We are pleased to inform you that the Research Support Center "Innovative Academy RSC" has organized the Republican Conference "Young Scientists". This is a national online conference with open access, where review abstracts related to various fields are published. The main goal is to offer an intellectual platform for national scientists, and it aims to promote interdisciplinary research.
Published: 2025-09-26
Maqolalar
O‘ZBEKISTON MEHNAT BOZORI O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Davlat byudjet xarajatlarining ko‘p qismi aholini ish bilan ta’minlashga yo‘naltirilayotganiga qaramay, hozirda ham qishloq joylarda ishsizlikning bir qator og‘riqli muammolari mavjuddir. Bu holat ayniqsa mazkur hududlarda kasbga o‘qitish bilan bog‘liq moddiy-texnik resurs va imkoniyatlarning cheklanganligi bilan harakterlanadi.
2025-09-25
ISHSIZLIKNING IJTIMOIY-IQTISODIY HODISA SIFATIDAGI O‘RNI
Yangilanayotgan O‘zbekiston jamiyatida iqtisodiy munosabatlarga asoslangan tizim beqarorlik holati – ishsizlik, qadrsizlanish oqibatlari bozor strukturasining mulkiy munosabatlar asosida o‘zgartirilishi va global iqtisodiy hamkorlikning tarkibiy elementlarini sintez qilish evaziga rivojlanishini boshidan kechirdi. Ilmiy tadqiqotlar va uzoq yillik tajribalar ishsizlik va uning obyektiv hamda subyektiv omillarini o‘rganish va tegishli hulosalar, empirik tadqiqotlar, shuningdek, eksperimental tajribalarni ishlab chiqishga qaratildi.
2025-09-25
LEXICAL BORROWING DYNAMICS IN VIRTUAL LINGUISTIC COMMUNITIES OF LESSER-STUDIED LANGUAGES
In the contemporary era of globalization, the study of language contact has gained renewed significance. With the proliferation of digital technologies and the rise of social media, minority and lesser-studied languages have found new spaces of expression and interaction. Virtual linguistic communities—online forums, social media groups, and digital chat platforms—offer fertile grounds for observing how speakers of minority languages navigate the linguistic pressures of dominant global languages. These digital domains not only facilitate communication but also accelerate lexical borrowing processes, where words and expressions from global lingua francas such as English and Spanish enter local linguistic repertoires.
2025-09-25
BOLALAR PSIXOLOGIYASIDAGI ERTA RIVOJLANISH DAVRINING AHAMIYATI
Mazkur maqolada bolalar psixologiyasida erta rivojlanish davrining ahamiyati yoritib beriladi. Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bolaning ilk yillari uning kelajakdagi intellektual salohiyati, emotsional barqarorligi va ijtimoiy ko‘nikmalari shakllanishida muhim bosqich hisoblanadi. Erta rivojlanish jarayonida nutq, tafakkur, xotira, diqqat va tasavvur kabi psixik jarayonlar faol shakllanadi. Shu davrda berilgan tarbiya va psixologik qo‘llab-quvvatlash bolaning kelajakdagi muvaffaqiyati uchun mustahkam poydevor yaratadi. Maqolada erta rivojlanishning afzalliklari, tarbiya usullari, ota-onaning o‘rni hamda pedagogik-psixologik yondashuvlarning ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, bolalarning erta rivojlanishi nafaqat shaxsiy, balki jamiyat taraqqiyotida ham beqiyos o‘rin tutishi ta’kidlanadi.
2025-09-26
UMUMIY O‘RTA TA’LIMDA O‘QUVCHILARNI KASB-HUNARGA YO‘NALTIRISHNING PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK ASOSLARI
Maqolada umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishning dolzarbligi, pedagogik va psixologik asoslari tahlil qilingan. Kasb tanlash jarayonida shaxsning qiziqishlari, qobiliyati va shaxsiy xususiyatlari bilan ta’lim-tarbiya jarayonining o‘zaro uyg‘unligi ochib berilgan.
2025-09-26
UMUMINSONIY AXLOQIY MEZONLAR VA ZAMONAVIY YOSHLARNING HAYOTIY QARASHLARI
Mazkur maqolada umuminsoniy axloqiy mezonlarning mazmun-mohiyati, ularning yosh avlod dunyoqarashi va hayotiy pozitsiyasi shakllanishidagi o‘rni, zamonaviy sharoitda mazkur qadriyatlarning ahamiyati hamda ularni singdirish jarayonining dolzarb masalalari ilmiy jihatdan yoritiladi.
2025-09-26
INSON HUQUQLARI
Inson huquqlarini ta'minlash yangi tashkil topgan har qanday mustaqil davlatning ustuvor maqsadi hamda siyosatining asosiy qadriyatlaridan biriga aylanishi isbot talab etmaydigan holatdir. Vaholanki, hozirgi globallashuv jarayonining ijobiy xususiyatlaridan biri jahon siyosiy xaritasida demokratik prinsiplarga muvofiq ravishda shakllanayotgan suveren davlatlar tizimini kengaytirishga qaratilganligidir. Ushbu maqola inson huquqlarini ta'minlash - huquqiy islohotlarning bosh maqsadi haqida tayorlangan.
2025-09-26
EKOLOGIK NAV SINOVDAGI KUZGI YUMSHOQ BUG‘DOY (TRITICUM AESTIVUM) NAVLARINI BIOMETRIK TAXLIL NATIJALARI
Farg‘ona viloyati tuproq-iqlim sharoitiga mos bo‘lgan kasallik, zararkunandalarga chidamli, yuqori don beruvchi kuzgi bug‘doy navlarini ilmiy asosda tanlab olish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari bayon etilgan.
2025-09-29
BOLALARNING MAKTAB TA’LIM TIZIMI TAYYORLOVIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR
Bolalarning maktab ta’lim tizimiga ta’sir etuvchi omillar 2 xil bo’ladi. Ular Psixologik va ijtimoiy ta’sir etuvchi omillar sanaladi. Bu maqolada bolalarga ta’sir etuvchi omillarni uning faoliyatida ahamiyati haqida aytib o’tilgan va L.Vigotiskiy, I.A Menchinskaya va V.S Muhina, A.N Golubeva, A.P Larin kabi olimlarning ilmiy nazariy fikrlari keltirib o’tilgan.
2025-09-29
THE USE OF IRONY AND HUMOR IN ENGLISH AND KARAKALPAK LITERATURE
This article examines the role of irony and humor in English and Karakalpak literature. English writers such as Chaucer, Shakespeare, and Wilde used these devices to entertain and critique society, while Karakalpak literature, rooted in folklore and oral tradition, applies them to teach moral lessons and reflect community values. A comparative analysis shows that although expressed differently, both traditions use irony and humor as tools of cultural expression and social reflection.
2025-09-29
ICHKI AUDITNING KORPORATIV BOSHQARUV SAMARADORLIGIGA TA’SIRI
Mazkur maqolada ichki auditning korporativ boshqaruv samaradorligiga ta’siri chuqur tahlil qilingan. Xususan, ichki auditning nazariy asoslari, uning korporativ boshqaruvdagi o‘rni hamda moliyaviy intizomni mustahkamlash, risklarni boshqarish va shaffoflikni ta’minlashdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, ichki auditning samaradorlikka ta’siri va xalqaro tajriba misolida uning strategik boshqaruv vositasi sifatidagi roli ko‘rsatib berilgan. Umuman olganda, ichki audit korporativ boshqaruv tizimida samaradorlikni oshirish, barqaror rivojlanish va investorlar ishonchini ta’minlashda muhim omil sifatida namoyon bo‘ladi.
2025-09-29
XIYWA XANLIǴI HÚJJETLERINDE XIX ÁSIR AQÍRÍ -20-ÁSIR BASLARINDA QARAQALPAQLARDIŃ SAWDA-SATIQ MÁSELELERINIŃ IZERTLENIWI
Bul maqalada XIX ásir aqırı-XIX-ásir baslarında Xiywa xanlıǵı dáwirinde qaraqalpaqlardıń sawda-satıq iskerligi tereń úyreniledi. Ásirese, hújjetlerde atap ótilgen ishki hám sırtqı sawda qatnasıqları, salıqlar hám bajıxana tártip-qaǵıydaları, sawda kelispewshilikleri hám qarız qatnasıqları jáne qaraqalpaqlardıń ekonomikalıq turmıstaǵı ornı tolıq tallanadı. Sonıń menen birge, bul processlerdiń sociallıq, mádeniy hám siyasiy tárepleri de sáwlelendiriledi.
2025-09-29
CONTINUING PROFESSIONAL DEVELOPMENT AND THE DEVELOPMENT OF NOVICE ENGLISH TEACHERS IN UZBEKISTAN: TOWARDS A CONTEXTUALISED MODEL
Novice teachers often struggle to translate theoretical training into effective classroom practices, resulting in high stress, attrition, and stagnation in pedagogical growth. In transitional educational systems such as Uzbekistan, the need for well-designed CPD pathways is especially urgent. Drawing on local reform initiatives (e.g. DUET, PRESETT) and international research on teacher development, this paper proposes a contextualised model of CPD tailored to novice English teachers in Uzbekistan. After reviewing the literature on novice teacher development, mentoring, induction, and CPD transfer, the paper outlines key design principles and a phased CPD model. It discusses implementation challenges in Uzbekistan’s institutional landscape and suggests a research agenda to evaluate long-term impact. The proposed model emphasises scaffolded mentoring, workplace learning, peer inquiry, emotional support, and adaptive evaluation.
2025-09-29
KÓRKEM TEKSTTIŃ PRAGMATIKALIQ QÁSIYETLERI
Kórkem shıǵarma tili júdá quramalı hám ózine tán hádiyse bolıp esaplanadı. Til bilimi, ulıwma, filologiya tariyxında onı úyreniwge túrlishe jantasıp kelingen. Kórkem shıǵarma tiliniń izertleniwi menen ómiri dawamında shuǵıllanıp kelgen V.V.Vonogradov óziniń «Kórkem ádebiyat tili haqqındaǵı pán hám onıń wazıypaları» atlı miynetinde kórkem ádebiyat tili haqqında gáp ketkende, «til» sóziniń eki túrli mánide qollanılıwın aytadı: yaǵnıy, 1) ol yáki bul milliy tildiń sistemasın sáwlelendiriwshi sáwlelendiriwshi «sóylew» yáki «tekst» másininde; 2) «kórkem óner tili», kórkem súwretlew quralları sisteması mánisinde [5].
2025-09-29
BOLALARDA RIVOJLANISHDAGI KECHIKISHLARNI ERTA ANIQLASHNING PSIXODIOGNOSTIK MEZONLARI. SKRINING TESTLARI
Ushbu tezisda bolalarda rivojlanishdagi kechikishlarni erta bosqichida aniqlashda skrining testlaridan foydalanish bugungi kundagi dolzarb ahamiyati haqida so’z boradi. Bolalarda rivojlanishdagi kechikishlarni erta aniqlashning psixodiognostik mezonlari va skrining testlari turlari haqida qisqacha yoritib berilgan.
2025-09-29
KARYERA MUVAFFAQIYATIGA TA’SIR ETUVCHI SHAXSIY OMILLAR: MOTIVATSIYA VA QAT'IYAT
Ushbu tezisda karyera muvaffaqiyatiga ta’sir etuvchi shaxsiy omillar va motivatsiyaning qat’iyatligi to’g’risida. Zamonaviy mehnat bozori shiddat bilan rivojlanayotgan sharoitda shaxsning karyera muvaffaqiyatiga erishishi ko‘plab omillarga bog‘liqdir. Tashqi omillar – ijtimoiy-iqtisodiy sharoit, ta’lim sifati, mehnat bozori talablari bilan bir qatorda, ichki omillar – ya’ni shaxsiy xususiyatlar ham alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu ichki omillar ichida motivatsiya va qat’iyat karyera muvaffaqiyatini belgilovchi asosiy determinantlar sifatida ajralib turadi. Motivatsiya va qat’iyat bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Yuqori motivatsiya shaxsni faoliyatga undasa, qat’iyat esa bu jarayonni barqaror va uzluksiz qiladi. Boshqacha aytganda, motivatsiya boshlang‘ich turtki bo‘lsa, qat’iyat uni uzoq muddat davomida qo‘llab-quvvatlaydi. Ushbu uyg‘unlik karyera muvaffaqiyatining muhim psixologik asosi hisoblanadi.
2025-09-29
GEOMETRIK CHIZMACHILIKNING O‘QUV JARAYONIDA O‘QUVCHILARNING FAZOVIY TASAVVURINI SHAKLLANTIRISHDAGI AHAMIYATI
Bugungi kunda ta’lim tizimida o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini, mantiqiy xulosalar chiqarish qobiliyatini va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish masalasi dolzarb vazifalardan biri sifatida qaralmoqda. O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan davlat ta’lim standartlari va Prezident farmonlarida ham yoshlarning zamonaviy texnik va innovatsion bilimlarni egallashi, ularning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu jarayonda geometrik chizmachilik fani o‘quvchilarni texnik tafakkurga tayyorlashda, ularning fazoviy tasavvurini boyitishda va grafik savodxonligini oshirishda beqiyos ahamiyat kasb etadi.
2025-09-29
TIL LEKSIK QATLAMINING KENGAYISHIDA SLENGLARNING AHAMIYATI
Ushbu maqolada turli tillar – ingliz, fransuz, rus, nemis va o‘zbek tillarida slenglarning paydo bo‘lishi, ularning rivojlanish omillari va leksik qatlamni boyitishdagi o‘rni yoritiladi. Sleng tilning noformal shakli sifatida ijtimoiy guruhlar, texnologik taraqqiyot va madaniyat ta’sirida kengayib borayotgan qatlam ekanligi ilmiy manbalar va tilshunoslar fikrlari asosida ko‘rsatilgan.
2025-09-29
ИНГЛИЗ, ЎЗБЕК ВА ҚОРАҚАЛПОҚ ТИЛЛАРИДА ЛИНГВИСТИК ТЕРМИНЛАРНИНГ МОРФОЛОГИК УСУЛДА ЯСАЛИШИ
Ушбу тезисда инглиз, ўзбек ва қорақалпоқ тилларида лингвистик терминларнинг грамматик ва морфологик хусусиятлари чуқур таҳлил этилади. Хусусан, терминларнинг деривацион (ясалиш) тамойиллари, морфологик тузилиши, аффикслар воситасида янги термин яратиш усуллари қиёсий таҳлил асосида ўрганилади. Шунингдек, турли типологияга мансуб тилларда (аналитик ва агглютинатив) терминологик системаларнинг шаклланиш механизмлари ва миллий қонуниятлари ёритиб берилади. Таҳлиллардан маълум бўлишича, морфологик деривация барча уч тилда ҳам сермаҳсул сўз ясаш усули бўлиб, тилшунослик лексикасининг бойишида ҳал қилувчи омил ҳисобланади.
2025-09-29
THE ROLE OF ENTREPRENEURIAL LEADERSHIP IN SHAPING MANAGEMENT PRACTICES IN SMALL AND MEDIUM ENTERPRISES
Small and medium-sized businesses (SMEs) are frequently referred to as the foundation of national economies due to their role in regional growth, employment, and innovation [1]. Since they have fewer resources than major organizations, SMEs are largely dependent on the leadership's vision and skills. How well leaders are able to blend sound management techniques with entrepreneurial drive often determines their development and survival. The most successful businesses, in my opinion, are those who are able to channel their entrepreneurial determination into well-planned strategic action. According to Gupta et al. [2], entrepreneurial leadership fosters innovation, risk-taking, and opportunity recognition, while strategic management makes sure that these concepts are applied methodically and sustainably [3].
2025-09-29
HUQUQIY DEMOKRATIK VA FUQAROLIK JAMIYATIDA SUDYALAR DAXLSIZLIGINING O‘RNI
Ushbu tezisda sudyalarning daxlsizligi huquqiy va demokratik davlatda qanchalik muhimligi, shuningdek sudyalar qaror qabul qilishi jarayonida va ular o‘z faoliyatlarini amalga oshirish jarayonida ularga daxlsizlik huquqi naqadar muhim ekanligi haqida muhokama qilingan. Shuningdek, bu borada ba;zi bir muammolar borligi ham ta’kidlangan.
2025-09-29
ISHSIZLIK MUAMMOSI VA UNI KAMAYTIRISH YO‘LLARI
Ushbu maqolada ishsizlik muammosi va uni kamaytirish yo‘llari keng qamrovli tarzda yoritiladi. O‘zbekistonda va jahon tajribasida ishsizlikka qarshi olib borilayotgan siyosat hamda islohotlar tahlil qilinadi. Maqolada yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlikni rivojlantirish, kasb-hunar ta’limini takomillashtirish va mehnat bozorini barqarorlashtirishning samarali yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Xulosa qismida ishsizlikni kamaytirishning dolzarbligi va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni asoslab beriladi.
2025-09-29
INNOVATSION IQTISODIYOT VA STARTAPLARNING ROLI
Ushbu ilmiy maqolada innovatsion iqtisodiyotning shakllanishi va unda startaplarning tutgan o‘rni O‘zbekiston tajribasi asosida tahlil qilinadi. Maqolada innovatsion faoliyatning nazariy asoslari, davlat siyosatining yo‘nalishlari, startap ekotizimini rivojlantirishga qaratilgan dasturlar, moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari yoritilgan. IT Park, Venture Fund Uzbekistan, “Startap tashabbuslari” kabi amaliy misollar orqali startaplarning iqtisodiy o‘sishga qo‘shayotgan hissasi asoslab berilgan. Shuningdek, inson kapitali, raqamli transformatsiya va eksport salohiyatining oshishi innovatsion iqtisodiyotning strategik ustunliklari sifatida ko‘rsatilgan. Maqola innovatsion iqtisodiyotni shakllantirishda startaplarning hal qiluvchi rolini kompleks yondashuv asosida ochib beradi.
2025-09-29
IMPROVING LISTENING COMPREHENSION THROUGH INTERACTIVE GAMES IN THE CLASSROOM
Improving learners’ listening comprehension is a core objective in language classrooms; however, traditional teacher-centered listening practice often fails to engage students and to produce durable gains. This article argues that, consequently, interactive games — when carefully designed and pedagogically grounded — substantially enhance listening comprehension. Drawing on communicative and socio-constructivist principles, moreover, the article analyzes how interactivity, meaningful negotiation of meaning, and task authenticity foster processing, memory, and strategic listening.
2025-09-29
QARAQALPAQSTAN MÁDENIYATINIŃ RAWAJLANÍWÍNDA TEATR XIZMETKERLERI TARIYXÍNAN
Maqalada Qaraqalpaqstan mádeniyatınıń rawajlanıwında teatr kórkem óneri hám teatr xizmetkerleriniń ornı keńnen tallandı. Teatr kórkem óneriniń qáliplesiw basqıshları, belgili aktyor hám rejissyorlardıń dóretiwshiligi, xalıq eposları tiykarında jaratılǵan belgili spektakller mısallar arqalı kórsetildi. Sonday-aq, ǵárezsizlik jıllarında teatrdıń rawajlanıwı hám onıń xalıq ruwxıy turmısındaǵı ornı sáwlelendirildi.
2025-09-30
BIOPREPARAT, MINERAL VA ORGANIK O‘G‘ITLARNI ME’YORLARINI O‘RTAKI OQBOSH KARAM YETISHTIRISHDA TUPROQNING HAJM MASSASI VA G‘OVAKLIGIGA TA’SIRI
Ushbu maqolada sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida o‘rtaki oqbosh karam o‘simligiga biopreparat, mineral va organik o‘g‘itlarni me’yorlariga bog‘liq holda tuproqning hajm massa va g‘ovakligiga ta’sir bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.
2025-09-30
ARAB VA INGLIZ TILLARIDA KISHILIK OLMOSHLARI
Ushbu maqolada arab va ingliz tillaridagi kishilik olmoshlari haqida ma’lumotlar berilgan. Ularning o‘xshash va farqli tomonlari yoritilgan.
2025-09-30
MUHAMMAD YUSUF SHEʼRIYATIDA METAFORALARNING QOʻLLANILISHI
Maqolada Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf sheʼriyatida metaforalarning qoʻllanilishi, ularning sheʼriyatda poetik vazifa bajarishi shoir sheʼrlari asosida tahlil qilingan.
2025-09-30
ZAMONAVIY O‘ZBEK SHE’RIYATIDA YOSHLAR OBRAZI
O‘zbek adabiyoti taraqqiyotida she’riyat alohida o‘rin tutadi. U xalqning orzu-umidlari, dardu quvonchlari, ijtimoiy-siyosiy hayoti, ayniqsa, yoshlarning ruhiy kechinmalarini aks ettiruvchi badiiy hodisa sifatida qadrlanadi. Bugungi globallashuv davrida yoshlar dunyoqarashi, orzu-intilishlari hamda ijtimoiy mavqei tobora kengayib bormoqda. Zamonaviy o‘zbek she’riyatida ham yosh avlodning ma’naviy olami, ularning jamiyatdagi o‘rni, orzulari va iztiroblari turfa badiiy timsollar orqali yoritilmoqda.
2025-09-30
“ONLAYN MUHTITNING O’SMIR SHAXSIGA TA’SIR VA XAVF-XATARLARNI MINIMALLASHTRISH”
Ushbu maqolamizda onlayn muhititning o’smir shaxisga ta’sir va xavf-xatarlarni minimallashtrishda, haqiqiy dunyo o‘zaro ta’siri va tajribalarini taqlid qiluvchi masofaviy (onlayn) tarzda sifatida, odamlarning fikrlari, his-tuyg‘ulari va xatti-harakatlariga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan bir qator psixalogik xususiyatlarni namoyish etadi. Onlayn muhitning psixalogik xususiyatlari borasida fikr yuritiladi.
2025-09-30
XIZMAT KOʻRSATISH SOHASINING MILLIY IQTISODIYOTDAGI OʻRNI
Ushbu ilmiy tezisda xizmat ko‘rsatish sohasining milliy iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyati atroflicha tahlil qilinadi. Xizmatlar sektori bugungi kunda iqtisodiy o‘sishning muhim drayverlaridan biri sifatida namoyon bo‘lib, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi, yangi ish o‘rinlarini yaratish imkoniyatlari va aholining turmush darajasini oshirishdagi roli yoritiladi. Tadqiqotda sohaning asosiy yo‘nalishlari — transport, savdo, ta’lim, sog‘liqni saqlash, moliya va raqamli xizmatlar — misolida milliy iqtisodiyotdagi real ta’sir ko‘rsatkichlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, O‘zbekistonda xizmatlar sektorini modernizatsiya qilish, raqamlashtirish, innovatsion yondashuvlarni joriy etish hamda xalqaro tajribadan foydalanish orqali uning samaradorligini oshirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari xizmat ko‘rsatish sohasining barqaror iqtisodiy rivojlanish, aholining farovonligini ta’minlash va mamlakatning global iqtisodiy maydondagi raqobatbardoshligini kuchaytirishdagi o‘rnini ko‘rsatib beradi.
2025-09-30
O'QUV YUKLAMASI VA UYQU TARTIBI O'RTASIDAGI BOG'LIQLIK: SOG'LOMLIK ME'YORLARI BO'YICHA TAVSIYALAR
Mazkur tezisda o'quv yuklamasi va uyqu tartibi o'rtasidagi bog'liqlik psixologik jihatdan tahlil qilinadi. Talabalarning haddan tashqari intellektual yuklama ostida qolishi uyquning qisqarishiga, natijada diqqat, xotira va emotsional barqarorlikning pasayishiga olib kelishi ta’kidlanadi. Tadqiqotning maqsadi — o’quv yuklamasi va uyqu davomiyligi o’rtasidagi munosabatni aniqlash hamda sog’lom uyqu me’yorlari bo’yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Natijalar o’quvchi va talabalarning samarali ta'lim olish jarayonida uyqu gigiyenasiga rioya qilish zarurligini ko’rsatadi.
2025-09-30
INKLYUZIV TA'LIMNI NORMATIV RIVOJLANTIRISHDAGI BOLALAR PSIXOLOGIYASIGA TA'SIRI EMPATIYA VA QABUL QILISHNI O'RGANISH
Mazkur tezisda inklyuziv ta’limni normativ rivojlantirishdagi bolalar psixologiyasiga ta’siri tahlil qilinadi. Inklyuziv ta’limda turli ehtiyojga ega bolalarning birgalikda ta’lim olishi, sog’lom bolalarda empatiya, bag’rikenglik va qabul qilish ko’nikmalarini shakllantirishda muhim omil ekanligi yoritiladi. Tadqiqotda psixologik va pedagogik nuqtayi nazardan qaralganda, inklyuziv muhit normativ rivojlanayotgan bolalarning ijtimoiy-emotsional rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatishi ta’kidlanadi. Shuningdek, bu jarayonda o’qituvchi va ota-onalarning pedagogik hamkorligi, shaxslararo muloqotni rivojlantirish usullari ham alohida ahamiyat kasb etadi.
2025-09-30
BOLALARDA RIVOJLANISHDAGI KECHIKISHLARNI ERTA ANIQLASH PSIXODIAGNOSTIK MEZONLARI SKRIN TESTLARI
Ushbu tezisda bolalarda rivojlanishdagi kechikishlarni erta aniqlashning psixodiagnostik mezonlari hamda qo‘llaniladigan skrining testlari tahlil qilinadi. Mavzu dolzarbligi, metodlarning samaradorligi va diagnostika jarayonining erta yoshdagi bolalar bilan ishlashdagi ahamiyati ochib beriladi.
2025-09-30
XOTIRA TURLARIDAN QANDAY QILIB SAMARALI FOYDALANISH KERAK
Inson faoliyatida xotira muhim psixologik jarayonlardan biri hisoblanadi. U bilimlarni eslab qolish, saqlash va kerakli vaqtda qayta tiklash imkonini beradi. Xotira turlari – qisqa muddatli, uzoq muddatli, ixtiyoriy va ixtiyorsiz xotira – har birining o‘ziga xos vazifasi va imkoniyatlari mavjud. Ushbu ilmiy ishda xotiraning mazkur turlari o‘rganilib, ulardan samarali foydalanish usullari yoritilgan. Ayniqsa, o‘quv jarayonida xotiraning o‘rni, bilimlarni mustahkamlashda takrorlash, guruhlash, assotsiatsiya va vizualizatsiya metodlarining ahamiyati ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot davomida nazariy adabiyotlarni tahlil qilish, kuzatish, so‘rovnoma va test metodlari qo‘llanilgan bo‘lib, natijada xotirani rivojlantirishga yordam beradigan omillar va usullar aniqlangan. Xotira turlaridan samarali foydalanish nafaqat ta’lim oluvchilarning muvaffaqiyatini ta’minlaydi, balki shaxsning kasbiy va kundalik hayotidagi faoliyat samaradorligini ham oshiradi. Shu sababli, xotira ustida muntazam ishlash va uni rivojlantirish usullaridan foydalanish dolzarb masala sifatida qaraladi.
2025-09-30
BOSHLANG‘ICH SINFDA ROLLI O‘YINLAR ORQALI MULOQOT KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH
Quyidagi maqolada boshlang‘ich sinf o’quvchilari o’rtasida muloqat ko’nikmalarini oshirish , ular bilan ishlash metodlari haqida ko’nikmalar shakllantirish yuzaga qo‘yilgan. Muloqot ko’nikmalarini shakllantirish masalasini nazariy , metodik va empirik jihatdan tahlil qilinadi.
2025-09-30
BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA FANLARARO INTEGRATSIYA ORQALI O‘QUVCHILARNING IJODIY FAOLIYATINI LOYIHALASHTIRISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISHNING BUGUNGI KUNDAGI HOLATI
Hozirgi davrda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar yosh avlodni barkamol, har tomonlama rivojlangan, ijodkor va yangicha fikrlovchi shaxs sifatida tarbiyalashga qaratilgan. Bu borada boshlang‘ich ta’lim bosqichi alohida o‘rin tutadi. Chunki bolalarning asosiy bilim, ko‘nikma va malakalari, shuningdek, ularning ijodiy qobiliyatlari aynan shu davrda shakllanadi. O‘quv jarayonini samarali tashkil etish, fanlarni uzviy bog‘lash hamda ta’limni integratsiyalash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir.
2025-09-30
IQTISODIY SANKSIYALARNING UCHINCHI DAVLATLARGA TA’SIRI: XALQARO SAVDO TIZIMI VA OʻZBEKISTON MISOLIDA
Iqtisodiy sanksiyalar zamonaviy xalqaro munosabatlarda eng koʻp qoʻllaniladigan geoiqtisodiy vosita hisoblanadi. Garchi ilmiy adabiyotlarda sanksiyalarning samaradorligi koʻpincha nishonga olingan davlat bilan chegaralanib baholansa-da, amaliyot shuni koʻrsatadiki, ular koʻplab uchinchi davlatlarga ham jiddiy oqibatlar tugʻdiradi. Ushbu murakkab ta’sir «oqib oʻtish» effekti (spillover effect) deb belgilanadi, bu bir iqtisodiyotdagi voqealarning boshqasiga, koʻpincha u bilan bevosita bogʻliq boʻlmaganiga ta’siri sifatida tushuniladi. Bu ta’sirlar xalqaro savdo tizimidagi uzilishlar, moliya oqimlarining cheklanishi va geoiqtisodiy beqarorlik orqali tarqalib, uchinchi davlatlarning milliy manfaatlariga bevosita ta’sir etadi.
2025-09-30
AMIR TEMIR, EDIGE, HÁM EDIGE DÁSTANINIŃ TARIYXIY SHINLIQQA QATNASI
Qaraqalpaq xalqı basqa da qońsılas tuwısqan xalıqlar sıyaqlı óziniń bay awızeki xalıq dóretpelerine iye. Ásirler boyına xalıqtıń dóretken dástanlarında, erteklerinde, naqıl-maqallarında, aytıslarında, tolǵawlarında ótken dáwirdegi onıń kún-kórisleri, turmısı, dástúrleri, dúnyaǵa kózqarası, tariyxınıń kórkem sáwleleniwi beriledi.
2025-09-30
TEMURIYLAR DAVRIDA O‘ZBEKISTON SHAHARLARINING ILM-FAN VA MADANIYAT MARKAZIGA AYLANISHI
Temuriylar imperiyasi hukmronlik qilgan davr (XIV asr oxiri – XVI asr boshlari) Islom olami tarixida mutaxassislar tomonidan haqli ravishda “Sharqning Ikkinchi Uyg‘onish Davri” (Second Renaissance of the East) sifatida e’tirof etiladi [1]. Bu tarixiy burilish Turkiston mintaqasida ilm-fan, sanʼat va meʼmorchilik sohalarida misli ko‘rilmagan yuksalishni keltirib chiqardi. Ushbu tezisning asosiy maqsadi — Temuriylar hukmronligi davrida O‘zbekiston hududidagi Samarqand va Buxoro kabi yirik shaharlarning shunchaki siyosiy poytaxt maqomidan oshib, markazlashgan, xalqaro miqyosdagi ilmiy-madaniy markazlarga aylanishini institutsional hamda shaharsozlik nuqtai nazaridan chuqur tahlil qilishdan iborat.
2025-09-30
