Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative  Academy» организовал Республиканская конференция «Наука и инновация». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.

Опубликован: 2025-04-15

TARJIMA JARAYONIDA YUZAGA KELADIGAN MADANIY MUAMMOLAR VA ULARGA YECHIMLAR

Ushbu maqolada tarjima jarayonida uchraydigan madaniy muammolar tahlil qilinadi. Turli madaniyatlar o‘rtasidagi tafovutlar tarjimada semantik noaniqliklar, noto‘g‘ri talqinlar va madaniy mos kelmaslik holatlarini yuzaga keltirishi mumkin. Maqolada madaniy anglashilmovchilik jarayonlari, diniy qadriyatlar, hazil va kinoya, ijtimoiy rollar, tarixiy-geografik kontekst va stilistik ifodalar kabi madaniy jihatlar tarjima jarayonida qanday muammolarni keltirib chiqarishi ochib beriladi. Ularning tarjima jarayonida yuzaga keladigan jiddiy, salbiy jihatlari va ta’sirlari haqida aytib o’tiladi. Shuningdek, bu muammolarning oldini olish bo‘yicha tarjimonlar foydalanishi mumkin bo‘lgan samarali usullar haqida ham ma’lumot beriladi.  O’z ichiga yechim va choralarni qamrab olgan maqola tarjimonlar, tilshunoslar va madaniyatshunoslar uchun foydali ilmiy-amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Zoirova Azizabonu Anvar qizi

4-7

2025-04-15

KASB-HUNARGA YO'NALTIRISHDA O'QUVCHI SHAXSIGA INDIVIDUAL YONDASHISH METODIKALARI

Ushbu maqolada kasb-hunarga yo'naltirishda o'quvchi shaxsiga individual yondashish metodikalari va ularning amaliy ahamiyati tahlil qilingan. Maqolada o'quvchilarning psixologik xususiyatlarini diagnostika qilish, shaxsiy profilni shakllantirish, individual kasb yo'naltirish dasturlarini ishlab chiqish metodikalari tavsiflanadi. Portfolio metodi, kasbiy sinovlar, individual maslahat berish, loyiha metodlari va raqamli texnologiyalardan foydalanishning samarali usullari ko'rib chiqilgan. O'quvchilarning qobiliyatlari, qiziqishlari va shaxsiy xususiyatlarini inobatga olgan holda kasb tanlashga yordam berishning zamonaviy yondashuvlari tahlil qilinib, amaliy tavsiyalar berilgan. Individual yondashuvning o'quvchilarning o'z-o'zini anglash darajasini oshirish, kasb tanlashda xatolik ehtimolini kamaytirish, motivatsiyani kuchaytirish, kasbiy adaptatsiya davrini qisqartirish va shaxsiy rivojlanish yo'nalishini aniqlashga ta'siri ko'rsatilgan. Maqola ta'lim muassasalari xodimlari, o'qituvchilar, psixologlar, kasb-hunarga yo'naltirish bo'yicha mutaxassislar va ota-onalar uchun mo'ljallangan.

Qurbonov Pardatursun, Axatov Ikromxon Iskandar o‘g‘li

8-12

2025-04-15

QISHLOQ XO‘JALIK MAHSULOTLARI EKSPORTINI DAVLAT TOMONIDAN QO‘LLAB-QUVVATLASHNING NAZARIY ASOSLARI

Qishloq xo‘jalik mahsulotlari eksportini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning konseptual asoslarini tadqiq etishdan oldin “qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan tartibga solish” tushunchasining mohiyatiga aniqlik kiritish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Iqtisodiy adabiyotda “davlatning agrar siyosati” va “qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan tartibga solish” tushunchalari keng qo‘llaniladi. Fikrimizcha “agrar siyosat” keng tushuncha bo‘lib, “qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan tartibga solish” agrar siyosatni amalga oshirishning shakl, usul, mexanizm va vositalarini ifodalaydi.

Ergashev G‘iyos Baxrom o‘g‘li

13-19

2025-04-15

MAQSUD SHAYXZODA SHE’RIYATIDAGI SINONIMLARNING BADIIYLIKNI TA’MINLASHDAGI AHAMIYATI

Ushbu maqolada she’riyatda sinonimlarni tanlash shoirning emotsional niyatlariga, asarning umumiy ruhiyatiga, mavzusiga, shoirning kayfiyatiga, his-tuyg‘ularning kuchi va kuchsizligiga bog‘liqligi hamda M.Shayxzoda she’rlarida sinonimlarning qo’llanilishi yoritilgan.

Maxanova Feruza Mamarajabovna

20-23

2025-04-15

THEORIES OF DESIGNING EFFECTIVE CLASSROOM DEBATES

Classroom debates are a dynamic instructional strategy that fosters critical thinking, communication skills, and active engagement among students. When effectively designed, debates not only stimulate intellectual curiosity but also enhance collaborative learning and respect for diverse perspectives. This article explores the principles and strategies for designing effective classroom debates. Drawing on educational theories and research, it examines the role of preparation, structure, moderation, and assessment in achieving desired learning outcomes. By providing a theoretical framework and practical insights, this article aims to equip educators with tools to implement debates as a powerful pedagogical approach.

Manzuna Sadullayeva

24-27

2025-04-15

IQTISODIYOTDA INNOVATSIYANING TUTGAN O‘RNI

ushbu ilmiy tezisda innovatsiyaning zamonaviy iqtisodiy rivojlanishdagi roli va ahamiyati chuqur tahlil qilingan. Ilmiy-texnik taraqqiyot, intellektual kapital, yuqori texnologiyalar va startap ekotizimlarining iqtisodiyotga bo‘lgan ta’siri global va milliy miqyosda statistik raqamlar asosida yoritilgan. Innovatsiyalarning YIM o‘sishi, bandlik darajasi, eksport salohiyati va texnologik transformatsiyaga ta’siri batafsil ko‘rsatib berilgan. O‘zbekiston iqtisodiyotida innovatsiyalarning mavjud holati va rivojlanish istiqbollari ham alohida ko‘rib chiqilgan hamda takomillashgan takliflar berilgan.

Tursunboyev Ma’ruf Murod o‘g‘li

28-32

2025-04-16

MUSTAQILLIK YILLARIDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING YEVROPA MAMLAKATLARI BILAN MADANIY ALOQALARINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng Yevropa mamlakatlari bilan o‘rnatilgan madaniy aloqalarning shakllanishi va rivojlanish bosqichlari tahlil qilinadi. Muallif 1991–2024-yillar oralig‘ida amalga oshirilgan hamkorlik yo‘nalishlari – tarixiy merosni asrash, san’at, adabiyot, ta’lim, yoshlar almashinuvi va raqamli madaniyat sohalaridagi faoliyatlarni yoritadi. Shuningdek, madaniy diplomatiya orqali O‘zbekistonning xalqaro maydondagi ijobiy imiji mustahkamlanib borayotgani ta’kidlanadi. Maqolada ushbu jarayonlarning xalqaro integratsiyaga va milliy qadriyatlarning targ‘ibotiga qo‘shgan hissasi ochib berilgan.

Lobar Xushnazarova

33-35

2025-04-17

FАOLIYATLI YONDАSHUV ORQАLI IMPERАTIV АLGORITMIK TАFАKKURNINING MAZMUNI

Mazkur maqolada talabalarga algoritmik tillar va dasturlash asoslari fanini oʼqitishning umumiy xususiyatlari shu bilan birga dasturlash asoslari taʼlimida metodik innovatsiyalarning mazmun-mohiyati haqida fikirlar yuritilgan, Аlgoritmik faoliyatni oʼzlashtirish, algoritmlarni yaratish va ularni bajarish koʼnikmasini shakllantirish oʼquvchi mustaqil ravishda hal qila oladigan amaliy masalalar sinfini kengaytirish imkonini berishi, algoritmik tillarga oid manbalarning nazariy va amaliy aspektlari atroflicha tahlil qilingan.

Xushvaqtov Umar Norqobilovich

36-38

2025-04-17

JAMIYATDA AHOLINING HUQUQIY ONGI VA MADANIYATINI YUKSALTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR

Mazkur maqolada bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri bo‘lgan jamiyatda huquqiy  ong  va  huuquqiy  madaniyatni  rivojlantirsh  va  yuksaltirish  muammolari, huquqiy davlat qurishda huquqiy ong va huquqiy madaniyatning o`rni kattaligi va buning uchun avvalo har bir shaxsning huquqiy immunitetini, huquqiy savodxonlik darajasini yaxshilash masalalari, mazkur  masala  yuzasidan  olib  borilgan  ilmiy-tadqiqot  ishlari  tahlili,  shuningdek,  bu borada ilgari surilayotgan takliflar haqida atroflicha fikr-mulohazalar bildiriladi.

Mamaziyayev Xusniddin Dilshod o‘g‘li

39-43

2025-04-17

ЧИГИТ МАССАСИ ВА ГЕОМЕТРИК ЎЛЧАМЛАРИНИНГ ТАДҚИҚОТИ

ушбу мақолада ғўзада илк очилган кўсаклар, кейин 3 кун, 6 кун, 9 кун ва 12 кун давомида пишиб етилган 1 кг атрофидаги кўсаклар териб олинди, қўл ёрдамида пахтани кўсакдан ажратиб олиб, ажратилди ва чигитнинг геометрик ўлчамлари Тошкент тўқимачилик ва енгил саноат институти “Материалшунослик ва стандартлаштириш” кафедраси лабораториясида аниқланди.

С.У.Патхуллаев, А.Р.Панжиев

44-46

2025-04-17

РОЛЬ РАННЕЙ ДИАГНОСТИКИ МЕТОДОМ МРТ ПРИ АУТОИММУННОМ ЭНЦЕФАЛИТЕ У ДЕТЕЙ

Аутоиммунный энцефалит представляет собой воспалительное заболевание головного мозга, обусловленное действием аутоантител к нейрональным антигенам. Наиболее частым его вариантом у детей является энцефалит, ассоциированный с антителами к NMDA-рецепторам. Симптоматика может включать судорожный синдром, психические расстройства, когнитивные нарушения и двигательные расстройства. Однако диагностировать это заболевание на раннем этапе нередко затруднительно, особенно у детей.

Усманов Хасан Сергеевич

47-48

2025-04-17

ЁШЛАРНИНГ ТАЪЛИМ ЖАРАЁНИДА ИНТЕРНЕТДАН ФОЙДАЛАНИШИ ВА УНИНГ ИЖТИМОИЙ ТАЪСИРИ

Интернетнинг ҳаётимизга кириб келиши билан бирга, унинг ижтимоий ҳаётимизга, айниқса ёшлар таълимига таъсири беқиёс даражада ортиб бормоқда. Таълим жараёнида интернетдан фойдаланиш, шубҳасиз, ижобий ва салбий натижаларни келтириши мумкин. Ҳозирги кунда ёшлар интернетни на фақат ахборот манбаи, балки билим олиш, ўрганиш ва ижтимоий алоқалар ўрнатиш воситаси сифатида ҳам фойдаланмоқда.

Ғофурова Дилафруз Мурод қизи

49-51

2025-04-17

ПРАВО СЕРВИТУТА И НЕПРИКОСНОВЕННОСТЬ ЖИЛИЩА В ЗАКОНОДАТЕЛЬСТВЕ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН

Статья посвящена анализу правовой природы сервитутов в контексте гражданского законодательства Республики Узбекистан. Особое внимание уделено взаимосвязи между правом ограниченного пользования чужим земельным участком (сервитутом) и конституционным правом на неприкосновенность жилища. Рассматриваются практические аспекты применения нормы, предусмотренной статьёй 173 Гражданского кодекса, а также специфика реализации права доступа к общему имуществу в многоквартирных домах. Отдельное внимание уделено вопросам баланса интересов сторон и обеспечению жизненно важных условий, связанных с жильём и коммуникациями.

Файзиева Гулрух Мухаммади кизи

52-55

2025-04-17

КЎРИШ БУЗИЛИШЛАРИНИНГ ТОШКЕНТ ШАҲРИДАГИ МАКТАБ ЎҚУВЧИЛАРИ ОРАСИДА ТАРҚАЛИШ ВА ПРОФИЛАКТИКА ЧОРАЛАРИ

Тадқиқот ишида Тошкент шаҳридаги мактаб ўқувчилари орасида кўриш бузилишларининг тарқалиши таҳлил қилинган. Тадқиқот натижалари кўрсатадики, миопия, гиперметропия ва астигматизм каби ҳолатлар кенг тарқалган. Мақолада профилактика усуллари ва болаларнинг кўриш саломатлигини яхшилаш учун амалга оширилиши керак бўлган чора-тадбирлар муҳокама қилинган. Кўриш бузилишлари мактаб ўқувчилари орасида жуда муҳим соғлиқ муаммоларидан биридир. Тадқиқотда Тошкентнинг Миробод ва Шайхонтоҳур туманларидаги 4019 нафар мактаб ўқувчиси текширилган. Натижалар кўриш бузилишлари кенг тарқалганини кўрсатади, бундан келиб чиқиб, профилактика чораларини кучайтириш зарурлиги аниқланди.

М.А.Хусанова

56-58

2025-04-17

OLIY TA’LIM MUASSALARINING BOSHQARISHDA RAQAMLI-TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNI TASHKIL ETISHDAGI MUOMMOLAR

Maqola oliy ta’lim muassalarining boshqarishda raqamli-texnologiyalardan foydalanishni tashkil etishdagi muommola va elektron madaniyatini shakllantirishning dolzarb masalalari, oliy ta'limning o'quv jarayonida raqamli texnologiyalardan foydalanish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar va davlat tomonidan oliy ta'lim oldiga qo'yilgan vazifani hisobga olgan holda oliy ma'lumotga qo'yiladigan talablar ko'rib chiqiladi va ushbu muammolarni hal qilish usuli taklif etiladi.

Berdiyev Temurbek Maxmudullo o‘g‘li

59-61

2025-04-18

KLINIK FARMAKOLOGIYA ASOSIDA TIBBIYOT YO‘NALISHIDAGI TALABALARDA AMALIY KO‘NIKMALAR VA FARMAKOKOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISH USULLARI

Mazkur maqolada klinik farmakologiya fani asosida tibbiyot yo‘nalishidagi talabalarda amaliy ko‘nikmalar va farmakokompetentligini shakllantirish masalalari yoritilgan. Farmakologik bilimlarni amaliyotga tatbiq etish, dori vositalarining farmakodinamik va farmakokinetik xususiyatlarini tushunish orqali talabalarning kasbiy tayyorgarligini mustahkamlash yo‘llari tahlil qilinadi. Klinik holatlar asosida o‘qitish, muammoli vaziyatlar yechimi va mustaqil tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishning zamonaviy metodik yondashuvlari asoslab berilgan.

Samatov Dilshodbek Toxirjonovich, Sobirjonov Islombek Tavakkaljon o'g'li

62-67

2025-04-18

ERTAKLAR TILINING YEVROPADA OʻRGANILISHI VA BOSQICHLARI

Ushbu maqolada Yevropada ertak tilining o‘rganilishi, uning tarixiy taraqqiyot bosqichlari va lingvistik xususiyatlari yoritiladi. Ertak matnlarining tuzilishi, uslubiyati, xalq og‘zaki ijodidagi ifoda vositalari hamda tarjima jarayonidagi o‘zgarishlar tahlil qilinadi. Shuningdek, ertak tilining madaniy va milliy xususiyatlarni aks ettirishi ko‘rsatib beriladi.

Asadov Asadbek Murodjon o‘g‘li

68-70

2025-04-18

HUDUDLAR INVESTITSION JOZIBADORLIGINI OSHIRISH YO'LLARI (Jizzax viloyati misolida)

Ushbu maqola hududlar investitsion jozibadorligini oshirish masalalari xususan, Jizzax viloyatining investitsion salohiyati, mavjud muammolar va ularni hal qilish yo‘llari tahlil qilinadi. Investitsion jozibadorlikni oshirish uchun takliflar ishlab chiqilgan.

O'razaliyeva Nilufar Tangriberdi qizi

71-75

2025-04-18

ХИРУРГИЧЕСКОЕ ЛЕЧЕНИЕ РАЗРЫВОВ ЗАДНЕГО КОРНЯ МЕДИАЛЬНОГО МЕНИСКА КОЛЕННОГО СУСТАВА

С появлением и активным развитием современных лучевых методов диагностики — магнитно‑резонансной томографии (МРТ), мультиспиральной компьютерной томографии (МСКТ), ультразвукового исследования (УЗИ) высокого разрешения, а также методик контрастной артрографии — врачи получили возможность не только выявлять, но и детально характеризовать ранее «скрытые» или малоизвестные патологии крупных суставов человека.

Турсунов В.Х., Бабакулов А.Ш.

76-78

2025-04-18

OʻZBEK XALQ SEHRLI ERTAKLARIDA QILMISH MOTIVI

Maqolada ertak tarkibida ishtirok etuvchi qilmish motivi vauning turlari haqida soʻz boradi. Qilmishning motiv sifatida namoyon boʻlishi tadqiq qilinib, izohlar beriladi.

Abdukamol Abdujalilov

79-85

2025-04-18

“ZEVARXON” DOSTONI SYUJETLARIDA AYOLLAR OBRAZI TADQIQI

Oʻzbek xalq dostonlari xalqimizning paydo boʻlishi, ajdodlarimizning turmush tarzi, anʼanalari, maʼnaviy dunyoqarashi, boy tafakkuri borasida muhim maʼlumotlarni poetik ifodalagan ogʻzaki yodgorlik sanaladi. Dostonlarda, odatda, bosh qahramon yigitlar boʻlsa-da, baʼzi dostonlarda ayollarning oʻrni alohida eʼtirofga loyiq boʻladi. Biz bu tadqiqotimizda “Zevarxon” dostoni syujetining oʻzbeklar orasida tarqalgan versiyalari asosida ayollar obrazini tadqiq qildik.

Nigora Abdusalomova Shuhratovna

86-90

2025-04-18

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA INNOVATSION FAOL KORXONALAR FAOLIYATINI STATISTIK USULLARDA BAHOLASH MASALALARI

Ushbu maqola O'zbekiston Respublikasida innovatsion faol korxonalar faoliyatini statistik usullarda baholashning nazariy va amaliy jihatlarini yoritilgan. Shuningdek, innovatsion faollikni baholashning asosiy ko'rsatkichlari, statistik ma'lumotlarni yig'ish va tahlil qilish usullari, shuningdek, innovatsion faol korxonalarning faoliyatini baholashda yuzaga keladigan muammolar tahlil qilinadi. Maqola O'zbekistonda innovatsion faol korxonalarning faoliyatini statistik baholashni takomillashtirish bo'yicha takliflar beradi.

Matsapayev Akmal Qalandarovich

91-94

2025-04-18

QADIMGI OʻZBEKISTONDA ILK SHAHARSOZLIK VA DAVLATCHILIK TARAQQIYOTINING OʻZARO BOGʻLIQLIK JIHATLARI

Mazkur maqolada Qadimgi Oʻzbekiston hududida ilk shaharlar paydo boʻlishining ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy asoslari hamda boshqaruv tizimining shakllanishi haqida maʼlumotlar beriladi. Shuningdek, antik va oʻrta asrlar davridan boshlab shaharlarning kelib chiqishi toʻgʻrisida dastlabki qarashlar paydo boʻlgan. Ishlab chiqaruvchi xoʻjaliklardagi, yaʼni, dehqonchilikning chorvachilikdan ajralib chiqishi davrida urbanizatsiya jarayonlari boshlangan. Dastlab protoshahar, ilk shaharlar shakllanib, vaqt oʻtgan sayin jamiyat va shaharlar tuzilishi murakkablashib borgan. Bu jarayonlar asosan, shaharlarning geografik joylashuviga, ixtisoslashuviga, siyosiy maqomiga va aholining toʻplanishi jarayonlariga bogʻliq holda kechgan.

Poyonov Ixtiyor Abdumoʻmin oʻgʻli

95-100

2025-04-18

ШАҲАРЛАРНИНГ ИҚТИСОДИЙ МАРКАЗЛАР СИФАТИДАГИ ЎРНИ

Маълумотларнинг таҳлилларига кўра, ўрганилаётган давр ва ундан олдинги асрларда ҳам Қашқадарё ва Сурхондарё воҳаларининг катта-кичик шаҳарларида турли-туман ҳунармандчилик соҳалари мавжуд бўлган. Ҳунармандчилик ўша даврларда ҳам жамият иқтисодий ҳаётининг асоси бўлганлиги боис марказий ва маҳаллий ҳокимият бу соҳага катта эътибор қаратганлиги туфайли шаҳарларда турли ҳунар эгалари фаолият кўрсатиб, улар ўзларининг меҳнат маҳсулотлари билан шаҳарлар иқтисодий ҳаётининг ривожланишига улкан ҳисса қўшганлар.

Бердиев Жамшид Панжиевич

101-104

2025-04-18

МЕЖДУНАРОДНЫЙ ОПЫТ ПРИВЛЕЧЕНИЯ ИНВЕСТИЦИЙ В ЖЕЛЕЗНОДОРОЖНЫЙ СЕКТОР: ВОЗМОЖНОСТИ ПРИМЕНЕНИЯ В АО "ЎЗБЕКИСТОН ТЕМИР ЙЎЛЛАРИ"

Mazkur maqolada temiryo‘l sohasiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning xalqaro tajribasi tahlil qilinadi. Yetakchi davlatlar misolida samarali mexanizmlar, davlat-xususiy sheriklik (DXSh) asosidagi loyihalar, shuningdek, moliyaviy va institutsional yondashuvlar ko‘rib chiqiladi. Ushbu tajriba asosida O‘zbekiston temir yo‘l sohasida, xususan, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ faoliyatida investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatlari baholanadi. Maqolada milliy kontekstda xalqaro amaliyotning qo‘llanilishi uchun tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Саидназирханова Дилноза Саидакбаровна

105-107

2025-04-21

ДВИЖЕНИЕ ДЖАДИДОВ И НАСЛЕДИЕ МАХМУДХОДЖИ БЕХБУДИ: ВПЕЧАТЛЕНИЕ ОТ МУЛЬТИМЕДИЙНАЯ ВЫСТАВКА «ДЖАДИДЫ. ПИСЬМА В ТУРКЕСТАН»

В данной статье рассказывается о мультимедийной выставке, посвященной наследию Махмудходжи Бехбуди, известного драматурга, публициста, религиозного и общественного деятеля, одного из лидеров джадидистского движения. Эта выставка не просто выставка исторических документов, а интерпретируется как глубокий анализ культурной и образовательной революции, изменившей Центральную Азию в начале 20 века.

Куралбаева Камилла Дильшодовна

108-111

2025-04-21

O’ZBEKISTON ME’MORIY ME’ROSI: TARIX VA BADIIY SAN’AT

Oʻzbekiston hududi qadimdan yirik madaniy va ilmiy markazlar joylashgan o‘lka sifatida mashhur bo‘lgan. Bu yerda shakllangan meʼmoriy meros milliy qadriyatlar, diniy anʼanalar va Sharq badiiy sanʼatining mukammal uyg‘unligini aks ettiradi. Oʻzbekistonning meʼmoriy merosi – bu toshga muhrlangan tarix, sanʼat bilan bezalgan madaniyat va asrlar osha saqlanib kelayotgan ilhom manbai. Har bir gumbaz, har bir koshin naqshi va har bir peshtoq zamonlar sinovidan oʻtgan anʼanalarni aks ettiradi. Bu yodgorliklar nafaqat muhandislik moʻjizasi, balki nafis badiiy sanʼatning ham yuksak namunalaridir.

.

Qayumova Nilufar Aziz qizi

112-115

2025-04-21

XALQARO VALYUTA FONDI FAOLIYATINING VOSITALARI VA MEXANIZMLARI

Ushbu maqolada Xalqaro valyuta fondi (XVF) faoliyatining asosiy vositalari va mexanizmlari tahlil qilinadi. Fondning a’zolik asosida moliyaviy yordam ko‘rsatish tartibi, nazorat tizimi, kreditlash dasturlari va maslahat xizmatlari orqali global moliyaviy barqarorlikni ta’minlashdagi o‘rni ochib beriladi. Shuningdek, XVFning moliyaviy inqirozlar oldini olishdagi roli, islohotlarga ko‘maklashuvchi mexanizmlari hamda rivojlanayotgan davlatlar bilan hamkorligi ko‘rib chiqiladi. Maqolada statistik ma’lumotlar, xalqaro amaliyotlar va O‘zbekiston misolida XVF bilan hamkorlik natijalari asosida tahliliy yondashuv qo‘llaniladi. Natijada, XVF faoliyatining samaradorligi va dolzarbligi xolis baholanadi hamda kelgusidagi imkoniyatlar aniqlanadi.

H.N.Ubaydullayev

116-120

2025-04-21

INVARIANT SINF SOATLARINING VARIATIV METODIK – DIDAKTIK TA’MINOTINI TAKOMILLASHTIRISHDA INNOVATSION METODLARDAN FOYDALANISH

Zamonaviy ta’lim jarayonida invariant sinf soatlarini o‘tkazishning samaradorligini oshirish maqsadida variativ metodik-didaktik ta’minotni takomllashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Innovatsion metodlardan foydalangan holda invariant sinf soatlarini o‘tkazish ta’lim jarayonini yanada samarali bo‘lishi uchun xizmat qiladi. Ushbu maqolada invariant sinf soatlarining variativ metodik-didaktik ta’minotini  takomillashtirishga qaratilgan innovatsion metodlar ilmiy jihatdan tahlil qilingan hamda ta’lim jarayonida qo‘llanishi xususida fikr yuritilgan.

Salomov G‘ulom Yuldoshevich

121-124

2025-04-21

RUS VA O‘ZBEK TOPONIMIK AFSONALARDA MOTIVLAR TIPOLOGIYASI

Maqolada rus va o‘zbek toponimik afsonalarda motivlar tipologiyasi ko’rib chiqildi. Motiv afsona syujetini shakllantiruvchi poetik detaldan tashqari, kompozision tuzilish hamda badiiy xususiyatni chambarchas bog‘lovchi muhim poetik unsur vazifasini bajaradi.

Axmedova Madinabonu Maxmudjonovna

125-127

2025-04-21

BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING IJTIMOIY - SIYOSIY DUNYOQARASHINI TAKOMILLASHTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI

Ushbu maqolada, zamonaviy pedagog bolalar bilan birgalikda kattalarning ham oʻquv-tarbiyaviy, madaniy hamda maʼnaviy maʼrifiy tarbiyasi  bilan shugullanishni koʻzda tutadi. Oʻzbekiston Respublikasida barkamol shaxs maʼnaviyatini shakllantirishning asosiy vositasi sifatida yondashiladi. Bo‘lajak o‘qituvchilarning ijtimoiy-siyosiy dunyoqarashini takomillashtirish pedagogik    usullarini asoslari haqida fikr mulohazalar yuritiladi.

Xaqqulov Komil Yusupovich, Abdiyeva Gulyora Xasanovna

128-130

2025-04-21

IJTIMOIY HAYOTDA O‘ZBEK TILINING O‘RNI

Ushbu maqolada o‘zbek tilining dunyo hamjamiyatida tutgan o‘rni va ahamiyati, shuningdek, ona tilimizning ko‘rki, millat uchun naqadar zarur ekanligi, ona tilimizning rivoji uchun davlat tomonidan berilayotgan e’tibor bayon qilingan. Tilning ijtimoiy hayotda ahamiyati katta bo‘lib, u muloqot vositasi, madaniyatni saqlovchi, ijtimoiy idinfikatsiyani shakllantiruvchi muhim elementdir.

Rozikova Sayyora Xabibullayevna, Musurmonova Marjona Yusuf qizi

131-132

2025-04-21

КАРТОШКАНИ ЯНГИ ЯРАТИЛГАН “ТОШКЕНТ ЭРТАГИСИ” НАВИНИНИНГ ИҚТИСОДИЙ КЎРСАТКИЧЛАРИ

Ушбу мақолада картошкани янги яратилган “Тошкент эртагиси” навини эртаки муддатда етиштиришнинг иқтисодий кўрсаткичлари натижалари келтирилган.

Рахматуллаев Жасурбек Негматуллаевич

133-136

2025-04-21

AMIR TEMUR DAVRIDA ME'MORCHILIK

Amir Temur (Tamerlan) 1370-1405 yillarda markaziy Osiyoda hukmronlik qilar ekan, arxitektura va san'at sohasida yangi yutuqlarga erishdi. Ushbu maqolada Amir Temur davridagi memorchilik tarixi, Temuriylar me'moriy uslublari, qadimiy obidalar va ularning san'at va madaniyatdagi o'rni tahlil qilinadi. Maqola shuningdek, Amir Temurning memorchilikka ta'siri, muhim obidalar va bu obidalar orqali aholi va davlat o'rtasidagi ijtimoiy aloqalarning o'zgarishi haqida ham batafsil ma'lumot beradi.

G'aniyev Anvar

137-138

2025-04-21

BARQAROR RIVOJLANISH JARAYONIDA ISTE’MOL VA TADBIRKORLIK MADANIYATINING AHAMIYATI

Ushbu maqolada iste’mol va tadbirkorlik madaniyatining mohiyati, uning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati va inson hayotidagi ro‘li haqida so’z boradi. Shuningdek,  madaniyatli iste’molchi va tadbirkorning xususiyatlari ham yoritib beriladi. Maqolada shuningdek, iste’mol va tadbirkorlik madaniyatini rivojlantirishda raqamli texnologiyalar, marketing strategiyalari va ijtimoiy mas’uliyatning ahamiyati yoritilgan.

Go‘zalxon O‘sarova Rasuljon qizi, Tolibova Umidaxon Lochinbek qizi

139-141

2025-04-22

ФОНЕТИКА. РЕЧЕВОЙ АППАРАТ И РОЛЬ ОРГАНОВ РЕЧИ В ЗВУКОВ ПРОИЗВОДСТВО

Данная  работа  посвящена  фонетике  -  науке  о  звуках  речи. В  ней  рассматривается  строение  и  функции  речевого  аппарата,  подробно  описываются  органы  речи  и  их  роль  в  процессе  звукопроизводства. Особое  внимание  уделяется  взаимодействию  дыхательной,  фонационной  и  артикуляционной  систем ,  а  также  механизмам  образования  различных  типов  звуков  -  гласных  и  согласных. Аннотация  предназначена  для  ознакомления  с  основными  аспектами  физиологической  стороны  речи  и  принципами  ее  звуковой  организации.

Кормишова Муниса Жумамурод қизи, Шомуратова Орзигул Ҳусановна

142-145

2025-04-22

BOZOR IQTISODIYOTI: TARAQQIYOT OMILI SIFATIDA

Ushbu maqolada bozor iqtisodiyotining mohiyati, asosiy tamoyillari, afzalliklari va kamchiliklari tahlil qilindi. Shuningdek, bozor iqtisodiyotining mamlakatlar taraqqiyotiga ta’siri yoritildi. Men, muallif sifatida, bozor iqtisodiyoti zamonaviy jamiyatlar rivojlanishining ajralmas qismi ekanligini ta'kidlab, uning muvaffaqiyatli joriy etilishi iqtisodiy barqarorlik va farovonlik uchun muhim omil ekanini tushuntirishga harakat qildim.

Yah'yayev Ravshanjon Nasrullayevich

146-147

2025-04-22

TURISTLARGA INVESTITSION SARF-XARAJATLAR VA TURIZM XIZMATLARI EKSPORTI O‘RTASIDAGI BOG‘LIQLIK TAHLILI

Turistik salohiyatni shakllantirishda oldingi yillar davomida shakllantirilgan asosiy fondlar, tarixiy-madaniy meros obyektlari, tabiiy shart-sharoitlar muhim rol o‘ynaydi. Lekin joriy investitsiyalar ham turistik salohiyatni shakllantirishning va undan samarali foydalanishning muhim omili hisoblanadi.. Maqolada muallif tomonidan turistlarga  investitsion sarf-xarajatlar va turizm xizmatlari eksporti o‘rtasidagi  bog‘liqlik  tahlili bayon etilgan.

Mamayunusov Temurbek Olimovich

148-153

2025-04-22

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI: HUQUQIY TARAQQIYOTNING POYDEVORI

Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilish tarixi, uning asosiy tamoyillari va zamonaviy huquqiy taraqqiyotdagi o‘rni hamda fuqarolik jamiyatini shakllantirishdagi ahamiyatini tahlil etadi. Konstitutsiya – davlatning siyosiy-huquqiy tizimini belgilovchi asosiy hujjat bo‘lib, fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlash, davlat va jamiyat o‘rtasidagi aloqalarni tartibga solish vazifasini bajaradi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiya orqali jamiyatning ehtiyojlariga moslashtirilgan yangicha yondashuvlar kiritildi.

Abdinabiyev Shahzod, Absamatov Sarvar, Hasanov Abduaziz

154-158

2025-04-23

RAQAMLI AXBOROT MANZILIDA YOSHLARNI AXBOROT XURUJIGA NISBATAN PSIXOLOGIK TAYYORLASH

Bugungi kunda butun dunyoda falsafiy siyosiy madaniyat va mafkuraga oid olib borilayotgan tadqiqotlarning aksariyati raqamli axborot va media sohasini o‘rganishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, ular orasida dolzarb masalalar qatoridan o‘rin olgan va keng jamoatchilikning diqqat e’tiboridagi muammolardan biri – bu yoshlarning raqamli axborot manzillarida joylashtirilayotgan axborotlarni qabul qilishga va ulardan psixologik o‘z o‘zini himoya qilishga qay darajada tayyor ekanligini o‘rganishdan iboratdir.

Ismoilova Nurjaxon Zuxuriddinovna

159-161

2025-04-23