We are pleased to inform you that the Research Support Center "Innovative Academy" has organized the Republican Conference "Science and Innovation". This is a national online conference with open access, where review abstracts related to various fields are published. The main goal is to offer an intellectual platform for national scientists, and it aims to promote interdisciplinary research.

Published: 2025-10-14

IQBOL MIRZO SHE’RIYATIDA MAQOLLARNING QO’LLANISHI

Mazkur maqolada zamonaviy o‘zbek adabiyotining yorqin vakillaridan biri Iqbol Mirzoning she’riyatida xalq og‘zaki ijodining noyob namunalaridan bo‘lgan maqollarning qo‘llanish xususiyatlari tahlil qilinadi. Muallifning turli she’rlarida uchraydigan maqollar kontekstual jihatdan o‘rganilib, ularning poetik vazifasi, semantik yuklamasi va badiiy ifoda vositasi sifatidagi o‘rni aniqlanadi. Tadqiqot davomida maqollar shoir tomonidan nafaqat milliy ruhni ifodalash, balki obraz yaratish, g‘oyani kuchaytirish hamda xalqona mushohada va falsafani yetkazish vositasi sifatida samarali qo‘llangani ta’kidlanadi. Maqola Iqbol Mirzo poetikasini chuqurroq anglashga xizmat qiladi hamda badiiy matn tahlilida badiiy tasvir  elementlarining ahamiyatini yoritadi.

Shoxista Yoqubboyeva

4-6

2025-10-13

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING HUQUQBÚZARLIKLARDAN JABIRLANGAN SHAXSLAR BILAN ISHLASHDA NODAVLAT-NOTIJORAT TASHKILOTLAR BILAN OʻZARO HAMKORLIGINI TAKOMILLASHTIRISH

Maqolada profilaktika inspektorining huquqbuzarliklardan jabirlangan shaxslar bilan ishlashdagi faoliyati, uning ijtimoiy reabilitatsiya, psixologik yordam va huquqiy himoya jarayonlaridagi o‘rni tahlil etilgan. Nodavlat-notijorat tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikning huquqiy asoslari, amaliy mexanizmlari hamda ushbu hamkorlikni takomillashtirish yo‘nalishlari ilmiy asosda yoritilgan. Shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlarining ijtimoiy hamkorlikdagi o‘rni va jabrlangan shaxslar bilan ishlashdagi yangi yondashuvlar ham tahlil qilingan.

Abbosxon Abduraximov

7-9

2025-10-13

HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI VA JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHISH BOʻYICHA IDORALARARO KOMISSIYALAR FAOLIYATINI TASHKIL ETISH VA HOZIRGI KUNDAGI FAOLIYATI

Ushbu maqolada huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida idoralararo komissiyalarning o‘rni, ularning shakllanish jarayoni, huquqiy asoslari hamda faoliyat mexanizmlari chuqur tahlil qilinadi. Komissiyalarning davlat va jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi ko‘prik sifatidagi vazifasi, shuningdek, jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimining zamonaviy bosqichidagi muammolar va yechimlar ilmiy asosda yoritilgan. Shuningdek, maqolada hozirgi davrda ushbu komissiyalar faoliyatini takomillashtirish yo‘nalishlari, raqamlashtirish jarayonlari, profilaktika tizimiga ilg‘or yondashuvlarni tatbiq etish imkoniyatlari haqida ham fikr yuritiladi.

Umidjon Asqarov

10-12

2025-10-13

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING MAʼMURIY HUQUQB UZARLIKLAR TOʻGʻRISIDAGI ISHLARNI YURITISH FAOLIYATIDA SOHAVIY XIZMATLAR BILAN OʻZARO HAMKORLIGINI TAKOMILLASHTIRISH

Mazkur maqolada profilaktika inspektorining maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish faoliyatida turli sohaviy xizmatlar bilan hamkorlik mexanizmlarining huquqiy, tashkiliy va amaliy jihatlari tahlil etilgan. Huquqbuzarliklarning oldini olishda ichki ishlar organlari, sogʻliqni saqlash, taʼlim, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, shuningdek, mahalla institutlari bilan o‘zaro aloqadorlikning ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha zamonaviy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Javohir Bahodirov

13-15

2025-10-13

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING MAʼMURIY HUQUQB UZARLIKLAR TOʻGʻRISIDAGI ISHLARNI YURITISH FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu maqolada profilaktika inspektorlarining maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish jarayonidagi faoliyatini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Shuningdek, huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni tezkor va adolatli ko‘rib chiqish, dalillarni to‘plash, maʼmuriy bayonnomalarni rasmiylashtirishda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar keltirilgan.

Javohir Bahodirov

16-17

2025-10-13

PROFILAKTIKA INSPEKTORLARINING MAʼMURIY HUQUQB UZARLIK SODIR ETGAN SHAXSLARNI PROFILAKTIK HISOBGA OLISH FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu maqolada profilaktika inspektorlarining maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni profilaktik hisobga olish faoliyati, uning huquqiy asoslari, amaliy mexanizmlari hamda samaradorligini oshirish yoʻllari yoritilgan. Maqolada shuningdek, hisobga olish tizimining dolzarb masalalari, mavjud kamchiliklar va raqamlashtirish jarayonlari tahlil qilinadi. Shaxsni qayta ijtimoiylashtirish va huquqbuzarliklarning oldini olishda ushbu faoliyatning oʻrni ilmiy asosda bayon etilgan.

Jahongir Egamberdiyev

18-20

2025-10-13

FYODOR DOSTOYEVSKIY,FRANZ KAFKA, FRIDERIK NEITSCHENING FALSAFIY DUNYO VA INSONIYAT HAYOTIDA TUTGAN ROLI

Ushbu maqolaa falsafa va falsafiy hayot va qarash namoyandalarining inson va jamiyat hayotida tutgan o`rni,qoldirgan merosi hamda insonlar ruhiy kechinmalari va ilohiyot chambarchasligi haqida so`z yuritadi.

Dilmurod Ma`rufjonov

21-22

2025-10-13

RUKKOLA OʼSIMLIGI.

Ushbu maqolada rukola (Eruca sativa) o‘simligining botanik xususiyatlari, ekologik talablar, oziq-modda tarkibi, biologik faol moddalar, agronomik jihatlar va uning inson salomatligi uchun foydalari tahlil qilingan. Shuningdek, so‘nggi tadqiqotlar asosida rukolaning mikrogreens shaklida yetishtirilishi, stressga chidamliligi, biomolekulalar profili va sog‘liq-parvarlik salohiyati muhokama qilinadi.

Yulduz Eshmurodova

23-28

2025-10-13

ЙЎҚ ҚИЛИШ БЕЛГИЛАНГАН МОЛ-МУЛКЛАРДАН ИККИЛАМЧИ ХОМ АШЁ СИФАТИДА ҚАЙТА ФОЙДАЛАНИШНИНГ ҲУҚУҚИЙ ВА АМАЛИЙ ЖИҲАТЛАРИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ МАСАЛАЛАРИ

Мазкур тезисда ижро иши юритиш жараёнида суд қарорига асосан йўқ қилиниши белгиланган мол-мулклардан иккиламчи хом ашё сифатида қайта фойдаланишнинг ҳуқуқий ва амалий жиҳатларини такомиллаштириш масалаларига тўхталиб ўтилиб, бу борада амалдаги қонунчиликни такомиллаштириш, бу борадаги халқаро тажрибани миллий қонунчилик ва миллий ижро тизимига жорий этиш, шу билан бирга, йўқ қилиниши белгиланган мол-мулкнинг келгуси тақдирини ҳал этиш борасида қонунчиликка киритилиши кўзда тутилаётган ўзгаришлар хусусидаги таклифлар ҳақида фикр юритилган.

Достонжон Қулмаматов

29-36

2025-10-13

GENETICS AND ITS ETHICAL ISSUES

The review article examines the main ethical and legal aspects of biomedical research. It covers historical background and international regulations, principles of research ethics involving humans and animals, requirements for informed consent, protection of vulnerable groups, regulation of clinical trials and biobanking, as well as issues of confidentiality, conflict of interest, and researchers' responsibility. The article provides recommendations for compliance with ethical standards and legal regulation.

Yakubova F. T., Rezyapova D.R., Umarova X.M.

37-39

2025-10-13

SKIN INNERVATION OF THE HAND

This review summarizes the sensory and motor innervation of the skin of the human upper limb, including dermatomal distribution, peripheral nerve territories, cutaneous receptors, and clinical correlations. Emphasis is placed on the distributions of the radial, median, ulnar, musculocutaneous, and axillary nerves, diagnostic tests, neuropathies, and surgical/clinical implications.

Mukhamedzhanov A. Kh., Rezyapova D.R., Umarova X.M.

40-42

2025-10-13

ИЧКИ ИШЛАР ОРГАНЛАРИ ФАОЛИЯТИГА РАҚАМЛИ ТЕХНОЛОГИЯЛАРНИ ЖОРИЙ ҚИЛИШ ЗАРУРАТИ ВА ТАШКИЛИЙ-ҲУҚУҚИЙ АСОСЛАРИ

Маълумки, дунё ҳамжамиятида барча соҳаларда axбoрoт-кoммуникaция тexнoлoгиялaрини ривoжлaнтириш вa oммaлaштириш билaн бoғлиқ бўлгaн жараёнлар жадал суръатлар билан ривожланиб бормоқда. Мазкур тенденция билан уйғун олиб бориладиган рақамлаштириш жараёнлари дaвлaт идоралари вa фуқaрoлик жaмияти инcтитутлaри фаолиятлари, иқтиcoдий вa ижтимoий coҳa, илм-фaн вa тaълим йўналишларида ўз ифодасини тoпмoқдa. Соҳа олимларидан Н.Иминованинг таъкидлашича, мазкур жараёнлар инcoниятгa ўз caлoҳиятидaн янaдa тўлиқ фoйдaлaниш имкoниятини бeрaди, бaрқaрoр иқтиcoдий ўcиш, фaрoвoнлик дaрaжacини oшириш, дeмoкрaтия, тинчлик вa бaрқaрoрликни муcтaҳкaмлaш мaқcaдлaригa эришишгa кaттa ёрдaм бeрaди

Фаррухбек Давронов

43-46

2025-10-14

OʻZBEK TILIDAGI “BOSH” ASOSLI SOʻZLARNING LINGVOSTATISTIK TAHLILI

Ushbu maqolada o‘zbek tilidagi “bosh” asosli so‘zlarning lingvostatistik tahlili Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘atit-turk” asari misolida keltirilib, ularning tilimizda ishlatilishi haqida fikr-mulohazalar beriladi.

Farangis Hoshimova

47-49

2025-10-14

NEGATIV GRUPPA HISOBLANUVCHI AJRATILUVCHI NOMERLANGAN GRUPPA BO‘LISHI

Biz nomerlangan algebralarning gomomorfizmlarini ko‘rib chiqamiz, ular bir vaqtning o‘zida mos ravishda nomerlangan to‘plamlarning morfizmlari ham bo‘ladi, ya’ni agar va nomerlangan algebralar bo‘lsa va gomomorfizm bo‘lsa, u holda qo‘shimcha tarzda shunday rekursiv funksiya mavjud bo‘lishi kerakki, bo‘lsin.

Mohira Muxtorova

50

2025-10-14

МОРФОФУНКЦИОНАЛЬНЫЕ АДАПТАЦИИ ПОЧЕК У ЧЕЛОВЕКА РАЗЛИЧНЫХ КЛИМАТИЧЕСКИХ ЗОН

В данной обзорной статье рассматриваются морфофункциональные адаптации почек человека, возникающие под влиянием различных климатических условий (жаркие, аридные, высокогорные, умеренные). Показано, что в условиях теплового стресса, обезвоживания и гипоксии (при большой высоте) почки претерпевают структурные и физиологические перестройки, направленные на сохранение гомеостаза — водно-электролитного, кислотно-основного и кислородного баланса. Обсуждаются механизмы таких адаптаций: изменения кровоснабжения, почечного кровотока, скорости клубочковой фильтрации, реабсорбции натрия и воды, экспрессия молекулярных стресс-белков (например, шаперонов теплового шока), активация системы ренин–ангиотензин–альдостерон и другие. Приводятся данные эпидемиологических и экспериментальных исследований, демонстрирующих связи между климатическими условиями и риском почечной патологии.

Гулнара Жуманазарова

51-55

2025-10-14

УМНОЕ ПРОИЗВОДСТВО: КАК IOT И ИИ ПРЕОБРАЗУЮТ ПРОМЫШЛЕННОЕ РАЗВИТИ

Революционные изменения в промышленном росте ускоряются быстрым развитием искусственного интеллекта (ИИ) и Интернета вещей (IoT). Используя эти технологии, умное производство улучшает процесс принятия решений, снижает затраты и повышает эффективность работы. В этом исследовании рассматривается, как IoT и ИИ могут улучшить промышленные процессы, обсуждаются трудности их внедрения и демонстрируется потенциал интеллектуальных производственных систем в будущем. В отчете также рассматриваются примеры отраслей, успешно внедривших умное производство, с демонстрацией ощутимых улучшений в устойчивости и эффективности. Наряду с обсуждением возможных рисков, включая вопросы кибербезопасности и значительные стартовые затраты, отчет предлагает тактические решения для преодоления этих препятствий. Исследование завершается описанием будущих разработок, которые откроют новую эру промышленной трансформации, таких как сочетание edge-вычислений, блокчейна и цифровых двойников.

Умидахон Эркинова

56-59

2025-10-14

ЁШЛАР ҲИССИЙ БАРҚАРОРЛИГИ ВА ИЖТИМОИЙ МУНОСАБАТЛАРИДА МАХФИЙ МУҲАББАТНИНГ РОЛИ

Ушбу мақолада махфий муҳаббат феномени ва унинг ёшлар ҳиссий барқарорлиги ҳамда ижтимоий муносабатларига таъсири илмий-психологик нуқтаи назардан таҳлил этилган. Махфий муҳаббат ёш шахснинг ички дунёсида кечадиган руҳий ҳолат сифатида, унинг эмоционал ҳолати, мулоқот маданияти ва ижтимоий мослашув жараёнларига таъсир кўрсатиши аниқланган. Мақолада махфий муҳаббатнинг ижобий ва салбий жиҳатлари ёритилиб, ёшларнинг ҳиссий барқарорлигини мустаҳкамлаш ва ижтимоий фаоллигини ошириш бўйича амалий тавсиялар берилган.

Зиёдахон Бобаева , Заринахон Алимова , Мохичехра Муқимова , Мохигул Мукимова

60-62

2025-10-14

NEYRON TARMOQLARINI FAOLLASHTIRISH FUNKSIYALARINI AMALGA OSHIRADIGAN MANTIQIY AVTOMATLAR

So‘nggi yillarda sun’iy intellekt va mashinaviy o‘rganish texnologiyalari jadal rivojlanmoqda. Ularning asosiy elementi bo‘lgan sun’iy neyron tarmoqlar (SNT) inson miyasi faoliyatidan ilhomlanib yaratilgan matematik modellar majmuasidir. Neyron tarmoqlarning asosiy maqsadi — murakkab ma’lumotlarni qayta ishlash, ularni o‘rganish va natijani aniqlik bilan bashoratlashdir. Ushbu jarayonning muhim bosqichlaridan biri — faollashtirish funksiyasi (activation function) bo‘lib, u kirish signallariga qarab neyronning chiqishini aniqlaydi. Shu sababli, faollashtirish funksiyalarini amalga oshiradigan mantiqiy avtomatlar neyron tarmoqlarning asosiy hisoblash yadrosi sifatida katta ahamiyat kasb etadi.

Azamatjon Mardayev

63-65

2025-10-14

SECRETITY ENSURING THEIR RIGHTS A CRIME HAS OCCURRED. EFFECTIVE LOCATION VERIFICATION

Preservation and inspection of crime sites is of great importance in the field of the justice system. he collects evidence and in criminal cases plays a crucial role in identifying suspects. Inspection of the crime scene recreation of events that took place and potential Material evidence for the identification of suspects  systematic collection, storage and analysis Includes. However, the development of science and technology With the development of investigative methods the right to effective inspection and personal inviolability  The boundary between them is becoming increasingly blurred  to maintain the balance of this boundary There are quite a few contradictory opinions regarding.Which statements can we accept as correct? We will examine below.

Jienbaeva Salima Asqar qizi

69-71

2025-10-14

O‘QUVCHILARNING IJODIY QOBILIYATINI OSHIRISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISHNING AMALIY AHAMIYATI

So’nggi yillarda maktab ta’lim tizimiga shiddat bilan kirib kelayotgan yangi pedagogik texnologiyalar, innovatsiyalar, pedagogik-psixologik tushunchalar, interfaol metodlarni ta’lim beruvchi tomonidan o’zlashtirilib va qo’llanib borilishi, ta’lim sifatini, dars samaradorligini oshirishga yanada xizmat qiladi.

O‘g‘iloy Xolbekovа

72-73

2025-10-14

PEDAGOGIK TA’LIMDA AMALIYOTNING AHAMIYATI: TALABALIKDAN USTOZLIK SARI ILK QADAMLAR

Ushbu maqolada Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabalari tomonidan amalga oshirilgan amaliyot tajribasi yoritilgan. Maqolada amaliyotning ta’limdagi o‘rni, talabalar uchun amaliyotning ahamiyati, o‘qituvchilik faoliyatiga tayyorgarlikdagi roli va “4+2” tizimining afzalliklari yoritilgan. Shuningdek, dars jarayonlarida yangicha metodikalar tatbiqi, maktabdagi tajriba, ustozlar ko‘magi va universitet miqyosidagi faoliyat natijalari tahlil qilingan.

Ozoda Safarova, Nigina Abdulazizova

74-76

2025-10-15

MATEMATIKA DARSLARIDA STEAM YONDASHUVINING QO'LLANILISHI

Ushbu maqolada STEAM(Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics) yondashuvi doirasidamatematika fanining tutgan o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Matematikaning boshqa fanlar bilanintegratsiyalashgan holda o‘quvchilarning kreativvatanqidiy fikrlashini rivojlantirishdagi roli yoritiladi. Shuningdek, zamonaviy ta’limda loyihalashfaoliyati, muammo yechish va real hayotiy vazifalarni bajarishda matematik bilim va ko‘nikmalar asosiyvosita sifatida ko‘rib chiqiladi. Maqolada o‘qituvchilaruchun metodik tavsiyalar ham berilgan.

Nigina Abdulazizova , Ozoda Safarova

77-79

2025-10-15

OLIY TA’LIMDA DINSHUNOSLIKNI O‘QITISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI.

Ushbu tezisda oliy ta’lim tizimida dinshunoslik fanini interfaol metodlar asosida o‘qitishning ilmiy va amaliy ahamiyati yoritilgan. Interfaol yondashuvlarning talabalarda mustaqil fikrlash, diniy bag‘rikenglik va ma’naviy yetuklikni shakllantirishdagi roli tahlil qilingan.

Shaxzod Karshiboyev

80-81

2025-10-15

OLMA MEVASINI SAQLASHNING TURLI XIL USULLARINI TADQIQ QILISH

O‘zbekistonda yetishtiriladigan mevalar orasida olma alohida o‘rin egallaydi. Ammo hosil yig‘im-terimi ortidan uning sifati va oziqlik qiymatini saqlab qolish muhim muammo bo‘lib qolmoqda. Shu sababli, olmani to‘g‘ri va samarali saqlash usullarini o‘rganish — oziq-ovqat xavfsizligi, isrofdan saqlanish va iqtisodiy samaradorlikni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Maqolaning maqsadi — olma mevasini saqlashning mavjud usullarini tadqiq qilish, ularning afzallik va kamchiliklarini tahlil qilish va har bir usulning samaradorligini baholash.

Shahlohon Usmanova

82-84

2025-10-15

DEVELOPMENT OF SMALL BUSINESS AND ENTREPRENEURSHIP IN AGRICULTURE

The agricultural sector plays a key role in ensuring food security, sustainable rural development, and generating national income. Agricultural entrepreneurship is an important factor in modernizing agricultural production, implementing innovation, and enhancing competitiveness.

Mamura Nasretdinova

85-87

2025-10-15

TELEVIDENIYE KORXONALARIDA RAQAMLI BIZNES-MODELLARNI JORIY ETISHNING MOLIYAVIY SAMARADORLIGI

Bugungi globallashuv va raqamli transformatsiya davrida televideniye sohasida an’anaviy biznes-modellar o‘z ahamiyatini yo‘qotib bormoqda. Raqamli iqtisodiyotning shakllanishi bilan birga, O‘zbekiston televideniye korxonalari ham onlayn platformalar, raqamli kontent marketingi, va obuna asosidagi xizmatlar orqali yangi daromad manbalarini izlamoqda.

Shahlo Sharipova

66-68

2025-10-14

ХОЛТЕРОВСКОЕ МОНИТОРИРОВАНИЕ ЭКГ В ОЦЕНКЕ НАРУШЕНИЙ РИТМА И ИШЕМИЧЕСКИХ ИЗМЕНЕНИЙ МИОКАРДА: СОВРЕМЕННЫЕ ВОЗМОЖНОСТИ И ПРОГНОСТИЧЕСКОЕ ЗНАЧЕНИЕ

Холтеровское мониторирование электрокардиограммы (ХМ ЭКГ) занимает ключевое место в диагностике сердечно-сосудистых заболеваний, особенно аритмий и ишемии миокарда. Метод, предложенный Норманом Холтером в 1961 году, основан на непрерывной записи ЭКГ в течение 24–48 часов, что позволяет оценить электрическую активность сердца в условиях повседневной активности пациента.

Шарофиддин Тошмуродов

88-89

2025-10-15

BADIIY MATN LINGVOPOETIKASINING NAZARIY ASOSLARI: SO’Z ILMI VA LINGVISTIK POETIKA

Ushbu ilmiy tezisda badiiy matn va so’z ilmining lingvopoetika sohasidagi ahamiyati ko’rsatilgan. Lingvopoetikaning nazariy asoslarini yoritishda badiiy so’z va tilning poetik vazifasiga diqqat qaratilgan.

Adiba Otaqulova

90-91

2025-10-16

INSON HUQUQLARINI TA’MINLASHDA GENDER TENGLIKNING AHAMIYATI

Mazkur maqolada inson huquqlarini ta’minlash jarayonida gender tenglikning ahamiyati haqida tahlil qilinadi. Xususan,gender tenglikning huquqiy asoslari,ijtimoiy hayot,ta’lim jarayonlarida va oiladagi roli,hamda davlat siyosatini amalga oshirishdagi o’rni haqida yoritiladi. Shuningdek, gender tenglikka erishish yo’lidagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo’cha takliflar beriladi.

Dilnura Ro`zmetova

92-94

2025-10-16

МАЛОВОДИЕ И АКУШЕРСКИЕ ОСЛОЖНЕНИЯ

Одним из наиболее частых патологических состояний при беременности является маловодие, которое представляет собой снижение индекса околоплодных вод (ИАЖ) менее чем на 5 см или максимальной глубины вертикального кармана менее чем на 2 см. Для роста и развития плода, предотвращения пережатия пуповины и функционирования плаценты необходим нормальный объем околоплодных вод. Уменьшение объема околоплодных вод связано с высоким риском внутриутробной гипоксии, задержки роста плода, преждевременных и оперативных родов. Учитывая частоту перинатальных осложнений и кесарева сечения при беременности с маловодием, ранняя диагностика и эффективное лечение важны для минимизации материнской и неонатальной заболеваемости и смертности.

Н. М. Умарова , Ю. Ш. Неъматова

95-97

2025-10-16

UBAYDULLOXON – “SAХОVAT VA SHIJОATDA DAVR YAGОNASI”

Ushbu tezisda o‘zbek adabiyoti tarixida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan, “saхоvat va shijоatda davr yagоnasi” hisoblangan Ubaydulloxonning hayot yo‘li va ijodiy faoliyati xususida so‘z yuritiladi. Ta’kidlash lozimki, Ubaydulloxonning Buxoro tarixida faqatgina shoh sifatida emas, balki shoir sifatida ham faoliyat yuritgani uning shoh va shoirlik faoliyatini maromida olib borganligidan dalolat beradi. Ijodkor qoldirgan badiiy meros esa bugungi kunda adabiyotimizning ulkan xazinasi sifatida e’tirof etilmoqda.

Yulduz Jo‘rayeva

98-100

2025-10-16

MILLIY MADANIYATNI RIVOJLANTIRISHDA MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYATLARNING INTEGRATSION MEZON VA DARAJALARI

Ushbu maqolada zamonaviy san’at, adabiyot, musiqa va texnologiyalar orqali milliy madaniyatga yangi shakl berish mumkin. Innovatsion yondashuv milliy madaniyatni global maydonda tanitadi. Milliy madaniyatni rivojlantirish va saqlab qolishning ijtimoiy-falsafiy omillari - identifikatsiya, an’ana va qadriyatlarni davom ettirish, ta’lim-tarbiya, milliy birdamlik, davlat va jamiyat qo‘llab-quvvatlashi, globallashuv sharoitida madaniy immunitet hamda ijodkorlikdan iborat. Ushbu omillar uyg‘unlashgan taqdirda milliy madaniyat nafaqat asrab qolinadi, balki yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tariladi. Har bir millatning o‘z madaniyati va sanʼati uning xalq sifatidagi qadr-qimmatini belgilab beruvchi asosiy omillaridan biridir. Insoniyat vujudga kelibdiki, o‘zining butun salohiyatini ishga solib, yaratuvchilik, bunyodkorlik, ijodkorlik, mushohadakorlik borasida tinimsiz izlanadi, bundan estetik zavq oladi va bu jarayonda ruhan yuksaladi.

Gujahon Raximova

101-104

2025-10-16

PEDAGOGLARNING TEXNOLOGIK METAKOMPETENTLIK DARAJASINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI

Ushbu maqolada dunyoning ilg’or ilmiy tadqiqot institutlari va xalqaro markazlarida pedagogik ta’limini samarali loyihalashtirish, yangicha yondashuvlarni pedagogika yo‘nalishi talabalarining metakompetentligini rivojlantirishga yo‘naltirish, shu asosda raqobatbardosh va zamon talabalariga javob beradigan, pedagogik faoliyat ishini to‘g‘ri va samarali amalga oshira oldagigan xodimlarni tayyorashga qaratilgan.

Maftuna Nurmatova

105-108

2025-10-16

МЕТОДИКА РАЗВИТИЯ КОММУНИКАТИВНЫХ УМЕНИЙ СТАРШЕКЛАССНИКОВ

Старшеклассники находятся на пороге взрослой жизни, где умение эффективно общаться становится ключевым фактором успешной адаптации. Развитие коммуникативных умений у старшеклассников – это задача, которую должны решать школа, семья и само общество.

Мохигул Отахонова

109-112

2025-10-16

“ARAB BAHORI” INQILOBI NATIJASIDA MISR ARAB RESPUBLIKASIDA IJTIMOIY-SIYOSIY HOLAT

Ushbu tezisda inqilob natijasida Misr Arab Respublikasida ro’y bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar bayon etilgan. Xususan, mamlakatning siyosiy tuzumi o’zgarishi, “islom urushi” ning avj olib ketishi va davlatning iqtisodiy o’sishining pasayib ketishi yoritib berilgan.

O’g’iloy G’ofurova

113-114

2025-10-16

DINSHUNOSLIK FANI ORQALI TALABALARDA MA’NAVIY-AXLOQIY FAZILATLARNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI

Ushbu tezisda dinshunoslik fanining ta’lim jarayonidagi o‘rni va ahamiyati, talabalarda ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish jarayonining pedagogik asoslari tahlil qilinadi. Shuningdek, dinshunoslikni o‘qitish orqali yosh avlodda dunyoviylik va diniy qadriyatlarning uyg‘unligini ta’minlash, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalalari yoritiladi.

Shaxzod Karshiboyev

115-116

2025-10-17

“YOLG‘ONCHI FARISHTALAR” VA UNING POETIK XUSUSIYATLARI.

Mazkur tezisda Aziz Nesinning “Yolg‘onchi farishtalar” hikoyasi tahlil qilinib, undagi poetik xususiyatlar, yozuvchining kinoyaviy va satirik uslubi yoritilgan. Asarda inson tabiatidagi ikkiyuzlamachilik, soxta “ezgulik” va ijtimoiy illatlar hajv orqali ochib berilgani ilmiy asosda tahlil etilgan.

Gulhayo Egamberdiyeva

117-119

2025-10-17

REGRESSION MODELLARIDA COST FUNCTIONLAR TAHLILI: MSE, MAE, HUBER LOSS TAQQOSLANISHI.

Mashina o‘rganish (Machine Learning) sohasida regression modellari sonli qiymatlarni bashorat qilish uchun keng qo‘llaniladi. Masalan, uy narxini, havo haroratini yoki ishlab chiqarish hajmini oldindan aniqlashda regressiya modellari asosiy vositadir. Bunday modellarni o‘qitish jarayonida cost function (yoki loss function) juda muhim rol o‘ynaydi, chunki u modelning qanchalik “xato” bashorat qilayotganini o‘lchaydi.

Ilyos Xujayarov , Faxriddin Maxmadiyorov

120-122

2025-10-17

СРАВНИТЕЛЬНАЯ ОЦЕНКА МЕТОДОВ ПРОФИЛАКТИКИ И ЛЕЧЕНИЯ ПРОТЕЗНЫХ СТОМАТИТОВ И ПРОЛЕЖНЕЙ

Протезные стоматиты и пролежни слизистой оболочки рта представляют собой одно из наиболее распространённых осложнений при пользовании съёмными ортопедическими конструкциями. По данным отечественных авторов (Левин М. И., 2018; Мирзаев А. Р., 2021; Ахмедов Б. Х., 2022), воспалительные процессы под базисом протеза выявляются у 60–70 % пациентов, что подтверждает высокую актуальность данной проблемы в современной ортопедической стоматологии. Развитие воспаления обусловлено сочетанием местных и системных факторов. Механическая травматизация слизистой оболочки, несоответствие формы и размеров протеза, микробное загрязнение поверхности, нарушение гигиены и снижение реактивности организма — основные причины появления эрозий и пролежней.

Фарангиз Абдунабиева , Нигмон Хабилов

123-124

2025-10-17

XALQ IRRIGATSIYA TEXNIKASI: TARIXIY TAJRIBA, TEXNIK TUZILISH VA ZAMONAVIY AHAMIYATI

Maqolada Oʻrta Osiyoda, xususan, Oʻzbekistonning janubiy qismida qadimdan shakllangan xalq irrigatsiya tizimlari — sepoya, chorpoya, damba, toʻgʻon kabi gidrotexnik inshootlarning tuzilishi, ishlash prinsipi va ijtimoiy ahamiyati tahlil qilinadi. Asosiy e’tibor ushbu inshootlarning xalq muhandisligi mahsuli sifatida tabiiy sharoitga moslashganligi, ekologik barqarorligi va zamonaviy suv xoʻjaligi uchun amaliy ahamiyatiga qaratilgan.

Nozikoy Vaxidova

125-134

2025-10-17

TURLI ISHLOV BERISH USULLARI BO‘YICHA ABATMENT VA MILK O‘RTASIDAGI BOG‘LANISHNING QIYOSIY TAHLILI.

Abatment sirtiga ishlov berish texnologiyasi implant-milk interfeysining barqarorligi va biologik mosligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Ushbu tadqiqotda silliqlangan, qum bilan ishlov berilgan, anodlangan va nano-qoplamali sirtlarga ega abatmentlar asosida gingival to‘qimalar bilan o‘zaro bog‘lanish sifati klinik va morfologik jihatdan tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, nano-qoplamali sirtlar biologik kenglikni saqlash va yallig‘lanish holatini kamaytirishda eng samarali hisoblanadi.

Javohir Zokirqulov , B.N. Habilov

135-136

2025-10-17