Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative  Academy» организовал Республиканская конференция «Молодые ученые». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.

Опубликован: 2026-04-06

PISA TOPSHIRIQLARI YORDAMIDA MUTAXASSISLARNI YANGI AVLOD DARSLIKLARI BILAN ISHLASH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH XUSUSIYATLARI

Mazkur maqolada PISA xalqaro baholash dasturi topshiriqlaridan foydalanish orqali mutaxassislarning yangi avlod darsliklari bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy ta’lim jarayonida kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish, PISA tipidagi topshiriqlar asosida o‘qituvchilarning metodik kompetensiyasini shakllantirish va rivojlantirishning nazariy hamda amaliy jihatlari yoritiladi.

Abdujalilov Farruxbek Poʼlatjon oʼgʼli

4-6

2026-04-06

ПРОФИЛЬ ИНТЕРФЕРОНОВОГО СТАТУСА У НОВОРОЖДЕННЫХ С МАЛЫМ РАЗМЕРОМ ПЛОДА ДЛЯ ГЕСТАЦИОННОГО ВОЗРАСТА

Раннее выявление нарушений иммунной адаптации у новорожденных с малым размером плода для гестационного возраста (МРПГВ) имеет принципиальное значение в связи с высокой частотой инфекционно-воспалительных осложнений и формированием отдаленных нарушений здоровья. Согласно современным концепциям, МРПГВ, включая задержку роста плода (FGR), рассматривается как мультифакторное состояние, обусловленное нарушением фетоплацентарного взаимодействия.

Мустафазаде Т.Ш.

7

2026-04-06

DINIY BAG‘RIKENGLIK VA UNING JAMIYATDAGI AHAMIYATI

Ushbu maqolada diniy bag‘rikenglikning jamiyatdagi ahamiyati va uning ijtimoiy barqarorlikka ta'siri o‘rganilgan. Diniy bag‘rikenglik nafaqat diniy va etnik guruhlar o‘rtasidagi o‘zaro hurmatni kuchaytiradi, balki jamiyatda tinchlikni saqlash va ijtimoiy adolatni ta'minlashda muhim o‘rin tutadi. Tadqiqotda, diniy bag‘rikenglikning jamiyatdagi ijtimoiy, siyosiy va ta'lim tizimidagi o‘rni, shuningdek, unga ta'sir qiluvchi omillar tahlil qilingan. Maqolada diniy bag‘rikenglikni rivojlantirishning ijtimoiy barqarorlikni ta'minlashdagi roli, uning jamiyatdagi har xil guruhlar o‘rtasida to‘qnashuvlarni kamaytirishi va diniy ziddiyatlarni oldini olishdagi ahamiyati ko‘rsatilgan. Tadqiqot natijalari diniy bag‘rikenglikni rivojlantirishning zarurligini tasdiqlaydi va bu jarayonni ta'lim tizimida mustahkamlashni taklif etadi.

Madyorova Marjonoy

8-11

2026-04-06

KEGEYLI DIYXANSHILIQ OAZISININ ÓZLESTIRILIWI TARIYXINAN

Usı maqalada Kegeyli diyxanshılıq oazisiniń ózlestiriliwi tariyxı kompleks túrde talqılanadı. Tiykarınan, maqalada oazistiń qáliplesiwinde suw resurslarınıń áhmiyeti, kanal qazıw processleri, murapshılıq dástúrleri hám xalıqtıń migraciyalıq háreketleri keń túrde analizlenedi. Sonday-aq, Kegeyli oazisiniń rawajlanıw basqıshları, onıń agrar-ekonomikalıq áhmiyeti hám ekologiyalıq ózgerisleri izbe-iz kórip shıǵıladı. Sonıń menen birge, maqalada tariyxıy derekler tiykarında oazistıń payda bolıwı tek tábiyiy faktorlarǵa emes, al xalıqtıń miyneti hám injenerlik tásirine baylanıslı ekenligi dálillenedi. Juwmaqlap aytqanda, Kegeyli diyxanshılıq oazisi Aral boyı regionınıń agrar tariyxında úlken orın tutatuǵın, sonday-aq, búgingi kúnde suw resursların basqarıwda tariyxıy tájiriybeniń áhmiyeti joqarı ekenligi anıqlanadı.

Dalibaeva Nazixan Kewlimjay qizi

12-14

2026-04-06

BIZNES FAOLIYATIDA TALAB VA TAKLIFNING AHAMIYATI

Mazkur tezisda biznes faoliyatida talab va taklif qonunining iqtisodiy ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishi, davlat tomonidan yaratilgan sharoitlar hamda iqtisodiy ko‘rsatkichlar asosida talab va taklifning biznes rivojiga ta’siri o‘rganiladi. Shuningdek, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar, Prezident qarorlari va ularning natijalari misolida iqtisodiy muhitning yaxshilanib borayotgani ko‘rsatib beriladi.

Abduturapova Dildora Farxodjon qizi, Yunusova Aziza Baxodirovna

15-17

2026-04-06

НОМОДДИЙ МАДАНИЙ МЕРОСНИ САҚЛАШДА АСКИЯ САНЪАТИНИНГ ЎРНИ

Ушбу мақолада жамиятнинг ижтимоий ривожланишида аскиянинг ўрни, мазмуни, серзавқ, кулгили чиқишида ҳозиржавоблик, ҳаракатларидан ўринли фойдалана олиши талаби ёритилган. Аския орқали ахлоқий қадриятлар, ҳаётий сабоқлар ва ҳаётга доир билимлар ёшларга етказилади. Аския санъатининг вазифаси кулги орқали кишиларнинг кайфиятини кўтариш, уларга завқ бахшида этиш, муайян мавзу доирасида уларнинг билимларини янада кенгайтириш, ақлини, фикрини чархлаш, зийрак, ҳозиржавоб бўлишга даъват этиш, шу билан бир қаторда, турмушда учраб турувчи айрим кишилар хулқидаги камчиликлар устидан енгил кулгу уйғотиши баён этилган.

Тожимаматова Одинахон Шавкатжон кизи

18-22

2026-04-06

BOSHLANG’ICH TA’LIMDA YOZMA NUTQNI RIVOJLANTIRISH

Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘quvchilarning yozma nutqini rivojlantirish masalalari yoritiladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida yozma nutqni shakllantirish ta’lim jarayonining muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Chunki yozma nutq o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, o‘z fikrini aniq, mantiqiy va izchil bayon etish ko‘nikmalarini shakllantirishda katta ahamiyatga ega. Maqolada yozma nutqni rivojlantirishning nazariy asoslari, pedagogik yondashuvlari hamda amaliy usullari tahlil qilinadi.Shuningdek, boshlang‘ich ta’lim bosqichida o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda yozma nutqni rivojlantirishning samarali metodlari ko‘rib chiqiladi. Xususan, diktant, bayon, insho yozish, matn tuzish, rasm asosida hikoya yozish kabi mashg‘ulotlarning o‘quvchilarning yozma nutqini boyitishdagi o‘rni yoritib beriladi. Bu jarayonda o‘qituvchining metodik mahorati, to‘g‘ri tanlangan topshiriqlar va tizimli mashqlar muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlanadi.

Hatamova Dilshoda G'ofur qizi

23-25

2026-04-06

SUN’IY INTELLEKT YORDAMIDA SUV SARFINI OPTIMALLASHTIRISH

Mazkur tezisda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanib suv sarfini optimallashtirish masalalari yoritilgan. Suv resurslaridan oqilona foydalanish, suv yo‘qotishlarini kamaytirish hamda samarali boshqaruv tizimlarini yaratishda sun’iy intellektning ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, ushbu texnologiyaning afzalliklari, qo‘llanish sohalari va istiqbollari ko‘rib chiqilgan.

Auezbayeva Umida

26-28

2026-04-06

LINGUOPOETIC ANALYSIS OF ALISHER NAVOI’S "HAYRAT UL-ABROR": LEXICAL STRATIFICATION AND SYMBOLIC NETWORKS

This article explores the linguopoetic features of Alisher Navoi’s Hayrat ul-Abror, the first poem of his monumental Khamsa. Set against the backdrop of the Timurid Renaissance, the work serves as a prime example of the elevation of Chagatai Turkic to a high literary status. The study examines the poem’s lexical stratification—comprising Turkic, Persian, and Arabic layers—and its complex symbolic system rooted in Sufi philosophy. Through an analysis of the aruz meter and rhythmic organization, the article demonstrates how Navoi synthesized aesthetic form with moral and spiritual instruction.

Hafiza Aslanova, Diyora Jo’rayeva

29-32

2026-04-06

TARBIYAVIY ISHLARNI AMALGA OSHIRISHDA PEDAGOGIK MAHORATNING O'RNI

Ushbu maqolada tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etishda pedagogik mahoratning ahamiyati, uning tarkibiy qismlari hamda zamonaviy ta'lim jarayonida tutgan o'rni tahlil qilinadi. Shuningdek, o'qituvchining shaxsiy fazilatlari, metodik yondashuvlari va innovatsion qarashlari tarbiya samaradorligini oshirishdagi asosiy omillar sifatida yoritiladi.

Choʻliyeva Marjona

33-35

2026-04-06

ABDULLA ORIPOV IJODINI O‘RGANISHDA O‘QUV LOYIHALARI ASOSIDA TA’LIM BERISH

Mazkur tadqiqot ishida Abdulla Oripov ijodini o‘rganishda o‘quv loyihalari asosida ta’lim berishning nazariy va metodik jihatlari tahlil qilinadi. Ishda zamonaviy pedagogik yondashuvlar, xususan, konstruktivistik ta’lim tamoyillari asosida loyihaviy faoliyatning o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini rivojlantirishdagi o‘rni yoritilgan.

Nasimjonova Muxlisabegim Anvarjon qizi

36-38

2026-04-06

СОВРЕМЕННЫЙ ВЗГЛЯД НА ПРОБЛЕМУ ОСТРОГО РИНОСИНУСИТА, АССОЦИИРОВАННОГО С ВИРУСОМ ЭПШТЕЙНА–БАРР

Острый риносинусит является одним из наиболее распространённых заболеваний верхних дыхательных путей и в большинстве случаев имеет вирусную природу. Согласно современным международным рекомендациям, годовая распространённость острого риносинусита составляет 6–15%, при этом бактериальные осложнения развиваются лишь у небольшой части пациентов. На этом фоне особый интерес представляет вирус Эпштейна–Барр, обладающий выраженными лимфотропными и иммуномодулирующими свойствами.

Джураев Ж.А., Худайбердиева И.Т.

39-42

2026-04-06

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA MULOQOT MADANIYATINI TAKOMMILLASHTIRISH

Ushbu tezis boshlang'ich sinf o'quvchilarida (1—4-sinflar) muloqot madaniyatini shakllantirishning nazariy asoslari va amaliy yo'llarini o'rganishga bag'ishlangan. Tadqiqotda milliy pedagogik an'analar, o'zbek klassik adabiyoti va zamonaviy ta'lim metodikalarining uyg'unligi asosida muloqot madaniyatini rivojlantirishning samarali usullari tahlil qilingan. Boshlang'ich sinflarda nutq odobi, tinglash madaniyati va kommunikativ ko'nikmalarni oshirish bo'yicha pedagogik tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Fayzullayeva Feruza Raxmatovna

43-46

2026-04-06

O‘ZBEK SHEVALARINING LEKSIK-SEMANTIK TADQIQI: LUG‘AT TARKIBI VA MA’NO KO‘CHISH XUSUSIYATLARI

Ushbu maqolada o‘zbek shevalarining leksik va semantik xususiyatlari, ularning shakllanish manbalari hamda hududiy farqlanish tamoyillari tadqiq etiladi. Maqolada o‘zbek lahjalarining lug‘at tarkibi — umumturkiy qatlam, o‘zlashma so‘zlar va sheva doirasida yaratilgan yangi leksik birliklar misolida tahlil qilingan. Shuningdek, turli hududlarda (Toshkent, Farg‘ona, Xorazm, Samarqand va b.) bir xil tushunchalarning turlicha nomlanishi (leksik dialektizmlar) va bir xil so‘zlarning hududiy ma’no tafovutlari qiyosiy o‘rganilgan. Maqola shevalarning adabiy tilni boyitishdagi o‘rni hamda ularning ijtimoiy dialektlar (jargon va argo) bilan o‘zaro munosabatini aniqlashga xizmat qiladi.

Abdullayeva Ruxshonaxon Kozimjon qizi, Qozoqova Umida Baxtiyor qizi

47-50

2026-04-06

ALEKSANDR FAYNBERG — MADANIYATLAR O‘RTASIDA BADIIY MULOQOTNI YO‘LGA QO‘YGAN IJODKOR

Mazkur ilmiy maqolada Aleksandr Faynberg ijodining madaniyatlararo badiiy muloqotni rivojlantirishdagi o‘rni keng tahlil qilinadi. Shoirning she’riy merosi, tarjimonlik faoliyati, estetik qarashlari hamda uning ijodida aks etgan umuminsoniy qadriyatlar yoritiladi. Faynberg ijodi misolida o‘zbek va jahon adabiyoti o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik, madaniy integratsiya va adabiy hamkorlik masalalari ilmiy asosda ko‘rib chiqiladi.

Mamatova Dilnavo Sayqan qizi

51-53

2026-04-06

FALSAFIY MANTIQ VA AXBOROT TIZIMLARI HAMDA TEXNOLOGIYALARI: ZAMONAVIY BOG‘LANISHLAR

Ushbu maqolada falsafiy mantiqning asosiy tushunchalari va qonunlari axborot tizimlari va texnologiyalari (AT&T) sohasi bilan bog‘liq holda o‘rganiladi. Falsafiy mantiqning tarixiy ildizlari (Aristotel sillogizmlari, Sharq mutafakkirlari – Farobiy va Ibn Sino) va zamonaviy rivoji (George Boole ning Boolean algebra si) ko‘rib chiqiladi. Maqolada mantiqiy algebra raqamli texnologiyalarning asosi (AND, OR, NOT darvozalari, tranzistorlar va CPU lar), ma’lumotlar bazalaridagi relational algebra va SQL so‘rovlari, shuningdek sun’iy intellektdagi bilimni ifodalash (Knowledge Representation), predicate mantiq, fuzzy logic va mantiqiy xulosa chiqarish masalalari yoritilgan.

Mamadiyev Husanboy

54-55

2026-04-06

СЕРДЕЧНО-СОСУДИСТЫЕ ЗАБОЛЕВАНИЯ

Общий внешний вид и дыхательная недостаточность являются важными этапами обследования пациентов с сердечно-сосудистыми заболеваниями. При оценке общего состояния пациента следует обратить внимание на несколько важных признаков. Одним из них является цианоз, проявляющийся синюшным оттенком кожи и слизистых оболочек. Цианоз вызывается недостатком кислорода и изучается как симптом сердечно-сосудистых заболеваний.

Холмахмадов Шухрат, Каттабойева Мухайо Нурмухаммад кизи

56-59

2026-04-06

TABIIY FANLAR XONASINI JIHOZLASH VA O‘LKASHUNOSLIK BURCHAGINI TASHKIL ETISH

Mazkur maqolada umumta’lim maktablarida tabiiy fanlar xonasini zamonaviy talablarga muvofiq jihozlash hamda o‘lkashunoslik burchagini tashkil etishning pedagogik, metodik va tashkiliy asoslari keng yoritilgan. Tabiiy fanlar xonasi o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, tajriba va kuzatuvlar asosida bilim olish ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi. Shuningdek, o‘lkashunoslik burchagi orqali o‘quvchilarda ona yurtga mehr-muhabbat, milliy qadriyatlar va tabiiy boyliklarga nisbatan mas’uliyat hissini kuchaytirish masalalari tahlil qilinadi. Maqolada xonani jihozlashda xavfsizlik qoidalari, zamonaviy texnologiyalar, didaktik vositalar hamda innovatsion yondashuvlar haqida batafsil ma’lumot berilgan.

Hayitova Mohinur Isroil qizi

60-62

2026-04-07

YANGI OZBEKISTONDA ISLOM MOLIYASINI TADBIQ ETISH ISTIQBOLLARI

Mazkur maqolada Yangi O‘zbekistonda islom moliyasini joriy etishning nazariy asoslari, iqtisodiy ahamiyati va istiqbollari chuqur tahlil qilinadi. Islom moliyasining asosiy tamoyillari va instrumentlari, ularning milliy iqtisodiyotga ta’siri ilmiy asosda yoritilgan. Shuningdek, mamlakatda ushbu tizimni joriy etishdagi muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari keng ko‘rib chiqiladi.

Turemuratova Gulmira Begibay Qizi

63-65

2026-04-07

ПРАГМАТИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ МЕЖКУЛЬТУРНОЙ КОММУНИКАЦИИ В ПРОЦЕССЕ ОБУЧЕНИЯ ИНОСТРАННЫМ ЯЗЫКАМ

В данной статье рассматриваются прагматические аспекты межкультурной коммуникации в процессе обучения иностранным языкам. Анализируется влияние культурного контекста на речевое поведение обучающихся, а также роль прагматики в формировании коммуникативной компетенции. Особое внимание уделяется проблемам интерференции, речевых актов и стратегий вежливости в межкультурном взаимодействии.

Эшкувватова Нилуфар Нурмухаммад кизи

66-68

2026-04-07

ISHLAB CHIQARISH CHIQINDILARIDAN IKKILAMCHI RESURS SIFATIDA FOYDALANISH SAMARADORLIGINI IQTISODIY TAHLIL QILISH (O‘ZBEKISTON TEKSTIL SANOATI MISOLIDA)

Mazkur maqolada O‘zbekiston tekstil sanoatida ishlab chiqarish chiqindilaridan ikkilamchi resurs sifatida foydalanish samaradorligi iqtisodiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida chiqindilarni qayta ishlash darajasi, ularning iqtisodiy samaradorligi va korxona rentabelligiga ta’siri o‘rganilgan. Shuningdek, chiqindilardan samarali foydalanishning zamonaviy yo‘nalishlari va takomillashtirish mexanizmlari ishlab chiqilgan.

Abdusalomov Ilyosbek Jahongir oʻgʻli

69-71

2026-04-07

SAVDO INSHOOTLARMING TABIIY IQLIM SHAROITLARIGA MOSLASHTIRILISHI

Mazkur maqolada bozorlarining kelib chiqish tarixi, ularning o‘rta asrlar va hozirgi paytdagi funksiyanal vazifalari, iqlim sharoitiga moslashtirib qurulganligi, Temuriylar va xonliklar davrida savdo bino va inshootlari rivoji haqida batafsil bayon etilgan.

Abdullayev Bahodir Allamurod o'g'li

72-76

2026-04-07

INTELLEKTUAL VA EMOTSIONAL TAYYORGARLIK — MUVAFFAQIYAT GAROVI

Mazkur maqolada bolaning maktab ta’limiga psixologik tayyorgarligi muammosi kompleks ravishda tahlil qilingan. Unda faqatgina intellektual ko‘nikmalar (o‘qish, yozish, sanash) emas, balki bolaning emotsional-irodaviy sohasining rivojlanishi, ijtimoiy moslashuvi va o‘quv motivatsiyasining shakllanishi kabi muhim jihatlar yoritilgan. Maqola davomida birinchi sinf o‘quvchisida uchrashi mumkin bo‘lgan adaptatsiya (moslashuv) qiyinchiliklari va ularni bartaraf etishda ota-onalar hamda psixologlarning hamkorligi bo‘yicha amaliy tavsiyalar keltirilgan.

Rayxona Rustamova Sherzod qizi

77-80

2026-04-07

DIABETIK POLINEYROPATIYADA ROBOT-MEXANO TERAPIYANING NEYROFIZIOLOGIK VA KLINIK KO‘RSATKICHLARGA TA’SIRI

Mazkur tezisda qandli diabet fonida rivojlangan polineyropatiyalarda robot-mexano terapiyaning samaradorligi o‘rganildi. Tadqiqot davomida bemorlarda klinik simptomlar, funksional holat va neyrofiziologik ko‘rsatkichlar (elektroneyromiografiya natijalari) tahlil qilindi. Olingan natijalar robot-mexano terapiya periferik nerv tizimi faoliyatini yaxshilash va harakat funksiyalarini tiklashda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi.

Xidoyatova Dilbar Nabiyevna, Fozilova Ma’mura Bahodir qizi

81-82

2026-04-07

MATN, JADVAL, TAQDIMOT VA VIDEO VOSITALARNI INTEGRATSIYALASH ORQALI INNOVATSION TA'LIM MUHITINI YARATISH

Ushbu maqolada maktabgacha va umumiy o'rta ta'lim bosqichlarida matn, jadval, taqdimot va video vositalarni integratsiyalash asosida innovatsion ta'lim muhitini shakllantirishning nazariy va amaliy jihatlari o'rganilgan. Tadqiqot maqsadi – ko'p komponentli media integratsiyasining o'quv jarayoniga ta'sirini empirik ma'lumotlar orqali tahlil qilish va metodologik tavsiyalar ishlab chiqishdir. Tadqiqotda qiyosiy-tahliliy, kuzatish, so'rovnoma va statistik usullardan foydalanilgan. 238 nafar o'quvchi ishtirokida o'tkazilgan kvazi-eksperiment natijalari shuni ko'rsatadiki, barcha vositalarni uyg'un tarzda qo'llash bilim o'zlashtirish samaradorligini 54.2 baldan 78.6 ballga ko'taradi (+24.4 ball). Maqolaning ilmiy yangiligi – IMRAD tuzilmasiga asoslangan ko'p vositali integratsion modelni taklif etishdan iborat. Natijalar O'zbekistondagi ta'lim islohatlari uchun muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.

Zokirova Dilrabo Abdullayevna

83-91

2026-04-07

HUDUDIY INNOVATSION FAOLIYATNI MOLIYALASHTIRISH VA UNING IQTISODIY O‘SISHGA TA’SIRI

Zamonaviy iqtisodiyot sharoitida innovatsiyalar iqtisodiy o‘sishning asosiy drayveri sifatida namoyon bo‘lib, hududiy rivojlanishda muhim omil hisoblanadi. Ayniqsa, global raqobat kuchayib borayotgan bir paytda hududlarda innovatsion faollikni oshirish, yangi texnologiyalarni joriy etish va innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish dolzarb masalaga aylanmoqda. Shu nuqtai nazardan, innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish ko‘p jihatdan uning moliyalashtirish manbalari va mexanizmlariga bog‘liqdir.

Tursunova Nazokat

92-95

2026-04-07

MUNAVVARQORI ABDURASHIDXONOV QARASHLARIDA TA’LIM TIZIMIGA E’TIBOR VA ADOLATPARVARLIK G‘OYALARINING TAHLILI

Ushbu maqolada jadidchilik harakatining yetuk namoyandalaridan biri bo‘lgan Munavvarqori Abdurashidxonovning ta’lim-tarbiya haqidagi qarashlari, xususan, “Adibus-soniy” asari asosida tahlil qilinadi. Avvalo, asarda ilmning inson kamolotidagi o‘rni, maktab va muallim mavqeining yuksak baholanishi hamda axloqiy tarbiya masalalari yoritilgani ko‘rsatib beriladi. Bundan tashqari, undagi shafqat, saxovat, rostgo‘ylik, do‘stga sadoqat kabi fazilatlar orqali adolatparvarlik g‘oyasi izchil targ‘ib etilishi asoslanadi. Shuningdek, Munavvarqorining pedagogik qarashlari bugungi ta’lim tizimida ham ma’naviy-axloqiy tarbiyani kuchaytirish nuqtayi nazaridan dolzarb ekani ta’kidlanadi. Demak, “Adibus-soniy” nafaqat o‘quv qo‘llanma, balki jamiyatda ma’rifat va adolat mezonlarini qaror toptirishga xizmat qiladigan tarbiyaviy manba sifatida ham ahamiyatlidir.

Jiemuratov Sardar Atabay uli

96-98

2026-04-08

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA BADIIY-IJODIY QOBILIYATLARNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tizimi jamiyat taraqqiyotining muhim bo‘g‘ini sifatida, ayniqsa, bolalarning shaxs sifatida shakllanishida ularning ijodiy salohiyatini rivojlantirish dolzarb masalalardan biri ekanligi, badiiy-ijodiy qobiliyatlar bolalarning estetik didini, tasavvurini, mustaqil fikrlashini va emotsional olamini boyitishda muhim rol o‘ynashi hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining badiiy-ijodiy qobilyatlarini rivojlantirishning zamonaviy metodlari yoritilgan.

To’raqulova Manzura Mazbutovna

99-102

2026-04-08

ORGANIK QISHLOQ XO`JALIGINI RIVOHJLANTIRISHDA MARKAZIY OSIYO DAVLATLARI TAJRIBASI

Bugungi kunda organik qishloq xo‘jaligini rivojlantirish masalasi butun dunyo ekspertlari, mutaxassislarining qizg‘in muhokama, munozarasiga sabab bo‘layotgan mavzulardan biriga aylangan. O‘zA muxbiri Markaziy Osiyo xalqaro instituti bosh ilmiy xodimi Nosirjon Yusupovning ayni muammoning mintaqamiz davlatlaridagi yechimiga bag‘ishlangan tahliliy fikrlarini yozib oldi.

Mamatkulov Xayrulla Abdikaxarovich

103-106

2026-04-08

QISHLOQ XO`JALIGIDA LIZING XIZMATLARI BOZORINI RIVOJLANISH BOSQICHLARI

Mamlakatimiz lizing bozoridagi operatsiyalarining rivojlanishi 1993-yildan boshlangan bo‘lib, bu paytda sobiq Ittifoq parchalanib ketgandan keyin yuz bergan iqtisodiy inqiroz sharoitlarida respublikadagi moliyaviy imkoniyatlar zaiflashib, iqtisodiy sharoitlarning o‘zi esa ishlab chiqarishni rivojlantirishni ta’minlay olmas edi. Shu og‘ir davrda respublikamiz uchun yangi bo‘lgan xo‘jalik yuritish shakllari, xususan lizing xizmatlari paydo bo‘ldi. Bu tasodifiy hol emas, chunki lizing - g‘oyatda zarur kapital qo‘yilmalarni jalb qilishning doimiy samarali usuli hisoblanadi. Lizingning qaror topishida tijorat banklar tarmog‘ining rivojlantirilishi ham sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Shu davrdan boshlab, O‘zbekiston Respublikasida lizing faoliyatiga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda. Lizing kompaniyalarining soni ko‘payib, ularning faoliyat sohasi ham kengayibbormoqda.

Mamatqulov Xayrulla Abdikaxarovich

107-108

2026-04-08

ARTISTIC AND AUTHORIAL STYLE IN WORLD AND UZBEK LITERARY STUDIES: A COMPARATIVE ANALYSIS OF ORIGINAL AND TRANSLATED WORKS

This study explores how artistic and authorial styles function across world literature and Uzbek literary traditions, with particular attention to how these styles are reshaped in translation. By comparing original texts with their translated versions, the research highlights subtle stylistic transformations and examines the difficulties involved in preserving the expressive and aesthetic qualities of literary works.

Dilnoza Buronova

109-112

2026-04-08

KIBERJINOYATLARNI TARIXIY KELIB CHIQISHI

Mazkur maqolada kiberjinoyatlarning tarixiy kelib chiqishi va rivojlanish bosqichlari retrospektiv yondashuv asosida tahlil qilingan. Kompyuter texnologiyalarining paydo bo‘lishi, internet tarmog‘ining shakllanishi hamda ularning rivojlanishi bilan bog‘liq holda kiberjinoyatlarning dastlabki ko‘rinishlari va evolyutsiyasi yoritilgan. Shuningdek, “phreaking”, ARPANET tarmog‘iga ruxsatsiz kirish holatlari va Morris chuvalchangi kabi tarixiy hodisalar asosida kiberjinoyat tushunchasining shakllanish jarayoni ochib berilgan.

Tashtanboyev Ruzimat Tolib o‘g‘li

113-116

2026-04-08

BORLIQNING YANGI QIYOFASI: IJTIMOIY TARMOQLAR VA INSON MOHIYATI

Mazkur maqolada zamonaviy axborot makonining ajralmas qismi bo‘lgan ijtimoiy tarmoqlarning inson mohiyatiga ta’siri falsafiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Unda virtual va real borliq o‘rtasidagi munosabatlar, shaxs identifikatsiyasi, ijtimoiy ong va qadriyatlarning transformatsiyasi masalalari yoritiladi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar inson tafakkuri, muloqot madaniyati va axloqiy me’yorlarga qanday ta’sir ko‘rsatayotgani ilmiy asosda ochib beriladi. Maqolada raqamli muhitda insonning o‘zligini anglash muammolari va uning yangi qiyofasi shakllanish jarayoni tahlil qilinadi.

Habibullayev Hikmatulla Xayrulla o’gli

117-119

2026-04-08

ISLOMNING MARKAZIY OSIYO MINTAQASIDAGI O’RNI VA AHAMIYATI: TARIX VA HOZIRGI ZAMON

Markaziy Osiyo -qadimdan sivilizatsiyalar tutashgan, ilm-fan va madaniyat rivojlangan zamin hisoblanadi. Bu mintaqada Islom dinining yoyilishi nafaqat diniy e’tiqodning o’zgarishiga, balki butun boshli mintaqa hayotining ijtimoiy -siyosiy ,  ma’rifiy va ma’naviy qiyofasini tubdan yangilanishiga xizmat qildi.

Madorova Mohinurxon

120-122

2026-04-08

NAMANGAN VILOYATI TO‘RAQO‘RG‘ON TUMANI TOPONIMLARINING LEKSIK-SEMANTIK QATLAMLARI VA ULARNING TARIXIY-ETIMOLOGIK XUSUSIYATLARI

Ushbu maqolada Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani hududidagi toponimlarning leksik-semantik qatlamlari va ularning tarixiy-etimologik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda joy nomlarining shakllanishiga ta’sir etgan tabiiy-geografik, etnolingvistik va ijtimoiy omillar yoritilgan. Shuningdek, toponimlarning semantik guruhlari ajratilib, ularning tarixiy rivojlanish bosqichlari ilmiy asosda izohlangan. Natijalar hudud toponimiyasining lingvokulturologik xususiyatlarini ochib berishga xizmat qiladi.

Tojiboyeva Xurshida Sodiqjonovna

123-125

2026-04-08

INKLYUZIV TA’LIMDA KOXLEAR IMPLANTLI BOLALARNING NUTQINI RIVOJLANTIRISHDA O‘YINLARDAN FOYDALANISH

Bugungi kunda maxsus ta’lim tizimida eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar tobora kengaymoqda. Ayniqsa, koxlear implant olgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim muhim o‘rin tutadi. Bunday bolalarning nutqiy rivojlanishi doimiy mashg‘ulotlarni, sabr-toqatni va to‘g‘ri yondashuvni talab qiladi. Shu jarayonda o‘yinlar orqali nutqni rivojlantirish juda samarali usul hisoblanadi. O‘yin – bu bolaga yaqin, unga tushunarli va qiziqarli faoliyat turi. Ayniqsa, koxlear implant olgan bolalar bilan ishlashda o‘yinlar nafaqat nutqiy faoliyatni rivojlantirishga, balki ularning ijtimoiy moslashuviga ham yordam beradi. 

N.Raxmonova, Sh.Zokirova

126-127

2026-04-08

ONKOLOGIYA: SARATON KASALLIKLARINING MOLEKULYAR ASOSLARI VA ZAMONAVIY DAVOLASH STRATEGIYALARI

Mazkur maqolada onkologik kasalliklarning rivojlanish mexanizmlari, etiologik omillari, molekulyar-genetik asoslari hamda zamonaviy diagnostika va davolash usullari keng yoritilgan. Saraton kasalliklarining patogenezi hujayra darajasida tahlil qilinib, onkogenlar va tumor supressor genlarning roli ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, innovatsion davolash usullari — immunoterapiya va target terapiyaning klinik samaradorligi baholangan.

Xushvaqtova O‘g’iloy Shodibek qizi, Nurimova Dilorom

128-130

2026-04-08

ATMOSFERA HAVOSINING IFLOSLANISHI

Ushbu maqolada atrof-muhitning inson salomatligiga ta'siri, turli kasalliklarning kelib chiqish sabablari, atmosferaga zararli gazlarning chiqishi va bu muammolarni oldini olish choralari haqida batafsil ma'lumot berilgan.

Ergasheva Maftuna Shavkatjon qizi, Mirrahimova Nilufar Mirrahim qizi, Usmonov Dilmurod Dolimovich

131-133

2026-04-08

EKOLOGIK MONITORING. EKOLOGIK EKSPERTIZA VA UNING AHAMIYATI

Ushbu tezisda ekologik monitoring va ekologik ekspertiza haqida keng tushunchalar va O’zbekistondagi ekologik ekspertiza to’g’risidagi qonunlar haqida ham ma’lumotlar berildi.

Mirzahamdamova Mavjuda Muhammadali qizi , G’ofurova Oydinoy Zafarbek qizi, Usmonov Dilmurod Dolimovich

134-136

2026-04-08

SUV RESURSLARIDAN FOYDALANISH VA ULARNI MUHOFAZA QILISH

Ushbu tezisda suv resuslari va undan oqilona foydalanish masalalari, suv va suvdan foydalanish to’g’risidagi qonunlar haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, suv tanqisligini oldini olish, ekologik muvoanatni saqlash va barqaror rivojlanishni ta’minlash ishlari tahlil qilingan.

Murodilova Munisa Ziyodullo qizi, Mamajonova Mushtariy Muhiddin qizi, Usmonov Dilmurod Dolimovich

137-138

2026-04-08