BURHONIDDIN MARGʻINONIY FIQHIDA NORMATIVLIK VA MOSLASHUVCHANLIK MASALASI (AL-HIDOYA ASARI ASOSIDA)

Main Article Content

Abstract:

Mazkur maqolada buyuk hanafiy faqihi Burhoniddin Margʻinoniyning fiqhiy qarashlarida normativlik va moslashuvchanlik masalasi Al-Hidoya asari asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda islom huquqining qat’iy qoidalari (normativlik) bilan hayotiy sharoitlar, zamon va makon omillariga moslashish (moslashuvchanlik) o‘rtasidagi muvozanat Margʻinoniy fiqhiy metodologiyasi misolida yoritiladi. Asarda muallifning Qur’on, sunnat, ijmo‘ va qiyosga tayangan holda hukm chiqarishi, zarurat va urf-odat omillarini inobatga olishi ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Shuningdek, “Al-Hidoya”dagi muomala, ibodat va jinoyat huquqiga oid masalalar orqali fiqhning faqat nazariy emas, balki amaliy va hayotiy xarakterga ega ekanligi ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijalari Margʻinoniy fiqhining normativ barqarorlikni saqlagan holda moslashuvchan yondashuvni ta’minlaganini ochib beradi hamda ushbu merosning zamonaviy huquqiy va ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdagi ahamiyatini asoslaydi.

Article Details

How to Cite:

Yigitaliyeva, D. . (2026). BURHONIDDIN MARGʻINONIY FIQHIDA NORMATIVLIK VA MOSLASHUVCHANLIK MASALASI (AL-HIDOYA ASARI ASOSIDA). Young Scientists, 4(8), 105–110. Retrieved from https://in-academy.uz/index.php/yo/article/view/73539

References:

Ibn Humon K. Fath al-Qadr. Bayrut: Dar al-Fikr, 1995 ¬–10 jild. 5600 b.

Ibn Qayyim al- Javziyya. I’ilam al-Muvaqqin an Rabb al_ alamin. Bayrut: Dar al-Kutub al-Ilmiyya, 1991– 4 jild. 1800 b.

Ibn Nujaym al-hanafi. Al-Ashbah va al- Naza’ir. Bayrut: Dar al-Kutub al-Ilmiyya, 1999– 512 b.

I.Shofe’iy. Al-Risola. Bayrut: Dar al-Kutub al-Ilmiyya, 2004– 624 b.

I.Haqqulov. Navoiy lirikasining badiiy olami. Toshkent: O‘zbekiston, 2015– 320 b.

Marg‘inoniy B. Al-Hidoya. Bayrut: Dar al-Kutub al-Ilmiyya, 1990– IV jild. 2100 b.

IIAU.UZ

https://iiau.uz