Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative  Academy» организовал Республиканская конференция «Молодые ученые». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.

Опубликован: 2026-02-03

КУЧЛИ ТАЪСИР ҚИЛУВЧИ ЁКИ ЗАҲАРЛИ МОДДАЛАР БИЛАН ҚОНУНГА ХИЛОФ РАВИШДА МУОМАЛА ҚИЛИШ ЖИНОЯТЛАРИНИНГ САБАБЛАРИ ВА ИМКОН БЕРГАН ШАРТ-ШАРОИТЛАРИ

Ушбу мақолада кучли таъсир қилувчи ёки заҳарли моддалар билан қонунга хилоф равишда муомала қилиш билан боғлиқ жиноятларнинг сабаблари ва ушбу ҳуқуқбузарликларга имкон берган шарт-шароитлар таҳлил қилинган. Муаллиф криминологияда жиноят сабаблари ва шарт-шароитларини аниқлаш борасидаги назарий қарашларни ёритиб, детерминация тушунчасининг фалсафий ва ҳуқуқий жиҳатларини кенг ёритади. Детерминация – бу жамият ва табиатдаги ҳодисалар ўртасидаги боғлиқликни ифода этадиган тушунча бўлиб, ундаги марказий бўғин – сабабиятдир. Сабабият – бу ҳодисалар ўртасидаги объектив алоқа бўлиб, унда бир ҳодиса (сабаб) иккинчисини (оқибат) келтириб чиқаради. Криминологияда эса жиноятнинг юзага келишидаги сабаблар ва шарт-шароитлар жиноятчилик детерминантлари сифатида қаралади.

Суванов Сардор Бахадирович

4-10

2026-01-31

ФУНКЦИОНАЛЬНАЯ АРХИТЕКТУРА ИНПЦ В УСЛОВИЯХ ТЕХНОЛОГИЧЕСКОГО РАЗВИТИЯ НОВОГО УЗБЕКИСТАНА

В научном тезисе раскрывается функциональная структура инновационного научно-производственного центра (ИНПЦ) как ключевого института национальной инновационной экосистемы Нового Узбекистана, включающего научную, производственно-инжиниринговую, маркетинговую, образовательную и управленческую роль в обеспечении непрерывности инновационного цикла. Особое внимание уделено значению ИНПЦ для ускоренной локализации импортозамещающей продукции и технологий, укрепления технологический суверенитет и развитие промышленного потенциала страны. При этом, интегрированная модель взаимодействия науки, промышленности и государства создаёт условия для формирования высокотехнологичных компетенций и повышения эффективности коммерциализации отечественных разработок.

Алимов Отабек Сайфутдинович

11-14

2026-01-31

ANALYSIS OF FOREIGN TRADE ACTIVITY IN SURXONDARYO REGION

This study examines the foreign trade turnover of Surxondaryo Region, highlighting the dynamics of export and import activities and their impact on the regional economy. The analysis is based on statistical data from the State Statistics Committee and other official sources for the first four months of 2025, as well as previous years for comparative purposes. Results indicate that the region’s foreign trade turnover reached significant levels, with exports and imports showing almost balanced volumes, reflecting stable trade activity. These findings provide insights for policymakers and economic planners to enhance the efficiency and competitiveness of the region’s foreign trade sector.

Abdunazar Urozov

15-16

2026-01-31

ZAMONAVIY “KASBLAR ATLASI”NI ISHLAB CHIQISH ORQALI YOSHLARNING ISH BILAN BANDLIK DARAJASINI OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI

Mazkur tezisda raqamli iqtisodiyot sharoitida yoshlarning ish bilan bandligini oshirishda zamonaviy “Kasblar atlasi”ni ishlab chiqish va joriy etishning ilmiy-metodologik asoslari yoritilgan. Rivojlangan davlatlar tajribasi tahlil qilinib, O‘zbekiston sharoitida milliy Kasblar atlasini shakllantirish bo‘yicha taklif va xulosalar ilgari surilgan. Empirik tahlil asosida mehnat bozoridagi tarkibiy nomutanosiblik va NEET yoshlar muammosi asoslab berilgan.

Sharipov Sherzod Shavkatovich

17-19

2026-01-31

MAISHIY TEXNIKA EKSPORTIDA BARQAROR RIVOJLANISH VA YASHIL SAMARADORLIK MODELI

Zamonaviy global iqtisodiyot sharoitida eksport faoliyati tobora barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot tamoyillari bilan uzviy bogʻlanib bormoqda. Xalqaro bozorlarda mahsulot raqobatbardoshligi endilikda faqat narx va sifat koʻrsatkichlari bilan emas, balki ekologik barqarorlik, energiya samaradorligi va yashil texnologiyalar darajasi bilan ham belgilanmoqda (UNEP, 2011; World Bank, 2012). Ayniqsa, maishiy texnika sektori global energiya isteʼmolida muhim ulushga ega boʻlib, ushbu mahsulotlarning ishlab chiqarilishi, ekspluatatsiyasi va utilizatsiyasi ekologik muhitga sezilarli taʼsir koʻrsatadi. Shu sababli maishiy texnika eksportida barqaror rivojlanish tamoyillariga asoslangan yashil samaradorlik modelini shakllantirish zamonaviy iqtisodiy rivojlanishning strategik yoʻnalishiga aylanmoqda (IEA, 2023; OECD, 2022).

Kushanova Maxbuba

20-22

2026-01-31

RAQAMLI SOG‘LIQNI SAQLASH PLATFORMALARINING IQTISODIY SAMARADORLIKKA TA’SIRI

So‘nggi o‘n yilliklarda raqamli texnologiyalar sog‘liqni saqlash tizimining tashkiliy, iqtisodiy va boshqaruv mexanizmlarini tubdan o‘zgartirib bormoqda. Elektron tibbiy yozuvlar (EHR), telemeditsina, raqamli registrlar, klinik qarorlarni qo‘llab-quvvatlovchi tizimlar va integratsiyalashgan raqamli platformalar sog‘liqni saqlashni nafaqat xizmatlar ko‘rsatish sohasi sifatida, balki murakkab iqtisodiy tizim sifatida qayta shakllantirmoqda (JST, 2016).

Ziyodullayev Qahramon

23-25

2026-01-31

ХИТОЙ МОДЕРНИЗАЦИЯСИ МОДЕЛИ

Мақолада Хитой Халқ Республикасининг модернизация модели назарий асослари ва унинг институционал-сиёсий хусусиятлари комплекс тарзда таҳлил қилинган. Модернизация назарияси, сиёсий реализм, неолиберал институционализм ва янги институционализмнинг тушунтириш имкониятлари қиёсий равишда қўлланиб, Хитой тажрибасида «кўпвариант модернизация» траекторияси шакллангани асосланган. 1976-1978 йиллардан кейинги институционал бурилиш, «ислоҳот ва очиқлик» сиёсати, махсус иқтисодий зоналар ва давлат бошқаруви салоҳиятини ошириш механизмлари эмпирик далиллар асосида баҳоланган.

Абдулхаев Абдурашид Нодир ўғли

26-29

2026-01-31

ЦИТОМОРФОЛОГИЧЕСКИЕ МАРКЕРЫ ОТДАЛЁННЫХ НЕВРОЛОГИЧЕСКИХ ОСЛОЖНЕНИЙ ПОСТМЕНИНГИТНОГО ПЕРИОДА У ДЕТЕЙ

Ликвородинамические расстройства в детском возрасте представляют собой гетерогенную группу патологических состояний, характеризующихся нарушением физиологических процессов продукции, циркуляции и резорбции цереброспинальной жидкости. Данная патология является одной из наиболее актуальных проблем современной педиатрической неврологии, нейрохирургии и неонатологии, что обусловлено высокой частотой встречаемости, полиморфизмом клинических проявлений и потенциальной тяжестью последствий для развивающегося детского организма.

Джурабекова Азиза Тахировна, Ниязов Шухрат Тоштимирович, Исанова Шоира Тулкиновна, Худойбердиев Шерзод Эгамберди угли

30-32

2026-01-31

TA‘LIM OLISHNING HUQUQIY ASOSLARI

Ta’lim har bir insonning eng muhim konstitutsiyaviy huquqlaridan biri bo‘lib, jamiyat taraqqiyoti,shaxs kamoloti va davlatning barqaror rivojlanishida beqiyos ahamiyatga ega.O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasini rivojlantirish, ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy etish va yoshlarning sifatli bilim olishini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Sotvoldiyev Ma'rufjon Maxmudjon o'g'li

33-34

2026-01-31

TA‘LIM OLISHGA QARATILGAN E’TIBOR VA TA’LIM OLISH HUQUQI

Madaniy-ma’naviy rivojlanishning eng muhim poydevori-ta’lim tizimidir. Chunki zamon talablariga javob bera oladigan, ilg’or fan tehnika, texnologiya yutuqlarini egallab olgan qadrlarni yetishtirmasdan jamiyatni yuksaltirib bo’lmaydi. Shu xususda gap ketar ekan, avvalo, Birinchi Prezidentimizning “Ta’lim to’g’risida”gi qonunni qabul qilishi, ta’lim tizimiga katta e’tibor qaratilganlikning yorqin misolidir. Ushbu qonun 1992-yil 2-iyulda qabul qilindi. Bu dasturamal hujjatda ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari, ta’lim tizimi, uning boshqaruv tarkibi, pedagog xodimlarning burch va mas’uliyatlari aniq belgilab berildi. 1992-yildagi qonunga muvofiq umumiy ta’lim quyidagi bosqichlar bo’yicha amalga oshirila boshladi.

Sotvoldiyev Ma'rufjon Maxmudjon o'g'li

35-36

2026-01-31

GADJETLARGA QARAMLIKNING BOLALAR KOGNITIV QOBILIYATLARIGA TA’SIRI

So‘ngi yillarda raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi bolalar hayotning ajralmas qismiga aylandi. Smartfon, planshet, kompyuter va boshqa gadjetlardan foydalanish bolalar uchun axbarot olish, o‘rganish va muloqot qilish imkoniyatlarini kengaytirishda, ularning xaddan tashqari qo‘llanilishi, ayrim salbiy oqibatlarni ham keltirib chiqarmoqda. Ushbu maqolada gadjetlarga qaramlik tushunchasi,uning bolalar kognitiv (bilish) qobiliyatlariga ta’siri, asosiy muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari yoritilib berilgan.

Tursunaliyeva Gulsanam Xusanboy qizi

37-39

2026-01-31

ZAMONAVIY TRANSFORMATSIYA DAVRIDA INLYUZIV TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH

Mazkur maqolada zamonaviy ta’lim tizimida kechayotgan transformatsiya jarayonlari sharoitida inklyuziv ta’limni rivojlantirish masalalari yoritilgan. Inklyuziv ta’limning mazmun-mohiyati, asosiy tamoyillari, afzalliklari hamda uni amaliyotga joriy etishdagi muammolar tahlil qilingan. Shuningdek, inklyuziv ta’limni rivojlantirish yo‘llari va istiqbollari bo‘yicha taklif va xulosalar berilgan.

Abduraxmonova Sayyoraxon Shaxobiddinovna, Muhammadjonova Durdonaxon Jamshidbek qizi

40-42

2026-01-31

RAQOBAT SHAROITIDA MEHNAT UNUMDORLIGINI BAHOLASH METODIKASI

Mehnat unumdorligi ma’lum vaqt oralig‘ida ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining mehnat xarajatlariga nisbati sifatida talqin etiladi. Biroq ushbu hisoblash usuli mehnatning ishlab chiqarish samaradorligiga ta’sirini to‘liq va aniq aks ettirmaydi, chunki mehnat unumdorligiga ishlab chiqarish jarayonidagi barcha omillar bo‘yicha amalga oshirilgan xarajatlar ta’sir ko‘rsatadi.

Nazarova Madina Burxonovna

43-44

2026-01-31

“KUNTUG‘MISH” DOSTONINI O‘QITISHDA MUAMMOLI TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH

Mazkur maqolada xalq dostonlarini, xususan “Kuntug‘mish” dostonini ta’lim jarayonida o‘qitishda muammoli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish masalasi yoritiladi. Tadqiqotda dostonni maktab, o‘rta maxsus va oliy ta’lim bosqichlarida o‘qitishning didaktik imkoniyatlari tahlil qilinadi. FSMU va “Tahlil uchun 5 daqiqa” metodlari misolida dars jarayonida o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashi, nutq madaniyati va axloqiy qarashlarini shakllantirish imkoniyatlari ochib beriladi.

Soporova Munisa Yodgor qizi

45-47

2026-01-31

POSTCOLONIAL IDENTITY IN CONTEMPORARY BRITISH FICTION

This extended conference thesis examines the representation of postcolonial identity in contemporary British fiction through the selected works of Zadie Smith and Monica Ali. In post-imperial Britain, issues of identity, belonging, and cultural negotiation have become central to literary discourse. Drawing on postcolonial theoretical frameworks, particularly those proposed by Homi K. Bhabha, Stuart Hall, and Paul Gilroy, this study explores how contemporary British fiction portrays identity as fluid, hybrid, and continuously reconstructed.

Gulnoza Rustamova

48-51

2026-01-31

YOSHLAR ORASIDA KITOBXONLIKNING AHAMIYATI

Ushbu maqolada yoshlar orasida kitobxonlikning ahamiyati, uning shaxs kamolotidagi o‘rni va jamiyat taraqqiyotiga ta’siri yoritilgan. Maqolada kitob o‘qishning yoshlarning dunyoqarashi, fikrlash qobiliyati hamda ma’naviy tarbiyasini rivojlantirishdagi roli haqida fikrlar keltirilgan. Shuningdek, kitobxonlikni oshirish zarurati va unga e’tibor qaratish muhimligi ta’kidlangan.

Narzullayeva Mashhura

52-53

2026-01-31

OGAHIYNING “SALLAMNO” RADIFLI G‘AZALIDA BADIIY TASVIR VA MA’NO QATLAMLARI

Mazkur maqolada Ogahiyning “Sallamno” deb boshlanuvchi gʻazali badiiy jihatdan, lirik qahramon kechinmalari va obrazli vositalardan foydalanish mahorati nuqtayi nazaridan atroflicha tahlil qilinadi. Har bir baytdagi majoziy tasvir, tashbeh, istiora va ramziy mazmunlar alohida sharhlanib, gʻazalning ichki dramatizmi hamda lirizm darajasi yoritiladi.

Yoqutxon Anvarova, Mutalova Gulnora Sattarovna

54-59

2026-01-31

JAS ÁWLAD TÁRBIYASÍNDA MÁDENIYATTÍŃ ROLI

Bul maqalada jas áwladtı milliy mádeniyat, mánawiy qádiriyatlar hám xalıq pedagogikası tiykarında tárbiyalawdıń áhmiyeti úyrenilgen. Qaraqalpaq xalqınıń etnopedagogikalıq miyrasları, atap aytqanda "jeti ata" dástúri, muzıka mádeniyatı, teatr hám kino kórkem-óneri, sonday-aq xalıq awız eki dóretpeleriniń jaslar dúnyaqarasın qáliplestiriwdegi roli ilimiy derekler tiykarında analizlengen. Maqalada zamanagóy tálim sistemasında milliy identlikti saqlaw hám watanpárwerlik sezimin oyatıw boyınsha usınıslar berilgen.

Madreymova Nasiba Ibaydullayevna

60-63

2026-01-31

“QANDLI DIABETNING 2-TURINI OLDINI OLISHDA TURMUSH TARZINING O‘RNI”

Qandli diabetning 2-turi (QDT2) jahon bo‘yicha keng tarqalgan surunkali kasalliklardan biri bo‘lib, uning oldini olish muhim jamoat salomatligi vazifasidir. Ushbu maqolada QDT2 rivojlanishida turmush tarzining o‘rni, sog‘lom ovqatlanish, jismoniy faollik va vazn nazorati orqali kasallik xavfini kamaytirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Epidemiologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, faol bo‘lmagan hayot tarzi, noto‘g‘ri ovqatlanish va ortiqcha vazn QDT2 xavfini sezilarli darajada oshiradi. Maqola turmush tarzini o‘zgartirish orqali kasallikning oldini olish va uning murakkab asoratlarini kamaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beradi.

Otaxonova Dilnozaxon Shokirjon qizi

64-68

2026-01-31

“SEMIZLIK VA METABOLIK SINDROM: ZAMONAVIY TIBBIYOTDA DOLZARB MUAMMO”

Semizlik va metabolik sindrom so‘nggi yillarda global sog‘liqni saqlash tizimida eng dolzarb muammolardan biriga aylandi. Ushbu maqolada semizlikning turlari, rivojlanish mexanizmlari, metabolik sindrom bilan bog‘liqligi va zamonaviy tibbiyotda profilaktik choralar tahlil qilinadi. Epidemiologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ortiqcha vazn, jismoniy faollikning yetishmasligi, noto‘g‘ri ovqatlanish va stress metabolik sindrom rivojlanish xavfini sezilarli darajada oshiradi. Maqola shuningdek, sog‘lom turmush tarzini joriy qilish orqali semizlik va metabolik sindromning oldini olish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beradi.

Mahmudova Mubinaxon Alisher qizi

69-73

2026-01-31

“BIZKI BUKUN JAHON ARO KISHVARI FAQR SHOHIMIZ” G’AZALIDA TASAVVUFIY-FALSAFIY MAZMUNNING IFODALANISHI

Ushbu maqolada Ogahiyning tasavvufiy yo‘nalishdagi “Bizki bukun jahon aro kishvari faqr shohimiz” radifli g‘azali mufassal tahlil etiladi. G‘azalda faqr, qanoat, nafs bilan kurash va ma’naviy yuksalish tushunchalari badiiy obrazlar orqali ochib berilgan. Har bir baytning ma’no qatlamlari va qo‘llanilgan badiiy san’atlar ilmiy asosda yoritiladi.

Yoqutxon Anvarova, Mutalova Gulnora Sattarovna

74-79

2026-01-31

JADID NAMOYONDALARI HARAKATINING YANGI O`ZBEKISTON VA JAHON MIQYOSIDAGI ILMIY VA NAZARIY JIHATDAN O`RNI

Ushbu maqola jadidchilik namoyondalari harakatining Yangi O`zbekistondagi o`rni, uning jamiyat taraqqiyotiga ko`rsatgan ta`siri va asosiy g`oyalari tahlil qilinadi. Shuningdek, jadidchilikning jahon miqyosidagi ahamiyati, boshqa mintaqalardagi o`xshash islohot harakatlari hamda xorijiy tadqiqotchilarning jadidshunoslikka qiziqishi ilmiy va nazariy jihatdan ochib beriladi.

G‘ulomjonov Odiljon Raximjon o‘g‘li, Madaminova Saodatoy Shoxrux qizi

80-84

2026-01-31

YOSH AVLODNI MILLATLARARO TOTUVLIK VA DINIY BAG`RIKENGLIK RUHIDA TARBIYALASHNING IJTIMOIY-FALSAFIY JIHATLARI

Mazkur ilmiy ishda yosh avlodni millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik ruhida tarbiyalash masalasi ijtimoiy-falsafiy nuqtayi nazardan tahlil etilgan. Tadqiqotning nazariy asosi sifatida J. Rawlsning “Political Liberalism”, “A Theory of Justice” kabi asarlaridagi adolat, jamoat aqli (public reason) va “overlapping consensus” g‘oyalari tahlil qilinadi.

G‘ulomjonov Odiljon Raximjon o‘g‘li, Madaminova Saodatoy Shoxrux qizi

85-87

2026-01-31

IJTIMOIY TARMOQLARDAN FOYDALANISH MADANIYATI

Ushbu maqolada ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyati haqida so‘z yuritiladi. Muallif axborotga tanqidiy qarash, uni tekshirish, tahlil qilish  natijalarini batafsil ochib beradi.

Botirova Gulsevar

88-90

2026-01-31

ATROF-MUHITNING OG'IR METALLAR (HG, PB, CD) BILAN IFLOSLANISHI: KIMYOVIY TRANSFORMATSIYA VA NEYTRALLASH USULLARI TAHLILI

Ushbu ishda atrof-muhitning eng xavfli toksikantlari hisoblangan simob (Hg), qo‘rg‘oshin (Pb) va kadmiy (Cd) elementlarining ekosistemadagi o‘rni va ularning salbiy oqibatlari tadqiq etilgan. Maqolada ushbu og‘ir metallarning tuproq, suv va havo havzalarida tarqalish qonuniyatlari hamda ularning tirik organizmlarga bo‘lgan toksik ta’siri atroflicha tahlil qilingan. Xususan, metallarning bioakkumulyatsiya xususiyati va hujayra darajasida keltirib chiqaradigan bio-kimyoviy o‘zgarishlari yoritilgan. Tadqiqotning asosiy qismi ushbu elementlarning kimyoviy transformatsiyasi va ularni neytrallash usullari tahliliga bag‘ishlangan. Bunda metall ionlarining turli muhitlarda bir holatdan ikkinchi holatga o‘tishi (masalan, metillanish jarayonlari) hamda ularni zararsizlantirishda qo‘llaniladigan zamonaviy usullar: kimyoviy cho‘ktirish, sorbsiya, ion almashinuvi va kompleks hosil qilish mexanizmlari ilmiy asoslab berilgan.

Raxmatov Quvonchbek, Shukurova Nasiba

91-94

2026-01-31

СОВРЕМЕННЫЕ ИММУННЫЕ РЕАКЦИИ: КЛЕТОЧНЫЕ, МОЛЕКУЛЯРНЫЕ И РЕГУЛЯТОРНЫЕ МЕХАНИЗМЫ ИММУННОГО ОТВЕТА

В статье представлен системный анализ иммунных реакций как многоуровневых и динамически регулируемых биологических процессов, обеспечивающих распознавание и контроль антигенных воздействий различной природы. Рассматриваются современные концепции взаимодействия врождённых и адаптивных механизмов иммунного ответа с акцентом на молекулярные пути активации иммунных клеток, пространственно-временную организацию цитокиновых сетей и роль сигнальных каскадов в формировании эффекторных и регуляторных иммунных реакций.

Джумаева Гулрух Гуломжоновна

95-100

2026-01-31

IMMUNITETNING MOSLASHUVCHANLIGI: ZAMONAVIY IMMUNOLOGIYADAGI YANGICHA YONDASHUVLAR

Ushbu maqolada inson immunitet tizimining moslashuvchanlik xususiyatlari, ya’ni tashqi va ichki omillarga javoban funksional va molekulyar darajada o‘zgarish qobiliyati tahlil qilinadi. Tug‘ma va orttirilgan immunitetning o‘zaro bog‘liqligi, immunologik xotira, shuningdek, so‘nggi yillarda aniqlangan “trenirlangan immunitet” fenomenining biologik va klinik ahamiyati yoritib beriladi. Zamonaviy eksperimental va klinik tadqiqotlar asosida immunitet moslashuvchanligining sog‘liqni saqlash va kasalliklarning oldini olishdagi o‘rni muhokama qilinadi.

Jumayeva Gulrux G`ulomjonovna

101-104

2026-01-31

BURHONIDDIN MARGʻINONIY FIQHIDA NORMATIVLIK VA MOSLASHUVCHANLIK MASALASI (AL-HIDOYA ASARI ASOSIDA)

Mazkur maqolada buyuk hanafiy faqihi Burhoniddin Margʻinoniyning fiqhiy qarashlarida normativlik va moslashuvchanlik masalasi Al-Hidoya asari asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda islom huquqining qat’iy qoidalari (normativlik) bilan hayotiy sharoitlar, zamon va makon omillariga moslashish (moslashuvchanlik) o‘rtasidagi muvozanat Margʻinoniy fiqhiy metodologiyasi misolida yoritiladi. Asarda muallifning Qur’on, sunnat, ijmo‘ va qiyosga tayangan holda hukm chiqarishi, zarurat va urf-odat omillarini inobatga olishi ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Shuningdek, “Al-Hidoya”dagi muomala, ibodat va jinoyat huquqiga oid masalalar orqali fiqhning faqat nazariy emas, balki amaliy va hayotiy xarakterga ega ekanligi ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijalari Margʻinoniy fiqhining normativ barqarorlikni saqlagan holda moslashuvchan yondashuvni ta’minlaganini ochib beradi hamda ushbu merosning zamonaviy huquqiy va ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdagi ahamiyatini asoslaydi.

Yigitaliyeva Dildora Dilshodjon qizi

105-110

2026-01-31