Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative  Academy» организовал Республиканская конференция «Наука и инновация». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.

Nashr qilingan: 2025-12-15

CHIZMACHILIK KONSTRUKSIYALASH ASOSLARI FANIDA CHIZIQ TURLARI: NAZARIY METODIKA VA AMALIY QO‘LLANISHI

Maqolada chizmachilik konstruksiyalash asoslarida qo‘llaniladigan chiziq turlarining nazariy mazmuni, ularning konstruktorlik grafikalaridagi funksional ahamiyati, GOST va O‘z DSt standartlari bo‘yicha tasnifi hamda ishlab chiqarish jarayonlarida qo‘llanilish mexanizmi ilmiy asosda tahlil qilinadi. Chiziqlar sistemasi yordamida detallar shakli, fazoviy tuzilishi va funksional elementlari aniqlik bilan ifodalanishi ko‘rsatib beriladi. Grafik misollar, jadvallar va texnik standartlar asosidagi ko‘rinishlar orqali chizmani o‘qish va bajarishda chiziqlar turining to‘g‘ri tanlanishining muhimligi yoritiladi. Maqola muhandislik ta’limida grafik savodxonlikni oshirish bo‘yicha didaktik tavsiyalar bilan yakunlanadi.

Shaxzoda Tursunaliyeva

4-7

2025-12-15

HOW ACCENT INFLUENCES COMMUNICATION IN ENGLISH

The topic “How Accent Influences Communication in English” examines the complex relationship between accent, understanding, and social interaction. It highlights that accents not only shape how clearly a message is understood but also influence the listener’s perception of the speaker’s identity, competence, and cultural background. The annotation discusses that strong or unfamiliar accents may occasionally create barriers to effective communication, leading to misinterpretation or reduced confidence for both speaker and listener. At the same time, accents represent linguistic diversity and serve as an important marker of personal and cultural identity. The topic emphasizes the growing need for accent awareness, tolerance, and strategies such as active listening and exposure to different varieties of English in an increasingly globalized world. Recognizing the value of diverse accents contributes to more inclusive, respectful, and effective communication in academic, professional, and international settings.

Izzatillo Shokirjonov

8-12

2025-12-15

TARJIMA TARIXI VA UNING AHAMIYATI

Mazkur maqolada tarjimaning paydo bo‘lishi, tarixiy taraqqiyot bosqichlari hamda jamiyat hayotidagi ahamiyati yoritilgan. Qadimgi davrlardan boshlab hozirgi zamongacha tarjimaning ilm-fan, madaniyat va xalqlar o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirishdagi o‘rni tahlil qilingan. Shuningdek, o‘zbek tarjimachiligi tarixining muhim jihatlariga ham e’tibor qaratilgan.

Kamola Abdulxayeva, Muhayyo Ahmedova

13-14

2025-12-15

O‘RTA OSIYONING BRONZA DAVRI MANZILGOHLARI

O‘rta Osiyo hududi insoniyat tarixining eng qadimgi svilizatsiya markazlaridan biridir. Miloddan avvalgi III-II ming yilliklarni o‘z ichiga olgan bronza davri bu hududda ishlab chiqarish xo‘jaligining shakllanishi, dastlabki shaharsozlik, yirik qishloqlar va qo‘rg‘onlarning paydo bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Ayniqsa, Janubiy Turkmaniston, Janubiy O‘zbekiston va Qizilqum vohasi bronza davri madaniyatlarining shakllanishida muhim o‘rin tutgan. Bronzaning kashf etilishi ibtidoiy jamoa xo‘jaligida buyuk o‘zgarishlarga olib keldi. Bu insoniyatning iqtisodiy hayotigagina  emas, balki siyosiy, madaniy, ma’naviy hayotida ham tub o‘zgarishlar yasadi. Bronzaning tarkibi mis va qalay qorishmasidan iborat bo‘lgan. Eng yaxshi bronzaning tarkibida 90 % mis va 10 % qalay bo‘lgan.

Iskandar Jalolov , Zulayho Sobirjonova

15-16

2025-12-15

KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARNING AQLIY RIVOJLANISHI VA SHAXSIY XUSUSIYATLARINING SHAKILLANISHI

Asosan kichik maktab yoshi davri bolalarning intellektual rivojlanish, emotsional xususiyatlarining oʻzgarishi va o'zini anglash  davri bo'lib hisoblanadi. Shu bois ham ushbu maqolada kichik maktab yoshi davridagi bolalarning aqliy hamda shaxsiy rivojlanishlarining oʻzgarishlari haqida so'z yuritiladi.

Maya Annayeva , Gurbanjemal Kakabayeva

17-18

2025-12-15

TA’LIM JARAYONIDA INTERFAOL METODLAR SAMARADORLIGI

Mazkur maqolada ta’lim jarayonida interfaol metodlarning qo‘llanishi, ularning o‘quvchilarning bilim darajasi, ijodiy fikrlashi, muloqot ko‘nikmalari va o‘quv jarayonidagi faolligini oshirishdagi roli ilmiy tahlil etiladi. Interfaol metodlarning turlari, afzalliklari, zamonaviy ta’lim jarayonidagi o‘rni va ularni qo‘llashning pedagogik asoslari yoritilgan. Shuningdek, pedagoglar uchun interfaol metodlardan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beriladi.

Oybek Mamatmurotov, Sarvinoz Musulmonova

19-22

2025-12-15

"KO‘Z" KONSEPSIYASINING LINGVOKOGNITIV VA LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARI

Ushbu maqolada "ko'z" konsepsiyasining o'zbek va ingliz tillaridagi lingvokognitiv va lingvokulturologik xususiyatlari qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqot inson tanasining bu muhim a'zosi nafaqat vizual idrok funksiyasini bajarishini, balki turli madaniyatlarda bilish, his-tuyg'u, muloqot va ramziy ma'nolarning markaziy elementi sifatida qanday shakllanishini o'rganadi.

Umida Atamirzaeva

23-27

2025-12-15

MA’LUMOTLARNI NORMALIZATSIYA VA STANDARLASHTIRISH USULLARI. O‘LCHAMLARNI QISQARTIRISH VA PCA (PRINCIPAL COMPONENT ANALYSIS) AMALIYOTI

Maqolada ma'lumotlarni normalizatsiya va standarlashtirish usullari va ularning mashinalarning o'qitish jarayonidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘lchamlarni qisqartirishning samarali usuli bo‘lgan Principal Component Analysis (PCA) amaliyoti yoritiladi. PCA metodikasi, katta hajmdagi ma'lumotlar to‘plamlarida asosiy komponentlarni aniqlashga yordam beradi va bu, ma’lumotlarning yuqori o‘lchamli joylarda qiyinchiliklar keltirib chiqaradigan strukturasini soddalashtiradi. Maqolada PCA metodining ishlash prinsipi, afzalliklari va mashinalarning o‘qitishdagi o‘rni haqida batafsil tahlil beriladi. Shu bilan birga, PCA metodini amaliyotda qo‘llashning asosiy nuqtalari va uning ma’lumotlarni tahlil qilishdagi o‘rinlari ko‘rsatiladi.

Mahmudjon O'ktamov

28-32

2025-12-15

FTTX TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA KENG POLOSALI OPTIK TARMOQLARNI LOYIHALASH VA QURISH

Ushbu maqolada FTTx texnologiyalari asosida keng polosali optik tarmoqlarni loyihalash va qurish, ma'lumot uzatishning samaradorligini oshirishga qaratilgan innovatsion yechimlarni o'rganishga yo'naltirilgan. Bu soha, shuningdek, internet tezligini sezilarli darajada yaxshilash va tarmoqlarni kengaytirish imkoniyatlarini taqdim etadi. Optik tolali tarmoqlar orqali axborot uzatishning o'ziga xos afzalliklari va ularning iqtisodiy samaradorligi muhokama qilinadi. Loyihalash va qurilish jarayonlarida yuzaga keladigan texnik va moliyaviy jihatlar, shuningdek, infratuzilma rivojlanishiga bo'lgan ta'siri baholanadi.

A.N. Nishonov, SH.Q. SHukurjonov , M. Xalilov

36-38

2025-12-15

ILG‘OR MUHANDISLIK MAKTABLARIDA RAQAMLI TRANSFORMATSIYA JARAYONLARINING O‘RNI: MUTAXASSISLAR TAYYORLASHDA INNOVATSION PEDAGOGIK VA AXBOROT TEXNOLOGIYALAR

Mazkur tezisda sanoat robotlarining texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishdagi o‘rni, ularning ishlab chiqarish samaradorligi, xavfsizligi va mehnat unumdorligiga ta’siri yoritilgan. Robototexnika vositalari asosida avtomatlashtirilgan texnologik jarayonlar misolida ishlab chiqarishdagi tejamkorlik, aniqlik va innovatsion yondashuvlar tahlil qilingan. Ilg‘or xorijiy tajriba va O‘zbekiston sharoitida mavjud imkoniyatlar solishtirilib, taklif va tavsiyalar ilgari surilgan.

A.N. Nishonov, SH.Q. SHukurjonov, M. Xalilov

33-35

2025-12-15

MEXATRONIKA VA ROBOTOTEXNIKA TIZIMLARIDA INTELLEKTUAL BOSHQARUVNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI

Sun’iy intellekt texnologiyaning tobora ko‘proq sohalarida qo‘llanilayotgan mashhur vositaga aylanib bormoqda. Boshqaruv tizimlarini loyihalash va ulardan foydalanishdagi yangi vazifalar yuqori unumdorlik, boshqaruv moslashuvchanligi hamda katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash bilan bog‘liq. Ba’zi tizimlar real vaqt rejimida mustaqil qaror qabul qilishni talab qilsa, boshqalari inson-robot o‘zaro ta’siri va insonning tizim samaradorligiga ta’sirini ta’minlashda muhim omil bo‘lishi mumkin. Intellektual boshqaruv usullarini takomillashtirish bo‘yicha asosiy muammolar va rivojlanish tendensiyalari bayon etiladi.

A.N. Nishonov, SH.Q. SHukurjonov, M. Tillaboyev

39-42

2025-12-15

SIMSIZ TARMOQLARNI MODELLASHTIRISH: WI-FI, WIMAX, LTE, 5G VA HALOW TEXNOLOGIYALARINING QIYOSIY TAHLILI

Ushbu maqola zamonaviy simsiz tarmoq texnologiyalarini – Wi-Fi (joriy va 6/6E standartlari), WiMAX, LTE, 5G va Wi-Fi HaLowni modellashtirish tamoyillari va amaliy qoʻllanilishini chuqur oʻrganadi. Maqolada har bir texnologiyaning ishlash prinsiplari, qoʻllaniladigan chastota diapazonlari, uzatish tezligi, qamrov masofasi va quvvat sarfi kabi asosiy parametrlari tahlil qilinadi. Shuningdek, turli ilovalar (masalan, uy tarmoqlari, mobil keng polosali kirish, Internet Narsalar (IoT) uchun keng maydonli tarmoqlar) uchun mos texnologiyani tanlash mezonlari koʻrib chiqiladi. Alohida eʼtibor Wi-Fi HaLowning anʼanaviy Wi-Fi va boshqa past quvvatli keng maydonli tarmoq (LPWAN) texnologiyalaridan farqlari, shuningdek, 5G ning yangi imkoniyatlariga qaratilgan.

A.N. Nishonov, SH.Q. SHukurjonov, I. Maxmudov

43-46

2025-12-15

SUN’IY INTELEKT ASOSIDA TEXNOLOGIK JARAYONLARNI AVTOMATLASHTIRISHNING YANGI YECHIMLARI

Ushbu maqolada sun’iy intellekt (AI) va avtomatlashtirish texnologiyalarining mazmuni, ularning jamiyatdagi o‘rni hamda rivojlanish tendensiyalari yoritilgan. Sun’iy intellekt inson tafakkurini taqlid qiluvchi texnologiya sifatida, o‘rganish, tahlil qilish va qaror qabul qilish jarayonlarini avtomatlashtirishga xizmat qiladi. Avtomatlashtirish esa inson mehnatini yengillashtiruvchi, jarayonlarni dasturiy va texnik vositalar yordamida boshqarish imkonini beruvchi tizimdir. Maqolada AI va avtomatlashtirishning sanoat, tibbiyot, transport, ta’lim hamda biznes sohalaridagi qo‘llanilishi, ularning afzalliklari va muammolari, shuningdek, O‘zbekiston sharoitida rivojlanish istiqbollari tahlil qilingan.

A.N. Nishonov, SH.Q. SHukurjonov , K. Sobirova

47-49

2025-12-15

ELEKTR – TEXNIKA SANOATIDA POLIMER MATERIALLAR KIMYOSI

Mazkur maqolada polimer materiallarning elektr-texnika sanoatidagi ahamiyati, ularning kimyoviy tuzilishi, xossalari va qo‘llanilish yo‘nalishlari yoritilgan. Shu bilan birga elektr izolyatsiyasi, kabellar, mikroelektronika, dielektrik qurilmalar va kompozit materiallar ishlab chiqarishda polimerlarning tutgan o‘rni ilmiy jihatdan ko‘rib chiqiladi.

Nargiza Adizova , Javohir Sharifov

50-55

2025-12-15

ADABIYOTLAR VA INTERNET RESURSLARIDAN FOYDALANISHNING ZAMONAVIY TA’LIMDAGI O’RNI

Ushbu tezisda zamonaviy ta’lim jarayonida an’anaviy adabiyotlar, elektron manbalar va internet resurslaridan foydalanishning afzalliklari hamda o‘quvchilarning mustaqil ta’limini rivojlantirishdagi roli tahlil qilingan. Maqolada ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan turli platformalar, raqamli vositalar va ilmiy manbalarning samaradorligi yoritiladi.

Yorqinoy Ikromjonova

56-57

2025-12-15

MA’LUMOT UZATISHDA MODULYATSIYA VA DEMODULYATSIYA JARAYONLARIDA RAQAMLI SIGNALNI QAYTA ISHLASHNING ROLI

Mazkur maqolada telekommunikatsiya tizimlarida ma’lumot uzatish jarayonining asosiy bosqichlari bo‘lgan modulyatsiya va demodulyatsiya jarayonlarida raqamli signalni qayta ishlash (Digital Signal Processing – DSP) texnologiyalarining o‘rni va ahamiyati yoritiladi. Tadqiqot davomida raqamli modulyatsiya usullari, shovqin ta’sirini kamaytirish, spektral samaradorlikni oshirish va uzatish sifati bilan bog‘liq masalalar tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy telekommunikatsiya tarmoqlarida DSP asosidagi algoritmlarning qo‘llanilishi va istiqbollari ko‘rib chiqiladi.

Abdurashid Qodirov, Ixtiyorjon Parpiyev, L. Dalibekov

58-59

2025-12-15

EKOLOGIK MUAMMOLARNING TABIATGA ASOSLANGAN YECHIMLARI

Ushbu maqolada zamonaviy ekologik muammolarni hal etishda tabiatga asoslangan yechimlarning ahamiyati va ularning O‘zbekiston sharoitida qo‘llanish imkoniyatlari ilmiy tahlil qilinadi. Tabiiy ekotizimlardan oqilona foydalanish, o‘rmonzorlarni tiklash, suv resurslarini barqaror boshqarish, yer degradatsiyasini kamaytirish kabi tabiatga asoslangan yondashuvlar global ekologik inqirozlarni yumshatishda eng samarali yo‘llardan biri ekanligi asoslab beriladi. Maqolada O‘zbekiston Respublikasi uchun eng dolzarb ekologik muammo – Orol dengizi fojiasi alohida misol sifatida ko‘rib chiqilib, uning oqibatlarini yumshatishda tabiatga asoslangan yechimlarning o‘rni yoritiladi. Xususan, qurigan Orol tubida o‘rmonzorlar barpo etish, shamol eroziyasiga qarshi yashil barerlar yaratish, ekologik chidamli o‘simlik turlarini ekish, suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etish orqali ekotizimni tiklash borasidagi amaliy natijalar tahlil qilinadi. Shuningdek, Orolbo‘yi hududini ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik jihatdan qayta tiklashda tabiiy jarayonlardan foydalanishga asoslangan yondashuvlarning samaradorligi ilmiy asosda ochib beriladi. Muallif tabiatga asoslangan yechimlarning nafaqat ekologik, balki ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdagi keng imkoniyatlarini ko‘rsatib, O‘zbekiston uchun istiqbolli yo‘nalishlarini yoritib beradi.

Shaxriyor Rustamov , Xurshid Raimov

60-64

2025-12-15

«ВОЯГА ЕТМАГАНЛАРНИ ЖИНСИЙ АЛОҚА ҚИЛИШГА ЖАЛБ ЭТИШ ЖИНОЯТИНИНГ КРИМИНОГЕН ОМИЛЛАРИ ВА ҲУҚУҚИЙ АСОСЛАРИ»

Вояга етмаганларга нисбатан жинсий жиноятлар — замонавий жамиятда ижтимоий ва маънавий инқирознинг жиддий кўринишларидан бири ҳисобланади. Ушбу тезисда мазкур жиноятнинг криминоген омиллари, ижтимоий муҳити ва ҳуқуқий асослари таҳлил қилинади. Тадқиқот Ўзбекистон Республикаси қонунчилиги, МДҲ давлатлари тажрибаси ва илмий манбалар асосида амалга оширилди. Мақсад — жиноятнинг келиб чиқишини чуқур ўрганиш ва унинг профилактикаси учун ҳуқуқий асослар ва илмий мулоҳазаларни тақдим этиш.

Максуд Базаров

65-67

2025-12-15

КИБЕРБЕЗОПАСНОСТЬ И МЕТОДЫ ЗАЩИТЫ ИНФОРМАЦИИ

Это статья содержит информацию о кибербезопасности. Можно узнать каким способом можно зашитить личные данные и не потерять ни одну информацию принадлежаюшую тому или иному человеку.

Хулкар Олимова , Шерзод Бобокулов

68-70

2025-12-15

THE ROLE OF PAREMIOLOGICAL DICTIONARIES IN DESCRIBING THE NATIONAL PICTURE OF THE WORLD

The article examines the crucial role of paremiological dictionaries in describing and interpreting the national picture of the world. Paremias—proverbs and sayings—are viewed as culturally significant linguistic units that encapsulate collective experience, ethical norms, and worldview patterns of a people. The author emphasizes that paremiological dictionaries systematically organize this cultural heritage, preserve it across generations, and serve as an important tool for linguistic, ethnocultural, and cognitive research. Through examples from English and Karakalpak languages, the article demonstrates how paremiological dictionaries reveal culturally marked concepts such as diligence, collectivism, and moral causality. Comparative analysis of proverbs allows researchers to identify both universal values and culturally specific features of different ethnic groups. The study concludes that paremiological dictionaries support translation practice, foster intercultural dialogue, and contribute to the understanding of language as a reflection of culture and mentality.

Ayzada Mambetalieva

71-73

2025-12-15

POLIPLOIDIYA VA UNING XILLARI

Ushbu tezisda poliploidiya tushunchasi, uning kelib chiqish sabablari, tabiiy va sun’iy yo‘l bilan yuzaga kelish mexanizmlari hamda poliploid organizmlarning biologik xususiyatlari yoritilgan.

Gulzir Sobirova , Abduvali Yo’ldashev

74-76

2025-12-15

MUSIQA DARSLARIDA STEAM YONDASHUVINI QO’LLASH

Ushbu maqolada musiqa darslarida STEAM yondashuvini qo‘llashning ahamiyati va samaradorligi yoritilgan. STEAM yondashuvi asosida tashkil etilgan darslar o‘quvchilarni mustaqil izlanishga, ijodiy fikrlashga va fanlararo bog‘liqliklarni chuqur anglashga yo‘naltiradi. Raqamli texnologiyalar bilan ishlash, musiqiy kompozitsiyalar yaratish, ritm va tovush tebranishining ilmiy asoslarini o‘rganish orqali o‘quvchilarning texnologik savodxonligi hamda amaliy ko‘nikmalari rivojlanadi. Shuningdek, muammoni hal qilish, jamoada ishlash, mustaqil fikrlash kabi ko‘nikmalar shakllanib, musiqiy tafakkur va estetik did yuksaladi. Mazkur yondashuv musiqa ta’limini zamonaviy talablarga mos holda takomillashtirib, o‘quvchilarni kelajak kasblariga tayyorlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

MUATTARXON MA’RIFOVA

77-80

2025-12-15

ВОЯГА ЕТМАГАН ШАХСНИ СЎРОҚ ҚИЛИШДА ПСИХОЛОГ ИШТИРОКИНИНГ ҲУҚУҚИЙ АСОСЛАРИ

Вояга етмаган шахсни сўроқ қилиш жараёнида иштирок этадиган психологни таклиф қилиш масаласида ҳам қатъий талаблар қўйиш борасида фикрлар билдирилади. Аввал ихтибос қилинган россиялик муаллиф С. С. Чернова сўроқ қилиш жараёнига психологни жалб қилиш масаласини ҳал қилишда вояга етмаганлар психологияси билан машғул бўлган, аниқроғи сўроқ қилинаётган вояга етмаганнинг ёш гуруҳига тааллуқли психологни жалб қилиш жуда самарали ёндошув деб ҳисоблайди

А.С. Пўлатов

81-88

2025-12-15

ИММУНИТЕТ ҲУҚУҚИ ТУШУНЧАСИ ВА УНИНГ ҲУҚУҚ ТИЗИМИДАГИ ЎРНИ

Иммунитет ҳуқуқининг йўналиши ва мазмунини ифода этувчи тушунчалар эса ўзаро уйғун тушунчалар бўлиб, айрим тоифадаги шахсларга қонун тақдим этган ҳуқуқни қўллаш билан боғлиқ муносабатларнинг қай йўналишда ривожланиши ва якунланиши, иммунитет ҳуқуқига эга шахснинг ҳуқуқ ва қонуний манфаатларини ҳимоя қилишда процессуал чегаралар ва процессуал имкониятлар каби элементларни ўз ичига олади. Масалан, яна ЖПКнинг 223-моддасига мурожаат этадиган бўлсак, иммунитет ҳуқуқи тақдим этилган шахслар ички ишлар идораларига ёки бошқа ҳуқуқни мухофаза қилувчи органларга олиб келинишдан ҳимоя қилинганлар.

А.С. Пўлатов

89-93

2025-12-15

АЙБЛАНУВЧИНИНГ ЎЗ АЙБИГА ИХТИЁРИЙ ИҚРОР БЎЛИШИ ВА УНИНГ АҲАМИЯТИ

Мақолада айбланувчининг ўз айбига ихтиёрий иқрор бўлиши жиноят процессининг муҳим ҳуқуқий феномени сифатида таҳлил қилиниб, унинг далилий аҳамияти, процессуал шакллари, исботлашдаги ўрни, айблов эълон қилиниши билан боғлиқ расмий-юридик хусусиятлари, тўлиқ ва қисман иқрорлик кўринишлари, психологик ва ҳуқуқий моҳияти ҳамда рағбатлантирувчи тартиботлар билан ўзаро боғлиқ қонуниятлари илмий асосда ёритилган.

Жамшид Косимов

94-101

2025-12-15

АЙБ ЭЪЛОН ҚИЛИШ ТУШУНЧАСИ ВА УНИНГ СУДГА ҚАДАР ПРОЦЕССУАЛ МУНОСАБАТЛАР ТИЗИМИДА ТУТГАН ЎРНИ

Мақолада айб эълон қилиш тушунчасининг шаклланиши, унинг тарихи, турли ҳуқуқий тизимлардаги қоидалари, айбланувчи мақоми билан боғлиқ тартиблардан фарқи, жиноят-процессуал муносабатларда мустақил процессуал ҳаракат сифатидаги аҳамияти ҳамда судга қадар ва суд босқичида айблов функциясини амалга оширишдаги ўрни таҳлил қилинган.

Бекзод Ҳасанов

102-107

2025-12-15

ЖИНОЯТ-ПРОЦЕССИДА ТАНИБ ОЛИШ УЧУН КЎРСАТИШНИНГ ТУШУНЧАСИ, МОҲИЯТИ ВА АҲАМИЯТИ

Мақолада жиноят-процессуал фаолиятда таниб олиш учун кўрсатишнинг ҳуқуқий табиати, тартибга солувчи нормалар, идентификация жараёнининг когнитив ва психологик хусусиятлари, тергов тактикасининг таъсири, исботлаш тизимидаги ўрни ва аҳамияти, қонунийлик ҳамда процессуал кафолатларни таъминлаш механизмлари, шунингдек, миллий қонунчилик ва доктринал манбалар асосида ушбу институтнинг моҳияти таҳлил қилинган.

Достон Маматов

108-114

2025-12-15

СОЛИҚ ЁКИ ЙИҒИМЛАРНИ ТЎЛАШДАН БЎЙИН ТОВЛАШ СОҲАСИДАГИ ЖИНОЯТЛАР БЎЙИЧА ГУВОҲЛАР ВА ГУМОН ҚИЛИНУВЧИЛАРНИ СЎРОҚ ҚИЛИШНИНГ ТАКТИК ХУСУСИЯТЛАРИ

Мазкур мақолада солиқ ёки йиғимларни тўлашдан бўйин товлаш билан боғлиқ жиноятлар бўйича гувоҳлар, гумон қилинувчилар ва айбланувчиларни сўроқ қилиш тактикаси миллий ва хорижий криминалистик ёндашувлар таҳлили асосида ишончли далилларни шакллантириш, кўрсатувлардаги зиддиятларни бартараф этиш, сўроқ жараёнида психологик омиллардан самарали фойдаланиш ҳамда юзлаштириш тергов ҳаракатини ўтказишнинг процессуал-амалий хусусиятларини аниқлашга қаратилган комплекс илмий таҳлил ёритилган.

Абдушукур Абдулахатов

115-125

2025-12-15

RAQAMLI JAMIYATDA TALABALARNING MA'NAVIYAT KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH

Ushbu maqolada raqamli jamiyat sharoitida oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning ma'naviyat kompetensiyasini shakllantirish va rivojlantirish masalalari tadqiq etilgan. Raqamli texnologiyalar hayotimizga chuqur kirib kelgan davrda ma'naviy qadriyatlarni saqlab qolish va rivojlantirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Maqolada talabalarning ma'naviy kompetensiyasini rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari o'rganilgan, raqamli vositalardan foydalanish orqali ma'naviy tarbiyani kuchaytirish yo'llari taklif etilgan hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Temur Muxambaev

126-130

2025-12-15

MAKTABDA SINFDAN TASHQARI MUSIQIY TOʻGARAKLAR TASHKIL ETIB, OʻQUVCHI YOSHLARNI YANADA MUSIQAGA QIZIQTIRISH

Ushbu maqolada  maktablarda sinfdan tashqari musiqiy to‘garaklarni tashkil etishning ahamiyati va samaradorligi, o‘quvchi yoshlarni musiqaga qiziqtirish yo‘llari, ijodiy va madaniy rivojlanishdagi o‘rni ilmiy asosda tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida musiqiy ta’lim metodlari, innovatsion yondashuvlar va pedagogik texnologiyalar o‘rganilib, musiqiy to‘garaklarning shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishga ta’siri ko‘rsatildi. Maqola o‘quvchilarni san’atga jalb qilish va ularning iste’dodlarini aniqlash hamda rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar haqida fikr va mulohazalar yuritiladi va atroflicha bayon etiladi.

Xayitxon Sodiqova

131-134

2025-12-15

DEVELOPING READING COMPREHENSION IN FOREIGN LANGUAGE LEARNERS

This article explores the development of reading comprehension skills in foreign language learners, focusing on strategies that can improve comprehension. Through a mixed-methods study involving 60 adult learners of English as a foreign language (EFL), the research examines the impact of explicit instruction in reading strategies (such as prediction, summarization, and questioning) on learners' reading comprehension. The study finds that learners who received targeted instruction showed significant improvements in their comprehension scores, enhanced motivation, and greater engagement with reading tasks. The article emphasizes the importance of metacognitive strategies in reading and suggests that such strategies foster more active and independent reading practices. The findings highlight the need for language educators to integrate reading strategies into their teaching practices to support the development of reading comprehension in foreign language learners.

Zulfiya Rahimova

135-138

2025-12-15

KELAJAK SHIFOKORLARIDA MILLIY G‘OYA VA TARIXIY TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHDA INTERFAOL METODLARNING O‘RNI

Ushbu maqolada tibbiyot talabalari orasida milliy g‘oya va tarixiy tafakkurni rivojlantirishda interfaol ta’lim metodlarining o‘rni va ta’sirchanligi ilmiy asoslangan holda tahlil qilingan. Tadqiqot davomida case-study, munozara, rol o‘ynash, aqliy hujum kabi zamonaviy metodlar qo‘llanilib, talabalarning bilim, ijtimoiy faollik va kasbiy motivatsiya darajalari o‘zgarishi kuzatildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, interfaol yondashuv milliy qadriyatlarni anglash, tarixiy jarayonlarga tanqidiy fikr bilan qarash, vatanparvarlik ruhini oshirish hamda kelajak shifokorlarining kasbiy mas’uliyatini shakllantirishda samaralidir. Maqola tibbiy ta’lim jarayonida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibotning innovatsion shakllarini keng tatbiq etish zaruriyatini asoslab beradi.

Gulnozaxon Yulchiyeva

139-144

2025-12-15

NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR MUAMMOLARI VA ULARNI HAL QILISHNING SOTSIAL AHAMIYATI

Mazkur maqolada nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy hayotda duch kelayotgan asosiy muammolari, ularni bartaraf etishning zamonaviy yondashuvlari hamda mazkur jarayonning jamiyat taraqqiyoti uchun sotsial ahamiyati tahlil qilinadi. Maqolani yoritish davomida nogironlikning tibbiy va sotsial modellari solishtirilib, inklyuziv jamiyat tamoyillarining amaliy ahamiyati yoritiladi. Nogironlar uchun yaratilgan infratuzilma, ta’lim va bandlik imkoniyatlari, reabilitatsiya xizmatlari, psixologik qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarining dolzarbligi ilmiy manbalar asosida ko‘rib chiqiladi. Maqolada nogironlikni jamiyat tomonidan yaratilmagan sharoitlar bilan bog‘liq ijtimoiy hodisa sifatida talqin qiluvchi zamonaviy nazariyalar asosida kompleks tahlil amalga oshirilgan. Zero, inklyuziv muhitni shakllantirish, davlat siyosatini takomillashtirish va ijtimoiy tenglikni ta’minlashga qaratilgan taklif va tavsiyalar muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

Moxinur G‘ulomova

145-149

2025-12-15

THE ROLE OF MOTIVATION IN SECOND LANGUAGE ACQUISITION

This study explores the role of motivation in second language acquisition (SLA), emphasizing how different types of motivation influence learners’ engagement, strategies, and proficiency. Drawing on the theoretical frameworks of Gardner and Lambert’s integrative and instrumental motivation and Dörnyei’s L2 motivational self-system, the research employs a mixed-methods approach with 60 intermediate-level English learners. Quantitative analysis of motivation questionnaires and qualitative analysis of semi-structured interviews reveal that integrative and intrinsic motivation are strongly associated with higher language achievement, while instrumental motivation supports sustained effort in structured contexts. The findings highlight the dynamic nature of motivation and underscore the importance of fostering both internal and social motivational factors in language learning environments. Recommendations for educators focus on goal-setting, authentic language practice, and creating culturally relevant learning experiences.

Nigora Maxsudjonova

150-153

2025-12-15

RAQAMLI TASVIRLARNI SHOVQINDAN TOZALASHDA FILTRLAR SAMARADORLIGINI TAQQOSLASH

Zamonaviy dunyoda raqamli tasvirlar tibbiyot, xavfsizlik, telekommunikatsiya va boshqa sohalarda keng qo'llanilmoqda. Ammo tasvirlar ko'pincha turli shovqinlar ta'siriga uchraydi va bu ularning sifatini pasaytiradi. Ushbu tadqiqotda tasvirlarni shovqindan tozalashning to'rt xil usuli - Gauss, Median, Bilateral va Wavelet filtrlari - taqqoslandi. Natijalar shuni ko'rsatdiki, har bir filtr ma'lum shovqin turiga mos keladi va universal yechim mavjud emas. Gauss shovqini uchun Bilateral filtri eng yuqori PSNR ko'rsatkichini (29.67 dB) ko'rsatdi, Salt & Pepper shovqini uchun esa Median filtri 32.67 dB bilan eng samarali bo'ldi.

F.I. Eshboyev, H.M. Tursunov, L.R. Dalibekov

154-158

2025-12-15

SIGNAL VA TASVIRLARNI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYALARINING ZAMONAVIY RIVOJI VA ULARNING AMALIY QO‘LLANILISHI

Mazkur maqolada signal va tasvirlarni qayta ishlash texnologiyalarining hozirgi kundagi rivojlanish holati, ularning asosiy usullari hamda raqamli tizimlarda axborotni tahlil qilish va sifatini oshirishdagi ahamiyati yoritib beriladi. Shuningdek, muallif tomonidan signal va tasvirlarni qayta ishlash usullarini ta’lim hamda amaliy sohalarda samarali joriy etish bo‘yicha innovatsion takliflar ilgari suriladi. Ushbu yondashuv zamonaviy axborot texnologiyalarining rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Akmaljon Uktamov

159-160

2025-12-15

TIBBIYOTDA DATA MINING: KASALLIKLARNI BASHORAT QILISH VA TASHXISLASHDA QO'LLANILISHI

Raqamli transformatsiya jarayonida tibbiyot sohasida data mining texnologiyalari muhim rol o‘ynaydi. Ushbu tezisda tibbiy ma‘lumotlarni qazib olish usullari yordamida kasalliklarni bashorat qilish va tashxislash masalalari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda decision trees, neural networks, clustering va SVM algoritmlari qo‘llanilgan holda UCI Machine Learning Repositorydan olingan Heart Disease UCI va Breast Cancer Wisconsin datasetlari tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, data mining yordamida kasalliklarning erta aniqlanishi 85-95% aniqlikka erishishi mumkin, bu tibbiy xizmatlar sifatini oshiradi, xarajatlarni kamaytiradi va bemorlar hayotini saqlab qolish imkoniyatini beradi. Tadqiqot raqamli texnologiyalarni tibbiyotda qo‘llash istiqbollarini ochib beradi. 

I.E. Fayzullayevich

161-163

2025-12-15

SUN’IY INTELLEKT YORDAMIDA MOLIYAVIY FIRIBGARLIKNI ANIQLASH MODELI

Moliyaviy firibgarlik (fraud) dunyo bo‘yicha eng katta iqtisodiy muammolardan biri bo‘lib, korxonalar har yili milliardlab dollar yo‘qotmoqda. Ushbu tezisda firibgarlikni aniqlashda qo‘llaniladigan zamonaviy yondashuvlar, xususan ma’lumotlarni tahlil qilish (data mining) va mashina o‘rganishi (machine learning) usullari yoritiladi. Naqshlarni (patterns) aniqlash, anomaliyalarni topish va tasniflash modellari moliyaviy xavfni kamaytirishda muhim o‘rin tutadi. Tadqiqot “Fraud and Fraud Detection: A Practical Guide”, “Data Mining for Business Analytics”, hamda “Machine Learning for Financial Risk Management with Python” manbalari asosida olib borilgan.

Husniddin Abduxalimov

164-166

2025-12-15

SUN'IY INTELLEKT YORDAMIDA SIGNALLARNI QAYTA ISHLASHNING ZAMONAVIY YOʻNALISHLARI

Maqolada sun'iy intellekt yordamida signallarni qayta ishlashning zamonaviy yo'nalishlarini tahlil qiladi. Maqolada signallarni qayta ishlashning an'anaviy metodlari bilan solishtirganda, sun'iy intellektning yangi holatlar, masalan, chuqur o'qitish (deep learning) neyron tarmoqlari va mashina o'qitish texnologiyalari orqali signallarni va optimallashtirish yutuqlari. Maqola, audio, va sun'iy intellekt texnologiyasining video, tibbiy va sensorlar orqali olingan ma'lumotlarni qayta ishlashdagi tasvirni ko'rish. Ushbu sohaning keljagi va unga oid kasallik muammolari, sun'iy intellekt orqali signallarni qayta ishlashning yuki ham yoritiladi. Bunda, iqtisodiyot, telekommunikatsiya, avtomatik boshqaruv tizimlari va sohalarida sun'iy intellekt texnologiyaning qo'shimcha tahlili.

Ramziddin Faxriddinov , Mahmudjon O'ktamov

167-171

2025-12-16

QADIMGI MISR SIVILIZATSIYASINING DUNYO TARIXIDAGI O‘RNI

Qadimgi Misr sivilizatsiyasi insoniyat tarixidagi eng yirik va eng ta’sirchan madaniy o‘choqlardan biri hisoblanadi. Nil daryosi vodiysida shakllangan ushbu sivilizatsiya miloddan avvalgi IV ming yillikdan boshlab murakkab davlat tuzilmalari, markazlashgan boshqaruv tizimi va rivojlangan xo‘jalik yuritish madaniyatini yaratishga muvaffaq bo‘lgan. Misrliklar ixtiro qilgan ieroglif yozuvi, monumental piramidalar me’morchiligi, mumiyolash an’analari, diniy e’tiqodlar va astronomiya hamda matematika sohasidagi bilimlar keyingi davrlarda shakllangan ko‘plab sivilizatsiyalar uchun asos bo‘lib xizmat qilgan. Qadimgi Misrning san’at, tibbiyot, irrigatsiya tizimlari, qonunlar, shuningdek, savdo aloqalarini yo‘lga qo‘yishdagi tajribalari jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shdi.

Ibrohimjon Vasiyjonov

172-174

2025-12-16