Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative  Academy» организовал Республиканская конференция «Молодые ученые». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.

Опубликован: 2026-04-09

YASHASH MUHITI VA ASOSIY EKOLOGIK OMILLAR TASNIFI

Ushbu maqolada ekologik omillar ya’ni abiotik, biotik va antropogen omillarning tabiatga ta’siri haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Ikromova Shaxriniso Nizomiddin qizi, Adashboyeva Madina Islombek qizi, Usmonov Dilmurod Dolimovich

4-5

2026-04-08

ENERGIYA RESURSLARI

Ushbu  tezisda energiya resurslarining ahamiyati, turlari va ularning iqtisodiy hamda ekologik oqibatlari haqida kompleks bilimlarni shakllantirish; gidro-, issiqlik va atom elektrostansiyalari faoliyati bilan bog‘liq ekologik muammolarni tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda energiyani tejash madaniyatini shakllantirish orqali ekologik mas’uliyatli qarashni tarbiyalash haqida batafsil ma’lumotlar beriladi.

Orifjonova Surayyo Ravshanbek qizi, Xoldoraliyeva Anorxon Abdullajon qizi, Usmonov Dilmurod Dolimovich

6-8

2026-04-08

ATMOSFERA HAVOSINI MUHOFAZA QILISH

Ushbu maqolada atmosfera havosi tushunchasining huquqiy tavsifi, atmosfera havosini muhofaza qilish bo‘yicha ekologik va huquqiy talablar, xalqaro hujjatlar va atmosfera havosini muhofaza qilish bo‘yicha milliy qonunchilik ko‘rsatilgan.

Qosimova Zebiniso Ravshanbek qizi, Qahramonova Zuhraxon Baxodirjon qizi, Usmonov Dilmurod Dolimovich

9-10

2026-04-08

NOYOB VA YO’QOLIB BORAYOTGAN TURLAR. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI “QIZIL KITOBI”GA KIRITILGAN HAYVON VA O’SIMLIK TURLARINI MUHOFAZA QILISH

Ushbu tezisda O‘zbekistonning boy flora va faunasi, ularni muhofaza qilish zaruriyati, shuningdek, Qizil kitobning ekologik, ilmiy va ijtimoiy ahamiyati tahlil qilinadi.

Yoʻldoshova Munira Nurullo qizi , Zokirjonova Feruzabonu Xursandbek qizi, Usmonov Dilmurod Dolimovich

11-12

2026-04-08

MUQOBIL ENERGIYA TURLARINI AFZALLIKLARI

Ushbu tezisda muqobil energiya turlari, energiya manbalarining foydalari, energiya manbalaridan qanday foydalanish kerakligi haqida batafsil ma’lumotlar berilgan.

Murodova Mukambarxon Saminjon qizi , Abduvahobova Ravshanoy G’ofurjon qizi, Usmonov Dilmurod Dolimovich

13-14

2026-04-08

KIMYOVIY ISHLAB CHIQARISH VA ATROF MUHIT MUOMMOLARI

Bu tezisda  mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish, xususan, sanoat korxonalarining atrof muhitga ta’sirini kamaytirish orqali ekologik holatni yaxshilash borasida izchil ishlar  haqida ma’lumotlar berilgan

Arabboyeva Oydinoy, Rahmonaliyeva Gullola, Usmonov Dilmurod Dolimovich

15-16

2026-04-08

EKOLOGIK MUOMMOLAR VA ULARNINF TURLARI

Ushbu tezisda hozirgi zamonning eng dolzarb global muammolaridan biri — ekologik inqirozlar, ularning sabablari, turlari va oqibatlari chuqur yoritib berilgan.

Shomurodova Dildora Davronbek qizi, No’monjonov Fazliddin Bunyodbek o’g’li, Usmonov Dilmurod Dolimovich

17-18

2026-04-08

ATROF MUHIT IFLOSLANISHININF ASOSIY SABABLARI

Ushbu tezisda atrof –muhit ifloslanishining asosiy sabablari va uni oldini olishning huquqiy choralari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.

Odilova Nilufar Kozimjon qizi, Usmonov Dilmurod Dolimovich

19-20

2026-04-08

O’ZBEKISTONDA EKOLOGIK TEXNOLOGIYALARNI JORIY QILISH

Ushbu tezisda ekologik texnologiya turlari va ulardan oqilona foydalanish haqida keng tushunchalar berilgan.

Dadamirzayeva Gulzodaxon Obidjon qizi, Madaminova Gulchiroy Dilshodbek qizi, Usmonov Dilmurod Dolimovich

21-22

2026-04-08

BOLALAR SEREBRAL FALAJINING KELIB CHIQISH SABABLARI VA ASORATLARI

Quyidagi maqolada Bolalar serebral falaji (BSF) kasalligining kelib chiqishining asosiy omillari va uning bola organizmiga yetkazadigan asoratlari tahlil qilinadi. Maqolada homiladorlik davridagi patologiyalar, tug‘ruq jarayonidagi jarohatlar va postnatal omillarning bosh miya rivojlanishiga ta’siri yoritilgan. Shuningdek, kasallik natijasida yuzaga keladigan tayanch-harakat tizimi buzilishlari, nutqiy nuqsonlar va ijtimoiy- psixologik asoratlar batafsil bayon etilgan.

Bakkarova Mumtozbegim Ikramovna

23-27

2026-04-08

NOTO‘G‘RI OVQATLANISH VA METABOLIK SINDROMNING NEFROLITIAZ RIVOJLANISHIDAGI ROLI

Buyrak tosh kasalligi (nefrolitiaz) nafaqat urologik muammo, balki organizmdagi umumiy metabolik buzilishlarning ko‘zgusidir. So‘nggi yillarda dunyo miqyosida ushbu kasallikning keskin ortishi bevosita "g‘arbcha" ovqatlanish tarzi, kamharakatlik va semirish bilan bog‘lanmoqda. Metabolik sindrom — arterial gipertenziya, dislipidemiya, insulinga rezistentlik va abdominal semirishni o‘z ichiga olgan holat bo‘lib, u buyrakda tosh hosil bo‘lish xavfini bir necha barobarga oshiradi.

Mardiyev Rustam Omonqul o’g’li

28-30

2026-04-08

AXLOQIY QADRIYATLAR TIZIMIDA AYOLNING ROLI

Mazkur maqolada axloqiy qadriyatlar tizimida ayolning tutgan o‘rni falsafiy, ijtimoiy va madaniy jihatdan tahlil qilinadi. Jamiyat taraqqiyotida axloqiy me’yorlar va qadriyatlarning shakllanishi hamda avloddan-avlodga uzatilishida ayolning o‘ziga xos roli mavjudligi ilmiy asosda yoritiladi. Tadqiqotda ayolning ona, tarbiyachi, ma’naviy yetakchi va ijtimoiy subyekt sifatidagi funksiyalari axloqiy ong va madaniyat rivojiga ta’siri nuqtai nazaridan ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, globallashuv sharoitida qadriyatlar transformatsiyasi jarayonida ayolning ma’naviy barqarorlikni ta’minlovchi omil sifatidagi ahamiyati ochib beriladi. Maqola axloq falsafasi, gender tadqiqotlari hamda jamiyatshunoslik yondashuvlari asosida olib borilgan bo‘lib, unda ayol fenomenining qadriyatlar tizimidagi konseptual mazmuni tahlil etiladi.

Sohibaxon Toshpo’latova Ulug’bek qizi

31-34

2026-04-08

DANTENING “ILOHIY KOMEDIYA” DOSTONIDA AN'ANA VA NOVATORLIK

Ushbu maqolada Dante Alighieriyning "Ilahiy Komediya" dostonida an'ana va novatorlikning uyg‘unligi o‘rganiladi. Dante o‘zining asarida klassik adabiyotlarning ta’sirini chuqur o‘rgangan va ularni yangi, novatorlik usullarda qayta talqin qilgan. Asar, xristianlik nuqtai nazaridan, o‘z zamonasining diniy, axloqiy va ijtimoiy masalalarini ko‘tarish bilan birga, adabiy shakl va til jihatidan ham yangiliklarni o‘zida mujassamlashtirgan. Maqolada "Ilahiy Komediya"ning tuzilishi, mavzulari va uslubi tahlil qilinib, uning adabiyotga qo‘shgan hissa va yangi yondashuvlari ta’kidlanadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, Dante asarida an'anaviy shakllar bilan birga, yangi adabiy metodlar va shakllar kiritilgan, bu esa adabiyot tarixida yangi bosqichning boshlanishiga sabab bo‘lgan.

Shavkatova Malikaxon

35-37

2026-04-08

SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINING TA’LIM MENEJMENTIGA TA’SIRI

Ushbu maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining ta’lim menejmenti tizimiga ta’siri, ularning ta’lim jarayonini boshqarish samaradorligini oshirishdagi roli hamda ta’lim muassasalarida raqamli transformatsiya jarayonlaridagi ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqot davomida sun’iy intellekt asosida ishlovchi boshqaruv tizimlari, ma’lumotlarni tahlil qilish, ta’lim sifatini monitoring qilish hamda qaror qabul qilish jarayonlarini optimallashtirish imkoniyatlari o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, sun’iy intellekt texnologiyalarini ta’lim menejmentida qo‘llash boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish, ta’lim sifatini oshirish va resurslardan samarali foydalanishga xizmat qiladi.

Inamova Rokiyaxon Rasuljonovna, Djumaeva Shaxlo Elmuratovna, Mamatxanova Sevinch Anvar qizi, Mansurov Muxsinjon Mo’ydinjon o‘g‘li

38-41

2026-04-08

AXBOROT MADANIYATI RIVOJIGA TA’SIR ETUVCHI MA’NAVIY, MAFKURAVIY VA AXBOROT-PSIXOLOGIK OMILLAR

Mazkur maqolada zamonaviy globallashuv sharoitida axborot madaniyatining shakllanishi va rivojlanishiga ta’sir etuvchi ma’naviy, mafkuraviy hamda axborot-psixologik omillar tizimli ravishda tahlil qilinadi. Bugungi kunda jamiyatning axborotlashuvi, raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi, global kommunikatsiya vositalarining kengayishi natijasida inson tafakkuri, dunyoqarashi va ijtimoiy ongiga turli darajadagi axborot oqimlari ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu jarayonda axborot madaniyatini shakllantirish masalasi nafaqat pedagogik, balki ijtimoiy-falsafiy, psixologik va mafkuraviy muammo sifatida ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Maqolada axborot madaniyatining nazariy asoslari, uning tarkibiy komponentlari, shuningdek, shaxsning axborotni tanlash, tahlil qilish, baholash va undan samarali foydalanish kompetensiyalarini rivojlantirishga ta’sir etuvchi ma’naviy qadriyatlar, milliy mafkura va axborot-psixologik muhit omillari kompleks tarzda o‘rganiladi. Ayniqsa, yoshlarning axborot xavfsizligini ta’minlash, ularda tanqidiy tafakkurni rivojlantirish hamda manipulyativ axborot ta’siriga qarshi immunitetni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Tadqiqot jarayonida axborot madaniyatining shakllanishi individual va ijtimoiy omillar uyg‘unligi asosida yuzaga kelishi, bunda ma’naviy qadriyatlar, milliy mafkura va axborot-psixologik barqarorlik muhim determinant sifatida namoyon bo‘lishi asoslab beriladi.

Kodirov Nodirbek Mamasoliyevich

42-47

2026-04-08

MANTIQNING MOHIYATI VA TURLARI

Ushbu maqolada mantiq fanining mohiyati, kelib chiqish tarixi, asosiy qonunlari va turlari ko'rib chiqilgan. Maqolada formal, dialektik, matematik va noklassik mantiq yo'nalishlari tahlil qilinib, ularning axborot tizimlari va texnologiyalari sohasidagi ahamiyati alohida yoritilgan. Mantiqning dasturlash, sun'iy intellekt, ma'lumotlar bazalari va raqamli tizimlardagi qo'llanilishi ham maxsus tahlil etilgan.

Nomonjonova Havoxon

48-51

2026-04-09

SHEVAGA OID SO‘ZLARNING BADIIY USLUBDAGI FUNKSIONAL AHAMIYATI

Mazkur maqolada shevaga oid so‘zlarning badiiy uslubda qo‘llanilishi hamda uning funksional  ahamiyati ochib berilgan. Badiiy asarlardan parchalar va namunalar keltirilgan. Sheva va dialektlarning badiiy asarlardagi o‘rni, qahramonlar nutqidan parchalar bilan birgalikda tasvirlangan. Shevaga xos so‘zlarning badiiy asardagi fonetik, leksik va semantik ahamiyati keltirilgan. Badiiy asarda shevaga xos so‘zlarning badiiy-estetik vazifasi, poetik ahamiyati hamda ijodkorning badiiy mahorati shevaga xos so‘zlardan foydalanishi gavdalantirilgan.

Murotqobilova Zarina Rahimjon qizi

52-54

2026-04-09

O'QUVCHILAR INTELLEKTUAL IMKONIYATLARINI RIVOJLANTIRISH USULLARI

Ushbu maqolada boshlang'ich va o'rta ta'lim bosqichlarida o'quvchilarning intellektual imkoniyatlarini rivojlantirish masalasi keng ko'lamda ko'rib chiqiladi. Intellektual rivojlanishning nazariy asoslari, ta'sir etuvchi omillar, motivatsiyaning o'rni, innovatsion pedagogik texnologiyalar, tanqidiy va ijodiy tafakkur, baholash tizimi hamda boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'ziga xos xususiyatlari tahlil etiladi. Tadqiqot natijalari zamonaviy interfaol metodlar va to'g'ri tashkil etilgan pedagogik muhit o'quvchilar aqliy faolligini sezilarli darajada oshirishini tasdiqlaydi.

Normuradova Dilnoza

55-57

2026-04-09

ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ПОЛУЧЕНИЯ ТВЕРДОЙ И СУСПЕНЗИРОВАННОЙ СТАБИЛЬНОЙ ПРЕПАРАТИВНОЙ ФОРМЫ ФУНГИЦИДНОЙ КОМПОЗИЦИИ ПОЛИФУНКЦИОНАЛЬНОГО ДЕЙСТВИЯ

Мир сегодня стоит на пороге угрозы глобальной продовольственной безопасности, вследствие исчерпаемости ресурсов и деградации земель, основным источником которых, как это ни странно, по данным лауреатов Нобелевской премии за 2007 г., являются минеральные удобрения. Необходимы новые решения по созданию производств и продвижению их на рынок препаратов полифункционального действия, обеспечивающие сохранение почвенного плодородия, защиту и дополнительное питание растений, получение высоких качественных урожаев сельхоз культур при дефиците почвенной влаги.

Ж.У.Махмудов, А.Б.Ибрагимов

58-60

2026-04-09

RISK PREDICTION AND EARLY WARNING SYSTEM FOR ELECTRIC VEHICLE BATTERIES USING MACHINE LEARNING

The rapid growth of electric vehicles (EVs) has intensified the need for reliable battery management systems capable of ensuring safety, efficiency, and longevity. Lithium-ion batteries, widely used in EVs, are prone to degradation, thermal runaway, and unexpected failures under complex operating conditions. This study focuses on the development of a machine learning-based risk prediction and early warning system for EV batteries. Using real-world datasets obtained from battery management systems (BMS), the research applies supervised learning algorithms to predict failure risks and detect anomalies. Models such as Random Forest, Support Vector Machine (SVM), and Long Short-Term Memory (LSTM) networks are evaluated for their predictive performance. Experimental results demonstrate that machine learning techniques significantly improve prediction accuracy and provide timely early warnings, contributing to enhanced safety and operational reliability of EV batteries.

Yuan Wang

61-66

2026-04-09

"YUSUP-ZILIYXA" DÁSTANINDA QOLLANILǴAN JÁMIYETLIK-SIYASIY HÁM ÁSKERIY LEKSIKA

Maqalada "Yusup Ziliyxa" dástanında qollanılǵan jámiyetlik-siyasıy hám áskeriy leksika úyrenilgen.

Seydullaeva Nafisa

67-70

2026-04-09

MATN, JADVAL, TAQDIMOT VA VIDEO VOSITALARNI INTEGRATSIYALASH ORQALI INNOVATSION TA'LIM MUHITINI YARATISH

Ushbu maqolada maktabgacha va umumiy o'rta ta'lim bosqichlarida matn, jadval, taqdimot va video vositalarni integratsiyalash asosida innovatsion ta'lim muhitini shakllantirishning nazariy va amaliy jihatlari o'rganilgan. Tadqiqot maqsadi – ko'p komponentli media integratsiyasining o'quv jarayoniga ta'sirini empirik ma'lumotlar orqali tahlil qilish va metodologik tavsiyalar ishlab chiqishdir. Tadqiqotda qiyosiy-tahliliy, kuzatish, so'rovnoma va statistik usullardan foydalanilgan. 238 nafar o'quvchi ishtirokida o'tkazilgan kvazi-eksperiment natijalari shuni ko'rsatadiki, barcha vositalarni uyg'un tarzda qo'llash bilim o'zlashtirish samaradorligini 54.2 baldan 78.6 ballga ko'taradi (+24.4 ball). Maqolaning ilmiy yangiligi – IMRAD tuzilmasiga asoslangan ko'p vositali integratsion modelni taklif etishdan iborat. Natijalar O'zbekistondagi ta'lim islohatlari uchun muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.

Zokirova Dilrabo Nizomiddin Qizi, Reyimbergenova Mahfuza Ravshanbek qizi

71-80

2026-04-09

ISHLAB CHIQARISHDA XAVF-XATARLARNI ANIQLASH VA BAHOLASHDA SUN’IY INTELLEKTDAN FOYDALANISH

Ushbu maqola ishlab chiqarish korxonalarida xavf-xatarlarni aniqlash va baholash jarayonlarini sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida takomillashtirish masalalarini tahlil qiladi. Mashinali o’rganish algoritmlari, kompyuter ko’rish tizimlari, neyron tarmoqlari va fuzzy mantiq modellari asosida xavfli vaziyatlarni real vaqtda aniqlash, miqdoriy baholash va proaktiv boshqaruv mexanizmlari taklif etiladi. O’zbekiston sanoat korxonalari misolida amalga oshirilgan tadqiqot natijalari tizimning yuqori samaradorligini va mehnat xavfsizligini sezilarli darajada oshirishga xizmat qilishini tasdiqlaydi.

Norqulov Abbos, Noraliyev Jahongir

81-84

2026-04-09

TABIIY FANLARNI O'QITISHDA INNOVATSION TA'LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH

Ushbu maqolada tabiiy fanlarni o‘qitishda innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish masalasi tahlil qilinadi. Jumladan, AKT va multimedia vositalari, STEAM yondashuvi, muammoga asoslangan ta’lim, teskari sinf modeli, gamifikatsiya hamda interfaol metodlarning ta’lim jarayonidagi ahamiyati yoritilgan. Mazkur texnologiyalar o‘quvchilarning bilim olish faolligini oshirish, mustaqil va tanqidiy fikrlashini rivojlantirish hamda amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilishi asoslab berilgan. Shuningdek, innovatsion metodlarni tabiiy fanlarni o‘qitish jarayonida qo‘llashning samaradorligi va amaliy ahamiyati tahlil qilingan..

Rustamova Intizor

85-87

2026-04-09

TABIIY FANLARNI OʻQITISH JARAYONIDA FANLARARO INTEGRATSIYANI TAKOMILLASHTIRISH METODIKASI

Ushbu maqolada boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining tabiiy fanlarni oʻqitish jarayonida fanlararo integratsiyadan foydalanish metodikasi koʻrib chiqilgan. Integratsiyaning pedagogik ahamiyati, boshlangʻich ta'limdagi oʻrni va uni amaliyotda qoʻllanishi toʻgʻrisida ma'lumotlar keltirilgan.

Normuradova Dilnoza

88-90

2026-04-09

BANK AKTIVLARI RISKLARINI YUZAGA KELISHI VA ULARNING TASNIFI

Ushbu ilmiy maqolada tijorat banklarining aktiv operatsiyalarida yuzaga keladigan risklarning iqtisodiy mohiyati, ularning shakllanish sabablari hamda tasniflash tizimi chuqur tahlil qilinadi. Bank aktivlari sifati va ularning risk darajasi bank moliyaviy barqarorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatishi asoslab beriladi. Shuningdek, kredit, likvidlik, bozor va operatsion risklarning o‘zaro bog‘liqligi ilmiy jihatdan yoritiladi.

Xomidov Tolib Toxir oʻgʻli

91-94

2026-04-09

ZAMONAVIY JAMIYATDA AXBOROTNING OʻRNI VA AHAMIYATI

Maqolada zamonaviy jamiyat taraqqiyotida axborotning tutgan o‘rni va ko‘p qirrali ahamiyati ijtimoiy-falsafiy, huquqiy, iqtisodiy hamda madaniy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Tahlil markazida axborotning resurs, ijtimoiy aloqalarni tartibga soluvchi vosita, boshqaruv instrumenti, iqtisodiy qarorlar tayanchi, fuqarolik ishtirokini kuchaytiruvchi omil va xavfsizlik obyekti sifatidagi funksiyalari turadi. O‘zbekiston misolida axborot olish erkinligi, axborotlashtirish, ochiq ma’lumotlar, raqamli transformatsiya va kiberxavfsizlikka oid normativ-huquqiy asoslar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, xalqaro manbalar asosida axborot va ma’lumotlarning rivojlanish, davlat boshqaruvi, ishonch, teng imkoniyat va ijtimoiy farovonlik bilan bog‘liqligi yoritiladi. 

Urazaliyeva Gulsevar, Boboqulov Sherzod Sherqulovich

95-97

2026-04-10

YALONG'OCH XALTACHALAR

Yalong'och xaltachalar, turli xil sohalarda keng qo'llaniladi va ularning zamonaviy texnologiyalardagi o'rni ahamiyatli. Ushbu ilmiy ishda, yalon'och xaltachalarning ishlab chiqarilishi, xususiyatlari, va qo'llanilishi ko'rib chiqiladi. Xaltachalar materiallari, ularning uskunalar va texnologiyalar bilan birgalikda ishlatilishi jarayonida yuzaga keladigan muammolarni aniqlash, shuningdek, bu mahsulotlarning ekologik va iqtisodiy jihatlarini tahlil qilish maqsad qilib olinadi. Natijada, bu tadqiqot yalon'och xaltachalar sohasida innovatsion yondashuvlarni ishlab chiqishga yordam beradi.

Usmonjonova Sevinch

98-99

2026-04-10

KOGNITIV TILSHUNOSLIK VA SUN’IY INTELLEKT: LISONIY MODELLASHTIRISHNING DOLZARB MUAMMOLARI

Ushbu maqolada kognitiv tilshunoslik va sun’iy intellekt (SI) o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar, tabiiy tilni qayta ishlashda (NLP) kognitiv modellarning o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotda inson tafakkuri va mashina algoritmlari o‘rtasidagi o‘xshashlik hamda farqlar lisoniy misollar yordamida yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy til modellarining konseptual tizimlarni idrok etish imkoniyatlari kognitiv semantika nuqtai nazaridan baholanadi.

Qarshiyev Saidbek Zokir o`g`li

100-101

2026-04-10

QARAQALPAQ TILINIŃ MORFOLOGIYASÍN OQÍTÍWDA ZAMANAGÓY METODLAR

Bul maqalada qaraqalpaq tiliniń morfologiyasın oqıtıwda zamanagóy pedagogikalıq metodlardan paydalanıwdıń teoriyalıq hám ámeliy tárepleri sáwlelendirilgen. Tekstte interaktiv metodlar, rolli oyınlar, insert metodi, mashqalalı bilim beriw qatnası, dóretiwshilik qatnas hám málimleme-kommunikaciya texnologiyalarınıń nátiyjeliligi analizlengen. Sonday-aq, bul metodlar arqalı oqıwshılardıń tildi tereń túsiniwi, morfologiyalıq kategoriyalardı bekkemlewi hám sóylew kompetenciyasın rawajlandırıw jolları kórsetip berilgen.

Saparmatov Omar Shamurat oʻgli

102-103

2026-04-10

HAMKORLIK PEDAGOGIKASI VOSITASIDA O'QUVCHILARNING IJTIMOIY MUNOSABATLARGATAYYORLASH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu tezisda hamkorlik pedagogikasi asosida o‘quvchilarni ijtimoiy munosabatlarga tayyorlash jarayonini takomillashtirish muammosini tadqiq etishga qaratilgan. Zamonaviy ta’lim sharoitida o‘quvchilarning nafaqat bilim darajasi, balki ularning ijtimoiy muhitda faol ishtirok etish, samarali muloqot qilish va jamoa bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish muhim vazifa hisoblanadi. Shu bois, hamkorlikka asoslangan ta’lim yondashuvlari ushbu jarayonni tashkil etishda muhim pedagogik vosita sifatida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijasida o‘quvchilarning ijtimoiy moslashuvi, jamoada ishlash madaniyati va o‘zaro hurmatga asoslangan munosabatlarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi yangicha pedagogik yondashuv taklif etilgan. Ushbu mexanizm ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish bilan birga, o‘quvchilarni real hayotdagi ijtimoiy munosabatlarga puxta tayyorlash imkonini beradi.

Karimova Dilfuza Mahammadjonovna

104-105

2026-04-10

FAROBIY VA KANTNING BILIM NAZARIYASIDAGI O‘XSHASHLIK VA FARQLAR

Ushbu maqolada Sharq va G‘arb falsafasining ikki buyuk mutafakkiri - Abu Nasr Farobiy va Immanuil Kantning bilim nazariyasiga oid qarashlari qiyosiy asosda tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi har ikki faylasufning bilish manbai, bilish usuli, aql va tajriba munosabati, haqiqat mezoni hamda bilish chegaralari haqidagi fikrlarini solishtirishdan iborat. Maqolada Farobiyning aqlni ontologik va mantiqiy tartib bilan bog‘lab tushuntirishi, Kantning esa bilish jarayonida subyektning faol rolini asoslashga alohida e’tibor qaratgani ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, ikki nazariyada umumiy jihatlar sifatida aqlning ustuvorligi, bilishning tizimli xarakteri va universallikka intilish mavjudligi aniqlanadi. Farqli jihatlar esa metafizik asos, apriorlik talqini, fenomen va noumen muammosi hamda bilishning chegaralarini belgilash usullarida yaqqol namoyon bo‘ladi. Xulosada Farobiy va Kant qarashlarini bir-birini inkor qiluvchi emas, balki bilish falsafasi taraqqiyotini boyituvchi ikki muhim yondashuv sifatida baholash zarurligi asoslanadi.

Bahriddinova Ruhshona Faxriddin qizi

106-110

2026-04-10

XORAZM VILOYATIDAGI ICHAN-QAL’A: TARIX MEROS VA TURIZM

Ichan-Qal’a — Xiva shahrining qadimiy ichki qismi bo‘lib, boy tarixiy meros va noyob me’moriy yodgorliklari bilan ajralib turadi. Ushbu hudud UNESCOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, u o‘zida Markaziy Osiyoning o‘rta asr shaharlari tuzilishini to‘liq saqlab qolgan noyob majmua hisoblanadi. Ichan-Qal’a hududida madrasa, masjid, minoralar va saroylardan iborat ko‘plab tarixiy obidalar mavjud. Ushbu yodgorliklar nafaqat tarixiy ahamiyatga ega, balki turizm rivoji uchun ham muhim manba hisoblanadi. Bugungi kunda Ichan-Qal’a O‘zbekistonning eng mashhur turistik maskanlaridan biri sifatida mahalliy va xorijiy sayyohlarni o‘ziga jalb etmoqda.

Jo’rayeva Madina Quvondiq qizi

111-113

2026-04-10

AZIZIM “ROMANI” HAQIDA

Mazkur maqolada “Azizim” romanining mazmun-mohiyati, undagi asosiy g‘oya va obrazlar tizimi keng tahlil qilinadi. Asarda insoniy muhabbat, sadoqat, hayotiy sinovlar hamda ruhiy kechinmalar chuqur tasvirlangan. Muallif tomonidan yaratilgan obrazlar orqali inson qalbining murakkab jihatlari ochib beriladi. Shuningdek, asarning tarbiyaviy ahamiyati ham alohida ko‘rib chiqiladi.

Choriyeva Mehriniso Bahodir qizi

114-115

2026-04-10

TRANSPORT VOSITALARI HARAKATI YOKI ULARDAN FOYDALANISH XAVFSIZLIGI QOIDALARINI BUZISH JINOYATLARINI TERGOV QILISHDA MAXSUS BILIMLARDAN FOYDALANISH

Мақолада йўл-транспорт ҳодисаларининг жиноят ишлари юзасидан ўтказиладиган экспертизаларнинг аҳамиятли томонлари ҳамда амалиётдаги мавжуд муаммолари борасида фикрлар юритилган.

Rayimov Hakim Nayimovich

116-119

2026-04-10

KORXONALARDA MOL YETKAZIB BERUVCHI VA PUDRATCHILARGA BERILADIGAN BO‘NAKLAR HISOBINI YURITISHNING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI

Ushbu maqolada korxonalarda mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga beriladigan bo‘nak (avans) to‘lovlarining hisobini yuritishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Bo‘nak operatsiyalarining buxgalteriya hisobi, ularning moliyaviy hisobotga ta’siri hamda ichki nazorat tizimidagi o‘rni tahlil qilingan. Shuningdek, amaldagi milliy va xalqaro standartlar asosida hisob yuritishning o‘ziga xos xususiyatlari ko‘rib chiqilgan.

Dehqonov Umarjon Maxammad o‘g‘li

120-122

2026-04-10

“ISLOM HUQUQI (FIQH) VA ZAMONAVIY HUQUQ TIZIMINING O‘ZARO ALOQASI: NAZARIY VA AMALIY TAHLIL”

Mazkur maqolada islom huquqi (fiqh) va zamonaviy huquq tizimining o‘zaro aloqasi nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Unda islom huquqining asosiy manbalari, prinsiplari hamda ularning zamonaviy huquqiy tizimlarga ta’siri keng yoritiladi. Shuningdek, diniy va dunyoviy huquq normalarining o‘zaro uyg‘unlashuvi, ular o‘rtasidagi farqlar va integratsiya jarayonlari ilmiy asosda ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot davomida tarixiy manbalar, ilmiy adabiyotlar hamda zamonaviy qarashlarga tayanilgan holda xulosalar shakllantiriladi.

Muhtorov Hamidjon Ziyodjon o’g’li

123-126

2026-04-10

ISLOM HUQUQIDA MULK HUQUQI VA ZAMONAVIY IQTISODIY-HUQUQIY TIZIMI

Mazkur maqolada islom huquqida mulk huquqi institutining nazariy asoslari hamda uning zamonaviy iqtisodiy-huquqiy tizim bilan o‘zaro aloqasi tahlil qilinadi. Unda mulk huquqining shakllanish jarayoni, uning asosiy turlari, himoya qilish mexanizmlari va ushbu institutning huquqiy tabiati keng yoritiladi. Shuningdek, islom huquqi va zamonaviy fuqarolik huquqi o‘rtasidagi o‘xshashliklar hamda farqlar ilmiy asosda ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot davomida iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishda diniy va dunyoviy huquq tizimlarining o‘rni ham tahlil qilinadi.

G’oziyeva Zeboxon Faxriddin qizi

127-130

2026-04-10

XRISTIANLIK DINI

Mazkur maqolada xristianlik dinining vujudga kelish tarixi, uning Rim imperiyasi davridagi ijtimoiy-siyosiy muhitda tutgan o‘rni va jahon sivilizatsiyasiga ko‘rsatgan ta’siri tadqiq etiladi. Muallif xristianlikning nafaqat diniy ta’limot, balki Yevropa va jahon madaniyati, san’ati hamda huquqiy qadriyatlari manbasi sifatidagi ahamiyatini ochib beradi. Shuningdek, maqolada dinning insoniyat ma’naviy hayotidagi zamonaviy o‘rni tahlil qilinadi.

Mamasoliyeva Feruzaxon Ilhomjon Qizi

131-135

2026-04-10

QORAQALPOG‘ISTONDA YER OSTI SUVLARINING TUPROQ HOSILDORLIGIGA TA’SIRINI BAHOLASH (HUDUDIY TAQQOSLASH ASOSIDA)

Mazkur maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasida yer osti suvlarining tuproq hosildorligiga ta’siri Markaziy, Shimoliy va Janubiy hududlar kesimida tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari yer osti suvlarining sathi, minerallashuv darajasi va kimyoviy tarkibi tuproqning meliorativ holati, sho‘rlanish darajasi hamda agrobiologik unumdorligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishini aniqladi. Ayniqsa, yer osti suvlari sathining yaqin joylashuvi va yuqori minerallashuvi tuproqlarda sho‘rlanish va sho‘rtoblanish jarayonlarini kuchaytirishi qayd etildi.

Endirboyeva Muborak Ortiqboy qizi, Aytmuratova Gulayxan Uays qizi

136-140

2026-04-10