«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: Nazariy va amaliy izlanishlar» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.

Nashr qilingan: 2026-03-23

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA NUTQINI RIVOJLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishning nazariy-pedagogik  asoslari tahlil qilinadi. Maktabgacha ta’lim jarayonida bolalarning nutq faoliyatini rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillar ilmiy manbalar asosida yoritiladi,

Odina Fozilova, Shohida Teshaboyeva

4-6

2026-03-23

TARIXIY ROMANLARDA MIFOLOGIK OBRAZ

Mazkur maqolada tarixiy roman janrida mifologik obrazlarning badiiy-estetik funksiyasi, ularning semantik va ramziy yuklamasi hamda asar kompozitsiyasidagi o‘rni tahlil qilinadi. Mifologik obrazlar orqali tarixiy voqelikning badiiy talqini, xalq ongidagi arxaik tasavvurlar va kollektiv xotira unsurlarining aks etishi yoritiladi. Shuningdek, mifologik motivlarning qahramon xarakterini shakllantirishdagi roli, ularning ideologik va estetik vazifalari ilmiy asosda ochib beriladi. Tadqiqotda folklorizm nazariyasi nuqtayi nazaridan tarixiy romanlarda mifologik qatlamlarning funksional ahamiyati aniqlanadi.

Nilufar Tosheva

7-10

2026-03-23

SHARQ XALQLARI DUNYOQARASHIDA AXLOQIY ONG VA ADDIKTIV ODATLAR

Ushbu maqola O‘rta asr Sharq mutafakkirlari, xususan, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali Ibn Sino va Abdurauf Fitratning addiktiv axloq masalasiga oid qarashlarini tahlil qiladi. Mualliflar bekorchilik, aysh-ishrat, qimor o‘yinlari, ichkilikbozlik va isrofgarchilik kabi g‘ayriaxloqiy xatti-harakatlarni shaxsiy va ijtimoiy barqarorlikka tahdid sifatida ko‘rgan. Forobiy va Ibn Sino nazariyalarida shaxsning ma’naviy kamoloti, irodaviy barqarorligi va aql ustuvorligi addiktiv xulqni oldini olishning asosiy falsafiy mexanizmi sifatida ifodalanadi. Fitrat esa zamonaviy misollar orqali shaxsning irratsional istaklarga berilishi va ma’naviy zaiflikning ijtimoiy oqibatlarini yoritadi. Maqola sharqiy falsafiy tafakkurda shaxsning axloqiy tarbiyasi va jamiyat barqarorligi o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ochib beradi hamda addiktiv xatti-harakatlarning oldini olishda ma’rifat, ta’lim va ichki ruhiy intilishning ahamiyatini ta’kidlaydi.

Dostonjon Toshpo‘latov

11-14

2026-03-23

OIV INFEKSIYASI: TURLI IJTIMOIY-IQTISODIY KONTEKSTLARDA XAVF OMILLARI

Ushbu maqolada OIV infeksiyasining tarqalishiga ta’sir etuvchi asosiy ijtimoiy-iqtisodiy omillar tahlil qilinadi. Tadqiqot rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar kesimida olib borilib, kambag‘allik, ta’lim darajasi, gender tengsizligi, migratsiya va sog‘liqni saqlash tizimi imkoniyatlari kabi omillarning OIV xavfiga ta’siri o‘rganiladi. Shuningdek, stigma va diskriminatsiyaning kasallik profilaktikasi hamda davolash jarayonlariga salbiy ta’siri yoritiladi. Natijada, turli ijtimoiy kontekstlarda OIVning tarqalish mexanizmlari farqlanishi, ammo ayrim universal xavf omillari mavjudligi aniqlanadi. Tadqiqot natijalari OIV profilaktikasi bo‘yicha samarali ijtimoiy siyosat ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Sevara Shukurova

15-17

2026-03-24

MILLIY G’OYA VA MA’NAVIYATNI RIVOJLANTIRISHDA DAVLAT SIYOSATINING O’RNI

Ushbu maqolada milliy g’oya va  ma’naviy qadriyatlarni  rivojlantirishda davlat siyosatining o’rni, xalqaro va milliy mexanizmlar va hozirgi kunda yurtimizda bu sohada amalga oshirilayotgan islohatlar to‘g‘risida ma’lumot berilgan. Shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirishda normativ-huquqiy hujjatlarning ahamiyati, ularning amaliyotdagi roli hamda yoshlar tarbiyasiga ta’siri tahlil qilinadi.

Maftuna Yoqubova

18-20

2026-03-24

TOLIBAY QABULOVTIŃ «QIYSINI KELISKEN QOSIQLAR» DÚRKININDE LIRIKALIQ QAHARMAN OBRAZI

Bul maqalada Tolıbay Qabulovtıń «Qıysını kelisken qosıqlar» dúrkininde lirikalıq qaharman obrazı qalay ashıp berilgenligi haqqında sóz etiledi.

Qumar Sipatdinova

21-23

2026-03-24

ДАВЛАТ ИШТИРОКИДАГИ КОРХОНАЛАРНИНГ КАПИТАЛ БОЗОРИДАГИ ИШТИРОКИНИ ОШИРИШ ЙЎЛЛАРИ

Замонавий иқтисодий ислоҳотлар шароитида давлат иштирокидаги корхоналар (ДИК) фаолиятини бозор тамойиллари асосида қайта қуриш ва уларнинг капитал бозоридаги ролини ошириш стратегик аҳамиятга эга бўлган масалалардан биридир. Ўзбекистон иқтисодиётида ДИКлар ҳамон катта улушга эга бўлиб, уларнинг аксарияти йирик саноат, энергетика, транспорт ва банк соҳаларида фаолият юритади. Бироқ, ушбу корхоналарни анъанавий бошқарув усулларидан воз кечиб, уларни жаҳон молия бозорларига интеграция қилиш ва ички капитал бозорининг фаол иштирокчисига айлантириш давр талабидир. Капитал бозори нафақат молиявий ресурсларни жалб қилиш механизми, балки ДИКларда корпоратив бошқарув тизимини ислоҳ қилиш, шаффофликни таъминлаш ва рақобатбардошликни оширишнинг энг самарали воситаси ҳисобланади.

Улуғбек Разиков

24-25

2026-03-24

AHOLI SONI O‘SISHINING IQTISODIY O‘SISHGA TA’SIRI

Ushbu maqola aholi soni o‘sishining mamlakat iqtisodiy rivojlanishiga ta’sirini chuqur tahlil qiladi. Unda demografik o‘zgarishlar va iqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi murakkab bog‘liqlik nazariy va amaliy jihatdan o‘rganiladi. Tadqiqot aholi o‘sishining mehnat resurslari, iste’mol bozori va investitsiya jarayonlariga ta’sirini baholaydi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, aholi sonining oqilona o‘sishi iqtisodiy salohiyatni oshirishga xizmat qilishi mumkin, biroq resurslar taqchilligi va infratuzilma yuklamasi kabi muammolarni ham keltirib chiqarishi mumkin. Maqola ushbu omillarni hisobga olgan holda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash bo‘yicha siyosiy tavsiyalar beradi.

Begzod Fozilkarimov

26-30

2026-03-25

ALIMENT TURLARI HAMDA UNI TO‘LASH TARTIBI VA MIQDORI

Ushbu maqolada aliment tushunchasining huquqiy va lug‘aviy mazmuni, aliment majburiyatlarining turlari hamda ularni to‘lash tartibi tahlil qilingan. Muallif voyaga yetmagan bolalar, mehnatga layoqatsiz ota-onalar va yordamga muhtoj sobiq er-xotinlarning moddiy ta’minoti masalalarini yoritib beradi. Shuningdek, maqolada aliment miqdorini belgilashdagi kvotalar va qonun hujjatlarida ko‘rsatilgan eng kam miqdorlar bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar keltirilgan.

Azizjon Bahronov

31-33

2026-03-25

ТРАНСФОРМАЦИЯ ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ 2026: ГЛОБАЛЬНЫЕ ТРЕНДЫ И СПЕЦИФИКА УЗБЕКИСТАНА

В статье анализируется состояние цифровой экономики в 2026 году. Рассматривается взрывной рост ИИ-сервисов, динамика рынка электронной коммерции и проводится сравнительный анализ показателей Республики Узбекистан на фоне мировых лидеров. На основе количественных данных и отраслевых отчетов выявляются ключевые факторы развития, специфические для локального рынка.

Захинабону Мирхамидова

34-37

2026-03-25