TALABALARNING O‘QUV-KASBIY FAOLIYATINI PSIXOLOGIK TA’MINLASH
##plugins.themes.bootstrap3.article.main##
Abstrak:
Hozirgi vaqtda ta’lim tizimida uning sub’yektlari uchun tanlov vaziyatida mustaqil qaror qabul qilish va ularning mumkin bo‘lgan oqibatlarini bashorat qilishni nazarda tutuvchi yangi paradigma paydo bo‘ldi. Oliy ta’lim muassasasi talabasi o‘qishning boshida uning shaxsi va oliy ta’lim sifati toifalarini o‘rganish sohasida muammolarga duch keladi. Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, oliy ta’lim muassasasida ta’lim jarayonini psixologik qo‘llab-quvvatlashning roli ortib bormoqda. Uning zarurligi so‘nggi yillarda psixolog olimlar, pedagoglar, amaliyotchilar tomonidan faol muhokama qilinmoqda. Olimlar shunday xulosaga keldilar: oliy kasbiy ta’lim tizimi oldida turgan vazifalarni malakali psixologik ta’minotsiz hal etib bo‘lmaydi. Jumladan, B.G.Ananev, A.A.Bodalev, L.I.Bojovich, P.P.Blonskiy, L.S.Vigotskiy, P.Ya.Galperin, A.V.Zaporojes, A.N.Leontev, A.R.Luriya, V.N.Myasishev, A.V.Petrovskoy kabi olimlar o‘z asarlarida psixologik hamrohlik tushunchasi doirasida ko‘rib chiqqanlar. Psixologik qo‘llab-quvvatlashning nazariy-metodologik asoslari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: ta’limni insonparvarlashtirish tamoyili (I.V.Dubrovina, A.K.Markova, I.V.Kuzmina, I.B.Kotova, Ye.N.Shiyanov); tizimlilik tamoyili (B.F.Lomov, B.G.Ananev, V.K.Platonov); sub’yektning faolligi tamoyili (A.N.Leontev, S.L.Rubinshteyn); V.N.Myasishevning shaxs munosabatlari konsepsiyalarida ilgari surilgan.
##plugins.themes.bootstrap3.article.details##
##submission.howToCite##:
##submission.citations##:
Битянова, М. Р. Модели деятельности психолога в образовательном; учреждении; / M. Битянова, Т. Беглова// Школьный психолог.– 2010. — № 2. — С. 23–27.
Жданова, С. П. Психологическое сопровождение профессионального развития студентов-психологов: дис. канд. психол. наук: 19.00.07 / С. П. Жданова; Томск, 2007. — 252 с.
Зайцева, Т. В. Теория психологического тренинга. Психологический тренинг как инструмент воздействия/ Т.В. Зайцев. — СПб.: Речь; 2002. — 80 с.
Зеер, Э. Ф. Психология профессий/ Э.Ф. Зеер. — М.: Академический проект, 2006. — 336 с.
Поваренков, Ю. П. Психологическое содержание профессионального становления человека/Ю.П. Поваренков. — М.: УРАО, 2002. –160 с.
Шматова, Е. П. Психологическое сопровождение студентов педагогического вуза в процессе обучения /Е.П. Шматова //Молодой ученый. — 2014. — №1. — С. 639-641.
