«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: Nazariy va amaliy izlanishlar» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.
Опубликован: 2025-06-25
Статьи
O‘ZBEKISTONDA TARIXIY SHAHARLAR MARKAZLARINI QAYTA TIKLASH BO’YICHA AMALGA OSHIRISH KERAK BO’LGAN MUHUM IZLANISHLAR
O‘zbekiston hududi iqlimlari turlicha bo‘lgan regionlardan iborat bo‘lib, uy-joy qurilishi bu regionlarda turlicha tarkib topgan bo‘lib, o‘ziga xos rivojlanish tarixiga ega. O‘rta asrlarda rivojlangan markazlar Buxoro, Xiva, Samarkand, Toshkent va Fargona vodiysida uy-joy qurilishining o‘ziga xos turlicha yo‘llar bilan rivojlanganligini.
2025-06-24
SAMARQAND SHAXARIDA TURARJOY BINOLARINI TIKLASH MUAMMOLARI
O’zbekistonni dunyoga ko’z–ko’z qiluvchi, turistlar aqlini shoshtiruvchi, ularni xis–hayajonlarga soluvchi go’zal tarixiy shaharlarimiz, arxitektura yodgorliklari va majmualari borki, bugungi kunda ularning mavqyei dunyoga mashhurdir. Ular qatoriga Samarqand, Buxoro, Xiva, Shaxrisabz, Toshkent, Qo’qon, Nurota kabi shaharlar kiradi.
2025-06-24
MALAKA OSHIRISH JARAYONIDA TA'LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHGA TA'SIR ETUVCHI OMILLAR
Uzluksiz ta'limning an'anaviy va masofadan o‘qitish turlari mavjud bo‘lib, masofadan o‘qitishda o‘qituvchilar ishdan ajralmagan holda, yo‘lga vaqt va sarf-xarajat qilmasdan, maoshni yo‘qotmasdan turib ma'ruzalarni o‘ziga qulay paytda o‘zlashtiradi.
2025-06-24
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING IJODIDA ADOLAT VA BOSHQARUV FALSAFASI
Zahiriddin Muhammad Bobur nafaqat zabardast sarkarda va shoir, balki o‘z davrining yetuk siyosiy-falsafiy tafakkur egasi bo‘lgan shaxsdir. Uning “Boburnoma” asari, shuningdek she’riy merosi hukmdor sifatida qanday boshqaruv tamoyillariga amal qilganini ochib beradi. Bobur uchun adolat hokimiyatning eng muhim tayanchi bo‘lib, rahbarlik — bu javobgarlik va axloqiy burchdir. U boshqaruvni faqat kuchga emas, balki ma’naviyat va donolikka tayanib yuritishni targ‘ib etgan. Zahiriddin Muhammad Bobur — nafaqat saltanat barpo etgan yirik tarixiy shaxs, balki o‘z davrining teran tafakkurli mutafakkiri sifatida ham muhim o‘rin tutadi. Uning ijodiy merosi — xususan Boburnoma va she’riy asarlari — adolat, siyosiy mas’uliyat, rahbarlik madaniyati va boshqaruv axloqi bilan yo‘g‘rilgan. Bobur hayotiy tajribasi, siyosiy kurashlari va ruhiy kechinmalari orqali boshlovchi shaxs va adolatli hukmdor kim bo‘lishi kerakligini nafaqat nazariy, balki amaliy asosda namoyon etgan.
2025-06-24
O‘ZBEK ADABIYOTIDA AN’ANAVIYLIK VA ZAMONAVIYLIK
Mazkur maqolada o‘zbek adabiyotidagi an’anaviylik va zamonaviylikning o‘zaro bog‘liqligi, ularning tarixiy ildizlari, shakllanish bosqichlari hamda zamonaviy adabiy jarayonlardagi ifodasi ilmiy asosda tahlil qilingan. Yassaviy, Navoiy, Mashrab kabi klassiklar ijodidagi an’analar bilan zamonaviy adiblar — Hamid Ismoilov, Erkin A’zam, Xurshid Do‘stmuhammad kabi yozuvchilarning badiiy izlanishlari o‘rtasidagi muloqot ochib beriladi. An’anaviy shakllarning zamonaviy g‘oyaviy-uslubiy talqinlardagi namoyoni, adabiyotda davomiylik va yangilanish masalalari yoritilgan.
2025-06-24
MEHNAT SOHASIDAGI IJTIMOIY SHERIKLIK MUNOSABATLARINI HUQUQIY TARTIBGA SOLISHGA DOIR TADQIQOTLARNING O’ZIGA XOS JIHATLARI
Mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik munosabatlarini huquqiy tartibga solish masalasi zamonaviy mehnat huquqining dolzarb yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ushbu tezisda ijtimoiy sheriklik institutining mehnat munosabatlaridagi ahamiyati, uning huquqiy asoslari va takomillashtirish yo‘nalishlari sohadagi bir qancha taniqli olimlar nuqtayi nazaridan kelib chiqib tahlil qilinadi. Shuningdek, mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklikning xalqaro tajribasi o‘rganilib, O‘zbekiston sharoitida samarali mexanizmlarni ishlab chiqish bo‘yicha takliflar ilgari suriladi. Tadqiqot natijalari milliy mehnat qonunchiligini rivojlantirishga, ijtimoiy sheriklik tizimini takomillashtirishga xizmat qiladi.
2025-06-24
IKKINCHI JAXON URUSHI DAVRIDA TIBBIYOT TIZIMINI FRONT EHTIYOJLARI UCHUN JALB QILINISHI
Ikkinchi jahon urushi butun dunyo xalqlari xotirasida o‘zining fojiaviy izini qoldirgan tarixiy voqealardan biridir. O‘zbekistonning Ikkinchi jahon urushi yillaridagi tarixini xolisona va adolat nuqtai-nazaridan o‘rganish tarixiy xotira uchun muhim ahamiyatga egadir. Urush boshlanishi bilan barcha sohalar faoliyati harbiy izga solinib, front ehtiyojlari uchun xizmat qila boshladi. Shuningdyek, jamiyat taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etuvchi sog‘liqni saqlash tarixida ham bu davr o‘zining yorqin izini qoldirdi. Respublika sog‘liqni saqlash tarmog‘i og‘ir sinovlardan o‘tdi va ko‘plab malakali, iqtidorli tibbiyot xodimlari urushga safarbar etildi. Tibbiyot bilim yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlarining professorlari, dotsent va oddiy o‘qituvchilari, davolash muassasalarida xizmat qilayotgan o‘rta tibbiyot xodimlari-feldsherlar, sanitarlar, hamshiralar ham urushga ketdi. Maqolada shu va shu kabi masalalar atroflicha dalillar bilan yoritib berilgan.
2025-06-24
СОВРЕМЕННЫЕ ПОДХОДЫ К ОБУЧЕНИЮ РУССКОМУ ЯЗЫКУ В ШКОЛАХ УЗБЕКИСТАНА
Статья посвящена анализу современных подходов к преподаванию русского языка в общеобразовательных школах Узбекистана. Рассматриваются методические принципы, влияние цифровых технологий, а также специфика билингвальной среды. Обосновывается необходимость интеграции коммуникативного и культурно-ориентированного подходов для повышения эффективности обучения.
2025-06-24
MAXALLIY TMK 22 POMIDOR NAVINING XORIJIY NAVLARGA NISBATAN QIYOSIY OʻRGANISH
Pomidor asosiy ekin sifatida yetishtirilganida, ekish uchun tayyorlangan koʻchati sifati, undan kelajakda olinadigan hosil sifati hamda miqdorini belgilovchi omil hisoblanadi. Bunda pomidorni oʻrta pishar TMK 22 va Maxintos navlarini taqqoslab oʻrganib, ulardan qaysi biri uzoq muddat yuqori va sifatli hosil berishga loyiq ekanligini aniqlash maqsadida tajriba maydonchasida tasdiqlangan dasturga muvofiq turli xildagi fenalogik, biometik va boshqa kuzatuv ishlari oʻtkazildi.
2025-06-24
ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР ПРОФИЛАКТИКАСИНИ АМАЛГА ОШИРИШДА НОДАВЛАТ НОТИЖОРАТ ТАШКИЛОТЛАРИНИНГ ҲУҚУҚНИ МУҲОФАЗА ҚИЛУВЧИ ОРГАНЛАР БИЛАН ХАМКОРЛИКНИ АМАЛГА ОШИРИШГА ОИД АЙРИМ ФИКР МУЛОҲАЗАЛАР
Нодавлат нотижорат ташкилотларининг ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлари билан ҳамкорлигининг асосий белгиларидан бири уларнинг ҳуқуқий тартибга солинганлигидир. Нодавлат нотижорат ташкилотларининг ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлари билан ҳамкорлигининг ҳуқуқий тартибга солинганлиги уни ташкил этиш тартибини мустаҳкамлайди, ҳамкорликка киришувчи ҳар бир субеъктнинг масъулиятини ошириши билан биргаликда уларнинг ҳуқуқ ва мажбуриятларини ҳуқуқий кафолатлайди. Шунинг учун, биз Нодавлат нотижорат ташкилотларининг ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлари билан ҳамкорлигини тартибга солувчи ҳуқуқий нормалар ва уларни қўллаш амалиётини илмий-назарий таҳлил қилишимиздан олдин аввало, мазкур субъектлар ўртасидаги ҳуқуқий асосларни мазмун-моҳиятини тўлиқ англаб олиш учун уларни тегишли гуруҳларга ажратиб таҳлил қилиб олишимиз лозим бўлади.
2025-06-24
SOURCES ON NAVOI’S WORKS IN THE LIBRARIES OF GREAT BRITAIN
This thesis provides information about the sources related to Alisher Navoi that are preserved in libraries in Great Britain. It also mentions the scholars who have worked in British libraries and compiled catalogs.
2025-06-24
DRAMATIK ASARLARDA INTERTEKSTUALLIK VA UNING TURLARI
Ushbu tadqiqot ishimizda intertekstuallik tushunchasi, uning turlari va o’ziga xos xususiyatlari zamonaviy tilshunoslikka ushbu hodisaning kirib kelishi va tadqiq qilinishi haqida so’z yuritilgan. Dramatik matnni kitobxon tomonidan to’g’ri tushunilishi va matnni asl mazmun-mohiyatini anglab yetishida intertekstual birliklarning ahamiyati juda kattadir. Intertekstual birliklar haqida to’xtalib, ushbu hodisaning dramatik asardagi jihati izohlab berilgan.
2025-06-24
COGNITIVE METAPHOR THEORY AND CONCEPTUAL METAPHORICAL EXPRESSION (WITH FRENCH EXAMPLES)
This article explores the principles of Cognitive Metaphor Theory (CMT), developed by George Lakoff and Mark Johnson, and analyzes how conceptual metaphorical expressions structure human thought. Special attention is given to metaphorical expressions in French, offering a cross-cultural linguistic comparison.
2025-06-24
O‘ZBEK ADABIYOTIDA AN’ANAVIYLIK VA ZAMONAVIYLIK
Mazkur maqolada o‘zbek adabiyotidagi an’anaviylik va zamonaviylikning o‘zaro bog‘liqligi, ularning tarixiy ildizlari, shakllanish bosqichlari hamda zamonaviy adabiy jarayonlardagi ifodasi ilmiy asosda tahlil qilingan. Yassaviy, Navoiy, Mashrab kabi klassiklar ijodidagi an’analar bilan zamonaviy adiblar — Hamid Ismoilov, Erkin A’zam, Xurshid Do‘stmuhammad kabi yozuvchilarning badiiy izlanishlari o‘rtasidagi muloqot ochib beriladi. An’anaviy shakllarning zamonaviy g‘oyaviy-uslubiy talqinlardagi namoyoni, adabiyotda davomiylik va yangilanish masalalari yoritilgan.
2025-06-25
QOCHOQLIK: TANLOVMI YOKI FOJIAMI? "UFQ" ROMANINING "QOCHOQ" BOBIGA TANQIDIY VA TAHLILIY NIGOH
Ushbu maqola Said Ahmadning "Ufq" trilogiyasining "Qochoq" bobidagi Tursunboy obrazini tahlil qiladi. Maqolada, Tursunboyning jamiyatdan begonalashishi, uning ruhiy holati va fojiali taqdiri chuqur tahlil etiladi. Tursunboyning sukut saqlashi va o‘ziga xos ichki kurashi, uning hayotining murakkabligini va jamiyatdan ajralib qolishining sabablarini o‘rganish, o‘quvchini insoniyatning ruhiy sinishi haqida o‘ylashga majbur qiladi. Tahlil davomida, Said Ahmadning adabiyotga bo‘lgan yondashuvi va psixologik realizmning o‘rni ko‘rsatiladi. Tursunboyning holati nafaqat bir shaxsning fojiasi, balki bir davrning fojiaviy qiyofasini ifodalaydi. Maqola, "Qochoq" bobini jamiyat va shaxsning qarama-qarshiliklari, shuningdek, tarixiy kontekstda o‘rganishga yordam beradi.
2025-06-25
“JARQO‘RG‘ON MINORASI” ARXITEKTURA YODGORLIGINING BUGUNGI KUNDAGI HOLATI
Mazkur maqola Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida joylashgan, turizm maskanlaridan biriga aylangan Jarqo‘rg‘on minorasining qurilish tarixi, hozirgi kundagi saqlanish holati, hududni turizm maskaniga aylantirishga doir amalga oshirilayotgan ishlar, yaratilayotgan shart-sharoitlar yuzasidan qisqacha yozildi.
2025-06-25
QASHQADARYO VILOYATI SANOAT TARMOQLARIDA RAQAMLI REKLAMA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI
Mazkur maqolada Qashqadaryo viloyatining sanoat tarmoqlarida raqamli reklama texnologiyalaridan foydalanish holati, bu texnologiyalarning korxona mahsulotlari sotuviga va brend tanilishiga ko‘rsatgan ijobiy ta’siri hamda mavjud muammolar tahlil qilinadi. Tadqiqotda sanoat korxonalarining internet reklama vositalari (Google Ads, ijtimoiy tarmoqlardagi targeting, banner reklama va boshqalar)dan qanday darajada foydalanayotgani o‘rganilib, ularning samaradorlik ko‘rsatkichlari (sotuvlar o‘sishi, auditoriya qamrovi, brend xabardorligi) baholanadi. Shuningdek, raqamli reklama texnologiyalarini yanada samarali joriy etish uchun mahalliy sharoitlarga mos strategik takliflar ishlab chiqiladi.
2025-06-25
HUVAYDO IJODIDA IBROHIM IBN ADHAM OBRAZI
Mazkur maqolada mashhur tasavvufiy shaxs Ibrohim Adham haqidagi rivoyatning Huvaydo ijodida qanday badiiy talqin etilgani tahlil etiladi. Tarixiy shaxs va uning hayotiy faoliyati haqida badiiy adabiyotda mavjud fikrlar bilan Huvaydoning devonidagi obraz o‘rtasidagi bog‘liqlik ochib beriladi.
2025-06-25
O‘ZBEK XALQI OILAVIY AN'ANALARI TARIXINI O‘RGANISHDA ALISHER NAVOIY ILMIY MEROSINING O‘RNI
Ushbu maqola o'zbek xalqi oilaviy an'analari tarixini o'rganishda Alisher Navoiy ilmiy merosining o'rnini tahlil qiladi. Navoiyning asarlari oilaviy munosabatlar, farzand tarbiyasi va nikoh masalalariga oid qimmatli ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. Tadqiqot Navoiy asarlarini tahlil qilish, tarixiy manbalarni o'rganish va adabiyotlarni tahlil qilish usullariga asoslanadi. Natijalar shuni ko'rsatadiki, Navoiy merosi o'zbek oilaviy an'analarining shakllanishi va rivojlanishida muhim rol o'ynagan. Navoiyning fikrlari bugungi kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotmagan va zamonaviy oilalar uchun qo'llanma bo'lib xizmat qilishi mumkin.
2025-06-26
INGLIZ VA O‘ZBEK FITONIM MAQOLLARI O‘RTASIDAGI O‘XSHASHLIKLAR VA FARQLAR
Ushbu maqola til va madaniyat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni fitonimlar (o‘simlik nomlari) ishtirokidagi ingliz maqollari nuqtai nazaridan o‘rganadi. Maqollar xalq og‘zaki ijodining muhim qismi sifatida millatning dunyoqarashi, an’analari va tafakkur tarzining in’ikosi bo‘lib xizmat qiladi. Tadqiqot ingliz maqollarida fitonimlar qanday qilib madaniy qadriyatlar, tarixiy tajribalar va jamoaviy donolikni o‘zida mujassam etishini ta’kidlaydi.
2025-06-26
TOSKANA SHEVASINING ITALYAN ADABIY TILIGA TA’SIRI
Ushbu maqolada Toskana shevasining, xususan Florensiya lahjasining, italyan adabiy tilining shakllanishidagi o‘rnini tahlil qilinadi. Tarixiy manbalar va lingvistik adabiyotlarga tayangan holda, Toskana shevasining fonetik, grammatik va leksik xususiyatlarini o‘rganib chiqib, ularning zamonaviy italyan adabiy tilida qanday namoyon bo‘lishi ko’rib chiqiladi. Shuningdek, Dante, Petrarka va Bokkachchio kabi adiblar asarlari orqali bu shevaning butun Italiya bo‘ylab qanday tarqalganini va italyan tilining adabiy me’yoriga aylanish jarayoni yoritiladi. Maqolada Toskana shevasining italyan madaniy va lingvistik merosdagi o‘rni, shuningdek, til me’yorlashuvi jarayonidagi ahamiyati tahlil qilinadi.
2025-06-26
ФУНКЦИИ ФРАЗЕОЛОГИЧЕСКИХ ОБОРОТОВ В ИНТЕРНЕТ-ДИСКУРСЕ
Статья посвящена исследованию функционирования фразеологических единиц в интернет-дискурсе. Рассматриваются номинативная, текстообразующая, жанрообразующая и игровая функции фразеологизмов. Особое внимание уделяется образности, трансформационному потенциалу и их роли в создании комического эффекта в цифровой среде. Анализируются примеры из интернет-комментариев, медийных текстов и демотиваторов. Делается вывод о значительном расширении функционального потенциала фразеологизмов в виртуальной коммуникации.
2025-06-26
НЕЙРОЛИНГВИСТИЧЕСКИЙ АСПЕКТ ИССЛЕДОВАНИЯ АФАЗИИ
Нейролингвистика как относительно молодая научная дисциплина представляет собой важное направление на пересечении лингвистики, нейропсихологии и медицины. Она предлагает особый подход к анализу клинических проявлений речевых расстройств, таких как афазия, через призму лингвистических категорий и на основе современных лингвистических теорий. Возникновение нейролингвистики стало возможным благодаря достижениям в развитии нейропсихологии и психолингвистики, сформировавших фундамент для изучения речевых нарушений как когнитивных и нейрофизиологических феноменов.
2025-06-26
VOLONTYORLIK FAOLYATI, UNING TARIXI VA IJTIMOIY HAYOTDAGI MUAMMOLARI
Ushbu maqolada bugungi muhim va global sharoitda volontyorlik faolyati yuzasidan, dunyo va yurtimizdagi volontyor insonlar tomonidan olib borilgan qator xayriya ishlari ,Volntyorlik faolyatining qisqacha tarixi va ijtimoiy ish mezoni sifatdagi roli tahlil qilingan,Volntyorlik faolyatining inson tabiatiga ijobiy ta’siri haqida muallif tomonidan o'z fikrlari ham ilgari surilgan.
2025-06-27
MAHALLALARDA FAOLIYAT YURITAYOTGAN IJTIMOIY XODIMNING MAS’ULIYATI
Ushbu maqolada hozirgi kunda ijtimoiy hodimlarning mas’uliyatini anglash va ularga kerakli qo‘llab-quvvatlashni ko‘rsatish nafaqat mahalla, balki butun jamiyatning rivojlanishi haqida. Hozirgi kunda jamiyatda bir qator ijtimoiy muammolar ishsizlik, oila ichidagi zo‘ravonlik, giyohvandlik, psixologik muammolar, bolalar huquqlarining buzilishi kabi masalalar keng tarqalgan.
2025-06-27
YEVROPA ITTIFOQINING ELEKTRON TIJORAT BO‘YICHA HUQUQIY STANDARTLARI VA ULARNING GERMANIYA HAMDA FRANSIYA QONUNCHILIGIDAGI AKS ETISHI
Ushbu ishda Yevropa Ittifoqining elektron tijoratga oid asosiy direktivalari tahlil qilinib, Germaniya va Fransiya qonunchiligi bilan qiyosiy asosda o‘rganildi. “Consumer Rights”, “E-Commerce”, “Unfair Practices” va “Unfair Terms” direktivalari iste’molchilarni chalg‘ituvchi, bosim o‘tkazuvchi va adolatsiz amaliyotlardan huquqiy jihatdan himoya qilishga qaratilgan. Tahlil natijasida O‘zbekiston qonunchiligini takomillashtirish uchun masofaviy shartnomalarni huquqiy belgilash, 14 kunlik qaytarish huquqini joriy etish, axborot berish majburiyatini kuchaytirish va mustaqil nazorat organi tashkil etish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan.
2025-06-27
«МЕЖДУНАРОДНЫЙ И НАЦИОНАЛЬНЫЙ ОПЫТ ПОВЫШЕНИЯ КОНКУРЕНТОСПОСОБНОСТИ ОБРАЗОВАНИЯ В УЗБЕКИСТАНЕ»
В условиях глобализации и нарастающей конкуренции в сфере интеллектуальных ресурсов вопрос повышения конкурентоспособности системы образования становится ключевым для обеспечения устойчивого развития страны. Международная практика демонстрирует, что конкурентоспособность образовательных систем зависит от инновационности программ, доступности качественного обучения, взаимодействия с рынком труда и международной мобильности студентов и преподавателей.
2025-06-30
РАЗВИТИЕ ЧАСТНОГО СЕКТОРА ВЫСШЕГО ОБРАЗОВАНИЯ: СОВРЕМЕННЫЕ ВЫЗОВЫ И ЭКОНОМИЧЕСКИЕ ПЕРСПЕКТИВЫ
В последние десятилетия частный сектор высшего образования стал важной частью образовательной системы во многих странах. Он предлагает альтернативу традиционным государственным университетам и колледжам, предоставляя разнообразные образовательные программы и гибкие условия обучения. Однако, несмотря на свои преимущества, частный сектор сталкивается с рядом современных вызовов, которые требуют внимания и решения.
2025-06-30
ZAMONAVIY MEDIA DISKURSINING PRAGMALINGVISTIK TAHLILI
Avvalo, kognitiv-diskursiv paradigmaning asosiy ko‘p ma’noli tushunchalaridan biri bo‘lgan diskurs tushunchasiga to‘xtalib o‘tamiz. Ushbu hodisaning yagona tushunchasi hali ishlab chiqilmagan, bu diskurs fanlararo o‘rganish obyekti ekanligi bilan izohlanadi. So‘nggi yillarda diskurs tushunchasi paydo bo‘ldi. Uning eng dinamik rivojlanayotgan turi haqli ravishda mediadiskurs hisoblanadi, chunki u axborot chegaralarining yo‘qligi tufayli ijtimoiy hodisalar bilan birga rivojlanib, ularga moslashib o‘zgarish qobiliyatiga ega bo‘lgan media muhitni tashkil etuvchi turli xil aloqa vositalari va ma’lumotlarni uzatish usullari to‘plamidir. V.V. Krasnix diskurs deganda ham lingvistik, ham ekstralingvistik omillarga asoslangan verballashgan nutqiy tafakkur faoliyatini tushunadi. Diskurs ‒ bu "muloqot jarayonida yuzaga kelgan matnlar to‘plami" [5, 113-bet].
2025-06-30
JEK LONDON ASARLARINING BADIIY TALQINI
Ushbu maqolaga Jek Londonning “Hayotga muhabbat” hikoyasi tadqiqot obyekti sifatida tanlab olingan. Maqolada hikoyaning syujeti undagi bosh qahramonning ruhiy va psixologik holati tasvirlangan. Shuningdek, hikoya tahlili orqali Jek London ijodida realizm chizgilarini anglash mumkin.
2025-06-30
SHARQ MUTAFAKKIRLARINING TARIXIY-FALSAFIY MEROSINING KOMIL INSON TARBIYASIDAGI AHAMIYATI
Ushbu maqolada Sharq mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosida komil inson tarbiyasiga oid g‘oyalar tahlil etiladi. Forobiy, Ibn Sino, Alisher Navoiy, Ahmad Yassaviy, Jaloliddin Rumiy kabi allomalarning asarlarida ifodalangan axloqiy, ma’naviy va ilmiy yetuklik mezonlari asosida komil inson tushunchasining mohiyati ochib beriladi. Maqolada shuningdek, bu merosning zamonaviy tarbiya tizimidagi ahamiyati, yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllantirishdagi o‘rni yoritiladi. Tarixiy-falsafiy qarashlar orqali yoshlarda sog‘lom dunyoqarash, halollik, ezgulik va ijtimoiy mas’uliyat tuyg‘ularini shakllantirish zarurligi asoslab berilgan.
2025-06-30
BADIIY ADABIYOTDA INSON KONSEPSIYASINING SHAKLLANISH BOSQICHLARI
Ushbu tezisda inson deb atalmish mavjudotning ulug‘vorligi, badiiy adabiyotning asosiy vazifalaridan bo‘lmish inson konsepsiyasi, uning adabiyotda muhim ekanligi, ushbu atamaning adabiyotda paydo bo‘lishi, bugungi kungacha bo‘lgan davrda inson tasnifi asarlarda qay yo‘sinda aks etgani to‘g‘risida fikr yuritiladi.
2025-06-30
O‘ZBEK TILIDAGI HISSIY SO‘ZLAR LUG‘ATI UCHUN KORPUS ASOSIDA BILIMLAR BAZASI TUZISH TAMOYILLARI
Ushbu maqolada o'zbek tilidagi hissiy so'zlarning hissiy tahlilga qo'shgan hissasi va ular asosida korpus lingvistikasi orqali ma'lumotlar bazasi yaratishning nazariy-amaliy jihatlari bayon etilgan. Tadqiqotda hissiy so'zlarni aniqlash, tasniflash va semantik-kontekstual tahlil qilish orqali lug'at shaklida tizimlashtirish muammosi ko'rib chiqiladi. Bundan tashqari, zamonaviy korpus texnologiyalari yordamida tez-tez uchraydigan hissiy birliklarni ajratib olish, ularning qutbiga aniqlik kiritish va ma'lumotlar bazasida (masalan, JSON, XML) saqlash mexanizmlari tasvirlanadi.
2025-06-30
YANGI O‘ZBEKISTONDA OMMAVIY-MADANIY TADBIRLAR ASOSIDA YOSHLAR MA’NAVIY DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISH
Yangi O‘zbekistonda ommaviy-madaniy tadbirlar asosida yoshlar ma'naviy dunyoqarashini rivojlantirishda yuqori samaradorlikka erishish uchun tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishda tarbiyaviy ta'sirga aloxida e'tibor berish hamda o‘zini-o‘zi tarbiyalash jarayoni kechishiga undaydigan mexanizmlarni ishga solish lozim. Ma'naviy-axloqiy tarbiya va o‘zini-o‘zi tarbiyalashda yoshlarning fazilatlarini rivojlantirish va kundalik odatlarni ijobiy tomonga o‘zgartirishga undaydigan extiyojlar asosiy mazmun kasb etadi. Bu extiyojlar xaqida so‘z borganda, milliy, ma'naviy-axloqiy va insonparvar qadriyatlarga asoslangan dunyoqarashning ahamiyatini alohida ta’kidlash lozim.
2025-06-30
O’TKIR HOSHIMOVNING “URUSHNING SO’NGI QURBONI” ASARIGA ADABIY NIGOH
Oʻtkir Hoshimovning " Urushning soʻnggi qurboni" asari - insoniyat tarixidagi eng ogʻir fojialardan biri boʻlgan ikkinchi jahon urushining odamlar taqdiriga ta'siri, urushning odam ruhiyatida qoldirgan jarohatlari, kechirilmas yoʻqotishlar haqida hikoya qiladi.
2025-06-30
NIKOH YOSHI HAQIDAGI QONUNCHILIK NORMALARI VA ULARNI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK ASOSLARI
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida nikoh yoshi bilan bog‘liq huquqiy tartibotlar, ularni buzganlik uchun belgilangan ma’muriy va jinoiy javobgarlik turlari tahlil etiladi. Nikohga kirish yoshining huquqiy asoslari, istisno holatlari va ularga nisbatan qo‘llaniladigan javobgarlik choralarining ahamiyati yoritilib, voyaga yetmagan shaxslarning huquqiy himoyasini ta’minlashga qaratilgan mexanizmlar ko‘rib chiqiladi.
2025-06-30
ALISHER NAVOIYNING “LAYLI VA MAJNUN” DOSTONIDA IBORALARNING QO’LLANILISHI XUSUSIDA
This article is devoted to the analysis of the features of the use of phraseology in the lyro-epic works of Alisher Navoi.
2025-06-30
IJTIMOIY TARMOQLAR VA MEDIA VOSITALARIDA MILLIY-MADANIY STEREOTIPLARNING KOMMUNIKATIV TRANSFORMATSIYASI
Maqola milliy-madaniy stereotiplarning ijtimoiy tarmoqlar va media vositalaridagi kommunikativ transformatsiyasini o‘rganishga qaratilgan. Milliy stereotiplar tarixiy, madaniy va ijtimoiy ongda shakllangan mental konstruksiyalar sifatida til orqali avloddan avlodga uzatiladi va madaniyatlararo muloqotda muhim vosita hisoblanadi. Zamonaviy kommunikatsiya maydonlari, xususan ijtimoiy tarmoqlar, bu stereotiplarning shakllanishi, ifodalanishi va tarqalishida yangi imkoniyatlar yaratdi. Maqolada Edward Xoll, Geert Hofstede, Marshall Maklyuhan, Manuel Kastels va Zizi Papacharissi kabi olimlarning nazariyalari asosida milliy stereotiplarning yangi kommunikativ maydonlardagi roli, ularning konnotativ yangilanishi va madaniyatlararo muloqotdagi o‘zgarishlari tahlil qilinadi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarning milliy stereotiplarning kommunikativ kuchini oshirishdagi ahamiyati va ularning moslashuvchanligi yoritiladi. Tadqiqot natijalari milliy-madaniy stereotiplarning global muloqotdagi o‘rni va ularning dinamik rivojlanishini ko‘rsatadi.
2025-06-30
MAKTABGACHA TA'LIM YO'NALISHI TALABALARIGA INGLIZ TILINI O'RGATISHDA TIL KOMPITENSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING AMALIY AXAMIYATI
Maqolada maktabgacha ta'lim yo'nalishi talabalariga ingliz tilini o'rgatishda til kompetensiyasini rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari va amaliy ahamiyati tadqiq etilgan. Tadqiqot maqsadi kompetensiyaga asoslangan yondashuvning maktabgacha ta'lim sohasidagi bo'lajak mutaxassislar tayyorlashdagi rolini aniqlashdan iborat. Til kompetensiyasining to'rt asosiy komponenti - lingvistik, soziolingvistik, diskurs va strategik kompetensiyalar ko'rib chiqilgan. Vazifaga asoslangan o'qitish metodikasi va interfaol yondashuvlarning samaradorligi asoslantirilgan. Natijalar maktabgacha yoshdagi bolalar bilan pedagogik kommunikatsiyada maxsus strategiyalar zarurligini ko'rsatdi.
2025-06-30
HERMANN VAMBÉRYNING „CAGATAISCHE SPRACHSTUDIEN“ ASARIDAGI KIRISH SO‘ZINING ILMIY TAHLILI
Alisher Navoiy ijodiga oid adabiy merosni o‘rganishda G‘arbiy Yevropa sharqshunosligida XIX asrda yozilgan ba’zi muhim manbalar, xususan Hermann Vambéry tomonidan yozilgan Cagataische Sprachstudien (1867) asari muhim o‘rin tutadi. Mazkur tadqiqotda aynan ushbu asarga yozilgan kirish so‘zning tahliliy sharhi beriladi.
2025-06-30
