Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative Academy» организовал Республиканская конференция «Наука и инновация». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.
Опубликован: 2026-01-14
Статьи
BОSHLАNG‘IСH TА’LIMDА BАHОLАSH USULLАRINING АN’АNАVIY VА ZАMОNАVIY YОNDАSHUVLАRI
Mаzkur mаqоlаdа bоshlаng‘iсh tа’lim tizimidа qо‘llаnilаdigаn bаhоlаsh usullаrining аn’аnаviy vа zаmоnаviy yоndаshuvlаri ilmiy-nаzаriy jihаtdаn tаhlil qilinаdi. Bаhоlаshning tа’lim jаrаyоnidаgi о‘rni, uning о‘quvсhilаrning bilim, kо‘nikmа vа kоmpеtеnsiyаlаrini rivоjlаntirishdаgi аhаmiyаti yоritilаdi.
2026-01-13
THE DISTINCTIVE FEATURES OF CULTURAL TRANSFORMATION IN THE INFORMATION SOCIETY
This study provides an in-depth socio-philosophical analysis of cultural transformation within the framework of the information society and digital civilization. The rapid development of information and communication technologies, digital media platforms, artificial intelligence, and global networks has fundamentally reshaped cultural production, dissemination, and consumption. The article examines cultural transformation as a complex, multidimensional process affecting national identity, spiritual values, social interaction, and collective consciousness.
2026-01-13
“KICHKINA SHAHZODA” ASARIDA ALLEGORIK OBRAZLAR VA ILMIY DALIL MASALASI
Mazkur ilmiy maqolada Antuan de Sent-Ekzyuperining “Kichkina shahzoda” asaridagi allegorik obrazlarning badiiy, falsafiy va psixologik mohiyati keng yoritilgan. Tadqiqotda allegoriyaning adabiy va falsafiy talqinlari, uning zamonaviy tahlildagi o‘rni hamda “ilmiy dalil” masalasi muammoni yechish omili sifatida tahlil etiladi.
2026-01-13
BOSHLANG’ICH SINFLARDA TABIAT BILAN TANISHTIRISHDA SHARQ MUTAFAKKIRLARINING MEROSIDAN FOYDALANISH
Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘quvchilarni tabiat bilan tanishtirishda Sharq mutafakkirlari merosidan foydalanishning pedagogik ahamiyati yoritilgan. Mutafakkirlar asarlaridagi ilmiy, falsafiy va axloqiy g‘oyalarni dars jarayoniga integratsiya qilish orqali o‘quvchilarda ekologik madaniyat, tabiatga mehr-muhabbat va mas’uliyat hissini shakllantirish imkoniyatlari ochib beriladi. Maqolada tabiatshunoslik darslarida mutafakkirlar merosidan foydalanishning samarali metod va usullari, didaktik imkoniyatlari hamda amaliy misollar asosida ta’lim-tarbiya jarayoniga ijobiy ta’siri asoslab berilgan.
2026-01-13
BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA O‘QUVCHILARNING O‘QUV- BILUV FAOLIYATI BOSQICHLARINI SHAKLLANTIRISH MASALALARI
Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘quvchilarning o‘quv-biluv faoliyatini bosqichma-bosqich shakllantirish masalalari yoritilgan. O‘quv-biluv faoliyatining mazmun-mohiyati, uning psixologik-pedagogik asoslari hamda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida bilish jarayonlarini rivojlantirish yo‘llari tahlil qilingan. Shuningdek, o‘quv-biluv faoliyatini samarali tashkil etishda o‘qituvchining roli va metodik yondashuvlar ko‘rsatib berilgan.
2026-01-13
KICHIK BIZNES SUBYEKTLARI RIVOJLANISHIDA INNOVATSIYALARNING AHAMIYATI
Ushbu maqolada kichik biznes subyektlarining rivojlanishida innovatsiyalarning o‘rni va ahamiyati batafsil tahlil qilinadi. Maqola innovatsiya tushunchasi, uning turlari, kichik biznesdagi qo‘llanilishi, raqobatbardoshlik va iqtisodiy rivojlanishga ta’siri kengroq ko‘rib chiqiladi. Shu bilan birga, innovatsiyalarni tatbiq etish orqali biznes samaradorligini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, ichki va tashqi bozor imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, korxona imidjini mustahkamlash kabi jihatlar ham muhokama qilinadi. Ushbu maqola nazariy va amaliy jihatlarni birlashtirib, kichik biznes subyektlarining barqaror rivojlanishida innovatsiyalarning strategik ahamiyatini ko‘rsatadi.
2026-01-13
TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA TA’MINOT ZANJIRINI BOSHQARISH
Zamonaviy iqtisodiyot sharoitida ta’minot zanjiri korxona va tashkilotlar faoliyatining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarish jarayonidan boshlab mahsulot yoki xizmatni yakuniy iste’molchiga yetkazib berishgacha bo‘lgan barcha bosqichlar o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lib, ularni samarali boshqarish yuqori raqobat sharoitida muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur tezisda ta’minot zanjirini boshqarishda zamonaviy texnologiyalarning tutgan o‘rni va ahamiyati atroflicha yoritib beriladi. Axborot texnologiyalari, ERP tizimlari, sun’iy intellekt, Big Data, Internet of Things (IoT), blokcheyn, avtomatlashtirish va robototexnika tizimlarining ta’minot zanjiri jarayonlariga ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, risklarni boshqarish, xarajatlarni kamaytirish va biznes samaradorligini oshirishda texnologiyalarning roli ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston sharoitida ta’minot zanjirini raqamlashtirish jarayonlari, ularning iqtisodiyot rivojiga ta’siri va istiqbollari ham alohida e’tiborga olinadi.
2026-01-13
XITOY VA O ‘ZBEKISTONNING INVESTITSION HAMKORLIGIDAGI YO ‘NALISHLAR VA IMKONIYATLAR
Ushbu maqola Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi investitsion hamkorlikni nazariy va amaliy jihatdan tahlil qiladi. Tadqiqot doirasida xorijiy investitsiyalarning tushunchasi va turlari, Xitoyning tashqi investitsiya siyosati, shuningdek, O‘zbekistonning investitsion siyosati va so‘nggi islohotlari ko‘rib chiqilgan. Maqola xalqaro statistik ma’lumotlar, jadvallar va real loyiha misollaridan foydalangan holda ikki davlatning iqtisodiy va strategik hamkorligini, shuningdek, investitsiyalar orqali yaratilayotgan imkoniyatlarni yoritadi. Tadqiqot natijalari O‘zbekistonning global iqtisodiyotga integratsiyalashuvi va uzoq muddatli barqaror rivojlanishida investitsiyalarning o‘rnini aniqlashga yordam beradi.
2026-01-13
MEDIAMATNLARNING TAHLIL QILISH MEZONLARI KOMBINATSIYASI
Bosma matbuot ommaviy axborot vositalarining barqaror tizimini shakllantirishda hamda ma’lum bir media landshaftining milliy va madaniy xususiyatlarini aks ettirishda muhim o‘rin tutadi. U muntazam takrorlanadigan mavzular – buzz-topics – orqali olamning dinamik o‘zgaruvchan manzarasini tartibga soladi va shu bilan birga, nashrlarga bo‘lgan auditoriya qiziqishini sezilarli darajada oshiradi.
2026-01-13
ЛАТЕНТНЫЙ ДЕФИЦИТ ЖЕЛЕЗА У БЕРЕМЕННЫХ
Латентная эндотелиальная дисфункция (ЛЭД) представляет собой состояние, при котором эндотелиальные клетки, выстилающие сосуды, не функционируют должным образом, что может приводить к различным нарушениям в организме [4,5]. Латентная эндотелиальная дисфункция может проявляться на ранних стадиях, не имея чётких клинических симптомов, но в то же время предопределяя риск развития серьёзных осложнений, таких как анемия [2,3]. Анемия, в свою очередь, является распространенным состоянием, затрагивающим значительное количество беременных женщин и может вести к негативным последствиям как для матери, так и для плода, включая преждевременные роды, низкий вес при рождении и различные перинатальные осложнения [1,6].
2026-01-13
BOSHLANGʻICH SINFLARDA NAMOYISH DASTURLARIDAN FOYDALANGAN HOLDA PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALAR ASOSIDA TEST YARATISH METODIKASI
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun namoyish dasturlaridan (PowerPoint, elektron taqdimotlar, interaktiv slaydlar) foydalanib pedagogik dasturiy vositalar asosida testlar yaratish metodikasi yoritilgan. Tadqiqotda boshlang‘ich ta’limda vizual va interaktiv vositalarning o‘quvchilarning qiziqishi, idroki hamda fikrlash faolligiga ta’siri asoslab beriladi. Shuningdek, test savollarini slaydlar, animatsiyalar, rasm va multimedia unsurlari orqali ishlab chiqishning afzalliklari, bosqichlari va metodik talablari tahlil qilingan. Maqola natijalariga ko‘ra, namoyish dasturlari yordamida yaratilgan interaktiv testlar dars samaradorligini oshiradi, o‘quvchilarning bilimini tezkor baholashga yordam beradi hamda ularning mustaqil fikrlash va eslab qolish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
2026-01-13
BOSHLANGʻICH TAʼLIMDA MOBIL INTERNETDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI VA CHEKLOVLARI
Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim jarayonida mobil internetdan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari va cheklovlari tahlil etiladi. Mobil internet o‘quvchilarda raqamli kompetensiyani shakllantirish, interaktiv dars jarayonini tashkil etish va elektron resurslardan foydalanishni qulaylashtirishi yoritilgan. Shu bilan birga, mobil qurilmadan noto‘g‘ri foydalanish, texnik cheklovlar va nazoratning sustligi kabi muammolar ham ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, mobil internetdan samarali foydalanish boshlang‘ich ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.
2026-01-13
BOSHLANGʻICH SINFLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING AFZALLIK VA KAMCHILIKLARI
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalaridan foydalanish jarayonining nazariy-metodik asoslari, pedagogik samaradorligi, yosh xususiyatlariga ta’siri, amaliy qo‘llashda uchraydigan cheklovlar va xavfsizlik omillari ilmiy yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda raqamli o‘quv vositalari, multimediya resurslari, interaktiv platformalar hamda elektron ta’lim tizimining boshlang‘ich ta’lim bosqichiga kiritilishi bilan bog‘liq didaktik afzalliklar, o‘quvchi kompetensiyalarining shakllanishiga ta’siri, o‘qituvchi faoliyatini modernizatsiya qilishdagi roli asoslanadi. Shuningdek, AKTning noto‘g‘ri qo‘llanishi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan psixologik, fiziologik va ijtimoiy salbiy omillar ilmiy manbalarga tayanib tahlil etiladi. Maqola boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kognitiv rivojiga mos ravishda raqamli ta’limni optimallashtirish bo‘yicha aniq tavsiyalar, samaradorlikni belgilovchi metodik mezonlar hamda ta’lim jarayonida texnologiyalardan oqilona foydalanishning muhim yo‘llarini taklif etadi.
2026-01-13
ELEKTRON DARSLIK YARATUVCHI DASTURLAR BILAN ISHLASH BOʻYICHA VIDEO-QOʻLLANMA TAYYORLASH
Mazkur maqolada elektron darslik yaratuvchi dasturlar bilan ishlash bo‘yicha video-qo‘llanma tayyorlashning nazariy va amaliy asoslari tahlil qilinadi. Raqamli ta’lim jarayonining jadallashuvi o‘qituvchilardan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish, elektron o‘quv resurslari yaratish va ularni o‘quvchilarga qulay shaklda yetkazib berish ko‘nikmalarini talab etmoqda. Shu sababli video-qo‘llanmalar pedagoglar uchun amaliy yo‘riqnoma sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Video shakldagi ko‘rsatmalar interfeys elementlarini ko‘rgazmali yoritish, bosqichma-bosqich jarayonni tushuntirish va real ish muhitiga yaqin tajriba yaratish imkonini beradi.
2026-01-13
BULUTLI TEXNOLOGIYALAR ORQALI DASTURIY VOSITALARNI LOYIHALASH
Ushbu maqola “Bulutli texnologiyalar orqali dasturiy vositalarni loyihalash” mavzusini har tomonlama o‘rganadi va zamonaviy axborot texnologiyalari sohasidagi bulutli hisoblashning dasturiy ta’minotni yaratish, sinovdan o‘tkazish va tarqatish jarayonlaridagi rolini tahlil qiladi. An’anaviy lokal serverlar va tizimlardan farqli o‘laroq, bulutli platformalar foydalanuvchilarga global tarmoq orqali resurslarga kirish, jamoaviy ishlash va ma’lumotlarni real vaqt rejimida boshqarish imkonini beradi. Maqolada bulutli xizmatlar modeli – IaaS, PaaS va SaaS – dasturiy vositalarni loyihalashda qanday qo‘llanilishi, ularning afzalliklari va amaliy tadbiqlari ko‘rib chiqiladi.
2026-01-13
PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALAR BO‘YICHA TEZIS YOKI MAQOLALAR CHIQARISH
Ushbu ilmiy maqolada pedagogik dasturiy vositalarning zamonaviy ta’lim tizimidagi roli, ahamiyati va ularni qo‘llashning didaktik imkoniyatlari har tomonlama tahlil qilinadi. Raqamli transformatsiya jarayonlari kuchayib borayotgan hozirgi sharoitda ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda o'qituvchi faoliyatini yengillashtirishda pedagogik dasturiy vositalar muhim o‘rin egallamoqda. Tadqiqot davomida elektron darsliklar, interaktiv platformalar, multimedia majmualari, virtual va simulyatsion laboratoriyalar, intellektual ta’lim tizimlari, shuningdek, masofaviy va aralash ta’lim muhiti uchun yaratilgan dasturiy yechimlar o‘rganildi.
2026-01-13
BOSHLANG’ICH SINFLARDA O‘QUVCHILARNING INFORMATIKAGA OID O‘YINLAR VA GAMEFIKATSIYA METODLARI
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida informatik fikrlash, algoritmik tafakkur, mantiqiy muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini shakllantirishda didaktik o‘yinlar va gamefikatsiya (o‘yinlashtirish) texnologiyalarining ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, mazkur metodlarning nazariy asoslari, qo‘llash strategiyalari va amaliy misollar keltiriladi.
2026-01-13
AMALIY DASTURLARDA PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALAR YARATISH BO’YICHA INFOGRAFIKA TAYYORLASH
Ushbu maqolada amaliy dasturlar yordamida pedagogik dasturiy vositalar (PDV) yaratishda infografika texnologiyasining o‘rni, uning ta’lim jarayoniga ta’siri va samaradorlik omillari batafsil yoritiladi. Infografika raqamli pedagogik vositalar tuzishda asosiy tarkibiy qism bo‘lib, o‘quvchilarning axborotni qabul qilishi, tahlil qilishi va eslab qolish jarayonlariga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Maqolada infografika asosida PDV yaratish metodikasi, amaliy dasturlarning funksional imkoniyatlari, dizayn tamoyillari, o‘quv jarayonida qo‘llash strategiyalari hamda o‘quvchilar faoliyatini faollashtirish mexanizmlari keng qamrovda yoritilgan.
2026-01-13
НАЛОГОВАЯ ПОЛИТИКА РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН: РЕФОРМИРОВАНИЕ АДМИНИСТРИРОВАНИЯ И РАСШИРЕНИЕ СИСТЕМЫ НАЛОГОВЫХ ЛЬГОТ ДЛЯ БИЗНЕСА
В статье рассматриваются основные направления реформирования налоговой системы Республики Узбекистан в контексте налогово-бюджетной политики. Анализируются изменения в налоговом администрировании, механизмах ответственности налогоплательщиков, а также система налоговых льгот, направленных на поддержку предпринимательской деятельности и приоритетных отраслей экономики. Особое внимание уделено институциональным аспектам цифровизации налогового контроля, снижению административной нагрузки и формированию благоприятной деловой среды. Делается вывод о сбалансированном характере реформ, сочетающих стимулирование бизнеса и обеспечение фискальной устойчивости государства.
2026-01-13
PROFILAKTIKA INSPEKTORINING OMMAVIY TARTIBSIZLIKLAR JARAYONIDA ICHKI ISHLAR ORGANLARINING JAMOAT TARTIBINI SAQLASH XIZMATI BILAN O‘ZARO HAMKORLIGINI TAKOMILLASHTIRISHNING ASOSIY XUSUSIYATLARI VA TASHKILIY HUQUQIY ASOSLARI
Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimining muhim bo‘g‘ini bo‘lgan profilaktika inspektori (PI) va ichki ishlar organlarining jamoat tartibini saqlash xizmati (JTSX — patrul-post xizmati, tezkor bo‘linmalar, Milliy gvardiya bilan integratsiya) o‘rtasidagi hamkorlikni ommaviy tartibsizliklar (OTT) jarayonida takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan. Maqolada mazkur hamkorlikning huquqiy asoslari, tashkiliy mexanizmlari va amaliy xususiyatlari tahlil qilinadi.
2026-01-14
KORXONALAR VA XIZMAT KO’RSATISH TASHKILOTLARIDA MOBBING, MOBBING TURLARI, ISH JOYIDA MOBBING XULQI
Mustaqil O’zbekistonimizda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish sohasida muayyan yutuqlar qo’lga kiritildi, iqtisodiy islohotlardan ko’zda tutilgan maqsad mamlakat axolisining turmush sharoitini yaxshilash, uning ortib borayotgan extiyojlarini har tomonlama qondirib borishdir. Ana shu maqsaddan kelib chiqqan holda mamlakatimizda o’tgan davrda iqtisodiyotning barcha sohalarida ma’lum siljishlarga erishildi. Mamlakatimiz rahbariyati, jumladan, Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev iqtisodiyotni rivojlantirish masalalariga yuqori darajada e’tibor qaratib kelmoqdalar. 2022-2026-yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O’zbekiston xalqiga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarga muvofiq aholining hayot darajasini yanada yuksaltirish, ta’lim sifatini ilg’or xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, barqaror iqtisodiy o’sishga erishish hamda kambag’allikni qisqartirish borasidagi islohotlarimizni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida bir qator islohotlar amalga oshirish rejalari belgilandi. Shu bilan bir qatorda inson qadr qimmati va ish joyida va ish faoliyati davomida qadr qimmati va daxlsizligini taminlash bo’yicha ham bir qator islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda.
2026-01-14
FOYDA VA DIVIDENDLARNING IQTISODIY KATEGORIYA SIFATIDAGI MAZMUNI VA UNGA OID NAZARIY QARASHLARNING KONSEPTUAL ASOSLARI
Zamonaviy iqtisodiy sharoitda korxona foydasi nafaqat korxonaning rivojlanish manbai, balki umuman milliy iqtisodiyotning oʻsishi uchun zamin yaratadi. Sababi shundaki, korxona foydasini soliq tizimi orqali qayta taqsimlash mexanizmi barcha darajadagi davlat byudjetlarining daromad qismini "toʻldirish" ga imkon beradi, bu esa davlatga oʻz vazifalarini muvaffaqiyatli bajarish va rejalashtirilgan iqtisodiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirishga imkon beradi. Korxona foydasi tadbirkorlik faoliyatining asosiy maqsadi hisoblanadi va korxona xodimlarining faoliyatini ragʻbatlantiradi. Korxonaning moliyaviy resurslarini shakllantirishning asosiy ichki manbai, uning rivojlanishini ta’minlash, shuningdek ishlab chiqarish faoliyati samaradorligining asosiy mezoni hisoblanadi. Shuning uchun korxonaning foyda olishini samarali boshqarish usullarini oʻzlashtirish mamlakat rivojlanishining hozirgi bosqichidagi dolzarb vazifadir.
2026-01-14
KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV ASOSIDA BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH TA’LIM MUTAXASSISLARINI KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASH METODIKASINI RIVOJLANTIRISH
Mazkur tezisda bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim mutaxassislarini kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonida kompetensiyaviy yondashuvning ahamiyati va uni amalga oshirish metodikasini rivojlantirish masalalari yoritilgan. Hozirgi kunda ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash sifatiga qo‘yilayotgan talablar ortib borayotgan bir sharoitda, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish muhim pedagogik vazifalardan biri hisoblanadi.
2026-01-14
MELIORATIV HOLATNI YAXSHILASHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR VA ULARNING SAMARADORLIGINI BAHOLASH
Ushbu maqolada meliorativ holatni yaxshilashda qo'llaniladigan zamonaviy innovatsion texnologiyalar va ularning samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqotda raqamli monitoring tizimlari, sun'iy yo'ldosh ma'lumotlari, precision agriculture texnologiyalari va pamyatli sug'orish usullarining meliorativ holatga ta'siri o'rganilgan. Natijalar shuni ko'rsatadiki, zamonaviy texnologiyalarning kompleks qo'llanilishi tuproq sho'rlanishini 35-40% ga kamaytirish, suv iste'molini 25-30% ga tejash va hosildorlikni 20-25% ga oshirish imkonini beradi.
2026-01-14
QO‘LLANMALARDA UCHRAYDIGAN LAKUNALARNING O‘QITISH SIFATINI BAHOLASH
Ushbu maqolada darslik va o‘quv qo‘llanmalarida uchraydigan lakunalar – mazmuniy yetishmovchiliklar, terminologik noaniqliklar, mantiqiy uzilishlar hamda metodik nomuvofiqliklarning ta’lim jarayoniga ko‘rsatadigan ta’siri tizimli ravishda o‘rganiladi. Tadqiqotda tahliliy va diagnostik yondashuvlar qo‘llanib, lakunalarning o‘quvchilar bilimining shakllanishi, o‘quv motivatsiyasi va mavzularni o‘zlashtirish sifatiga ta’sir darajasi baholanadi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, darsliklardagi bo‘shliqlar ta’lim samaradorligining pasayishiga, metodik izchillikning buzilishiga va o‘quvchi faoliyatida noto‘g‘ri tushunchalar shakllanishiga olib keladi. Maqolada darsliklarni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ilgari surilib, lakunalarni erta aniqlash hamda bartaraf etish ta’lim sifatini oshirishning muhim omili ekani asoslab beriladi.
2026-01-14
TIJORAT BANKLARI DEPOZIT BAZASINING BARQARORLIGINI TA’MINLASH YO‘LLARI
Tijorat banklari depozit bazasining barqarorligini ta’minlash bank tizimining uzluksiz faoliyat yuritishi, likvidlik darajasini saqlash hamda kreditlash jarayonlarining barqarorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Depozit bazasining barqarorligi, avvalo, depozitlarning muddat tarkibi, valyuta tuzilmasi va omonatchilar segmentlari bo‘yicha diversifikatsiyalanganligi bilan belgilanadi. Uzoq muddatli va barqaror depozitlarning yuqori ulushi banklarning qisqa muddatli likvidlik xatarlarini kamaytirib, resurslarni samarali rejalashtirish imkonini yaratadi.
2026-01-14
TA’LIM TASHKILOTLARI MENEJMENT TIZIMLARINI JORIY ETISH MEXANIZIMLARINI ISHLAB CHIQISH
Ushbu maqolada O‘zMSt ISO 21001:2025 (ISO 21001:2018, IDT) standarti talablari asosida ta’lim tashkilotlari uchun menejment tizimlarini joriy etishning nazariy va amaliy jihatlari yoritiladi. Ta’lim sifati va boshqaruv samaradorligini oshirishda xalqaro standartlarning ahamiyati, jarayonlarga asoslangan boshqaruv, manfaatdor tomonlar ehtiyojlarini aniqlash, yetakchilik va siyosatning uyg‘unligi, KPIlar tizimini shakllantirish, ichki audit va PDCA tamoyillarini qo‘llash kabi yo‘nalishlar tahlil qilinadi. Xalqaro ta’lim standartining milliy sharoitga moslashtirilgan uyg‘unlashtirish modeli taklif qilinib, milliу standartni ishlab chiqish jarayoni bosqichma-bosqich bayon etilagan.
2026-01-14
ERON TASHQI SIYOSATIDA MARKAZIY OSIYO VEKTORI
Mazkur maqolada Eron tashqi siyosatida Markaziy Osiyo mintaqasining tutgan o‘rni va ahamiyati kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqotda Eronning Markaziy Osiyo davlatlari bilan siyosiy, iqtisodiy, energetik, transport-logistika va madaniy-gumanitar hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan strategik manfaatlari yoritiladi. Shuningdek, Eron tashqi siyosatining mintaqaviy yo‘nalishida geosiyosiy omillar, yirik davlatlar raqobati, xalqaro sanksiyalar ta’siri hamda xavfsizlik masalalarining o‘rni tahlil qilinadi. Maqolada Eron–Markaziy Osiyo munosabatlarining evolyutsiyasi, ustuvor yo‘nalishlari va istiqbollari ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan asoslab beriladi.
2026-01-14
OTA, ONA, AKA-UKA, OPA-SINGIL QARINDOSHLIK OTILARINING “IKKI ESHIK ORASI” ROMANIDA MATNIY VA FUNKSIONAL-SEMANTIK TAHLILI
Mazkur maqolada O‘tkir Hoshimovning Ikki eshik orasi romanida qo‘llangan ota, ona, aka-uka, opa-singil qarindoshlik atamalarining badiiy matndagi funksional-semantik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida ushbu qarindoshlik birliklarining nafaqat biologik yoki ijtimoiy munosabatni ifodalovchi nominativ birlik sifatida, balki personaj xarakterini ochuvchi, milliy mentalitetni aks ettiruvchi va diskursiv yuklamaga ega badiiy vosita sifatidagi roli yoritiladi. Roman matnida qarindoshlik atamalari orqali oilaviy munosabatlar, avlodlararo aloqa, ijtimoiy mas’uliyat va axloqiy qadriyatlar ifodalanishi aniqlanadi. Tadqiqot natijalari o‘zbek adabiy tilida qarindoshlik terminlarining matndagi semantik salohiyati yuqori ekanini ko‘rsatadi.
2026-01-15
BALAND QAVATLI BINOLARDA FAVQULODDA VAZIYATLARDA AXBOROT-ANALITIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH ORQALI QUTQARUV ISHLARINING SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Ushbu maqolada baland qavatli binolarda sodir bo‘ladigan favqulodda vaziyatlarda qutqaruv ishlarining samaradorligini oshirishda axborot-analitik texnologiyalardan foydalanish masalalari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish asosida qaror qabul qilish jarayonini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Axborot-analitik yondashuv qutqaruv bo‘linmalarining harakatlarini muvofiqlashtirish, kuch va vositalarni optimal taqsimlash hamda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish vaqtini qisqartirish imkonini berishi asoslab berildi. Tadqiqot natijalari favqulodda vaziyatlar xizmatlari faoliyatida amaliy ahamiyatga ega.
2026-01-15
РОЛЬ КРИТИЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ У УЧЕНИКОВ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ
Maqolada boshlang‘ich ta’lim jarayonida tanqidiy fikrlashning o‘rni va uning kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar shaxsini har tomonlama rivojlantirishdagi ahamiyati yoritib berilgan. Axborot hajmining tez sur’atlarda oshib borishi sharoitida bolalarda o‘quv materialini ongli ravishda qabul qilish, faktlarni tahlil qilish, turli nuqtayi nazarlarni taqqoslash hamda asosli xulosalar chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirish alohida dolzarblik kasb etadi. Boshlang‘ich maktab o‘quvchilarda bilish mustaqilligi va o‘qishni o‘rganish malakalari shakllanadigan muhim bosqich hisoblanadi.
2026-01-15
ПРИМЕНЕНИЕ МАТЕМАТИЧЕСКИХ ПРЕДСТАВЛЕНИЙ В РЕАЛЬНЫХ ЖИЗНЕННЫХ СИТУАЦИЯХ В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ
В статье раскрывается значение математических представлений в повседневной жизни младших школьников и их роль в формировании практических навыков и познавательных способностей детей начальных классов. Рассматривается процесс усвоения основных математических понятий — числа, счёта, величин, измерений, геометрических форм и пространственных отношений — через реальные жизненные ситуации, с которыми ребёнок сталкивается ежедневно. Подчёркивается, что математические представления способствуют развитию логического мышления, умения анализировать, сравнивать и обобщать, а также формируют основы функциональной грамотности.
2026-01-15
МАИШИЙ-ТУРМУШ СОҲАСИДАГИ ЖИНОЯТЛАРНИНГ САБАБ ВА ШАРОИТЛАРИНИ АНИҚЛАШ ВА БАРТАРАФ ЭТИШ АМАЛИЁТИ
Маиший-турмуш соҳасида содир этиладиган жиноятларнинг сабаб ва уларнинг содир этилишига имкон берувчи шарт-шароитларни аниқлаш ҳамда бартараф этиш масалалари тадқиқ этилади. Зеро, мазкур тоифадаги жиноятларнинг олдини олишда сабаб ва шарт-шароитларни барвақт аниқлаш ҳал қилувчи аҳамият касб этади. Бу борада ички ишлар органлари томонидан профилактик ҳисобга олиш, хавф гуруҳига кирувчи оилалар билан якка тартибда ишлаш, огоҳлантириш ва ижтимоий ёрдам чораларини қўллаш самарали профилактик восита ҳисобланади.
2026-01-15
JINOYAT UCHUN JAZO TAYINLASH INSTITUTINI ISLOH QILISH MUAMMOLARI
Amalga oshirilayotgan islohotlar doimo oldinga qarab qadam tashlab borar ekan inson hayotini, jamiyat turmush tarzini yaxshilashga harakat qilib boradi. Hech kimga sir emas, mamlkatimizdagi bu islohotlar har bir sohani o‘zida jamlagan holda borgan sari tezlashib bormoqda. Undan asosiy kutilayotgan natija esa bitta-farovon, erkin, jamiyat qurishdir.
2026-01-15
ZAMONAVIY O‘ZBEK INTERNET MULOQOTIDA LINGVOKULTUROLOGIK BIRLIKLAR
ushbu maqolada zamonaviy o‘zbek internet muloqotida qo‘llanilayotgan lingvokulturologik birliklar tahlil qilinadi. Xususan, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va onlayn platformalarda shakllanayotgan til birliklari orqali milliy madaniyat, mentalitet va ijtimoiy qadriyatlarning ifodalanishi o‘rganiladi. Emoji, qisqartmalar, yangi frazeologik birliklar hamda internet slengi misolida zamonaviy lingvokulturologiyaning o‘ziga xos jihatlari ochib beriladi. Tadqiqot natijalari internet tilining faqat kommunikativ vosita emas, balki madaniy axborot tashuvchi hodisa ekanligini ko‘rsatadi.
2026-01-15
SUN’IY INTELLEKT VA AVTOMATLASHTIRISHNING IQTISODIY TARAQQIYOTDAGI O‘RNI VA SAMARADORLIGI
Ushbu maqolada sun’iy intellekt va avtomatlashtirishning zamonaviy iqtisodiyotdagi o‘rni va samaradorligi yoritilgan. Unda sun’iy intellekt texnologiyalarining ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirishga, mehnat unumdorligini oshirishga, xarajatlarni kamaytirishga va resurslardan samarali foydalanishga ta’siri tahlil qilingan. Shuningdek, avtomatlashtirishning iqtisodiy o‘sish, raqobatbardoshlik, yangi biznes modellari va mehnat bozori bilan bog‘liq jihatlari ko‘rib chiqilgan. Maqolada shuningdek, avtomatlashtirish natijasida yuzaga keladigan ijtimoiy va iqtisodiy muammolar ham ko‘rsatib o‘tilgan va ushbu jarayonlarning kelajakdagi istiqbollari tahlil qilingan.
2026-01-15
