"Yangi O'zbekiston ilmiy tadqiqotlar jurnali" - это рецензируемый международный журнал с открытым доступом, в котором публикуются оригинальные исследования и обзорные статьи, относящиеся к различным областям. Основная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для международных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований в прикладных науках. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках и пройти тщательную рецензию.
Опубликован: 2025-10-06
Статьи
BOLALARDA TEMIR TANQISLIGI KAMQONLIK KASALLIGI
Ushbu maqolada bolalarda temir tanqisligi va temir tanqisligi anemiyasining kelib chiqish sabablari, klinik belgilar, diagnostika usullari, davolash va profilaktika choratadbirlari tahlil qilinadi. Temir tanqisligi bolalar organizmining o‘sish va rivojlanish jarayonlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, shu sababli uni erta aniqlash va to‘g‘ri davolash katta ahamiyatga ega.
2025-10-06
КОЭФФИЦИЕНТ КОНКОРДАЦИИ КЕНДАЛЛА: ОЦЕНКА ПОЗИЦИЙ ЗАРУБЕЖНЫХ АНГЛОЯЗЫЧНЫХ ИССЛЕДОВАТЕЛЕЙ ОТНОСИТЕЛЬНО ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ РЕФОРМ ДЖАДИДОВ ТУРКЕСТАНА
В статье рассмотрена модель оценки образовательных аспектов джадидизма в Туркестане (конца XIX – начала XX вв.), отраженных в зарубежных англоязычных работах, и продемонстрировано применение теста конкордации Кендалла W для выявления уровня согласованности исследовательских позиций по ключевым аспектам образовательной деятельности джадидов.
2025-10-06
MATEMATIKA O‘QITISH METODIKASI FANIDA INKLUZIV TA’LIMDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARIТУРКЕСТАНА
Maqolada matematika o‘qitish metodikasi fanida inklyuziv ta’limdan foydalanishning ilmiy-nazariy asoslari va amaliy imkoniyatlari yoritilgan. Inklyuziv yondashuvning dolzarbligi, imkoniyati cheklangan o‘quvchilarni umumiy ta’lim jarayoniga jalb etish masalalari hamda matematikani o‘qitishda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan samarali metod va texnologiyalar tahlil qilinadi. Shu bilan birga, matematika fanida inklyuziv ta’limni qo‘llash istiqbollari ko‘rsatilib, ta’lim samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan.
2025-10-06
ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR
ushbu maqolada zamonaviy tehnologiyalar, ularning rivojlanish bosqichi, inson hayotidagi tutgan o'rni va uning insonlar uchun qay darajada muhim ekanligi og'irini yengillashtirishi shuning bilan birgalikda bir qator zararli taraflari haqidagi malumotlar to'plangan
2025-10-08
NECHA XIL HAQIQAT MAVJUD? RELATIVIZM VA ABSOLYUTIZM BAXSI
Ushbu maqola haqiqat tushunchasining absolyut va nisbiy jihatlarini tahlil qilib, savol qo‘yadi: “Haqiqat mutlaqmi yoki kontekstga bog‘liqmi, va bu farq zamonaviy jamiyatda qanday oqibatlarga olib keladi?” Tadqiqot tarixiy-falsafiy tahlil va nazariy sintez usullariga tayangan: klassik faylasuflar (Platon, Dekart, Gegel), relativizm vakillari (Protagor, Nitshe, Lyotard), diniy paradigmalar (Islom, Xristianlik, Buddaviylik, Hinduizm) hamda ilm-fandagi paradigmaviy burilishlar (Nyuton — Eynshteyn — kvant fizikasi) misollari solishtiriladi. Natijada muallif mutlaq va nisbiy yondashuvlarning cheklovlarini ko‘rsatib, ularni qarama-qarshi emas, balki muloqot va interdisiplinar sintez yo‘li bilan uyg‘unlashtirish zarurligini ta’kidlaydi. Maqola ta’lim, ilmiy kommunikatsiya va diniy-ma’naviy dialoglar uchun amaliy tavsiyalar beradi.
2025-10-08
COMPARATIVE ANALYSIS OF ENGLISH AND UZBEK WORD FORMATION
This paper presents a comparative study of word formation processes in English and Uzbek, focusing on morphological structures, types of word formation, and the productivity of each process in both languages. While English is an analytic language with a tendency toward affixation and compounding, Uzbek is an agglutinative language that extensively employs affixation, especially suffixation, to create new words. The study highlights similarities, differences, and the cultural and historical influences that have shaped the development of word formation mechanisms in both languages.
2025-10-08
ИЧКИ ИШЛАР ВАЗИРЛИГИ ЖАМОАТ ХАВФСИЗЛИГИ ДЕПАРТАМЕНТИ ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР ПРОФИЛАКТИКАСИ ХИЗМАТЛАРИНИНГ ФУҚАРОЛИК ЖАМИЯТИ ИНСТИТУТЛАРИ БИЛАН ҲАМКОРЛИГИНИНГ МАҚСАДИ
Мақолада Ички ишлар вазирлиги Жамоат хавфсизлиги департаменти Ҳуқуқбузарликлар профилактикаси хизматларининг фуқаролик жамияти институтлари билан ҳамкорлигининг мақсади хусусида фикр юритилиб, мазкур фаолиятни янада самарали ташкил этишга оид таклиф ҳамда тавсиялар билдирилган.
2025-10-08
ICHKI NAZORAT VA ICHKI AUDIT
Ushbu maqolada ichki audit sohasiga taalluqli masalalar o’rganildi, ya’ni ichki nazorat tizimining samaradorligiga erishishdagi roli bo’yicha tadqiqotlar o’tkazildi. Tadqiqot sohasining ahamiyati mantiqan ochib berilgan, ichki auditni o’tkazish maqsadlari va tartibi ochib berilgan. Ichki auditni tashkil etish va uning faoliyat samaradorligini va investitsion jozibadorligini oshirish uchun kompaniya muamolarini hal qilish vositasi sifatida ishlash masalalari ochib berilgan. Iqtisodiy va ilmiy nuqtayi nazardan, yuqorida keltirilgan muammolar va taklif qilingan yechimlar tufayli o’rganish katta ahamiyat kasb etadi.
2025-10-08
CLASSROOM MANAGEMENT STRATEGIES FOR NEW TEACHERS
Classroom management is one of the greatest challenges for new teachers, yet it is also one of the most important factors in creating a positive learning environment. This paper reviews research on strategies that help beginning teachers manage their classrooms more effectively. The article also discusses how reinforcement, differentiation, and mentorship can support novice teachers in building confidence and improving student outcomes.
2025-10-08
“BUXORO XALQ SOVET RESPUBLIKASIDA JINOYAT QONUNCHILIGI VA UNING IJTIMOIY TA’SIRI”
Ushbu maqolada 1920–1924-yillarda Buxoro Xalq Sovet Respublikasida jinoyat qonunchiligining shakllanish jarayoni, asosiy me’yoriy-huquqiy hujjatlar hamda ularning jamiyat hayotiga ko‘rsatgan ijtimoiy ta’siri tarixiy manbalar asosida yoritilgan. Maqolada BXSR davridagi inqilobiy tribunal va xalq sudlarining faoliyati, yer-suv islohotlari jarayonidagi huquqiy me’yorlar, kontrinqilobga qarshi choralar va ularning aholining huquqiy ongi shakllanishiga ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, jinoyat qonunchiligini qo‘llashda uchragan muammolar, malakali kadrlar yetishmasligi va qonunlarning kodifikatsiya qilinmaganligi kabi omillar ham ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari BXSR davridagi huquqiy tajribani o‘rganish bugungi kun uchun tarixiy-siyosiy ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi.
2025-10-08
BARQAROR IQTISODIY O‘SISH: BUGUNGI KUN MUAMMOLARI VA ISTIQBOLLARI
Maqola barqaror iqtisodiy o‘sish tushunchasini, uning zamonaviy iqtisodiyotdagi ahamiyatini va rivojlanishdagi asosiy muammolarini tahlil qiladi. Shu bilan birga, global va milliy kontekstda barqaror o‘sishni ta’minlovchi strategiyalar va istiqbollarni aniqlashga qaratilgan. Tadqiqotda iqtisodiy barqarorlikka ta’sir qiluvchi makroiqtisodiy va ijtimoiy omillar, shuningdek, mamlakatlararo tajribalar asosida samarali siyosatlarni shakllantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan.
2025-10-10
MUSTAQILLIKKA ERISHISH OSTONASIDA O’ZBEKISTONDAGI IJTIMOIY-SIYOSIY JARAYONLAR
Mazkur maqolada Oʻzbekistonning mustaqillikka erishish jarayoni, unga olib kelgan tarixiy, ijtimoiy va siyosiy omillar tahlil qilinadi. XX asrning ikkinchi yarmi Sovet Ittifoqining tanazzul davrida mamlakatda yuz bergan siyosiy uyg‘onish, milliy o‘zlikni anglash harakatlari va demokratik o‘zgarishlarga intilish masalalari keng yoritilgan. Shuningdek, Oʻzbekistonda 1980-yillarning oxiri – 1991-yil 31-avgust oralig‘ida yuz bergan muhim siyosiy voqealar, jamoatchilik faolligining ortishi, siyosiy tashkilotlarning paydo bo‘lishi va ularning mustaqillik g‘oyasini shakllantirishdagi o‘rni ilmiy asosda tahlil qilinadi. Maqolada o‘sha davrning ijtimoiy kayfiyati, ommaviy axborot vositalari, ziyolilar, talaba-yoshlar va oddiy fuqarolarning milliy istiqlol yo‘lidagi fidokorona sa’y-harakatlari tarixiy manbalar asosida yoritilgan. Shu bilan birga, mustaqillik arafasidagi siyosiy qarorlar, iqtisodiy inqiroz, ekologik muammolar, millatlararo munosabatlar va ularning siyosiy jarayonlarga ta’siri ham tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari Oʻzbekiston mustaqilligiga olib kelgan tarixiy zaminni chuqur anglash, yosh avlodda milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qiladi.
2025-10-10
ПРОФИЛАКТИКА ИНСПЕКТОРИНИНГ ОЗОДЛИКНИ ЧЕКЛАШ ЖАЗОСИГА ХУКМ ҚИЛИНГАН ШАХСЛАР БИЛАН ИШЛАШ ФАОЛИЯТИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ
Ушбу мақолада профилактика инспекторларининг озодликни чеклаш жазосига хукм қилинган шахслар билан ишлаш фаолияти, улар билан олиб бориладиган профилактик чора-тадбирлар, белгиланган чекловларни бузганда расмийлаштириладиган хужжатлар, пробация хизмати билан хамкорлиги муаммо ва камчиликлар ҳамда уларнинг ечимлари юзасидан фикр ва мулоҳазалар ёритилган.
2025-10-10
GESTATSION DIABET VA ONA-HOMILA O’RTASIDAGI METABOLIK O’ZGARISHLAR
Mazkur ilmiy maqola gestatsion diabet va ona-homila o’rtasidagi metabolik o’zgarishlar chuqur tahlil qilingan. Gestatsion diabet mellitus, homiladorlik davrida birinchi marta aniqlanadigon glyukoza almashinuvi buzilishi bo’lib ona va homila o’rtasida murakkab metabolik o’zgarishlarga olib keladi. Ushbu maqolada GDMning rivojlanish mexanizmlari ona organizmidagi metabolik jarayonlarga ta’siri va homila sog’ligiga bo’lgan oqibatlari tahlil qilinadi.
2025-10-10
JAMOAT TARTIBIGA YOKI XAVFSIZLIGIGA TAHDID SOLUVCHI YOLG‘ON AXBOROTNI TARQATISH JINOYATINI KVALIFIKATSIYA QILISHNING AYRIM MASALALARI
Mazkur maqolada jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid soluvchi yolg‘on axborotni tarqatish jinoyatini kvalifikatsiya qilish masalalari yoritilgan. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlangan davrda yolg‘on xabarlarning tezkor tarqalishi jamoatchilik kayfiyatiga, ijtimoiy barqarorlikka va fuqarolarning xavfsizligiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu bois mazkur jinoyatning huquqiy tabiatini to‘g‘ri baholash va uni boshqa o‘xshash huquqbuzarliklardan farqlash muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotda milliy jinoyat qonunchiligidagi normalar, amaliyotdagi ayrim holatlar hamda xorijiy davlatlar tajribasi tahlil qilingan. Shuningdek, yolg‘on axborot tarqatishning subyektiv va obyektiv belgilari, jinoyat tarkibining asosiy elementlari hamda kvalifikatsiya qilishda uchraydigan murakkab jihatlar ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, ushbu turdagi jinoyatlarga nisbatan qo‘llanilayotgan yondashuvni yanada takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ilgari surilgan.
2025-10-13
БОЛАЛАРДА ТЕЗ ПАРЧАЛАНУВЧИ УГЛЕВОДЛАР ТАЪСИРИДА ТИШ ҚАТТИҚ ТЎҚИМАСИДАГИ ЎЗГАРИШЛАР ВА УЛАРНИ ДАВО-ПРОФИЛАКТИКАСИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ.
Ушбу мақолада тадқиқот натижалари болаларда тез парчаланувчи углеводлар таъсирида тиш қаттиқ тўқимаси юзага келадиган ўзгаришлар ва уларни даво-профилактикасини такомиллаштириш, тез парчаланувчи углеводларнинг таъсири натижасида юзага келадиган стоматологик касалликлар кенг тарқалганлиги, ташхислаш ва даволашда мураккаблиги билан алоҳида ўрин эгаллаши, сўнгги йигирма йил давомида ўтказилган тадқиқотлар тез парчаланувчи углеводлар натижасида юзага келадиган, оғиз бўшлиғи касалликлари 15% гача, турли синдромлар билан бирга эса бу касалликлар 24,5% гача кузатилиши қайд этилган.
2025-10-13
UZUM MEVASINING KIMYOVIY TARKIBI: TARKIBIY GURUHLAR, O‘LCHASH METODLARI VA OZIQAVIY-BIOLOGIK AHAMIYATI.
Maqolada uzum (Vitis vinifera L.) mevasining kimyoviy tarkibi tizimli ko‘rinishda tahlil qilindi. Asosiy tarkibiy guruhlar—suv, uglevodlar (glyukoza, fruktoza), organik kislotalar (asosan vino va olma kislotalari), fenolik birikmalar (flavonoidlar, antosiyaninlar, taninlar), azotli komponentlar (erkin aminokislotalar, oqsillar), pektin va tolalar, mineral elementlar (K, Ca, Mg va b.), vitaminlar (C, K, B guruhi), hamda uchuvchan aromatik moddalarning (monoterpenlar, norisoprenoidlar, efirlar) hissasi yoritildi. Refraktometriya, titrlash, HPLC/UPLC, UV-Vis, GC-MS, ICP-OES/ICP-MS kabi zamonaviy analitik metodlarning qo‘llanilish jabhalari ko‘rsatildi. Adabiyotlar asosida diapazon ko‘rsatkichlari, nav va pishish darajasi, agroiqlim hamda saqlash/shiraga qayta ishlash bosqichlarining tarkibga ta’siri muhokama qilindi. Olingan umumlashtirishlar uzum mahsulotlari sifatini boshqarish, funksional oziq-ovqat va biopotensialdan foydalanish strategiyalarini ishlab chiqish uchun amaliy ahamiyatga ega.
2025-10-15
SUN`IY INTELLEKT ASOSIDA TOIFALANGAN OB`EKTLARDA XAVF-XATARLARNI OLDINDAN PROGNOZ QILISH TIZIMLARINI ISHLAB CHIQISH
Ushbu maqola sunʼiy intellekt (SI) texnologiyalari yordamida xavf va xatarlarni aniqlash hamda oldindan prognoz qilish tizimlarini yaratish masalalariga bagʻishlangan. Maqolada SI algoritmlari, jumladan mashinani oʻrganish va chuqur oʻrganish modellari, toifalangan obʼektlar va hodisalarni tahlil qilish uchun qoʻllanilishi tahlil qilinadi. Asosiy eʼtibor xavf va xatarlarni erta aniqlash orqali favqulodda vaziyatlarning oldini olish, xavfsizlikni oshirish hamda muhim sohalarda qaror qabul qilish jarayonini yaxshilashga qaratilgan. Obʼektlarning turli kategoriyalarga ajratilishi SI modelining yuqori aniqlikda ishlashiga imkon beradi. Shuningdek, real vaqt rejimida monitoring va prognoz qilish tizimlarini yaratish yoʻllari ham ko‘rib chiqilgan. Maqola amaliy va nazariy jihatlar, shu jumladan maʼlumotlar yigʻish, oldindan ishlov berish, modellashtirish va prognoz qilish bosqichlari haqida toʻliq maʼlumot beradi. Natijalar SI asosida xavflarni boshqarishning samarali yechimlari sifatida qaraladi, bu esa sanoat, transport, sogʻliqni saqlash va boshqa sohalarda xavfsizlik darajasini sezilarli darajada oshirishga xizmat qiladi.
2025-10-15
БАМИЯ ЎСИМЛИГИНИ УНУВЧАНЛИГИ БЎЙИЧА ИЗЛАНИШЛАР
мақолада Республикамиз шароитида бамия ўсимлигидан тола олиш мақсадида етиштириш агротехнолгиясини ўрганиш учун турли мамалакатлардан келтирилган уруғларни экиш услуби ва ривожланиш босқичларининг натижалари келтирилган. Бунда Тошкент вилоятининг типик бўз тупроқлари шароитида бамияпнинг 10 хил навини дала шароитидаги унувчанлиги ўрганилган бўлиб, юқори унувчанлик Испаниянинг “К-299”, Аргентинанинг “К-235” ва Гананинг “К-283” навларида 84,3 % ни ташкил этди.
2025-10-15
ВЛИЯНИЕ ЭМПАГЛИФЛОЗИНА НА СЕРДЕЧНО-СОСУДИСТЫЕ ИСХОДЫ У БОЛЬНЫХ С САХАРНЫМ ДИАБЕТОМ 2 ТИПА
Сердечно-сосудистые заболевания являются основной причиной смертности у пациентов с сахарным диабетом 2 типа. Современные подходы к терапии диабета направлены не только на достижение гликемического контроля, но и на снижение сердечно-сосудистого риска. Эмпаглифлозин, как представитель класса ингибиторов SGLT2, проявил уникальные свойства, выходящие за рамки традиционного сахароснижающего эффекта. Он улучшает показатели гемодинамики, способствует снижению массы тела, артериального давления и обладает выраженным кардиопротективным действием.
Проведённый анализ клинических исследований показал, что применение эмпаглифлозина достоверно уменьшает риск сердечно-сосудистой смертности, инфаркта миокарда и госпитализаций по поводу сердечной недостаточности. Эти данные подтверждают необходимость включения препарата в комплексную терапию пациентов с сахарным диабетом 2 типа, особенно при наличии сердечно-сосудистых осложнений.
2025-10-15
IJTIMOIY GADJETLARDAN FOYDALANISHNING TALABALAR PSIXIKASIGA TA’SIRI,IJTIMOIY QARAMLIK,NOMOFOBIYA (TELEFONSIZ QOLISHDAN QO’RQISH)STATISTIK TAHLIL .
Mazkur maqolada ijtimoiy gadjetlardan foydalanishning inson psixologiyasiga ta’siri masalasi yoritiladi. Bugungi kunda raqamli texnologiyalar, xususan, smartfon va boshqa mobil qurilmalardan keng foydalanish yoshlarning hayot tarziga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, talabalar orasida gadjetlardan haddan tashqari foydalanish diqqat tarqoqligi, uyqu buzilishi, hissiy zo‘riqish hamda ijtimoiy qaramlik kabi muammolarni yuzaga keltirishi mumkin.
2025-10-20
ОҒИР ШАРОИТЛАРДА ТУНАШНИ ТАШКИЛ ЭТИШ ВА ЖОЙ ТАНЛАШ МАСАЛАЛАРИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ
Ушбу илмий мақолада тоғ рельефи шароити ва мураккаб вазиятдан келиб чиққан ҳолда тоғли ва мураккаб шароитларда дам олишни ва тунашни ташкил этиш, жой танлаш. Тоғ ва баландлик ҳудудида дам олиш ва тунаш учун қулай жойларни ташкил этиш ва қуриш. Вақтинчалик ҳамда узоқ вақтга мўлжалланган чодирлар (палаткалар) ни тўғри ўрнатишни таъкидлаб ўтилади.
2025-10-20
FOLKLOR ASARLARIDAGI MIFOLOGIK OBRAZLAR TAHLILI
Mazkur ilmiy maqolada folklorshunoslik fanining onomastika bilan bog‘liqligi, qadimiy insonlarning mifologik tasavvurlari va e’tiqodlari asosida shakllangan mifik obrazlarning nomlari, ularning tasnifi hamda badiiy talqini tahlil qilinadi.
2025-10-20
ZAMONAVIY DUNYODA FALSAFANING AHAMIYATI
Maqolada zamonaviy dunyoda falsafaning o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Tezlik, texnologiya va moddiy natijalar hukmron bo‘lgan sharoitda falsafa eskirgan fan emas, balki insoniyat hayotining murakkab masalalarida yo‘l ko‘rsatuvchi 'hayotiy kompas' sifatida talqin qilinadi. Bilim tushunchasi, uning ilmiy shakli va bilim bilan haqiqat o‘rtasidagi bog‘liqlik falsafiy nuqtai nazardan tahlil etilgan. Shuningdek, falsafaning amaliy jihatlari ham ochib berilib, inson qarorlarida, jamiyat taraqqiyotida va ma’naviy qadriyatlarni anglashdagi ahamiyati ko‘rsatib berilgan.
2025-10-20
SUN’IY INTELLEKT VA ISTE’MOLCHI ISHONCHI: MARKETING STRATEGIYALARI TAHLILI
So‘nggi o‘n yilliklarda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalari marketing sohasida tub o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Ushbu texnologiyalar kompaniyalarga mijozlarni chuqur tahlil qilish, ularni jalb qilish va qaror qabul qilish jarayonini oldindan bashorat qilish imkonini beradi.
2025-10-22
BОLАLАRDА IJTIMОIY QОBILILYАTLАRNI SHАKLLАNTIRISHDА О‘YIN TEXNОLОGIYАLАRINING RОLI
Mаzkur mаqоlаdа bоlаlаrdа ijtimоiy qоbiliyаtlаrni shаkllаntirish jаrаyоnidа о‘yin texnоlоgiyаlаrining pedаgоgik vа psixоlоgik аhаmiyаti yоritilgаn. Ijtimоiy qоbiliyаt shаxsning jаmiyаtdа muvаffаqiyаtli fаоliyаt yuritishi uchun zаrur bо‘lgаn mulоqоt, hаmkоrlik, empаtiyа, mаs’uliyаt vа tоlerаntlik kаbi kоmpetensiyаlаrni qаmrаb оlаdi. Tаdqiqоtdа о‘yin fаоliyаti bоlаning tаbiiy rivоjlаnish ehtiyоji sifаtidа tаhlil qilinib, didаktik, syujetli-rоlli, hаrаkаtli vа innоvаtsiоn о‘yinlаrning ijtimоiy qоbiliyаtlаrni rivоjlаntirishdаgi rоli kо‘rsаtib berilgаn. Shuningdek, о‘yin texnоlоgiyаlаrining psixоlоgik аfzаlliklаri – ijоdiy tаfаkkurni rivоjlаntirish, stressni kаmаytirish, о‘zigа ishоnchni kuchаytirish hаmdа jаmоаdа о‘zini erkin tutish qоbiliyаtini shаkllаntirish kаbi jihаtlаr аlоhidа tа’kidlаngаn. Mаqоlа yаkunidа mаktаbgаchа tа’lim muаssаsаlаri, bоshlаng‘ich tа’lim, оtа-оnа tаrbiyаsi vа psixоlоgik treninglаrdа о‘yin texnоlоgiyаlаridаn sаmаrаli fоydаlаnish bо‘yichа tаvsiyаlаr berilgаn.
2025-10-22
O‘SMIRLIK DAVRIDA DEVIANT XULQNI YUZAGA KELTIRUVCHI IJTIMOIY- PSIXOLOGIK OMILLAR
Ushbu maqolada o‘smirlarda deviant xulq-atvorining ijtimoiy-psixologik omillarini o‘rganishga bag'ishlangan. O‘smirlik davrining psixologik xususiyatlari, deviant xulq-atvor fenomenologiyasi, deviant xulq-atvor turlari ko‘rib chiqiladi. Voyaga etmaganlarning deviant xulq-atvorini shakllantirish omillarini hisobga olishga alohida e'tibor beriladi.
2025-10-22
O‘SPIRIN QIZLARNING OILADAGI ROLLAR VA OTALIK MAQOMI TO‘G‘RISIDAGI TASAVVURLARI
Ushbu maqolada o‘spirin qizlarning oiladagi rollar va otalik maqomi haqidagi tasavvurlari psixologik, ijtimoiy va madaniy jihatdan tahlil qilinadi. Oilada otaning roli va qiz bolaning uni idrok etish xususiyatlari yoshga oid psixik taraqqiyot qonuniyatlari, milliy qadriyatlar hamda gender sotsializatsiya jarayoni asosida izohlanadi.
2025-10-22
КОРРУПЦИЯГА ОИД ЖИНОЯТЛАРДА ЖИНОЯТ СУБЪЕКТИНИНГ ЎЗИГА ХОС ХУСУСИЯТЛАРИ
Мазкур мақолада коррупцияга оид жиноятларда жиноят субъектининг ўзига хос ҳуқуқий ва амалий хусусиятлари илмий таҳлил этилган. Муаллиф жиноят субъекти тушунчасини тўғри аниқлаш коррупцияга қарши кураш самарадорлигини оширишда муҳим ўрин тутишини таъкидлайди. Мақолада Ўзбекистон Республикаси жиноят қонунчилигидаги «мансабдор шахс» тушунчаси халқаро меъёрлар билан таққосланиб, БМТ ва Европа Кенгашининг коррупцияга қарши конвенцияларидаги таърифлар билан солиштирилган. Шунингдек, АҚШ, Буюк Британия, Финляндия, Япония ва Корея Республикаси қонунларидаги коррупцион жиноятлар субъектига оид нормалар таҳлил этилган. Муаллиф миллий қонунчиликни такомиллаштириш учун давлат иштирокидаги ташкилотлар ва жамоат функцияларини бажарувчи шахсларни мансабдор шахс сифатида қамраб олиш таклифини илгари суради. Шу билан бирга, хусусий сектордаги коррупция ҳолатларини алоҳида ҳуқуқий йўл билан тартибга солиш зарурлиги таъкидланади. Хулоса сифатида, мансабдор шахс тушунчасининг аниқ, кенг ва функционал белгилар асосида белгиланиши коррупцияга қарши курашнинг ҳуқуқий механизмларини мустаҳкамлайди ва давлат бошқаруви тизимининг шаффофлигини оширади, деган хулосага келинган
2025-10-22
NODAVLAT XUSUSIY SHERIKCHILIKDAGI MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTINI BOSHQARISH VA MUVOFIQLASHTIRISH
Maktabgacha ta'lim bolalarning hayotidagi muhim bosqichlardan biri hisoblanadi. Oʻzbekistonda davlat-xususiy sheriklik (DXSh)dagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari bolalarning erta yoshdagi rivojlanishiga yordam beradigan asosiy tarmoqlardan biri hisoblanadi. Ushbu maqola davlat xususiy sheriklikdagi maktabgacha ta'lim tashkilotlarining ta'limiy faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarishning muhim jihatlarini yoritib beradi.
2025-10-22
O‘ZBEK TILI FONETIK TIZIMI VA UNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Ushbu maqolada o‘zbek tili fonetik tizimi, uning o‘ziga xos xususiyatlari va zamonaviy fonetik tadqiqot yo‘nalishlari keng yoritilgan. O‘zbek tilidagi unli va undosh tovushlarning tizimi, ularning o‘zaro fonetik jarayonlardagi ishtiroki, shuningdek, urg‘u, intonatsiya va fonetik me’yorlarning ahamiyati tahlil qilingan. Maqolada eksperimental fonetika yondashuvi orqali tovushlarning fizik va akustik xususiyatlarini o‘rganish imkoniyatlari yoritilib, ovozli texnologiyalar — nutqni tanish, sintezlash va avtomatik tarjima tizimlarida o‘zbek tili fonetikasining o‘rni haqida ham fikr yuritilgan. Tadqiqotda zamonaviy fonetik tahlil uslublari, texnologik yondashuvlar va ularning ta’lim jarayonidagi qo‘llanishi alohida e’tiborga olingan.
2025-10-22
O‘QITUVCHILARDA KASBIY SO‘NISH JARAYONINING SHAKILLANISHIGA STRESSNI TA’SIRI
Mazkur maqolada o‘qituvchilarda kasbiy so‘nish (burnout) jarayonining shakllanishiga stress omillarining ta’siri psixologik jihatdan tahlil etilgan. Tadqiqotda o‘qituvchilarning kasbiy faoliyati davomida duch keladigan emotsional, ijtimoiy va tashkiliy stress manbalari hamda ularning shaxsiy motivatsiya, ish samaradorligi va psixologik holatiga ko‘rsatadigan salbiy oqibatlari yoritilgan. Maqolada kasbiy so‘nishning bosqichlari — emotsional charchoq, shaxsiy yutuqlardan qoniqmaslik va depersonalizatsiya holatlari bilan bog‘liq nazariy yondashuvlar tahlil qilingan. Shuningdek, stressni boshqarish va kasbiy so‘nishni oldini olishda psixologik treninglar, ijobiy motivatsiyani shakllantirish, mehnat sharoitlarini optimallashtirish kabi amaliy tavsiyalar berilgan. Tadqiqot natijalari o‘qituvchilar ruhiy salomatligini mustahkamlash va ularning kasbiy barqarorligini ta’minlashga qaratilgan psixologik profilaktika dasturlarini ishlab chiqishda amaliy ahamiyat kasb etadi.
2025-10-22
RAQAMLI TA’LIMDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI
ushbu maqolada raqamli ta’limda interfaol metodlardan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Interfaol metodlar ta’lim jarayonini yanada samarali, qiziqarli va talaba markazida tashkil etishda muhim rol o‘ynaydi. Raqamli vositalar yordamida o‘quv jarayonida o‘zaro aloqani oshirish, individual yondashuvni ta’minlash va bilimlarni mustahkamlash imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.
2025-10-24
BOLALARDA SPORTCHI QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISH UCHUN DASTLABKI QADAMLAR
Ushbu maqolada maktabgacha va boshlang‘ich yoshdagi bolalarda sportchi qobiliyatlarini shakllantirish jarayoni, uning bosqichlari, pedagogik va psixologik omillari tahlil etilgan. Shuningdek, sog‘lom turmush tarzi, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining ahamiyati, o‘yin texnologiyalarining roli va ota-onalar hamda tarbiyachilarning hamkorlikdagi faoliyati yoritilgan.
2025-10-24
DEFI VA SMART-KONTRAKTLARNING HUQUQIY TARTIBGA SOLINISHI MASALALARI
Ushbu tezisda DeFi (Decentralized Finance) tizimi va smart-kontraktlarning huquqiy tartibga solinishi masalalari yoritilgan. Asarda markazlashmagan moliyaviy tizimlarning mohiyati, ularning afzalliklari va amaliy qo‘llanilishdagi huquqiy muammolar tahlil qilinadi. Smart-kontraktlarning huquqiy tabiati, ularning an’anaviy shartnomalardan farqi hamda xalqaro tajribadagi yondashuvlar ko‘rib chiqilgan.
2025-10-24
QORAQALPOQ SAHNA SAN’ATIDA XALQ QAHRAMONLARI VA TARIXIY SHAXSLAR OBRAZI
Ushbu maqolada Qoraqalpoq xalqining sahna san’ati, xususan teatr san’atining milliy o‘zlik, tarixiy xotira va vatanparvarlik ruhini shakllantirishdagi o‘rni yoritilgan. Maqolada xalq qahramonlari va tarixiy shaxslar obrazining sahnaga olib chiqilishi orqali yosh avlod tarbiyasi, milliy qadriyatlar targ‘iboti va madaniy merosning asrashiga xizmat qilishi alohida ta’kidlanadi. Shuningdek, Berdax kabi ma’rifatparvarlar, Qonyrat xonligi tarixiy voqealari, dostoniy obrazlar («Qoblandi batir», «Alpamis», «Qiriq qiz») hamda zamonaviy qahramonlar — shifokorlar, o‘qituvchilar, ekologlar obrazining teatr orqali ifodalanishi keng tahlil qilingan. Maqola Qoraqalpoq teatr san’atining ijtimoiy-tarbiyaviy ahamiyatini ochib beradi va bu yo‘nalishdagi rivojlanish istiqbollarini ko‘rsatadi.
2025-10-24
СРАВНИТЕЛЬНЫЙ АНАЛИЗ ПРОЦЕССУАЛЬНОЙ СПРАВЕДЛИВОСТИ И ПРОЦЕССУАЛЬНОЙ ЗАКОННОСТИ В ГРАЖДАНСКОМ И ЭКОНОМИЧЕСКОМ ПРОЦЕССЕ
В данной статье проводится сравнительный анализ категорий процессуальной справедливости и процессуальной законности в гражданском и экономическом судопроизводстве. Исследование основано на нормах законодательства Республики Узбекистан, а также опыте зарубежных государств — Германии, Франции и США. Автор раскрывает сущность указанных категорий, их взаимосвязь и различие, определяет степень влияния процессуальной справедливости и процессуальной законности на эффективность судебной защиты прав и законных интересов участников процесса. Особое внимание уделено анализу судебной практики, выявлению противоречий между формальной законностью и реальной справедливостью, а также поиску путей их гармонизации в условиях судебно-правовых реформ Узбекистана. Сравнение с зарубежными правовыми системами показывает, что устойчивое правосудие требует синтеза этих двух принципов: законность формирует правовую основу судопроизводства, а справедливость придаёт ему морально-нравственное содержание. Сделан вывод о необходимости совершенствования процессуальных норм с учётом принципа справедливости и единообразного применения судебных стандартов.
2025-10-24
THE EVOLUTION OF ENGLISH VOCABULARY IN MIDDLE ENGLISH TEXTS
This article examines the evolution of English vocabulary during the Middle English period (1150–1500), a time of significant linguistic transformation influenced by historical and social changes. The study explores how contact with Norman French and Latin enriched the English lexicon and how internal developments, such as morphological simplification and dialectal variation, contributed to the shaping of a more flexible and standardized language. Through an analysis of selected Middle English texts, the article highlights the processes of borrowing, semantic change, and word formation that marked the transition from Old to Modern English. The findings demonstrate that vocabulary development during this period was not only a reflection of linguistic adaptation but also a key factor in the cultural and intellectual evolution of medieval England.
2025-10-24
INSTRUCTOR PROFESSIONAL DEVELOPMENT PATHWAYS FOR AI ENHANCED EFL TEACHING
This article develops a comprehensive account of professional development pathways that enable English as a Foreign Language (EFL) instructors in higher education to integrate artificial intelligence (AI) responsibly and effectively into curriculum, assessment, and day-to-day pedagogy. Moving beyond one-off tool trainings, it proposes a multi-layered pathway architecture comprising baseline AI literacy, pedagogy-first application design, classroom orchestration, evidence-seeking evaluation, governance and ethics, and continuous improvement via communities of practice.
2025-10-24
TA’LIM JARAYONIDA O‘QUVCHI SHAXSNI O‘RGANISH MUAMMOLARI
Ushbu maqolada ta’lim jarayonida o‘quvchi shaxsini o‘rganishning dolzarbligi, nazariy va amaliy asoslari hamda mavjud muammolari yoritilgan. Muallif o‘quvchining individual xususiyatlarini o‘rganishda pedagogik diagnostika, psixologik tahlil, suhbat, test va kuzatuv usullarining ahamiyatini tahlil qilgan. Shuningdek, o‘qituvchi, psixolog va ota-onalar o‘rtasidagi hamkorlikning ta’lim samaradorligiga ta’siri ko‘rsatib berilgan. Maqolada o‘quvchi shaxsini o‘rganishdagi asosiy muammolar, ularni bartaraf etish yo‘llari va zamonaviy yondashuvlar asosida yechim takliflari bayon etilgan.
2025-10-24
MAKTABDA MATEMATIKA DARSLARINI SAMARALI TASHKIL ETISHNING ZAMONAVIY METODLARI
Ushbu maqolada 5-sinf matematika darslarini samarali tashkil etishning zamonaviy metodlari tahlil qilinadi. O‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirish, mustaqil ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish hamda raqamli texnologiyalarni dars jarayoniga integratsiya qilish masalalari yoritilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, interfaol va vizual metodlardan foydalanish o‘quvchilarning matematika faniga qiziqishini oshiradi va o‘zlashtirish darajasini yaxshilaydi.
2025-10-24
TRANSPORT SOHASIDA YUZAGA KELGAN MUAMOLARNING EKOLOGIYAGA TASIRI (avtomobil transporti)
Maqolada avtomobil transportida yuzaga kelgan muamolarning ekologiyaga ta'siri, hamda yo 'l-transport tizimining samaradorligi va xavfsizligini hisobga olgan holda atrof muhitga salbiy ta'sirini kamaytirish masalasi ko'rib chiqildi. Yo'l-transport tizimlarini tashkil etishda va transport harakati xavfsizligini ta 'minlash bo 'yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda atrof-muhitga salbiy ta 'sirni kamaytirishning mavjud muammolari va usullari tahlil qilindi.
2025-10-28
KEKSALAR ORASIDA PAST IJTIMOIY FAOLLIK VA STOMATOLOGIK SOG‘LIG‘I HAQIDAGI MULOHAZALAR TAHLILI
Ushbu maqolada Keksa va qariyalar orasida stomatologik kasalliklarning tarqalishi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarning qisqa tahlili, stomatologik kasalliklarning ortib borishi bir qancha omillar haqida ma`lumotlar berilgan.
2025-10-28
XONLIKLAR DAVRIDA YER EGALIGI TURLARI
Mazkur maqolada O‘rta Osiyo xonliklari davrida yer egaligining shakllanishi, uning turlari, huquqiy asoslari hamda iqtisodiy va ijtimoiy hayotdagi o‘rni tahlil qilingan. Yer egaligi tizimi feodal munosabatlarning asosini tashkil etgan bo‘lib, mamlakatning siyosiy tuzilmasi, davlat boshqaruvi va ishlab chiqarish munosabatlariga bevosita ta’sir ko‘rsatgan. Maqolada davlat yerlari (amlok), xususiy (mulk), vaqf, tanho hamda suyurg‘ol yer egaliklari tizimi tarixiy manbalar asosida keng yoritilib, ularning ijtimoiy tabaqalanish va siyosiy hokimiyat bilan bog‘liqligi tahlil qilinadi.
2025-10-28
IMPORTANCE OF INTERNATIONAL FINANCIAL INSTITUTIONS IN THE ECONOMY
This thesis explores the reasons for formation for International Financial institutions and their current role in the modern economy focusing more on their impact on Uzbekistan's development.
2025-10-28
OPPORTUNITIES AND CHALLENGES OF ALTERNATIVE CURRENCIES: A CASE STUDY OF UZBEKISTAN
The rapid development of financial technologies has transformed the way economies transact, invest, and store value. Alternative currencies—including cryptocurrencies, central bank digital currencies (CBDCs), and local complementary currencies—have emerged as both an opportunity and a challenge for nations worldwide. For Uzbekistan, a country in transition with ambitious goals for digital transformation, the potential of alternative currencies is significant. This thesis examines the role of alternative currencies in Uzbekistan’s economy, focusing on opportunities in financial inclusion, remittances, and economic modernization, as well as the risks posed by volatility, regulation, and technological readiness. The study draws on secondary data from the World Bank, IMF, Central Bank of Uzbekistan, and other academic and policy sources. Findings suggest that while alternative currencies offer significant benefits, particularly in remittance flows and access to finance, careful regulatory design and infrastructure investment are essential for sustainable adoption.
2025-10-29
THE ROLE OF THE INTERNATIONAL MONETARY FUND (IMF) IN THE GLOBAL ECONOMY AND UZBEKISTAN’S ECONOMIC DEVELOPMENT
The International Monetary Fund (IMF) has played a central part in shaping the modern global economy since its creation in 1944. Its main goal has always been to keep international finance stable and to help countries deal with economic problems. This paper explains the IMF’s main aims and responsibilities, especially how it supports developing economies such as Uzbekistan. It also looks at how IMF programs have guided Uzbekistan’s financial reforms, currency liberalization, and gradual move toward an open market econom.
2025-10-29
XIX АСР ОХИРИ XX АСР БОШЛАРИДА БУХОРО АМИРЛИГИДА ИЛМИЙ – АДАБИЙ МУҲИТНИНГ АКС ЭТИЛИШИ
Мақолада XIX аср охири XX аср бошларида Бухоро амирлиги илмий адабий муҳитининг ўрганилиш масаласида амалга оширилган илмий адабий муҳит доирасидаги маълумотлар ўрганилди. Бу даврда мамлакатда маънавият ўзига хос юксак бўлиб, халқнинг бағрикенглиги мусаффо табиати маданияти ва маънавиятида ўз аксини топганлиги тизимлаштирилди ва комплекс равишда тадқиқ этилиб, тавсиялар ишлаб чиқилди.
2025-10-29
ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР ПРОФИЛАКТИКАСИДА ИЖТИМОИЙ РЕАБИЛИТАЦИЯ ҚИЛИШ ВА ИЖТИМОИЙ МОСЛАШТИРИШ ТУШУНЧАСИ ВА МАЗМУН МОҲИЯТИ БОРАСИДА ИЛМИЙ НАЗАРИЙ ТАҲЛИЛ
Ушбу мақола ҳуқуқбузарликлар профилактикасида ижтимоий реабилитация ва мослаштириш тушунчаларининг илмий назарий моҳиятини чуқур таҳлил этади. Халқаро олимларнинг тадқиқотларига таяниб, реабилитациянинг моҳияти ҳуқуқбузарларнинг ижтимоий нормаларга мослашиши, мослаштириш эса динамик адаптация жараёни сифатида кўриб чиқилади. Назарий моделлар (ижтимоий назорат, RNR, Good Lives) орқали рецидивни 20-60% га камайтириш потенциали исботланади. Замонавий технологиялар (AI, виртуал реаллик, нейробиология) билан бирлаштирилган ушбу жараёнлар профилактиканинг универсал парадигмасини шакллантиради.
2025-10-29
ПРОФИЛАКТИКА ИНСПЕКТОРИНИН ҲОТИН-ҚИЗЛАР ФАОЛИ БИЛАН ҲАМКОРЛИГИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ
Ушбу мақола профилактика инспекторининг хотин-қизлар фаоли билан ҳамкорлигини такомиллаштиришни илмий таҳлил этади. Ўзбекистон қонунчилиги (ЗРУ-561, УП-5325) ва халқаро тажрибага таяниб, гендер зўрликни 30-50% га камайтириш потенциали исботланади. Ахборот алмашиш, тренинглар ва рақамли тизимлар орқали ҳамкорликнинг камчиликлари ва тақомиллаштириш йўналишлари чуқур ёритилган. Маҳаллий мисоллар (Фарғона, Самарқанд) билан ҳамкорликнинг KPI ва иқтисодий фойдаси баҳоланади.
2025-10-29
ВОЗМОЖНОЕ ПРИМЕНЕНИЕ 3-D ПРИНТЕРОВ ДЛЯ СОЗДАНИЕ ДЕТАЛЕЙ БПЛА.
В данной статье проводиться исследование о возможности применения 3-D принтеров для БПЛА.
2025-10-29
ТЕХНИЗАЦИЯ ВОЕННОЙ ПОДГОТОВКИ ЭЛЕКТРОННЫМИ СРЕДСТВАМИ ОБУЧЕНИЯ
В статье рассматриваются основные проблемы и пути решения технизации учебно-воспитательного процесса подготовки военных специалистов на базе государственных образовательных учреждениях высшего образования за счет внедрения электронных средств обучения.
2025-10-29
ОСОБЕННОСТИ СБОРКИ ДРОНОВ
В данной статье рассмотрены вопросы финансовой и юридической состаляющих возможности самостоятельной сборки дронов.
2025-10-29
ZULFIYA SHE’RIYATIDA VATANGA MUHABBAT VA SADOQAT G‘OYALARI
Mazkur ilmiy maqola o‘zbek xalq shoiri Zulfiya Isroilovaning ijodida Vatanga muhabbat va sadoqat g‘oyalarining badiiy talqiniga bag‘ishlangan. Tadqiqotda shoiraning “O‘zbekistonim”, “Yuragimda quyosh”, “Men seni sevaman, hayot”, “Bahor” kabi she’rlarida ifodalangan milliy g‘urur, ona yurtga muhabbat, insoniy sadoqat va vatanparvarlik tuyg‘ularining poetik ifodasi tahlil qilinadi. Zulfiya ijodida Vatan timsoli — bu faqat geografik makon emas, balki ruhiy manzil, inson yuragining o‘zi sifatida talqin etiladi. Shoira o‘z she’rlari orqali xalq qalbining uyg‘onishini, millatning o‘zligini anglash jarayonini ifoda etadi. Tadqiqotda adabiy tahlil, komparativ va hermenevtik metodlar qo‘llanib, Zulfiya poetikasida Vatanga muhabbat g‘oyasining milliy-estetik va falsafiy mazmuni ochib beriladi. Asarlar tahlili orqali shoiraning ayol nigohidan keltirilgan vatanparvarlik ruhining o‘ziga xosligi ilmiy asosda ko‘rsatiladi. Zulfiya Isroilovaning Vatan haqidagi she’rlari o‘zbek adabiyotida ayol lirikasining milliy ruh bilan uyg‘unlashgan eng yuksak namunalaridan biri sifatida baholanadi.
2025-10-29
ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ИССЛЕДОВАНИЯ ПРЕЦЕДЕНТНЫХ ИМЁН
В статье рассматриваются теоретические основы понятия «прецедентное имя» в современном языкознании. Анализируются подходы различных исследователей к определению данного феномена, его типология, функции и роль в формировании культурной памяти и языкового сознания. Особое внимание уделяется межкультурным аспектам функционирования прецедентных имён в различных лингвокультурах.
2025-10-29
DIGITAL TRANSFORMATION AND ECONOMIC EFFICIENCY OF MANAGEMENT SERVICE COMPANIES
Management service companies (MSCs)—firms that operate and maintain multi-apartment buildings, commercial facilities, and urban services—are undergoing rapid digital transformation.
2025-10-29
КУЛЬТУРА РЕЧИ В ЭПОХУ МЕССЕНДЖЕРОВ И БЛОГОВ.
В данной статье исследуется область интернет-лингвистики. С появлением нового пространства для общения начинается возникновение новых форм употребления и использования письменного языка, которые очень быстро видоизменяются. Из-за быстрых темпов развития и накопления информации на просторах Сети филологи, занимающиеся исследованием интернет-коммуникации, не успевают все изучить и зафиксировать, поэтому большое количество словоформ этого подраздела лингвистики являются малоизученными.
2025-10-29
TRACES OF ANGLO-SAXON LITERARY TRADITION IN MIDDLE ENGLISH LITERATURE
The continuity of Anglo-Saxon literary traditions in Middle English literature is examined in this article, with particular attention paid to thematic, linguistic, and stylistic characteristics that remained prevalent following the Norman Conquest in 1066. Many aspects of Anglo-Saxon culture, including Christian symbolism, alliteration, moral education, and heroism, persisted in English writing despite the influence of Norman French and Latin. The study shows how Middle English writers modified early English principles to fit new social and theological circumstances by analyzing classic works like Sir Gawain and the Green Knight, Piers Plowman, and Beowulf. The study comes to the conclusion that Anglo-Saxon principles were not only passed down but also polished into a combination of indigenous and continental traditions in Middle English literature.
2025-10-29
EVOLUTION OF MACHINE TRANSLATION SYSTEMS
This article examines the evolutionary trajectory of machine translation systems from their inception to contemporary neural approaches. This evolution reflects broader trends in artificial intelligence and natural language processing, highlighting the interdisciplinary nature of machine translation development.
2025-10-29
THE TRANSLATION PROBLEMS OF IDIOMS IN FAIRY TALES
Translation of phraseological units is an important problem in modern translation. Many excellent scholars consider phraseological units as lexical combinations whose meaning is determined by the entire utterance. The greatest distinguishing attribute of a phraseological unit is its emotional expressiveness and conciseness in idea expression. Phraseological units frequently function in a newspaper-style format. The capacity to locate an equivalent during translation is crucial for translators. To translate a phraseological unit, the translator should consult phraseological dictionaries, and context is vital throughout the translation process. Finally, phraseological units reflect a particular nation's culture and attitude. Fairy tales, cherished narratives that traverse cultures and generations, are not immune to the complexities of translation. Idiomatic expressions, with their deeply embedded cultural nuances and local flavour, pose significant challenges to translators. This article explores the intricate web of translation problems encountered in rendering idioms from fairy tales into different languages.
2025-10-29
NOSINUSOIDAL REJIMDA TRANSFORMATORDAGI ELEKTR ENERGIYA YO‘QOLISHINI BAHOLASH
Ushbu maqolada past kuchlanishli elektr tarmoqlarida elektr energiyasining yo‘qotilish sabablari, ayniqsa, nosinusoidal rejim sharoitida transformatorlarda yuzaga keladigan qo‘shimcha quvvat yo‘qotishlari tahlil qilingan. Elektr energiyasi sifat ko‘rsatkichlarining — kuchlanishning nosinusoidalligi, nosimmetriyasi va yuqori garmonik tashkil etuvchilarining — transformatorlardagi texnik yo‘qotishlarga ta’siri o‘rganilgan. Amaliy tajribalar natijasida TM160-10/0,4 rusumli transformatorlarda kuchlanishning garmonik tashkil etuvchilari qiymatlari aniqlanib, ularning energiya yo‘qotishlariga ta’siri grafik tarzda ifodalangan. Tadqiqot natijalari elektr tarmoqlarining samaradorligini oshirish, energiya sifatini yaxshilash va yo‘qotishlarni kamaytirish bo‘yicha texnik tavsiyalar ishlab chiqish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
2025-10-29
RESEARCH ON THE MINERALOGICAL COMPOSITION OF DOLOMITE ROCK
This article presents the initial data on the mineralogical study of dolomite rock, and is written to reveal the integral relationship of this rock with the cement binder in concrete, its effect on the strength of concrete, and all other properties.
2025-10-29
ФОТОННАЯ ТЕХНОЛОГИЯ В ВОЛОКОННО-ОПТИЧЕСКИХ ТРАНСПОРТНЫХ СЕТЯХ СВЯЗИ
В статье рассматривается переход от традиционных волоконно-оптических сетей к полностью фотонным сетям (All-Photonic Network, APN) как ответ на экспоненциальный рост трафика данных. Анализируется архитектура открытой фотонной сети (Open APN), её ключевые компоненты, такие как трансиверы, шлюзы, узлы обмена и контроллер. Освещаются прорывные технологии, лежащие в основе этой трансформации: программируемые фотонные интегральные схемы (PICs), мультиплексирование с пространственным разделением каналов (SDM) для преодоления предела пропускной способности волокна, и ко-пакетированная оптика (CPO) для решения проблемы «бутылочного горлышка» ввода-вывода в вычислительных системах. Также обсуждаются экономические и технологические вызовы на пути внедрения фотонных сетей и их потенциал для создания новых бизнес-моделей и прорывных приложений, включая оптические нейронные сети.
2025-10-30
POLIMERLAR VA POLIMER KOMPOZITSION MATERIALLARNING KUNDALIK HAYOT VA SANOATDAGI AHAMIYATI
Ushbu maqolada polimerlar va polimer kompozitsion materiallarning kundalik hayot hamda sanoatdagi ahamiyati yoritilgan. Polimerlarning turlari, ularning fizik-kimyoviy xossalari, polimer matritsa va to‘ldiruvchi materiallarning vazifasi haqida ma’lumot berilgan. Shuningdek, polimer kompozitsion materiallarning afzalliklari, kamchiliklari va ularning aviatsiya, avtomobilsozlik, qurilish, tibbiyot va boshqa sohalardagi qo‘llanilishi tahlil qilingan. Maqola polimer sanoatining rivojlanishi va uning iqtisodiy hamda texnologik ahamiyatini ko‘rsatadi.
2025-10-30
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ЖИНОЯТ КОДЕКСИ МАХСУС ҚИСМИНИНГ ТУЗИЛИШИ: ҲОЗИРГИ ҲОЛАТИ ВА ИСТИҚБОЛЛАРИ
Жиноят қонунчилигини тизимлаштириш тенденциялари ва истиқболларини аниқлаш мақсадида Ўзбекистон Республикаси Жиноят кодекси Махсус қисмининг тузилиши таҳлил қилинган. Тарихий тажриба, мавжуд сиёсий, иқтисодий ва ижтимоий шароитлар, халқаро-ҳуқуқий келишувлар, криминологик асослар, қонунчилик техникасининг замонавий ютуқлари ҳамда назарий тадқиқотларни ҳисобга олган ҳолда жиноят қонунчилигини тизимлаштиришнинг ягона концепциясини ишлаб чиқиш зарурати асослаб берилган.
2025-10-30
IMPORTANCE OF INTERNATIONAL FINANCIAL INSTITUTIONS IN THE ECONOMY
This thesis explores the reasons for formation for International Financial institutions and their current role in the modern economy focusing more on their impact on Uzbekistan's development.
2025-10-30
GLAUKONIT VA FAOLLASHTIRILGAN KO‘MIR ASOSIDAGI ADSORBENTLARDAN FOYDALANIB SUVNI TOZALOVCHI FILTRLAR ISHLAB CHIQARISH
Mazkur maqolada glaukonit va faollashtirilgan ko‘mir asosida ishlab chiqilgan kompozit adsorbentlardan foydalanib suvni og‘ir metall ionlari, organik ifloslantiruvchilar va rang beruvchi moddalar kabi zararli komponentlardan tozalash texnologiyasi o‘rganildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, tabiiy minerallar va karbon asosli materiallar kombinatsiyasi yuqori adsorbsiya sig‘imi, mexanik barqarorlik va regeneratsiya imkoniyatiga ega bo‘lgan samarali filtr materiallarini yaratish imkonini beradi.
2025-10-30
SO‘Z BIRIKMALARI VA IBORALARNING NUTQDAGI FUNKSIONAL ROLI
Ushbu maqolada so‘z birikmalari va iboralarning nutqdagi funksional ahamiyati, ularning til tizimidagi o‘rni hamda fikrni ifodalashdagi vositachilik roli yoritilgan. Maqolada til birliklarining ma’no va shakl jihatidan o‘zaro farqlanishi, shuningdek, ularning nutqdagi obrazlilik, aniqlik va ta’sirchanlikni ta’minlovchi xususiyatlari tahlil qilinadi. So‘z birikmalari fikrning grammatik qurilishi va sintaktik izchilligini ta’minlasa, iboralar mazmunni emotsional, obrazli tarzda ifodalash vositasi sifatida ko‘rib chiqiladi. Shu orqali tilda shakl va ma’no uyg‘unligining nutq madaniyatini rivojlantirishdagi roli asoslanadi.
2025-10-31
ТОРГОВЛЯ ВЛИЯНИЕМ КАК ФОРМА КОРРУПЦИОННОЙ ПРЕСТУПНОСТИ
В статье рассматривается опыт по привлечению к уголовной ответственности за получение взяток с использованием авторитета как вид коррупции. Проанализированы международно-правовые основы определения ответственности за получение взятки с использованием престижа, предусмотренные статьей 18 Конвенции ООН против коррупции, принятой в 2003 году. Обоснована необходимость совершенствования национального законодательства с учетом международных стандартов и передового опыта в этой области.
2025-10-31
EKOLOGIK TOZA SUV-DISPERSLI LAK-BO‘YOQ KOMPOZITSIYALARINING SINTEZI VA XOSSALARI
Mazkur maqolada ekologik toza suv-dispersli lak-bo‘yoq kompozitsiyalarining sintezi, modifikatsiyalash usullari va ularning asosiy fizik, kimyoviy hamda ekologik xossalari tahlil qilindi. Suvni tashuvchi muhit sifatida qo‘llash orqali an’anaviy solventli bo‘yoqlardagi uchuvchi organik birikmalar (VOC) miqdorini kamaytirish imkoniyati ilmiy asosda ko‘rsatildi. Akril, poliuretan, alkid va epoksi asosli suv-dispersli polimer tizimlarining sintez prinsiplari, koalesentsiya jarayonidagi xususiyatlar hamda nano-modifikatsiyalar yordamida qoplamaning mustahkamligi va chidamliligi oshirilish yo‘llari yoritildi. Tadqiqot natijalari suv-dispersli lak-bo‘yoq kompozitsiyalarining ekologik xavfsizlik, texnologik qulaylik va iqtisodiy samaradorlikni birlashtirgan “yashil kimyo” mahsulotlari sifatida muhim amaliy ahamiyatga ega ekanligini tasdiqlaydi.
2025-10-31
SO‘Z BIRIKMALARI VA IBORALARNING NUTQDAGI FUNKSIONAL ROLI
Ushbu maqolada so‘z birikmalari va iboralarning nutqdagi funksional ahamiyati, ularning til tizimidagi o‘rni hamda fikrni ifodalashdagi vositachilik roli yoritilgan. Maqolada til birliklarining ma’no va shakl jihatidan o‘zaro farqlanishi, shuningdek, ularning nutqdagi obrazlilik, aniqlik va ta’sirchanlikni ta’minlovchi xususiyatlari tahlil qilinadi. So‘z birikmalari fikrning grammatik qurilishi va sintaktik izchilligini ta’minlasa, iboralar mazmunni emotsional, obrazli tarzda ifodalash vositasi sifatida ko‘rib chiqiladi. Shu orqali tilda shakl va ma’no uyg‘unligining nutq madaniyatini rivojlantirishdagi roli asoslanadi.
2025-10-31
HUQUQIY SАVОDХОNLIKNI ОSHIRISHDА MАKTАB VА ОLIY TА’LIM MUАSSАSАLАRINING HАMKОRLIGI
Mаzkur mаqоlаdа huquqiy sаvоdхоnlik tushunchаsining mоhiyаti, uni оshirishdа mаktаb vа оliy tа’lim muаssаsаlаrining о‘zаrо hаmkоrlik meхаnizmlаri, huquqiy tаrbiyаdа zаmоnаviy pedаgоgik yоndаshuvlаr vа interаktiv metоdlаrning аhаmiyаti tаhlil qilinаdi. Shuningdek, О‘zbekistоn Respublikаsi tа’lim tizimidа аmаlgа оshirilаyоtgаn huquqiy islоhоtlаr, yоshlаr оrаsidа huquqiy оng vа mаdаniyаtni rivоjlаntirish bоrаsidаgi tаjribаlаr hаm yоritilgаn.
2025-10-31
MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEKISTON SANOATINING RIVOJLANISH TARIXI
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishganidan keyingi davrda sanoat tarmog‘ining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari hamda iqtisodiy islohotlarning ta’siri keng yoritilgan. Maqolada 1991–2025-yillar oralig‘ida mamlakat sanoat siyosatida amalga oshirilgan muhim islohotlar, yangi korxonalar barpo etilishi, ishlab chiqarishning modernizatsiya qilinishi va eksport salohiyatining oshirilishi haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, sanoatning milliy iqtisodiyotdagi o‘rni, xorijiy investitsiyalar va innovatsion texnologiyalarning kiritilishi natijasida erishilgan yutuqlar ham tahlil etilgan.
2025-10-31
