ALISHER NAVOIY ASARLARI TILINING TAHLILI

##plugins.themes.bootstrap3.article.main##

Abstrak:

Buyuk shoir va mutafakkir bo`lmish Alisher Navoiyning adabiy til mavqeyi uchun olib borgan qattiq kurashi tarixda o`ziga xos o`ringa ega. Alisher Navoiy asarlari nafaqat o`zbek tilshunoslari tomonidan balki dunyo tilshunoslari tomonidan ham o`rganilgan. Xususan,o`zbek tilshunosligida shoir asarlarining lingvistik xususiyatlarini o`rganish yuzasidan bir necha nomzodlik,doktorlik dissertatsiyalari himoya qilingan. Shuningdek, rus tilshunoslaridan V.V.Batold, akademik I.Yu.Krachkovskiy, akademik A.N.Kononov, Rossiya Fanlar akademiyasining muxbir a’zolari Ye.E.Bertels, A.K.Borovkov, O`zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolari Oybek, G`.G`ulomov, V.Zohidov, V.Abdullayev kabilar Navoiy asarlarini fonetik, morfologik, leksik jihatdan yoritib berishga harakat qilganlar. Shu nuqtai nazardan o`zbek tilini o`rganilishi uzoq tarixga ega. Bu tilni tadqiq qilish har doim davr talabi asosida bo`lgan.

##plugins.themes.bootstrap3.article.details##

##submission.citations##:

Hamidov Z. Navoiy asarlari tili leksikasi// Tilshunoslikning dolzarb masalalari. III.Toshkent 2006.

Doniyorov X. Alisher Navoiy va o`zbek adabiy tili. Toshkent 1972.

Muxtorov A.Sanaqulov U. O`zbek adabiy tili tarixi. Toshkent 1995.