Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative Academy» организовал Республиканская конференция «Молодые ученые». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.
Опубликован: 2025-06-20
Статьи
TA‘LIM OLISH SHAKLLARI VA TURLARI
Ushbu maqolada ta’lim jarayonini samarali tashkil etishning turli turlari va shakllari tahlil qilinadi. Ta’lim tizimining rivojlanishi, uning zamonaviy talablar asosida shakllanishi va innovatsion yondashuvlar maqolaning asosiy yo‘nalishlarini tashkil etadi. Shuningdek, an’anaviy va noan’anaviy ta’lim shakllarining o‘ziga xos jihatlari, ularning afzalliklari va kamchiliklari haqida fikr yuritiladi.Maqolada ta’limni tashkil etishning zamonaviy modellari va ularning amaliyotdagi qo‘llanilishi ham yoritilgan bo‘lib, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan tavsiyalar beriladi.
2025-06-19
IKKINCHI TARTIBLI CHIZIQLARNING QUTB KOORDINATALARIDAGI UMUMIY TENGLAMASI VA ULARNING SINFLANISHI
Mazkur maqolada ikkinchi tartibli chiziqlarning qutb koordinatalaridagi umumiy tenglamasi va ularning sinflanishi masalasi ko‘rib chiqilgan. Qutb koordinatalari yordamida konik chiziqlarni ifodalash va tahlil qilish usullari, ularning r va θ orqali ifodalanishi, hamda bu tenglamalarni sinflashtirish mezonlari (aylana, ellips, parabola va giperbola) nazariy va matematik asosda yoritilgan. Shuningdek, chiziqlarning geometrik xossalarini aniqlashda diskriminantdan foydalanish va maxsus holatlar misolida izohlangan. Maqola yakunida nazariy qoidalar misol bilan mustahkamlangan va mavzuning amaliy ahamiyati ko‘rsatilgan.
2025-06-20
ELLIPS TENGLAMASINING ANALITIK TAHLILI VA GEOMETRIYADAGI QO‘LLANILISHI
Ushbu maqolada ellips tushunchasining matematik va geometrik asoslari hamda ularning analitik tahlili yoritilgan. Ellips tenglamasining hosil qilinishi, fokuslar, eksantriklik, parametrik tenglama va tangent chiziqlar kabi asosiy elementlari ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilingan. Shuningdek, ellipsning geometriya, fizika, astronomiya va texnik sohalardagi amaliy qo‘llanilishi misollar orqali ko‘rsatib berilgan. Maqolada grafik tasvir, formulalar va nazariy tushunchalar asosida ellips shaklining ahamiyati ochib berilgan. Tadqiqot natijalari ellipsni chuqur o‘rganish nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham muhim ekanini ko‘rsatadi.
2025-06-20
JAHON TA’LIM TIZIMI TARAQQIYOTIDA MADANIYATLARARO MUNOSABATLARNING O‘RNI VA AHAMIYATI
Ushbu maqolada globallashuv jarayonida ta’lim tizimlarining o‘zaro integratsiyalashuvi va madaniyatlararo munosabatlarning jahon ta’limi taraqqiyotiga ko‘rsatgan ta’siri yoritiladi. Xususan, xalqaro almashinuv dasturlari, ko‘p madaniyatli o‘quv muhiti, akademik hamkorliklar orqali shakllanayotgan ijtimoiy-madaniy kompetensiyalar haqida so‘z yuritiladi.
2025-06-20
ONA TILI DARSLIKLARIDAGI LUG‘AT SO‘ZLARDAN FOYDALANISH: MAKTAB O‘QUVCHILARIDA LEKSIK FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH VOSITASI SIFATIDA
Ushbu maqolada o‘zbek tilining leksik boyligini o‘rganish va boyitish jarayonida maktab o‘quvchilarining lug‘at yon daftarchasi tutishlari o‘rni, shuningdek, 5–11-sinf ona tili darsliklaridagi lug‘at so‘zlardan foydalanishning til o‘rgatishdagi metodik ahamiyati tahlil etiladi. Maqolada amaliy misollar orqali o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirishda lug‘at daftarchasining samarali vosita sifatida xizmat qilishi asoslab beriladi.
2025-06-23
CHORSU MARKET" AND NATIONAL FOOD AND NATIONAL POTTERY
This article covers the famous ceramic products of Chorsu market, national costumes, national Uzbek dishes (food market) and everything that is interesting for us and tourists. During the writing of the article, I interviewed many people. I also interviewed sellers and shop owners who have been operating at Chorsu market for many years; I also interviewed ceramic products made by hand. Finally, I visited the Food Market, the busiest place in Chorsu, and interviewed the chefs and customers there.
2025-06-23
CONNOTATIVE SEMANTICS AND CULTURAL VALUES: A LINGUOCULTURAL APPROACH TO LEXICAL ANALYSIS
This paper explores the role of connotative semantics in encoding and transmitting cultural values through language. Drawing on theoretical frameworks from linguocultural studies and semantic theory, the study analyzes how lexical units in the Uzbek language convey not only denotative meanings but also evaluative, emotional, and symbolic associations deeply rooted in national culture. Through a qualitative examination of selected culturally significant words, the paper demonstrates the interrelation between connotative meaning and shared cultural codes. Comparative insights from English and Russian help highlight cross-linguistic convergences and divergences in the semantic expression of values.
2025-06-23
ЭКСПРИМЕНТ ТЕРГОВ ҲАРАКАТИ
Ушбу илмий асосланган мақолада тергов эсприменти ўтказиш тартиби, усуллари, ўтказишдан кўзланган асосий мақсад ҳамда ушбу тергов ҳаракати ўтказишнинг жиноятларни тергов қилишдаги аҳамияти мавзусида айрим қарашларимиз мавжуд.
2025-06-23
СУРИШТИРУВ ВА ДАСТЛАБКИ ТЕРГОВНИ ТЎХТАТИШ ИНСТИТУТНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ
Ушбу мақола жиноят процессида жиноят ишини тўхтатиш борасида фикр ва мулоҳазалар келтирилган бўлиб, Ўзбекистон Республикасининг Жиноят-процессуал кодекснинг 364-моддасида белгиланган жиноят ишни тўхтатишда юзага келадиган муаммолар уни бартараф этиш юзасидан асослантирилган таклиф ва тавсиялар ишлаб чиқилган.
2025-06-23
HAQORAT QILISH JINOYATINI TERGOV QILISHDA YUZAGA KELAYOTGAN MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI
Mazkur maqola haqorat qilish jinoyatining tergov jarayonida yuzaga keladigan muammolarni tahlil qilishga bag'ishlangan. Haqorat qilish jinoyati shaxsning sharafiga, dunyoqarashiga va jamiyatdagi o'rniga nisbatan salbiy ta'sir ko'rsatadi, bu esa tergovchi uchun murakkab holatlar yuzaga keltiradi. Ushbu maqolada haqorat qilish jinoyatini tergov qilishda paydo bo'ladigan asosiy muammolar — dalil to'plash, guvohlarning so'zlariga ishonchli yondashish, psixologik zararlarni baholash, jinoyatning ijtimoiy oqibatlarini aniqlash va sud qarorlarida adolatni ta'minlash masalalari keltiriladi. Shuningdek, bu muammolarga qarshi yechimlar, tergovning samarali o'tishini ta'minlash uchun zarur bo'lgan normativ-huquqiy chora-tadbirlar ham ko'rib chiqiladi.
2025-06-23
HAQORAT QILISH JINOYATINI TERGOV QILISHDA YUZAGA KELAYOTGAN MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI
Mazkur maqola haqorat qilish jinoyatining tergov jarayonida yuzaga keladigan muammolarni tahlil qilishga bag'ishlangan. Haqorat qilish jinoyati shaxsning sharafiga, dunyoqarashiga va jamiyatdagi o'rniga nisbatan salbiy ta'sir ko'rsatadi, bu esa tergovchi uchun murakkab holatlar yuzaga keltiradi. Ushbu maqolada haqorat qilish jinoyatini tergov qilishda paydo bo'ladigan asosiy muammolar — dalil to'plash, guvohlarning so'zlariga ishonchli yondashish, psixologik zararlarni baholash, jinoyatning ijtimoiy oqibatlarini aniqlash va sud qarorlarida adolatni ta'minlash masalalari keltiriladi. Shuningdek, bu muammolarga qarshi yechimlar, tergovning samarali o'tishini ta'minlash uchun zarur bo'lgan normativ-huquqiy chora-tadbirlar ham ko'rib chiqiladi.
2025-06-23
JINOIY YO'L BILAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLASHTIRISH JINOYATLARINI TERGOV QILISH
Maqola "Jinoiy yo'l bilan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyatlarini tergov qilish" mavzusida yozilgan bo'lib, unda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni qonuniylashtirishning turli shakllari, ularning ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy oqibatlari tahlil qilinadi. Daromadlarni legallashtirish (yoki "pul yuvish") - bu jinoiy faoliyat orqali olingan pullarni qonuniy manbalar orqali yashirish va ularni normativ-huquqiy tizimda qayd etish jarayonidir. Mazkur jinoyat odatda bir nechta bosqichlarda amalga oshiriladi: pulning manbasini yashirish, unga qonuniy ko'rinish berish va oxir-oqibatda iqtisodiy aylanishda foydalanish. Maqolada, jinoiy yo'l bilan olingan daromadlarni legallashtirishning tergov jarayoni, bu jarayonda qo'llaniladigan usullar va metodlar, shuningdek, bu jinoyatni tergov qilishda yuzaga keladigan qiyinchiliklar va muammolar ko'rib chiqiladi.
2025-06-23
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA JISMONIY MADANIYAT DAQIQALARINI TASHKIL ETISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
Maqolada maktabgacha yoshda bolalar kun tartibida jismoniy tarbiya mashg’ulotlarining xususan jismoniy madaniyat daqiqalarining asosiy maqsadi, vazifalari va xususiyatlari ochib berilgan.
2025-06-23
СУРИШТИРУВ ВА ТЕРГОВ ОГАНЛАРИНИНГ ЖИНОЯТЛАРНИ ОЛДИНИ ОЛИШ ФУНКЦИЯСИ ВА ҲУҚУҚИЙ ТАРТИБГА СОЛИНИШИ
Ушбу мақолада суриштирув ва тергов органларининг жиноятларни олдини олишдаги функсиялари ва уларнинг ҳуқуқий тартибга солиниши масалалари батафсил таҳлил қилинади. Мақолада суриштирув ва тергов жараёнларининг жиноятларнинг олдини олишда ўрни, ушбу органларнинг фаолиятига тааллуқли қонуний асослар ҳамда амалий жиҳатлар ўрганилади. Шунингдек, мақолада жиноятларни аниқлаш ва олдини олиш механизмларида суриштирув ва тергов органларининг ўзаро ҳамкорлиги, ҳуқуқий меъёрлар ва тартиб-таомиллар кўриб чиқилади. Тадқиқотда ҳуқуқий нормалар ва амалий ишлар тажрибаси асосида жиноятларни камайтириш ва олдини олишда суриштирув ва тергов органларининг самарадорлигини ошириш бўйича таклифлар келтирилади. Мазкур мақола ҳуқуқшунослар, ҳуқуқни муҳофаза қилиш органлари ходимлари ва жиноят протсессига қизиққан мутахассислар учун фойдали бўлади.
2025-06-23
TOVLAMACHILIK JINOYATINI TERGOV QILISH BORASIDAGI AYRIM XORIJIY MAMLAKATLAR TAJRIBASI
Maqolada tovlamachilik bilan bog‘liq jinoyatlarini oldini olishni takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari tahlil qilingan. Muallif tomonidan tovlamachilikning sodir etilish sabablari zanjirida jinoyatchi bilan bir qatorda jabrlanuvchi shaxsiga va hayot tarziga xos individual (viktim) xususiyatlar o‘rni yuqoriligini inobatga olgan holda mazkur xislatlar xos bo‘lgan toifadagi shaxslarning tovlamachilik jinoyatini sodir etgan shaxslar bilan tergov harakatlarini olib borish, shuningdek, tovlamachilik jinoyatlarini tergov qilish va tovlamachilik jinoyatining xorijiy davlatlar jinoyat kodekslarida qanday jazo belgilanganligi haqida so‘z yuritilgan hamda taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
2025-06-23
ЖИНОЯТ ПРОЦЕССИДА ФУҚАРОВИЙ ДАЬВО
Ушбу мақолада жиноят процессидаги фуқаровий даъво тушунчаси, унинг таҳлили, жиноят туфайли ёки ақли норасо шахснинг ижтимоий хавфли қилмиши туфайли, ўзига нисбатан мулкий зарар етказилган шахс ёхуд унинг вакилига нисбатан тергов даврида олиб бориладиган ишлар мазмун ва моҳияти ифодаланган. Шунингдек, жиноят иши қўзғатилган пайтдан бошлаб то суд тергови бошлангунига қадар фуқаровий даъво қўзғатиш ишларининг муҳим жиҳатлари ва ўз ўрнида зарар, бир неча шахснинг биргаликдаги ҳаракатлари туфайли етказилганлик ҳолатларининг ҳуқуқий таҳили баён этилган.
2025-06-23
ТАҚИҚЛАНГАН ЭКИНЛАРНИ ЕТИШТИРИШ ЖИНОЯТИНИ ТЕРГОВ ҚИЛИШНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ
Тақиқланган экинларни етиштириш жинояти – бу қонуний қоидаларга хилоф равишда, муҳитига зарар етказиш ва ижтимоий салбий оқибатларга олиб келиши мумкин бўлган фаолият ҳисобланади. Ушбу мақолада, мазкур жиноятнинг терговини такомиллаштириш, унинг олдини олиш ва унга қарши курашишнинг самарали усуллари муҳокама қилинади. Ҳозирги кунда қонунчилик ва ҳуқуқни муҳофаза қилиш органларининг хизматлари соҳага оид қонунларнинг мукаммал амалга оширилишига қаратилган ҳолда жиноятларни аниқлаш, профилактика қилиш ва жавобгарликка тортиш механизмларини ривожлантириш учун керакли қадамлар олиб борилмоқда. Маълумотларни аниқлаш, далилларни тўплаш ва фаҳмлаш учун замонавий техникалар ва усулларни жорий қилиш ушбу жараённи такомиллаштиришнинг муҳим қисми бўлиб хизмат қилади.
2025-06-23
ВОЯГА ЕТМАГАН ШАХСНИ ГИЁҲВАНДЛИК ВОСИТАЛАРИ ЁКИ ПСИХОТРОП МОДДАЛАР ИСТЕЪМОЛ ҚИЛИШГА ЖАЛБ ҚИЛИШ ЖИНОЯТИНИ ТЕРГОВ ҚИЛИШ ХУСУСИЯТЛАРИ
Мақолада вояга етмаган шахсларни гиёҳвандлик воситалари ёки психотроп моддалар истеъмол қилишга жалб қилиш билан боғлиқ жиноятларни тергов қилишнинг ҳуқуқий, психологик ва амалий жиҳатлари таҳлил қилинади. Шунингдек, ушбу муаммонинг ижтимоий омиллари, халқаро тажриба ва профилактика чоралари ўрганилади. Мақолада ёшларни ҳуқуқий ҳимоя қилиш механизмлари ва жиноятларнинг олдини олиш йўллари бўйича тавсиялар келтирилади.
2025-06-23
OILA PSIXOLOGIYASI: FARZAND TARBIYASIDA EMOTSIONAL INTELLEKTNING AHAMIYATI
Mazkur maqolada oila psixologiyasining dolzarb masalalaridan biri bo‘lgan farzand tarbiyasida emosional intellektning ahamiyati tahlil etiladi. Emotsional intellekt bolaning ruhiy holati, stressga chidamliligi va ijtimoiy munosabatlarida muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqot doirasida oiladagi tarbiya uslublari hamda ular bilan bog‘liq psixologik omillar o‘rganildi. Jadvallar yordamida tahlillar keltirildi hamda amaliy tavsiyalar berildi.
2025-06-23
HARBIY XIZMATCHILARDA STRESS NAMOYON BO'LISHINI NAZARIY O’RGANILISHI
maqolada harbiy xizmatchilarning psixologik xususiyatlarini o‘rganish asosida ularda namoyon bo‘luvchi stressni paydo qiluvchi omillarni tahlil qilish ularni oldini olish usullarini tadqiq etishga imkon yaratadi hamda harbiy xizmatchilar shaxsida stressni namoyon bo’lishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari ochib berishda usul va vositalari tadqiq qilingan va samarali tavsiyalar keltirilgan.
2025-06-23
KUZATAYOTGAN INSON FALSAFASI
Ushbu maqolada Xurshid Doʻstmuhammadning “Quza” qissasi misolida inson falsafasi, xususan, insonning ichki olami, hayot va taqdir haqidagi mulohazalari tahlil etiladi. Asardagi bosh qahramonning kechinmalari orqali insonning jamiyatdagi oʻrni, xotira va qadriyatlarga boʻlgan munosabati, shuningdek, ruhiy izlanishlari falsafiy nuqtayi nazardan yoritiladi. Muallif inson tabiatidagi murakkab va ziddiyatli holatlarni obrazlar orqali chuqur ifoda etgan. Maqolada shu jihatlar tahlil qilinib, asarning falsafiy-maʼrifiy yuklamaga ega ekani asoslab beriladi.
2025-06-23
NAVOIYNING “TOPMADIM” RADIFLI G‘AZALI TARJIMASIDA MAZMUN VA SHAKL BIRLIGI
Ushbu maqolada Navoiyning “Topmadim” radifli g‘azali tarjimasi asliyat bilan qiyosiy tahlil qilingani holda tarjimonning so‘z qo‘llash mahorati, badiiy san’atlarning saqlanishi, shakl va mazmun muvofiqligi, vazn masalalari yuzasidan atroflicha so‘z yuritiladi.
2025-06-23
PAHLAVONQULI RAVNAQ IJODIDA TASAVVUFGA MUNOSABAT
Ushbu maqolada Pahlavonquli Ravnaq ijodida tasavvuf mavzusi va unga munosabat masalalari va tasavvufiy obrazlarning qo‘llanilishi haqida so‘z borgan.
2025-06-23
SHAXS PSIXOLOGIK SALOMATLIGI MASALALARI
Ushbu maqolada shaxsning psixologik salomatligi tushunchasi, uning asosiy tarkibiy qismlari va unga ta’sir etuvchi ijtimoiy, emotsional hamda shaxsiy omillar yoritilgan. Psixologik salomatlik insonning ruhiy barqarorligi, stressga qarshiligi, ijtimoiy moslashuvi va ichki muvozanatini ifodalaydi. Maqolada zamonaviy jamiyatda yoshlar orasida uchrayotgan ruhiy salomatlik muammolari (xavotir, stress, o‘ziga ishonchsizlik va yolg‘izlik) tahlil qilingan. Shuningdek, bu muammolarning oldini olishda ta’lim muassasalari, ota-onalar va psixologik xizmatlarning roli, amaliy yechim va profilaktik tadbirlar asosida tavsiyalar berilgan. Psixologik salomatlikning mustahkamlanishi — sog‘lom jamiyat barpo etishning muhim shartidir.
2025-06-23
ONA TILI DARSLARIDA “LOYIHA ISHI”LARINI BAJARISHNING AMALIY AHAMIYATI
Maktab ta’limining boshlang‘ich bosqichi o‘quvchilarning asosiy bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, ona tili va o‘qish savodxonligi fanlari tilni o‘rganish, muloqot madaniyatini shakllantirish va mustaqil fikrlashga o‘rgatishda asosiy rol o‘ynaydi. Bugungi kunda dars jarayonida interfaol metodlardan foydalanish, shuningdek, loyiha ishlarini tashkil etish orqali o‘quvchilarning ijodiy va amaliy faoliyatini oshirish dolzarb masalaga aylanmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar ta’lim tizimini takomillashtirish, ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish, o‘quvchilarning ijodiy va mustaqil fikrlash salohiyatini rivojlantirishni talab qilmoqda. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim bosqichida bu jarayon muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki aynan boshlang‘ich sinflarda o‘quvchining dunyoqarashi shakllanadi, asosiy bilim va ko‘nikmalari tarkib topadi. Shu jumladan, ona tili va o‘qish savodxonligi fanlari orqali o‘quvchilar muloqotga kirishish, o‘z fikrini bayon qilish, mustaqil o‘qish va matn bilan ishlash ko‘nikmalarini egallaydi.
2025-06-23
INTERCULTURAL COMMUNICATION: A PRAGMATIC COMPARISON OF UZBEK AND BRITISH BUSINESS DISCOURSE
This article investigates the pragmatic dimensions of intercultural communication in business contexts, comparing Uzbek and British discourse practices. It examines how cultural values shape speech acts, politeness strategies, and nonverbal communication in professional settings. The collectivist and hierarchical nature of Uzbek business communication contrasts with the individualistic and egalitarian norms of British discourse. Drawing on insights from Uzbek scholars like U. Kh. Khamidov and N. M. Makhmudova, as well as foreign scholars such as S. C. Levinson and P. Brown, and providing numerous examples, this study underscores the importance of cultural competence in cross-cultural business interactions.
2025-06-23
TA’LIM JARAYONIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI VA TARBIYA FANIDAGI QO‘LLANILISHI
Mazkur maqolada ta’lim jarayonida interfaol metodlardan foydalanishning dolzarbligi va samaradorligi haqida fikr yuritiladi. Xususan, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, o‘z-o‘zini nazorat qilish, ijtimoiy va axloqiy ko‘nikmalarini rivojlantirishda interfaol metodlarning o‘rni alohida ta’kidlanadi. Tarbiya fanida qo‘llaniladigan “Videotopishmoq” va “Muammoli vaziyat” kabi metodlar misolida talabalarning mavzuni chuqur o‘zlashtirishlari, faol ishtirok etishlari va real hayotiy vaziyatlarga mos qarorlar chiqarish qobiliyatlari shakllanishi ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, maqolada mashg‘ulotlarda qo‘llaniladigan interfaol metodlarning afzalliklari, didaktik imkoniyatlari va qo‘llash shartlari tahlil etiladi.
2025-06-23
СОВРЕМЕННЫЕ ИНФОРМАЦИОННЫЕ ТЕХНОЛОГИИ В ПРЕПОДАВАНИИ ИНОСТРАННОГО ЯЗЫКА
В данной статье анализируется процесс внедрения информационных технологий в сферу образования, а также влияние компьютеризации на качество обучения. За последние несколько лет компьютеризация образования значительно повлияла на скорость и качество обучения, а также на заинтересованность учащихся в образовательном процессе. В сфере образования обнаруживается тенденция к увеличению роли программных средств и продуктов для повышения качества обучения.
2025-06-23
ИГРЫ НА УРОКАХ АНГЛИЙСКОГО ЯЗЫКА НА НАЧАЛЬНОЙ СТУПЕНИ
Данная статья посвящена вопросам использования игровых методов в процессе преподавания иностранного языка на начальном этапе. Тема применения игр на уроках является актуальной в современной педагогической действительности, так как игра – одно из важнейших средств физического, умственного и нравственного воспитания ребенка, она помогает активизировать его деятельность, развивает познавательную активность, наблюдательность, внимание, память, мышление, творческое воображение, поддерживает интерес к изучаемому, снимает утомление и делает процесс обучения занимательным для детей.
2025-06-23
ARCHITECTURAL PRINCIPLES OF SHRINES IN UZBEKISTAN
the article describes the architectural values of places of pilgrimage in Uzbekistan. In particular, it is possible to attract a large flow of visitors through the promotion of pilgrimage tourism, because the ancient cities of Uzbekistan are recognized as magnificent centers of the Islamic world. Over the centuries, this land has given mankind a galaxy of great scientists, philosophers, statesmen and Islamic theologians, whose names are inscribed in golden letters in the history of mankind.
2025-06-24
FRAZEOLOGIZM VA PAREMALAR HAMDA ANTROPONIMLARNING LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI
Mazkur maqolada o‘zbek tilidagi barqaror birikmalar ularning turlari semantik strukturasi component tahlil qilinadi. Frazemalar, maqol, matallarning milliy-madaniy bo‘yoqdorlik masalasi yoritiladi.
2025-06-24
MUSTAQILLIK YILLARIDA NAVOIY LIRIKASINING IJTIMOIY-FALSAFIY QATLAMLARDA O‘RGANILISHI
Mazkur maqolada mustaqillik yillarida o‘zbek navoiyshunosligining rivojlanish jarayonida Alisher Navoiy lirikasining ijtimoiy va falsafiy qatlamlarda o‘rganilishiga e’tibor qaratiladi. Yangi davrda shakllangan ma’naviy-axloqiy qadriyatlar, ilmiy-metodik yondashuvlar va tafsir madaniyati Navoiy g‘azallarining chuqur, k o‘p qatlamli talqinlariga keng yo‘l ochdi. Xususan, Najmiddin Komilovning navoiyshunoslikdagi faoliyati tahlil etilib, shoir lirikasidagi falsafiy obraz va tushunchalar bugungi davr kontekstida tahlil qilinadi.
2025-06-24
O‘ZBEK ADABIYOTIDA MIGRANT BOLALARNING YASHASH SHAROITI TASVIRI
Ushbu maqolada zamonaviy o‘zbek adabiyotida migrant bolalarning ijtimoiy hayoti, psixologik holati va ularning yashash sharoitlari tasviri tahlil qilinadi. Asosan nasriy asarlar asosida migrant oilalar farzandlarining taqdiri, ularning moslashuvi, ijtimoiy tengsizlik va ruhiy iztiroblari badiiy tahlil qilinadi. Adiblar tomonidan migrant bolalarning ichki dunyosi, sog‘inch, begonalik hissi va mehnat migratsiyasining bolalarga salbiy ta’siri tasvirlanishi diqqat markazida bo‘ladi.
2025-06-24
QARAQALPAQ TILI ANTROPONIMLERINIŃ IZERTLENIW TARIYXÍ
Maqalada túrkiy tillerden ózbek, qazaq hám qaraqalpaq tillerinde antroponimlerdiń búgingi kúnge shekemgi úyreniliw jaǵdayları, izertleniwiniń tiykarǵı baǵdarları, wazıypalar, sonday-aq, onomastikası boyınsha alıp barılıp atırǵan ilimiy miynetler, olardıń obyektleri hám ózgeshelikleri sóz etilgen.
2025-06-24
BUXORO XONLIGIDA ASHTARXONIYLAR SULOLASI VAKILLARINING HUKMRONLIGI DAVRIDA TA’LIM SOHASI VA ILM-FAN RIVOJI
Buxoro xonligi davrida (1501 – 1756) O‘rta Osiyoda madaniy hayot, ilm-fan sohasi har tomonlama rivoj topdi. Temuriylar davridagi renesansdek taraqqiy topmagan bo‘lsa-da, to‘xtab qolgani yo‘q edi. Dastlab Shayboniylar sulolasi davrida (1501-1601) XIV-XV asrlardagi O‘rta Osiyoda yuz bergan ikkinchi renesans davridagi ta’lim, ilm-fanning ma’lum bir ko‘rinishlari davom ettirilgan bo‘lsa, Ashtarxoniylar sulolasining ba’zi bir ilm-fan sohasiga qiziqqan, qo‘llab-quvatlagan hukmdorlari davrida ham bu sohada bir qancha tatqiqotlar olib boriladi. XVII asr boshlariga kelib, Buxoro xonligida hokimiyatga kelgan ashtarxoniylar sulolasi (1601 – 1756) davrida o‘zaro ichki ziddiyatlar, tinimsiz urushlar va siyosiy parokandalik avj oladi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, murakkab diniy va siyosiy vaziyat ashtarxoniylar davrida maorif, ilm-fan va madaniyat rivojini davom ettirilishiga to‘iq bo‘la olmadi. Ushbu maqolada yuqoridagi holatlarni inobatga olgan holda mavzuni ochib beriladi.
2025-06-24
IMOMQULIXON HUKMRONLIGI DAVRIDA BUXORO XONLIGINING TASHQI-DIPLOMATIK ALOQALARI
XVI asrda tashkil etilgan Buxoro xonligi (xonlik sifatida 1533-yil) o‘zbek davlatchiligida muhim o‘rin egallaydi. Davlatni dastlab Shayboniylar sulolasi (1501-1601), so‘ng Ashtarxoniylar (1601-1756) sulolasiga mansub hukmdorlar boshqarishdi. Ular ichida Shayboniyxon (1501-1510) va Abdullaxon II (1556-1598) kabi shayboniy hukmdorlar, Ashtarxoniylardan esa Imomqulixon (1611-1642) hukmronligi davrida xonlik yirik markazlashgan davlatga aylanadi. Ashtarxoniylardan Imomqulixonning olib borgan siyosati natijasida davlat hududi kengayib, markaziy hokimiyat kuchaydi va madaniy taraqqiyotga erishildi. Quyida shu haqida to‘xtalib, ilmiy faktlar bilan mavzu yoritib beriladi.
2025-06-24
БОШЛАНҒИЧ СИНФ ЎҚУВЧИЛАРИДА КРЕАТИВ ФАОЛИЯТНИ ТАШКИЛ ЭТИШ
Креатив потенциал билиш жараёнига йўналтирилган ижодкорлик билан чамбарчас боғлиқ бўлиб, анъанавий тафаккур юритишдан фарқли равишда тафаккурнинг тезкорлиги ва эгилувчанлигида, янги ғояларни яратиш, қобилияти, шунингдек, шахс характерига хос жиҳатлар – бир қолипда фикрламасликда, ўзига хосликда, ташаббускорликда, ноаниқликка тоқат қилишда, заковатли бўлишда акс этади.
2025-06-24
BOLALARDA DISMETABOLIK SINDROMNING IMMUNOLOGIK XUSUSIYATLARI
Dismetabolik sindrom (DS) – bu metabolik buzilishlar majmuasi bo‘lib, u nafaqat endokrin va yurak-qon tomir tizimlariga, balki immun tizimga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. So‘nggi yillarda bolalarda bu sindrom bilan birga yallig‘lanish markerlarining faolligi ortayotgani kuzatilmoqda. Bu esa immunologik omillarni DS rivojlanishida asosiy patogenetik bo‘g‘inlardan biri sifatida ko‘rib chiqishga asos beradi.
2025-06-24
AYRIM MEHNAT HUQUQIY MUNOSABATLARIDAN KELIB CHIQADIGAN NIZOLARNI HAL QILISHNING PROTSESSUAL JIHATLARI: SUD NAZARIYASI VA AMALIYOTI
Mazkur tezisda ayrim mehnat huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolarni hal qilishning protsessual jihatlari, xususan, bevosita tahlil qilinayotgan mehnat nizolariga xos protsessual yondashuvlar ilmiy nazariyalar hamda sud amaliyoti misolida kompleks tahlil etilgan. Shuningdek, muallif tomonidan ilgari surilgan ilmiy fikr va mulohazalar amaldagi qonunchilik normalari, mavjud statistik ma’lumotlar hamda tegishli soha olimlarining nazariy qarashlari asosida asoslab berilgan. Mehnat nizolarining yuzaga kelishiga olib keluvchi asosiy sabab va omillar chuqur tahlil qilinib, ularning huquqiy va protsessual oqibatlari yoritilgan. Tadqiqot natijalari asosida esa ayrim mehnat huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolarni ko‘rib chiqish va hal etish bilan bog‘liq amaldagi protsessual mexanizmlardagi muammolar aniqlangan hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan, ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
2025-06-24
УСТОЙЧИВОЕ РАЗВИТИЕ ЗЕЛЁНОЙ ЭКОНОМИКИ С УЧАСТИЕМ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА
В современном мире устойчивое развитие становится приоритетной целью для большинства стран и организаций. Зелёная экономика — это модель развития, основанная на рациональном использовании ресурсов, снижении вредного воздействия на окружающую среду и обеспечении высокого качества жизни. Важнейшим инструментом в реализации этих целей сегодня становится искусственный интеллект (ИИ). ИИ активно внедряется в ключевые сферы зелёной экономики: от мониторинга состояния экосистем и оптимизации потребления энергии до управления отходами и устойчивого сельского хозяйства. Благодаря анализу больших данных и машинному обучению, ИИ способен находить экологически эффективные решения быстрее и точнее, чем традиционные методы.
2025-06-25
