Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative Academy» организовал Республиканская конференция «Молодые ученые». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.
Опубликован: 2025-12-25
Статьи
O‘ZBEKISTON QOVUN MAHSULOTLARINING GERMANIYA BOZORIGA EKSPORT SALOHIYATI: SAVDO-STATISTIK TAHLIL ASOSIDA BAHOLASH
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida yetishtiriladigan qovun mahsulotlarining Germaniya bozoriga eksport salohiyati savdo-statistik hisob-kitoblar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot Trade Map 2024 ma’lumotlariga tayangan holda Germaniyaning qovun import hajmi, import narxlari, O‘zbekistonning mavjud eksport ko‘rsatkichlari hamda potensial eksport ssenariylari asosida olib borildi. Tahlil natijalari Germaniya bozorida yuqori hajm va nisbatan yuqori narx shakllanganini, O‘zbekiston esa ushbu bozorda deyarli ishtirok etmayotganini ko‘rsatadi. Hisob-kitoblar Germaniya importining kichik ulushi ham O‘zbekiston uchun sezilarli eksport daromadi keltirishi mumkinligini tasdiqlaydi.
2025-12-24
O‘ZBEKISTON-GERMANIYA DIPLOMATIK MUNOSABATLARI: HOZIRGI RIVOJLANISH VA ISTIQBOLLAR
Bugungi kundagi jahon hamjamiyatida faol tashqi siyosat olib borayotgan O‘zbekiston Respublikasining Yevropaning madaniy, ilg‘or hamda zamonaviy diplomatiyasiga ega mamlakati bo‘lgan Germaniya bilan ikki tomonlama munoasabatlarining shakllanishi va rivojlanishining tahliliga bag‘ishlangan. Tadqiqotda diplomatik aloqalarning o‘rnatilishi, siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy hamkorlik, madaniy aloqalar hamda zamonaviy davrdagi yuqori darajadagi tashriflar asosiy yo‘nalishlar sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, Germaniya va O‘zbekiston hamkorligining huquqiy asoslari yoritishga qaratilgan.
2025-12-24
SANKSIYALAR TASHQI SIYOSAT VOSITASI SIFATIDA
Sanksiyalar davlatlararo munosabatlarda keng qo‘llaniladigan vositalardan biridir. Ular harbiy harakatlarga murojaat qilmasdan boshqa davlatning siyosiy qarorlarini o‘zgartirish yoki rag‘batlantirish maqsadida ishlatiladi. Ushbu maqolada sanksiyalarning tashqi siyosatdagi roli, turlari, samaradorligi va qo‘llanilishdagi qiyinchiliklar tahlil qilinadi. Shuningdek, sanksiyalarning real hayotdagi amaliy misollari keltiriladi.
2025-12-24
ATSETALDEGIDDAN ETIL SPIRT OLISH
Ushbu tezisda atsetaldegiddan etil spirt olishning kimyoviy mohiyati, reaksion mexanizmi, katalitik sharoitlari hamda sanoatdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Atsetaldegidning vodorod bilan qaytarilishi orqali etanol sintezi jarayoni kinetik va termodinamik jihatdan ko`rib chiqilib,qo`llaniladigan katalizatorlar va texnologik sharoitlarning samaradorligi yoritiladi.
2025-12-24
TYPES OF TRANSLATION WITHIN CONTEMPORARY TRANSLATION THEORY: CONCEPTUAL, FUNCTIONAL, AND PROFESSIONAL APPROACHES
This article examines the major types of translation within contemporary translation theory. It analyzes how translation strategies are selected according to text type, communicative purpose, and target audience. The study is grounded in theoretical views proposed by leading scholars in translation studies such as Nida, Newmark, Baker, and Vermeer. The analysis demonstrates that effective translation depends on choosing an appropriate translation type rather than applying a single rigid method. The findings emphasize the importance of translation typology in professional practice and translator education.
2025-12-24
OMMAVIY ONLAYN OCHIQ KURSLAR ASOSIDA MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL ETISH (PEDAGOGIK YONDASHUV)
Ushbu maqolada ommaviy onlayn ochiq kurslar (MOOC) asosida mustaqil ta’limni tashkil etishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi MOOC platformalarining oliy ta’lim tizimida mustaqil ta’lim samaradorligini oshirishdagi pedagogik imkoniyatlarini aniqlashdan iborat. Tadqiqot jarayonida ilmiy-pedagogik tahlil, taqqoslash, tizimlashtirish hamda kuzatish metodlaridan foydalanildi. Tadqiqot natijalari MOOC asosida tashkil etilgan mustaqil ta’lim talabalarning o‘z-o‘zini boshqarish, tanqidiy fikrlash va raqamli kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilishini ko‘rsatdi. Mazkur tadqiqot natijalari oliy ta’lim muassasalarida raqamli ta’limni rivojlantirish va ta’lim jarayonini modernizatsiya qilishda amaliy ahamiyat kasb etadi.
2025-12-24
TEXNIK METANOLNING FIZIK-KIMYOVIY KO‘RSATKICHLARI
Texnik metanol (keyingi o‘rinlarda metanol, metil spirti) eng muhim organik mahsulotlardan biri bo‘lib, to‘yingan bir atomli spirtlarning eng oddiy vakili hisoblanadi. Metanol fotografik plyonka, aminlar, polivinilxlorid, karbamid va ion almashinadigan smolalar, bo‘yoqlar va oraliq mahsulotlar ishlab chiqarishda, bo‘yoq va lak sanoatida erituvchi sifatida ishlatiladi.
2025-12-24
ИССЛЕДОВАНИЕ РАЗРЫВНЫХ ХАРАКТЕРИСТИК МАТЕРИАЛОВ С ПОЛИМЕРНОЙ КОМПОЗИЦИЕЙ
В данной работе рассмотрено влияние ряда биополимерных растворов и композиций получаемых материалов. Исследованы технологичские параметры получения модифициорванных нитей на основе натуральных волокон. Физико-химическими методами исследована структура модифицированных нитей. Определены оптимальные составы смесей в электроактивированных растворах. Изучено структурные и другие свойства модифицированных нитей и показано положительные изменение в структуре модифицированных образцах.
2025-12-24
O’ZBEKISTONDA AYOL TADBIRKORLAR UCHUN YARATILAYOTGAN IMKONIYATLAR
Mazkur maqolada O'zbekistonda ayol tadbirkorligini rivojlantirishga qaratilgan imkoniyatlar, davlat tomonidan ko’rsatilayotgan institutsional, moliyaviy va innovation qo’llab-quvvatlash mexanizmlari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida ayol tadbirkorlarning iqtisodiy faolligini oshirishda imtiyozli kreditlar, grantlar, o'quv dasturlari hamda innovation muhitning o'rni yoritib beriladi. Shuningdek, innovation g'oyalarni amaliyotga tatbiq etish va mamlakat iqtisodiy taraqqiyotiga qo'shilayotgan hissasi baholanadi, rivojlantirish orqali bandlikni ta'minlash. Maqola natijalari ayol tadbirkorlik faoliyatini yanada qo’llab-quvvatlash va takomillashtirish bo’yicha ilmiy-amaliy xulosalar chiqarishga xizmat qiladi.
2025-12-24
“INNOVATSIYALAR - BIZNESNING BARQAROR RIVOJLANISHINI TA’MINLOVCHI ASOSIY VOSITA.”
Innovatsiyalar zamonaviy iqtisodiyotda biznesning barqaror o'sishining markaziy omiliga aylandi. Ushbu maqola texnologik, tashkiliy va mahsulot innovatsiyalari firma faoliyatiga, raqobatdosh ustunlikka va bozor kengayishiga qanday ta'sir qilishini o'rganadi.
2025-12-24
ЗНАЧЕНИЕ САМОСТОЯТЕЛЬНОЙ РАБОТЫ ПРИ ИЗУЧЕНИИ РУССКОГО ЯЗЫКА КАК ИНОСТРАННОГО
Статья посвящена значению самостоятельной работы при изучении русского языка как иностранного. Показано, что она помогает закреплять знания, развивать речевые навыки и формировать самостоятельность.
2025-12-25
AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING HISOB FANIDAGI AHAMIYATI
Ushbu akademik maqola hisob fanida axborot texnologiyalarining (AT) ahamiyatini chuqur tahlil qiladi. Maqola ATning buxgalteriya hisobi amaliyotidagi evolyutsiyasini, hisob jarayonlarini avtomatlashtirish orqali samaradorlikni oshirishdagi rolini, ma'lumotlar tahlili, hisobot berish va strategik qarorlar qabul qilishga ta'sirini o'rganadi. Shuningdek, ichki nazorat, audit va xavfsizlikni ta'minlashda ATning muhimligini, bulutli hisob, ERP tizimlari hamda blokcheyn, sun'iy intellekt kabi rivojlanayotgan texnologiyalar bilan bog'liq zamonaviy tendensiyalarni ko'rib chiqadi. Maqola ATning buxgalteriya kasbiga ta'sirini va kelajak istiqbollarini qamrab olgan holda, uning transformatsion kuchini va hisob sohasi uchun strategik ahamiyatini ta'kidlaydi.
2025-12-25
TURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING YANGI YO‘NALISHLARINI TASHKIL ETISH VA JORIY QILISH YOLLARI (NAVOIY VILOYATI MISOLIDA)
Ushbu maqolada Navoiy viloyatining turizm salohiyatini rivojlantirishning zamonaviy yo‘nalishlari, ularni tashkil etish va amaliyotga tatbiq etish yollari batafsil tahlil qilinadi. Turizm sohasida mavjud holat, yangi istiqbollar, innovatsion yo‘nalishlarning joriy qilinishi, infratuzilma, marketing strategiyalari va barqaror rivojlanish konsepsiyalari ko‘rib chiqiladi. Jumladan, tarixiy, madaniy, ekologik, sanoat, geoturizm kabi yo‘nalishlarning potensiali hamda amaliy chora-tadbirlar belgilab beriladi. Navoiy viloyati misolida turizmni rivojlantirishning amaliy elementlari va ularning iqtisodiy samaradorligi tahlil qilinadi.
2025-12-25
JAHON MEDIA VA AXBOROT MAKONIDA RAQOBOT MUHITI
Ushbu maqolada jahon media tizimi va global axborot makonida yuzaga kelayotgan raqobat muhiti tahlil etiladi. Globallashuv, raqamli texnologiyalar va ijtimoiy tarmoqlarning tezkor rivojlanishi natijasida media bozori yangi bosqichga ko‘tarilgani, yirik transmilliy media korporatsiyalar, raqamli platformalar va davlatlar o‘rtasida axborot siyosati hamda auditoriya uchun keskin raqobat shakllangani yoritiladi.
2025-12-25
SUN’IY INTELLEKT ASOSIDA OVOZ TANISH TEXNOLOGIYALARI
Ushbu maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining ovoz tanish sohasidagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Ovoz tanish tizimlarining ishlash tamoyillari, mashina o‘rganish va neyron tarmoqlarga asoslangan modellar haqida ma’lumot beriladi. Shuningdek, nutqni avtomatik tahlil qilish, inson bilan kompyuter o‘rtasidagi muloqotni tabiiylashtirish va bu texnologiyalarning kundalik hayotdagi qo‘llanilish yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Maqola sun’iy intellekt asosidagi ovoz tanish tizimlarining afzalliklari, muammolari va kelajakdagi rivojlanish istiqbollarini o‘rganishga qaratilgan.
2025-12-25
AI ASOSIDA AVTOMATLASHGAN TARJIMA TIZIMLARI
Mazkur maqolada sun’iy intellekt (AI) asosida ishlaydigan avtomatlashtirilgan tarjima tizimlarining shakllanishi, ularning tarixiy rivojlanish bosqichlari, texnologik asoslari va qo‘llanilish mexanizmlari atroflicha yoritiladi. Unda, ayniqsa, so‘nggi yillarda keng qo‘llanila boshlagan neyron tarmoqlarga asoslangan tarjima modellarining (NMT) arxitekturasi, ularning ishlash prinsipi hamda kontekstni chuqur tahlil qilish qobiliyati batafsil tahlil qilinadi. Shuningdek, avtomatlashtirilgan tarjima tizimlarining ta’lim, biznes, tibbiyot, turizm va axborot texnologiyalari kabi sohalarda qanday amaliy imkoniyatlar yaratishi haqida fikr yuritiladi.
2025-12-25
SUN'IY INTELLEKT YORDAMIDA TIBBIY DIAGNOSTIKA TIZIMLARI
Ushbu maqola zamonaviy tibbiyot sohasida sun'iy intellekt (SI) texnologiyalarining joriy etilishi va uning tibbiy diagnostika tizimlariga ta'sirini tahlil qiladi. SI, xususan, chuqur o'rganish (Deep Learning) metodlari tibbiy tasvirlarni (KT, MRT, rentgen) tahlil qilish, kasalliklarni erta aniqlash va shaxsiylashtirilgan tibbiyotni rivojlantirishdagi yutuqlari o'rganilgan. Maqolada SI ning diagnostik aniqlikni oshirish, vaqtni tejash va subyektiv xatoliklarni kamaytirishdagi afzalliklari ko'rsatilgan. Shuningdek, ma'lumotlar bazasi sifatiga bo'lgan talab, etik va huquqiy javobgarlik kabi mavjud muammolar va ularni hal qilish yo'llari muhokama qilingan.
2025-12-25
DEEPFAKE TEXNOLOGIYASI VA UNING IJTIMOIY XAVFLARI
Mazkur maqolada sun’iy intellekt asosida yaratiladigan deepfake texnologiyasi, uning ishlash tamoyillari hamda jamiyat hayotiga ta’siri yoritib beriladi. Shuningdek, deepfake orqali yuzaga keladigan ijtimoiy, axloqiy va huquqiy xavflar tahlil qilinadi. Maqolada bu texnologiyaning noto‘g‘ri qo‘llanishi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar va ularning oldini olish masalalariga ham e’tibor qaratiladi.
2025-12-25
WEB-ILOVALAR ISHLAB CHIQISHDA ZAMONAVIY TEXNALOGIYALAR
Mazkur maqolada veb-ilovalar ishlab chiqish jarayonida qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar, dasturlash tillari, freymvorklar hamda bulutli yechimlarning o‘rni chuqur tahlil qilinadi. Bugungi kunda veb-ilovalar inson faoliyatining deyarli barcha sohalarida — ta’lim, sog‘liqni saqlash, elektron tijorat, davlat boshqaruvi va moliyaviy xizmatlarda keng qo‘llanilmoqda. Shu sababli, ularning samarali ishlashi, xavfsizligi va kengaytiriluvchanligi zamonaviy dasturchilar oldida turgan eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
2025-12-25
SUNIY INTELEKT YORDAMIDA MA’LUMOTLARNI TAHLIL QILISH
Sun’iy intellekt (SI) yordamida ma’lumotlarni tahlil qilish zamonaviy texnologiyalarning eng muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada SI algoritmlari yordamida katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash, ularni tahlil qilish va qaror qabul qilish jarayonini avtomatlashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Shu bilan birga, SIning turli sohalardagi amaliy qo‘llanilishi, jumladan, biznes, moliya, tibbiyot, transport va sanoatda ma’lumotlarni bashorat qilish, trendlarni aniqlash, mijoz xatti-harakatlarini tahlil qilish va nosozliklarni oldindan aniqlash kabi vazifalardagi roli tahlil qilinadi. Maqolada shuningdek, SI algoritmlarining afzalliklari, cheklovlari, ma’lumotlar sifati va xavfsizligi masalalari ham ko‘rib chiqiladi. Ushbu mavzu zamonaviy ilm-fan va texnologiya rivojida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ma’lumotlarga asoslangan qaror qabul qilish jarayonini samarali qilishga xizmat qiladi.
2025-12-25
RAQAMLI TRANSFARMATSIYA JARAYONLARINING IJTIMOIY TA`SIRI
Ushbu ilmiy maqolada raqamli transformatsiya jarayonlarining jamiyat hayotiga ko‘rsatayotgan ijtimoiy ta’siri keng qamrovda tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar rivojlanishi tufayli odamlarning muloqot qilish uslubi, mehnat bozori, ta’lim jarayoni va davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari tubdan o‘zgarib bormoqda. Maqolada ushbu o‘zgarishlarning ijobiy tomonlari – qulayliklar yaratilishi, bilim olish imkoniyatlarining kengayishi, xizmatlar tezligi va shaffofligining ortishi kabi jihatlar yoritiladi. Shuningdek, raqamli transformatsiya bilan bog‘liq bo‘lgan raqamli tengsizlik, kiberxavfsizlik muammolari, axborotning ishonchliligi va mehnat bozorida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflar ham tahlil qilinadi. Tadqiqotda O‘zbekiston misolida olib borilayotgan raqamli islohotlar ham ko‘rib chiqilib, raqamlashtirishning jamiyatga ta’siri
2025-12-25
AI ASOSIDA AVTOMOBIL BOSHQARUVI TIZIMLARI
Ushbu maqolada sun’iy intellekt asosida ishlab chiqilgan avtomobil boshqaruvi tizimlarining nazariy asoslari va amaliy qo‘llanilishi yoritiladi. Avtomobil sanoatida raqamli texnologiyalar va aqlli tizimlarning joriy etilishi transport vositalarining xavfsizligi va samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Sun’iy intellektga asoslangan boshqaruv tizimlari real vaqt rejimida ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va qaror qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lib, yo‘l sharoitlariga moslashuvchan harakatlanishni ta’minlaydi. Maqolada avtomatik boshqaruv, adaptiv tezlikni boshqarish, to‘qnashuvlarning oldini olish va yo‘nalishni aniqlash tizimlarining ishlash mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, mazkur tizimlarning yo‘l harakati xavfsizligini oshirish, inson omili bilan bog‘liq xatolarni kamaytirish hamda transport oqimini samarali boshqarishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Sun’iy intellekt asosidagi avtomobil boshqaruvi tizimlarini joriy etishda yuzaga keladigan texnik, huquqiy va axloqiy masalalar ham yoritilib, ularning kelgusidagi rivojlanish istiqbollari ko‘rsatib beriladi.
2025-12-25
BANK TIZIMLARIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING QO’LLANILISHI
Ushbu maqolada bank tizimlarida raqamli texnologiyalarning qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Bank xizmatlarini raqamlashtirish jarayoni, onlayn va mobil banking platformalarining afzalliklari, moliyaviy texnologiyalar bilan integratsiya, raqamli innovatsiyalarning mijozlar va bank operatsiyalariga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Xavfsizlik masalalari, sun’iy intellekt va blokcheyn texnologiyalarining bank tizimidagi roli ham muhokama qilinadi. Bank xizmatlarining samaradorligini oshirish, mijozlar tajribasini yaxshilash va raqamli transformatsiya jarayonini tezlashtirish imkoniyatlarini ko‘rsatadi.
2025-12-25
IOT (INTERNET OF TINGS) TIZMLARIDAN ZAFAIZLIK MASALALARI
Nesnelerin Interneti (IoT) tizimlari kundalik hayotimiz va sanoatning ajralmas qismiga aylangan bo‘lsa-da, ularning keng tarqalishi jiddiy xavfsizlik zafiyatlarini yuzaga keltirmoqda. Ushbu tadqiqot IoT qurilmalarining tezkor rivojlanishi natijasida kelib chiqadigan xavfsizlik muammolarini, jumladan, ma'lumotlarning o‘g‘irlanishi, maxfiylik buzilishi va fizik tizimlarga ta'sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan tahdidlarni chuqur tahlil qiladi. Inson omilining xavfsizlik buzilishidagi muhim rolini, shuningdek, ishlab chiqaruvchilarning shoshqaloq ishlanmalari, zaif standart parollar va dasturiy ta'minotning eskirishi kabi texnik muammolarni ko‘rib chiqiladi. Maqolada IoT xavfsizligini oshirishga qaratilgan strategiyalar, jumladan, mustahkam parol siyosatlari, muntazam dasturiy ta'minot yangilanishlari, foydalanuvchilarning xabardorligini oshirish va xavfsizlik madaniyatini shakllantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beriladi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, IoT xavfsizligini ta'minlash uchun texnologik yechimlar, foydalanuvchi ta'limi va samarali huquqiy tartibga solishni birlashtirgan kompleks yondashuv zarur.
2025-12-25
AXBOROTNI TEXNOLOGIYASINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI
Ushbu ilmiy maqola axborot texnologiyalarining (AT) tarixiy evolyutsiyasini, uning dastlabki ildizlaridan to hozirgi zamonaviy sun'iy intellekt va kiber-fizik tizimlargacha bo'lgan rivojlanish bosqichlarini atroflicha tahlil qiladi. Maqolada insoniyatning bilimlarni to'plash, qayta ishlash va uzatishga bo'lgan doimiy intilishi AT taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchi bo'lganligi ko'rsatiladi. Mexanik hisoblash davridan elektron kompyuterlarning paydo bo'lishi, shaxsiy kompyuterlar va Internet inqilobi, mobil texnologiyalar va bulutli hisoblashlar, nihoyat, sun'iy intellekt, Narsalar Interneti (IoT) va kiber-fizik tizimlar kabi zamonaviy yo'nalishlar xronologik tartibda ko'rib chiqiladi. Har bir bosqichning asosiy xususiyatlari, muhim kashfiyotlari va jamiyatga ta'siri ilmiy-tanqidiy nuqtai nazardan sintez qilinadi. Maqola ATning kelajakdagi yo'nalishlari va uning insoniyat taraqqiyotidagi o'rni haqidagi xulosalar bilan yakunlanadi.
2025-12-25
DASTURLASHDA SUN’IY INTELLEKTDAN FOYDALANISH
Ushbu akademik maqola dasturlash sohasida sun'iy intellektdan (SI) foydalanishni, uning dasturiy ta'minotni ishlab chiqish hayot siklini (DTIHS) transformatsiya qilishdagi rolini, dasturchi mahsuldorligi va ko'nikmalariga ta'sirini, shuningdek, u bilan bog'liq qiyinchiliklar, cheklovlar va axloqiy masalalarni chuqur tahlil qiladi. Generativ SI va Katta Til Modellarining (KTM) dasturiy ta'minot muhandisligining turli bosqichlarida, xususan, rejalashtirish, tahlil qilish, loyihalash, amalga oshirish va sinovdan o'tkazishda qo'llanilishi ko'rib chiqiladi. Maqolada SI ning kod yozish, xatolarni aniqlash, sinovlarni avtomatlashtirish va loyiha boshqaruvini optimallashtirishdagi afzalliklari batafsil yoritilgan. Shuningdek, mavjud muammolar, jumladan murakkab UI o'zgarishlarini boshqarish, kontekstual tushunish, soxta pozitivlar, domen bilimi yetishmovchiligi va SI vositalarining kelajakdagi istiqbollari va tadqiqot yo'nalishlari muhokama qilinadi. Maqola, SI ning dasturlash sohasidagi inson salohiyatini oshiruvchi hamkor sifatidagi ahamiyatini ta'kidlaydi va uning kelajakdagi roli haqida prognozlar beradi.
2025-12-25
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING JISMONIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISHDA HARAKATLI O‘YINLAR VA QUVNOQ STARTLARNING SAMARADORLIGI
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy sifatlarini rivojlantirish jarayonida harakatli o‘yinlar va quvnoq startlardan foydalanishning pedagogik va amaliy samaradorligi chuqur tahlil qilingan. Tadqiqotda jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida o‘yin faoliyatining ahamiyati, uning bolalarning tezkorlik, chaqqonlik, kuch, chidamlilik va muvozanat kabi asosiy jismoniy sifatlariga ta’siri yoritib berilgan. Shuningdek, harakatli o‘yinlar va quvnoq startlarning o‘quvchilarning psixologik holati, ijtimoiy moslashuvi hamda jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishdagi o‘rni asoslab berilgan. Maqolada boshlang‘ich sinf yosh xususiyatlariga mos ravishda o‘yinlarni tanlash va tashkil etishning metodik jihatlari ochib berilib, ularning jismoniy tarbiya darslari samaradorligini oshirishdagi ahamiyati ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan.
2025-12-26
VANDERMOND DETERMINANTINING INTERPOLATSIYA MASALALARIDAGI AHAMIYATI
Ushbu ishda Vandermond determinanti tushunchasi, uning asosiy xossalari hamda sonli analiz va algebraik hisoblashlardagi qo‘llanilishi ko‘rib chiqiladi. Vandermond determinantining interpolatsiya masalalaridagi ahamiyati, xususan Lagranj interpolatsiya polinomini qurishdagi roli tahlil qilinadi. Shuningdek, Vandermond matritsasi asosida hosil bo‘ladigan chiziqli tenglamalar sistemasining yechimga ega bo‘lish shartlari yoritiladi. Tadqiqot davomida Vandermond determinantining nolga teng bo‘lmasligi nuqtalar orasidagi farq bilan bog‘liqligi asoslab beriladi hamda uning numerik tahlil, muhandislik va amaliy masalalardagi qo‘llanilishiga e’tibor qaratiladi.
2025-12-26
ZAMONAVIY PLOMBALASH MATERIALLARINING AFZALLIKLARI
Ushbu tezisda zamonaviy plombalash materiallarining tishlarni davolashdagi o‘rni va ularning klinik afzalliklari tahlil qilingan. Kompozit, amalgama, glass ionomer va boshqa zamonaviy materiallarning mexanik mustahkamligi, estetik ko‘rinishi, ishlash qulayligi, chidamliligi va tish to‘qimalariga mosligi kabi jihatlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, materiallarning kariesga qarshi himoya xususiyatlari, bemorlar uchun qulayligi va uzoq muddatli samaradorligi ham muhokama qilingan. Tezis stomatologlar va stomatologiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun ilmiy va amaliy manba sifatida foydali hisoblanadi.
2025-12-26
RAQAMLI STOMATOLOGIYADA CAD/CAM TEXNOLOGIYALARI
Ushbu tezisda zamonaviy raqamli stomatologiyada CAD/CAM texnologiyalarining o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Kompyuter yordamida loyihalash va kompyuter yordamida ishlab chiqarish texnologiyalarining stomatologik amaliyotdagi qo‘llanilishi, xususan, tojlar, ko‘priksimon protezlar, vinirlar hamda implantatga tayanuvchi protezlarni tayyorlashdagi imkoniyatlari tahlil qilingan. CAD/CAM tizimlarining yuqori aniqligi, davolash vaqtini qisqartirishi, estetik natijalarni yaxshilashi va bemorlar uchun qulaylik yaratishi kabi afzalliklari ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, raqamli stomatologiyada CAD/CAM texnologiyalarining rivojlanish istiqbollari va kelajakdagi ahamiyati qisqacha bayon etilgan.
2025-12-26
VIRTUAL VA KENGAYTIRILGAN HAQIQATLAR.VR/AR TEXNOLOGIYALARI
Virtual haqiqat (VR) va kengaytirilgan haqiqat (AR) texnologiyalari so'nggi yillarda katta rivojlanish va e'tibor qozonmoqda. Bu texnologiyalarning o'sishiga texnologik taraqqiyotlar, kompyuter tizimlarining kuchayishi, mobil qurilmalar va interaktiv tizimlarning takomillashuvi yordam berdi. Quyida VR va AR texnologiyalarining imkoniyatlari, farqlari, qo'llanilishi va kelajagi haqida to'liq maqola keltiraman.
2025-12-26
TA’LIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR INTEGRATSIYASI
Mazkur maqolada ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarni integratsiya qilishning ahamiyati, imkoniyatlari va muammolari yoritiladi. Raqamli platformalar, elektron resurslar, sun’iy intellekt, masofaviy ta’lim va mobil texnologiyalarning o‘quv jarayoniga ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, raqamli ta’lim muhitini samarali tashkil etish yo‘llari hamda pedagog va o‘quvchilarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.
2025-12-26
BIG DATA ASOSIDA AXBOROT MANIPULYATSIYASINI ILMIY TAHLIL QILISH
Mazkur ilmiy maqolada Big Data texnologiyalari asosida axborot manipulyatsiyasining shakllari, mexanizmlari va jamiyatga ta’siri ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Raqamli platformalarda katta hajmdagi ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish imkoniyatlari axborot oqimini boshqarish, foydalanuvchi ongiga ta’sir o‘tkazish va jamoatchilik fikrini shakllantirishda muhim vositaga aylanmoqda. Tadqiqotda axborot manipulyatsiyasining nazariy asoslari, Big Data bilan bog‘liq algoritmik mexanizmlar, ijtimoiy tarmoqlar misolida real holatlar hamda axborot xavfsizligini ta’minlash yo‘llari yoritilgan.
2025-12-26
BULUTLI HISSOBLASH TEXNOLOGIYASINING AFZALLIKLARI
Bulutli hisoblash texnologiyasi zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimlarining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, hisoblash resurslari, dasturiy ta’minot va ma’lumotlarni saqlash imkoniyatlarini internet orqali masofaviy tarzda taqdim etishga xizmat qiladi. Ushbu texnologiya foydalanuvchilarga yuqori hisoblash quvvatlari, kengaytirilgan xotira va moslashuvchan xizmatlardan foydalanish imkonini beradi.IMRaT (Informatika, Matematika va Robototexnika) yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar o‘z ilmiy tadqiqotlari, dasturlash ishlari, modellashtirish va tahlil jarayonlarida bulutli hisoblash texnologiyalaridan samarali foydalanish orqali katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash, murakkab algoritmlarni sinovdan o‘tkazish hamda innovatsion loyihalarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.Mazkur maqolada bulutli hisoblash texnologiyasining asosiy afzalliklari resurslarga tez va qulay kirish, iqtisodiy samaradorlik, yuqori darajadagi axborot xavfsizligi, jamoaviy va masofaviy hamkorlik imkoniyatlari, shuningdek ilmiy tadqiqotlarni zamonaviy texnologiyalar bilan integratsiyalash kabi jihatlar atroflicha yoritilgan. Shu bilan birga, IMRaT talabalari uchun bulutli hisoblash texnologiyalarining ilmiy-tadqiqot faoliyatiga qo‘shayotgan hissasi tahlil qilinadi.
2025-12-26
INTERNET TARMOQLARDA MA'LUMOT UZATISH PROTOKTORLARI
Ushbu akademik maqola internet tarmoqlarida ma'lumot uzatish protokollarining fundamental ahamiyatini ko'rib chiqadi. Unda internetning uzluksiz ishlashini ta'minlovchi OSI va TCP/IP modellari, shuningdek, TCP, UDP, IP va ICMP kabi asosiy protokollar tahlil etiladi. Maqolada protokollarning ishlash prinsiplari, xavfsizlik va ishlash ko'rsatkichlari, shuningdek, IPv4 dan IPv6 ga o'tish sabablari yoritilgan. U ilg'or texnologiyalar (IoT, 5G, SDN) bilan o'zaro aloqani va protokollarning kelajakdagi rivojlanish yo'nalishlarini muhokama qiladi.
2025-12-26
INTERNETDA SHAXSIY MA'LUMOTLARNI HIMOYA QILISH USULLARI
Ushbu akademik maqola Internetda shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilishning dolzarb masalalariga bag'ishlangan. Unda shaxsiy ma'lumotlarning ta'rifi, ularga nisbatan mavjud tahdidlar va xavflar batafsil ko'rib chiqiladi. Maqolada texnik himoya usullari, xususan, kriptografik yechimlar va xavfsizlik protokollari tahlil qilingan. Shuningdek, foydalanuvchilarning mas'uliyati, onlayn xatti-harakatlar va xavfsizlik madaniyatining ahamiyati yoritilgan. Maqola shaxsiy ma'lumotlar himoyasiga kompleks yondashuv zarurligini ta'kidlab, huquqiy, texnologik va ijtimoiy choralar uyg'unligining ahamiyatini ko'rsatadi.
2025-12-26
MEDIASAVODXONLIK VA AXBOROT MADANIYATI FANINING MAQSAD VAZIFALARI VA UNING RIVOJLANISH EVOLUTSIYASI
Ushbu maqolada mediasavodxonlik va axborot madaniyati fanining maqsad va vazifalari hamda uning rivojlanish evolyutsiyasi tahlil qilinadi. Maqolada mediasavodxonlik kontseptsiyasining tarixiy ildizlari, zamonaviy axborot jamiyatidagi ahamiyati, ta’lim jarayonida ushbu fan orqali shakllantiriladigan tanqidiy fikrlash, axborotni baholash va mediaresurslardan samarali foydalanish ko‘nikmalari ko‘rib chiqiladi. Fan rivojlanishining bosqichlari, pedagogik yondashuvlar va axborot madaniyati bilan bog‘liq nazariy ham amaliy aspektlar tahlil qilinadi. Maqola mediasavodxonlikni mustahkamlash orqali shaxsning axborotga nisbatan ongli va mas’uliyatli munosabatini rivojlantirishning muhimligini ta’kidlaydi.
2025-12-26
ТЕЛЕРАДИОВЕЩАНИЕ КАК ВАЖНЫЙ ФАКТОР ФОРМИРОВАНИЯ ИМИДЖА ГОСУДАРСТВА НА МЕЖДУНАРОДНОЙ АРЕНЕ (НА ПРИМЕРЕ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН)
В данной научной статье рассматривается роль телерадиовещания как одного из ключевых инструментов формирования международного имиджа государства в условиях глобализации информационного пространства. На примере Республики Узбекистан анализируются институциональные реформы в сфере телерадиовещания, механизмы продвижения культурного наследия, развитие международного медиа сотрудничества и использование цифровых технологий. Делается вывод о том, что системная государственная политика в области телерадиовещания способствует укреплению «мягкой силы» страны, повышению её международного авторитета и расширению дипломатического и гуманитарного взаимодействия.
2025-12-26
РАЗРАБОТКА ВЛИЯНИЯ ЭЛЕКТРОХИМИЧЕСКОЙ ОБРАБОТКИ НА ФИЗИКО-МЕХАНИЧЕСКИЕ СВОЙСТВА ШЕЛКОВЬХ ВОЛОКОН
Ушбу мақолада серициннинг сувдаги эритмаларини электрфаоллаштирилганда коллоид-кимёвий хусусиятлари ўрганилган. Олинган натижалар асосида серицинли эритмаларда пилла чувишнинг янги технологияси таклиф қилинган. Электрфаоллаштирилган серицинли сув эритмаларида, пилла чувиш жараёнида, толанинг пилладан чиқишида бажарилган иши натижалари келтирилган. Олинган натижалар асосида, қўшимча меҳнат сарфисиз, пилла чувиш жараёнида ипак толасинининг пилладан чиқишини ошганлиги кўрсатилган.
2025-12-26
RAQAMLI KOMMUNIKATSIYA VOSITALARIDA AXBOROT SIFATINI BAHOLASH
Ushbu maqolada raqamli kommunikatsiya vositalarida tarqatilayotgan axborotning sifatini baholash masalasi yoritiladi. Zamonaviy axborot makonida internet nashrlari, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va boshqa raqamli platformalar orqali katta hajmdagi ma’lumotlar tezkor tarqalmoqda. Shu sababli axborotning ishonchliligi, aniqligi, dolzarbligi va xolisligini baholash muhim ilmiy va amaliy muammo sifatida namoyon bo‘lmoqda. Tadqiqotda axborot sifatini aniqlash mezonlari — manbaning ishonchliligi, mazmunning aniqligi, faktlarning tekshirilganligi, til va uslubning ravshanligi hamda axborotning auditoriyaga mosligi kabi jihatlar tahlil qilinadi. Shuningdek, raqamli kommunikatsiyada noto‘g‘ri, manipulyativ va yolg‘on axborot (feyk xabarlar)ning tarqalish omillari hamda ularning ijtimoiy ongga ta’siri ko‘rib chiqiladi.
2025-12-26
