Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative Academy» организовал Республиканская конференция «Наука и инновация». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.
Nashr qilingan: 2025-09-22
Maqolalar
DÚNYALIQ MÁMLEKET HÁM DIN TÚSINIGI, TARIYXI HÁM ILIMIY JANTASIWLAR
Házirgi waqıtta dúnya boylap 195 mámleketti qamtıp alǵan bes mıńnan aslam din hám túrli konfessiyalar bar bolıp, olardıń yarımınan kóbi dúnyalıq mámleketler bolıp tabıladı [1]. Dúnyalıq kóbinese zamanagóy demokratiyalıq jámiyetlerdiń iskerligi hám progressiv rawajlanıwınıń tiykarǵı hám zárúrli principi esaplanadı. Birden dúnyalıqtıń áhmiyetin ańlap bolmaydı, bul onıń din menen ózara mánisin tereń túsiniw hám demokratiyalıq ózgerisler arqalı mámleket rawajlanıwınıń real kelesheklerin seziniw menen júzege keledi.
2025-09-22
MAMATQUL HAZRATQULOV QISSALARINING STRUKTUR, SEMIOTIK XUSUSIYATI
Mazkur tezis Mamatqul Hazratqulov ijodidagi qissalarning struktur va semiotik xususiyatlarini tahlil etishga bag‘ishlangan. Ijodkorning qissalaridagi sarlavha, ilk jumla va epigraf kabi muhim badiiy elementlar tadqiq qilingan. Shuningdek, “Ko‘kko‘l”, “Intizor”, “Eshiklar ochiq”, “Chiroq o‘chmagan kecha” hamda “Bir tilim qovun” kabi qissalardagi ramziy ma’nolar, ruhiy-emotsional kayfiyat va g‘oyaviy qatlamlar yoritilgan. Muallif sarlavha va ilk jumlaning kitobxon tasavvurida hosil qiladigan dastlabki taassurotini, shuningdek, epigrafning badiiy mazmunni chuqurlashtirishdagi ahamiyatini ko‘rsatib bergani haqida ilmiy-nazariy xulosalar chiqarilgan.
2025-09-22
KO‘P MA’NOLILIK HODISASINING PSIXOLINGVISTIK ASPEKTDA O‘RGANILISHI
Ushbu tezisda tabiiy tilning asosiy qismini tashkil etuvchi ko‘p ma’no so‘zlarning nazariy asoslari, psixolingvistlar tomonidan bolalarning ko‘p ma’nolilikni o‘zlashtirishi haqidagi farazlari va ilmiy talqinlari keltirildi. Ko‘p ma’nolilikning o‘zlashtirish darajalariga oid guruhlanish va omonimiya bilan bog‘liqlik hamda farqli tomonlari ko‘rsatilgan.
2025-09-22
O‘ZBEK VA ARAB TILLARIDA TO‘LDIRUVCHI
Ushbu maqolada o‘zbek va arab tillarida to‘ldiruvchi sintaktik bo‘lakning xususiyatlari, ularning o‘xshash va farqli jihatlari tahlil qilinadi. To‘ldiruvchining turlari, ifodalanish vositalari hamda sintaktik qurilishdagi o‘rni keng qiyosiy tahlil asosida ko‘rsatib beriladi.
2025-09-22
SH. AYAPOV POEZIYASINDA METAFORALARDIŃ STILLIK QOLLANILIW ÓZGESHELIKLERI
Metaforalar poeziya tilinde eń ónimli qollanılatuǵın tillik kórkemlew quralları qatarında ornı ayrıqsha esaplanadı. Tuwra mánisi bir yamasa bir neshe leksikalıq til birlikleriniń dizilisip bir denotatlıq máni átirapına jámlesiwi arqalı awıspalı ekinshi bir metaforalıq máni ańlatıp, bir qaraǵanda ápiwayıday kóringeni menen awıspalı hám quramalı mánige iye bolıp, emocionallıq obrazlılıq tásirsheńligi arta túsedi. Sh. Ayapov poeziyalıq qosıq qatarlarında metaforalar stillik maqsetlerde qollanılıp, sóz hám onıń mánileri ekspressivlik tásirsheńlikke iye bolıp keliwi menen ajıralıp turadı.
2025-09-22
INNOVATSION BOSHQARUV TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISH VA RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI
Ushbu maqola hududiy boshqaruvda innovatsion boshqaruv texnologiyalarini joriy etish va takomillashtirish yo‘llarini o‘rganadi. Tadqiqot maqsadi – hududlarda texnologik innovatsiyalarni rag‘batlantirish, davlat xizmatlarini ko‘rsatishni yaxshilash va barqaror rivojlanishga ko‘maklashuvchi asosiy strategiyalar va harakatlarni aniqlashdir. Hududlarning yangi texnologiyalarni joriy etishga tayyorligi va ushbu texnologiyalarning hududiy rivojlanish ko‘rsatkichlariga ta'sirini baholash uchun kesma ma’lumotlar to‘plami yig‘ildi. Turli hududiy sharoitlarda turli strategiyalar samaradorligini va ularning natijalarini baholash uchun dispersiya tahlili (ANOVA) usuli qo‘llanildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, hududiy xususiyatlarga, masalan, infratuzilma, resurslarning mavjudligi va mahalliy boshqaruv salohiyatiga qarab, turli xil innovatsion boshqaruv texnologiyalarining samaradorligida sezilarli farqlar mavjud. Olingan ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, innovatsiyalarni rivojlantirish markazlarini yaratish, texnologik kompaniyalar bilan hamkorlikni mustahkamlash va aqlli texnologiyalarni integratsiyalash boshqaruv samaradorligini sezilarli darajada oshiradi va hududlarning o‘sishiga yordam beradi. Bundan tashqari, tadqiqot innovatsiyalarni barqaror joriy etishni qo‘llab-quvvatlash uchun kadrlarni o‘qitish va siyosatni ishlab chiqish muhimligini ta’kidlaydi.
2025-09-22
O’ZBEK TILIDA LINGVOKULTUROLOGIK BIRLIKLARNING NAMOYON BO’LISHI
Ushbu maqolada lingvokulturologiya fanining asosiy tushunchalari, til va madaniyat o‘zaro bog‘liqligi, shuningdek Oʻzbek tilidagi aniq leksik, pragmatik va diskurs misollar orqali til-madaniyat munosabatlari tahlil qilinadi. Amaliy qismda tilning madaniy kodlari — murojaat shakllari, mezonlar (eufemism), kultural leksika va nutq janrlari misollar bilan koʻrsatib oʻtiladi. Maqsad — lingvokulturologik yondashuv yordamida tilshunoslik va amaliy til oʻqitish uchun foydali tavsiyalar berish.
2025-09-22
OʻZBEKISTONDA NOGIRONLIGI BOʻLGAN SHAXSLARNI QOʻLLAB-QUVVATLASH SАMАRАDОRLIGINI ОSHIRISH MОDЕLLАRI
Mazkur maqolada Oʻzbekistonda nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash samaradorligini oshirish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda tarixiy manbalarda nogironlarga gʻamxoʻrlik anʼanalari qayd etilganligi taʼkidlanib, mustaqillik yillarida mamlakatimizda ushbu sohaga oid huquqiy-meʼyoriy baza shakllangani koʻrsatib oʻtilgan.
2025-09-22
NOGIRONLARNING REABILITATSIYASI VA MILLIY REABILITATSIYA TIZIMINING YARATILISHI
Mazkur maqolada O‘zbekistonda nogironlarning reabilitatsiyasi va milliy reabilitatsiya tizimining shakllanish jarayoni tahlil qilingan. Unda BMTning “Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyasi” hamda mamlakatimiz qonunchiligi asosida imkoniyati cheklangan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilgan islohotlar yoritilgan.
2025-09-22
ACHIEVING HIGHER ACCURACY IN CLASSIFYING UZBEK WORDS INTO GRAMMATICAL CATEGORIES USING THE CRF MODEL
The classification of words into grammatical categories (part-of-speech tagging) is a fundamental task in natural language processing (NLP). For morphologically rich languages such as Uzbek, this process becomes more challenging due to complex affixation, agglutinative word forms, and limited resources. This paper investigates the application of the Conditional Random Fields (CRF) model for Uzbek word classification, aiming to achieve higher accuracy compared to traditional approaches such as Hidden Markov Models (HMM). By incorporating contextual and morphological features, CRF achieves more reliable tagging. Several Uzbek sentence examples are analyzed, with CRF applied step by step to demonstrate its advantages. Experimental results show that CRF significantly improves accuracy, achieving 92.7% compared to 84.3% for HMM.
2025-09-23
THE CONFLICT BETWEEN SOCIETY AND THE INDIVIDUAL IN SAID AHMAD’S UFQ AND GEORGE ORWELL’S 1984
This article explores the complex relationship between society and the individual in Said Ahmad’s novel Ufq and George Orwell’s 1984. Both writers, though from different cultural and historical contexts, address the tension between personal freedom and collective control. Said Ahmad reflects the moral and social challenges of Uzbek society during the Soviet era, emphasizing the individual’s struggle against ideological conformity. Orwell, in contrast, portrays the extreme consequences of totalitarian power, exposing mechanisms of surveillance, censorship, and thought control. The comparative analysis highlights universal motifs of resistance, conformity, and identity under oppressive systems. By examining ideological motives, the article uncovers how literature functions as a critical tool to question authority, preserve human dignity, and reveal hidden contradictions in social life. Ultimately, both texts illuminate the timeless struggle between power structures and individual autonomy
2025-09-23
AXBOROTLASHGAN JAMIYATDA RAQAMLI IQTISODIYOT VA BARQAROR TARAQQIYOTNING STRATEGIK OMILI
XXI asr insoniyat tarixida “axborot asri” sifatida nom olmoqda. Chunki jamiyat taraqqiyoti tobora axborot resurslaridan oqilona foydalanish, ma’lumotlarni tezkor yig‘ish, qayta ishlash, tahlil qilish va ulardan samarali foydalanish bilan chambarchas bog‘lanib qoldi. Avvalgi davrlarda ishlab chiqarish kuchlarining asosiy manbasi tabiiy resurslar va jismoniy mehnatdan iborat bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi davrga kelib bilim, ko’nikma, tajriba, va innovatsion texnologiyalar asosiy omil sifatida maydonga chiqmoqda. Bu esa axborotlashtirishni jamiyat rivojlanishining eng asosiy faktorlaridan biriga aylantirib axborot va bilimlarni samarali boshqarishga undaydi. Bugungi kunda iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va siyosiy hayotning deyarli barcha jabhalari axborotlashtirish jarayoni ta’sirida tubdan o‘zgarib bormoqda. Shunday ekan, “axborotlashgan jamiyat” tushunchasi endilikda nazariy g‘oya bo’libgina qolmay, balki amaliy voqelik sifatida namoyon bo‘lib kelmoqda.
2025-09-23
BADIIY ASARLARDA POLIFONIYA HODISASI VA UNING PRAGMATIK TAHLILI
Maqolada M.M. Baxtinning polifoniya nazariyasi asosida Fyodor Dostoyevskiyning “Jinoyat va jazo” romanidan olingan nutqiy parchalar tahlil qilindi. Raskolnikov, Porfiriy, Svidrigaylov va Sonya nutqlaridan 4 ta misol keltirilib, ularning ruscha matni, o‘zbekcha tarjimasi va pragmatik sharhlari berildi. Tahlil jarayonida polifoniya tushunchasining implikatura bilan bog‘liqligi, shuningdek, tarjimada yashirin ma’nolarni ifodalash muammolari yoritildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Dostoyevskiy romanidagi ko‘p ovozlilik va yashirin semantika o‘zbek tiliga o‘girishda turli pragmatik va uslubiy qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi aniqlandi.
2025-09-23
CHET TILI DARSLARIDA INFORMATSION VA KOMMUNIKATSION RESURSLARDAN SAMARALI FOYDALANISH
Ushbu maqolada ingliz tili darsida information va kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanish ko’zda tutilgan. Axborot texnologiyalarini ta’limda qo‘llanilishi axborotlarni uzatish va elektron vositalarga asoslangan yangi ta’lim texnologiyalarini hamda ularning o‘ziga xos shakllarini paydo bo‘lishiga olib keldi. Interfaol kompyuter dasturlari va imkoniyati katta bo‘lgan multimedia tizimlari bularga yaqqol misol bo‘la oladi.
2025-09-23
O‘ZBEKISTONDA KICHIK VA O‘RTA BIZNESNI QO‘LLAB-QUVVATLASH: IQTISODIY ISLOHOTLAR DAVRIDA SAMARALI BOSHQARUV YONDASHUVLARI
Maqolada O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznes (KOB)ni qo‘llab-quvvatlash masalalari, iqtisodiy islohotlar jarayonida amalga oshirilayotgan strategik chora-tadbirlar hamda samarali boshqaruv yondashuvlari tahlil qilinadi. Shuningdek, biznes muhitini yaxshilash, tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy va institutsional jihatdan qo‘llab-quvvatlash, innovatsion boshqaruv tizimlarini joriy etish bo‘yicha takliflar ilgari suriladi.
2025-09-23
TOJIK SINFLARIDA O'ZBEK TILI TA'LIMINING DOLZARB MASALALARI
Maqolada tojik sinflarida o‘zbek tili ta’limining dolzarb masalalari yoritilgan. O‘zbek tilini o‘rganishning ijtimoiy-madaniy va amaliy ahamiyati tahlil qilingan, mavjud muammolar ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, metodik yondashuvlarni takomillashtirish, o‘qituvchilar malakasini oshirish hamda o‘quvchilar motivatsiyasini kuchaytirish bo‘yicha takliflar berilgan. Tadqiqot natijalari tojik sinflarida ta’lim sifatini oshirish va millatlararo muloqotni mustahkamlashga xizmat qiladi.
2025-09-23
BOLTSMAN-MAKSVELNING TEZLIKLAR BO’YICHA TAQSIMOTINING TAHLILI
Moddalarning barcha zarrachalari bir xil tezlikda harakatlanmaydi, bu esa gazlarning kinetik nazariyasida muhim ahamiyat kasb etadi. Shotlandiyalik fizik Jeyms Klerk Maksvel (1831–1879) va avstriyalik fizik Ludvig Boltsman (1844–1906) gaz molekulalarining tezlik bo‘yicha taqsimotini o‘rgangan va statistik fizikaning asoslarini yaratgan. Ushbu maqolada ushbu olimlarning ilmiy ishlari tahlil qilinib, Maksvel-Boltsman taqsimoti, uning matematik asoslari va fizik jarayonlardagi ahamiyati yoritilgan.
2025-09-23
МЕЖДУНАРОДНЫЕ ИНВЕСТИЦИИ И ИХ ПРИВЛЕЧЕНИЕ В ТЕРРИТОРИЮ СТРАНЫ
В условиях глобализации международные инвестиции выступают одним из основных источников экономического развития стран. Иностранный капитал обеспечивает не только финансовые ресурсы, но и внедрение передовых технологий, новый управленческий опыт, привлечение высококвалифицированных специалистов и создание эффективных производственных систем. Поэтому формирование инвестиционного климата и его соответствие международным стандартам является стратегической задачей для каждого государства.
2025-09-23
СКРИНИНГ И ПРОФИЛАКТИКА: КЛИНИКО-ОРГАНИЗАЦИОННЫЙ АЛГОРИТМ ВЕДЕНИЯ ДЕВОЧЕК-ПОДРОСТКОВ С ДИСЛИПИДЕМИЕЙ И МЕТАБОЛИЧЕСКИМИ НАРУШЕНИЯМИ
Современная педиатрическая практика всё чаще сталкивается с проблемами, ранее характерными преимущественно для взрослого населения: ожирением, метаболическим синдромом, сахарным диабетом 2 типа и ранними сердечно-сосудистыми заболеваниями. Одной из важнейших причин этой тенденции является рост числа подростков с нарушениями липидного обмена. Девочки в пубертатный период особенно уязвимы, поскольку именно в это время происходят сложные гормональные изменения, связанные с половым созреванием, которые в совокупности с неблагоприятными факторами внешней среды создают предпосылки для формирования атерогенного профиля крови [2.3].
2025-09-24
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA BOLALARGA MILLIY QADRIYATNI SINGDIRISH
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarga milliy qadriyatlarni singdirishning ahamiyati tahlil qilingan. Milliy qadriyatlarning bolalar ma’naviy kamolotidagi o‘rni, tarbiyachining vazifalari hamda amaliy yondashuvlar yoritilgan. Shuningdek, milliy o‘yinlar, ertaklar, dostonlar va bayramlarning tarbiyaviy ta’siri haqida fikr yuritilgan.
2025-09-24
QARAQALPAQSTAN RESPUBLIKASI AYMAGINDA IYTLERDE USHRAYTUGIN EKTO PARAZITLERGE QARSI GÚRESIW ILAJLARI
Bul maqalada Qaraqalpaqstan Respublikasında iytlerde ushırasatuǵın ekto parazitlerdiń tarqalıwı, olardıń haywan hám insan salamatlıǵına tásiri hám olarǵa qarsı gúresiw ilajları tallanǵan. Atap aytqanda, búrgeler, kene, bit sıyaqlı parazitlerdiń biologiyalıq ózgeshelikleri, olardıń kóbeyiwi hám tarqalıwına tásir etiwshi faktorlar jarıtıp berilgen. Sonday-aq, insekticidlik qurallardan paydalanıw, dezinfekciya jumısların ámelge asırıw, veterinariyalıq qadaǵalawdı kúsheytiw hám iyt iyeleriniń gigienalıq bilimlerin arttırıwdıń áhmiyeti ayrıqsha atap ótilgen. Maqalada profilaktika jumıslarınıń nátiyjeliligi, kompleksli ilajlardı ámelge asırıw zárúrligi ilimiy tiykarda kórsetip ótilgen.
2025-09-24
METHODOLOGICAL PERSPECTIVES ON THE USE OF COMPUTER LINGUO-DIDACTICS IN TEACHER PROFESSIONAL DEVELOPMENT
The digitalization of education has significantly transformed the professional development of foreign language teachers, requiring methodological innovations that integrate computer linguo-didactics. This paper explores methodological perspectives on employing digital linguo-didactic tools to enhance communicative and didactic competence in teacher training. Drawing on theoretical frameworks and empirical evidence from a small-scale survey of practicing teachers, the study analyzes the benefits, challenges, and methodological implications of using computer-based approaches in professional development. Findings demonstrate that the integration of digital resources fosters flexibility, learner-centered strategies, and intercultural awareness, while also raising concerns regarding methodological consistency and academic quality. The study concludes with recommendations for systematic incorporation of computer linguo-didactics into teacher education programs.
2025-09-24
XORAZM VOHASI PALEOEKOLOGIYASI EVOLUTSIYASI (GEOARXEOLOGIYA VA PALEOANTOLOGIYA MA’LUMOTLARI ASOSIDA)
Mazkur maqolada Xorazm vohasi hamda unga tutash hududlar paleotabiati taraqqiyoti bosqichlari, hududda hayotning paydo bo‘lish jarayonlari, ibtidoiy madaniyat shakllangungacha kechgan ekologik jarayonlar geoarxeologik va paleontologik ma’lumotlar asosida tahlil qilingan.
2025-09-24
ПРАГМАТИКА ДИСФЕМИЗМОВ: ФУНКЦИИ, КОНТЕКСТ И КОММУНИКАТИВНОЕ ВОЗДЕЙСТВИЕ
В статье исследуется прагматика дисфемизмов — сознательного использования резких или оскорбительных выражений вместо нейтральных. Анализируются основные функции дисфемизмов в коммуникации, такие как выражение негативных эмоций, создание социальной дистанции, юмор, акцентирование неприятных истин и утверждение власти. Особое внимание уделяется тому, как эффект дисфемизмов зависит от контекста, культурных норм и отношений между собеседниками. Также рассматривается влияние таких выражений на импликатуры, стратегии вежливости и восприятие высказываний. В целом, выявляется, что дисфемизмы являются мощным коммуникативным инструментом, сочетающим эмоциональную выразительность с риском социальной напряжённости.
2025-09-25
ILMIY BOZOR MUNOSABATLARIGA TEGISHLI TAJRIBALAR (OLIMLARNING IZLANISHLARI)
Ilmiy bozor munosabatlariga tegishli tajribalar kapitalistik bozor tuzilmasini taraqqiy etgan davlatlarning iqtisodiy hukmronligi to‘g‘risidagi farazlarni ilgari surdilar. Zotan, ushbu muammolar zamonaviy kapitalizm soyasi ostidagi katta iqtisodiy, ijtimoiy-psixologik ta’sirlarning yig‘indisi sifatida amal qildi. XX asr ohirlarida AQSHda bozor madaniyati rivoji tovarlarning yoki mahsulotlarning sifat va miqdor o‘zgarishlarini nisbatan yuqori darajaga ko‘tarilishiga erishildi. Zotan, iqtisodiy ishlab chiqarishning hajm va ko‘lami mehnat munosabatlar bozorida “talab va taklif nisbat barqarorligi” tarafdorlari ish strukturasida ustuvorlikka ega bo‘ldi (misol uchun D.Gilder, A.Laffer, D.Vaniski kabi).
2025-09-25
ISHLAB CHIQARISHDA SHAXS VA MODDIYLIK OMILLARINING UYG‘UNLIGI
Ochiq bozorning rasmiy statistik ko‘rsatgichlariga ro‘yxatga olingan ishchi, kasb-hunar ta’limi markazlaridagi talabalar soni kiradi. Bularni muvofiqlashtirish ishlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri ish beruvchilar bilan rasmiy suhbatlar asosida amalga oshirilishi, shuningdek, muayyan kasbni tanlash, o‘qitish, malaka oshirish va ehtiyoj tug‘ilgan yangi kasblarni egallashni mumkin bo‘ladi.
2025-09-25
PROFILAKTIKA INSPEKTORINING SPIRTLI ICHIMLIKKA RUJU QOʻYGAN SHAXSLAR BILAN ISHLASH FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH
Mazkur maqolada profilaktika inspektorining spirtli ichimlikka ruju qoʻygan shaxslar bilan ishlash faoliyati, uning huquqiy va ijtimoiy asoslari, hamda ushbu jarayonni takomillashtirish yoʻllari yoritilgan. Jamiyatda alkogolizmning salbiy oqibatlari, oilaviy muhit va yoshlar tarbiyasiga ta’siri tahlil qilingan. Shuningdek, profilaktika inspektorlari faoliyatida psixologik yondashuvlar, ijtimoiy hamkorlik, mahalla va jamoatchilik bilan hamkorlikni kuchaytirishning ahamiyati koʻrsatib berilgan. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, ushbu jarayonni samarali tashkil etish jinoyatchilikning oldini olishda, sogʻlom turmush tarzini qaror toptirishda va fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirishda muhim omil boʻlib xizmat qiladi.
2025-09-29
O‘ZBEK XALQ MUTAFAKKIRLARINING TARBIYA HAQIDAGI PEDAGOGIK G‘OYALARI
Ushbu maqolada tarbiya nima. Hozirgi kunda tarbiyaning qanchalik muhimligi va xalq mutafakkirlarimizning ilmiy nazariy fikrlari, tarbiya haqidagi qarashlarni chuqur ochib berilgan.
2025-09-29
SOLIQ HISOBINI YURITISHDA ELEKTRON PLATFORMALARDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI
Mazkur maqolada soliq hisobini yuritishda elektron platformalardan foydalanishning afzalliklari keng yoritilgan. Xususan, ularning qulayligi, tezkorligi, shaffoflikni ta’minlashi, byurokratik to‘siqlarni kamaytirishi hamda davlat va tadbirkorlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashdagi o‘rni izchil tahlil qilingan.
2025-09-29
SHOʻRLANISH SHAROITIDA AZOTOBACTER CHROOCOCCUM TOMONIDAN ALGINAT SINTEZI VA MODULYATSIYASI
Ushbu maqolada shoʻrlanish stressi sharoitida Azotobacter chroococcum tomonidan alginat sintezi va uning modulyatsiyasi jarayonlarini tahlil qiladi. Sho‘rlanish stressi erkin yashovchi rizobakteriyalarning yashovchanligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, ammo bu sharoitda ularning ekzopolisaxarid (EPS), xususan alginat ishlab chiqarish qobiliyati oshadi. Alginat ion toksikligini kamaytirish, biofilm tuzish va rizosferadagi suv balansini saqlashda muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, ushbu mexanizmlarning molekulyar asoslari va ekologik ahamiyati yoritilgan.
2025-09-29
QORAQALPOG‘ISTON SHAROITIDA ERTA PISHAR SHOLI NAMUNALARINING SELEKSIYA UCHUN QIMMATLI KO‘RSATKICHLARI
Tadqiqot Qoraqalpog‘iston sharoitida erta pishar sholi nav namunalarining qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha baholashga bag‘ishlandi. Tajribada standart sifatida Sanam navi bilan taqqoslangan 6 ta namuna o‘rganildi. O‘simlik bo‘yi 77,2–103,4 sm oralig‘ida, ro‘vak uzunligi 13,9–22,0 sm, unumdor tuplar soni 3,2–4,6 dona bo‘ldi. Bir ro‘vakdagi don soni 40 dan 78 donagacha, 1000 dona don og‘irligi esa 26,6–36,2 g ni tashkil etdi. Hosildorlik bo‘yicha Sanam (6,0 g) dan yuqori ko‘rsatkich bergan D-120 (D-135) – 9,20 g va D-12 (36-98-4) – 7,55 g namunalar istiqbolli deb topildi. Shu bois, ushbu genotiplar seleksiya jarayonida donor sifatida tavsiya qilinadi.
2025-09-29
ПОДАГРАЛИ БЕМОРЛАРДА БУЙРАК ВА ЖИГАР ЗАРАРЛАНИШИНИНГ КЛИНИК-ГЕНЕТИК ХУСУСИЯТЛАРИ
Ушбу мақолада подаграли беморларда нефропатия ва гепатопатиянинг клиник кўринишлари, биокимёвий кўрсаткичлар ва генетик предиспозициянинг ўрни таҳлил қилинди. Олиб борилган тадқиқотлар буйрак функциясидаги бузилишлар уратли нефропатиянинг эрта маркерлари сифатида намоён бўлишини, жигарда эса липид ва ферментлар алмашинувидаги ўзгаришлар билан намоён бўлишини кўрсатди. Генетик омиллар, хусусан пурин метаболизми билан боғлиқ генлардаги мутациялар, ушбу асоратларнинг тезроқ ривожланишига замин яратади. Хулоса қилиб айтганда, подаграли беморларда буйрак ва жигар зарарланишининг клиник-генетик хусусиятларини чуқур ўрганиш касаллик прогнозини баҳолаш ва индивидуал терапевтик ёндашувни танлашда муҳим аҳамиятга эга.
2025-09-29
INTUITIV TAʼLIMNI NORMATIV RIVOJLANTIRISH JARAYONIDA BOLALAR PSIXOLOGIK TARAQQIYOTIGA TAʼSIR ETUVCHI OMILLAR: EMPATIYA VA QABUL QILISHNI SHAKLLANTIRISH
Mazkur tezisda inklyuziv ta’limni normativ rivojlantirish jarayonida bolalar psixologik taraqqiyotining ayrim jihatlari tahlil qilinadi. Xususan, empatiya va qabul qilishni shakllantirish omillari, ularning ijtimoiy muhitda bola rivojlanishiga ko‘rsatadigan ta’siri yoritiladi. Inklyuziv yondashuvning amaliy ahamiyati va pedagogik-psixologik qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, empatiya madaniyatini rivojlantirish va boshqalarni qabul qila olish ko‘nikmasi ta’lim tizimida sog‘lom psixologik muhit yaratishning muhim sharti sifatida talqin qilinadi.
2025-09-29
O‘QUVCHILARDA EKOLOGIK ONGNI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK MEXANIZMLARI: MAS’ULIYAT HISSINI OSHIRISH
Ushbu tezis o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning ekologik ongini shakllantirishning psixologik mexanizmlarini tahlii qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda ekologik ongning shakllanishida idrok, hissiyot, motivatsiya, ijtimoiy taqlid va refleksiya kabi psixologik jarayonlarning o‘rni chuqur o‘rganilgan. Shuningdek, ekologik mas’uliyatni oshirishda yosh psixologiyasiga mos pedagogik texnologiyalar va usullarning samaradorligi tahlii qilingan. Tadqiqot natijalari asosida ekologik tarbiyani takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
2025-09-29
TIJORAT BANKLARIDA ESG FAOLIYATINI SAMARADORLIGINI TAHLIL QILISH
Maqolada tijorat banklarida ESG (Environmental, Social, Governance) faoliyatining samaradorligi tahlil qilingan. ESG tamoyillari asosida banklarning ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruvdagi faoliyati ko‘rsatkichlari o‘rganilgan. Shuningdek maqolada O‘zbekistonda ESG faoliyatini rivojlantirish muammolari va istiqbollari yoritilgan.
2025-09-30
O‘RTAKI OQBOSH KARAM O‘SIMLIGINING TARKIBIDAGI NITRAT VA QURUQ MODDA MIQDORIGA BIOPREPARAT, ORGANIK VA MINERAL O‘G‘ITLARNI ME’YOR VA MUDDATLARNING TA’SIRI
Ushbu maqolada sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida o‘rtaki oqbosh karam o‘simligiga qo‘llanilgan organik, mineral va biopreparatlarni me’yor va muddatlariga bog‘liq holda ularni tarkibida quruq modda va nitrat miqdori bo‘yicha ilmiy ma’lumotlar keltirilgan.
2025-09-30
ARAB VA INGLIZ TILLARIDA KOʻRSATISH OLMOSHLARI
Ushbu maqolada arab va ingliz tillaridagi koʻrsatish olmoshlari haqida ma'lumotlar beriladi. Ularning farqi va oʻxshashliklari xususida soʻz boradi.
2025-09-30
INGLIZ TILINI ORGANISHDA ZAMONAVIY METODLARDAN FOYDALANISH
Ushbu tezisda ingliz tilini o‘rganishda zamonaviy metodlarning samaradorligi tahlil qilinadi. Zamonaviy yondashuvlar — kommunikativ metod, topshiriqqa yo‘naltirilgan o‘qitish (task-based learning), raqamli texnologiyalar (platformalar, AR, mobil ilovalar), o‘zaro fikrlash (peer feedback), interaktiv va embodied learning yondashuvlari — ning til o‘rganish jarayonidagi afzalliklari va cheklovlari muhokama qilinadi. Tezisda turli tadqiqotlardan olingan empirik ma’lumotlar bilan zamonaviy metodlarning pedagogik samarasi ko‘rsatiladi. Ushbu makola ingliz tilini o‘rgatish va o‘zlashtirish jarayonini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy nuqtai nazarni taqdim etadi.
2025-09-30
INGLIZ TILINI IKKINCHI TIL SIFATIDA O'QITISHNING AHAMIYATI
Mazkur tezisda ingliz tilini ikkinchi til sifatida o‘qitishning zamonaviy jamiyatdagi ahamiyati, ta’lim tizimidagi o‘rni, shuningdek, global kommunikatsiya, iqtisodiy rivojlanish va axborot texnologiyalari sohasida qanday rol o‘ynashi tahlil qilinadi. Ingliz tili bugungi kunda xalqaro muloqotning asosiy vositasi sifatida butun dunyo mamlakatlarida o‘qitilmoqda. O‘zbekistonda ham ta’lim sohasida ingliz tilini o‘qitishga alohida e’tibor berilayotgan bo‘lib, bu jarayon milliy ta’lim tizimini xalqaro standartlarga moslashtirishda muhim ahamiyatga ega. Tadqiqotda ingliz tilini o‘qitishning psixologik, pedagogik va ijtimoiy jihatlariga e’tibor qaratilgan.
2025-09-30
O‘ZBEKISTONDA YASHIL BANK XIZMATLARI KO‘LAMINI KENGAYTIRISH YO‘LLARI
Barqaror rivojlanishga hissa qo‘shish va uzoq yillardan buyon davom etayotgan iqlim muammosiga ijobiy yechimlarni berishga bank tizimi yaqin yillar ichida alohida e’tibor qaratib kelmoqda. Atrof-muhit omillarini bank boshqaruvi va operatsiyalariga integratsiyalashni o‘z ichiga olgan yashil bank ishi esa ko‘plab tadqiqotlarga sabab bo‘lib kelmoqda. Bank sektori odatda tabiatga zarar yetkazmaydigan sanoat sifatida qaraladi, lekin ular atrof-muhitni ifloslantiruvchi uglerod iziga bevosita yoki bilvosita ta’sir qiladi. Ya’ni, banklar korxonalar, yuridik va jismoniy shaxslar uchun kredit va moliyalashtirishning asosiy manbayi hisoblanadi. Shuning uchun ham banklar iqlim o‘zgarishining salbiy ta’sirlarini yumshatishda va BMTning Barqaror rivojlanish maqsadiga erishishga sezilarli hissa qo‘shadigan loyihalarni ilgari surish orqali muhim ahamiyat kasb etadi.
2025-09-30
