BOSHLANG’ICH TA’LIMDA YOZMA NUTQNI RIVOJLANTIRISH
##plugins.themes.bootstrap3.article.main##
Abstrak:
Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘quvchilarning yozma nutqini rivojlantirish masalalari yoritiladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida yozma nutqni shakllantirish ta’lim jarayonining muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Chunki yozma nutq o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, o‘z fikrini aniq, mantiqiy va izchil bayon etish ko‘nikmalarini shakllantirishda katta ahamiyatga ega. Maqolada yozma nutqni rivojlantirishning nazariy asoslari, pedagogik yondashuvlari hamda amaliy usullari tahlil qilinadi.Shuningdek, boshlang‘ich ta’lim bosqichida o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda yozma nutqni rivojlantirishning samarali metodlari ko‘rib chiqiladi. Xususan, diktant, bayon, insho yozish, matn tuzish, rasm asosida hikoya yozish kabi mashg‘ulotlarning o‘quvchilarning yozma nutqini boyitishdagi o‘rni yoritib beriladi. Bu jarayonda o‘qituvchining metodik mahorati, to‘g‘ri tanlangan topshiriqlar va tizimli mashqlar muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlanadi.
##plugins.themes.bootstrap3.article.details##
##submission.howToCite##:
##submission.citations##:
Qosimova K., Matchonov S., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh. Ona tili o‘qitish metodikasi. – Toshkent: O‘qituvchi nashriyoti, 2009.
Matchonov S. Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi. – Toshkent: Innovatsiya-Ziyo, 2020.
Vygotsky L. S. Thought and Language. – Cambridge: MIT Press, 1986.
Piaget J. The Language and Thought of the Child. – London: Routledge, 2001.
