Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative Academy» организовал Республиканская конференция «Наука и инновация». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.
Опубликован: 2025-12-17
Статьи
SUN’IY NEYRON TARMOQLARI (ANN) ASOSIDA TASNIFLASH AMALIYOTI: TIBBIY TASVIRLARNI TAHLIL QILISH MISOLIDA
Ushbu maqola Sun’iy Neyron Tarmoqlari (ANN) ning tasniflash vazifalarida qo‘llanilishini o‘rganadi va uning samaradorligini tibbiy diagnostika sohasida, xususan, X-ray tasvirlarida o‘pka kasalliklarini (masalan, pnevmoniyani) aniqlash misolida namoyish etadi. Maqolaning asosiy maqsadi — Konvolyutsion Neyron Tarmoqlar (CNN) arxitekturasi yordamida yuqori aniqlikdagi tasniflash modelini ishlab chiqish va optimallashtirishdir. Tadqiqotda ma'lumotlarni kuchaytirish (Data Augmentation) va oldindan o‘qitilgan modellardan foydalanish (Transfer Learning, masalan, VGG16 yoki ResNet) metodlari qo'llanildi. Olingan natijalar CNN modelining tibbiyot mutaxassislari darajasiga yaqin bo'lgan yuqori aniqlik (yakuniy natijalarga ko'ra 95% dan yuqori) bilan pnevmoniyani tasniflay olishini ko'rsatadi. Ushbu ish ANN ning Raqamli Transformatsiya jarayonlarida, ayniqsa yuqori ishonchlilik talab qilinadigan diagnostika sohalarida amaliy ahamiyatini ta'kidlaydi.
2025-12-16
THE THEME OF THE "LITTLE MAN" IN A.N. OSTROVSKY'S DRAMA «WITHOUT A DOWRY»
The article examines the image of the "little man" in A.N. Ostrovsky's drama Without a Dowry (1878–1879) through the character of Yuliy Kapitonych Karandyshev. It explores the impact of the 1861 emancipation reform on the play's social environment, where the old "dark kingdom" evolves amid emerging capitalist relations. Karandyshev is portrayed as a poor official living modestly, but the core of his "little man" status lies in society's contemptuous and humiliating attitude toward him. His vanity, petty egoism, and desire for recognition lead to both comic and tragic situations, culminating in the dinner scene and the final catastrophe. The author demonstrates the evolution of the "little man" theme in Russian literature post-Pushkin and Gogol: from a mere victim of circumstances to a complex figure combining humiliation with destructive self-love, deserving not only condemnation but also pity.
2025-12-16
KOMPYUTER SIMULYATSIYASI ASOSIDA FAN TARMOQLARIDA MA’LUMOTLAR OQIMINI OPTIMALLASHTIRISH USULLARI
Mazkur tadqiqot fan tarmoqlarida ma’lumotlar oqimini boshqarish va optimallashtirish muammolarini kompyuter simulyatsiyasi asosida o‘rganishga bag‘ishlangan. Fan tarmoqlari ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalarining axborot infratuzilmasida muhim o‘rin tutib, yuqori tezlik, barqarorlik va ishonchlilikni talab qiladi. Maqolada paketli uzatish texnologiyalari, marshrutlash algoritmlari hamda yuklamani muvozanatlashtirish mexanizmlari simulyatsiya modeli orqali tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, dinamik marshrutlash va yuklamani muvozanatlashtirish usullari tarmoq kechikishini kamaytirish, o‘tkazuvchanlikni oshirish hamda paketlar yo‘qotilishini minimallashtirishda yuqori samaradorlikka ega ekanligi isbotlandi. Olingan xulosalar fan tarmoqlarini loyihalash va modernizatsiya qilishda muhim amaliy ahamiyatga ega.
2025-12-16
THE IMPLEMENTATION OF INTENSIVE AND EXTENSIVE READING IN IMPROVING TEACHING READING COMPREHENSION TO THE ADULT READER
This article discusses the process of learning English with a focus on reading skills, which are part of receptive skills involving both the eyes and the brain. It highlights the limitations of traditional teaching methods in higher education, which often result in students’ lack of interest and motivation. The article emphasizes the importance of incorporating students’ prior knowledge and using creative teaching methods to improve reading comprehension. Two main methods, Intensive Reading (IR) and Extensive Reading (ER), are explored, comparing their characteristics, advantages, and roles in enhancing reading skills. IR focuses on detailed understanding of short, complex texts, while ER encourages reading large amounts of easy texts for enjoyment and fluency. The study underscores that combining both approaches effectively can improve students' reading comprehension and motivation in English learning.
2025-12-16
IQTISODIY O’SISH BO’YICHA EKOLOGIYA SIYOSATI
Iqtisodiy o'sish va ekologik barqarorlik o'rtasidagi munosabatlar XXI asrning eng muhim muammolaridan biri hisoblanadi. Global iqtisodiyotning o'sishi tabiiy resurslarning ekspluatatsiyasi, ifloslanish va iqlim o'zgarishi kabi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shu sababli, iqtisodiy o'sishni ekologik maqsadlar bilan uyg'unlashtiradigan siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish muhim ahamiyatga ega.
2025-12-16
ELASTIKLIK NAZARYASINING AMALIYOTDA QO’LLASH XUSUSIYATLARI
Ushbu ishda elastiklik nazariyasining amaliyotda qo‘llanish xususiyatlari keng yoritilgan. Elastik materiallarning kuchlanish-deformatsiya holatini matematik modellashtirish, konstruksiyalarni loyihalashda elastiklik tenglamalaridan foydalanish, texnologik jarayonlarda materialning elastik xususiyatlarini hisobga olish, zamonaviy kompyuter dasturlarida elastiklik nazariyasi asosidagi raqamli modellashtirish imkoniyatlari batafsil tahlil qilingan. Shuningdek, elastiklik nazariyasining seismik muhandislik, aerokosmik sanoat hamda biomekanikada qo‘llanilishiga oid misollar keltirilgan. Tadqiqot natijalari elastiklik nazariyasining sanoat, qurilish va muhandislik amaliyotidagi muhim o‘rnini asoslaydi.
2025-12-16
KAPITAL QO‘YILMALAR VA KAPITAL BOZORI
Kapital qo‘yilmalar iqtisodiyotning o‘sish va rivojlanishiga katta ta'sir ko‘rsatadi. Ular orqali iqtisodiy tizimda zarur infratuzilma, ishlab chiqarish quvvatlari, texnologiyalar va xizmatlar yaratiladi. Kapital bozori esa, moliyaviy resurslarni jalb qilish, investitsiyalarni taqsimlash va risklarni boshqarish mexanizmi sifatida muhim ahamiyatga ega. Kapital qo‘yilmalar va kapital bozori o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar, ularning iqtisodiy o‘sishdagi roli, shuningdek, ularning samarali ishlashi uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar va siyosiy-iqtisodiy omillar muhokama qilinadi. Bunda kapital bozori va kapital qo‘yilmalarining samarali ishlashining iqtisodiy barqarorlik va ijtimoiy farovonlikka ta'siri haqida chuqur tahlilni taqdim etadi.
2025-12-16
DEVELOPMENT OF METHODS OF TEACHING FOREIGN LANGUAGES: EXPERIENCE OF FOREIGN COUNTRIES
These days, many of teachers make effort to use several different methods in their classes, as these methods are able to make lesson twice interesting and useful for students. By using them, novices get theme of lesson faster and with interest to subject. Although many of methods were innovated in overseas states, but teachers who use them are professionals of their work and they know what to give to students at specific lesson.
2025-12-16
СЕРОЛОГИЧЕСКИЕ И ЭПИДЕМИОЛОГИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ ЛАТЕНТНЫХ ФОРМ ВИРУСНЫХ ГЕПАТИТОВ B И C У ДОНОРОВ КРОВИ
В данном исследовании проведён комплексный анализ латентных форм вирусных гепатитов B и C у доноров крови с использованием серологических и молекулярно-биологических методов. В исследование включены доноры крови, обследованные в 2021–2022 гг., у которых выявлены серологические маркеры вирусных гепатитов при отсутствии клинических проявлений заболевания. Оценка включала определение HBsAg, анти-HBc, анти-HBs, анти-HCV, а также выявление ДНК HBV и РНК HCV методом полимеразной цепной реакции. Дополнительно проанализированы половозрастные особенности распределения маркеров и динамика их выявляемости. Результаты исследования показали, что латентные формы вирусного гепатита B встречаются значительно чаще по сравнению с латентными формами вирусного гепатита C.
2025-12-16
INTERPRETER AS A CULTURAL MEDIATOR: ROLE IN INTERCULTURAL COMMUNICATION
These days, knowing different languages lead to having a successful occupation, as by speaking in dissimilar languages, a company, government and other areas can be in profit in financial side and not only. Thus, interpreters take a huge role in solving many problems, as they try to speak and show all welcomeness from the side of speaker. However, to be good in his job, interpreters learn all vocabulary and traditions of specific nation or state.
2025-12-16
EDUCATING ENGLISH MANNER OF SPEAKING BY 3D GAMES IN EFL LESSONS
In this contemporary area, education takes almost the highest place in improvement of authority. The methods of teaching has changed during many decades and tutors make effort to use them to novices will be able to obtain all necessary data. If we take English as a language which do not stop developing, the majority of teachers have learned to educate pronunciation of specific dialect to students by adding video games to plan of the lessons. Thus, scholars of these classes have opportunity to learn English twice faster.
2025-12-16
O‘QITUVCHI IMIJI: PROFESSIONALIZM, TASHQI KO‘RINISH, NUTQ VA AXLOQIY ME’YOR
Mazkur maqolada pedagog imijining zamonaviy ta’lim tizimidagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Unda o‘qituvchi imijining asosiy tarkibiy qismlari — professionalizm, tashqi ko‘rinish, nutq madaniyati, kinetik harakatlar, axloqiy me’yorlar hamda raqamli (kiber) imijning o‘quv jarayoniga ta’siri yoritib beriladi. Shuningdek, pedagogik muloqot, kasbiy kompetensiya va shaxsiy fazilatlarning o‘qituvchi obro‘si hamda ta’lim samaradorligini oshirishdagi roli asoslab beriladi.
2025-12-16
ЭМПИРИЧЕСКОЕ ИССЛЕДОВАНИЕ ПРОБЛЕМ ЭМОЦИОНАЛЬНОГО ВЫГОРАНИЯ У ПСИХОЛОГОВ
В данной главе магистерской диссертации рассматриваются проблемы эмоционального выгорания у психологов в условиях современной профессиональной деятельности. Особое внимание уделяется анализу когнитивного подхода и роли социально-психологической поддержки в профилактике эмоционального истощения специалистов. Освещаются основные направления зарубежного опыта в области предупреждения профессионального выгорания и возможности их адаптации в условиях Республики Узбекистан. Также анализируются классические психологические подходы к управлению стрессом как важному фактору профессиональной устойчивости психологов. Представленные положения позволяют рассматривать эмоциональное выгорание как многофакторное явление, требующее комплексного научного и практического подхода.
2025-12-16
FEYSBUK (FACEBOOK) IMKONIYATLARI VA UNDA ISHLASH TEXNOLOGIYASI
Mazkur maqolada ijtimoiy tarmoqlarning eng yirik platformalaridan biri hisoblangan Feysbuk (Facebook) ijtimoiy tarmog‘ining imkoniyatlari hamda undan samarali foydalanish texnologiyalari yoritib beriladi. Tadqiqotning dolzarbligi raqamli texnologiyalar rivoji, axborot almashinuvi tezlashuvi va ijtimoiy tarmoqlarning ta’lim, biznes hamda kommunikatsiya sohalaridagi o‘rni ortib borayotgani bilan izohlanadi. Maqolada tahliliy va tavsifiy metodlardan foydalanilgan bo‘lib, Feysbuk platformasining asosiy funksiyalari, foydalanuvchilar uchun qulay jihatlari va undan foydalanish mexanizmlari o‘rganildi. Tadqiqot natijalari Feysbukdan axborot tarqatish, ta’limiy va marketing maqsadlarda samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.
2025-12-16
ISHLAB CHIQARISH OMILLARINING EVOLYUTSIYASI: BILIMGA ASOSLANGAN IQTISODIYOT SHAROITIDA YANGI YONDASHUVLAR
Mazkur tadqiqot an’anaviy ishlab chiqarish omillarining (yer, mehnat va kapital) iqtisodiy taraqqiyot jarayonidagi evolyutsiyasini hamda bilimga asoslangan iqtisodiyot sharoitida ularning mazmunan va funksional jihatdan qanday o‘zgarayotganini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda innovatsiyalar, inson kapitali, bilim va axborot resurslarining zamonaviy iqtisodiyotdagi ustuvor ahamiyati asoslab beriladi. Shuningdek, raqamlashtirish, texnologik rivojlanish va institutsional muhitning ishlab chiqarish omillariga ta’siri tizimli yondashuv asosida o‘rganiladi.
2025-12-16
TADBIRKOR SHAXSINING IJTIMOIY RUHIY HOLATI VA PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARINING KASBIY SAMARADORLIKKA TA’SIRI
Ushbu tezis tadbirkor shaxsining ijtimoiy ruhiy holati va psixologik xususiyatlarini uning kasbiy samaradorligiga ta’sirini ilmiy-tahliliy jihatdan o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotning asosiy maqsadi tadbirkorlarning ruhiy holati va psixologik xususiyatlari kasbiy samaradorlikka qanday ta’sir ko‘rsatishini aniqlashdan iborat.
2025-12-16
МЕТОДОЛОГИЯ АНАЛИЗА ОБЯЗАТЕЛЬСТВ И СОБСТВЕННОГО КАПИТАЛА КОММЕРЧЕСКИХ БАНКОВ В УСЛОВИЯХ ЦИФРОВИЗАЦИИ
Финансовая устойчивость коммерческого банка формируется под воздействием структуры его обязательств и достаточности собственного капитала. В условиях цифровизации банковской деятельности возрастает роль заёмных источников финансирования, долговых инструментов и субординированных обязательств, что усиливает требования к качеству управления пассивами.
2025-12-16
MOLIYAVIY IQTISODIYOT SOHASIDAGI MUAMMOLAR VA ISTIQBOLLAR TAHLILI
Mazkur tezisda moliyaviy iqtisodiyot sohasining hozirgi rivojlanish holati, unda yuzaga kelayotgan asosiy muammolar hamda istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Global iqtisodiy beqarorlik, inflyatsion jarayonlar, moliya bozorlaridagi nomutanosibliklar va risklarning ortishi moliyaviy tizim samaradorligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, raqamli texnologiyalar va innovatsion moliyaviy instrumentlarning joriy etilishi moliyaviy iqtisodiyotni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Tadqiqot natijalari moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash, moliyaviy resurslardan samarali foydalanish va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga qaratilgan amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishda ilmiy-uslubiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
2025-12-16
PHOTOSHOPNING USKUNALAR PANELIVA PALITRALARI
Adobe Photoshop dasturining uskunalar paneli (Tools Panel) va palitralari (Panels/Palettes) dasturning asosiy interfeys elementlari boʻlib, ular tasvirlarni tahrirlash uchun zarur vositalar va funksiyalarni taqdim etadi.
2025-12-16
MASOFAVIY TA’LIM TEXNOLOGIYALARI VA ULARNING OLIY TA’LIM TIZIMIGA TA’SIRI
Ushbu maqolada masofaviy ta’lim texnologiyalarining mazmun-mohiyati, ularning oliy ta’lim jarayoniga integratsiyalashuvi, ta’lim sifati va pedagogik innovatsiyalar rivojiga ko‘rsatgan ta’siri ilmiy tahlil qilinadi. Shuningdek, masofaviy o‘qitishning afzalliklari, muammolari va kelgusidagi rivojlanish istiqbollari yoritilgan.
2025-12-16
ORALIQLARGA QARAB O‘ZGARUVCHI FUNKSIYALARNI O‘QITISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR QO‘LLANISHI
Matematika va uning turli sohalarida funksiyalarning ifodalash va tahlil qilish usullari muhim ahamiyatga ega. Funksiya – bu matematik ifoda bo‘lib, biror o‘zgaruvchi (argument)ga nisbatan boshqa o‘zgaruvchini (natijani) aniqlaydi. Funksiyalarni bir nechta formula yordamida berish, ularni tahlil qilish va grafik shaklda tasvirlashda qo‘llaniladigan metodlarning keng doirasi mavjud. Bunday metodlar ko‘pincha kompleks tizimlarni modellashtirish va analitik hisob-kitoblarni bajarishda foydalidir.
2025-12-16
ADVANTAGES AND CHALLENGES OF TEACHING FOREIGN LANGUAGES IN DISTANCE EDUCATION
This article examines the advantages and challenges of teaching foreign languages in the context of distance education. The study explores the impact of online learning platforms and digital technologies on the effectiveness of foreign language instruction. The flexibility of time and place, accessibility of learning resources, and opportunities for independent learning are identified as key advantages of distance education. At the same time, the article discusses major challenges such as limited face-to-face interaction, technical difficulties, reduced learner motivation, and issues related to assessment and feedback. The role of teachers in designing interactive online activities and maintaining student engagement is emphasized. The findings of the study suggest that effective implementation of distance education requires pedagogical adaptation, technological competence, and learner-centered approaches to ensure successful foreign language learning outcomes.
2025-12-17
ENERGIYA SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA SUN’IY INTELLEKTNING ROLI
Ushbu maqolada energiya samaradorligini oshirish jarayonida sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining o’rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Zamonaviy energetika tizimlarida energiya iste’molini optimallashtirish, yo’qotishlarni kamaytirish hamda resurslarda chuqur oqilona foydalanish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.Maqolada sun’iy intellekt asosidagi algoritmlar,jumladan mashinaviy o’rganish, chuqur o’rganish va ma’lumotlarni tahlil qilish usullarining energiya ishlab chiqarish, uzatish va iste’mol qilish jarayonlarida qo’llanilishi yoritib beradi.Shuningdek, aqlli tarmoqlar (smart grid), binolarning energiya boshqaruvi tizimlari hamda sanoat korxonalarida energiya samaradorligini oshirishda SI texnologiyalarining amaliy imkoniyatlari ko’rib chiqiladi.Tadqiqot natijalari shuni ko’rsatadiki, sun’iy intellektdan foydalanish energiya tejamkorligini ta’minlash ekologik barqarorlikni oshirish va iqtisodiy samaradorlikka erishishda muhim omil hisoblanadi.
2025-12-17
TIKUVCHILIK YO‘NALISHI TALABALARIGA INGLIZ TILINI INTERFAOL PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA O‘QITISH USULLARI
Mazkur ilmiy maqolada tikuvchilik yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga ingliz tilini o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish masalalari yoritilgan. Unda kasbiy yo‘naltirilgan ingliz tili (ESP), axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, interfaol metodlar, raqamli platformalar, loyiha asosida ta’lim va kompetensiyaviy yondashuvning ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, tikuvchilik sohasiga oid leksik birliklarni o‘rgatishda samarali metod va texnologiyalar, ularning amaliy mashg‘ulotlarda qo‘llanish yo‘llari ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan asoslab beriladi.
2025-12-17
ZARMITAN OLTIN KONI QUYI GORIZONTLARINI QAZIB OLISHDA KON BOSIMINI TAHLIL QILISH
Ushbu maqolada Samarqand viloyatidagi “Zarmitan” oltin konining quyi gorizontlarini qazib olish jarayonida kuzatiladigan kon bosimi (geostatik bosim va qazib olinayotgan bo‘shliqlar atrofidagi stress holati) tahlil qilinadi. Konning chuqur gorizontlarida stress taqsimoti qazib olish samaradorligi va texnologik xavfsizlikka bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqotda geomexanika tamoyillari, qazib olish jarayonida stress evolyutsiyasi, atrof-muhit sharoitlari va mashinalarning o‘rni o‘rganiladi. Maqola kon bosimi nazariyasi, ilmiy tadqiqotlar natijalari va ularni Zarmitan koniga tatbiq etish bo‘yicha takliflarni o‘z ichiga oladi.
2025-12-17
INNOVATSION TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISH BO‘YICHA ILG‘OR YONDASHUVLAR
Ushbu maqolada innovatsion tafakkurni shakllantirish bo‘yicha ilg‘or yondashuvlar nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda innovatsion tafakkurning mazmun-mohiyati, uning zamonaviy iqtisodiyot va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni hamda bilimga asoslangan iqtisodiyot sharoitida raqobatbardoshlikni ta’minlashdagi ahamiyati yoritilgan. Maqolada dizayn tafakkuri, kreativ muammolarni hal etish, raqamli texnologiyalar asosida o‘qitish, startap madaniyatini rivojlantirish hamda fan–ta’lim–ishlab chiqarish integratsiyasiga asoslangan yondashuvlar ilg‘or usullar sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, innovatsion tafakkurni rivojlantirishda ta’lim tizimi, tashkiliy muhit va davlat siyosatining o‘zaro uyg‘unligi muhim omil ekanligi asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari innovatsion salohiyatni oshirish, kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.
2025-12-17
XALQARO MARKETINGNING ASOSIY TUSHUNCHALARI: GLOBAL KOMPANIYALAR TAJRIBASIDAN FOYDALANISH
Ushbu maqolada xalqaro marketingning mazmuni, uning milliy marketingdan farqlari hamda jahon bozorida faoliyat yurituvchi global kompaniyalarning strategik yondashuvlari yoritilgan. Xususan, xalqaro marketing strategiyalari — standartlashtirish va moslashtirish, global brending, bozor segmentatsiyasi, narx belgilash, xalqaro taqsimot kanallari va kommunikatsiya siyosatlari misollar orqali tahlil qilinadi. Shuningdek, Coca-Cola, Samsung, Toyota, Apple kabi yetakchi global korporatsiyalarning xalqaro amaliy tajribasi o‘rganilib, ularning muvaffaqiyat omillari va bozorlarga kirish strategiyalari tahlil etilgan. Tadqiqot natijalari xalqaro bozorga chiqishni rejalashtirayotgan korxonalar uchun amaliy ko‘rsatmalar va samarali boshqaruv yondashuvlarini taklif etadi.
2025-12-17
HOKIM QARORLARINI QABUL QILISHDA FUQAROLAR ISHTIROKINING HUQUQIY ASOSLARI
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida hokimlar tomonidan qarorlar qabul qilish jarayonida fuqarolarning ishtirokini ta’minlashning huquqiy asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotda Konstitutsiya normalari, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”, “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi qonunlar hamda ochiq muhokama va jamoatchilik eshituvlariga oid huquqiy mexanizmlar o‘rganiladi. Shuningdek, fuqarolar ishtirokining amaliy ahamiyati, shaffoflikni ta’minlashdagi roli va mahalliy boshqaruv samaradorligiga ta’siri ilmiy asosda yoritiladi.
2025-12-17
ИННОВАЦИЯЛАРНИ БАХОЛАШДА ESG МОДЕЛИНИНГ АХАМИЯТИ
Ушбу мақола ESG (Атроф-муҳит, Ижтимоий ва Корпоратив бошқарув) кўрсаткичларининг молиявий таҳлилга қандай таъсир қилаётганини кенг қамровли тарзда ўрганади. Бугунги кунда глобал иқтисодиёт барқарорлик сари интилаётгани сабабли, ESG омиллари компаниянинг узоқ муддатли барқарорлиги ва молиявий ҳолатини баҳолашда муҳим омилга айланган. Тадқиқот Европадаги етакчи компаниялар мисолида олиб борилиб, ESG кўрсаткичлари ва молиявий натижалар ўртасидаги боғлиқликни статистик ва амалий жиҳатдан таҳлил қилади. Натижалар шунни кўрсатадики, ESG тамойилларига амал қилувчи компаниялар яхшироқ рискларни бошқаради, манфаатдор томонлар билан ишончли алоқалар ўрнатади ва бренд обрўсини мустаҳкамлайди. Бу эса, ўз навбатида, уларнинг инвесторлар учун жозибадорлигини оширади ва молиявий барқарорлигини таъминлайди. Мақолада ESG кўрсаткичларининг бизнес стратегияси, очиқлик, барқарорлик ва масъулиятни қандай кучайтирмаётгани ҳақида муҳим хулосалар келтирилади.
2025-12-17
INNOVATSION LOYIHALARNI MOLIYALASHTIRISH ASOSLARI
Innovatsion loyihalarni moliyalashtirish — zamonaviy iqtisodiyotning dolzarb masalalaridan biridir. Innovatsion faoliyatni samarali amalga oshirish o‘ziga xos murakkabliklar, yuqori risk va katta moliyaviy resurslar talab etadi. Shu sababli innovatsion loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlari va ularning nazariy asoslarini chuqur o‘rganish, shu jarayonda samarali moliyaviy strategiyalarni aniqlash zaruratdir. Ushbu maqolada innovatsion loyihalarni moliyalashtirishning nazariy fundamentlari, manbalari, usullari hamda samarasini oshirish mexanizmlari kompleks tarzda tahlil qilinadi. Maqola innovatsion moliyalashtirish bo‘yicha mavjud ilmiy adabiyotlar asosida tuzilgan boʻlib, amaliy hamda nazariy jihatlarni o‘zida mujassam etadi.
2025-12-17
RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA TADBIRKORLIK FAOLIYATINING ASOSIY RIVOJLANISH YO‘NALISHLARI
Mazkur maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida tadbirkorlik faoliyatining asosiy rivojlanish yo‘nalishlari statistik tahlil asosida yoritilgan. Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, OECD, UNCTAD va boshqa xalqaro tashkilotlarning rasmiy statistik ma’lumotlariga tayangan holda raqamli texnologiyalarning tadbirkorlik subyektlari soni, bandlik darajasi, yalpi ichki mahsulotdagi ulushi hamda elektron tijorat hajmiga ta’siri tahlil qilingan. Maqolada raqamli platformalar, elektron tijorat, startaplar va raqamli xizmatlar bozorining rivojlanish tendensiyalari statistik ko‘rsatkichlar orqali asoslab berilgan.
2025-12-17
DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATI TIZIMIDA SOLIQ NAZORATINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI
Mazkur tadqiqotda davlat moliyaviy nazorati tizimining muhim tarkibiy qismi bo‘lgan soliq nazoratining hozirgi holati hamda uni takomillashtirish zarurati ilmiy asosda tahlil qilinadi. Soliq nazoratini amalga oshirishda uchrayotgan asosiy muammolar, jumladan, an’anaviy nazorat usullarining samarasizligi, ma’muriy yuklamaning yuqoriligi va axborot tizimlari integratsiyasining yetarli emasligi yoritib beriladi. Tadqiqot davomida soliq nazoratini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari sifatida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, riskga asoslangan nazorat mexanizmlaridan foydalanish hamda soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish masalalari asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari soliq nazoratining samaradorligini oshirish, byudjet daromadlarining barqarorligini ta’minlash va davlat moliyaviy intizomini mustahkamlashga xizmat qiladi.
2025-12-17
ARABLARNING O’RTA OSIYOGA BOSQINI VA ISLOM DININING YOYILISHI
Ushbu maqola islom dinining paydo bo‘lishi, Qur’oni Karim orqali shakllanishi va VII–VIII asrlarda Arabiston yarimorolidan O‘rta Osiyoga bosqin qilgan arablarning harbiy yurishlari hamda islomni mahalliy aholi orasida yoyilishi jarayonini o‘rganadi. Arablarning Movarounnahr va Xurosonni egallashi, Qutayba ibn Muslim boshchiligidagi yurishlar, viloyatlarni boshqarish tizimi va mahalliy aholiga ta’siri yoritilgan. Shu bilan birga, islom dinining targ‘ib qilinishi, masjidlar faoliyati va soliqlar tizimi hududning madaniy va dini rivojlanishiga ta’siri ko‘rsatadi.
2025-12-17
SUN’IY INTELLEKT VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA INTERAKTIV O‘QITISH TIZIMINI ISHLAB CHIQISH
Ushbu maqolada sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar asosida interaktiv o‘qitish tizimini ishlab chiqish jarayoni, uning ta’lim sifatini oshirishdagi ahamiyati hamda zamonaviy ta’lim tizimiga ta’siri haqida yoritilib o’tilgan. Sun’iy intellektning o‘qitishdagi adaptiv imkoniyatlari, raqamli texnologiyalarning interaktiv muhit yaratishdagi roli va o‘qituvchi hamda o’quvchi o‘rtasidagi muloqotni takomillashtirishdagi afzalliklari haqida tahlil qilinadi. Shu bilan birga, AI yordamida shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish metodlarini shakllantirish, o‘quv jarayonini avtomatlashtirish, aralash ta’limni tashkil etish va interaktiv ta’lim platformalarini yaratish yo‘nalishlari haqida so‘z yuritilib o’tiladi.
2025-12-17
WINDOWS SERVER MUHITIDA VIRTUALIZATSIYA JARAYONLARI: HYPER-V TEXNOLOGIYASINING KORPORATIV RESURSLARNI BOSHQARISH VA OPTIMALLASHTIRISHDAGI AHAMIYATI
Ushbu maqolada Windows Server muhiti uchun mo‘ljallangan Hyper-V virtualizatsiya texnologiyasining korporativ infratuzilmalarni boshqarishdagi ahamiyati yoritiladi. Virtual mashinalar yordamida server resurslarini samarali taqsimlash, jismoniy qurilmalar yuklamasini kamaytirish hamda xizmatlarning uzluksizligini ta’minlash imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, Hyper-Vda qo‘llaniladigan Live Migration, Storage Migration, Snapshot va klasterlash kabi funksiyalar orqali IT infratuzilmasining moslashuvchanligi va xavfsizligini oshirish bo‘yicha amaliy yondashuvlar ko‘rib chiqiladi. Maqola korporativ tashkilotlarda virtualizatsiya texnologiyalari orqali xarajatlarni optimallashtirish va boshqaruvni soddalashtirishning zamonaviy usullarini o‘rganishga qaratilgan.
2025-12-17
THE GENERAL OVERVIEW OF ROMAN-GERMANIC LANGUAGES AND THE CLASSIFICATION OF ROMAN-GERMANIC TRIBES
This paper analyzes the linguistic and historical development of the Roman-Germanic languages and tribes. It explores how the Italic (Roman) and Germanic branches of the Indo-European family evolved, interacted, and shaped the modern European cultural and linguistic landscape. The study highlights the influence of language contact, migration, and shared roots on today’s major European languages.
2025-12-17
QULAY ATROF MUHIT VA U HAQIDA AXBOROTGA EGA BOʻLISH
Ushbu tadqiqot globallashuv va shiddatli urbanizatsiya sharoitida inson farovonligi uchun qulay atrof-muhitning hal qiluvchi ahamiyatini o'rganadi. Maqola atrof-muhitning jismoniy (havo sifati, shovqin darajasi) va psixologik (xavfsizlik, osoyishtalik) jihatlari inson salomatligi va mehnat unumdorligiga qanday ta'sir qilishini tahlil qiladi.Mavzuning dolzarbliligi shundaki, zamonaviy jamiyatda ekologik muammolar (iqlim o'zgarishi, resurslar tanqisligi) tobora ortib bormoqda, bu esa ongli yondashuvni talab qiladi. Annotatsiya axborotga ega boʻlish madaniyatini ushbu muammolarga qarshi kurashishning asosiy mexanizmi sifatida ta'kidlaydi. Raqamli texnologiyalar orqali olinadigan ishonchli ekologik ma'lumotlar O'zbekiston Ekologiya vazirligi rasmiy sayti kabi manbalar orqali odamlarga xavflarni baholash va o'z hayotlarini yaxshilashga yordam beradi.Tadqiqotning maqsadi — atrof-muhit haqidagi ma'lumotlardan samarali foydalanish orqali shaxsiy va jamoaviy mas'uliyatni oshirish yo'llarini ko'rsatish.Xulosa qilib aytganda, ushbu ish qulay atrof-muhitni ta'minlashda axborot ochiqligi va fuqarolik faolligining o'zaro bog'liqligini ochib beradi va barqaror kelajakni qurish uchun amaliy tavsiyalar beradi.
2025-12-17
TALIS KO`RSATKICHLARI ASOSIDA BOSHLANG`ICH SINF O`QITUVCHISINING REFLEKSIV MADANIYATINI TAKOMILLASHTIRISH OMILLARI
Ushbu maqola TALIS ko`rsatkichlari asosida boshlang`ich sinf o`qituvchisining refleksiv madaniyatini takomillashtirish omillarini ilmiy va amaliy nuqtai nazardan tahlil qilingan. Pedagoglarning professionalligi va madaniyatining ta`lim sifatiga ta`siri, refleksiv madaniyat va uning rivojlanish mezonlari yoritilgan. Talis ko‘rsatkichlari asosida o`qituvchilar faoliyatini rivojlantirish uchun tavsiyalar, dasturlar va strategiyalar taqdim etilib, ta`lim sifatini oshirish va pedagogik madaniyatni mustahkamlashda muhim rol o`ynashiga e`tibor qaratilgan.
2025-12-17
SANOAT KORXONALARIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA BIZNES JARAYONLARINI BOSHQARISH MEXANIZMLARINING AMALIY JIHATLARI
Mazkur tezisda sanoat korxonalarida raqamli texnologiyalarni qo‘llash orqali biznes jarayonlarini boshqarishning amaliy mexanizmlari yoritilgan. Asosiy e’tibor raqamli boshqaruvga o‘tishning iqtisodiy va tashkiliy zarurati, undan kutilayotgan samaradorlik, mavjud muammolar hamda ularni hal etish yo‘llariga qaratilgan. Tezisda texnologiyalarni soddalashtirilgan yondashuv orqali joriy etishning amaliy jihatlari, ayniqsa, mahalliy sanoat korxonalari sharoitida qanday tatbiq etilayotgani tahlil qilingan. Natijada, raqamli texnologiyalar asosida shakllanayotgan yangi boshqaruv modeli sanoatni optimallashtirishda muhim omil bo‘lishi asoslab berilgan.
2025-12-17
ORGANIZMNING YASHIRIN ENERGIYASI: T₃ GORMONI VA HAYOTIY JARAYONLARNING BOSHQARUVI”
Ushbu maqola inson organizmidagi triyodtironin (T₃) gormonining kimyoviy tabiati, sintezi, fiziologik funksiyalari va boshqarilish mexanizmlarini yoritadi. T₃ gormoni metabolizm tezligini oshirish, yurak-qon tomir tizimi faoliyatini tartibga solish, markaziy asab tizimi rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash va hujayralarda oqsil sintezi hamda mitoz jarayonlarini kuchaytirish kabi asosiy hayotiy jarayonlarga ta’sir ko‘rsatadi. Maqolada gipotalamus–gipofiz–qalqonsimon bez tizimi orqali T₃ darajasi teskari aloqa tamoyili bilan nazorat qilinishi, uning ortiqcha yoki yetishmovchiligi natijasida yuzaga keladigan gipertireozi va gipotireoz holatlari, shuningdek diagnostika va davolash imkoniyatlari ham muhokama qilinadi. Shu bilan birga, T₃ gormonining organizmdagi energetik boshqaruvchi roliga alohida urg‘u berilgan.
2025-12-17
NAVOIY VILOYATIDA SANOAT KORXONALARI EMISSIYASIDAGI PM2.5 ZARRACHALARINING AHOLI NAFAS OLISH TIZIMIGA TA’SIRI
Ushbu tezisda Nvoiy viloyatidagi yirik sanoat korxonalari emissiyalaridagi PM2.5 zarrachalarining aholi nafas olish tizimiga ta’siri o’rganilgan. Tadqiqitning asosiy maqsadi sanoat chiqindilaridan hosil bo’lgan nozik changlarning nafas yo’llariga ko’rsatgan o’tkir va surunkali ta’sirini aniqlashdir. Shuningdek bu ishda aholi salomatligini himoya qilish va sanoat emissiyalarini kamaytirish bo’yicha qisman profilaktik chora tadbirlar keltirilgan.
2025-12-17
