Jild 5 Nomeri 8 (2026): Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования

«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: Nazariy va amaliy izlanishlar» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.

Nashr qilingan: 2026-04-06

MENTAL HEALTH OF ADOLESCENTS IN REMOTE AREAS OF NAVOI REGION: THE INFLUENCE OF SOCIO-HYGIENIC FACTORS

The mental health of adolescents in remote areas is one of the most pressing issues in modern public health. The specific socio-hygienic conditions of remote industrial regions form a unique complex of risk factors for adolescent mental development disorders. The aim of the research is to study the state of mental health and psycho-emotional status of adolescents in remote areas of the Navoi region and to establish its relationship with socio-hygienic factors. A cross-sectional epidemiological study was conducted using standardized psychological methods, social and hygienic questionnaires, and statistical analysis. It has been established that adolescents in remote areas of Navoi region are characterized by a higher level of anxiety, reduced cognitive development indicators, and limited resources of psychosocial adaptation compared to regulatory indicators. Priority risk factors are chronic psychosocial stress, limited access to educational resources, and the low level of parental education. Scientifically based recommendations have been developed for the prevention of mental health disorders in adolescents in remote areas.

U.S. Turakulov

4-6

2026-04-06

DUNYONING LISONIY MANZARASI VA KONSEPTUAL TAHLILI

Ushbu tadqiqotda kognitiv tilshunoslikning fundamental tushunchalari bo‘lgan “dunyoning lisoniy manzarasi” va “konseptual tahlil” masalalari kompleks ravishda o‘rganiladi. Tilning inson tafakkuri va milliy mentaliteti bilan uzviy bog‘liqligi o‘zbek tili lisoniy manzarasidagi "Yurak", "Vaqt", "Non", "Uy" va "Mehmon" kabi tayanch konseptlar tahlili orqali nazariy jihatdan asoslangan. Tadqiqotda kognitiv metaforalarning olamni modellashtirishdagi o‘rni, freym tuzilmalari va milliy lisoniy kodlarni verbalizatsiya qilish xususiyatlari chuqur ilmiy tahlil qilingan.

Zohidbek Zamonov

7-9

2026-04-06

XIX ASRDA XIVA XONLIGINING MA’MURIY TUZILISHIGA DOIR AYRIM MULOHAZALAR (MUHAMMAD RIZO OGAHIY ASARLARI ASOSIDA)

Mazkur maqolada XIX asrda Xiva xonligining ma’muriy-hududiy tuzilishi, asosan, Muhammad Rizo Ogahiy asarlari va xorij  sayyohlarining esdaliklari asosida manbashunoslik va tarixiy-geografik yondashuvlar orqali tahlil qilingan. Tadqiqotda Ogahiyning “Zubdat ut-tavorix” va “Gulshani davlat” asarlarida uchraydigan ma’lumotlar muhim manba sifatida jalb etilib, xonlikning boshqaruv tizimi, hududiy birliklari va ularning nomlanish xususiyatlari ilmiy jihatdan asoslab berilgan.

Samira To‘laganova , B.I. Zokirov

10-13

2026-04-06

MODDIY-MAISHIY HAYOT BILAN BOG‘LIQ IZOGLOSSALAR (TERMIZ TUMANI MISOLIDA)

Mazkur maqolada areal lingvistika nuqtai nazaridan Surxondaryo viloyati Termiz tumani shevalarida uchraydigan moddiy-maishiy hayotga oid leksik izoglossalar tahlil qilinadi. Tadqiqotda uy-ro‘zg‘or buyumlari, oziq-ovqat, kiyim-kechak, mehnat qurollari bilan bog‘liq so‘zlarning hududiy farqlanishi ko‘rib chiqiladi.

Sevara Xongeldiyeva

14-16

2026-04-06

ZAMONAVIY OILALARNING MUSTAHKAMLIGIDA MUHABBAT PSIXOLOGIYASI DOLZARBLIGI

Ushbu maqolada muhabbat psixologiyasi zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida tahlil qilinadi. Muhabbatning biologik, emotsional va ijtimoiy-psixologik mexanizmlari yoritilib, uning shaxs kamolotidagi o‘rni ochib beriladi. Xususan, Robert Sternbergning uch komponentli nazariyasi (yaqinlik, ehtiros va majburiyat) hamda John Bowlbyning bog‘lanish (attachment) nazariyasi asosida romantik munosabatlarning shakllanish jarayoni tahlil qilinadi. Maqolada muhabbatning sog‘lom va nosog‘lom ko‘rinishlari, hissiy qaramlik, rashk, idealizatsiya kabi psixologik omillar ham ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, muhabbatning shaxsiy identitet, o‘z-o‘zini anglash va emotsional barqarorlikka ta’siri ilmiy dalillar asosida asoslanadi.

Sarvinoz Erkinova, Aziza Mirsidikova

17-22

2026-04-06

O’SMIRLARDA IJTIMOIY TOLERANTLIKNING SHAXSLARARO MUNOSABATLARDA NAMOYON BO’LISHINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI TADQIQI

Mazkur maqolada o‘smirlarda ijtimoiy tolerantlikning shakllanishi va uning shaxslararo munosabatlarda namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlari tahlil qilinadi. O‘smirlik davrida shaxsning ijtimoiy rivojlanishi, o‘z-o‘zini anglash jarayoni va tengdoshlar bilan munosabatlar tizimida tolerantlik muhim ahamiyat kasb etishi asoslab beriladi. Tadqiqotda empatiya, muloqot madaniyati, konfliktlarni hal etish qobiliyati kabi omillarning tolerantlik darajasiga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, oila muhiti, ta’lim muassasasi va ijtimoiy muhitning ushbu jarayondagi o‘rni yoritiladi. Maqola yakunida o‘smirlarda ijtimoiy tolerantlikni rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Obida Raupova , Aziza Mirsidikova

23-27

2026-04-06

OILADA O`SMIR FARZANDLARDA KOMMUNIKATIV TOLERANTLIKNI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Ushbu maqolada oilada o‘smir farzandlarning kommunikativ tolerantligini shakllantirish va rivojlantirishning psixologik xususiyatlari yoritilgan. Shuningdek, kommunikativ tolerantlik tushunchasining mohiyati, oila muhitining o‘smir shaxs taraqqiyotiga ta’siri hamda tolerant muloqotni rivojlantirish omillari tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida psixologik kuzatuv, tahlil va qiyoslash usullaridan foydalanilgan.

Jamshidbek Ro`ziyev , Aziza Mirsidikova

28-32

2026-04-06

IJTIMOIY VA OILAVIY MUNOSABATLAR PSIXOLOGIYASI

Ushbu maqolada ijtimoiy va oilaviy munosabatlarning psixologik determinatlari tizimli yondashuv asosida tahlil qilinadi. Muallif oilani yaxlit dinamik tizim sifatida ko‘rib chiqib, undagi gomeostaz va sirkulyarlik qonuniyatlarini ochib beradi. Tadqiqotda bolalikdagi bog‘liqlik modellarining (attachment theory) shaxsning ijtimoiy adaptatsiyasiga ta’siri va muloqot jarayonidagi "metaxabarlar"ning o‘rni yoritilgan. Maqola yakunida oilaviy inqirozlarni konstruktiv hal qilish va ijtimoiy muhitda hissiy intellektni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar berilgan.

Madina Xasanova , Aziza Mirsidikova

33-36

2026-04-06

GENERAL INFORMATION ON THE HISTORY OF RESIDENTIAL CONSTRUCTION OF THE PEOPLES OF KARAKALPAKSTAN

This scientific study presents an analytical discussion based on a comprehensive examination of the history of residential construction among the peoples living in the Republic of Karakalpakstan. The research analyzes the formation and developmental stages of residential architecture from ancient times to the present, as well as the main factors that influenced it. Additionally, it scientifically describes the structural and functional features of yurts adapted to a nomadic lifestyle, the traditional housing forms that emerged during the transition to a settled way of life, the inner courtyard system, construction materials, and decorative elements. The findings of the study indicate that it serves as an important scientific basis for studying and preserving the regional architectural heritage and for its application in modern construction practices.

M.S. Eshmuratov , Q.Q. Bektursinova

37-41

2026-04-06

ZAMONAVIY JAHON TARIXSHUNOSLIGIDA MIRZO ULUGʻBEK SHAXSI VA DAVLAT ARBOBI SIFATIDAGI TALQINI (XXI ASR TADQIQOTLARI TAHLILI)

Ushbu maqolada XXI asr jahon tarixshunosligida Mirzo Ulugʻbekning shaxsi va davlat arbobi sifatidagi talqini tahlil qilingan. Maqolada Ulugʻbekning siyosiy faoliyati, ilmiy merosi va insoniy fazilatlari zamonaviy tadqiqotchilar tomonidan qanday baholanishi, shuningdek, turli tarixshunoslik konsepsiyalarining shakllanishiga ta'sir etuvchi omillar ko'rib chiqilgan.

Azizjon Jumaboyev

42-45

2026-04-07

KOREYS VA QORAQALPOQ TILLARIGA INGLIZ TILIDAN O‘ZLASHGAN SO‘ZLARNING DISKURSIV TAHLILI

Mazkur maqolada ingliz tilidan koreys va qoraqalpoq tillariga o‘zlashgan leksik birliklarning diskursiv xususiyatlari qiyosiy asosda tahlil qilinadi. Tadqiqot diskurs tahlili nazariyasi asosida olib borilib, o‘zlashma birliklarning media, reklama, internet kommunikatsiyasi hamda kundalik nutqdagi qo‘llanish xususiyatlari o‘rganildi. Natijalar inglizcha o‘zlashmalar zamonaviy kommunikatsiya jarayonida muhim pragmatik, stilistik va lingvokulturologik funksiyalarni bajarishini ko‘rsatadi. Shuningdek, koreys va qoraqalpoq tillarida o‘zlashmalar qo‘llanishida o‘xshashliklar bilan bir qatorda farqli jihatlar ham aniqlangan.

Akerke Baxbergenova

46-48

2026-04-08

СУДНИНГ ИШ ЮРИТИШНИ ТЎХТАТИБ ТУРИШ ҲУҚУҚИ ТЎЛДИРИЛИШИ ЛОЗИМ

Сўнгги йилларда мамлакатимизда давлат органлари билан муносабатларда фуқаролар ва тадбиркорлик субъектларининг ҳуқуқларини самарали ҳимоя қилишни таъминлаш мақсадида муҳим ислоҳотлар амалга оширилиб келинмоқда.

С. Рахмонов

49-51

2026-04-08

XIX ASR IKKINCHI YARMI – XX ASR BOSHLARIDA TURKISTON O‘LKASINING YER EGALIGI MUNOSABATLARIDAGI O‘ZGARISHLAR

Rossiyaning hukmron  siyosiy va harbiy doiralari Turkistonda  mustamlakachilik, buyukdavlatchilik hukmronligini  qaror toptirar, harbiy yurishlar  vositasida  o‘lkada  imperiya protektoratini o‘rnatar ekanlar,  bu mintaqada  yer egaligi munosabatlariga ham o‘z ta’sirini o‘tkazgan.

Zavqiddin Buriyev

52-55

2026-04-09

TASAVVUFIY TA’LIMOTDA YASSAVIY HIKMATLARINING AHAMIYATI

Maqolada Qur’on va tasavvufiy tafsirlar asosida Ahmad Yassaviy hikmatlarida nafs tarbiyasi va ruhiy kamolot bosqichlari haqida batafsil ma’lumotlar keltirilgan. Yassaviy hikmatlarining bugungi kundagi ahamiyati va tarbiyaviy ahamiyati keng yoritilgan.

Mansur Abdinazarov

56-58

2026-04-09

ULÍWMA BILIM BERIW MEKTEPLERINDE ÁDEBIYATTÍ OQÍTÍWDA ZAMANAGÓY BAǴDARLAR

Bul maqalada ulıwma bilim beriw mekteplerinde ádebiyattı oqıtıwda zamanagóy qatnaslardıń áhmieti hám olardı ámeliyatta qollanıw máseleleri sáwlelendirilgen. Atap aytqanda, shaxsqa baǵdarlanǵan bilimlendiriw, kompetenciyalıq qatnas, interaktiv metodlar, mashqalalı bilimlendiriw hám málimleme-kommunikaciya texnologiyalarınan paydalanıwdıń nátiyjeliligi tallanǵan. Sonday-aq, bul qatnaslar arqalı oqıwshılardıń dóretiwshilik pikirlewi, sóylew kompetenciyası hám estetikalıq talǵamın rawajlandırıw jolları kórsetip berilgen.

Omar Saparmatov

59-60

2026-04-10

ONLINE ARBITRAJ JARAYONLARINI OLIB BORISHNING HUQUQIY TARTIBI

Bugungi globallashgan zamonda nafaqat milliy balki xalqaro maydonda ham  huquqiy munosabatlarning tartibga solinishi va rivojlanishiga alohida e’tibor qaratish talab etilmoqda.  Hayotimizning deyarli barcha jabhalarida qo’llanilayotgan raqamlashtirish xatto xalqaro tijorada nizolarni hal etishga ham tatbiq etilayotganini kuzatishimiz mumkin.  Ushbu maqolada arbitraj tushunchasi, turlari, online arbitrajga ta’rif va uni olib borishning huquqiy asoslari, tashkiliy mehanizmlari hamda zamonaviy raqamli texnalogiyalar sharoitida nizolarni hal qilishdagi o’rni tahlil qilingan.  Tadqiqot davomida online arbitrajning tushunchasi, asosiy tamoyillari, jarayon va bosqichlari va uning an’anaviy arbitrajdan farqli jihatlari o’rganildi.  Shu bilan birga xalqaro maydonda online arbitrajning boshqa arbitrajdan afzalliklari, ijobiy va salbiy tomonlari,  jumladan tezkorligi, iqtisodiy samaradorlik, masofaviy ishtirok etish imkoniyati hamda bu jarayonda maxfiylikni ta’minlash kabi jihatlari kengroq yoritib berildi.

Gulnoza Yoʻldasheva

61-67

2026-04-10

MILLIY DINLARNING SHAKLLANISHI ,TARAQQIYOTI VA IJTIMOIY-MADANIY AHAMYATI

Mazkur maqolada milliy dinlarning shakllanishi, tarixiy taraqqiyoti hamda ularning jamiyatdagi ijtimoiy-madaniy ahamiyati tahlil qilinadi. Milliy dinlar muayyan xalqning urf-odatlari, an’analari va dunyoqarashi asosida yuzaga kelib, vaqt o‘tishi bilan murakkab diniy tizimga aylanadi. Tadqiqotda ularning shakllanishiga ta’sir etuvchi tabiiy, ijtimoiy va tarixiy omillar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, milliy dinlarning jamiyatda ijtimoiy birlikni ta’minlash, axloqiy me’yorlarni shakllantirish va madaniy merosni saqlashdagi o‘rni yoritiladi. Zamonaviy globalizatsiya sharoitida milliy dinlarning ahamiyati ortib borayotgani, ular milliy identitetni saqlash va madaniy xilma-xillikni qo‘llab-quvvatlashda muhim omil ekanligi asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari milliy dinlarni chuqur o‘rganish zarurligini ko‘rsatadi.

Xumora Aqljonova

68-71

2026-04-10

INKLYUZIV TA’LIM SАMАRАDОRLIGINI ОSHIRISH MОDЕLLАRI

Ushbu maqolada inklyuziv ta’lim samaradorligini oshirish modellari tahlil qilinadi. Inklyuziv ta’lim – bu barcha o‘quvchilarning, shu jumladan nogironligi bo‘lgan bolalarning ham, teng sharoitda ta’lim olishlarini ta’minlashga qaratilgan yondashuvdir. Tadqiqotda samaradorlikni oshirish uchun qo‘llaniladigan turli modellar va strategiyalar ko‘rib chiqiladi, ularning afzalliklari va kamchiliklari tahlil qilinadi.

Elbek Normurotov

72-75

2026-04-13

САНОАТ КАДРЛАРИ ТАЙЁРЛОВЧИ ОЛИЙ ТАЪЛИМ МУАССАСАЛАРИДА МАЪНАВИЯТ ВА МАЪРИФАТ ТИЗИМИ

Мазкур мақолада саноат кадрларини тайёрловчи олий таълим муассасаларида маънавият ва маърифат тизимини ташкил этишнинг назарий-амалий асослари таҳлил қилинган. Шунингдек, талабаларнинг маънавий-ахлоқий камолотини таъминлаш, миллий қадриятлар ва умуминсоний тамойиллар асосида тарбиялаш масалалари ёритилган. Таълим жараёнида маънавий-маърифий ишларни самарали ташкил этиш механизмлари, уларнинг инновацион ёндашувлар билан уйғунлиги ва ёшлар тарбиясидаги аҳамияти очиб берилган. Мақолада замонавий саноат соҳаси учун рақобатбардош, юксак маънавиятли мутахассислар тайёрлашнинг устувор йўналишлари асосланган.

Бекзод Турдибоев

76-79

2026-04-13

O‘ZBЕKISTON VA YЕVROРA ITTIFOQI MAMLAKATLARI O‘RTASIDAGI SAVDO, INVЕSTITSIYA VA IQTISODIY MUNOSABATLARNI RIVOJLANTIRISH DOLZARB MASALALARI

Ushbu ishda O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari o‘rtasidagi savdo, investitsiya va iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishning dolzarb masalalari tahlil qilinadi. Xususan, ikki tomonlama savdo hajmini oshirish, eksport tarkibini diversifikatsiya qilish, investitsiya oqimini kengaytirish hamda iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, Yevropa Ittifoqining texnologik va moliyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalanish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Tadqiqotda global iqtisodiy integratsiya sharoitida hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari va mavjud muammolar yoritiladi.

Husniddin Erkinov

80-85

2026-04-13

HAYOT SIFATI PSIXOLOGIK KATEGORIYA SIFATIDA

Ma’lumki, hayot sifati — multidissiplinar ko‘p o‘lchovli tushunchadir. A.V.Muxacheva “hayot sifati” fenomenining fanlararo kelib chiqishi tufayli tadqiqotchilar uni aniqlash va tushunishda qiyinchiliklarga duch kelishlarini ta’kidlaydi. Talqindagi farqlar mutaxassislarning o‘z bilim sohasiga e’tibor qaratishga moyilligi tufayli yuzaga keladi [4].

N.G. Pulatova

86-89

2026-04-13

ANTROPONIMLAR XALQNING IDENTIFIKATSIYASI FENOMENI

Hozirgi o‘zbek tilining o‘ziga xosligiga va nutqiy imkoniyatlarini har tomonlama ochib berishga doir fikr-mulohazalar bugungi kun tilshunosligi uchun dolzarb. Jumladan, kishi nomlarini ifodalovchi antroponimlar ham chuqur tadqiq etilishi lozimki, antroponimlarda millatning milliyligi va o‘ziga xosligi namoyon bo‘ladi. Shuning uchun antroponimik birliklarning badiiy asardagi o‘rnini aniqlash muhim. Badiiy asar tilini o‘rganish tilshunoslikning asosiy masalalardan biri bo‘lib, u shoir yoki yozuvchining o‘ziga xos badiiy vositalarini aniqlashda va undan samarali foydalanishga yordam beradi.

Maftuna Hamroyeva

90-91

2026-04-13

ELEKTR ENERGIYASINI ISHLAB CHIQARISH, UZATISH VA TAQSIMLASH SOHASIDA MUHANDISLIK PSIXOLOGIYASINING O’RNI

Ushbu maqolada elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash tizimlarida muhandislik psixologiyasining tutgan o‘rni chuqur tahlil qilinadi. Zamonaviy energetika tizimlari murakkab texnik va avtomatlashtirilgan jarayonlardan iborat bo‘lib, ularda inson omili muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada operatorlar, dispetcherlar va muhandislarning psixologik xususiyatlari, ularning diqqat, xotira, tezkor fikrlash va qaror qabul qilish qobiliyatlari tizimning ishonchliligi va xavfsizligiga qanday ta’sir ko‘rsatishi yoritilgan.

Sayyoraxon Ruzmetova , Akramjon Mamaraximov

92-97

2026-04-13

TILSHUNOSLIKDA TERMINOLOGIK TADQIQOTLAR

Ushbu maqolada terminlar borasida olib borilgan ayrim izlanishlarning diqqat markazida bo‘lgan masalalar xususida fikr yuritiladi. Bundan tashqari terminlarning ayrim xususiyatlari sifatida semantik jihati bo‘yicha mulohaza yuritildi.

Laylo Kazakova

98-100

2026-04-13

BOBURIYLAR SULOLASINING INQIROZI: URDU MANBALARI ASOSIDA TIZIMLI TAHLIL

Mazkur maqolada Boburiylar sulolasining inqirozi urdu tilidagi tarixiy va adabiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida siyosiy beqarorlik, iqtisodiy tanazzul, ichki nizolar va tashqi bosqinlar omillari o‘rganiladi. Natijada Boburiylar inqirozi tizimli xarakterga ega bo‘lgani asoslab beriladi.

Dilnovoz Abduvaxobova

101-103

2026-04-13

DIPLOMATIK VA ISHBILARMONLIK PROTOKOLI: NAZARIY VA AMALIY ASOSLAR

Mazkur ilmiy ishda diplomatik va ishbilarmonlik protokolining nazariy asoslari, tarixiy shakllanishi hamda zamonaviy jamiyatdagi ahamiyati keng yoritilgan. Ishda protokol qoidalarining xalqaro munosabatlar va biznes aloqalaridagi o‘rni, ularning samarali muloqot va hamkorlikni rivojlantirishdagi roli tahlil qilinadi. Shuningdek, madaniyatlararo farqlarni hisobga olish, rasmiy tadbirlarni tashkil etish, muzokaralar olib borish jarayonida protokolning amaliy jihatlari ochib berilgan.

D.Y. Kattaxo‘jayeva, A.J. Djafarova

104-105

2026-04-13

BOYSUN FOLKLORI SAN’ATI YO‘NALISHLARI VA QADRIYATLARI

Mazkur tezisda Boysun hududiga xos folklor san’ati, uning asosiy yo‘nalishlari va milliy qadriyatlari kengroq ilmiy asosda tahlil qilinadi. Boysun folklori qadimiyligi, o‘ziga xosligi va an’anaviyligi bilan ajralib turib, u xalqning tarixiy xotirasi, dunyoqarashi hamda turmush tarzini o‘zida mujassam etadi. Tezisda folklorning musiqiy, og‘zaki ijod, marosim, o‘yin va hunarmandchilik kabi yo‘nalishlari keng yoritilib, ularning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni hamda tarbiyaviy ahamiyati ochib beriladi.

D.Y. Kattaxo‘jayeva , A.Y. Talibova

106-107

2026-04-13

STEREOTIPLARNING LISONIY OLAM MANZARASIDAGI TALQINI (SH. BOSHBEKOVNING “TEMIR XOTIN” ASARI MISOLIDA)

Ushbu tezisda kognitiv tilshunoslikning tayanch tushunchalari — stereotiplar va kognitiv modellarning tildagi in’ikosi Sharof Boshbekovning “Temir xotin” komediyasi misolida tadqiq etiladi. Inson tafakkuridagi tayyor qoliplarning, xususan, “o‘zbek ayoli” stereotipining nutqiy jarayonda qanday aks etishi va lisoniy olam manzarasini shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi.

Yulduz Choriyeva

108-109

2026-04-14

DIPLOMATIK VA ISHBILARMONLIK PROTOKOLI

Ushbu maqolada diplomatik va ishbilarmonlik protokolining asosiy tamoyillari, ularning xalqaro munosabatlar va biznes jarayonlaridagi o‘rni tahlil qilinadi. Protokol qoidalarining rasmiy uchrashuvlar, muzokaralar va korporativ aloqalardagi ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, turli madaniyatlar o‘rtasidagi farqlar va ularning protokolga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Maqolada diplomatik etiket va ishbilarmonlik madaniyatining zamonaviy talablari haqida ham fikr yuritiladi.

Aziza Mirjafarova, Adibjon Abdullayev

110-112

2026-04-14

QISHLOQ XO’JALIGINING IQTISODIY O’SISHIGA TA’SIRI

Ushbu maqolada qishloq xo‘jaligining mamlakat iqtisodiy o‘sishidagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda sohaning YaIMdagi ulushi, bandlikni ta’minlashdagi roli hamda sanoat tarmoqlari bilan o‘zaro bog‘liqligi yoritilgan. Shuningdek, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va innovatsion texnologiyalarni joriy etishning makroiqtisodiy barqarorlikka ta’siri o‘rganilgan.

Bekmurod Xayrulloyev, Abdulhakim Faxriddinov

113-116

2026-04-14

QISHLOQ XO’JALIGI MAHSULOTLARINI YETKAZIB BERISHDA LOGISTIKA TIZIMI

Mazkur maqolada qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetkazib berishda  logistika tizimi (agrologistika)-bu mahsulotni daladan iste’molchiga qadar sifatini saqlagan holda, kam isrof bilan va o’z vaqtida yetkazib berishni ta’minlovchi murakkab jarayonlar zanjiri orqali tezkor yetkazish tizimidir. U mahsulot yo’qotilishini kamaytiradi, marketingni yaxshilaydi va xarajatlarni optimallashtiradi.Tadqiqotda qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, tashish, qayta ishlash va realizatsiya qilish jarayonlarining samaradorligi kichik biznes faoliyatiga ta’siri nuqtayi nazaridan o’rganiladi.

Jasur Jo’rayev , Saidasror G’ulamov

117-119

2026-04-14

INFLYATSIYA SABABLARI, TURLARI VA IQTISODIYOTGA TA’SIRI

Mazkur maqolada inflyatsiya tushunchasi, uning iqtisodiy mohiyati, kelib chiqish sabablari hamda asosiy turlari tahlil qilinadi. Shuningdek, inflyatsiyaning mamlakat iqtisodiyoti va aholi turmush darajasiga ko‘rsatadigan ta’siri yoritiladi. Maqolada talab inflyatsiyasi, xarajatlar inflyatsiyasi, ochiq va yashirin inflyatsiya kabi shakllar hamda ularning iqtisodiy jarayonlarga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari, O‘zbekistonda inflyatsiyani tartibga solish mexanizmlari, xususan, pul-kredit siyosati, fiskal siyosat va valyuta siyosatining ahamiyati bayon etiladi. Tadqiqot natijasida inflyatsiyani nazorat qilish iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va aholi farovonligini oshirishda muhim omil ekani asoslab beriladi.

Abdulaziz Abduqahhorov , Abdulhakim Faxriddinov

120-123

2026-04-14

QORAQALPOQ QO’SHIQCHILIK SAN’AT YO’NALISHI VA QADRIYATLAR

Ushbu ilmiy tezisda qoraqalpoq xalqining qo‘shiqchilik san’ati, uning tarixiy shakllanish bosqichlari, janr xususiyatlari, ijrochilik an’analari hamda milliy qadriyatlar tizimidagi o‘rni keng va chuqur tahlil qilinadi. Qoraqalpoq qo‘shiqlarining og‘zaki ijod bilan uzviy bog‘liqligi, baxshichilik maktabining shakllanishi va rivojlanishi, shuningdek, zamonaviy musiqiy jarayonlar ta’sirida yuz berayotgan transformatsiyalar ilmiy asosda yoritiladi. Mazkur ishda qo‘shiqchilik san’ati orqali xalqning tarixiy xotirasi, ma’naviy merosi, axloqiy qarashlari hamda estetik didi qanday aks etishi ochib beriladi. Shu bilan birga, milliy qadriyatlarning saqlanishi va rivojlanishida an’anaviy musiqa san’atining o‘rni va ahamiyati asoslab beriladi.

R .Q. Ergashova , A.Y. Talibova

124-125

2026-04-14

PEDAGOGIK JARAYONLARDA TA’LIM OLUVCHILARDA KREATIV FIKRLASHNING SHAKLLANISH

Ta’lim oluvchilarda kreativlik sifatlari, talabalarga kreativlikni rivojlantrish diognostikalari, topshiriqlarni muvaffaqiyatli bajarib ularda kreativlik sifarlarini shakllanish yo‘llari ko‘rsatilgan.

Adiba G‘aniyeva

126-128

2026-04-15

PEDAGOGIK JARAYONLARDA TA’LIM OLUVCHILARDA KOGNITIV TEXNOLOGIYALAR VOSITASIDA KREATIV FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH

Ta’lim jarayonida kognitiv va everistik topshiriqlar berish orqali kreativ fikrlashni rivojlantirish jarayoni hamda talabalarga kreativ fikrlashni o‘zbek xalqi an’analariga mos tarzda singdirish yo‘llari ko‘rsatilgan.

Adiba G‘aniyeva

129-131

2026-04-15

EKOLOGIK INQIROZ SHAROITIDA INSON VA TABIAT O‘RTASIDAGI FALSAFIY MUNOSABATLAR

Ushbu keng qamrovli maqolada insoniyatning tabiat bilan bo‘lgan munosabatlari tarixiy-falsafiy va zamonaviy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Antropotsentrik dunyoqarashning ekologik halokatga olib kelgan sabablari, biosferaning noosferaga aylanish qonuniyatlari hamda barqaror rivojlanishning falsafiy-axloqiy tamoyillari tadqiq etiladi. Maqola ekologik inqirozni bartaraf etishda yangi ekologik ong va madaniyatni shakllantirish zarurligini asoslaydi.

Marjona Hasanova

132-134

2026-04-15

MILLIY QADRIYATLARNING EKOLOGIK TARBIYA JARAYONIDAGI USTUVOR PEDAGOGIK FUNKSIYALARI

Ushbu maqolada milliy qadriyatlarning ekologik tarbiya jarayonidagi ustuvor pedagogik funksiyalari ilmiy-nazariy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Ekologik tahdidlar kuchayib borayotgan bugunki davrda xalqimizning tabiatga daxldor qadriyatlari, odob-axloq me’yorlari, og‘zaki ijod namunalari va ma’naviy merosi ekologik tarbiyaga kuchli ta’sir ko‘rsatishi yoritiladi. . Shuningdek, milliy qadriyatlar asosida shakllantirilgan ekologik ongning ta’lim jarayonidagi samaradorligi, uning yosh avlodni mas’uliyatli, ongli va barqaror rivojlanishga yo‘naltirilgan shaxs sifatida tarbiyalashdagi ahamiyati ochib beriladi.

E’zoza Abduhalimova

135-137

2026-04-15

AXBOROTLASHGAN JAMIYAT VA UNING ISTIQBOLLARI

Mazkur ilmiy maqolada axborotlashgan  jamiyat tushunchasi, uning shaklanish jarayoni va zamonaviy jamiyat taraqqiyotidagi o'rni tahlil qilinadi. Axborot texnologiyalarining rivojlanishi natijasida  ko'plab  sohalarda sezilarli o'zgarishlar  yuz berayotgani yoritiladi. Shuningdek, inson hayotidagi ro'li va kelajak istiqbollari, ya'ni texnalogiya rivoji , iqtisodiyot rivojlanishi va axborotdan to'g'ri foydalanish ham ko'rib chiqiladi.

Ruxshona Mamurjanova

138-139

2026-04-15

O`ZBEKISTONNING NOMODDIY MADANIY MEROSIDAGI XORAZM LAZGISINING TUTGAN O`RNI

Ushbu tezisda Xorazm milliy raqs san’atining durdonasi bo`lmish “Lazgi” raqsining paydo bo`lishi, uning  rivoshlanish davri  va O`zbekiston nomoddiy madaniy merosdagi tutgan o`rni, taraqqiyot bosqichi ilmiy o`rganilgan va yoritib berilgan.Undan tashqari O`zbekistonda “Lazgi” raqsini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarining mazmun -mohiyatiga to`xtalib o`tilgan.

Aziza Tolibova, Dildora Xudoyberdiyeva, Go`zalxon Turg`unboyeva

140-142

2026-04-15

Barcha masalalarni ko'rish