XX ASR SO‘NGGI CHORAGIDA BADIIY TAFAKKUR VA PEYZAJ LIRIKASINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

##plugins.themes.bootstrap3.article.main##

Abstrak:

Maqolada XX asr so‘nggi choragida o‘zbek she’riyatida yuz bergan badiiy tafakkurdagi o‘zgarishlar hamda peyzaj lirikasining o‘ziga xos xususiyatlari ilmiy-nazariy va tahliliy jihatdan tadqiq etildi. Ushbu davr she’riyatida peyzaj tasvirining an’anaviy manzara berish vazifasi bilan birga, individual-falsafiy mushohada, ichki kechinma va ramziy ma’no ifodalovchi muhim poetik vositaga aylangani asoslab berildi. XX asr oxiri she’riyatiga xos bo‘lgan badiiy tafakkurning yangi yo‘nalishlari — subyektivlikning kuchayishi, ramziy obrazlarning faollashuvi, vaqt va makonning ichki idrok asosida talqin qilinishi peyzaj lirikasida qanday poetik shakl topgani tahlil qilindi. Peyzaj obrazlari orqali shoirlarning borliqni anglash, tarixiy xotira va shaxsiy ong munosabatlarini badiiy umumlashtirish usullari yoritildi. Shuningdek, peyzaj lirikasining semantik va estetik imkoniyatlari ochib berilib, tabiat tasvirlarining badiiy g‘oyani bilvosita ifodalashdagi roli ko‘rsatib o‘tildi. Tadqiqot natijalari XX asr so‘nggi choragi o‘zbek she’riyatida peyzaj lirikasining badiiy tafakkur taraqqiyotidagi muhim bosqichini belgilashga, shuningdek, davr she’riyatining poetik xususiyatlarini chuqurroq anglashga xizmat qiladi.

##plugins.themes.bootstrap3.article.details##

##submission.citations##:

Karimov N. XX asr o‘zbek adabiyoti taraqqiyoti masalalari. – Toshkent: Fan, 2004.

Qo‘shjonov M. Adabiy jarayon va badiiy tafakkur. – Toshkent: O‘qituvchi, 1996.

Mirzayev S. Adabiyotshunoslik asoslari. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2010.

Шавкат Раҳмон. Абадият оралаб. – Тошкент: Movorounnahr, 2012.

Хуршид Даврон. Баҳордан бир кун олдин. – Тошкент: Шарқ, 1997.

Усмон Азим. Сайланма. – Тошкент: Шарқ нашриёт-матбаа концерни, 1995.

Шарафиддинов O.Истиқлол фидойилари. – Тошкент: Чўлпон, 1983.

JUMANOVA, S. O ‘ZBEK MUMTOZ ADABIYOTIDA PEYZAJ LIRIKASINING POETIK AHAMIYATI. FİLOLOJİ VE KÜLTÜR ARAŞTIRMALARI, 121.

Jumanova, S. (2022). Landscape in Usmon Azim" Bakhshiyona. EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 2(4), 169-172.