«Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar: Muammolar va yechimlar» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.
Опубликован: 2025-06-23
Статьи
ISHNI SUDGA QADAR YURISH BOSQICHIDA ELEKTRON DALILLAR
Ushbu maqolada ishni sudga qadar yurish bosqichida elektron dalillarning ahamiyati, ularni yig‘ish va sud jarayonlarida qo‘llash tartibi o‘rganiladi. Elektron dalillar zamonaviy texnologiyalar yordamida huquqiy jarayonlarni yanada tez, samarali va shaffof qilishda muhim vosita sifatida ko‘riladi. Shuningdek, maqolada O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida elektron dalillarni sudga taqdim etish va ulardan foydalanish bo‘yicha mavjud normativ-huquqiy asoslar tahlil qilinadi.
2025-06-23
REABILITATSIYA INSTITUTINI TAKOMILLASHTIRISH
Reabilitatsiya institutini takomillashtirish, zamonaviy ijtimoiy va psixologik ehtiyojlani inobatga olgan holda, insonlarning ijtimoiy hayotga qaytish jarayonini yanada samarali tashkil etishni talab etadi. Bu jarayon nafaqat mahkumlarni, balki ijtimoiy muammolar bilan yuzlashayotgan barcha shaxslarni qamrab oladi. Ushbu tadqiqotda reabilitatsiya institutlarining mavjud tizimlari, metodologiyalari va amaliyotlari tahlil qilinadi. Ayniqsa, ijtimoiy integratsiya va reabilitatsiya jarayonlarida qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin, bularning barchasi murakkab ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy omillar bilan bog'liq.MBundan tashqari, reabilitatsiya jarayonlarida ishtirok etuvchi mutaxassislarning malakasini oshirishga qaratilgan ta'lim dasturlari va treninglar ishlab chiqilishi zarur. Individual yondashuvlar asosida har bir shaxsning ehtiyojlarini hisobga olish, reabilitatsiya jarayonini yanada muvaffaqiyatli amalga oshirishga yordam beradi. Shu bilan birga, reabilitatsiya institutlarini rivojlantirish uchun davlat va jamoatchilik o'rtasida hamkorlikni kuchaytirish zarur. Reabilitatsiya dasturlarining samaradorligini oshirish uchun innovatsion yondashuvlar, masalan, psixologik maslahatlar, guruh terapiyasi va ijtimoiy tayyorgarlik dasturlarini joriy etish zarurdir. Ushbu tadqiqot natijalari reabilitatsiya institutlarining sifatini oshirish va ijtimoiy barqarorlikni ta'minlashga yordam berishi mumkin.
2025-06-23
PORAXO’RLIK JINOYATLARI TASNIFI VA TARIXIY RIVOJLANISHI
Poraxo'rlik jinoyatining mohiyati, turlari, sabablari va uning jamiyatdagi salbiy ta'sirlari o'rganiladi. Poraxo'rlik – bu mansabdor shaxslarning o'z vazifalaridan foydalanib, shaxsiy manfaatlari yo'lida nolegal foyda olish jarayoni bo'lib, davlat tizimi va iqtisodiyotga katta zarar yetkazadi. Ushbu ishda poraxo'rlik jinoyati va uning turlari, xususan, davlat xizmatida pora olish, korrupsiyaviy xatti-harakatlar, mansabni suiiste'mol qilish kabi holatlar tahlil qilinadi.
2025-06-23
JINSIY ERKINLIKKA QARSHI JINOYATLARNI TERGOV QILISH METODIKASI VA USHBU TURDAGI JINOYАTLARNING O’ZIGA XOSLIGI
Jinsiy erkinliklarga qarshi jinoyatlar, ya'ni zo‘rlash, jinsiy ekspluatatsiya, jinsiy zo‘ravonlik va boshqa shunga o‘xshash jinoyatlar nafaqat jinoiy huquqni buzish, balki insonning psixologik va ijtimoiy xavfsizligiga tahdid soladi. Ushbu jinoyatlar ko‘pincha juda murakkab holatlar bo‘lib, tergovchilarga ko‘p hollarda maxsus metodlar, psixologik yondoshuvlar va yuridik strategiyalarni talab qiladi. Jinsiy erkinliklarga qarshi jinoyatlarni tergov qilishda yuqori darajadagi ehtiyotkorlik, guvohlik olishning maxsus metodlari va guvohlarni psixologik nuqtai nazardan qo‘llab-quvvatlash zarurati bor. Jinsiy zo‘ravonlikka uchragan shaxslar odatda psixologik travmalarni boshdan kechiradilar, bu esa tergovchilardan qo‘shimcha ehtiyotkorlikni talab qiladi. Guvohlarning ko‘rsatmalarini olishda metodologik yondoshuvlar muhim o‘rin tutadi, chunki jinsiy zo‘ravonlikka uchragan shaxslar ko‘pincha o‘z huquqlarini himoya qilishda qiynalishadi. Shuning uchun, tergovchilar guvohlarni so‘roq qilishda ular uchun noqulay holatlar yaratmaslik, to‘g‘ri psixologik muhit yaratish, o‘zaro ishonchni ta'minlash va jinoiy faoliyatga aloqador har bir tafsilotni aniqlashda ehtiyotkorlik bilan yondashishlari kerak. Jinsiy erkinliklarga qarshi jinoyatlarni tergov qilishda, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash zaruriydir. Bu texnologiyalar video va audio yozuvlarni o‘z ichiga oladi, chunki ular guvohlarning so‘zlarini aniq va ishonchli tarzda qayd etishda yordam beradi. Bunday texnologiyalar, guvohlarning so‘zlarini manipulyatsiya qilishning oldini oladi va tergovchilarga har bir holatni rasmiylashtirishda shaffoflikni ta'minlaydi.
2025-06-23
MAST HOLATDA JINOYAT SODIR ETISH BO’YICHA JAVOBGARLIKNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Ushbu maqolada mast holatda jinoyat sodir etish bo‘yicha javobgarlikning o‘ziga xos xususiyatlari o‘rganilgan. Jinoyat protsessual huquq va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq mastlik holati jinoyat sodir etishda jinoiy mas’uliyatni aniqlash va baholashda muhim omil hisoblanadi. Maqolada mastlikning sud amaliyotidagi roli, jinoyatni sodir etgan shaxsning aqliy holatining ta’siri, shuningdek, javobgarlikni kamaytirish yoki oshirish omillari tahlil qilingan.
2025-06-23
BEZORILIK JINOYATLARINI TERGOV QILISHNI TAKOMILLASHTIRISH
"Bezorilik jinoyatlarini tergov qilishni takomillashtirish" mavzusi zamonaviy jamiyatdagi dolzarb muammolardan biridir. Bezorilik jinoyatlari, jinoyat huquqining eng keng tarqalgan ko'rinishlaridan biri bo'lib, u ko'plab ijtimoiy, iqtisodiy va psixologik oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ushbu maqolada bezorilik jinoyatlarini tergov qilish jarayoni, uning samaradorligini oshirish uchun zarur bo'lgan yondashuvlar va metodologiyalar ko'rib chiqiladi. Bezorilik jinoyatlari, o'z ichiga har qanday qonunga zid harakatlarni oladi, masalan, rahbarlik, tahdid, hujum, va har qanday shaxsga yoki mulkka qarshi qo'shgan xatti-harakatlarni o'z ichiga oladi. Ushbu jinoyatlar nafaqat jabrlanuvchilar uchun, balki jamiyat uchun ham xavf tug'diradi. Shuning uchun, bezorilik jinoyatlarini samarali tergov qilish, jamiyatda xavfsizlikni ta'minlash va jinoyatchilikni kamaytirish uchun muhimdir. Maqolada, jinoyatlarni tergov qilishning hozirgi metodlari, mas'uliyatli organlar, tergovchilar va advokatlar o'rtasida hamkorlikni yaxshilash, texnologiyalarni joriy etish, va psixologik yondashuvlar tahlil etiladi. Bezorilik jinoyatlarini tergov qilish jarayonida yangi texnologiyalar, masalan, biometrik tizimlar, videokuzatuv, va ma'lumotlar tahlili keng qo'llanilishi mumkin.
2025-06-23
MAQOLLARDA NUTQIY AKTNING VOQELANISHI
Ushbu maqolada o‘zbek xalq maqollarida nutqiy aktlarning voqelanishi, ya’ni ularning illokutsional va perlokutsional xususiyatlari tahlil qilinadi. Maqollar faqatgina til birliklari emas, balki ijtimoiy munosabat va axloqiy qadriyatlarni ifoda etuvchi pragmatik vositalar sifatida ko‘riladi. J. Ostin va J. Searlning nutqiy akt nazariyalari asosida maqollarning assertiv, direktiv, komissiv, ekspressiv va deklarativ turlariga mansubligi aniqlanadi. Shuningdek, maqollar orqali bajariladigan kommunikativ vazifalar – nasihat qilish, ogohlantirish, undash, baholash kabi illokutsional maqsadlar va ular orqali tinglovchiga ta’sir o‘tkazish (perlokutsional samaradorlik) yoritiladi. Maqola tilshunoslikda pragmalingvistik tahlilning amaliy namunasi sifatida alohida ahamiyatga ega.
2025-06-23
KREDIT RISKLARINI BOSHQARISHDA SUG‘URTANING ROLI VA AMALIY AHAMIYATI
Bugungi kunda sug‘urta bozori bank tizimi bilan o‘zaro integratsiyasi kuchayib bormoqda. Xususan, moliyaviy xizmatlar bozorida universal moliyaviy guruhlarning shakllanishi, bank-sug‘urta (bancassurance) modellari asosida xizmatlar ko‘rsatishning kengayishi ushbu integratsiyaning eng muhim yo‘nalishlaridan biridir. Bank va sug‘urta tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlik ikki tomonlama manfaatlarga asoslangan bo‘lib, bu moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, risklarni boshqarish va xizmatlar doirasini kengaytirishga xizmat qiladi.
2025-06-23
ЭВОЛЮЦИЯ НРАВСТВЕННЫХ ДИЛЕММ В ДЕРЕВЕНСКОЙ И ГОРОДСКОЙ ПРОЗЕ ЭПОХИ ЗАСТОЯ: ОТ НОСТАЛЬГИИ К СОЦИАЛЬНОЙ КРИТИКЕ
Статья посвящена анализу эволюции нравственных дилемм в русской деревенской и городской прозе периода застоя. Исследование фокусируется на произведениях Валентина Распутина, Василия Шукшина, Юрия Трифонова и Виктора Астафьева, выявляя переход от ностальгических мотивов к социальной критике. Рассматриваются нравственные конфликты, связанные с утратой традиционных ценностей, урбанизацией и идеологическим давлением.
2025-06-23
THE ROLE AND FUNCTION OF METAPHOR IN J.K. ROWLING’S HARRY POTTER AND THE PHILOSOPHER’S STONE
This article explores the use of metaphor in J.K. Rowling’s Harry Potter and the Philosopher’s Stone, focusing on its structural, semantic, cognitive, and narrative functions. The study reveals how metaphors in the novel contribute to world-building, emotional intensity, character development, and thematic depth. Special attention is given to the classification of metaphor types, such as ontological, conceptual, and dead metaphors. The paper also discusses translation challenges and cross-cultural equivalence in rendering metaphors from English into other languages, particularly Uzbek.
2025-06-23
LOYIHANI BOSHQARISH MODELLARINING QO’LLANILISH JARAYONLARI AMALIYOTI
Bugungi kunda turli xil loyihani boshqarish modellari mavjud bo‘lib, har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Eng keng tarqalgan modellarga Waterfall, Agile, Scrum va Kanban tizimlarini kiritish mumkin. Waterfall modeli qat’iy ketma-ketlikka asoslangan bo‘lib, har bir bosqich yakunlangandan so‘ng keyingisiga o‘tiladi. U sodda va aniq rejalashtirish imkonini beradi, biroq o‘zgaruvchan loyihalar uchun mos emas. Agile modeli esa yuqori darajadagi moslashuvchanlik va mijoz bilan faol hamkorlikni ta’minlaydi. Loyiha qismlarga bo‘linib, har bir qism doimiy ravishda ishlab chiqiladi va takomillashtirib boriladi. Bu model tez o‘zgaradigan muhitda ayniqsa foydalidir. Scrum va Kanban esa Agile yondashuvidan kelib chiqqan tizimlar bo‘lib, ular jamoaviy ishlash va vazifalarni aniq taqsimlash orqali samaradorlikni oshiradi.
2025-06-23
TIJORAT BANKLARI FOYDASI VA RENTABILLIK KURSATKICHLARIGA TASIR ETUVCHI OMILLAR TAXLILINI TAKOMILLASHTIRISH
Tijorat banklari iqtisodiyotning muhim bo‘g‘ini sifatida, mamlakatning moliyaviy tizimida faol ishtirok etib, kreditlash, depozitlar qabul qilish, pul oqimlarini boshqarish va boshqa ko‘plab xizmatlarni taqdim etadi. Banklarning foydasi va rentabillik ko‘rsatkichlari esa nafaqat bankning moliyaviy barqarorligini, balki butun iqtisodiyotning salohiyatini ham belgilaydi. Shu sababli, tijorat banklarining foydasi va rentabilligi ko‘rsatkichlarini shakllantiruvchi omillarni tahlil qilish nafaqat banklar, balki davlat siyosati va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash uchun ham juda muhimdir.
2025-06-23
AKSIYADORLIK JAMIYATLARIDAGI DAVLAT ULUSHINI XUSUSIYLASHTIRISH MASALALARI
Davlat ulushining mohiyati va rolini qisqacha quyidagicha tushuntirish mumkin. Iqtisodiy nazorat. Davlat ulushi kompaniyaning iqtisodiy faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish imkoniyatini beradi. Bu davlatga bozorni boshqarish, korporativ raqobatni nazorat qilish va milliy iqtisodiyotning muhim tarmoqlarini himoya qilish imkonini yaratadi. Milliy xavfsizlik. Ba'zi hollarda, davlat ulushi kompaniyalarda milliy xavfsizlikka ta'sir etadigan qarorlarni qabul qilishda ishtirok etishi mumkin. Masalan, energetika yoki harbiy sanoatdagi kompaniyalarda davlat ulushi xavfsizlik va strategik manfaatlar uchun zarur bo'lishi mumkin. Investitsion qo'llab-quvvatlash. Davlat ulushi jamiyatga investitsiyalarni jalb qilishda ishonchni oshiradi. Investorlar davlatning ulushi bor kompaniyalarni, ko'pincha barqaror va xavfsizroq deb hisoblashadi, chunki davlat moliyaviy barqarorlikni ta'minlashga yordam beradi. Ijtimoiy va ekologik mas'uliyat. Davlat aksiyador sifatida jamiyatning ijtimoiy va ekologik mas'uliyatlarini ko'proq hisobga olishi mumkin. Masalan, atrof-muhitni muhofaza qilish yoki ishchilarni himoya qilish kabi masalalar davlatning aksiyador sifatidagi ishtiroki orqali ta'minlanishi mumkin.
2025-06-23
KORPARATIV MOLIYA VA QIMMATLI QOG`OZLAR BOZORINI UZVIY RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
Korparativ moliya va qimmatli qog‘ozlar bozorining o‘zaro aloqasi kompaniyaning moliyaviy strategiyasiga asoslanadi. Kompaniyalar qimmatli qog‘ozlar chiqarish orqali kapitalni jalb qilish va o‘z faoliyatlarini moliyalashtirish uchun qimmatli qog‘ozlar bozoriga murojaat qiladi. Boshqa tomondan, investorlar qimmatli qog‘ozlar bozoriga investitsiya qilish orqali o‘z kapitalini ko‘paytirishga harakat qiladi. Korparativ moliya va qimmatli qog‘ozlar bozori iqtisodiy tizimda muhim o‘rin tutadi. Korparativ moliya kompaniyaning moliyaviy resurslarini boshqarish va rivojlantirishga xizmat qilsa, qimmatli qog‘ozlar bozori investitsiyalarni jalb qilish va aktivlar almashinuvi uchun maydon yaratadi. Ular bir-birini to‘ldiradi va iqtisodiy o‘sish va barqarorlikni ta'minlashga yordam beradi. Korparativ moliya va qimmatli qog‘ozlar bozori uzviy ravishda rivojlanib borishi, zamonaviy iqtisodiyotning samarali ishlashiga va barqaror o‘sishiga xizmat qiladi. Ularning o‘zaro bog‘lanishi va rivojlanishi nafaqat kompaniyalar uchun, balki investorlar, davlat va butun iqtisodiy tizim uchun ham foydali bo‘ladi.
2025-06-23
XALQARO OBLIGATSIYALAR VOSITASIDA XORIJIY MOLIYA BOZORIDAN KAPITAL JALB QILISH AMALIYOTI TADQIQI
Xalqaro obligatsiyalar bozorining tahlili. Bozorning global o‘sishi: Xalqaro obligatsiyalar bozori so‘nggi yillarda tez o‘sdi. Yangi rivojlanayotgan bozorlar, shu jumladan, O‘rta Osiyo mamlakatlari, Xitoy va Hindiston kabi yirik iqtisodiyotlar bu bozorda faol ishtirok etmoqda. Bozorning o‘sishi, global kapitalni jalb qilishning samaradorligini oshiradi. Investitsiyalarni jalb qilishdagi global tendensiyalar: Bugungi kunda global iqtisodiyotda investitsiyalarni jalb qilishning asosiy tendensiyalaridan biri, rivojlanayotgan mamlakatlarga qaratilgan ilg‘or investitsiya strategiyalarini ishlab chiqishdir. Rivojlanayotgan bozorlar uchun xalqaro obligatsiyalar chiqarish, ularga yangi moliyaviy imkoniyatlar yaratadi. Xalqaro obligatsiyalar vositasida kapital jalb qilishning amaliy misollari. O‘zbekistonda xalqaro obligatsiyalar chiqarish:
2025-06-23
XALQARO AKSIYALAR BOZORIDAN APITAL JALB QILISH IMKONIYATLARINI OSHIRISH
Xalqaro aksiyalar bozorlaridan kapital jalb qilishda kompaniyalar duch keladigan eng muhim muammolardan biri — regulyatsiya va huquqiy muhitdir. Har bir mamlakatda aksiyalar bozorlarini tartibga soluvchi o‘ziga xos regulyatsiya tizimi mavjud. Bunday tizimlar, sarmoyadorlarni himoya qilish, bozorning shaffofligini ta’minlash va korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan. Xalqaro miqyosda sarmoya jalb qilishni osonlashtirish uchun kompaniyalar o‘z faoliyatini global regulyatsiyalar bilan moslashtirishi zarur. Xalqaro hamkorlik va regulyatorlar bilan aloqalar. Xalqaro bozorlar bilan integratsiya qilish jarayonida kompaniyalar regulyatorlar bilan yaqin hamkorlik qilishlari va o‘z faoliyatini moslashishlari kerak. Xalqaro aksiyalar bozorlariga chiqishdan oldin, kompaniyalar xalqaro regulyatorlar tomonidan belgilangan talablarni va standartlarni o‘rganishlari zarur. Bu orqali kompaniyalar sarmoya jalb qilishning samaradorligini oshirishi mumkin.
2025-06-23
KORPORATIV BOSHQARUVDA NAZORAT TIZIMI SAMARADORLIGINI TA`MINLASH MASALALARI
Korporativ boshqaruvda nazorat tizimi samaradorligi, tizimning kompaniya faoliyatini optimal tarzda boshqarish, resurslarni samarali ishlatish, xatolarni aniqlash va oldini olish, shuningdek, tashkiliy maqsadlarga erishishda muhim rol o'ynaydi. Samaradorlikni ta'minlash uchun nazorat tizimi bir nechta omillarni o'z ichiga olishi kerak. Samaradorlikni baholashda quyidagi jihatlar muhim ahamiyatga ega. Ma'lumotlarning to'liqligi va aniqligi. Nazorat tizimining samaradorligi to'plangan ma'lumotlarning to'g'riligi va ishonchliligiga bog'liq. Agar tizim aniq va real vaqtda ma'lumotlarni taqdim etsa, rahbariyat to'g'ri qarorlar qabul qilishda yordam oladi. Ma'lumotlar aniqligi va to'liqligi, nazorat tizimining ishonchliligini oshiradi. Xatoliklarni aniqlash va oldini olish.
2025-06-23
TA’LIM MUASSASASIDA NIZOLAR, SABABLARI, TURLARI VA SAMARALI HAL ETISH YO’LLARI
Maqolada ta’lim muassasasida nizolar, sabablari, turlari va samarali hal etish yo’llari ko'rib chiqiladi Ta’lim muassasasidagi nizolarning sabablari va smarali hal etish haqida zarur ma’lumot va bilimga ega bo‘lish har ta’lim muassasasini boshqarayotgan rahbar uchun foydalidir. Nizolarni hal etish ta’lim muassasasi boshqaruvini yaxshilashga qaratilgan bo'lishi kerak.
2025-06-23
PRACTICAL ISSUES IN LITERARY AND INDUSTRIAL TRANSLATION
This article talks about the essence of the concept of translator. Problems in the field of translation are discussed and their solutions are given. The difference between the fields of artistic translation and technical translation is explained.
2025-06-24
TIJORAT BANKLARINING INVESTITSIYA STRATEGIYASINI SHAKLLANTIRISH VA TAKOMILLASHTIRISH YO‘NALISHLARI
Tijorat banklarining investitsiya strategiyasi moliyaviy resurslarini optimal joylashtirish orqali maksimal daromad olishga qaratilgan kompleks faoliyat yo‘nalishidir. Bu strategiya bank resurslarining tuzilmasi, likvidligi, riskka tolerantlik va umumiy iqtisodiy vaziyatni inobatga olgan holda shakllantiriladi. Tijorat banklari investitsiya strategiyasi orqali nafaqat mavjud kapitalini samarali boshqaradi, balki iqtisodiyotdagi investitsion muhitga ham faol ta’sir o‘tkazadi. Strategik yondashuv bankka resurslar taqchilligi sharoitida ustuvor yo‘nalishlarni belgilash, uzoq va qisqa muddatli moliyaviy maqsadlarni uyg‘unlashtirish imkonini beradi. Shu boisdan, investitsiya strategiyasi bank risklarini boshqarish, barqaror foyda olish va iqtisodiy o‘sishga hissa qo‘shish vositasi sifatida alohida o‘rin tutadi.
2025-06-24
“MILLIY QADRIYATLAR EVALUTSIYASI” MAVZUSI HAQIDA TAHLIL
Ushbu maqolalada milliy qadriyatlar oʻzi nimaligi, evalutsiya soʻzining asl mazmuni va millatimizning ruhiy bezagi boʻlgan urf-odatlarimiz haqida fikr yuritamiz. “Milliy qadriyatlar evolyutsiyasi” — bu juda muhim va keng mavzu bo‘lib, u har bir xalqning tarixiy taraqqiyoti, madaniy merosi va zamonaviy hayoti bilan uzviy bog‘liqdir.
2025-06-24
THE MAIN CAUSES AND ANALYSIS OF INJURIES THAT OCCUR IN CAR ACCIDENTS
One of the factors that increase the risk of deaths and accidents in the road transport system is the intersection, which is the main network connecting the movement of drivers and pedestrians. At intersections, people collect and analyze data through traditional methods of assessing life safety. Due to the conventional analysis, the design comparison of intersections in the road system formed at the center of the crash is quite complicated and not easily applied. The purpose of this study was to examine the relationship between crash injuries, injury rates, environment, time, and driving conditions using the CRIS database. Studies show that the number of injuries and injuries in existing road traffic accidents at the intersection is higher than the number of collisions, and the number of motor vehicle accidents increases between 12:00 and 15:00. In addition, the highest number of injuries as a result of collisions was observed in the autumn season, the lowest number of injuries was found in the winter season, and men suffered more road traffic accidents than women.
2025-06-24
THE RELEVANCE OF DEVELOPING LEGAL COMPETENCE IN STUDENTS
This paper explores the significance of fostering legal competence among students as a foundational component of civic education. The research highlights international best practices and Uzbekistan’s national experience in developing students’ legal awareness, understanding, and application of the law. Special emphasis is placed on the role of schools and educators in shaping a legally literate generation capable of active participation in a democratic society.
2025-06-24
MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA GEYMIFIKATSIYALASHNI DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK ASOSIDA INNOVATSION BOSHQARUV MEXANIZMI
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim muassasalarida geymifikatsiya jarayonini davlat-xususiy sheriklik (DXSh) asosida innovatsion boshqaruv mexanizmi sifatida joriy etishning ahamiyati yoritilgan. DXSh modeli orqali ta’lim infratuzilmasini zamonaviylashtirish, xususiy investitsiyalarni jalb qilish, raqamli o‘quv platformalarini ishlab chiqish va joriy etish imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, smart-analitika yordamida ta’lim sifatini oshirish, individual yondashuvni kuchaytirish va innovatsion muhitni shakllantirishning ustuvor yo‘nalishlari ko‘rib chiqilgan.
2025-06-25
SHE’RIY TARJIMADA MILLIY RUH VA ESTETIK IFODA UYG‘UNLIGI
Ushbu maqolada o‘zbek xalqining ardoqli shoiri Muhammad Yusuf she’rlarining qoraqalpoqcha tarjimalari haqida fikrlar o‘z ifodasini topgan bo‘lib, so‘z san’atkorining o‘zbek tilidagi va qoraqalpoq tilidagi she’rlari tahlilga tortilgan. O‘zbekcha she’rlarning qoraqalpoqcha tarjimalarida milliy ruhning ifodalanishi haqida fikr-mulohazalar bayon qilingan.
2025-06-30
O`ZBEKISTONDA XORIJIY HUKUMAT MOLIYA TASHKILOTLARI ISHTIROKIDAGI LOYIHALAR TAHLILI (QASHQADARYO VILOYATI MISOLIDA)
Xorijiy tashkilotlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan loyihalar asosan infratuzilma, ta'lim, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, ekologiya va boshqa sohalarda amalga oshirilmoqda. Quyida Qashqadaryo viloyatida amalga oshirilgan yoki davom etayotgan yirik loyihalar haqida tahlilni taqdim etaman. Suv ta'minoti tizimini modernizatsiya qilish (Osiyo Taraqqiyot Banki – ADB). Loyiha maqsadi: Qashqadaryo viloyatining qishloq hududlarida ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash, suv isrofigini kamaytirish va mavjud suv tarmog‘ining samaradorligini oshirish. Moliyaviy yordam miqdori: 50 million AQSh dollari. Samaralari: suv tarmog‘ining modernizatsiyasi va yangi texnologiyalarni joriy etish orqali ichimlik suvi ta'minoti yaxshilandi. Suvdan samarali foydalanish imkoniyatlari yaratildi, qishloq aholisining hayot sifati oshdi. Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya qilish (Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki – EBRD).
2025-06-30
KORPORATIV BOSHQARUVNING MOLIYAVIY NATIJALARGA TASIRI
Korporativ boshqaruv (karparativ boshqaruv) — bu kompaniya yoki tashkilotning strategik va operatsion faoliyatini boshqarish tizimi bo'lib, uning asosiy maqsadi kompaniyaning uzoq muddatli muvaffaqiyatini ta'minlash, shaffoflikni oshirish, manfaatdor tomonlar (aktsionerlar, xodimlar, mijozlar, hamkorlar va boshqalar) manfaatlarini himoya qilish va barqaror rivojlanishni qo'llab-quvvatlashdir. Karparativ boshqaruvning asosiy elementlari. Boshqaruv organlari. Direktorlar kengashi (Board of Directors) — kompaniyaning strategik boshqaruvi uchun javobgar bo'lib, u kompaniyaning uzoq muddatli rivojlanish yo'nalishlarini belgilaydi.
2025-06-30
KOMPLAENS NAZORATI TIZIMINING KORPORATIV BIZNESDAGI ROLINI OSHIRISH MASALALARI
Komplaens nazorati tizimi tashkilotning huquqiy, iqtisodiy va etik jihatdan barqarorligini ta'minlashda muhim o'rin tutadi. U organizatsiyani tartibga soluvchi talablar asosida samarali faoliyat yuritishini ta'minlab, kelajakdagi muammolarni kamaytiradi. Komplaens tizimining vazifalari: qonunlarga rioya qilishni ta'minlash: Tashkilotning barcha faoliyatlari davlat va xalqaro qonunlar, me'yoriy hujjatlar va tarmoq talablariga muvofiq amalga oshirilishini ta'minlash. Risklarni boshqarish: Potensial huquqiy va moliyaviy risklarni aniqlash va oldini olish. Reputatsiyani saqlash: Tashkilotning jamiyatdagi imijini himoya qilish, shaffoflikni ta'minlash. Ichki nazoratni kuchaytirish: Tashkilot ichidagi potentsial xatoliklar va noqonuniy amaliyotlarni aniqlash va ularga qarshi chora ko'rish.
2025-06-30
AHOLINI IJTIMOIY HIMOYA QILISH LOYIHALARINI DAVLAT TOMONIDAN MOLIYAVIY QO'LLAB-QUVVATLASH AMALIYOTINI TAKOMILLASHTIRISH
Xalqaro tajribalar va ularning O'zbekistondagi tatbiqi. Dunyoning turli mamlakatlarida ijtimoiy himoya tizimlarini moliyaviy qo'llab-quvvatlashda muvaffaqiyatli tajribalar mavjud. Masalan, Skandinaviya mamlakatlarida ijtimoiy himoya tizimlari yuqori darajada moliyalashtirilgan va ular samarali ishlamoqda. O'zbekistonda ham ijtimoiy himoya tizimlarini rivojlantirish uchun xalqaro tajribalardan o'rganish va ularni milliy sharoitga moslashtirish zarur. Xalqaro moliya institutlari va donorlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, O'zbekistonda ijtimoiy himoya tizimlarini yanada samarali qilish uchun zarurdir. Shu bilan birga, davlatning ijtimoiy himoya tizimlariga ajratiladigan mablag'larni oshirish va resurslarni aniq taqsimlash muhimdir.
2025-06-30
TIJORAT BANKLARI FAOLIYATINI BAHOLASHDA BANK BALANSINING AHAMIYATI VA UNING TAHLILINI TAKOMILLASHTIRISH (“MIKROKREDITBANK”ATB MISOLIDA)
Tijorat banklari moliyaviy tizimning asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi va ularning samarali faoliyati mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Banklarning moliyaviy holatini chuqur va puxta tahlil qilish, ularning ichki imkoniyatlarini aniqlash, aktiv va passivlarni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, bank balansining o‘rganilishi tijorat banklarining moliyaviy barqarorligi va rentabelligi to‘g‘risida to‘liq tasavvur hosil qilish imkonini beradi. Ushbu mavzuning dolzarbligi bank balansini chuqur tahlil qilish orqali tijorat banklarining aktivlarini samarali boshqarish, likvidlikni saqlab qolish hamda daromad olish strategiyasini belgilash zarurati bilan izohlanadi.
2025-06-30
BANK MOLIYAVIY AKTIVLARI HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH
Bank tizimi milliy iqtisodiyotda muhim o‘rin tutadi va banklar moliyaviy aktivlari orqali o‘z faoliyatini amalga oshiradi. Bank moliyaviy aktivlari — bu kreditlar, investitsiyalar, obligatsiyalar, aksiyalar va boshqa moliyaviy vositalar bo‘lib, ularning to‘g‘ri hisobini yuritish bankning barqarorligini ta'minlash uchun juda muhimdir. Biroq, bugungi kunda bank moliyaviy aktivlarini hisobga olishda yuzaga keladigan muammolar va murakkabliklar bank tizimining samarali faoliyatiga to‘sqinlik qilmoqda. Shuning uchun, bank moliyaviy aktivlarini hisobga olish va boshqarish tizimini takomillashtirish zarurati kundan-kunga ortib bormoqda.
2025-06-30
QUYOSH FOTOELEKTR STANSIYALARI QURISH LOYIHALARI TAHLILI VA TADQIQI (O’ZBEKISTONDAGI LOYIHALAR MISOLIDA)
Zamonaviy dunyoda energiya manbalarining diversifikatsiyasi va ekologik barqaror rivojlanish muhim ahamiyat kasb etmoqda. An’anaviy yoqilg‘i manbalarining cheklanganligi va atrof-muhitga salbiy ta’siri fonida, qayta tiklanadigan energiya manbalariga, xususan, quyosh energiyasiga e’tibor kuchaymoqda. O‘zbekiston geografik joylashuvi jihatdan quyosh nuri resurslariga boy bo‘lib, yil davomida o‘rtacha 3000 soatdan ortiq quyosh yoritilishi mavjudligi bilan ajralib turadi. Bu omil mamlakatda quyosh fotoelektr stansiyalari (QFS) qurilishi va rivojlanishiga katta imkoniyat yaratadi.
2025-06-30
IQTISODIYOT TARMOQLARINI SOLIQ VOSITALARI ORQALI TARTIBGA SOLISH YO’LLARI
Soliq siyosati davlatning iqtisodiyot tarmoqlarini tartibga solishdagi asosiy vositalaridan biri hisoblanadi. Soliq vositalari orqali davlat iqtisodiyotning turli sohalariga ta’sir ko‘rsatib, ularni rivojlantirish yoki tartibga solish imkoniga ega. Bu jarayonda soliq imtiyozlari, soliq stavkalari va qo‘shimcha soliqlar muhim rol o‘ynaydi. Soliq imtiyozlari va qo‘shimcha soliq majburiyatlari yordamida muayyan sohalarda investitsiyalarni rag‘batlantirish, ishlab chiqarishni ko‘paytirish yoki ortiqcha resurs sarfini kamaytirish mumkin.
2025-06-30
KORPORATIV TUZILMALARNING XALQARO MOLIYA BOZORIDA FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI
Bugungi kunda jahon iqtisodiyotida kechayotgan chuqur integratsion jarayonlar va kapital harakatining erkinlashuvi korporativ tuzilmalar oldida yangi imkoniyatlar bilan birga murakkab muammolarni ham yuzaga keltirmoqda. Ayniqsa, rivojlanayotgan davlatlar, jumladan O‘zbekiston uchun korporatsiyalarni xalqaro moliyaviy muhitga moslashtirish va ularning global kapital bozorlaridagi ishtirokini kuchaytirish dolzarb vazifaga aylangan. Xalqaro moliya bozori bugungi kunda uzoq muddatli, arzon, nisbatan barqaror moliyaviy resurslarni jalb qilish imkonini beradi. Bu esa nafaqat iqtisodiy o‘sishni jadallashtirish, balki korporativ tuzilmalar raqobatbardoshligini oshirish va investitsion jozibadorligini kuchaytirishda muhim rol o‘ynaydi.
2025-06-30
TIJORAT BANKALARIDA NAQD PULSIZ XISOB KITOBLAR XISOBI VA AUDITINI TAKOMILLASHTIRISH
Tijorat banklarida naqd pulsiz hisob-kitoblar hisobi va auditini takomillashtirish zamonaviy moliyaviy tizimning barqarorligi va samaradorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. So‘nggi yillarda iqtisodiyotni raqamlashtirish jarayoni jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda, bu esa bank faoliyatidagi naqd pulsiz operatsiyalar ulushini keskin oshirishga olib keldi. Shu nuqtai nazardan, banklarda naqd pulsiz hisob-kitoblarni to‘g‘ri va aniq aks ettirish, hisob siyosatini doimiy ravishda takomillashtirish hamda audit jarayonlarini sifat jihatdan yaxshilash dolzarb vazifa hisoblanadi. Naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi banklarning mijozlarga ko‘rsatadigan xizmatlarini tezkor, xavfsiz va shaffof qilish imkonini beradi, bu esa bank tizimining umumiy ishonchliligini oshiradi.
2025-06-30
PULLI AVTOMOBIL YO’LLARI LOYIHALARINI O’ZBEKISTONDA JORIY ETISH MASALALARI
O‘zbekiston Respublikasida avtomobil yo‘llari infratuzilmasini zamonaviylashtirish va rivojlantirish masalalari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Mamlakat iqtisodiyotining barqaror o‘sishi, hududlar o‘rtasidagi transport aloqalarining mustahkamlanishi va aholi farovonligining oshishi yo‘l infratuzilmasining rivojlanish darajasiga bevosita bog‘liq. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda yo‘l qurilishi sohasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, pulli avtomobil yo‘llarini joriy etish bo‘yicha bir qator loyihalar ishlab chiqilgan va ayrimlarining amalga oshirilishi boshlab yuborilgan.
2025-06-30
YASHIL SUQUQ EMISSIYASI VA XALQARO BOZORDA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
Yashil suquqlar bozorining rivojlanishiga bir nechta omillar ta'sir qiladi. Ushbu omillar bozorning kengayishiga va barqaror o‘sishiga yordam beradi yoki aksincha, bozorni to‘xtatishi mumkin. Yashil suquq bozorining rivojlanishida iqtisodiy omillar juda muhim. Dunyo iqtisodiyoti o‘zgarmoqda, va ekologik mas'uliyatni hisobga olgan holda investitsiyalarni jalb qilish talab etiladi. Davlatlar tomonidan amalga oshiriladigan soliq imtiyozlari va subsidiya siyosati, yashil suquqlarning chiqarilishi va ularning qabul qilinishiga ta'sir qilishi mumkin. Davlatlarning ekologik siyosati va qoidalari yashil suquqlar bozorining rivojlanishiga ta'sir qiladi. Ko‘plab davlatlar yashil obligatsiyalarni chiqarishga rag‘batlantiruvchi siyosatlarni ishlab chiqmoqda. Masalan, Yevropa Ittifoqining yashil obligatsiyalar bozorini rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslari, bu bozorda yangi imkoniyatlarni yaratmoqda. Yashil suquqlar bozorida texnologik innovatsiyalarning rivojlanishi, yangi ekologik loyihalarni moliyalashtirishga yordam beradi. Masalan, energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan yangi texnologiyalar, yashil suquqlar bozorida investitsiyalarning o‘sishiga yordam beradi. Yashil Suquqlar Bozorining Kelajagi. Yashil suquqlar bozorining kelajagi juda yorqin.
2025-06-30
BANK AKTIVLARI SAMARADORLIGI, UNI TAHLILINI TAKOMILLASHTIRISH (“HAMKORBANK” ATB MISOLIDA)
Bank faoliyatining asosiy elementlaridan biri uning aktivlari hisoblanadi. Bank aktivlari samaradorligi — bank resurslaridan maksimal darajada foyda olish va ularni oqilona boshqarish orqali bankning moliyaviy holatini va barqarorligini ta’minlashga qaratilgan ko‘rsatkichdir. Ushbu mavzu bugungi kunda ayniqsa dolzarb, chunki bank tizimida raqobat kuchayib borayotgan sharoitda bank aktivlarining samarali boshqarilishi ularning rentabelligi va xavfsizligini ta’minlash uchun muhimdir.
2025-06-30
SUN`IY INTELLEKTDAN FOYDALANISH VOSITASIDA KORPORATIV MOLIYADA SAMARADORLIKNI TA`MINLASH MASALALARI
Korporativ moliyada sun’iy intellektdan foydalanish, shuningdek, xodimlarning mehnat unumdorligini oshirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Avtomatlashtirilgan tahliliy vositalar yordamida moliyaviy menejerlar oddiy hisob-kitob va monitoringdan ko‘ra, strategik qarorlar ishlab chiqish va tavakkalchiliklarni baholash bilan shug‘ullanishga ko‘proq vaqt ajrata oladilar. Bu esa, kompaniya boshqaruvining intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. Sun’iy intellekt asosidagi moliyaviy tizimlar xatarlarni aniq baholash, investitsiya imkoniyatlarini tahlil qilish va foydali strategiyalarni ishlab chiqishda ishonchli vosita bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, mashinali o‘rganish algoritmlari yordamida potentsial investitsiya loyihalarining rentabelligi, risk darajasi, likvidlilik ko‘rsatkichlari va bozor ehtimollari aniqlanadi. Bunday texnologiyalar an’anaviy baholash metodlaridan ancha yuqori aniqlikka ega.
2025-06-30
“MOLIYA HISOBOTLARINI TAQDIM ETISH ASOSI” VA UNI O’ZBEKISTON AMALIYOTIGA JORIY ETISH USLUBIYATI
Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish iqtisodiy sub’ektlarning moliyaviy holatini aniq, haqqoniy va tushunarli shaklda aks ettiruvchi jarayon bo‘lib, u zamonaviy moliya tizimining ajralmas qismi hisoblanadi. Hisobotlar moliyaviy faoliyatning barcha tomonlarini qamrab olishi, foydalanuvchilarga (investorlar, kreditorlar, davlat organlari, xodimlar va boshqalar) o‘z qarorlarini asoslash uchun kerakli ma’lumotlarni yetkazishi lozim. Shu bois, moliyaviy hisobotlarning sifati, ularni taqdim etish mezonlari va asoslari davlat iqtisodiy siyosatida alohida o‘rin tutadi.
2025-06-30
BARQAROR RIVOJLANISH LOYIHALARI: IQTISODIY VA EKALOGIK MAQSADLARNI MUVOZANATLASH (O’ZBEKISTON MISOLIDA)
Bugungi kunda dunyo mamlakatlari uchun barqaror rivojlanish konsepsiyasi eng dolzarb yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Barqaror rivojlanish nafaqat iqtisodiy o‘sish sur’atlarini oshirish, balki tabiiy resurslarni muhofaza qilish, atrof-muhitni saqlash, shuningdek ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashni ham nazarda tutadi. Ayniqsa, O‘zbekiston kabi tabiiy resurslarga boy, ammo ekologik muammolari mavjud bo‘lgan mamlakatlar uchun barqaror rivojlanish loyihalarini amalga oshirish eng muhim vazifalardan biridir. Ushbu tezisda O‘zbekiston misolida iqtisodiy va ekologik maqsadlarni muvozanatlash orqali barqaror rivojlanish loyihalarining mohiyati, amaliyoti, muammolari hamda istiqbolli yo‘nalishlari batafsil tahlil qilinadi.
2025-06-30
TIJORAT BANKLARIDA VALYUTA OPERATSIYALARINI XISOBINI VA AUDITINI TAKOMILLASHTIRISH
Tijorat banklarining xalqaro miqyosda faoliyat yuritishi ularning valyuta operatsiyalarini doimiy ravishda amalga oshirishini taqozo etadi. Global moliya bozorlaridagi o‘zgaruvchanlik, konvertatsiya jarayonlari, turli valyuta kurslari farqlari, xalqaro to‘lovlar, import-eksport bilan bog‘liq xizmatlar va investitsiya oqimlari valyuta operatsiyalarining murakkab va ko‘p qirrali ekanligini ko‘rsatadi. Ushbu murakkab jarayonlar banklar uchun ham katta imkoniyat, ham katta tavakkal manbai hisoblanadi. Shu bois, valyuta operatsiyalarining hisobini yuritish, ularni aniq va shaffof tarzda aks ettirish, tegishli audit nazorati ostida doimiy monitoring qilish – zamonaviy bank tizimining muhim elementlaridan biriga aylangan. Bunday jarayonlarda xatolik va nazoratsizlik nafaqat bankning o‘ziga, balki butun moliyaviy tizimga xavf tug‘diradi.
2025-06-30
BANKLARDA MOLIYAVIY HISOBOTLAR TAHLILINI TASHKIL ETISH TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISH (O’ZMILLIYBANK AJ MISOLIDA)
Moliyaviy hisobotlar bank faoliyatining samaradorligi, barqarorligi va moliyaviy holatini baholashda muhim vosita hisoblanadi. Ular orqali bankning aktivlari va passivlari, likvidlik darajasi, rentabellik, risk darajasi va boshqa ko‘plab moliyaviy ko‘rsatkichlar aniq va tizimli tarzda tahlil qilinadi. Shu bois, banklarda moliyaviy hisobotlarni to‘g‘ri va samarali tahlil qilish jarayoni, shu jumladan tahlilni tashkil etish tartibi, zamonaviy talablar darajasida bo‘lishi lozim. O’zmilliybank AJ misolida olib borilgan tahlillar shuni ko‘rsatadiki, moliyaviy hisobotlar tahlilining amaliy jarayoni qisman eskirgan usullarga tayangan, bu esa bank rahbariyatining samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilishida qiyinchiliklar keltirib chiqarmoqda. Shuningdek, bankda moliyaviy ko‘rsatkichlarni o‘z vaqtida va sifatli tahlil qilish uchun axborot texnologiyalari va ilg‘or moliyaviy-analitik metodlardan samarali foydalanilmaganligi ham seziladi. Bu holat esa bankning moliyaviy barqarorligini va bozordagi raqobatbardoshligini kamaytiradi.
2025-06-30
