«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: Nazariy va amaliy izlanishlar» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.
Опубликован: 2025-02-24
Статьи
TA’LIM VA MEDIA: XXI ASR, BOSHLANGʻICH TA’LIMDA INGLIZ TILINI OʻQITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR VA MEDIA TEXNOLOGIYALAR
Ushbu maqolada ingliz tili oʻqitishda boshlangʻich sinf oʻquvchilarining mediakompetentligini rivоjlantirishning pedagogik xususiyatlari koʻrsatib berilgan. Shuningdek, zamonaviy pedagogik yondashuvlar, samarali usullardan namunalar berilgan.
2025-02-24
ANVAR OBIDJONNING HAJVIY SHE’RLARI XUSUSIDA MULOHAZALAR
Bu maqolada muallif taniqli bolalar shoiri Anvar Obidjonning hajviy she’rlari misolida shoirning obraz yaratish mahorati, hajviy gʻazallaridagi oʻziga xoslik borasida oʻz fikrlarini bayon qiladi.
2025-02-24
FAROVON HAYOT TUSHUNCHASINING INSON HAYOTIDAGI IJTIMOIY AHAMIYATI VA ME’ZONLARI
Ushbu maqolada farovon hayot tushunchasi mazmun-mohiyati, mezonlari va ijtimoiy ahamiyati ochib beriladi, Maqola orqali farovon hayot tushunchasining rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar, shuningdek, bu tushunchaning jamiyatning ijtimoiy barqarorlik va adolatga bo‘lgan ahamiyati ko‘rib chiqiladi.
2025-02-24
REFLEKSIVLIKNI O‘SMIR SHAXSIDA RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI
O‘smirlik davri o‘zini o‘zi anglashning rivojlanishi uchun faol davrdir. Uning rivojlanish vositasi esa shaxsiy refleksiyadir. O‘smir o‘zini o‘zi anglashini yangi material bilan boyitish orqali o‘zini o‘rganishni chuqurlashtirib boradi. U o‘zining shaxs xususiyatlari, atrofdagilar bilan munosabati, imkoniyat va intilishlari, kuchli va kuchsiz tomonlarini o‘rganib boradi. Refleksiya kelajak va o‘tmishni bir-biri bilan bog‘laydi, bolalikdagi kattalik hayoti haqidagi kutishlarini taqqoslab ko‘radilar. Refleksiyaning mazmunli rejasi juda keng bo‘lib, o‘smir atrof-olamni, boshqa insonlarning o‘zini o‘zi va shaxsiy refleksiyasini tahlil qiladi. Refleksiyaning muhim xususiyati uning boy emotsionalligidir. Tez o‘zgarayotgan tashqi ko‘rinish, o‘zini boshqalar bilan idrok qilish, o‘quv faoliyatidagi muvaffaqiyat va qobiliyatlar doimo refleksiyaning fokusida bo‘ladi hamda kuchli kechinmalarni vujudga keltiradi, natijada ularning o‘zi ham refleksiyalanadi.
2025-02-24
YANGI O‘ZBEKISTONDA O‘G‘IL BOLA TARBIYASI TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHDA MILLIY TARBIYANI EGALLANISHI
Bu maqolada o‘g‘il bola tarbiyasida milliy tarbiyaning egallanishi, qadriyat va an’analarning o‘rni, farzand tarbiyasida ota-onaning vazifalari, tarbiyani rivojlantirishga ijtimoiy mazmunning falsafiy asoslanishi bo‘yicha pedagog, psixolog, falsafiy olimlarning ilmiy qarashlari keltirilib, ularga shaxsiy munosabat bildirilgan.
2025-02-24
HUQUQBUZARLIK SODIR ETISHGA MOYILLIKNI KELIB CHIQISHI VA ULAR BILAN ISHLASHGA OID MUOMMO VA JARAYONLARNING TAHLILI
Dunyoda jinoyatchilkka qarshi kurashish va uning oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan aholining muayyan bir qismida hayotda vujudga kelayotgan obyektiv va subyektiv qiyinchiliklar ta’siri natijasida huquqbuzarlik sodir etishga moyillik xislatlari kun sari ortib bormoqda.
2025-02-24
MTTDA BADIIY ADABIYOT BILAN TANISHTIRISH VA BOLALAR NUTQINI O‘STIRISH YUZASIDAN MULOHAZALAR
Maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida badiiy adabityot bilan tanishtirish masalalari hamda tarbiyalanuvchilar nutqini o‘stirish bilan bog‘liq jihatlar va buning pedagogik-psixologik xususiyatlari yoritib beriladi.
2025-02-25
IV-VIII ASRLARDA XORAZMDA IJTIMOIY HAYOT (ARXEOLOGIK ASHYOLAR VA MANBALAR ASOSIDA)
Xorazmdan topilgan kumush idishlarning birida echki boshli odam aks ettirilgan. U otashkadaga qandaydir o‘simlik olib borayotgan vaqti tasvirlangan. Bunday tasvirlar Xorazm vohasida qadimgi davrlardan buyon qo‘llanib kelinayotgan tasvir bo‘lib, bu qadimgi davr insonlar dunyoqarashi bilan bog‘liq bo‘lgan mistik g‘oyaning qolig‘i deb ko‘rsatishadi. Maqolada IV-VIII asrlarda Xorazmda ijtimoiy hayot arxeologik ashyolar va manbalar asosida yoritildi.
2025-02-25
O‘ZBEK TILI TA’LIMIGA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR
Ushbu maqolada oʻzbek tili tarixiga bir nazar tashlanib, Oʻzbek tili taʼlimi istiqbollari hamda hozirgi kundagi tilga boʻlgan munosabat haqida mulohaza yuritiladi. Til rivojiga zamonaviy yondashuvlar haqida umumiy fikrlarimiz keltiriladi.
2025-02-28
BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA MATEMATIKA DARSLARINI DIDAKTIK O‘YINLAR ORQALI TASHKIL QILISH
Bugungi kundа tа’limdа didаktik о‘уinlаr bаrсhа fаnlаrni о‘qitishdа keng qо‘llаnilib kelmоqdа. Didаktik о‘уinlаr о‘zining mаqsаd, vаzifаlаri, tаrkibi qismlаri, о‘zigа xоs xususiуаtlаri bilаn аjrаlib turаdi. Shuningdek didаktik о‘уinlаr оrqаli dаrs tаshkil qilishdа mа’lum bir оldindаn tаууоrlаngаn bоsqiсhlаrgа аmаl qilish vа fаоliуаtdа о‘qituvсhining о‘rni hаm benihоуа kаttаdir. Maqolada boshlang‘ich sinf matematika darslarida didaktik o‘yinlarni tashkil qilish va ularning boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ahamiyati to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.
2025-02-28
MАKТАВGАCHА ТА’LIM MUАSSАSАLАRIDА INKLYUZIV ТА’LIMNI ТАSHKIL EТISH VА ВОSHQАRUVINI RIVОJLАNТIRISH MEXАNIZMLАRI (RIVОJLАNGАN DАVLАТLАR ТАJRIВАSI MISОLIDА)
Zаmоnаiy tа’lim tizimidа mаktаbgасhа tа’lim muаssаsаlаridа inklyuziv tа’limni tаshkil etish vа bоshqаruvini rivоjlаntirish mexаnizmlаri bugungi kuning dоlzаrb tаlаbidir. Тezisdа inklyuziv tа’limning аsоsiy tаmоyillаri, ulаrni аmаliyоtgа tаtbiq etish jаrаyоnlаri vа sаmаrаdоrlikkа erishish usullаri yоritilаdi. Shuningdek, rivоjlаngаn dаvlаtlаr tаjribаsi misоlidа inklyuziv tа’limni bоshqаrishning ilg‘оr mоdellаrini о‘rgаnish оrqаli ulаrning О‘zbekistоn shаrоitigа mоslаshuvсhаnligi tаhlil qilinаdi. Таdqiqоt nаtijаlаri inklyuziv tа’lim tizimini yаnаdа tаkоmillаshtirish vа mаktаbgасhа tа’lim muаssаsаlаridа sаmаrаli bоshqаruv mexаnizmlаrini ishlаb сhiqishgа xizmаt qilаdi.
2025-02-28
INTERNETDA ISHLASH ASOSLARI BO‘LIMINI O‘QITISH METODIKASI
Ushbu tezisda, Internetda ishlash asoslarini o‘qitish metodikasining samarali usullari va prinsiplariga oid tahlil olib borilgan. Internetdan foydalanishning bugungi kunda hayotimizdagi o‘rni va ta’lim jarayonida uning ahamiyati oshib bormoqda. Tezisdagi tadqiqotlar Internet texnologiyalarining ta’limda qo‘llanilishi, o‘quvchilarga zamonaviy resurslardan samarali foydalanishni o‘rgatish va bu jarayonda muammolarni hal etish metodlarini o‘rganish asosida amalga oshirilgan. Mavzuni o‘qitishda interaktiv usullar, multimedia vositalarini qo‘llash, shuningdek, o‘quvchilarning mustaqil izlanishlari va onlayn platformalarda faoliyat yuritish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, Internetda ishlashning asosiy ko‘nikmalarini shakllantirish va pedagogik yondashuvlar orqali ta’lim samaradorligini oshirish masalalari tahlil qilingan. O‘qitish jarayonida metodik yondashuvlar orqali o‘quvchilarda kritikal fikrlash va axborot xavfsizligi bo‘yicha asosiy tushunchalar shakllantiriladi. Tezis, shuningdek, Internetda ishlashni o‘rgatishning zamonaviy metodlarining ta’lim tizimida qo‘llanilishi bo‘yicha amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi va o‘qituvchilarga didaktik materiallar va metodik ko‘rsatmalar bilan yordam beradi.
2025-02-28
VEB – DIZAYN ASOSLARI BO‘LIMINI O‘QITISH METODIKASI
Web-dizayn asoslarini oʻqitish bugungi raqamli davrda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada web-dizayn asoslarini oʻqitish metodikasi, uning samarali tashkil etish usullari va innovatsion yondashuvlari tahlil qilinadi. Web-dizaynni oʻrgatish jarayonida zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan, jumladan, vizual dasturlar, interaktiv platformalar va amaliy mashgʻulotlardan foydalanish muhimligi ta’kidlanadi. Maqolada oʻquvchilarning kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, ularning nazariy bilimlarini amaliy loyihalar bilan mustahkamlash usullari yoritiladi. Ta’lim jarayonida oʻyin elementlari, muammoli ta’lim, loyihaviy ishlar va kooperativ oʻqitish kabi metodlarning samaradorligi tahlil qilinadi. Shuningdek, web-dizayn asoslarini oʻqitishda o‘qituvchining roli, dars materiallarini tanlash va interfaol oʻqitish vositalaridan foydalanish muhim jihatlar sifatida koʻrib chiqiladi. Ushbu maqola web-dizayn oʻqitish jarayonini yanada samarali tashkil etish uchun foydali tavsiyalar beradi hamda web-dizayn ta’limiga oid dolzarb muammolarni yoritib beradi.
2025-02-28
MUOMALA MADANIYATI VA UNING JAMOYATDAGI O‘RNI
Muomala madaniyati insonlar o‘rtasidagi muloqot jarayonining asosiy tamoyillaridan biri bo‘lib, jamiyatning ijtimoiy va madaniy rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu maqolada muomala madaniyatining mohiyati, uning ahamiyati, shakllanish omillari va inson hayotidagi roli haqida batafsil ma’lumot beriladi. Shuningdek, samarali muloqot yuritishning asosiy tamoyillari va muammolari tahlil qilinadi.
2025-02-28
TIL OʻRGANISHGA MOTIVATSIYA BERUVCHI OMILLAR
Til oʻrganish jarayoni koʻplab omillar taʼsirida amalga oshadi va ularning eng muhimlaridan biri motivatsiyadir. Motivatsiya oʻquvchining harakatlanishiga, harakatlanish davomiyligiga va natijalariga bevosita taʼsir koʻrsatadi. Ushbu maqolada til oʻrganishga ijobiy taʼsir etuvchi motivatsion omillar tahlil qilinadi, ular ichki va tashqi motivatsiyaga boʻlinib oʻrganiladi. Ichki motivatsiya shaxsiy qiziqish, oʻz-oʻzini rivojlantirish va shaxsiy maqsadlar bilan bogʻliq boʻlsa, tashqi motivatsiya ijtimoiy talablar, iqtisodiy manfaatlar va ishdagi imkoniyatlar bilan bogʻliqdir. Maqolada ushbu omillarning oʻquv jarayoniga taʼsiri ilmiy adabiyotlar tadqiqotlar asosida koʻrib chiqiladi hamda ularning til oʻrganish samaradorligiga taʼsiri baholanadi.
2025-02-28
VOYAGA YETMAGANLAR O‘RTASIDA HUQUQBUZARLIKNING OLDINI OLISH BORASIDA AMALGA OSHIRILGAN TADBIRLAR
Jinoyatchilikka qarshi kurashishida uning profilaktikasi katta rol uynaydi. O‘zbekistonda turli bosqich ta'lim muassasalarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar rejasida ushbu muammoga kuchli e'tiborb yerilgan. Voyaga yetmagan o‘quvchilar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish yuzasidan olib borilgan chora-tadbirlar o‘z samarali ta'sirini ko‘rsatdi. 1993-yilda 1992-yilga nisbatan jinoyat sodir etishda qatnashgan o‘smirlar o‘rtasida hunar-texnika bilim yurti o‘quvchilari soni 5 foizga qisqardi. Toshkent, Samarqand, Buxoro, Namangan viloyatlari va Toshkent shahri umumiy ta'lim maktablarida huquqbuzarlik bilan ro‘yxatga olingan o‘quvchilari sonikamaydi.
2025-02-28
