va kimyo jarayonlarini modellashtirish mumkin. Masalan: avtomobil divigateli (issiqlik+oqim+mexamik stress+akustika birlashib bitta model hisoblanadi. Ikkinchidan ichki 3D model chizish imkoniyati mavjud (block, Cylinder, Polygon va hk) mumkin. Uchinchidan material kutubxonasi mavjud. Ichida 4000+ tayyor material: po‘lat ayuminiy, shisha, pomirerlar va hk. Materialning issiqlik, mexanik va elektr xossalari avtomatik qo‘llaniladi. To‘rtinchidan issiqlik +strukturaviy stress qizigan detal kengayish hisoblanadi.

Nabijonova Zinuraxon Saydazam qizi

38-39

2025-12-10

TURLI JINSLI STERJINLARDA ISSIQLIK TARQALISH STATSIONAL VA NOSTATSIONAL JARAYONLAR

Matematika fizika va muhandislik amaliyotida ko‘plab masalalar differensial tenglamalar orqali ifodalanadi.bunday tennglamalarni analitik usullar yordamida yechish har doim muhim emas .shu sababli sonli usullar, xususan chekli ayirmali usullar keng qo‘llaniladi.Chekli ayirmalar usuli differensial tenglamalrni yechishda hosilalarni chekli ayirmalar orqali yaqinlashtirish tamoyiliga asoslanadi . Bu usulda uzluksiz funksiyalar ma’lum  to‘r nuqtalarda xisoblab chiqiladi va ular orasidagi bog’lanish maxsus ayirmalar formulasi yordamida xisoblab chiqiladi. Natijada differensial tenglama algebraik tenglamalar sistemasiga almashtiriladi .Bir o‘lchovli tenglamalar  uchun chekli ayirmalar usuli eng sodda tushunarli ko‘rinishda qo‘llaniladi.

Nabijonova Zinuraxon Saydazam qizi

40-41

2025-12-10

TURLI XIL STERJENLARDA ISSIQLIK TARQALISHI JARAYONLARINI EXCEL HAMDA COMSOL DASTURLARI YORDAMIDA ISSIQLIK TARQALISHINI TEKSHIRISH

Turli jinsli materialli sterjinlar uchun asosiy fizik qonunlar va tenglamalar ishlatiladi. Bu jarayonlar ko‘pincha issiqlik o‘tkazuvchanligi va issiqlik almashinuvi bilan bog’liq . Quyida bir o‘lchovli fazoda issiqlik tarqalishini ifodalovchi asosiy tenglamalr keltirilgan. Turli jinsli materiallar orasida issiqlik o‘tkazuvchanligini aniqlash uchun bir nechata usullar va metodlar mavjud. a) ekspermental usul, b) teoretik usul, c) kompozit materiallar usuli, d) kompyuter simuliyatsiyasi usuli. Har bir usulning o‘ziga xos afzalligi va kamchiligi bor, shuning uchun anniq natijaga erishish uchun ularni birgalikda qo‘llash kerak.

Nabijonova Zinuraxon Saydazam qizi

42-43

2025-12-10

BIR O’ZGARUVCHILI CHIZIQLI REGRESSIYA VA UNING QO’LLANILISHI

Ushbu maqola bir o’zgaruvchili chiziqli regressiya nazariyasi va uning turli sohalardagi qo‘llanilishini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada chiziqli regressiya tenglamasi, parametrlarni baholash usullari, korelatsiya va determinatsiya koeffitsienti orqali natijalarni tahlil qilish tartibi bayon etilgan. Shuningdek, iqtisodiyot, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa amaliy sohalarda bir o’zgaruvchili regressiyaning ahamiyati va qo‘llanilishiga misollar keltirilgan. Maqola o‘quvchi va tadqiqotchilarga ma’lumotlar asosida bashorat qilish va trendlarni aniqlashda yordam berishga mo‘ljallangan.

Tojimamatov Israil Nurmamatovich, Ibroximova Shabnamxon Sherzodjon qizi

44-47

2025-12-10

OLD ENGLISH LITERATURE

Old English literature refers to the earliest period of English literary history, spanning approximately from the 5th to the mid-11th century. This era is marked by oral tradition, heroic poetry, biblical translations, and the development of the Anglo-Saxon language. This study explores the main characteristics, genres, themes, and representative works of Old English literature. Through literary and historical analysis, the research shows how Old English writings shaped the foundations of later English literature.

Sevilya Pulatova , Eldorbek Khamitov

48-49

2025-12-10

THE RENAISSANCE PERIOD IN ENGLISH LITERATURE

The Renaissance period in English literature, roughly spanning the late 15th to early 17th centuries, marked a revival of classical learning, humanism, and artistic creativity. This study examines the main characteristics, influential writers, and cultural shifts that defined the English Renaissance. Through literary analysis and historical interpretation, the research identifies how classical ideals, humanist philosophy, and linguistic innovation shaped English literature during this transformative era.

Sevilya Pulatova, Eldorbek Khamitov

50-51

2025-12-10

O’RTA OSIYONING ANTIK DAVRI MADANIYATI

O‘rta Osiyo antik davri (miloddan avvalgi IV asrdan-milodiy III–IV asrgacha) mintaqa tarixidagi shahar madaniyati yuqori bosqichga ko‘tarilgan davrlardan biri bo‘lib, bu yillarda shaharsozlik, me’morchilik, mudofaa tizimlari va iqtisodiy markazlarning shakllanishi jadal rivojlangan. Bu davrda So‘g‘d, Baqtriya, Xorazm, Farg‘ona va Qang‘da O‘rta Osiyoning antik davri shaharlari rivojlanadi.

Olimov Boburjon Baxromjon o‘g‘li , Abdulhayev Shahzobek Ravshanbek o‘g‘li

52-53

2025-12-10

QADIMGI MISR MADANIY HAYOTI VA DINIY ETIQODI

Qadimgi Misr sivilizatsiyasi insoniyat tarixidagi eng qadimiy va eng ta’sirchan madaniy markazlardan biri sifatida alohida o‘rin tutadi. Nil daryosi bo‘ylarida shakllangan bu ulkan davlat ming yillar davomida o‘zining rivojlangan ijtimoiy tuzilmasi, murakkab iqtisodiy tizimi, yuksak san’ati va takrorlanmas diniy qarashlari bilan ajralib turgan. Misr madaniyatining shakllanishiga tabiiy sharoitlarning ta’siri beqiyos bo‘lib, Nil daryosining muntazam toshqinlari ekin maydonlarining unumdorligini saqlagan, bu esa o‘z navbatida jamiyatning barqaror iqtisodiy hayotini ta’minlagan. Natijada, misrliklar ilm-fan, yozuv, me’morchilik va ma’naviy hayotning turli yo‘nalishlariga katta e’tibor qaratish imkoniga ega bo‘lgan.

Azamjonov Husniddin To‘lqinboy o‘g‘li, Sh.A.Xusanova

54-55

2025-12-10

INTEGRATING THE FOUR SKILLS (LISTENING, SPEAKING, READING, WRITING) IN A HOLISTIC ESL LESSON

This article examines the importance of integrating the four language skills—listening, speaking, reading, and writing—in a holistic ESL lesson. It explores how skill integration supports meaningful communication, reinforces language structures, and promotes balanced proficiency. The article highlights strategies such as task-based learning, collaborative activities, and multimodal input to create cohesive lessons that mirror real-life language use. It also discusses the teacher’s role in designing interconnected tasks, providing scaffolding, and facilitating active learner participation. The study emphasizes that holistic skill integration enhances fluency, accuracy, motivation, and overall communicative competence in diverse classroom contexts.

Uljalg’as Perdenova , Firuza Turopova

56-60

2025-12-10

BUILDING VOCABULARY DEPTH AND BREADTH THROUGH CONTEXTUAL LEARNING

This article examines strategies for developing both the depth and breadth of students’ vocabulary through contextual learning. It explores techniques that emphasize meaningful engagement with words in authentic contexts, including reading comprehension, thematic lessons, semantic mapping, and collaborative discussions. The article highlights the teacher’s role in designing activities that promote word recognition, usage, and retention, and evaluates the impact of contextual learning on learners’ lexical knowledge, comprehension, and language fluency. By analyzing theoretical foundations and classroom applications, the article demonstrates how contextualized approaches foster robust vocabulary acquisition and support long-term language development.

Uljalg’as Perdenova , Firuza Turopova

61-65

2025-12-10

JALOLIDDIN MANGUBERDI — MILLAT G‘URURI VA MARDLIK RAMZI

O‘zbek xalqining tarixida shunday siymolar borki, ularning nomi asrlar o‘tsa ham unutilmaydi, balki avlodlarga kuch, jasorat va vatanparvarlik ruhi ulashadi. Ana shunday buyuk tarixiy shaxslardan biri — Jaloliddin Manguberdi. U mo‘g‘ullar bosqini davrida ham o‘z mardligi, qat’iyati va el-yurtga sadoqati bilan ajralib turgan, bosib olingan yurtlarning ozodligi uchun jonini ayamagan sarkarda sifatida tarixga kirgan. Bugun uning hayoti va faoliyati nafaqat tarixiy xotira, balki yoshlar uchun ibrat maktabidir.

Abullayeva Kibriyo

66-67

2025-12-10

TILSHUNOSLIKDA HARBIY TERMINLAR TADQIQINING NAZARIY ASOSLARI

Ushbu maqolada o‘zbek tildagi harbiy terminlarning shakllanishi, rivojlanishi va lingvistik xususiyatlari tahlil qilingan. Harbiy terminlarning xalq tarixiy-madaniy merosi, mafkuraviy qarashlari va sivilizatsiyalararo aloqalar jarayonida boyib borganligi asoslab beriladi. Shuningdek, maqolada qadimgi turkiy, arab, fors va boshqa manbaviy tillarning o‘zbek harbiy terminologiyasiga ko‘rsatgan ta’siri hamda terminlarning madaniy va ijtimoiy funksiyalari ko‘rib chiqiladi.

G‘ofurova Sarvara Madaminjonovna

68-71

2025-12-10

МОДЕЛИРОВАНИЕ УЧЕБНЫХ ЗАНЯТИЙ В ШКОЛЕ С ИСПОЛЬЗОВАНИЕМ ИННОВАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ

В статье рассматриваются современные подходы к моделированию учебных занятий в общеобразовательной школе с применением инновационных технологий. Автор анализирует сущность педагогического моделирования, особенности интеграции цифровых инструментов и интерактивных средств в образовательный процесс. Определены методологические принципы построения урока нового типа, направленного на развитие компетенций XXI века: критического мышления, коммуникации, креативности и коллаборации.

Алиджонова Сабохат, Садуллаева Маниджа, Ибрагимова Нигина

72-74

2025-12-10

ALPOMISH” DOSTONI ONOMASTIKASI

Ushbu maqolada Alpomish dostonidagi nomlar tasnifi, tasniflashda e’tiborga olinadigan jihatlar haqida so‘z boradi.

Qurbonova Gavhar Xurramovna, To‘raqulova Dilnoza Choriyevna

75-76

2025-12-10

ANOR (Punica granatum L.) NING BOG‘LARINI BARPO QILISH VA PARVARISHLASH TEXNOLOGIYASI

Mazkur maqolada anor о‘simligining biologik xususiyatlari, uning qaysi tur yoki turkumga kirishi, kelib chiqish vatani, tarqalishi, hamda kolleksion bog’larni parvarishlashda bajariladigan asosiy agrotexnik va meliorativ tadbirlar haqida bayon qilingan. Bundan tashqari parvarishlash jarayonida anor navlarining haroratga bo’lgan talabi, hamda o’g’itlarning hosildorlikka tasiri o’rganilib o’zaro tahlil qilindi.

Jumanova Moxira Zoirovna

77-79

2025-12-10

KONSTITUTSIYA-ERKIN VA FAROVON HAYOT GAROVI

Ushbu maqolada Konstitutsiyaning davlat va jamiyatdagi oʻrni, fuqarolarning erkin va farovon hayotining taʼminlashdagi roli muhokama qilinadi.O'zbekiston Respublikasida qabul qilingan yangi Konstitutsiya haqida fikrlar va uning istiqbollari haqida soʻz yuritilinib,qonun ustuvorligi tamoyilining ahamiyati koʻrsatib oʻtiladi.

Abduqahhorova Gulhayo Xabibullo qizi

80-83

2025-12-10

KONSTITUTSIYA VA UNING JAMIYAT HAYOTIDAGI ROLI

Ushbu maqolada konstitutsiyaning jamiyat hayotidagi o‘rni, uning huquqiy asoslari, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashdagi roli va amaliyotdagi muammolar tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida O‘zbekiston konstitutsiyasining tarixiy rivoji, asosiy tamoyillari va uning davlat boshqaruvidagi ahamiyati yoritilgan. Maqola ilmiy nuqtai nazardan konstitutsiyaning jamiyat hayotidagi dolzarb masalalarini o‘rganishga qaratilgan.

Olimova Muslima Baxtiyorjon qizi

84-87

2025-12-10

“9 MAY XOTIRA VA QADRLASH KUNI: TARIXIY HODISA VA ZAMONAVIY YOSHLAR TARBIYASIDAGI O‘RNI”

Maqola 9 May – Xotira va Qadrlash kunining tarixiy ildizlari, uning jamiyat va yoshlar tarbiyasidagi ahamiyatini ilmiy-tahliliy tarzda yoritadi. Ushbu kun urush qatnashchilarining jasorati va fidoyiligini qadrlash, yosh avlodda vatanparvarlik va insoniy fazilatlarni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada bayramning tarixi, zamonaviy nishonlanishi va yoshlar tarbiyasidagi ijtimoiy-ma’naviy roli batafsil tahlil qilinadi.

Olimova Muslima Baxtiyorjon qizi

88-91

2025-12-10

SELECTION OF AN OPTIMAL CONTROLLER FOR AUTOMATIC REGULATION OF MIXING SPEED IN A DISSOLVER UNIT

In this study, the process of automatic control of mixing speed in a dissolver unit used in the production of water-based acrylic paints was analyzed from both theoretical and practical perspectives. A mathematical model of the control object was developed by taking into account the mechanical behavior of the dissolver, the energy distribution generated within the shear zone, the viscoelastic characteristics of the mixing process, and its sensitivity to load variations.

A.O. Jabborov, J.J. Oymurov

92-98

2025-12-11

PAST ENERGIYALI ATOMAR KISLORODDA OKSIDLANISH ORQALI CdZnTe SIRTLARINI INERTLASHTIRISH

Cd1-xZnₓTe (CZT) rentgen va gamma nurlari detektorlarining sirtini passivatsiya qilish usuli mikroto‘lqin yordamida hosil qilingan atomar kislorod bombardimoni orqali ishlab chiqildi. Sirt bo‘ylab oqimning kamayishi tufayli detektorning ishlash samaradorligi sezilarli darajada oshdi. CZT namunalariga Universitetning Issiqlik Atomar Kislorod Qurilmasida atomar kislorod muhiti ta’sir ettirildi. Ushbu tizim kinetik energiyasi 0,1–0,2 eV bo‘lgan neytral atomar kislorod zarralarini hosil qiladi. Atomar kislorod ta’siri natijasida sirtning kimyoviy tarkibi va morfologiyasidagi o‘zgarishlar rentgen fotoelektron spektroskopiyasi hamda atom-kuch mikroskopiyasi orqali o‘rganildi. Olingan natijalar tok-kuchlanish  xarakteristikalari hamda xonа haroratida ¹³³Ba va 241Am nurlanishlariga nisbatan spektral javoblar bilan taqqoslandi. Sirt oqimining taxminan ikki baravar kamayishi va gamma-nurlanish chizig‘i aniqligining sezilarli darajada yaxshilanishi kuzatildi.

Eldor Eshbobo o’g’li Dustmurodov, M.Yu.Mansurova, D.H.Mahmudova, Sh.H.Allaquliyeva, J.J.Xursanjonov

99-102

2025-12-11

СЕДАНА (ЧЕРНУШКА ПОСЕВНАЯ) ШИФОБАХШ ЎСИМЛИКНИНГ АНАТОМИК, КИМЁВИЙ ВА ТАБОБАТДАГИ АҲАМИЯТИ

Ушбу ишда седана (Nigella sativa) ўсимлиги ва унинг шифобахш хусусиятлари ҳақида илмий ҳамда амалий маълумотлар берилади. Седана асрлар давомида халқ табобатида қўлланиб келинадиган ноёб доривор ўсимлик ҳисобланади. Унинг уруғи таркибида эфир мойлари, витаминлар, минерал моддалар ва биологик фаол бирикмалар мавжуд бўлиб, инсон саломатлигини мустаҳкамлашда муҳим роль ўйнайди. Ишда седананинг иммунитетни ошириш, яллиғланишга қарши, микробларга қарши, ошқозон-ичак фаолиятини яхшилаш каби терапевтик таъсирлари ёритилган. Шунингдек, унинг тиббиёт, парҳезшунослик ва косметологияда қўлланилиши ҳақида маълумотлар тақдим этилган. Таҳлиллар асосида седана ўсимлиги табиий даволаш манбаи сифатида юқори қийматга эга экани хулоса қилинади.

Усманова Нозима Миробид кизи, И.Р.Аскаров, З.Х.Абдурахмонов, М.А.Моминова

103-105

2025-12-11

THE PORTRAYAL OF WOMEN IN CRIME AND INVESTIGATION DISCOURSE: AN ENGLISH–UZBEK COMPARATIVE VIEW

This article presents a comparative discourse-oriented analysis of the portrayal of women in English and Uzbek crime and investigation narratives. The study examines how female characters are constructed through narrative roles, communicative behavior, and ideological functions within detective discourse. The material is based on selected English and Uzbek detective texts representing different cultural traditions. The research reveals that English crime discourse predominantly constructs female images through rational agency, institutional participation, and pragmatic restraint, whereas Uzbek discourse foregrounds emotional dominance, moral authority, and collective social responsibility. Despite these differences, universal narrative functions of women as victims, witnesses, and ethical catalysts are preserved across both traditions. The findings contribute to gender linguistics, comparative discourse studies, and literary stylistics.

Nodirakhon Malikova , Indira Xodjalepesova

106-109

2025-12-11

TRANSLATION STRATEGIES IN THE ENGLISH-UZBEK TRANSLATION OF JANE AUSTEN’S PRIDE AND PREJUDICE

This article examines the main translation strategies used in the English–Uzbek translation of Jane Austen’s novel Pride and Prejudice. The study focuses on the ways in which lexical, grammatical, stylistic, and pragmatic features of the original text are rendered in the target language. Special attention is paid to strategies such as literal translation, modulation, transposition, adaptation, and amplification. By means of comparative analysis of selected fragments from the source and target texts, the research identifies the dominant translation strategies and evaluates their effectiveness in preserving the artistic, emotional, and communicative value of the original. The findings show that the translator employs a combination of direct and indirect strategies depending on cultural, linguistic, and stylistic constraints. The results of the study contribute to the development of translation theory and practical training in literary translation.

Sokhiba Ilxomiddinova, Indira Xodjalepesova

110-112

2025-12-11

INKLYUZIV TAʼLIMDA BOLALARNING RIVOJLANTIRISH OMILLARI

Hozirgi kunda taʼlim tizimida inklyuziya tamoyillari tobora keng qo‘llanilmoqda. Inklyuziv taʼlim – barcha bolalar, jumladan alohida ehtiyojga ega (AEE) bolalarning teng imkoniyatlar asosida taʼlim jarayoniga jalb qilinishini taʼminlaydigan pedagogik yondashuvdir. Bu tizimda har bir bolaning individual rivojlanish xususiyatlari, ehtiyojlari va imkoniyatlariga mos sharoitlar yaratish muhim sanaladi. Taʼlimning inklyuziv shakli bolalarning ijtimoiylashuvi, psixologik-barqarorligi hamda rivojlanish jarayonini qo‘llab-quvvatlaydi. Mavzuning dolzarbligi shundan iboratki, inklyuziv taʼlim samaradorligi bevosita bolani rivojlantiruvchi ichki va tashqi omillarni to‘g‘ri tashkil etish bilan bog‘liq.

Usmonova Shohsanam Shavkatovna, Ro’ziboyeva Zarnigor Shahobiddin qizi, Xolmahammatova Sarvinoz Abdupatto qizi

113-116

2025-12-11

BULUTLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA SERVIS XIZMATLARINI TASHKIL ETISH

Ushbu mavzu bulutli texnologiyalar yordamida servis xizmatlarini tashkil etishning asosiy tamoyillari va imkoniyatlarini qisqacha yoritadi. Bulutli servislar resurslarni masofadan boshqarish, tez kengaytirish va xavfsiz saqlash imkonini berib, tashkilotlar uchun qulay va samarali yechim yaratadi.

Maxmudov Isroil Abdullayevich, Xabibullayev Elyor Asqarbek o`g`li

117-118

2025-12-11

ADAPTIV FILTRLAR ASOSIDA MURAKKAB TEXNOLOGIK JARAYONLARNI MATEMATIK MODELLAShTIRISh VA NAZORAT QILISh

Raqamli transformatsiya sharoitida murakkab texnologik jarayonlarni yuqori aniqlikda modellashtirish va nazorat qilish muammosini hal etishga qaratilgan. Unda adaptiv raqamli filtrlar (masalan, LMS yoki RLS algoritmlari) texnologik tizimlardagi shovqinli va o'zgaruvchan signallarni qayta ishlashda qanday qo'llanilishi ko'rib chiqilgan. Taklif etilayotgan model jarayonlarning dinamik xususiyatlarini real vaqt rejimida hisobga olgan holda, modelning parametrlarini avtomatik ravishda moslashtiradi. Natijalar adaptiv filtrlar tizimning barqarorligini va nazorat samaradorligini sezilarli darajada oshirishini ko'rsatadi. Bu esa ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va resurs sarfini optimallashtirish imkonini beradi.

Dalibekov Lochinbek Rustambekovich, Azimova Nasiba Dilshodbek qizi

119-123

2025-12-11

TABIIY FANLARDA O`QUVCHI FAOLIYATINI OSHIRISH METODLARI

Ushbu maqola tabiiy fanlar fanida o‘quvchi faoliyatini samarali oshirish metodlariga bag‘ishlangan. Unda o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, mustaqil fikrlash va tadqiqotchilik qobiliyatlarini shakllantirish yo‘llari tahlil qilinadi. Maqolada interaktiv metodlar, laboratoriya ishlari, ilmiy loyihalar, masalalar yechish va raqamli texnologiyalar yordamida o‘quvchi faoliyatini rag‘batlantirish usullari keltirilgan. Shuningdek, o‘quvchilarning bilimga chanqoqligini oshirish, bilimni amaliyot bilan bog‘lash va ijodiy fikrlashni rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodik tavsiyalar berilgan. Mazkur maqola pedagoglar va metodistlar uchun tabiiy fanlar darslarini samarali tashkil etishda amaliy qo‘llanma bo‘la oladi.   

Yo`ldoshova Sevinch Gulmirza qizi, Qurbonmurodov Elyor

124-126

2025-12-11

GIDRAVLIK QARSHILIK KOEFISIENTINI ANIQLASHDA QO’LLANILADIGAN FORMULALARNI NISBIY XATOLIKNI ANIQLASH

Ushbu maqolada laminar va trubulent oqimlar haqidagi asosiy tushunchalar va ularning zarrachalar yo'nalishini aniqlash uchun qo'llaniladigan formulalar keltirilgan. Nazariy va amaliy jihatlarni grafiklar yordamida ko'rsatib, ularning o'rtasidagi nisbiy xatoliklar ham grafiklar orqali ifodalangan.

Mamadaliyev Y.M.

127-128

2025-12-11

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA KONVERSIYA VA FUNKSIONAL KO‘CHISH: TIPOLOGIK YONDASHUV

Maqolada ingliz va o‘zbek tillarida konversiya (nol affiksli so‘z yasalishi) hamda funksional ko‘chish hodisalari tipologik nuqtayi nazardan taqqoslanadi. Ingliz tili analitik, o‘zbek tili esa agglutinativ tuzilishga ega bo‘lgani uchun so‘z turkumlari o‘zgarishi, uning grammatik cheklovlari va semantik xususiyatlari ikki tilda turlicha namoyon bo‘ladi. Ingliz tilida ot–fe‘l, fe‘l–ot va sifat–ot turkumlari orasidagi konversion juftliklar yuqori darajada produktív bo‘lsa, o‘zbek tilida yangi birliklar odatda affiksatsiya orqali hosil qilinadi, funksional ko‘chish esa ko‘proq sintaktik darajada ko‘zga tashlanadi. Maqolada nazariy manbalar (Bauer, Plag, Marchand va boshqalar) hamda o‘zbek tilshunosligi bo‘yicha tadqiqotlar (Hasanov, Yo‘ldoshev va boshqalar) asosida inglizcha “conversion” terminining o‘zbek tilshunosligida to‘liq ekvivalenti yo‘qligi, ayrim holatlarda nol-affiksli derivatsiya, ayrim holatlarda esa sof funksional ko‘chish sifatida izohlanishi maqsadga muvofiqligi asoslanadi. Natijada tipologik tuzilma, morfologik strategiyalar va semantik o‘zgarishlar o‘rtasidagi bog‘liqlik yoritiladi va kelgusida korpus asosidagi tadqiqotlar uchun dastlabki nazariy zamin yaratiladi.

Raimberdiyeva Afruza Abdubori qizi, Azimova Sayyora Xusanboyevna

129-133

2025-12-11

CODE-SWITCHING IN UZBEK STUDENTS’ EVERYDAY SPEECH (O‘ZBEK TALABALAR NUTQIDA INGLIZCHA SO‘ZLAR ARALASHISHI)

Globallashuv sharoitida ingliz tili axborot, texnologiya va ta’limning asosiy vositasiga aylangani sababli o‘zbek talabalari nutqida inglizcha so‘zlar uchrashi odatiy holga aylandi. Bu til aralashuvi — code-switching — muloqotning kuchli kommunikativ vositasiga aylanib bormoqda. Ushbu maqola mazkur hodisaning asosiy sabablari, namunalari va ijtimoiy-ta’limiy ta’sirlarini qisqa ilmiy yondashuv asosida tahlil qiladi.

Keldibekova Oʻgʻiloy Ahmadjon qizi

134

2025-12-11

ZEBO MIRZO SHE’RIYATIDA KO‘PNUQTANING POETIK FUNKSIYALARI

Ushbu maqolada oʻzbek tilida punktuatsion belgilarning poetik funksiyalari Zebo Mirzo ijodi misolida yoritib berilgan. Bunda shoira ijodiga xos she’riy misralarga murojaat qilingan. Tinish belgilarining lingvopoetik vazifa bajarishida faol qo‘llanuvchi punktuatsion belgilardan ko‘pnuqtaning badiiy funksiyalari ochib berilgan.

Bozorova Feruza Shomurodovna

135-137

2025-12-11