We are pleased to inform you that the Research Support Center "Innovative Academy RSC" has organized the Republican Conference "Young Scientists". This is a national online conference with open access, where review abstracts related to various fields are published. The main goal is to offer an intellectual platform for national scientists, and it aims to promote interdisciplinary research.
Published: 2025-05-27
Maqolalar
INFLATSIYANING BANK XIZMATLARI VA MAXSULOTLARIGA TA`SIRI
Ushbu maqolada inflyatsiya darajasining O‘zbekiston bank tizimidagi xizmatlar va mahsulotlar narxiga ko‘rsatayotgan ta’siri tahlil qilingan. Inflyatsiya bank xizmatlari narxining oshishiga, mijozlarning moliyaviy imkoniyatlari va xatti-harakatlariga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuningdek tijorat banklarida xizmatlar narxining inflyatsiya fonida o‘zgarishi, bu o‘zgarishlarning aholining turli qatlamlariga ta’siri va xalqaro tajribalar asosida inflyatsion bosimni yumshatish yo‘llarini ko‘rsatib o‘tilgan.
2025-05-26
BANKLAR ARO VALYUTA JAMG‘ARMASINING MOHIYATI
Mazkur maqolada banklararo valyuta muomalasida uchrayotgan asosiy muammolar va xavf-xatarlar tahlil qilinadi. Unda banklar o‘rtasida valyuta savdosi jarayonida yuzaga keladigan tizimli xatoliklar, tartibga solishdagi muammolar, valyuta kursining beqarorligi, likvidlik tanqisligi, huquqiy me’yorlarning yetarlicha ishlab chiqilmaganligi kabi salbiy omillar yoritib berilgan. Shuningdek, xalqaro tajriba asosida tavsiyalar berilib, O‘zbekiston moliya tizimida banklararo valyuta muomalasini takomillashtirish yo‘llari ko‘rib chiqilgan.
2025-05-26
INFLATSIYA DARAJASINING TIJORAT BANKLARI FAOLIYAT SOHASIGA KO`RSATADIGAN TA`SIRI
Ushbu maqolada inflyatsiya darajasining tijorat banklari faoliyatiga ko‘rsatayotgan salbiy ta’sirlari tahlil qilingan. Inflyatsiyaning real foiz stavkalari, kreditlash siyosati, mijozlarning to‘lov qobiliyati, depozitlar bazasi, bank likvidligi va operatsion xarajatlarga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, inflyatsion xavflarni kamaytirish bo‘yicha tijorat banklari amalga oshirishi zarur bo‘lgan strategiyalar tavsiya etilgan.
2025-05-26
KO‘P TILLILIK MUHITIDA O‘ZBEK TILINI O‘RGATISH STRATEGIYALARI
Mazkur maqolada ko‘p tillilik muhitida o‘zbek tilini o‘rgatish strategiyalari tilshunoslik yondashuvi asosida ilmiy tahlil qilinadi. Ko‘p tillilik sharoitida til o‘rganish jarayonida yuzaga keladigan fonetik, grammatik, leksik-semantik, lingvomadaniy muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. O‘zbek tilini o‘rgatishda integrativ, kommunikativ, interfaol va individual yondashuvlar asosida ishlab chiqilgan samarali metodlar va texnologik vositalar tahlil qilinadi. Maqola yakunida o‘zbek tilini ko‘p tilli muhitda o‘rgatish samaradorligini oshirishga doir amaliy takliflar ilgari suriladi. Tadqiqot tilshunoslik va pedagogika sohalari tutashgan nuqtada olib borilgan bo‘lib, o‘zbek tilini o‘rgatish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar, o‘qituvchilar va til siyosati ishlab chiquvchilar uchun foydalidir.
2025-05-26
SOTSIOLOGIYA FANINING ASOSIY YО‘NALISHLARI
Sotsiologiya zamonaviy jamiyatni tushunish, uni tahlil qilish va ijtimoiy muammolarga ilmiy asoslangan yechimlar taklif qilishda asosiy fanlardan biri hisoblanadi. Bugungi globallashuv davrida jamiyatda yuz berayotgan o‘zgarishlar, ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi murakkab munosabatlar, migratsiya, gender tengligi, ijtimoiy tengsizlik kabi masalalarni chuqur anglash sotsiologik yondashuvni talab qiladi. Bu fanning shakllanishi, rivojlanish yo‘nalishlari va asosiy nazariy maktablari orqali zamonaviy ijtimoiy jarayonlarni tahlil qilish imkoniyati kengaymoqda.
2025-05-26
HUDUDLAR IQTISODIYOTINING INNOVATSION RIVOJLANISHINING XORIJ TAJRIBASI
Mazkur maqolada xorijiy mamlakatlarning hududiy iqtisodiyotni innovatsion yo‘l bilan rivojlantirish borasidagi ilg‘or tajribalari tahlil qilinadi. Germaniya, Xitoy, Janubiy Koreya va AQSh kabi davlatlar misolida klasterlashuv, texnoparklar, davlat–xususiy sheriklik va ilmiy-tadqiqot institutlari integratsiyasi kabi samarali mexanizmlar o‘rganiladi.
2025-05-26
COVID-19 VA REVMATOID ARTRITNING KLINIK - IMMUNOLOGIK O‘ZARO BOG‘LIQLIGI
Romatoid artrit - bo'g'imlarning eng keng tarqalgan yallig'lanish kasalligi bo'lib, ichki organlarning tizimli immun-yallig'lanish shikastlanishi bilan birgalikda eroziv simmetrik poliartrit bilan tavsiflanadi. Bo'g'imlarning eng og'ir va keng tarqalgan yallig'lanish kasalliklaridan biri sanaladi. Revmatoid artrit keng tarqalgan kasallik bo'lib, barcha mamlakatlarda umumiy aholining taxminan 1% da uchraydi. Yangi dalillar respirator virusli infektsiyalar revmatoid artrit kabi otoimmün yallig'lanish artriti xavfini oshirishi mumkinligini ko'rsatdi. Bundan tashqari, yallig'lanishli artritli bemorlarda infektsiyalar kasallikni kuchaytirishi mumkin.
2025-05-27
МАКТАБ ЎҚУВЧИЛАРИНИНГ МАҚСАДЛИ ЁШ ГУРУҲЛАРИ БЎЙИЧА РЮКЗАКЛАРНИНГ ЭРГОНОМИК ҲУСУСИЯТЛАРИГА БЎЛГАН АСОСИЙ ТАЛАБЛАР
Мақолада ҳозирги кунда мактаб ўқувчилари учун рюкзакларни маҳаллий шароит ҳамда талаблардан келиб чиққан ҳолда такомиллаштириш мақсадида, 1-4 синф ўқувчилари учун рюкзакларнинг эргономик ҳусусиятлари, халқаро ва маҳаллий стандартларга мувофиқлиги ҳамда улрнинг болалар саломатлигига таъсири таҳлил қилинади. Ушбу ҳолатларни олдини олиш мақсадида рюкзакларни лойиҳалашда Жахон олимлари томонидан амалга оширилган илмий изланишлар тадқиқ этилган.
2025-05-27
TABIIY DORI VOSITALARININGSINTETIK DORI VOSITALARIDAN FARQI
Ushbu maqolada tabiiy va sintetik dorilarning o‘zaro farqlari, afzalliklari hamda kamchiliklari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Shuningdek ushbu ikki turdagi dorilarning inson organizmiga ta’siri, nojo‘ya ta’sirlari, dozalash aniqligi va ilmiy asoslanganligi jihatidan solishtirma tahlil keltirilgan. Misollar, statistik ma’lumotlar va ilmiy manbalar asosida mavzuning dolzarbligi yoritilgan.
2025-05-27
DORI VOSITALARINING KIMYOVIY TARKIBIGA KO‘RA TURLARI
Ushbu maqolada dori vositalarining kimyoviy tarkibiga ko‘ra asosiy guruhlari bayon qilingan. Har bir guruhning afzalliklari va kamchiliklari tahlil qilinib, ularning farmakologik ahamiyati muhokama qilindi.
2025-05-27
TYPES AND FUNCTIONS OF TEACHER SPEECH ACTS IN CLASSROOM DISCOURSE: A PRAGMATIC PERSPECTIVE
This paper explores the types and functions of teacher speech acts within classroom discourse from a pragmatic and pedagogical perspective.The study analyzes how each type contributes to classroom management, instructional delivery, student motivation, and learning assessment. Drawing on relevant literature and empirical findings, the article highlights the dominance of directives and representatives in instructional contexts, while underscoring the strategic role of expressives and commissives in fostering a supportive learning environmentThe article concludes that a balanced, conscious use of speech acts enhances both teaching efficiency and learner outcomes in educational settings.
2025-05-27
BORROWINGS
This article explores the phenomenon of borrowings in language, focusing on the reasons behind lexical borrowing, its types, and the influence of dominant cultures and languages. It also analyzes how borrowed words are adapted phonologically and morphologically in the recipient language, and their role in enriching the vocabulary.
2025-05-27
PHRASEOLOGICAL UNITS
This article explores the nature, classification, and functional role of phraseological units in modern language use. Phraseological units, also known as idioms or set expressions, represent a significant aspect of linguistic richness and cultural identity. The study outlines the main types of phraseological units, their structural and semantic characteristics, as well as their pragmatic functions in communication. Special attention is given to the translation and interpretation challenges they pose across languages. The analysis is supported by examples from English and other languages to highlight cross-cultural nuances. This research contributes to a deeper understanding of phraseology as a vital component of linguistic competence and intercultural communication.
2025-05-27
WORD-FORMATION, WORD STRUCTURE
This article explores the concepts of word-formation and word structure in the English language. It analyzes the main types of word-formation processes such as derivation, compounding, conversion, and blending. Additionally, the internal structure of words is examined, focusing on morphemes, roots, prefixes, and suffixes. The article highlights the significance of understanding word formation for language learning and linguistic analysis.
2025-05-27
МУЗЕЙ СЛАВЫ УЗБЕКИСТАНА – ХРАМ ПАТРИОТИЗМА, ЛЮБВИ К РОДИНЕ И ВЕЧНОЙ ПАМЯТИ ГЕРОЕВ
Статья посвящена значению Музея Славы Узбекистана в патриотическом воспитании молодежи. Рассматривается его роль в сохранении исторической памяти, формировании национальной гордости, развитии гражданской сознательности и нравственности. Освещаются современные методы воспитания через музейные экспозиции, встречи с ветеранами и интерактивные технологии, способствующие пробуждению у молодежи любви к Родине и уважения к подвигам предков. Подчеркивается важность музея как центра духовного и культурного наследия, способного вдохновлять на личные подвиги и служение Родине.
2025-05-27
OPTIK TOLALI KANALLARDA SIGNAL KUCHAYTIRISH TEXNOLOGIYALARI: EDFA, RAMAN, VA SOA KUCHAYTIRGICHLARI
Optik tolali kanallarda signal kuchaytirish texnologiyalari, telekommunikatsiya tizimlarida yuqori sifatli ma'lumot uzatishni ta'minlashda muhim ahamiyatga ega. EDFA (Erbium-Doped Fiber Amplifier), Raman va SOA (Semiconductor Optical Amplifier) kuchaytirgichlari, uzoq masofalarda signalning zaiflashishini oldini olish va uzatish sifatini yaxshilashda keng qo'llaniladi. EDFA texnologiyasi keng tarqalgan bo‘lib, yuqori samaradorlikni ta’minlaydi, Raman kuchaytirgichlari signalning kuchini va sifatini saqlab qoladi, SOA esa tezkor tizimlar uchun ideal yechim bo‘lib, yuqori tezlikdagi signal uzatishda samarali ishlaydi.
2025-05-27
OPTIK TOLALAR ASOSIDA KORPORATIV VA SANOAT TARMOQLARINI TASHKIL QILISHDA XAVFSIZLIK MASALALARI
Optik tolalar asosida korporativ va sanoat tarmoqlarini tashkil qilishda xavfsizlik masalalari juda muhimdir. Uzoq masofalarda ma'lumot uzatish xavfsizligini ta'minlash uchun shifrlash va autentifikatsiya kabi xavfsizlik protokollaridan foydalanish zarur. Optik tolaning jismoniy xavfsizligi, tarmoqning integritetini ta'minlash uchun zarur choralarni ko‘rishni talab qiladi. Shu bilan birga, optik aloqa tarmoqlarining samarali ishlashi uchun xavfsizlikni boshqarish, tarmoqni himoya qilish va zararli xatti-harakatlarga qarshi kurashish uchun ilg‘or texnologiyalarni joriy etish zarur.
2025-05-27
TINTUV VA OLIB QOʻYISH OʻTKAZISHNING TARTIBI
Ushbu maqola tintuv va olib qoʻyish tergov harakatlarining oʻziga xosligi, tintuv va olib qoʻyishni oʻtkazishning protsessual tartibini tadqiq etishga bagʻishlangan. Mazkur tergov harakatlarining oʻzaro nisbati tahlil qilinadi. Muallif tintuv va olib qoʻyishni amalga oshirishning belgilangan protsessual tartibiga rioya qilish zaruratini taʼkidlaydi.
2025-05-27
JINOYAT PROTSESSIDA USHLAB TURISH: HUQUQIY ASOSLAR VA AMALIY MUAMMOLAR
Ushbu maqolada muallif ushlab turish protsessual majburlov chorasini qo’llashning huquqiy asoslari, tartibi amaliyotda kuzatilayotgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar yoritilgan.
2025-05-27
СЎРОҚ ҚИЛИШ ТЕРГОВ ҲАРАКАТИНИ ЎТКАЗИШНИНГ ТОВЛАМАЧИЛИК ЖИНОЯТИНИ ТЕРГОВ ҚИЛИШДАГИ АҲАМИЯТИ ВА УНИНГ ЎЗИГА ХОС ХУСУСИЯТЛАРИ
Ушбу мақолада сўроқ қилиш тергов ҳаракатининг асосий қоидалари ва тартиби, мазкур тергов ҳаракатини ўтказишни расмийлаштириш тартиби, жиноят ишларини тергов қилишдаги аҳамияти, шунингдек ушбу тергов ҳаракатини ўтказишнинг товламачилик жиноятини тергов қилишдаги ўзига хос хусусияти ва ушбу жиноятларни тез ва тўла очишдаги алоҳида аҳамияти борасидаги фикрлар муҳокама қилинади. Товламачилик билан боғлиқ жиноятларни тергов қилишда сўроқ қилиш тергов ҳаракатига эътибор қаратиши зарурлигининг муҳим жиҳатларига тўхталиб ўтилади.
2025-05-27
YUSUF XOS HOJIBNING SIYOSIY – AXLOQIY QARASHLARI “QUTADG’U BILIG”DA
Yusuf Xos Hojib jahonning ulug‘ adiblari bilan bir qatorda turadigan, jahondagi ijtimoiy-siyosiy hamda badiiy-estetik tafakkur tarixi va taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan ijodkordir. Adibning nodir iste’dodi natijasi bo‘lgan «Qutadg‘u bilig» faqat XI asrning emas, balki butun turkiy adabiyot tarixining ham eng nodir va porloq badiiy durdonasidir. U yozma adabiyotimiz tarixidagi ilk yirik asar namunasidir. Adib bu bilan turkiy o‘gitnoma – didaktik yo‘nalishni nihoyatda yuqori darajaga olib chiqdi. Shunga ko’ra u yaratgan «Qutadg’u bilig» asari ta’lim-tarbiya tarixi, uning nazariy masalalari, komil insonni shakllantirishda ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. «Qutadg’u bilig» asarida hokimiyat qoraxoniylar qo’liga o’tishi munosabati bilan ta’lim va tarbiyaning ham hokimiyatni mustahkamlash va taraqqiy ettirish uchun xizmat etadigan o’ziga xos talab va tamoyillarni belgilash zarur edi. Shuning uchun ham mazkur asar didaktik, ya’ni ta’limiy-axloqiy uslubda yozildi.
2025-05-28
MUQIMIY IJODINING ZAMONAVIY OLAMDAGI AHAMIYATI
Ushbu maqola o‘zbek adabiyotidagi muhim shaxs – Muqimiy (1850–1903) ijodining zamonaviy olamdagi ahamiyatini ijtimoiy, madaniy va axloqiy nuqtai nazardan keng tahlil qilishga bag‘ishlangan. Maqolada Muqimiy ijodining tarixiy va adabiy konteksti o‘rganilib, uning asarlarida aks etgan ijtimoiy tanqid, milliy o‘zlik va axloqiy qadriyatlar zamonaviy jamiyat muammolari bilan bog‘liqligi ko‘rsatiladi. Muqimiy she’rlarida yoritilgan ijtimoiy adolatsizlik, globallashuv sharoitida milliy o‘zlikni saqlash va axloqiy tarbiya kabi mavzularning dolzarbligi BMT va UNESCO ma’lumotlari kabi xalqaro manbalar asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, Muqimiy ijodining ta’lim tizimidagi o‘rni, zamonaviy adabiyotga ta’siri va global miqyosda targ‘ib qilish imkoniyatlari muhokama qilinadi. Maqola Muqimiy asarlarini zamonaviy texnologiyalar va raqamli platformalar orqali kengroq auditoriyaga yetkazish bo‘yicha takliflar bilan yakunlanadi. Ushbu tadqiqot o‘zbek adabiyoti merosini chuqur o‘rganish va uning zamonaviy jamiyatdagi ahamiyatini yoritishga qaratilgan bo‘lib, adabiyotshunoslar, talabalar va keng o‘quvchilar uchun muhim manba hisoblanadi.
2025-05-28
RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI TA'LIM TIZIMINI ISLOH QILISHDAGI O'RNI HAMDA YANGI TEXNOGIYALARNI TA'LIM JARAYONLARI BILAN INTEGRATSIYALASHUVI
Ushbu maqolada raqamli texnologiyalarni ta'lim tizimiga integratsiyalashuvining ahamiyati va samaradorligi o‘rganiladi. Maqolada yangi texnologiyalarning ta'lim jarayonlarida qo‘llanilishi, pedagogik metodlarni yangilash, ta'lim sifatini oshirishdagi o‘rni va muammolar tahlil qilinadi. Ta'limni raqamlashtirishning global va mahalliy miqyosdagi tendensiyalari, raqamli texnologiyalarning integratsiyasi orqali ta'limni yangilash istiqbollari ko‘rib chiqiladi.
2025-05-28
YANGI 5-SINF ONA TILI DARSLIKLARIDA IMLO KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISHGA DOIR TOPSHIRIQLARNING BERILISHI
Ushbu maqolada 2024-yilgi yangi tahrirdagi 5-sinf “Ona tili” darsliklarida imlo ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan topshiriqlar tahlil qilindi. Imlo savodxonligi o‘quvchilarda til me’yorlarini to‘g‘ri qo‘llash, fikrini aniq va grammatik jihatdan to‘g‘ri ifodalash, yozma nutqni me’yorga solish kabi ko‘nikmalarni shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Mazkur maqolada darsliklarda imlo bilan bog‘liq topshiriqlarning turli shakllari, uslubiy yondashuvi va ularning amaliy samaradorligi haqida so‘z yuritiladi.
2025-05-28
TA’LIM MUASSASALARIDA KUZATUV VOSITALARI YORDAMIDA DAVOMAT TIZIMINI AVTOMATLASHTIRISH
Ta'lim muassasalarida kuzatuv vositalari yordamida davomat tizimini avtomatlashtirish mavzusi hozirgi kunda ko‘plab ta'lim muassasalarida samarali va vaqtni tejashga yo‘naltirilgan tizimlardan biri hisoblanadi. Kuzatuv vositalari yordamida davomat tizimini avtomatlashtirish ta'lim muassasalarida talaba va o‘qituvchilarning darsga qatnashish holatini avtomatik tarzda kuzatish, ma'lumotlarni saqlash va tahlil qilish imkonini beradi. Bu, nafaqat vaqtni tejash, balki nazorat va hisobot jarayonlarini ham soddalashtiradi.
2025-05-28
ПРАВОВОЕ РЕГУЛИРОВАНИЕ ЗАЩИТЫ ПРАВ И ЗАКОННЫХ ИНТЕРЕСОВ ЮРИДИЧЕСКИХ ЛИЦ В ГРАЖДАНСКОМ ПРАВЕ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН
Одной из актуальных проблем в гражданском праве Республики Узбекистан остаётся отсутствие чёткого, детализированного механизма, регулирующего порядок судебного представительства юридических лиц. На практике это приводит к затягиванию судебных процессов, отказам в принятии исков по формальным основаниям, а также к ограничению доступа организаций к эффективной судебной защите. Действующее законодательство содержит общие нормы о представительстве, однако в условиях современной правовой системы этого недостаточно для надёжной защиты прав организаций, особенно в спорах с участием государственных органов или крупных хозяйствующих субъектов.
2025-05-28
SUN’IY INTELLEKT ASOSIDA AXBOROT XAVFSIZLIKNI TA’MINLASH
Ushbu maqolada sun’iy intellekt (SI) asosida axborot havfsizlikni ta’minlashga qaratilgan yangi yondashuvlar va texnologiyalar tahlil qilinadi. Hozirgi kunda axborot havfsizlik sohasida SI texnologiyalaridan foydalanish tahdidlarni oldindan aniqlash, real vaqt rejimida hujumlarni bartaraf etish va xavfsizlikni doimiy ravishda optimallashtirish imkonini bermoqda. Maqolada SI yordamida tahdidlarni tahlil qilish, avtomatlashtirilgan himoya tizimlari, anomaliyalarni aniqlash, mashinaviy o‘rganish va chuqur o‘rganish modellaridan foydalanish usullari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, mavjud muammolar va istiqbolli yo‘nalishlar ham tahlil qilinadi.
2025-05-28
O’ZBEK TILINI XORIJLIKLARGA O’RGATISHDA KOMMUNIKATIV YONDASHUV AHAMIYATI
Mazkur maqolada o‘zbek tilini xorijliklarga o‘rgatishda kommunikativ yondashuvning mazmun-mohiyati, afzalliklari va uni samarali tadbiq etish yo‘llari tahlil qilingan. Muallif kommunikativ metodikada e‘tibor amaliy nutqiy ko‘nikmalarni shakllantirishga, haqiqiy muloqot muhitini yaratishga, madaniy kontekstni chuqur anglashga qaratilishini ta‘kidlaydi. Xorijlik talabalar o‘quv jarayonida interaktiv usullar, rolli o‘yinlar va jamoaviy topshiriqlar orqali tezroq va samarali o‘zbek tilini o‘zlashtirishlari, madaniy muhitga moslashishlari qayd etiladi. Shuningdek, maqolada motivatsiya omillari, baholash tizimi va zamonaviy raqamli texnologiyalarni qo‘llash imkoniyatlari haqida so‘z yuritiladi. Muallif kommuniktiv metodikaning nutqiy kompetensiyani rivojlantirish, o‘zbek tilining lingvistik va madaniy xususiyatlarini tabiiy ravishda o‘zlashtirishda ustunligi haqida xulosa qiladi.
2025-05-28
MAHMUD KOSHG‘ARIY HAYOTI VA ILMIY FAOLIYATI
O‘rta asr Sharq ilm-fani va madaniyati turli sohalarda yuksak taraqqiyotga erishgan. Ayniqsa, tilshunoslik, tarix, madaniyatshunoslik kabi yo‘nalishlarda chuqur ilmiy asarlar yaratildi. Ushbu yo‘nalishlarning taraqqiyotida turkiy tillar tarixida muhim o‘rin tutgan allomalardan biri — Mahmud Koshg‘ariy bo‘lib, u XI asrda yashab, o‘zining noyob asari “Devonu lug‘otit-turk” orqali ilm-fan taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan. Bu asar turkiy tillarning ilk yozma lug‘ati bo‘lishi bilan birga, tarix, etnografiya, madaniyat, urf-odatlar, harbiy ishlar, hatto geografik ma’lumotlarni ham o‘zida jamlagan ensiklopedik asar sifatida qadrlanadi.
2025-05-28
O‘QUVCHILARNING LUG‘AT BOYLIGINI OSHIRISH UCHUN METODIK TAVSIYALAR
Mazkur maqola o‘quvchilarning lug‘at boyligini oshirishga qaratilgan metodik yondashuvlarni o‘z ichiga oladi. Unda so‘z boyligini kengaytirish uchun samarali usullari interaktiv o‘yinlar, visual materiallardan foydalanish orqali lug‘at boyligini oshirish yo‘llari tavsiya etilgan. Tavsiyalar o‘qtuvchilarga amaliy dars jarayonida yangi so‘zlarni samarali o‘rgatish va ularni nutqiy faoliyatga tatbiq etishda metodik ko‘mak beradi. Ushbu material til o‘rganish samaradorligini oshirishda muhim nazariy va amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.
2025-05-28
OVOZ ASOSIDA SHAXSNI IDENTIFIKATSIYALASH USULLARINING TAHLILI
Mazkur maqolada inson ovozi orqali shaxsni aniqlashga doir texnologiyalar va ularning zamonaviy yondashuvlari ko‘rib chiqiladi. Asosiy e’tibor Mel-chastotali spektral koeffitsiyentlar (MFCC) yordamida audio xususiyatlarini ajratib olish va mashina o‘rganish algoritmlari yordamida shaxsni aniqlashga qaratilgan
2025-05-28
PEDAGOGIK HAMKORLIK MUHITIDA TALABALARNING KASBIY-MA’NAVIY BARKAMOLLIGINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI
Mazkur maqola pedagogik hamkorlik muhitida talabalar kasbiy-ma’naviy barkamolligini rivojlantirish texnologiyalariga bag‘ishlangan. O‘quv jarayonida hamkorlikning ahamiyati, talabalar o‘rtasidagi ijtimoiy aloqalarni mustahkamlash va ularning shaxsiy rivojlanishiga ta'siri keng ko‘lamda tahlil etiladi. Maqolada, pedagogik hamkorlik modelining asosiy tamoyillari va uning kasbiy tayyorgarlik jarayonidagi roli yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy pedagogik texnologiyalar orqali talabalarni nafaqat kasbiy ko‘nikmalar bilan, balki ma’naviy-axloqiy qadriyatlar bilan ta’minlashning samarali usullari keltirilgan. Tajribali o‘qituvchilarning amaliyoti asosida ishlab chiqilgan innovatsion metodikalar, guruhli va jamoaviy ishlashning psixologik aspektlari muhokama qilinadi.
2025-05-28
AMILOIDOZ PATOGENEZI, KLINIKASI, TASHXISLASH VA DAVOLASH USULLARI
Ushbu maqolada amiloidoz kasalligining patogenezi, klinik ko‘rinishlari, tashxislash usullari hamda zamonaviy davolash yondashuvlari tibbiyot talabalariga mo‘ljallangan tarzda batafsil yoritilgan. Amiloidoz — bu amiloid deb ataluvchi patologik oqsil moddasining organ va to‘qimalarda to‘planib, ularning normal faoliyatini izdan chiqaruvchi tizimli kasallikdir. Patogenezda asosan plazma hujayralarining disfunksiyasi, yallig‘lanishli sitokinlar va genetik predispozitsiya muhim rol o‘ynaydi. Maqolada kasallikning morfologik belgilariga, ayniqsa buyraklar, yurak va jigar kabi hayotiy muhim organlarda kuzatiladigan o‘zgarishlarga alohida e’tibor qaratilgan. Klinika turli xil bo‘lishi mumkin: proteinuriya, yurak yetishmovchiligi, shishlar, og‘iz qurishi, diareya yoki nevropatiya kabi belgilar kuzatiladi. Tashxislashda biopsiya va maxsus bo‘yoqlar bilan histologik tekshiruv, shuningdek, serum amiloid komponentlarini aniqlovchi biokimyoviy testlar muhim ahamiyatga ega. Davolashda asosiy maqsad — amiloid sintezini kamaytirish, asosiy sababni bartaraf etish va simptomatik terapiya qo‘llashdan iborat. Ushbu maqola patologik anatomiya faniga asoslangan holda yozilgan bo‘lib, tibbiyot talabalari uchun amiloidozni tushunishda muhim o‘quv-uslubiy manbadir.
2025-05-29
GANGRENA: PATOLOGIK ANATOMIYA, ETIOLOGIYA VA KLINIK-MORFOLOGIK XUSUSIYATLARI
Ushbu maqola gangrena haqida patologik anatomiya faniga oid tahliliy maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi. Gangrena — bu tirik to‘qimalarning nobud bo‘lishi va keyinchalik chirish jarayoni bilan kechadigan og‘ir patologik holat bo‘lib, maqolada uning etiologiyasi, patogenezi va morfologik o‘zgarishlari yoritilgan. Gangrena turli shakllarda namoyon bo‘ladi: quruq, nam, gazli va ichki gangrenalar har birining o‘ziga xos klinik va morfologik ko‘rinishlari mavjud. Quruq gangrena ko‘proq sekin rivojlanib, infektsiya ishtirokisiz kechsa, nam va gazli gangrena tez rivojlanib, infeksion jarayonlar bilan murakkablashadi. Gazli gangrena ayniqsa xavfli bo‘lib, anaerob bakteriyalar ta’sirida rivojlanadi va bemor hayotiga jiddiy tahdid soladi. Maqolada gangrenaning patogenezida qon aylanishining buzilishi va to‘qimalardagi metabolik o‘zgarishlar muhim rol o‘ynashi qayd etilgan. Shuningdek, maqolada klinik belgilar, asoratlar va zamonaviy davolash usullari haqida ham batafsil ma’lumotlar berilgan. Gangrenani davolashda tezkor jarrohlik aralashuvi, antibiotikoterapiya va detoksikatsion chora-tadbirlar muhim ahamiyatga ega. Ushbu tahliliy material gangrenaning asosiy jihatlarini tushunishga yordam beradi va patologik anatomiya fanining amaliy ahamiyatini ko‘rsatadi.
2025-05-29
INNOVATSION YONDASHUVLAR ORQALI KOMMUNIKATIV USLUB STRATEGIYALARINI SHAKLLANTIRISH
Ushbu maqolada kommunikativ uslub strategiyalarini shakllantirishda innovatsion yondashuvlarning ahamiyati va imkoniyatlari o‘rganilib, innovatsion texnologiyalarning kommunikatsiya sohasidagi strategik roli, samaradorlikni oshirish yo‘llari hamda amaliy misollar keltiriladi. Zamonaviy texnologiyalar va yangi metodologiyalar yordamida samarali kommunikatsiya uslublarini yaratish jarayoni tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari kommunikativ jarayonlarni takomillashtirish va yangi uslubiy yondashuvlarni joriy etishda muhim ahamiyatga ega ekanligi ko‘rsatildi.
2025-05-29
JAMOAT JOYLARIDAGI E’LONLAR VA YORLIQLARNING ADABIY TIL ME’YORLARIGA NOMUVOFIQLIGI
Ushbu maqolada jamiyat joylarida, ya’ni ko‘chalar, jamoat transporti, savdo markazlari, davlat va nodavlat tashkilotlarida uchraydigan e’lonlar, reklama matnlari, yozuvlar va yorliqlarda adabiy til me’yorlarining buzilish holatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, bunday muammolarning sabablari, oqibatlari va yechimlari haqida fikr yuritiladi.
2025-05-29
O‘QIB TUSHUNISHNI RIVOJLANTIRISHGA OID METODLAR
Ushbu maqolada o‘qib tushunish kompetensiyasining ona tili darslaridagi o‘rni yoritilgan. Unda o‘qib tushunish malakasining asosiy vazifalari, ahamiyati va uni shakllantirishda qo‘llaniladigan metodlar batafsil tahlil qilingan. Shuningdek, matn bilan ishlashda o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, tahliliy yondashuvi va muloqotga kirishish qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladigan 20 dan ortiq metod va usullar izohlangan.
2025-05-29
ONA TILI DARSLARIDA O`QUVCHILARNING OG`ZAKI NUTQINI RIVOJLANTIRISH MUAMMOLARI VA SAMARALI USULLAR. (MATN BILAN ISHLASH VA MULOQOT MUHITI YARATISH USULI YORDAMIDA)
Mazkur maqolada oʻquvchilarning ogʻzaki nutqini oʻstirish masalasiga e’tibor qaratilgan. Nutqiy faoliyatni rivojlantirishda motivatsion, interaktiv va ijodiy tamoyillarni qo‘llashning o‘rni ilmiy jihatdan asoslanadi. O‘quvchilarning kommunikativ ko‘nikmalarini shakllantirishda debatlar, rolli o‘yinlar va raqamli texnologiyalardan foydalanishning samaradorligi o‘rganiladi. Fikrimizni tasdiqlash uchun Samarqand viloyati Toyloq tumanidagi 35-maktabning 6-sinf o‘quvchilari bilan tajriba o`tkazildi. Maqolada ushbu tadqiqotning batafsil tavsifi berilgan.
2025-05-29
PRODUCT CERTIFICATION PROCESS: UZBEKISTAN, EUROPE, ASIA, AND THE EXPERIENCE OF CIS COUNTRIES(2010-2025)
To ensure the safety of the consumers of product certification, and conformity to simplify the process of international trade is important for the system to check the quality standards. Every country has its own certification system based on the different requirements in the domestic market, this will lead to certain differences in the process of international trade. In this article, the range of years 2010-2025 uzbekistan in europe, asia and cis countries in the development of the process of product certification, standards and legal requirements applicable analysis. The results of the survey shows that it is necessary to ensure compliance with global standards of products to international markets.Research used the method of comparison and statistical analysis of documents.Shows the results of the survey, the electronic certification system of product safety and in order to facilitate international trade plays an important role. In addition, the combination of the system of certification and is considered as an important factor in the process of international integration.
2025-05-29
GYNECOLOGICAL INFLAMMATORY DISEASES: CAUSES, TREATMENT, AND PREVENTION
This article provides an overview of gynecological inflammatory diseases (GIDs), including their causes, pathogenesis, clinical manifestations, and modern treatment approaches. Additionally, preventive measures to reduce the incidence and complications of these conditions are discussed. The article is intended for medical students, healthcare professionals, and the general public.
2025-05-29
BYUDJET TASHKILOTLARIDA ISH HAQINI HISOBLASH TARTIBI
Ushbu maqolada byudjet tashkilotlarida ish haqi hisoblash tartibi, uning qonuniy asoslari, amaliy qo‘llanilishi va zamonaviy muammolari tahlil qilinadi. Ish haqi tizimi davlat siyosati bilan bog‘liq bo‘lib, xodimlarning iqtisodiy va ijtimoiy barqarorligini ta’minlashda muhim omil hisoblanadi. Maqolada ish haqi hisoblash jarayonida foydalaniladigan hujjatlar, avans va oylik ish haqi to‘lovlari tartibi, shtatlar jadvali hamda qo‘shimcha to‘lovlar masalalari yoritiladi. Shuningdek, ish haqi hisoblash tizimini takomillashtirish va elektron hisob-kitoblarni joriy etish zarurligi ta’kidlangan.
2025-05-29
