«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: Nazariy va amaliy izlanishlar» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.
Опубликован: 2025-05-06
Статьи
“RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR FARMATSEVTIKA SOHASIDA: E-APTEKALAR VA ONLAYN MASLAHATLAR” – ONLAYN DORIXONA XIZMATLARI VA TELEMEDITSINA IMKONIYATLARI HAQIDA
Bugungi kunda raqamli texnologiyalar barcha sohalarda, xususan, farmatsevtika sohasida ham keng qo‘llanilmoqda. Maqolada farmatsevtika sohasida raqamli texnologiyalarning roli va ahamiyati, ayniqsa e-aptekalar (onlayn dorixonalar) va telemeditsina xizmatlarining imkoniyatlari keng yoritiladi. Aholining dori-darmon mahsulotlariga tez va qulay tarzda ega bo‘lishi, shifokorlar bilan masofaviy maslahatlashish imkoniyatlari zamonaviy sog‘liqni saqlash tizimining ajralmas qismiga aylanmoqda. E-aptekalar orqali foydalanuvchilar dorilar haqida ma’lumot olish, narxlarni solishtirish, buyurtma berish va ularni uyga yetkazib olish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Bu esa nafaqat vaqt va mablag‘ni tejash, balki tibbiy xizmatlar mavjud bo‘lmagan hududlarda yashovchilar uchun ham katta imkoniyatlar yaratmoqda.
2025-05-05
XX ASR OXIRI XXI ASR BOSHLARIDA SAUDIYA ARABISTONI VA ERON MUNOSABATI
Saudiya Arabistonining Eron Islom Respublikasi bilan olib borgan tashqi siyosati va o‘zaro ikki tomonlama munosabatlari, XX asr oxiri va XXI asr boshlarida Saudiya Arabistoni hamda Eron o‘rtasidagi munosabatlarning rivojlanishi va keskinlashuviga sabab bo‘lgan omillarni o‘rganish hamda bu raqobatning mintaqaviy siyosatga ta’sirini tahlil qilindi.
2025-05-05
ГИЁҲВАНДЛИК ВОСИТАЛАРИ, УЛАРНИНГ АНАЛОГЛАРИ ЁКИ ПСИХОТРОП МОДДАЛАРНИ ЎТКАЗИШ МАҚСАДИНИ КЎЗЛАМАЙ ҚОНУНГА ХИЛОФ РАВИШДА ТАЙЁРЛАШ, ЭГАЛЛАШ, САҚЛАШ, ТАШИШ ЁКИ ЖЎНАТИШ ЖИНОЯТИНИ ТЕРГОВ ҚИЛИШДА ҚЎШИБ ҲИСОБЛАШ МЕТОДОЛОГИЯСИНИНГ АҲАМИЯТИ
Мақолада гиёҳвандлик воситалари, психотроп моддалар ва уларнинг аналоглари билан боғлиқ жиноятларни тергов қилишда мавжуд муаммолар, хусусан, турли хил моддаларни қўшиб ҳисоблаш методологиясининг йўқлигига бағишланган. Мақолада қиёсий-ҳуқуқий таҳлил, тизимли методлар ва статистик маълумотлар асосида илмий-амалий таклифлар ишлаб чиқилган. Хусусан, “Фоиз нисбати” методикаси орқали турли моддаларни қўшиб ҳисоблаш механизми таклиф қилиниб, бу усулнинг жиноий жавобгарликни аниқлашдаги самараси мисоллар билан асосланган. Халқаро тажриба, олимлар фикрлари ва амалий мисолларга таяниб, миллий қонунчиликка ўзгартиришлар киритиш тавсия этилган.
2025-05-05
MAKTAB O‘QUVCHILARINING MUSTAQIL O‘RGANISHI UCHUN ELEKTRON DARS MATERIALLARINI LOYIHALASH
Ushbu maqolada maktab o‘quvchilari uchun mustaqil ta’lim jarayonini samarali tashkil etishda elektron dars materiallarini loyihalashning roli va ahamiyati yoritiladi. Zamonaviy pedagogik yondashuvlar, raqamli vositalar va o‘quvchi markazli dizayn asosida yaratilgan materiallarning ta’lim sifatiga ta’siri tahlil qilinadi.
2025-05-05
ОНЛАЙН САВДОДА ИСТЕЪМОЛЧИЛАР ҲУҚУҚ ВА МАНФААТЛАРИНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШНИНГ АҲАМИЯТИ ВА ЗАРУРАТИ
Мазкур мақолада онлайн савдода иштирок этувчи истеъмолчиларнинг ҳуқуқ ва манфаатларини суд орқали ҳимоя қилишнинг ҳуқуқий асослари, электрон тижоратда истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилишга доир қонунчиликни такомиллаштириш масалалари таҳлил қилинади. Бундан ташқари, ривожланган хорижий давлатларнинг ушбу мавзуга доир тажрибаси ҳамда унинг миллий қонунчилигимизга жорий қилиш масалалари тадқиқ қилиниб, тегишли илмий хулоса, таклиф ва тавсиялар ишлаб чиқилган.
2025-05-05
TA’LIM MUASSALARINI MUZYLAR BILAN HAMKORLIGI XORIJ TAJRIBASI MISOLIDA
Mazkur dissertatsiyada yoshlarning ma’naviy-estetik dunyoqarashini shakllantirish va rivojlantirish jarayonida muzeylarning o‘rni va ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilingan. O‘zbekiston Respublikasida yoshlar tarbiyasiga qaratilgan davlat siyosati, madaniyat va san’at muassasalari faoliyatining nazariy va amaliy asoslari o‘rganilgan. Xalqaro tajriba, jumladan, Finlandiya, Germaniya, Janubiy Koreya va Xitoydagi muzey-ta’lim tizimi integratsiyasi misolida zamonaviy yondashuvlar tahlil qilinib, ularning O‘zbekiston sharoitida qo‘llash imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Dissertatsiya davomida muzeylar va ta’lim muassasalari hamkorligining o‘ziga xos jihatlari, interaktiv va raqamli texnologiyalar asosida tashkil etilgan loyihalarning estetik tarbiyadagi roli yoritilgan.
2025-05-05
QASDDAN ODAM OʻLDIRISH TUSHUNCHASI VA UNING IJTIMOIY XAVFLILIGI
Mazkur maqolada qasddan odam oʻldirish tushunchasi va uning ijtimoiy xavfliligi bilan bogʻliq masalalar tahlil etilgan. Bundan tashqari, maqolada insonning hayoti va sogʻligi bebaho neʻmat hisoblanadi va uning bu neʻmatlardan mahrum etilishi yoki ularga shikast yetkazilishi jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarishi ham taʼkidlab oʻtilgan.
2025-05-06
BILATERAL INVESTMENT TREATIES AND INVESTOR-STATE DISPUTE SETTLEMENT IN AZERBAIJAN AND CENTRAL ASIA
This thesis critically examines the evolution and contemporary practices of Bilateral Investment Treaties (BITs) and Investor-State Dispute Settlement (ISDS) mechanisms in Azerbaijan and five Central Asian republics: Kazakhstan, Uzbekistan, Kyrgyzstan, Tajikistan, and Turkmenistan. Following independence from the Soviet Union, these states utilized BITs to attract foreign direct investment (FDI), particularly in extractive and strategic industries. Early treaty practice emphasized investor protections such as Fair and Equitable Treatment (FET), Most-Favoured-Nation (MFN) clauses, and access to international arbitration. However, the practical deployment of ISDS has revealed substantive and procedural shortcomings, including vague treaty drafting, limited regulatory space, and imbalanced commitments. This article maps convergences and divergences in treaty formulation across the region using comparative legal analysis and evaluates current reform efforts influenced by UNCITRAL Working Group III and Environmental, Social, and Governance (ESG) considerations. The study concludes with targeted policy recommendations aimed at modernizing the regional investment law framework to ensure alignment with contemporary international standards and sustainable development imperatives.
2025-05-06
HOW ONLINE COMMUNICATION IS TRANSFORMING ENGLISH GRAMMAR AND SPELLING
Communication could be the potent tool that enables human interaction. The revolution in information and communication technology has led to easy and free access to a host of social media websites that enable individuals to send and receive messages. Nevertheless, given that the revolution has transformed the information world, it also sabotages effective communication. This research looked into the impact of social media English on students' ability to spell. The researchers asserted that for the students to have effective communication, they need to sustain the practice of clarity in written communication and avoid depending on social media English.
2025-05-06
THE TRANSFORMATION OF EDUCATION IN THE 21ST CENTURY: INNOVATIONS, CHALLENGES, AND FUTURE DIRECTIONS
In the 21st century, education systems are undergoing profound transformation due to globalization, technological progress, shifting societal needs, and evolving theories of learning. The traditional models of education are no longer sufficient to meet the demands of an interconnected and rapidly changing world. This article explores the philosophical and theoretical foundations of modern education, recent innovations in pedagogy and technology, the integration of inclusive and lifelong learning principles, and the challenges posed by inequality, outdated curricula, and teacher shortages. Drawing from recent global reports and academic literature, the article offers a holistic view of current trends and suggests strategic directions for policymakers and educators to reimagine and improve educational practices worldwide. This article explores the multidimensional evolution of education through a comprehensive scientific lens. It investigates foundational learning theories, the rise of learner-centered and technology-enhanced pedagogies, and the growing emphasis on inclusive and competency-based models. In addition, it addresses persistent challenges such as educational inequality, outdated curricula, and teacher shortages. The article also presents future-oriented recommendations for policymakers, educators, and researchers, aimed at building equitable, flexible, and resilient education systems.By examining education from both theoretical and practical perspectives, this paper provides valuable insights into how global societies can harness the power of education to foster sustainable development, innovation, and social equity in the 21st century.
2025-05-06
KIBERHUQUQ: ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR DAVRIDAGI HUQUQIY CHAQIRIQLAR VA HIMOYA MEXANIZMLARI
Mazkur maqolada kiberhuquq tushunchasi, uning zarurligi, asosiy vazifalari va dolzarb muammolari tahlil qilinadi. Kiberjinoyatchilik, yurisdiksiya, maxfiylik, axborot xavfsizligi va qonunchilikdagi kamchiliklar kiberhuquq sohasidagi asosiy muammolar sifatida ko‘rsatiladi. Shuningdek, ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif etilgan choralar — milliy qonunchilikni takomillashtirish, xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, texnik vositalardan foydalanish va jamiyatni xabardor qilish zaruriyati asoslab beriladi. Yangi texnologiyalarning paydo bo‘lishi kiberhuquqni doimiy rivojlanishga undaydi hamda barcha manfaatdor tomonlarning hamkorligini talab etadi.
2025-05-06
XX ÁSİRDİŃ 20 -30 JILLARINDA QARAQALPAQ XALQINIŃ MÁMLEKETLİK İSKERLERİ (A. DOSNAZAROV, Q. AWEZOV.).
Tariyxtıń har bir basqıshında óz dáwirine layıq qaharman tulǵalar bar, olardıń har biri óz zamanı ortaǵa keltirgen mashqalalardı sheshiwde aynıqsha háreketleri, gúresleri menen kózge tuskeni ushın xalıq yadında óshpes iz qaldıradı. Sonıń ushında ózinin perzentlerin xalqınıń keleshegi ushın tarbiyalawda ata-babalarınıń tariyxın tiykarǵı qural retinde paylalanǵan. Olar baslap bergen jol menen júrip, aqıllı, dana, batır, eldiń ǵamxorshısı bolǵan insanlardı húrmetlegen. Olardıń dáwiri bizden qansha uzaqlasqan sayın, olardı danalıq hám ájayıp tuyǵıları, xalıqtıń arzıwı menen shiyelenisip baylanǵan, adep-ikramlılıq násiyatları bizge jaqınlasıp, sanasezimimizdiń ósiwine, ózligimizdi maqtap júriwimizge dárek bolıp milliy sanamızdıń rawajlanıwına óz úlesin qospaqta.
2025-05-06
BADIIY ASARLARNING LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI VA ULARNI TARJIMA QILISH USULLARI
Maqola badiiy asarlarning lingvomadaniy xususiyatlari va ularni tarjimada berish usullarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Unda lingvomadaniy omillarning matn idrokiga ta’siri, shuningdek, madaniy markerlangan leksika, dialektal nutq, maqollar, ramzlar va voqeliklarni moslashtirishda tarjimonlar duch keladigan asosiy qiyinchiliklar ko‘rib chiqiladi. Asl nusxaning aniqligi va matnning o‘quvchiga tushunarliligi o‘rtasidagi muvozanatni saqlashga imkon beradigan transliteratsiya, kalkalash, adaptatsiya va tavsifiy tarjima kabi yondashuvlarni tahlil qilishga alohida e’tibor qaratilgan. Mark Tven asarlari tarjimalari namunalari XIX asr Amerika adabiyotiga xos lingvomadaniy kod bilan ishlashning murakkabligini ko‘rsatadi.
2025-05-07
ЖИНОЯТ ИШИНИ ЮРИТИШ ЧОҒИДА ҚАМОҚДА САҚЛАШ
Давлатнинг энг асосий вазифаларидан бири фуқароларнинг Конституцияда белгиланган ҳуқуқ ва эркинликлари кафолатини таъминлаш ҳисобланади. Ўтган давр мобайнида мамлакатимизда суд-ҳуқуқ тизимини янада демократлаштириш ва эркинлаштириш, суд, ҳуқуқни муҳофаза қилувчи ва назорат органлари фаолияти самарадорлигини юксалтириш, аҳолининг одил судловга бўлган ишончини ошириш, жамиятда қонун устуворлигини таъминлаш ва қонунийликни мустаҳкамлаш ҳамда инсон ҳуқуқ ва эркинликларини таъминлаш соҳасида кўплаб ислоҳотлар амалга оширилди. Жумладан, 2011 йилнинг 27 июлида қабул қилинган “Жиноят ишини юритиш чоғида қамоқда сақлаш тўғрисида”ги Қонун, бевосита шахсий эркинлик ва дахлсизлик тўғрисидаги конституциявий меъёрлар асосида қабул қилиниб, бирор жиноятни содир этганликда гумон қилиниб қўлга олинган шахсларни ҳибсда сақлаш тартиби ва шароитларини белгилаб берди.
2025-05-07
ПОНЯТИЕ И СУЩНОСТЬ СТРАТЕГИЧЕСКОГО ПАРТНЁРСТВА В МЕЖДУНАРОДНОМ ПРАВЕ
Настоящая статья посвящена всестороннему исследованию понятия и сущности стратегического партнёрства в международном праве. В условиях трансформации глобального миропорядка, усиления взаимозависимости государств и усложнения архитектуры международных отношений стратегическое партнёрство приобретает всё большее значение как форма устойчивого, институционализированного и направленного на долгосрочную перспективу взаимодействия субъектов международного права. В рамках исследования проводится анализ понятийно-категориального аппарата, а также эволюции подходов к определению стратегического партнёрства в теории международного права и в международной практике.
2025-05-07
AFG‘ONISTONDAGI FIQHIY MAZHABLAR VA TASAVVUF TARIQATLARI TARIX VA HOZIRGI ZAMON
Mazkur maqolada Afg‘onistonga islomning kirib kelishi, shuningdik Afg‘onistonda fiqhiy mazhablarining tarqalishi va tasavvuf haqida tahlil qilinadi. Shuningdek, Afg‘oniston davlat tizimidagi shia va sunniy mazhablarining ro‘lini bayon qiladi hamda Afg‘oniston fiqhiy olimlarining hayoti va ularning yozilgan asarlarini tahlil qilinadi. Afg‘oniston jamiyatida fiqhiy mazhablari va tasavvufning ro‘li, hamda sufiy tariqatlarining o‘zaro munosabatlari ijtimoiy hamjihatlikni shakllantirishda o‘rganiladi. Bu ikki diniy oqim o‘rtasidagi ijobiy o‘zaro munosabat Afg‘onistondagi erqiy etnik va diniy keskinliklarni kamaytirishda muhim ro‘l o‘ynagan.
2025-05-07
MOGA RAHMONIYNING “PARDANESHINONE SUXANGO‘Y” TAZKIRASIDA ZEHN VA ZIYNAT NURI BO‘LMISH NURJAHON BEGIM TIMSOLI
Ushbu maqolada Moga Rahmoniyning “Pardaneshinone suxango‘y” nomli tazkirasidagi tarixiy va adabiy shaxslar galereyasi ichida alohida o‘rin tutuvchi Nurjahon begim timsoli tahlil qilinadi. Muallif bu tazkirani yozishda ayollar iste’dodini, zehn va ma’naviy komolini madh etishni maqsad qilgan. Nurjahon begim timsoli ana shunday yuksak ma’naviy va estetik qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan obraz sifatida talqin etiladi.. Ularni tasniflab, fikrlarimizga oydinlik kiritamiz.
2025-05-07
KOMPANIYADA RISKLARNI BOSHQARISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI VA MEXANIZMLARI
Ushbu maqolada “Navoiyuran” davlat korxonasi misolida kompaniyada risklarni boshqarish samaradorligini oshirish yo‘llari tahlil qilinadi. Risklarni aniqlash va baholash, raqamli texnologiyalar (AI, RMIS, xavf xaritalari)dan foydalanish, hamda xodimlar salohiyatini oshirish asosiy e’tibor markazida turadi. O‘rganilgan amaliy natijalar asosida kompaniya barqarorligini ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
2025-05-10
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TALABALARNING IJTIMOIY-MADANIY KOMPETENTSIYASINI SHAKLLANTIRISH
Ushbu maqolada shaxslararo va professional muloqotda madaniyatlararo muloqotga hissa qo‘shish, yosh avlodni o‘zaro tushunish ruhida tarbiyalash hamda oliy ta’lim tizimida bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashning samarali yo‘llarini izlash masalalari yoritilgan. Ushbu jarayon tizimli, shaxsiy, faollik, paradigma, kompetensiya va boshqa yondashuvlar nuqtai nazaridan tahlil qilinadi hamda ularni o‘zgartirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, bo‘lajak o‘qituvchilarning ijtimoiy-madaniy kompetensiyasini shakllantirish tizimining dinamikligi – bu jarayonning doimiy o‘zgarishi, yangi mazmun bilan to‘ldirilishi masalalariga e’tibor qaratilgan.
2025-05-10
“MUBAYYIN” ASARIDA BOBURNING DINIY-HUQUQIY QARASHLARI: TAHLIL VA TALQIN
Mazkur maqolada Zahiriddin Muhammad Boburning ko‘p qirrali merosi, xususan, uning diniy-huquqiy qarashlarini o‘zida aks ettirgan “Mubayyin” asari chuqur tahlil qilinadi. Asarning yaratilish tarixiy sharoiti, mazmuni, fiqhiy asoslari, badiiy ifoda vositalari va zamonaviy o‘quv jarayoniga integratsiya qilish imkoniyatlari muallif tomonidan interdisiplinar yondashuv asosida tahlil etilgan. Shuningdek, “Mubayyin”ning turli nashrlari, uning tarjimalari va xalqaro boburshunoslikda tutgan o‘rni baholangan. O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan madaniy siyosat va Uchinchi Renessans davri bilan bog‘liq yondashuvlar Bobur merosini ilm-fan, ta’lim va huquqiy tafakkur kontekstida yangicha talqin etishga xizmat qilmoqda.
2025-05-10
XORIJIY MAMLAKATLARDA AHOLIGA DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATISHNING ILG‘OR TAJRIBALARI
Aholiga yuqori darajada xizmat ko‘rsatishni ta’minlashga qaratilgan samarali hukumatni yaratish O‘zbekiston Respublikasi davlat xizmatini isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlaridan ҳисобланади. албатта, bu borada sezilarli yutuqlarga erishildi. Maqolada xorijiy mamlakatlarda aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning ilg‘or tajribalari tahlil etilgan.
2025-05-10
TILSHUNOSLIKDA SINTAKTIK BIRLIKALAR VA ULARNING DERIVATSIYASI
Mazkur maqolada tilshunoslikda sintaktik birliklar va ularning derivatsiyasi masalasining o'rganilishiga e'tibor qaratilgan.
2025-05-09
XAT MOTIVI ASOSIDAGI ADABIY TAHLIL METODIKASI
Maqolada xat motivi asosida yozilgan badiiy asarlarni maktab va oliy ta’lim tizimida o‘rganish hamda tahlil qilishning metodik asoslari yoritiladi. Tahlil jarayonida xat shaklining badiiy-funksional roli, obraz yaratishdagi vositasi va qahramon psixologiyasini ochib berishdagi imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari, darslarda kreativ va interfaol yondashuvlar asosida ushbu motivni o‘rganish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beriladi.
2025-05-10
XAT MOTIVI ORQALI QAHRAMON PSIXOLOGIYASINING OCHILISHI
Mazkur maqolada adabiy matnda xat motivining estetik va funksional imkoniyatlari, xususan, qahramon psixologiyasini ochishda tutgan o‘rni tahlil etiladi. Xat motivi orqali shaxsiy ichki kechinmalar, konfliktlar, ruhiy iztiroblar va sirli ong oqimlarining ifodalanish yo‘llari ochib beriladi. Misollar asosida psixologik tahlilga asoslangan uslubiy yondashuvlar yoritiladi.
2025-05-10
QOZOQ ADABIYOTIDAGI MAQOLLAR VA HIKMATLI SO'ZLARNI O'RGANISH METODIKASI
Mazkur maqolada Qozoq adabiyotida keng qo‘llaniladigan maqollar va hikmatli so‘zlarning o‘quvchilarga o‘rgatilishi bo‘yicha samarali metodik yondashuvlar tahlil qilinadi. Maqollar va hikmatli so‘zlar nafaqat badiiy nutqni boyitadi, balki o‘quvchilarning milliy tafakkuri, estetik didi va ma’naviy qadriyatlarini shakllantiradi. Ushbu maqolada bunday birliklarni o‘rganishning samarali usullari, darslarda qo‘llanilishi va amaliy mashg‘ulot misollari bayon etiladi.
2025-05-10
ABDULLA AVLONIYNING METODIK QARASHLARI VA ULARNING O‘ZBEK PEDAGOGIKASI RIVOJIGA TA’SIRI
Ushbu maqolada o‘zbek ma’rifatparvarlaridan biri — Abdulla Avloniyning ta’lim-tarbiya sohasidagi metodik qarashlari va ularning milliy pedagogikamiz rivojiga qo‘shgan hissasi o‘rganiladi. Avloniy yaratgan metodlar, u ilgari surgan o‘quv tamoyillari, zamonaviy ta’lim bilan uyg‘unligi hamda o‘zbek xalqining madaniy-ma’naviy taraqqiyotiga ta’siri tahlil qilinadi.
2025-05-10
ЦЕНТРАЛЬНАЯ АЗИЯ КАК АРЕНА СТРАТЕГИЧЕСКОГО СОПЕРНИЧЕСТВА США И КИТАЯ: ГЕОПОЛИТИЧЕСКИЕ ИНТЕРЕСЫ, ИНСТРУМЕНТЫ И ВЫЗОВЫ XXI ВЕКА
В статье рассматривается влияние центральноазиатского вектора на эволюцию американо-китайских отношений в XXI веке. Актуальность темы обусловлена усилением стратегического соперничества между США и КНР в Центральной Азии, которая превращается в арену геополитических и экономических столкновений. Целью исследования является комплексный анализ интересов двух мировых держав в регионе, выявление точек пересечения, конфликта и перспектив кооперации. В работе использованы методы политического анализа, кейс-стади и контент-анализа первоисточников. В результате определены ключевые направления влияния центральноазиатского фактора на глобальное соперничество. Обоснована необходимость разработки механизмов урегулирования конфликтов и углубления понимания геостратегической важности региона.
2025-05-10
"SOFT POWER IN THE SCO: THE TRANSFORMATION OF CULTURAL DIPLOMACY INTO A TOOL OF REGIONAL INFLUENCE AND VALUE-BASED COMPETITION"
This article explores the transformation of the Shanghai Cooperation Organization (SCO) from a security-oriented bloc into a platform for cultural and humanitarian interaction. Particular emphasis is placed on the analysis of soft power strategies used by key member states such as China, Russia, Uzbekistan, and Kazakhstan. The study examines cultural diplomacy initiatives implemented through international festivals, academic programs, media projects, and the activities of the SCO Center for Public Diplomacy in Tashkent. The paper highlights the competition of value systems within the organization, the lack of a coordinated humanitarian agenda, and the potential of the SCO as a structure of “humanitarian regionalism.” The conclusion underscores the need to institutionalize soft power as a stable vector of multipolar cooperation.
2025-05-10
TALABALARNING IJTIMOIY-MADANIY KOMPETENTSIYASINI SHAKLLANTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI
Ushbu maqolada shaxslararo va professional muloqotda madaniyatlararo muloqotga hissa qo‘shish, yosh avlodni o‘zaro tushunish ruhida tarbiyalash hamda oliy ta’lim tizimida bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashning samarali yo‘llarini izlash masalalari yoritilgan. Ushbu jarayon tizimli, shaxsiy, faollik, paradigma, kompetensiya va boshqa yondashuvlar nuqtai nazaridan tahlil qilinadi hamda ularni o‘zgartirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, bo‘lajak o‘qituvchilarning ijtimoiy-madaniy kompetensiyasini shakllantirish tizimining dinamikligi – bu jarayonning doimiy o‘zgarishi, yangi mazmun bilan to‘ldirilishi masalalariga e’tibor qaratilgan.
2025-05-10
O‘ZBEKISTON JINOYAT QONUNCHILIGINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI: TARIXIY-HUQUQIY TAHLIL
Mazkur maqolada O‘zbekiston jinoyat qonunchiligining tarixiy taraqqiyot yo‘li bosqichma-bosqich yoritib berilgan. Avvalo, jinoyat huquqining tarixiy ildizlari va qadimiy davrlardagi huquqiy normalar ko‘rib chiqilgan. Sovet davri jinoyat qonunchiligining o‘ziga xos xususiyatlari, ijtimoiy-siyosiy tuzum bilan bog‘liq jihatlari tahlil qilingan. Mustaqillik yillaridan keyingi tub islohotlar, demokratik tamoyillarga asoslangan yangi qonunchilik tizimi shakllanishi yoritilgan. Shuningdek, amaldagi jinoyat kodeksining evolyutsiyasi, xalqaro standartlarga moslashtirish jarayonlari huquqiy tahlil qilinadi.
2025-05-12
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHNING JAHON TAJRIBASI
Ushbu maqolada xalqaro tajriba asosida korruptsiyaga qarshi kurashning samarali va tizimli usullari tahlil qilinadi. Turli mamlakatlar xususan Skandinaviya davlatlari, Singapur, Janybiy Koreya hamda Gonkong tajribalari asosida korruptsiyani oldini olishda huquqiy mexanizmlar, raqamli boshqaruv tizimlari, fuqarolik jamiyati institutlarining faolligi va immaviy axborot vositalarining roli keng ekanligi keng yoritildi.
2025-05-12
MASOFAVIY TA’LIM TIZIMIDA TA’LIM XIZMATLARI SIFATINI OSHIRISH MODELLARI
Ushbu maqolada masofaviy ta’lim tizimida ta’lim xizmatlari sifatini oshirishga yo‘naltirilgan zamonaviy modellarning mazmuni, tuzilishi va amaliy samaradorligi tahlil qilinadi. Ta’lim sifati tushunchasining masofaviy formatdagi o‘ziga xos xususiyatlari, o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasidagi raqamli aloqaning samaradorligi, baholashning ob’ektivligi, texnik ta’minot darajasi va interaktivlik darajalari asosiy mezon sifatida ko‘rib chiqiladi. Modellar doirasida raqamli pedagogika, o‘zaro bog‘langan onlayn resurslar, sun’iy intellektga asoslangan baholash tizimlari va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlar asosida sifat ko‘rsatkichlarini oshirish yo‘llari taklif qilinadi. Tadqiqot natijalari masofaviy ta’lim sifatini monitoring qilish va optimallashtirishga xizmat qiladi.
2025-05-12
MAXSUS MATNLARNI IDROK QILISHNING PSIXOLINGVISTIK ASOSLARI: KOGNITIV VA KASBIY MULOQOT NUQTAI NAZARIDAN
Mazkur maqolada maxsus matnlarni idrok etishda kognitiv va lingvistik mexanizmlarning o‘zaro ta’siri hamda ularning kasbiy muloqotdagi o‘rni tahlil etiladi. Psixolingvistika va kognitiv fan nuqtai nazaridan maxsus matnlarni tushunish jarayoni ochib beriladi. Shu bilan birga, bunday matnlarning kasbiy muomala vositasi sifatidagi ahamiyati va ularning samarali muloqotni ta’minlashdagi roli yoritilgan.
2025-05-12
DAVLAT BOSHQARUVIDA QONUNIYLIKNI TA’MINLASH USULLARI
mazkur maqolada qonuniylikni ta’minlash tushunchasi va mazmuni, davlat boshqaruvida qonuniylikni ta’minlash usullari turlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlariga bag‘ishlangan.
2025-05-12
DASTURIY TA`MINOT ISHLAB CHIQISH JARAYONLARI TAHLILI
Ushbu maqola dasturiy taminot ishlab chiqish jarayonlarini tahlil qilishga bag'ishlangan. Dasturiy taminot ishlab chiqish — bu murakkab va ko'p bosqichli jarayon bo'lib, u dasturiy mahsulotni rejalashtirish, loyihalash, ishlab chiqish, sinovdan o'tkazish va qo'llab-quvvatlash bosqichlarini o'z ichiga oladi. Maqolada eng ommabop dasturiy taminot ishlab chiqish modellarini (masalan, Waterfall, Agile, DevOps) tahlil qilingan bo'lib, har bir modelning afzalliklari va kamchiliklari ko'rib chiqiladi. Maqolaning maqsadi dasturiy taminot ishlab chiqish jarayonlarini chuqur tushunishga yordam berish va zamonaviy IT muhitida muvaffaqiyatli loyiha boshqaruvini ta'minlashdir. O'qituvchilar, talabalar va amaliyotchilar uchun foydali ma'lumotlarni taqdim etish orqali ushbu sohadagi bilimlarni rivojlantirishga hissa qo'shishga intilamiz.
2025-05-12
MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATINI RAQAMLASHTIRISH ORQALI HUDUDIY IJTIMOIY BOSHQARUV SAMARADORLIGINI OSHIRISH: ILMIY-AMALIY TAHLILI
Ushbu maqolada mahalla boshqaruvida raqamli algoritmlarni joriy etish orqali inson omiliga bog‘liq kechikish va noto‘g‘ri qarorlarni kamaytirish, xizmatlar sifatini oshirish, aholini raqamli savodxonlikka yo‘naltirish va davlat bilan fuqarolar o‘rtasidagi masofani qisqartirishga erishilishini ko‘rsatadi. Mazkur maqolada raqamli yondashuv asosida “mahalladan davlatgacha” bo‘lgan ijtimoiy boshqaruv zanjirini yagona axborot maydonida integratsiyalashning ilmiy-amaliy jihatlari tahlil qilindi.
2025-05-12
“DIGITAL NEIGHBOURHOOD” MOBIL ILOVASI ASOSIDA O‘ZBEKISTON MAHALLA BOSHQARUV TIZIMINING RAQAMLI TRANSFORMATSIYASI: TASHKILIY, IQTISODIY VA AXBOROT TEXNOLOGIK YECHIMLAR
Ushbu tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasi mahalla boshqaruv tizimini raqamli transformatsiya qilish orqali ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirish masalasi kompleks yondashuv asosida tahlil etilgan. Tadqiqotda mahalla tizimini raqamlashtirishga doir konseptual yondashuvlar asosida amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Xususan, markazlashtirilgan axborot tizimi asosida ijtimoiy xizmatlarni integratsiyalashgan shaklda ko‘rsatish, aholining murojaatlarini real vaqt rejimida raqamli formatda monitoring qilish hamda boshqaruv jarayonlarini tahliliy ma’lumotlarga tayangan holda optimallashtirish imkoniyatlari batafsil tahlil qilindi.
2025-05-12
HUQUQNI MUHOFAZA QILISH TASHKILOTLARI XODIMLARINING JISMONIY TAYYORGARLIGI
O'z rasmiy faoliyatini amalga oshirishda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari har kuni rasmiy vazifalarni bajarish, shaxsiy xavfsizlik, jinoyatlarning oldini olish va oldini olish va jamoat tartibini saqlash uchun jismoniy mashqlarni bajarishlari kerak umuman olganda. Ushbu maqolada xodimlarning jismoniy tayyorgarligining ahamiyati tasvirlangan, savol ko'rib chiqilgan va nima uchun xodimlar yuqori jismoniy tayyorgarlikka ega, kuch tuzilmalari uchun kursantlarni tayyorlashning o'ziga xos xususiyatlari ko'rib chiqilgan.
2025-05-12
IJTIMOIY MOBILLIKNING SALBIY TOMONLARI
Yuqori ijtimoiy pog‘onaga ko‘tarilgan shaxs o‘zining avvalgi guruhidan ajralib qolishi mumkin. Bu esa yolg‘izlik, ijtimoiy ajralish va identitet inqiroziga olib keladi.
2025-05-13
AXBOROT MAKONIDA DAVLAT XIZMATCHISI IMIJINI SHAKLLANTIRISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK JIHATLARI
Mazkur maqolada davlat xizmatchisi imiji tushunchasi, uning mohiyati va shakllanish omillari ijtimoiy-psixologik jihatdan tadqiq etilgan. Imij tushunchasining turli ijtimoiy fanlar tizimidagi o‘rni va uni o‘rganishga doir metodologik yondashuvlar tahlil qilingan. Davlat xizmatchisi imijining kognitiv, emotsional va xulq-atvor komponentlari aniqlashtirilib, ularning o‘zaro bog‘liqligi ochib berilgan. Davlat xizmatchisi imijini rivojlantirish va boshqarishning zamonaviy strategiyalari muhokama qilingan. Tadqiqot natijalari asosida davlat xizmatining ijtimoiy nufuzini oshirishga qaratilgan amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
2025-05-13
