"Yangi O'zbekiston pedagoglari axborotnomasi" - это рецензируемый международный журнал с открытым доступом, в котором публикуются оригинальные исследования и обзорные статьи, относящиеся к различным областям. Основная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для международных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований в прикладных науках. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках и пройти тщательную рецензию.
Опубликован: 2025-10-06
Статьи
QORAQALPOQ TILI DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI
Mazkur maqolada Qoraqalpoq tili darslarida interfaol metodlardan foydalanishning samaradorligi tahlil qilinadi. Avvalo, interfaol metodlarning o‘quvchilarni dars jarayonida faol ishtirokchi sifatida shakllantirishdagi ahamiyati ochib beriladi. Shuningdek, “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Insert”, “Debat” va “Rol o‘ynash” kabi metodlarning amalda qo‘llanishi hamda ularning ta’lim jarayoniga ta’siri misollar asosida yoritiladi. Maqolada interfaol metodlarning o‘quvchilarda mustaqil va ijodiy fikrlashni rivojlantirishi, mantiqiy tafakkurni kuchaytirishi, nutq madaniyatini shakllantirishi, shuningdek, ijtimoiylashuv jarayoniga yordam berishi ilmiy nuqtai nazardan asoslab berilgan. Bundan tashqari, maqolada o‘quvchilar nutqini izchil va aniq qilishda bog‘lovchi so‘zlarning o‘rni ham ko‘rsatib o‘tilgan. Natijada, interfaol metodlardan foydalanish Qoraqalpoq tili darslarining samaradorligini oshirishda muhim omil ekanligi ta’kidlangan.
2025-10-07
HOZIRGI ZAMON FRANSUZ TILIDA “POUVOIR” MODAL FE’LINING SODDA, SO‘ROQ VA QO‘SHMA GAPLARDA ISHLATILISHI
Ushbu maqolada fransuz tilidagi pouvoir modal fe’lining sodda, so‘roq va qo‘shma gaplarda ishlatilishi tahlil qilinadi. Tadqiqotda pouvoir fe’lining semantik vazifasi, sintaktik joylashuvi hamda nutqdagi kommunikativ yuklamasi o‘rganiladi. Modal fe’lning turli gap turlarida ifodalovchi imkoniyat, ruxsat, ehtimollik va qobiliyat ma’nolari misollar orqali ko‘rsatiladi. Shuningdek, o‘zbek tilidagi ekvivalentlar bilan qiyosiy tahlil berilgan
2025-10-07
JADIDLAR G‘OYASI — YANGI O‘ZBEKISTON STRATEGIYASI BILAN HAMOHANGDIR
Ushbu maqolada jadidchilik harakatining tarixiy ildizlari, uning asosiy g‘oyalari va maqsadlari chuqur tahlil qilinadi. Shuningdek, Yangi O‘zbekiston strategiyasining mazmuni, yo‘nalishlari va ularning jadidlar merosi bilan o‘zaro uyg‘unligi keng yoritiladi. Buning natijasida, tarixiy meros bilan zamonaviy islohotlar o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik ilmiy asosda izohlanadi.
2025-10-07
ТИПИЧНЫЕ ПУНКТУАЦИОННЫЕ ОШИБКИ УЧАЩИХСЯ ИНОЯЗЫЧНЫХ ГРУПП ПРИ ИЗУЧЕНИИ РУССКОГО ЯЗЫКА
В статье рассматриваются типичные пунктуационные ошибки, допускаемые учащимися иноязычных групп в узбекских школах. Исследование выявляет наиболее распространённые трудности, связанные с употреблением запятых в сложных предложениях, при вводных словах, а также в причастных и деепричастных оборотах. Анализ показывает причины ошибок, основными из которых являются интерференция родного языка и недостаточная практика в письменной речи. В работе также предлагаются методические рекомендации для учителей.
2025-10-08
HARBIY MASALALARNI DIFFERENSIAL TENGLAMALAR ORQALI YECHISH
Ushbu maqola harbiy masalalarni differensial tenglamalar orqali yechishga qaratilgan bo‘lib, snaryadning harakati bo‘yicha ikki xil shart asosidagi masalalar qarab chiqilgan.
2025-10-11
INTEGRATING ARTIFICIAL INTELLIGENCE TOOLS IN ENGLISH LANGUAGE TEACHING: TRENDS, PRACTICES, AND FUTURE DIRECTIONS
This paper examines current trends, practical applications, and future directions of Artificial Intelligence (AI) in English Language Teaching (ELT). AI tools—such as ChatGPT, Grammarly, Duolingo, and intelligent tutoring systems—have become increasingly popular in supporting both teachers and learners. The study reviews how AI technologies enhance language learning outcomes by providing real-time feedback, adaptive instruction, and data-driven insights. It also discusses challenges such as teacher preparedness, ethical use, and dependence on technology. The paper concludes that successful AI integration in ELT requires a balanced approach that combines technological innovation with human interaction and pedagogical expertise.
2025-10-13
FIQHIY TOPISHMOQLARNING PAYDO BO‘LISHI VA ULARNING ILMIY-AXLOQIY AHAMIYATI
Mazkur maqolada fiqhiy topishmoqlarning islomiy manbalardagi o‘rni va ularning ilmiy-tarbiyaviy ahamiyati tahlil qilinadi. Ibn Umar (r.a.) rivoyat qilgan mashhur hadis asosida, Rasululloh ﷺning sahobalarga bergan savollaridan kelib chiqqan hikmatlar kengroq sharhlanadi. Maqolada fiqhiy topishmoqlarning ilmiy tafakkurni rivojlantirishdagi roli, shuningdek, ularning axloqiy, ijtimoiy va iqtisodiy jihatlari sodda va tushunarli uslubda bayon etilgan.
2025-10-13
OʻQITUVCHI -ZAMOMAVIY JAMIYATNING USTUVOR TAYANCHI
Mazkur maqolada o‘qituvchining zamonaviy jamiyatdagi o‘rni, uning ma’naviy-ma’rifiy salohiyati hamda yosh avlodni tarbiyalashdagi beqiyos roli tahlil etiladi. Shuningdek, o‘qituvchining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish va ta’lim sifatini oshirishdagi innovatsion yondashuvlarning ahamiyati yoritilgan.
2025-10-13
ICHKI ISHLAR ORGANLARI FUQAROLAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH VAKOLATINING TASHKILIY-HUQUQIY ASOSLARI: MUAMMOLAR VA TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI
Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasida ichki ishlar organlari (IIO) fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish vakolatining tashkiliy-huquqiy asoslariga bag‘ishlangan. Maqolada IIO faoliyatining tashkiliy tuzilishi, “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga asoslangan huquqiy asoslari tahlil qilinadi. Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, jamoat tartibini saqlash va jinoyatchilikka qarshi kurashishda IIO vakolatlarini amalga oshirishdagi muammolar, xususan, kadrlar tayyorlashning yetarli emasligi, raqamli tizimlarning kam qo‘llanishi va korrupsiya xavfi ko‘rib chiqiladi. Mahalla huquq-tartibot maskani faoliyati va uning fuqarolar bilan hamkorlikdagi roliga alohida e’tibor berilgan. Maqolada IIO faoliyatini takomillashtirish yo‘llari, jumladan, qonunchilikni mustahkamlash, kadrlar malakasini oshirish va raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha takliflar berilgan. Maqola ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, yuridik ta’lim muassasalari talabalari, IIO xodimlari va tadqiqotchilar uchun mo‘ljallangan..
2025-10-13
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR UCHUN RASM CHIZISH ORQALI ART TERAPIYA METODLARI.
Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar psixologik rivojlanishida rasm chizish orqali art terapiya metodlarining o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ijodiy faoliyat, ayniqsa tasviriy san’at mashg‘ulotlari, bolalarning emotsional holatini barqarorlashtirish, stress va xavotirni kamaytirish hamda shaxslararo munosabatlarini yaxshilashda samarali vosita hisoblanadi. Rasm chizish jarayonida bola o‘z his-tuyg‘ularini ranglar va shakllar orqali ifodalaydi, bu esa ularning ichki dunyosini ochib berish bilan birga ijobiy psixologik muhitni shakllantiradi. Maqolada erkin rasm chizish, mavzuli rasm ishlash, rang terapiyasi, guruhiy ijodiy mashg‘ulotlar va fantaziya asosida chizish kabi metodlar ilmiy asoslangan holda tahlil qilinadi. Shuningdek, art terapiya vositalaridan foydalanishning pedagogik va psixologik natijalari, ularni maktabgacha ta’lim muassasalarida qo‘llashning samaradorligi haqida xulosalar berilgan
2025-10-13
СОВРЕМЕННЫЕ ВЗГЛЯДЫ НА ТЕЧЕНИЕ РЕВМАТОИДНОГО АРТРИТА В СОЧЕТАНИИ С МЕТАБОЛИЧЕСКИМ СИНДРОМОМ.
В данной статье представлены современные взгляды на причины и клиническое течение ревматоидного артрита при комбинации метаболического синдрома, описаны современные представления патогенеза ревматоидного артрита. Приведен обзор компонентов метаболического синдрома. Статья позволит практикующему врачу провести интерпретацию полученных результатов и разработать правильную тактику ведения больных с ревматоидным артритом при метаболическом синдроме.
2025-10-16
РУС ТИЛИНИ ЧЕТ ТИЛИ СИФАТИДА ЎҚИТИШДА МУЛЬТИМЕДИАЛИ ВОСИТАЛАРНИНГ САМАРАДОРЛИГИ
Мақолада рус тилини чет тили сифатида ўқитиш жараёнида мультимедиали воситалардан фойдаланишнинг педагогик ва психолингвистик асослари таҳлил қилинади. Замонавий ахборот-коммуникация технологиялари ёрдамида талабаларнинг тил ўрганиш мотивацияси, нутқий фаоллиги ва коммуникатив компетенциясини ошириш имкониятлари ёритилган.
2025-10-16
TURKIY ETNOMADANIYATDA OT FENOMENI VA UNING O‘RGANILISHI
Mazkur maqolada turkiy xalqlarning etnomadaniy qarashlarida ot fenomenining o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Ot obrazi turkiy xalq tafakkurida faqat hayvon sifatida emas, balki milliy o‘zlik, erk, sadoqat, shon-shuhrat va ma’naviyat timsoli sifatida namoyon bo‘lishi ilmiy asosda yoritilgan. Qadimiy yozma manbalar, folklor namunalar, maqol va matallar, shuningdek, zamonaviy adabiyot va san’atdagi ot obrazining davomiyligi tahlil etilgan. Maqolada ot fenomenining lingvokulturologik, semiotik, tarixiy va ruhiy qirralari ko‘rsatilib, turkiy madaniyatdagi markaziy o‘rni asoslab berilgan.
2025-10-17
ЖАМИЯТДА ЖИСМОНИЙ МАДАНИЯТНИ ШАКЛЛАНИШИНИНГ ТАРИХИЙ-ФАЛСАФИЙ ХУСУСИЯТЛАРИ
Ушбу мақолада қадимги мутафаккирлар — Платон, Аристотель, Суқрот ва бошқаларнинг жисмоний маданият ҳамда жисмоний тарбия ҳақидаги фалсафий қарашлари таҳлил қилинган. Антик даврдан бошлаб инсон танасига, унинг жисмоний ва маънавий уйғунлигига бўлган муносабатнинг шаклланиши, ўрта аср ва янги давр фалсафасидаги ўзгаришлар ёритилган. Шу билан бирга, Шарқ ва Ғарб тамаддунида жисмоний маданиятнинг ривожланиш босқичлари ҳамда унинг ижтимоий аҳамиятига эътибор қаратилган.
2025-10-20
“BANKING ENGLISH IN EVERYDAY LIFE: HOW ORDINARY PEOPLE USE INTERNATIONAL BANKING TERMS FOR DAILY MONEY TASKS”
This article probes the ways in which everyday users—students, freelancers, migrants, and micro-entrepreneurs—deal with international banking English in specific financial contexts. It breaks down such core terms as IBAN, SWIFT/BIC, exchange rate, fee, value date, chargeback, and KYC/AML with easy-to-understand examples in money transfer, scholarship, shopping online, and exchanging currencies. Practical email/message samples help users give payment instructions and settle disputes. The article also warns against common pitfalls (e.g., confusing value date with booking date or fees with exchange spreads). Upon mastery, the terminology allows readers to confidently read bank statements, fill out forms, and deal with banks, financial literacy and global transaction know-how.
2025-10-20
CHAKANDA, ARPABODIYON VA ISIRIQNING SHIFOBAXSH XUSUSIYATLARI
Ushbu maqoda chaknda,isiriq v arpabodiyonning shifobaxsh xususiyatlari bayon etilgan. Adabiyotlrda, monografiya va ilmiy maqolalarda bayon qilingan fikrlar tahlil qilinib xulosa va takliflar keltirilgan. Ular qadimiy va samarali dorivor o‘simliklar bo‘lib, tarkibida ko‘plab biologik faol moddalar mavjud. Ilmiy tadqiqotlar ham ularning ko‘plab ijobiy ta’sirlarini tasdiqlagan. Isiriq ham xalq tabobatida qadimdan ishlatilgan va ba’zi dorivor xususiyatlari ilmiy jihatdan ham tasdiqlangan o‘simlikdir
2025-10-20
ГЕНДЕРНЫЕ АСПЕКТЫ МЕЖКУЛЬТУРНОЙ КОММУНИКАЦИИ
Статья посвящена анализу гендерных аспектов межкультурной коммуникации как лингвокультурного феномена. Рассматриваются различия в коммуникативных стратегиях, речевом поведении и социальных ожиданиях в зависимости от гендера и культурного контекста. На основе анализа лингвистических и социокультурных данных показано, что гендерные нормы глубоко интегрированы в коммуникативные практики и требуют учёта при формировании межкультурной компетентности.
2025-10-20
O‘ZBEK TILIDA NEOLOGIZMLARNING SHAKLLANISH JARAYONI VA ULARNING QO‘LLANISH SOHASI
Mazkur maqolada o‘zbek tilida neologizmlarning shakllanish jarayoni va ularning qo‘llanish sohalari tahlil qilinadi. Jamiyatdagi ijtimoiy o‘zgarishlar, texnologik taraqqiyot va yoshlar tili ta’sirida paydo bo‘layotgan yangi so‘zlarning leksik va semantik xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, internet va globalizatsiya jarayonlari natijasida o‘zbek tiliga kirib kelgan yangi birliklarning adabiy tildagi o‘rni, ularning o‘zlashuv darajasi hamda milliy leksikaga ta’siri yoritiladi. Maqolada “bloger”, “post”, “kontent”, “trend”, “onlayn dars”, “blok qilmoq” kabi zamonaviy neologizmlar misolida yoshlar nutqidagi til o‘zgarishlari ham tahlil etilgan. Muallif tomonidan tilning yangilanishi tabiiy hodisa sifatida baholanib, leksik boylikni asrab qolish zarurati ham asoslab berilgan.
2025-10-21
ВЛИЯНИЕ ГЛОБАЛИЗАЦИИ НА ЛЕКСИЧЕСКИЙ СОСТАВ РУССКОГО ЯЗЫКА.
В данной статье рассматривается влияние процессов глобализации на современный русский язык, прежде всего на его лексическую систему. Анализируются причины активного проникновения англицизмов, их роль в формировании новых значений и коммуникативных стратегий. Особое внимание уделяется мнениям отечественных и зарубежных лингвистов о том, как глобализация способствует обогащению языка, но в то же время несёт угрозу его самобытности. Сделан вывод о необходимости выработки языковой политики, направленной на гармоничное сочетание инноваций и традиций.
2025-10-24
АМИР БУХОРОСИ ВА СОВЕТ RОССИЯСИ ЎРТАСИДАГИ ҚИЗИЛТЕПА СУЛҲИ
Мақолада Бухоро амирлиги ва Россия ўртасида имзоланган шартнома ҳақида маълумот берилади. Бу шартнома тарихда “Қизилтепа битим” сифатида машхур бўлиб, у 9 банддан иборат. Бу битимни икки асосий ҳужжат, яъни, 9 банддан иборат ушбу битимнинг матни ва амир ҳайъатига бошчилик қилган бош закотчи ва айни пайтда тарихчи олим Мирза Салимнинг “Тарихи Салимий” асари асосида ёритиб берилган.
2025-10-27
GEOGRAFIYA TA’LIMIDA O‘QUVCHILARNING DEMOGRAFIK XARITALARNI O‘QISH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH BOSQICHLARI
Ushbu maqolada geografiya ta’limida, xususan, aholi geografiyasi mavzularini o‘qitishda xarita bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish bosqichlarining nazariy va amaliy asoslari tahlil qilingan va o‘quvchilarning demografik xaritalarni o‘qish, tahlil qilish, tushunish va ularni amaliy faoliyatda qo‘llay olish masalalari ilmiy-uslubiy jihatdan yoritilgan. Maqolada aholi xaritalarining turlari, ularning o‘quv jarayonidagi o‘rni, xaritani o‘qish ko‘nikmalarining bosqichlari (oriyentatsiya, tahlil, tavsif va amaliy faoliyat) bosqichma-bosqich yoritilgan hamda bu jarayonni samarali tashkil etish uchun metodik yondashuvlar (xarita orqali suhbat, klaster, taqqoslash jadvali, tahliliy loyiha, gamifikatsiya) tavsiya etilgan
2025-10-27
KARMANA BEKLIGINING BUXORO XONLIGIDA SIYOSIY VA MADANIY JIHATDAN NUFUZINING ORTISHI
Ushbu maqolada Shayboniylar sulolasi hukmdorlarining Karmana bekligining siyosiy jihatdan taraqqiyoti, shu yurt aholisining ravnaqi, xalqining tinchligi hamda ilm-fan, madaniyat yo’lidagi faoliyatlari haqida ma’lumotlar keltirib o’tiladi.Shuningdek, ularning oqilona siyosati xalqning hurmatiga, farovonligiga xizmat qiladi. Muhammad Shayboniyxon, Jonibek Sulton, Abdullaxon II larning faoliyatiga alohida to’xtalib o’tiladi. Ular temuriylar davrida shakllangan ilm-fan va madaniyatni davom ettirishga harakat qilishgan, o’zlari ham namuna ko’rsatishgan. Maqola orqali bunga guvoh bo’lish mumkin.
2025-10-30
PRINCIPLES OF DESIGNING AND SYSTEMATIZING GRAMMATICAL LEARNING MATERIALS FOR FOREIGNERS
This article examines the principles of designing and systematizing grammatical learning materials for foreigners, focusing on creating a structured and communicative framework for effective grammar instruction. It emphasizes defining clear levels of grammatical competence, ensuring curriculum consistency, and balancing explicit explanation with implicit acquisition. The study also highlights the importance of assessment, feedback, and teacher support materials in maintaining coherence and improving learning outcomes.
2025-10-30
AN ANALYSIS OF ABSURDITY IN “WAITING FOR GODOT” BY SAMUEL BECKETT
This article studies existential perspective in Samuel Beckett’s play “Waiting for Godot” (1949). One of the primary examples of Theater of the Absurd is “Waiting for Godot”. It focuses on the “Sisyphean” (i.e., futile and repetitive) nature of human existence. However, the absurdity lies in the existentialist belief that there is no cause for life, and that our choices ultimately affect how we define ourselves while also being irrelevant in the grand scheme of things. Everything is repetitive and repeating itself. As an air pocket, life is pointless. The catastrophe of global conflicts and the outcomes of that ferocity gave rise to each of these problems. Both God and the presence of individuals were mentioned. Everything is repeated and happening in a repetitive way. Life is worthless as a pocket of air. The catastrophe of global conflicts and the outcomes of that ferocity gave rise to each of these problems. Individual and divine presence were being mentioned. Every journalist who subscribed to the existentialist school of thought suggested that people should acknowledge their uniqueness and stop hoping for a savior or divine capacity to resolve human animosity.
2025-10-30
XO'JALIK YURITUVCHI SUB'YEKTLARDA MOLIYAVIY HISOBOTLAR TUZISH VA TAQDIM ETISHNI TAKOMILLASHTIRISH
Maqolada xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarda moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim etish jarayonlarini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Ishda moliyaviy hisobotlarning iqtisodiy mazmuni, ularning tarkibi va asosiy tamoyillari, xalqaro va milliy standartlar asosida tuzish tartiblari tahlil qilingan. Shuningdek, amaliyotda uchrayotgan muammolar o‘rganilib, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga (MHXS) o‘tish, buxgalteriya hisobini raqamlashtirish va tahlil asosida boshqaruv qarorlarini qabul qilishni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
2025-10-30
ЛИНГВОКОГНИТИВНОЕ МОДЕЛИРОВАНИЕ КАК ТЕОРЕТИКО-МЕТОДОЛОГИЧЕСКАЯ ОСНОВА АНАЛИЗА И ФОРМИРОВАНИЯ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ КОММУНИКАЦИИ В МЕДИЦИНСКОМ ДИСКУРСЕ
В статье рассматривается лингвокогнитивное моделирование как метод исследования и организации профессиональной коммуникации. Показано, что данный метод позволяет реконструировать ментальные структуры, лежащие в основе профессионального мышления, и выявить механизмы, посредством которых язык формирует и отражает когнитивные процессы. Особое внимание уделено медицинскому дискурсу, в котором когнитивные модели реализуются через метафорические и фреймовые структуры, обеспечивающие переход от наблюдения к интерпретации и действию. Обосновывается педагогическая значимость лингвокогнитивного моделирования, позволяющего обучающимся не просто овладевать терминами, но осваивать когнитивные схемы профессионального рассуждения. Метод моделирования рассматривается как средство интеграции знания, языка и практики, обеспечивающее формирование клинического мышления и профессиональной компетенции будущего специалиста..
2025-10-31
РАЗВИТИЕ СЕНСОРНОГО ВОСПРИЯТИЯ У СЛАБОСЛЫШАЩИХ ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА ЧЕРЕЗ ТРЕНАЖЁР «ПАЛИТРА ЦВЕТОВ»
В статье представлены теоретические и практические основы сенсорного развития слабослышащих детей дошкольного возраста. Автором рассмотрены актуальные направления инклюзивного образования в Узбекистане, в частности внедрение мультимодальных технологий в коррекционно-развивающий процесс. Особое внимание уделено применению тренажёра «Палитра цветов», основанного на QR-технологиях, которые при сканировании озвучивают название цвета. Это сочетает зрительное и слуховое восприятие, формирует устойчивые зрительно-слуховые ассоциации, способствует развитию речи и когнитивных процессов у слабослышащих детей [1]
2025-10-31
O‘ZBEKISTON TA’LIM TIZIMIDA DUAL TA’LIMNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI
Ushbu maqolada O‘zbekiston ta’lim tizimida dual ta’limning rivojlanish bosqichlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Maqolada dual ta’limni rivojlantirishdagi muhim normativ-huquqiy hujjatlar, hukumat qarorlari va xalqaro tashkilotlarning roli tahlil qilingan. Shuningdek, dual ta’limni joriy etishning ijobiy natijalari, amaliyotga yo‘naltirilgan o‘qitishning samaradorligi va mavjud muammolar ham ko‘rib chiqilgan.
2025-10-31
FRANSUZCHA–O‘ZBEKCHA PREDLOGLARNING TIZIMLI-STRUKTURAVIY TAHLILI
Mazkur maqolada fransuz va o‘zbek tillaridagi predloglarning tizimli-strukturaviy xususiyatlari tahlil qilingan. Unda predloglarning semantik, grammatik va sintaktik vazifalari, ularning o‘zaro o‘xshash va farqli jihatlari yoritilgan. Shuningdek, tarjimada predloglarning to‘g‘ri qo‘llanishi muhimligi, ularning gapdagi o‘rniga ko‘ra ma’nodagi nozik farqlar keltirilgan. Tadqiqot natijalari fransuz tilini o‘rganuvchilar uchun amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, qiyosiy tahlil asosida predloglarning ishlatilish tizimi aniqlangan.
2025-10-31
MINTAQALARDA TO‘QIMACHILIK MAHSULOTLARI EKSPORTINI BOSHQARISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING INSTITUTSIONAL MEXANIZMLARI
Ushbu maqolada mintaqalarda to‘qimachilik mahsulotlari eksportini boshqarish samaradorligini oshirishda institutsional mexanizmlarning o‘rni va ularning iqtisodiy ta’sir mexanizmi tahlil qilinadi. Tadqiqotda eksport faoliyatining hududiy nomutanosibliklari, korxonalararo kooperatsiya, infratuzilma va klaster tizimining samaradorlikka ta’siri o‘rganiladi. Shuningdek, davlat tomonidan yaratilayotgan institutsional sharoitlar — eksportni qo‘llab-quvvatlash agentliklari, bojxona imtiyozlari, sertifikatlash va logistika markazlarining boshqaruvdagi o‘rni empirik jihatdan baholanadi. Maqolada mintaqaviy boshqaruv samaradorligini oshirish uchun yangi institutsional model ishlab chiqilib, u orqali eksport hajmini barqaror oshirish va xalqaro raqobatbardoshlikni kuchaytirish imkoniyatlari aniqlanadi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, samarali institutsional menejment tizimi mintaqaviy eksport siyosatining muvozanatli rivojlanishiga, to‘qimachilik korxonalarining innovatsion salohiyatini faollashtirishga va tashqi bozorlarga chiqish barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.
2025-10-31
