"Yangi O'zbekiston ilmiy tadqiqotlar jurnali" - это рецензируемый международный журнал с открытым доступом, в котором публикуются оригинальные исследования и обзорные статьи, относящиеся к различным областям. Основная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для международных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований в прикладных науках. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках и пройти тщательную рецензию.
Опубликован: 2025-01-29
Статьи
EKOTURIZM ORQALI TABIIY RESURSLARDAN BARQAROR FOYDALANISH
Bu maqola ekoturizmning tabiiy resurslardan barqaror foydalanish bo‘yicha muhim tushunchalarni va amaliyotlarni yoritadi.Bu maqola ekoturizmning tabiatni saqlashdagi roli va barqaror resurslardan foydalanishni ta’minlash uchun qanday yondashuvlar mavjudligini ko‘rsatib beradi.
2025-01-29
TO’QIMACHILIK ATAMALARINING LEKSIK XUSUSIYATLARI INGLIZ VA O’ZBEK TILIDAGI MISOLLAR
Ushbu maqolada ingliz va o’zbek tillaridagi to’qimachilik atamalarining leksik xususiyatlari tahlil qilingan. To’qimachilik sohasi xalqaro miqiyosda keng qo’llaniladigan terminologiyaga ega bo’lib,har ikki tildagi atamalar kelib chiqishi, semantik tuzilishi va qo’llanilish xususiyatlari bo’yicha o’xshashlik va farqlarga ega. Maqolada to’qimachilik mahsulotlarining nomlari, matolar turlari,ishlov berish texnologiyalari,naqsh va teksturalar bo’yicha atamalar solishtirib,ularning leksik semantic tahlili keltirilgan.Shuningdek,maqolada ingliz va o’zbek tillarida mato nomlarining sinonimiya va omonimiya hodisalari tahlil qilingan.
2025-01-30
GLOBAL MUAMMOLARNI O‘RGANISHDA INNOVATSION YONDASHUV: GMS METODIKASI BO‘YICHA AMALIY TAJRIBA
Mazkur maqola “Iqlim va inson huquqlari: BMT sessiyasi” mavzusi misolida Global muzokaralar simulyatsiyasi (GMS) metodining ta’limdagi amaliy qo‘llanilishiga bag‘ishlangan. GMS metodining maqsadi o‘quvchilarda global muammolar va inson huquqlari bilan bog‘liq muammolarni anglash, muzokara olib borish ko‘nikmalarini shakllantirish, shuningdek, tahliliy va tanqidiy fikrlashni rivojlantirishdan iboratdir. Ushbu maqola metodik yondashuvlarni yoritish bilan birga, metodning O‘zbekiston ta’lim tizimida qo‘llanilish imkoniyatlari va afzalliklarini tahlil qiladi.
2025-01-30
MAKTUBLARDA SHOIR IJODIY VA INSONIY DUNYOSINING AKSI
Ijodkor shaxsiyati, ijodiy duyosining to‘laqonli ochib berilishida adibning epistolyar janr namunalari hisoblanmish maktublari G‘.G‘ulomshunoslar uchun ham, qolaversa adabiy jamoatchilik uchun qimmatli manba bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz. Jamiyatning har sohasi bilan hamfikr, hamnafas yashashida shoirning tayanchi va ijodiy faoliyatining ajralmas ilhom manbai bu maktublar va o‘zaro yozishmalar bo‘lgan. Maqolada ijodkorning turli shaxslar bilan yozishmalari adabiy-estetik qarashlarining o‘ziga xos ko‘rinishi sifatida tahlil qilingan.
2025-01-30
BOSHLANG'ICH SINFLARDA ONA TILI VA O`QISH SAVODXONLIGI DARSLARINI OLIB BORISHNING ZAMONAVIY KO`RINISHLARI
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinflarda ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini zamonaviy metodlar orqali olib borishning ahamiyati tahlil qilingan. Innovatsion pedagogik texnologiyalar, interfaol usullar va elektron ta’lim yondashuvlari yordamida o‘quvchilarning savodxonlik darajasini oshirish mumkinligi ko‘rsatib berilgan.
2025-01-30
RESPUBLIKANÌŃ SHETKI AYMAQLARÌNDA TELEKOMMUNIKACIYA INFRASTRUKTURALARÌN RAWAJLANDÌRÌW
Bul maqala Qaraqalpaqstan Respublikasınıń shetki aymaqlarında telekommunikaciya infrastrukturasın rawajlandırıw mashqalaları hám perspektivaların tallawǵa baǵıshlanǵan. Maqalada telekommunikaciya sistemalarınıń áhmiyeti, bar mashqalalar, sonıń ishinde texnikalıq hám finanslıq qıyınshılıqlar, sonday-aq, zamanagóy texnologiyalardı engiziw imkaniyatları kórip shıǵıldı. Aymaqlarda optikalıq talshıqlı baylanıs, jasalma joldas texnologiyası hám mámleketlik-jeke menshik sheriklik tiykarında investiciyalardı tartıw jolları usınıs etilgen. Telekommunikaciya infrastrukturasınıń rawajlanıwı bilimlendiriw, densawlıqtı saqlaw, isbilermenlik hám mámleketlik basqarıw tarawlarında qanday ózgerislerdi keltirip shıǵaratuǵını haqqında pikir júrgizilgen.
2025-01-30
ZAMONAVIY TA’LIM JARAYONIDA MA’RUZA SAMARADORLIGINI OSHIRISH USULLARI.
O‘zbekiston Respublikasida ta'lim sohasida o‘tkazilayotgan tub islohotlarning mazmuni bugungi kunda ta’lim jarayonini loyihalashga yangicha yondashuv bilan boyib bormoqda. Ta’limga zamonaviy yondashuv ta’lim jarayonini aniq vositalar yordamida samarali boshqarish va qo‘yilgan o‘quv maqsadlariga muvaffaqiyatli erishish natijalarini kafolatlaydi. Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim jarayonida ma’ruza samaradorligini oshirish uchun usullar , maruzachi egallashi kerak bo’lgan sifatlar haqida so’z yurutiladi.
2025-01-30
O’QUV JARAYONIDA VODEO - KONTENT YARATISH VA UNDAN FOYDALANISH.
Mazkur maqolada o‘quv jarayonida video-kontent yaratish va undan samarali foydalanish masalalari ko‘rib chiqiladi. Video-kontentning ta'limdagi o‘rni, uning o‘quvchilarga materiallarni tushuntirishda, diqqatni jalb qilishda va motivatsiya berishda qanday foydaliligiga e'tibor qaratiladi. Shuningdek, video-kontent yaratishning asosiy usullari va o‘quvchilarning ehtiyojlariga moslashgan kontent tayyorlash bo‘yicha tavsiyalar beriladi. Maqola, video-kontentning o‘quv jarayonini yanada samarali va interaktiv qilishdagi o‘rni haqida fikrlar bildiradi. O‘qituvchilarga video-kontentni yaratishda va undan samarali foydalanishda yordam berishga qaratilgan amaliy maslahatlar keltirilgan.
2025-01-30
EMOTSIONAL HOLATLAR: TABIATI, BOSHQARUVI VA TA'SIRI
Ushbu maqolada emotsional holatlarning psixologik va fiziologik jihatlari tahlil qilingan. Emotsiyalar inson hayotining ajralmas qismi bo‘lib, ularning odamlarning xulq-atvoriga, ijtimoiy munosabatlariga va sog‘lig‘iga ta'siri katta. Maqolada emotsional holatlarning turli turlari, ularni boshqarish usullari va emotsional intellektning ahamiyati haqida so‘z boradi. Emotsional holatlar psixologik va neyrobiologik jarayonlar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, insonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, maqolada stress, qo‘rquv, baxtsizlik va quvonch kabi asosiy emotsiyalarni boshqarish usullari va ular insonning ijtimoiy faoliyatiga ta'siri ko‘rib chiqiladi.
2025-01-31
YANGI O'ZBEKISTONDA BOJXONA QO'MITASI FAOLIYATIDA ZAMONAVIY ISLOHOTLAR VA TIZIMNING TAKOMILLASHUVI
Ushbu maqola O'zbekistonda bojxona qo'mitasi faoliyatini modernizatsiya qilish va takomillashtirish jarayonlarini kompleks tahlil qiladi. Tadqiqot zamonaviy bojxona tizimining institutional transformatsiyalari, raqamli texnologiyalarni joriy etish va boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish masalalariga bag'ishlangan. Maqalada O'zbekiston bojxona siyosatidagi strategik o'zgarishlar, xalqaro standartlarga moslashuv va raqobatbardosh tizim yaratish istiqbollari ochib beriladi.
2025-01-31
BOLALARNI MAKTABGA PSIXOLOGIK TAYYORGARLIGI VA RIVOJLANISHINING IJTIMOIY SHART-SHAROITLARI
Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlash psixologik mezonlari ochib berishga harakat qilingan.
2025-01-31
TA’LIM VA TARBIYA JARAYONINI BIRLASHTIRISH TAMOYILLARI
Mazkur maqolada ta’lim va tarbiya jarayonining uzviyligi hamda ularni birlashtirish tamoyillari tahlil qilinadi. Zamonaviy pedagogika yondashuvlari asosida ta’lim va tarbiyaning o‘zaro bog‘liqligi, ularning shaxs rivojlanishiga ta’siri va samaradorligini oshirish usullari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ta’lim-tarbiya integratsiyasining ahamiyati, uni amalga oshirishda uchraydigan muammolar va ularning yechimlari haqida fikr yuritiladi.
2025-01-31
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA OTA-ONALAR BILAN SAMARALI HAMKORLIKNI YO‘LGA QO‘YISH: TA’LIM SIFATINI OSHIRISH YO‘LLARI
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ota-onalar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishning ta’lim sifatini oshirishdagi ahamiyati muhokama qilinadi. Ota-onalar bilan muntazam va o‘zaro manfaatli aloqalar o‘rnatish bolalar uchun eng yaxshi rivojlanish sharoitlarini yaratish uchun zarur. Maqolada ota-onalar bilan hamkorlikni kuchaytirishning metodikasi, samarali aloqalar o‘rnatish yo‘llari va ta’lim jarayonidagi ota-onalar ishtirokining ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, ota-onalar bilan hamkorlikni rivojlantirishda pedagoglarning roli va ijtimoiy mas’uliyatning ahamiyati haqida so‘z yuritiladi.
2025-01-31
ПРОФИЛАКТИКА ИНСПЕКТОРИНИНГ МЕҲНАТ ОРГАНЛАРИ БИЛАН ЎЗАРО ҲАМКОРЛИГИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ
Ушбу маколада профилактика инспекторининг меҳнат органлари билан ҳамкорлиги тушунчаси, ҳамкорликнинг ўзига хос хусусиятлари, ҳамкорлик қилишда юзага келадиган муаммо ва камчиликлар, шунингдек, ушбу муаммо ва камчиликларни бартараф этиш бўйича бир қатор таклифлар, илғор хориж тажрибаси ва миллий қонунчилигимизнинг ўхшаш ва фарқли томонлари, фуқароларни бандлигини таъминлашда ҳукуқий асослари ва ҳамкорликни такомиллаштириш йўналишлари ёритилган.
2025-01-31
ИСТИРОҲАТ БОҒЛАРИ ВА ХИЁБОНЛАРДА СОДИР ЭТИЛАДИГАН ЖИНОЯТЛАРНИНГ КРИМИНОЛОГИК ТАВСИФИ ВА УЛАРНИНГ БАРВАҚТ ОЛДИНИ ОЛИШ ЧОРАЛАРИ
Мақолада мамлакатимизда истироҳат боғлари ва хиёбонларни кўпайтириш, уларда экотизимни такомиллаштириш, баркамол авлодни тарбиялаш ва инсонларнинг ҳордиқ чиқаришида уларнинг имкониятларидан кенг фойдаланиш бўйича қилинаётган ишлар, истироҳат боғлари ва хиёбонларга хос хусусиятлар, истироҳат боғлари ва хиёбонларда содир этилган жиноятларнинг бугунги ҳолати ва криминологик тавсифи, жумладан уларни келтириб чиқарувчи сабаблар ва имкон берувчи шарт-шароитлар ҳамда истироҳат боғлари ва хиёбонларда содир этилган жиноятларнинг барвақт профилактикасига доир чора-тадбирлар билан боғлиқ масалалар тадқиқ этилган.
2025-01-31
ПРОФИЛАКТИКА ИНСПЕКТОРИНИНГ МАЪМУРИЙ ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАРНИНГ САБАБ ВА ШАРТ-ШАРОИТЛАРИНИ АНИҚЛАШ ҲАМДА УЛАРНИ БАРТАРАФ ЭТИШ ФАОЛИЯТИ
Ушбу мақолада профилактика инспекторининг маъмурий ҳуқуқбузарликларнинг сабаб ва шарт-шароитларини аниқлаш ҳамда уларни бартараф этиш фаолияти бўйича, ҳуқуқбузарликларнинг сабаблари ва уларга имкон бераётган шарт-шароитларни аниклаш хамда олдини олиш, тақдимнома турлари, профилактика инспекторлари томонидан маъмурий ҳуқуқбузарликларнинг сабаб ва шарт шароитларини аниқлаш ва уларни бартараф етиш бўйича киритилган тақдимномаларни бажармаслик бўйича жавобгарлик масалалари ҳақида сўз боради.
2025-01-31
СОЛОВЕЙ ПУСТЫНИ - ПОЭЗИЧЕСКИЕ РУКОПИСИ БЕРДАКА
Благодаря этой статье мы познакомимся с жизненным путем и творчеством сына Бедимурода Каргабоя, основоположника каракалпакской классической литературы, работавшего под псевдонимом Бердак.
2025-01-31
ANOR QALAMCHALARINI EKISH VA EKISH MUDDATLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Qalamchalarni tayyorlash jarayoni muvaffaqiyatli ko'paytirishning birinchi qadamidir. Anor qalamchalarini ekish vaqti mintaqaning iqlim sharoitiga bog'liq. Qalamchalarni ekish uchun bir nechta usul mavjud. Qalamchalar ekilganidan so'ng, ularni to'g'ri parvarish qilish muhim ahamiyatga ega.
2025-01-31
AKTYORNING ROL USTIDA ISHLASH MAHORATINI OSHIRISH MASALALARI
Teatr atalmish betakror san’atni rivojlantirish va uning sahnasida yorqin obrazlar yaratish, kelajakda bu sohani yanada rivojlantirishda yosh ustoz-mutaxassis va kadrlarning o‘rni va ahamiyati katta. Talaba-aktyorning o'z ustida ishlash xususiyatlari, uning aktyorlik mahoratini shakllantirish. Stanislavskiy ta'limotida ixtiyoriy va ixtiyorsiz diqqat.
2025-01-31
“OZOD SHARAFIDDINOV - MATONATLI XALQ IJODKORI”
Ushbu maqolada Ozod Sharafiddinov so’nmas ijodi, adabiy-tanqidiy maqolalari, munaqqid faoliyati va shijoatga to’la qalbi haqida fikrlar keltirilgan. Adabiyotimizni boyitgan tadqiqotlari va tarjima asarlari to’g’risida ham mulohazalar keltirilgan.
2025-01-31