«Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar: Muammolar va yechimlar» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.

Опубликован: 2025-07-05

ISSUES OF LINGUOPOETIC ANALYSIS AS AN ASPECT OF NATIONAL THEORETICAL LITERARY STUDIES

Linguopoetic analysis is an interdisciplinary field at the intersection of linguistics and literary studies that focuses on understanding how language shapes and structures literary texts. As an aspect of national theoretical literary studies, linguopoetic analysis offers valuable insights into the ways language reflects cultural identities, historical contexts, and societal norms. This article explores the key issues in linguopoetic analysis, particularly within the framework of national literary traditions, highlighting its significance in understanding the unique features of national literatures. By examining linguistic features such as phonology, syntax, semantics, and stylistic devices, this study offers a comparative perspective on how national literary identities are constructed through language. The research also identifies challenges and opportunities for integrating linguopoetic analysis into contemporary literary studies. The paper concludes with suggestions on how linguopoetic analysis can contribute to the development of national literary theories and provide deeper insights into the cultural dimensions of literature.

Asqar Abdullayev

4-6

2025-07-07

KIMYO DARSLARIDA INTERFAOL METODDAN FOYDALANISH

Ushbu maqola kimyo darslarida interfaol metodlardan foydalanishning samarali usullari va ularning ta'lim jarayonidagi ahamiyatini yoritadi. Maqolada interfaol usullar orqali o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishi va faolligi oshishi, tanqidiy fikrlash va mustaqil o‘rganish ko‘nikmalari va laboratoriya ishlari, guruhda hamkorlik, virtual laboratoriyalar va boshqa innovatsion pedagogik texnologiyalar yordamida kimyo fanini chuqurroq va amaliy tarzda o‘rgatish imkoniyatlarini beradi .

Normurodova Lobar Baxtiyor qizi

7-11

2025-07-08

PRDA SOHASIDA RAQAMLI KOMMUNIKATSIYALARNI FOYDALANISH: IMKONIYAT VA USULLARI

Mazkur maqolada jamoatchilik bilan aloqalar (PR) sohasida raqamli kommunikatsiyalardan foydalanishning ahamiyati haqida so’z boradi. Shuningdek, sohada qo’llaniladigan raqamli kommunikatsiya vositalari va ularning o’ziga xosligi, kampaniya PRni rivojlantirishda kommunikatsiyaning yangi usullari tahlil qilingan.

Esengeldieva Ásem Yuriy qizi

12-14

2025-07-08

AYOLLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISHDA TIJORAT BANKLARINING O’RNI

O‘zbekiston iqtisodiyotida ayollar tadbirkorligini rivojlantirish ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ajralmas qismi hisoblanadi. Ayollarni iqtisodiy faollikka keng jalb etish, ularning biznes sohasidagi ishtirokini kengaytirish orqali nafaqat bandlik muammosi hal etiladi, balki oilaviy farovonlik, jamiyatdagi tenglik va inklyuziv iqtisodiy o‘sish ham ta’minlanadi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida gender tengligini ta’minlash, ayollar uchun qulay biznes muhitini shakllantirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda tijorat banklarining roli beqiyos bo‘lib, ular kreditlash, moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish, maslahatlar berish hamda ayollar tadbirkorligiga ko‘maklashuvchi maxsus dasturlar orqali faol ishtirok etmoqda.

Turayeva Nasiba Muxiddin qizi

15-17

2025-07-09

INVESTITSION RISKLARNI ANIQLASH VA BARTARAF ETISHDA NAZORAT TIZIMINING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI

Mazkur maqolada investitsion risklarning mohiyati, ularning turlari hamda bu xavflarni aniqlash va kamaytirishda zamonaviy nazorat tizimlarining o‘rni tahlil qilinadi. Muallif sun’iy intellekt, raqamli monitoring, risk-reyting tizimlari va ERP/CRM kabi texnologiyalar asosida ishlovchi nazorat mexanizmlarining samaradorligini ochib beradi. Xalqaro tajriba, jumladan, OECD mamlakatlari, Xitoy va O‘zbekiston amaliyoti misolida ilg‘or yondashuvlar o‘rganiladi. Maqolada investitsion xavflarni real vaqt rejimida aniqlash, baholash va oldini olishda kompleks yondashuvlar zarurligi asoslab berilgan. Xulosa sifatida, innovatsion nazorat texnologiyalarini keng joriy etish investitsiya muhitining barqarorligini va sarmoyadorlar ishonchini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlanadi.

Hamidov Behzod Nemat o‘g‘li

18-22

2025-07-09

TIJORAT BANKLARIDA ISLOM MOLIYASI XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISH YO’LLARI

Hozirgi kunda moliya sohasi tez o‘zgarayotgan va rivojlanayotgan tarmoqlardan biri hisoblanadi. Xususan, Islom moliyasi bozorining jahon moliya tizimida tutgan o‘rni tobora ortib bormoqda. Islom moliyasining asosiy tamoyillari – ribo (foiz) taqiqi, adolat, riskni birgalikda bo‘lishish va shaffoflik – moliya sohasida barqarorlik va ijtimoiy adolatni ta’minlashga xizmat qiladi. Shu sababli, ko‘plab mamlakatlarda, jumladan O‘zbekistonda ham tijorat banklari o‘z faoliyatlarida islom moliyasi xizmatlarini keng joriy etishga intilmoqda. Bu esa mamlakat moliyaviy tizimining samaradorligini oshirish, yangi investitsiyalar jalb qilish va iqtisodiy o‘sishga ko‘maklashish imkonini beradi.

Muhitdinova Guzal Solixovna

23-25

2025-07-10

THE FIRST IMAGES OF THE IMAGE OF THE FLOWER AND THE NIGHTINGALE IN TURKISH LITERATURE

This article analyzes comments on the use of the image of a flower and a nightingale in Mahmud Kashgari's work " Devonu-lugati-t-turk".

Muslima Kholboeva

26-28

2025-07-10

THE ROLE OF ENGLISH IDIOMS IN MAKING CONVERSATIONS MORE ATTRACTIVE

Idioms play a crucial role in making English conversations more natural, expressive, and culturally rich. As fixed expressions with metaphorical meanings, idioms help speakers convey ideas more vividly and make communication sound less formal and more native-like. This paper discusses how idioms add color, emotion, and depth to everyday speech, and why their proper use is essential in mastering spoken English.

Kamola Amilova

29

2025-07-10

TIJORAT BANKLARIDA AUDITORLIK DALILLARINING ISHONCHLILIGI VA ULARNI BAHOLASH MEZONLARI

Mazkur maqolada tijorat banklari auditida auditorlik dalillarining ishonchliligi va ularni baholash mezonlari tizimli ravishda o‘rganiladi. Auditorlik dalillarining turlari, ularning shakllanish manbalari, audit jarayonidagi ahamiyati hamda ularni etarli va mos dalillar sifatida baholashda xalqaro audit standartlari, xususan ISA 500 talablari asosida tahlillar keltirilgan. Shuningdek, bank sektorining texnologik xususiyatlari va axborot tizimlari muhitida dalillarni olish va hujjatlashtirishda yuzaga keladigan muammolar, ularning yechimlari bilan birga ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, auditorlik dalillarining sifati va asoslanganligi audit xulosasining haqqoniyligi va qonuniyligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli dalillarni baholash mezonlarini takomillashtirish, bank auditida ishonchli va huquqiy kuchga ega xulosalarga erishishda muhim ahamiyatga ega.

Olimjonov Jasurbek Otabek o‘g‘li

30-33

2025-07-11

TIJORAT BANKLARIDA KOMPLAYENS NAZORAT TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI

Mazkur ilmiy tezisda tijorat banklarida komplayens (muvofiqlik) nazorat tizimining mazmun-mohiyati, funksiyalari hamda uning samaradorligini oshirishga qaratilgan takomillashtirish yo‘nalishlari yoritilgan. Komplayens tizimi bank faoliyatining qonuniy, shaffof va axloqiy mezonlarga muvofiqligini ta’minlovchi muhim vosita sifatida baholanadi.

Mamanov Akmal Dusmuratovich

34-37

2025-07-14

BO‘LAJAK SURDOPEDAGOGLARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDA SHAXSGA YO‘NALTIRILGAN TA’LIM

Maqola bo'lajak surdopedagoglarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda shaxsga yo'naltirilgan ta'lim yondashuvining ahamiyati va imkoniyatlarini tahlil qilishga bag'ishlangan. Tadqiqot zamonaviy ta'lim tizimida surdopedagoglarni tayyorlash jarayonida individual yondashuv, talabaning shaxsiy ehtiyojlari va qobiliyatlarini hisobga olish zarurligini ko'rsatib beradi. Maqolada surdopedagoglik ta'limining o'ziga xos xususiyatlari, kasbiy kompetentlikning asosiy komponentlari va shaxsga yo'naltirilgan ta'lim metodlarining samaradorligi o'rganilgan. Maqolada eshitish nuqsonli bolalar bilan ishlash uchun zarur bo'lgan maxsus bilim, ko'nikma va kompetensiyalarni shakllantirish masalalari muhokama qilinadi.

Xayitov Lazizbek Rustamjon o‘g‘li

38-42

2025-07-14

ATROF-MUHIT MUHOFAZASINI TA’MINLASHDA YASHIL LOYIHALARNING O’RNI

Atrof-muhit muhofazasini ta’minlashda yashil loyihalarining o'rni bugungi kunda dunyo miqyosida juda muhim hisoblanadi. Yashil loyihalar nafaqat tabiiy resurslarni samarali ishlatishga, balki iqlim o'zgarishini kamaytirishga va ekologik barqarorlikni ta'minlashga ham qaratilgan. Yashil iqtisodiyot va ekologik barqaror rivojlanish tushunchalari, ayniqsa, sanoat rivojlanishi va urbanizatsiya jarayonlari ortidan kelib chiqadigan ekologik tahdidlarga qarshi kurashish zaruratidan kelib chiqadi. Shu sababli, yashil loyihalar atrof-muhitni saqlashda muhim ahamiyatga ega. Energiya tejamkorligi va qayta tiklanuvchi energiya manbalari. Yashil loyihalar, asosan, energiya tejamkorligi va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni o'z ichiga oladi. Quyosh energiyasi, shamol energiyasi, bioenergiya va geotermal energiya kabi manbalar, an'anaviy energiya manbalariga qaraganda ekologik jihatdan ancha toza va barqaror hisoblanadi. Yashil loyihalar bu manbalardan foydalanishni kengaytirish orqali karbon chiqindilarini kamaytirishga va iqlim o'zgarishini sekinlashtirishga yordam beradi.

Tojiyev Sunnat Husniddin o'g'li

43-45

2025-07-18

BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARIGA ERISHISHDA KORPORATIV MOLIYANING ROLI

Zamonaviy dunyoda iqtisodiy taraqqiyot va ekologik, ijtimoiy barqarorlik o‘rtasidagi muvozanatni saqlash insoniyat oldidagi eng dolzarb vazifalardan biriga aylangan. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan ilgari surilgan Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) 2030 yilgacha global miqyosda ijtimoiy, ekologik va iqtisodiy muammolarga yechim topishga qaratilgan keng qamrovli strategik yo‘nalishdir. Ushbu maqsadlar ichida qashshoqlikka barham berish, sifatli ta'lim, toza suv va sanitariya, energiya manbalaridan oqilona foydalanish, iqlim o‘zgarishiga qarshi choralar ko‘rish kabi ustuvor yo‘nalishlar mavjud bo‘lib, ularga erishishda barcha ijtimoiy-iqtisodiy institutlar, xususan, korporativ sektor faol ishtirok etishi zarur. Shu nuqtayi nazardan, barqaror rivojlanishga erishishda korporativ moliyaning o‘rni va roli tobora ortib bormoqda.

Kurbanova Nigora Azadovna

46-48

2025-07-23

TAQDIMOT SLAYDLARINI YARATISH BO‘LIMINI O‘QITISH METODIKASI

Mazkur maqolada taqdimot slaydlari yaratish bo‘limini o‘qitish metodikasi keng tahlil etiladi. Zamonaviy ta’lim jarayonida slayd taqdimotlarining ahamiyati, ularning o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilish jarayoniga ta’siri va samaradorligini oshirish usullari ko‘rib chiqiladi. Maqolada “1 daqiqa – 1 slayd” metodining takomillashtirilgan shakli, gamifikatsiya yondashuvlari va interfaol ta’lim texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha innovatsion yondashuvlar tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, vizual va texnologik yondashuvlarni qo‘llash o‘quvchilarning faolligini oshirishga, mustaqil fikrlash va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Ushbu maqola o‘qituvchilar, ta’lim muassasalari rahbarlari hamda zamonaviy ta’lim usullariga qiziquvchilar uchun foydalidir.

Ruziyeva Gulasal Tog‘aymurod qizi, Nurullayeva Malika Baxtiyor qizi, Yaxiyaxonova Muxiba Maxmudjonovna

49-53

2025-07-28

NAZORAT QILISH VA BAHOLASHNING ZAMONAVIY USULLARI

Zamonaviy nazorat va baholash usullari o‘quvchilarning faolligini oshirish, individual yondashuvni ta’minlash va o‘z-o‘zini baholash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. Jumladan, formatif baholash, portfoliolarni yuritish, reflektiv tahlil, masofaviy test tizimlari va sun’iy intellekt yordamida avtomatlashtirilgan baholash metodlari o‘quv jarayonini yanada samarali bo’lishiga xizmat qiladi. Ayniqsa, interfaol texnologiyalardan foydalanish orqali nazorat jarayonining shaffofligi ta’minlanib, o‘quvchilarga o‘z natijalarini real vaqt rejimida kuzatish imkoniyati yaratiladi.

G‘ulamova Gulnoza Muzrobxon qizi , Yaxiyaxonova Muxiba Maxmudjonovna, Negmatova Sevinch Ergash qizi

54-58

2025-07-28

RAQAMLI TA’LIM TIZIMIDA “AXBOROT” BO‘LIMINI INTERFAOL TA’LIM METODLARI YORDAMIDA O‘QITISH METODIKASI TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu maqolada raqamli ta’lim tizimida “Axborot” bo‘limini interfaol ta’lim metodlari yordamida o‘qitish metodikasini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Tadqiqot davomida interfaol metodlarning ahamiyati, ularning o‘quvchilarning bilim olish jarayoniga ta’siri va samaradorligi tahlil qilindi. Jumladan, “Jigsaw” (Pazl), klaster, munozara, rolli o‘yinlar, elektron testlar kabi metodlar orqali o‘qitish natijalari muhokama qilindi. Maqolada interfaol metodlar yordamida dars o‘tish o‘quvchilarning faolligini oshirishi, mustaqil fikrlashini rivojlantirishi va bilimlarni mustahkamlashga yordam berishi ta’kidlanadi. Tadqiqot natijalari asosida quyidagi muhim xulosalar berilgan: interfaol ta’lim metodlarini keng joriy etish, dars jarayonida raqamli platformalar va amaliy topshiriqlardan foydalanish, o‘qituvchilarning malakasini oshirish va baholash tizimini takomillashtirish zarurligi. Ushbu maqola ta’lim jarayonini modernizatsiya qilish va raqamli ta’lim samaradorligini oshirishga qaratilgan bo‘lib, o‘qituvchilar, ta’lim metodistlari va tadqiqotchilar uchun foydali bo‘lishi mumkin.

Quchqorova Gulshanoy Jasur qizi, Yaxiyaxonova Muxiba Maxmudjonovna, Negmatova Sevinch Ergash qizi

59-64

2025-07-28

INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANINI O‘QITISHDA MEDIASAVODXONLIGINING O‘RNI

Ushbu maqolada informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda mediasavodxonlikning o‘rni tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar jadal rivojlanib borayotgan hozirgi davrda mediasavodxonlik nafaqat axborotni iste’mol qilish, balki uni tahlil qilish, to‘g‘ri baholash va undan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Tadqiqotda mediasavodxonlik orqali o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, soxta axborot va manipulyatsiyani aniqlash, hamda raqamli xavfsizlikni ta’minlash kabi jihatlar muhokama qilinadi. Shuningdek, maqolada mediasavodxonlikni informatikaga integratsiya qilishning samarali usullari, jumladan, memlar orqali bilim olish hamda interfaol mashg‘ulotlar tashkil etish taklif etiladi.

Abdurazzoqov Fayzulla, Nurullayeva Malika Baxtiyor qizi, Yaxiyaxonova Muxiba Maxmudjonovna

65-70

2025-07-28

O‘QITISHNING ZAMONAVIY VOSITALARIGA QO’YILGAN TALABLAR

Ushbu maqolada o‘qitish vositalariga qo‘yiladigan talablar va ularning didaktik jihatlari hamda o‘qitish vositalarining turlari va tasniflanishi hamda o‘quv jarayonida foydalanishning nazariy – metodik jihatlari yoritib berilgan. Bugungi kunda ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish natijasida o‘qituvchilarga darslarni yanada samarali tashkil etish imkoniyati yaratilmoqda. Shuningdek, bu vositalar masofaviy ta’lim imkoniyatlarini kengaytirib, har bir o‘quvchiga individual yondashish imkonini beradi. Natijada, ta’lim sifati oshib, bilim olish jarayoni qulay va samarali bo‘ladi.

G’ulomova Dilobar Obid qizi, Yaxiyaxonova Muxiba Maxmudjonovna, Negmatova Sevinch Ergash qizi

71-75

2025-07-28

KOMPYUTER BILAN TANISHUV BO‘LIMINI O‘QITISH METODIKASI

Ushbu maqolada raqamli ta’lim tizimida “Kompyuter bilan tanishuv” bo‘limini o‘qitish metodikasi tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim jarayonida kompyuter savodxonligini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etib, bunda interfaol va texnologik yondashuvlardan foydalanish samaradorlikni oshiradi. Maqolada ushbu mavzuni o‘qitishda gamifikatsiya, video darslar, virtual laboratoriyalar va Learning Management System (LMS) tizimlaridan foydalanishning afzalliklari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, o‘quvchilarning kompyuter bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida loyiha asosida o‘qitish (Project-Based Learning) metodikasining ahamiyati yoritiladi. O‘quv jarayonining samaradorligini oshirish uchun amaliy mashg‘ulotlarga e’tibor qaratish, vizual materiallardan foydalanish va interfaol dars usullarini joriy etish taklif qilinadi. Maqola natijasida raqamli ta’limda kompyuter bilan tanishuv bo‘limini o‘qitishda innovatsion yondashuvlarning ahamiyati asoslab beriladi hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalar yordamida o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.

Poyonov Xusniddin Ortiqovich , Yaxiyaxonova Muxiba Maxmudjonovna, Negmatova Sevinch Ergash qizi

76-80

2025-07-28

ZAMONAVIY KOMPYUTERLAR BOʻLIMINI OʻQITISH METODIKASI

Zamonaviy kompyuterlar boʻlimini oʻqitish metodikasi, kompyuter texnologiyalarining tez rivojlanishi va oʻquvchilarning yangi bilimlarga ehtiyoji tufayli ahamiyat kasb etadi. Ushbu tadqiqotda kompyuter texnologiyalarini oʻqitish metodikasi, zamonaviy pedagogik yondashuvlar va interaktiv oʻqitish metodlari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari, interaktiv va amaliy metodlarning oʻquvchilarning bilim darajasi va motivatsiyasini oshirishda samarali ekanligini koʻrsatdi. Oʻqitish jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, oʻquvchilarga nafaqat nazariy, balki amaliy bilimlarni ham oʻrgatish, oʻqish jarayonini qiziqarli va samarali qiladi. Tadqiqotda onlayn ta’lim platformalarining rolini, masofaviy ta’limning imkoniyatlari va kamchiliklarini oʻrganish hamda oʻqituvchilarning malakasini oshirish zarurati ta’kidlandi.

Shernazarova Madina Muxiddin qizi, Yaxiyaxonova Muqiba Maxmudjonovna, Negmatova Sevinch Ergash qizi

81-87

2025-07-28

INFORMATIKA O'QITISH METODIKASI FAN SIFATIDA TARIXI

Mazkur maqola informatika o'qitish metodikasining fan sifatida rivojlanish tarixi tahlil qilish, mavzuga oid o'zgarishlari va yangiliklarini o'rganishga qaratilgan. Informatikaning o'qitilishi, avvalo, nazariy bilimlardan amaliy ko'nikmalarga o'tish jarayonida o'zgarishlarni ko'rsatadi. Maqolada metodikaning rivojlanish bosqichlari, interaktiv va texnologik metodlarning joriy etilishi, shuningdek, informatika o'qituvchilari va o'quvchilar uchun yuzaga keladigan qiyinchiliklar va imkoniyatlar muhokama qilinadi.

Norqulova Go’zal Bobomurod qizi, Yaxiyaxonova Muxiba Maxmudjonovna, Negmatova Sevinch Ergash qizi

88-94

2025-07-28

DARSDAN TASHQARI MASHG‘ULOTLARNI O‘TKAZISH SSENARIYLARI BILAN TANISHISH

Maqolada darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etishning samarali ssenariylari va ularning ta’lim jarayonidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Darsdan tashqari mashg‘ulotlar o‘quvchilarning bilimlarini mustahkamlash, ijodiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, hamda amaliy bilimlarni chuqurlashtirishda muhim rol o‘ynaydi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar, jumladan, interfaol metodlar, gamifikatsiya, masofaviy ta’lim hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari keng yoritiladi. O‘quvchilarning qiziqishlarini inobatga olgan holda mashg‘ulotlarni rejalashtirish va samarali ssenariylar asosida tashkil etish usullari shular jumlasidan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, darsdan tashqari mashg‘ulotlarni innovatsion yondashuvlar asosida olib borish o‘quvchilarning motivatsiyasini oshirish va ta’lim sifati yaxshilanishiga xizmat qiladi.

Mamanova Muboshira Orif qizi, Yaxiyaxonova Muxiba Maxmudjonovna, Negmatova Sevinch Ergash qizi

95-99

2025-07-28

O‘QUV MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL ETISH VA O‘TKAZISHGA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR

Ushbu maqola o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazishga zamonaviy yondashuvlar masalasiga bag‘ishlangan bo‘lib, ta’lim jarayonida samarali va innovatsion metodlarni qo‘llashning muhimligini ko‘rsatadi. Maqolada o‘quvchilarning faol ishtirokini ta’minlash, individual yondashuvni kuchaytirish va interfaol ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, onlayn ta’lim platformalarining rivojlanishi, raqamli ta’lim vositalarining integratsiyasi hamda o‘qituvchining yangi roli haqida fikr yuritiladi. Pedagogik texnologiyalarni zamonaviy talablarga moslashtirish, shuningdek, talaba markazli o‘qitish usullarining amaliyotga tatbiqi haqida misollar keltiriladi. Ushbu yondashuvlar o‘qituvchilar va ta’lim mutaxassislariga ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan tavsiyalarni taqdim etadi.

Inoqov Jonibek Kamoliddin o‘g‘li, Yaxiyaxonova Muqiba Maxmudjonovna, Negmatova Sevinch Ergash qizi

100-105

2025-07-28

AXBOROTLI JARAYONLAR BO‘LIMINING O‘QITISH METODIKASI

Mazkur maqolada axborotli jarayonlar bo‘limining o‘qitish metodikasi tahlil qilinadi. Axborotli jarayonlar - bu ma'lumotlarni qabul qilish, qayta ishlash va uzatishning turli usullari va tizimlari bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlardir. Maqolada axborot jarayonlarini samarali o‘rgatish uchun metodik yondashuvlar, pedagogik texnologiyalar va interaktiv usullar keltirilgan. O‘quvchilarda analitik fikrlash, axborotlarni tahlil qilish va ularni amaliyotda qo‘llash qobiliyatlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati ko‘rsatiladi.

O‘rinova Lobar Bahodirjon qizi , Yaxiyaxonova Muxiba Maxmudjonovna, Negmatova Sevinch Ergash qizi

106-110

2025-07-28

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ БУХГАЛТЕРСКОГО УЧЕТА В ООО «UZBEKLEASING INTERNATIONAL A.O.»

В условиях активного реформирования экономики Республики Узбекистан важнейшее значение приобретает развитие небанковских финансовых институтов, в том числе лизинговых организаций. Одной из крупнейших и наиболее опытных компаний в данной сфере является ООО «UzbekLeasing International A.O.», играющее значимую роль в финансировании инвестиционных проектов через механизмы финансового и операционного лизинга.

М. Яркулова, Хожаева Бибианбаржон Шухрат кизи

111-114

2025-07-30

TOVAR MODDIY ZAHIRALAR XISOBI VA AUDITINI TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu maqolada tovar-moddiy zahiralarning buxgalteriya hisobi va auditini tashkil etishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Tovar-moddiy resurslarning hisobini yuritishda uchraydigan muammolar, mavjud yondashuvlar va ularni hal etish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, inventarizatsiya jarayonlarini avtomatlashtirish, axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish va ichki nazorat tizimini mustahkamlash orqali hisob va audit jarayonini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Mazkur maqola ishlab chiqarish va savdo korxonalari moliyaviy boshqaruvida ishtirok etuvchi mutaxassislar, auditorlar hamda ilmiy tadqiqotchilar uchun amaliy ahamiyat kasb etadi.

Oqilov Abrorjon Raxmonqulovich

115-118

2025-07-31

TIJORAT BANKLARIDA MUAMMOLI KREDITLAR PORTFELINI BOSHQARISH TIZIMINI OPTIMALLASHTIRISH VA BARQARORLASHTIRISH YO‘NALISHLARI

Tijorat banklarining asosiy faoliyati – mijozlarga kredit ajratish orqali daromad olishga yo‘naltirilgan bo‘lib, bu faoliyat banklarning umumiy aktivlaridagi eng muhim portfelni tashkil etadi. Shu bilan birga, kreditlar tarkibida qaytarilishi kechikayotgan yoki to‘liq qaytmasligi ehtimoli yuqori bo‘lgan muammoli kreditlarning ulushi oshib borishi moliyaviy xavflarni kuchaytiradi. Bu esa bankning barqarorligi, ishonchliligi va raqobatbardoshligiga bevosita salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tijorat banklari uchun muammoli kreditlar portfelini samarali boshqarish, uning sifati va rentabelligini ta’minlash, risklarni minimallashtirish orqali barqarorlikka erishish muhim vazifadir.

Turdaliyev Jaxongir Mirjamol o'g'li

119-121

2025-07-31

MUSTAQILLIK DAVRI ADABIYOTIDA MILLIY QADRIYATLAR VA GLOBALLASHUV ZIDDIYATLAR

Ushbu maqolada O’zbekiston mustaqillikka erishgach o’zbek adabiyotida ro’y bergan milliy qadriyatlar,tarixiy shaxslar, milliy an’analar, g’arb adabiyoti, internet davrining kirib kelishi va globallashuv ziddiyatlar haqida gap boradi.

Sanaqulova Lobar Hamidullo qizi

122-124

2025-07-31

“RO‘YO YOXUD G‘ULISTONGA SAFAR” ROMANIDA ONG OQIMI POETIKASI

Adabiyot inson ruhiyatining eng nozik qatlamlarini ochib beruvchi kuchli badiiy vositadir. Ayniqsa, ong oqimi uslubida yozilgan asarlar orqali inson ichki kechinmalari, tafakkuridagi ziddiyatlar, ongi va xotiralari tasviriy qatlamga kochiriladi. Ahmad Azamning Royo yoxud Gulistonga safar” romanida aynan shunday psixologik murakkabliklar, tush va haqiqat oraligidagi noaniqliklar, ijtimoiy va siyosiy tanqidiy qatlamlar bir butun ong oqimi tarzida ifodalanadi. Asar bosh qahramonining ongida roy beradigan ikki qismli ziddiyatlar, ichki monologlar orqali inson ozligini izlaydi, mavjud tartibotga shubha bilan qaraydi, voqelikni oz ruhiy tajribasi orqali idrok etadi. Zanjir timsoli, ajina obrazi, qorquvning psixologik tahlili, assotsiativ tafakkur jarayonlari asarda inson va jamiyat munosabatining falsafiy, ramziy va tanqidiy talqiniga zamin yaratadi. Ushbu tahlil mazkur roman misolida ong oqimi uslubining imkoniyatlarini, uning vositasida ochilgan ijtimoiy, ruhiy va ramziy qatlamlarni yoritishni maqsad qiladi.

Xamroyeva Dilnoza Jahongir qizi

125-127

2025-07-31

YOSH AVLODDA EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHDA TA’LIM TIZIMINING ROLI

Mazkur maqolada ekologik madaniyat tushunchasining mohiyati, tarkibiy komponentlari va ularni shakllantirishda ta’lim tizimining o‘rni ilmiy-pedagogik nuqtai nazardan tahlil etilgan. Global ekologik muammolar fonida yosh avlodda ekologik ong, qadriyat va mas’uliyatni shakllantirish zarurati asoslab berilgan. Muallif ekologik madaniyatni kognitiv, emotsional-aksiyologik va amaliy-komportamental komponentlar orqali izohlaydi hamda bu komponentlarning ta’lim jarayonida uyg‘un rivojlanishi zarurligini ta’kidlaydi. Ekologik tarbiya vositasi sifatida eko-pedagogika, xizmatga yo‘naltirilgan ta’lim, loyiha asosidagi yondashuvlar va raqamli texnologiyalarni qo‘llashning samaradorligi asoslab berilgan. Shu bilan birga, o‘quv dasturlarining ekologik mazmun bilan boyitilishi, fanlararo integratsiya, zamonaviy metodik yondashuvlar va ta’lim-muhit birligi orqali ekologik madaniyatni barqaror rivojlantirishning muhimligi ilmiy asoslangan. Maqolada davlat siyosati, jamoatchilik instituti va OAVning hamkorlikdagi roli alohida e’tirof etilgan.

Mamajonova Fotimaxon O‘ktamovna

128-133

2025-07-31

MODERNIZATSIYA VA URBANIZATSIYALASHGAN DAVLAT BARPO ETISHDA JANUBIY KOREA YO‘LI

Janubiy Korea — XX asrning ikkinchi yarmida eng tez rivojlangan davlatlardan biri hisoblanadi. Urushdan vayron bo‘lgan, kambag‘al va agrar mamlakat qisqa vaqt ichida texnologik, sanoat va urbanizatsion jihatdan taraqqiy topgan zamonaviy davlatga aylandi. Bu jarayonda Korea hukumati modernizatsiya va urbanizatsiyani parallel olib bordi. Ushbu tajriba ko‘plab rivojlanayotgan mamlakatlar uchun o‘rnak bo‘la oladi.

Egamova Maqsadoy Karimov qizi

134-138

2025-07-31

MAKTABGACHA TA’LIM YOSHDAGI BOLALARGA XORIJIY TILLARNI O’RGATISH METODLARI

Maqolada maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga chet tilini o`rgatish zarurati, ularning  psixik rivojlanishida ta’limning ta’siri, ta’limda jiddiy o‘zgarishlar yuz berishining va bu ularning o‘zlarini anglashda duch keladigan ayrim masalalari yoritilgan va xorijiy tillarni o‘rganishda duch keladigan ayrim muammolar hamda ularni hal qilish uchun ayrim uslubiy tavsiyalar berilgan.

Egamova Maqsadoy

139-144

2025-07-31

BUXORONİNG DEVORİY NAQSHLARİ: TARİXİ VA SAN'ATİ

Ushbu maqola va manbalar orqali Buxoroning devoriy naqshlari, ularning tarixi, estetik xususiyatlari va ma'naviy qiymati haqida chuqurroq bilim olish mumkin. Naqshlarning rivojlanishida diniy e'tiqod, geografik joylashuv va xalqning ijodiy salohiyati katta ahamiyat kasb etgan.

Qayumova Nilufar Aziz qizi

145-146

2025-07-31

РОЛЬ СЛОЖНОПОДЧИНЁННЫХ ПРЕДЛОЖЕНИЙ В ФОРМИРОВАНИИ ПИСЬМЕННОЙ ГРАММАТИЧЕСКОЙ КОМПЕТЕНЦИИ

В статье рассматривается роль сложноподчинённых предложений в формировании письменной грамматической компетенции студентов. Автор анализирует частотность, типологию и типичные ошибки в употреблении СПП, на основе анализа студенческих работ и анкетирования преподавателей. Особое внимание уделяется методам обучения и тренингов, направленных на развитие синтаксической гибкости и логической связности письменной речи. Исследование подтверждает, что СПП являются ключевым инструментом в формировании академической грамотности.

Холмирзаева Мунира

147-150

2025-07-31

OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDA CHORVACHILIK LOYIHALARINING AHAMIYATINI OSHIRISH YO’LLARI (AMUDARYO TUMANI MISOLIDA)

Amudaryo tumanida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda chorvachilik loyihalarining ahamiyati yoritilgan. Unda chorvachilik tarmog‘ining mavjud holati, uning mahalliy aholi ehtiyojini qondirishdagi o‘rni, oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish zanjiridagi roli hamda iqtisodiy samaradorligi tahlil qilingan. Shuningdek, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rib chiqilib, chorvachilikni rivojlantirish orqali oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash bo‘yicha amaliy takliflar ilgari surilgan. Tadqiqot natijalari Amudaryo tumani misolida mahalliy chorvachilik salohiyatini to‘liq ishga solishning zarurligini ko‘rsatadi.

Alimov Baxodir Batirovich , Xaytimbetov Xamza Kamalovich

151-154

2025-07-31

VALYUTA BOZORINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI (VALYUTA BIRJASI MISOLIDA)

Valyuta bozori mamlakat iqtisodiyoti barqarorligi va uning tashqi iqtisodiy aloqalarini kengaytirishda muhim o‘rin tutadi. Raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirishda moliyaviy instrumentlar qatori valyuta bozori, xususan, valyuta birjalari orqali erkin valyuta ayirboshlashni ta’minlash zamonaviy iqtisodiy rivojlanish talabidir. O‘zbekiston iqtisodiyoti ochiq bozor mexanizmlariga asoslangan tizimga bosqichma-bosqich o‘tmoqda va bu jarayonda valyuta bozorining liberallashuvi, tartibga solinishi hamda rivojlanishi ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.

Mamatqulov Lochin Norqulovich

155-157

2025-07-31

TIJORAT BANKLARIDA MOLIYAVIY HISOBOTLAR TAHLILINI TAKOMILLASHTIRISH (“IPAK YO’LI “AITB MISOLIDA)

Bugungi kunda bank tizimi mamlakat iqtisodiyotining qon tomiri hisoblanadi. Ayniqsa, moliyaviy hisobdorlik, shaffoflik va samaradorlikni ta'minlash, investitsion muhitni yaxshilash hamda bank faoliyatini tizimli nazorat qilishda moliyaviy hisobotlarning roli beqiyosdir. Shu jihatdan, ushbu tezisda tijorat banklarida, xususan “Ipak Yo‘li” AITB misolida moliyaviy hisobotlar tahlilini takomillashtirish muammolari va ularning yechimlari ko‘rib chiqiladi.

Norqo’ziyev Javlon Baxrom o’g’li

158-160

2025-07-31

TIJORAT BANKLARIDA KREDIT OPERATSIYALARI XISOBI VA AUDITINI TAKOMILLASHTIRISH (IPAK YO’LI AITB MISOLIDA)

Mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy muassasalar, ayniqsa, tijorat banklarining iqtisodiy jarayonlardagi roli tobora ortib bormoqda. Xususan, ularning kredit faoliyati orqali real sektorni moliyalashtirish, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, investitsion loyihalarni amalga oshirishda muhim moliyaviy vositachilar sifatidagi o‘rni nihoyatda katta. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, kredit operatsiyalarini to‘g‘ri hisobga olish, ularning shaffof va ishonchli auditi bozor ishtirokchilari, investorlar va nazorat organlari uchun dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Uzoqov Shohrux Axmat o’g’li

161-163

2025-07-31

HUDUDLARDA INVESTITSION IMKONIYATLARNI OSHIRISH YO’LLARI

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hududiy rivojlanish va investitsiyalarni jalb etish orqali barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashdan iborat. Bugungi globallashuv va iqtisodiy raqobat muhitida hududlarning investitsion salohiyatini oshirish nafaqat iqtisodiy o‘sishning, balki ijtimoiy farovonlikni ta’minlashning ham muhim omillaridan biri hisoblanadi. Mamlakatimiz Prezidentining tashabbuslari bilan amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, “Har bir hudud – rivojlanish nuqtasi” tamoyili asosida olib borilayotgan faoliyat natijasida respublikaning barcha hududlarida investitsiya muhiti yaxshilanmoqda, infratuzilma rivojlanmoqda, mahalliy va xorijiy tadbirkorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Muxamatov Shukurllo Ulug’bek o’g’li

164-166

2025-07-31

YIRIK LOYIHALAR UCHUN KADRLAR TAYYORLASH STRATEGIYALARI (RESPUBLIKA IXTISOSLASHTIRILGAN ONA VA BOLA SALOMATLIGI ILMIY-AMALIY TIBBIYOT MARKAZI MISOLIDA)

Zamonaviy global tibbiyotning asosiy tamoyillaridan biri bu inson kapitaliga, xususan, sog‘liqni saqlash tizimidagi yuqori malakali kadrlar salohiyatiga tayanishdir. Ayniqsa, yirik ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirishda sog‘liqni saqlash sohasidagi bilimli, mas’uliyatli va kasbiy jihatdan yetuk mutaxassislar tayyorlash dolzarb vazifalardan biriga aylangan. O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, raqamli tibbiyot, telemeditsina, hamda profilaktik xizmatlar kengaytirilayotgan bir paytda, mazkur loyihalarning muvaffaqiyati eng avvalo sifatli inson kapitali bilan bog‘liq.

Yusupova Muyassarxon Farxod qizi

167-170

2025-07-31