«Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.
Опубликован: 2025-06-20
Статьи
EKSPERIMINT TERGOV HARAKATINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Ushbu ilmiy asoslangan maqolada tergov eksperimentini o'tkazish tartibi, usullari, o'tkazishdan ko'zlangan asosiy maqsad hamda ushbu tergov harakatini o'tkazishning jinoyatlarni tergov qilishdagi ahamiyati mavzusida ayrim qarashlarimiz mavjud.
2025-06-23
СУРИШТИРУВ ВА ДАСТЛАБКИ ТЕРГОВНИ ТЎХТАТИШ ИНСТИТУТНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ
Ушбу мақола жиноят процессида жиноят ишини тўхтатиш борасида фикр ва мулоҳазалар келтирилган бўлиб, Ўзбекистон Республикасининг Жиноят-процессуал кодекснинг 364-моддасида белгиланган жиноят ишни тўхтатишда юзага келадиган муаммолар уни бартараф этиш юзасидан асослантирилган таклиф ва тавсиялар ишлаб чиқилган.
2025-06-23
HAQORAT QILISH JINOYATINI TERGOV QILISHDA ISBOTLANISHI LOZIM BO'LGAN HOLATLAR
Haqorat qilish jinoyati — bu biror shaxsni og'zaki yoki yozma tarzda kamsitish, uning sha'ni va qadr-qimmatiga zarar yetkazish bilan bog'liq huquqbuzarlikdir. Ushbu maqola haqiqatni oydinlashtirish va jinoyatni tergov qilishda ishonchli ibotlarni yig'ishning muhimligini ko'rib chiqadi. Tergov jarayonida jinoyatning sabablari, voqealarning tafsilotlari va zararlangan shaxsning ko'rsatmalari alohida ahamiyatga ega.
2025-06-23
O‘SMIRLIK DAVRIDA KOGNITIV RIVOJLANISHGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR
Mazkur maqolada o‘smirlik davrida kognitiv rivojlanishga ta’sir etuvchi omillar psixologik, biologik va ijtimoiy jihatdan tahlil qilinadi. O‘smirlik – insonning tafakkuri, qaror qabul qilish qobiliyati va mantiqiy fikrlashi rivojlanadigan muhim bosqich bo‘lib, turli omillar ushbu jarayonga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqot davomida oilaviy muhit, ta’lim sifati, ijtimoiy aloqalar, raqamli texnologiyalar va biologik o‘zgarishlar kognitiv rivojlanishga qanday ta’sir qilishi o‘rganiladi. Maqolada anketaviy so‘rovlar, psixologik tahlil va statistik tadqiqot natijalari jadvallar va gistogrammalar yordamida taqdim etilgan.
2025-06-23
O‘YIN TERAPIYASI ORQALI MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA JISMONIY FAOLLIKNI RIVOJLANTIRISH: INNOVATSION PEDAGOGIK YONDASHUVLAR
Maqolada o‘yin terapiyasining maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy faolligini oshirishdagi roli yoritilgan. Jahon amaliyotlari (AQSH, Finlyandiya, Yaponiya) asosida innovatsion yondashuvlar taqqoslab tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekistonda qabul qilingan qarorlar va dasturlar doirasida o‘yin terapiyasining pedagogik samaradorligi muhokama qilinadi. Muayyan tajriba asosida o‘yinlar orqali bolalarning harakatchanligi, hissiy barqarorligi va ijtimoiy faolligi oshgani isbotlangan.
2025-06-23
BOSHLANG’ICH TA’LIMDA INKLYUZIV YONDASHUV: IMKONIYATLAR VA MUAMMOLAR
Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’limda inklyuziv yondashuvning mazmun-mohiyati, afzalliklari hamda dolzarb muammolari tahlil qilinadi. Muallif inkluziv ta’limning asosiy tamoyillari, uning ijtimoiy va pedagogik ahamiyati haqida fikr yuritadi. Shuningdek, mavjud muammolar yechimi sifatida taklif etilayotgan metodik yondashuvlar va strategik choralar keltiriladi. Maqola boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, pedagogik oliy ta’lim muassasalari talabalari va ta’lim sohasidagi mutaxassislar uchun foydalidir.
2025-06-23
INGLIZ TILIDA TINGLAB TUSHUNISH KOʻNIKMASINI RIVOJLANTIRISHDA DICTATION(DIKTANT) TEXNIKASIDAN FOYDALANISH
Maqolada ingliz tilini o‘rganayotganlar uchun tinglab tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirishda diktant usulining samaradorligi tahlil etiladi. Diktant faol tinglash, aqliy ishlov berish va aniq yozib olish orqali til ko‘nikmalarini yaxshilaydi. Shuningdek, u tovushlarni eshitish, lug‘at va grammatikani o‘zlashtirish, yozma nutq aniqligini oshirishga yordam beradi. Tadqiqot diktantning an’anaviy va zamonaviy til o‘qitish jarayonida dolzarbligini ko‘rsatadi.
2025-06-23
BACHADON KISTASI: TASHXIS VA DAVOLASHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI
Bachadon kistasi ayollar reproduktiv salomatligida keng tarqalgan patologiya bo'lib, turli yoshdagi ayollarda uchraydi. Ushbu tadqiqot ishida bachadon kistasining zamonaviy tashxis usullari va samarali davolash strategiyalari chuqur tahlil qilingan.
2025-06-23
QORAMOL, CHO‘CHQA VA MAYDA MOLLAR , QABUL QILISH VA SEMIZLIGINI ANIQLASH
Go‘sht sanoati har doim eng muhim rivojlanish ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib kelgan; Muayyan mahsulot guruhlari ko‘rinishidagi go‘sht mahsulotlari davlat strategik zaxirasining bir qismi edi. Bir necha yillar davomida go‘sht mahsulotlari tanqisligiga qaramay, ularning o‘rtacha iste’molchi ratsioni uchun ahamiyati juda yuqori.
2025-06-23
INTERNET PROPAGANDASI: ZAMONAVIY TAHDIDLAR VA ULARNING IJTIMOIY ONGGA TA’SIRI
Ushbu maqolada internet tarmog‘ida olib borilayotgan propagandaviy faoliyatlarning mazmuni, shakli va uslublari hamda ularning ijtimoiy ongga ta’siri tahlil qilingan. Raqamli axborot platformalarida keng tarqalgan dezinformatsiya, hissiy manipulyatsiya va sun’iy ong shakllantirish vositalari orqali insoniyat ongiga qanday ta’sir qilinayotgani ochib berilgan.
2025-06-23
TA’LIM ORQALI MILLIY G‘OYANI SHAKLLANTIRISH MASALALARI
Milliy g‘oya – jamiyatni birlashtiruvchi, fuqarolarda vatanparvarlik, ma’naviy yuksaklik, g‘urur va mas’uliyat hissini uyg‘otuvchi g‘oyaviy tizimdir. Ushbu maqolada ta’lim tizimi orqali milliy g‘oyani shakllantirishning nazariy va amaliy asoslari hamda ta’limning barcha bosqichlarida milliy g‘oya mazmunini singdirish, o‘quvchi-yoshlarni milliy qadriyatlar va an’analarga sodiq, ongli va g‘oyaviy yetuk shaxs sifatida tarbiyalash zarurligi asoslab beriladi.
2025-06-23
DUNYO TAJRIBASIDA XARAKTER IFODALOVCHI BIRLIKLARNING O‘RGANILISHI
Inson va uni ta’riflash, xoh ijobiy bo‘lsin, xoh salbiy jihatlarini nozik ma’no tovlanishlari bilan yoki turli ramzlar orqali ishoraviy tarzda aks ettirish dunyo adabiyotida keng tarqalgan usullardan biri hisoblanadi. Ya’ni insonni ta’riflash xilma-xil asosda, turli rakurslarda aks etadi va bu tilning milliy lisoniy manzarasidan chuqur o‘rin oladi, paremiologik fondda turli hayvon, narsa-predmet, holat, kasallik, taom nomlari orqali ayni inosn obraziga ishora qilish bu jarayonga dalolat qiladi. Insonni aks ettirish uning tashqi yoki xususiyatlarini ta’riflash asosida kechishi mumkin. Insonning mazmuniy jihatlari, tabiiy ravishda, ijobiy yoki salbiy qatordan, yoki oraliqni tashkil qiluvchi birliklardan iborat bo‘ladi.
2025-06-23
KONVEYER TARANGLOVCHI VA TORTUVCHI BARABANLARIDA YUZAGA KELADIGAN TO‘XTALISHLAR SABABLARI
Ushbu maqolada tasmali konveyer barabanlarining turlari, ularning tuzilishi, ishlash prinsipi, tanlashdagi muhim omillar va texnik xizmat ko‘rsatish masalalari keng yoritilgan. Barabanlar konveyer tizimining asosiy elementi sifatida tasmaning harakatini ta’minlash va uni tarang holda ushlab turish vazifasini bajaradi.Barabanlar tortuvchi, taranglovchi hamda yo‘naltiruvchi va buruvchi turlarga bo‘linadi. Tortuvchi barabanlar ishqalanish darajasiga qarab silliq, qoplangan yoki qirralari bo‘lgan ko‘rinishlarda ishlab chiqiladi. Taranglovchi barabanlar esa gravitatsion, vintli va gidravlik mexanizmlar asosida ishlaydi.
2025-06-23
MUDDATLI MEHNAT SHARTNOMASINI TARTIBGA SOLUVCHI HUQUQIY ASOSLARNING RIVOJLANISHI
Mazkur maqolada muddatli mehnat shartnomasi muddatining besh yildan uch yilga qisqartirilishi bilan bog‘liq jarayonlar, tarixiy izchillikda muhokama etilgan. Olimlarning ilmiy nazariy qarashlari o‘rganilib, muddatli mehnat shartnomasini eng ko‘p muddatini mehnat qonunchiligida belgilashning ijobiy jihatlari bayon etilgan.
2025-06-23
GIMNASTIKA DARSLARIDA O‘QUVCHILARNI DARSNING ASOSIY QISMIGA TAYYORLASHDA UMUMRIVOJLANTIRUVCHI MASHQLAR MAJMUASIDAN FOYDALANISH METODIKASI
Ushbu maqolada gimnastika darslarining tayyorlov bosqichida o‘quvchilarni darsning asosiy qismiga jismonan va ruhiy jihatdan tayyorlashda umumrivojlantiruvchi mashqlar majmuasidan foydalanish metodikasi tahlil qilinadi. Umumrivojlantiruvchi mashqlar orqali tana harakatlarini faollashtirish, mushaklarni isinish holatiga keltirish, qon aylanishini faollashtirish va shikastlanishning oldini olish imkoniyati ko‘rsatib beriladi. Metodik tavsiyalar orqali mashqlarning ketma-ketligi, yuklama miqdori va yosh xususiyatlariga mosligi asoslab berilgan.
2025-06-23
TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA TURISTIK MARSHRUTLARNING AXAMIYATI
Maqolada diniy ziyorat turizmni rivojlantirishda turistik marshrutlarning istiqbolli yo’nalishlarni aniqlash,turistik marshrutlarini ishlab chiqish va ulardan samarali foydalanish xamda bu yo’nalishni rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari tadqiq etilib, turistik marshrutlarini ishlab chiqishning dolzarbligi bayon etilgan.
2025-06-24
OLIY TA'LIM TIZIMINI RAQAMLASHTIRISHNING DOLZARB MUAMMO VA YECHIMLARI
Zamonaviy dunyoda texnologiyalar tez rivojlanmoqda va bu barcha sohalarga, shu jumladan ta'lim tizimiga ham kuchli ta'sir ko'rsatmoqda. Oliy ta'lim tizimini raqamlashtirish bugungi kunda eng dolzarb mavzulardan biriga aylangan. Raqamlashtirish orqali ta'lim jarayonlari yanada samarali, qulay va innovatsion tarzda tashkil etilishi mumkin. Biroq, bu jarayon bir qator muammolar va to'siqlarni ham o'z ichiga oladi. Ushbu maqolada oliy ta'lim tizimini raqamlashtirishning dolzarb muammolari va ularning yechimlari haqida to'xtalib o'tamiz.
2025-06-24
BADIIY ADABIYOTDA MIF JANRI: SHAKLLANISHI, FUNKSIYASI VA ZAMONAVIY TALQINI
Ushbu maqolada badiiy adabiyotda mif janrining shakllanishi, asosiy xususiyatlari, estetik vazifalari va zamonaviy adabiyotdagi talqini tahlil qilinadi. Mif janri qadimiy diniy-falsafiy qarashlarning badiiy timsollar orqali ifodalanishi bo‘lib, u inson tafakkurining arxetipik qatlamlariga asoslanadi. Tadqiqotda Sharq va G‘arb adabiyotlari misolida mifning tarixiy ildizlari, struktura va janrlar shakllanishidagi o‘rni, hamda zamonaviy yozuvchilar tomonidan qayta talqin qilinishi ilmiy tahlil qilinadi.
2025-06-24
INTERMATN VA UNING TURKIY ADABIYOTDAGI TARIXIY ILDIZLARI
Ushbu maqolada intermatnlik nazariyasi turkiy mumtoz adabiyot kontekstida o‘rganilgan bo‘lib, Alisher Navoiy va Muhammad Fuzuliy ijodi misolida matnlararo aloqalarning badiiy-nazariy xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida intermatnlikning asosiy shakllari – iqtibos, allyuziya, qayta talqin va matniy dialog asosida Navoiy va Fuzuliy she’riyati Qur’on oyatlari, hadislar, fors-tojik adabiyoti va tasavvufiy manbalar bilan o‘zaro munosabatda ekanligi ochib beriladi. Maqola zamonaviy adabiyotshunoslik nazariyalari (J. Kristeva, M. Baxnin) bilan Sharq mumtoz poetikasining metodologik integratsiyasini amalga oshiradi. Tadqiqot natijalari turkiy adabiy merosni global nazariy paradigmalar asosida yangicha talqin qilishga xizmat qiladi.
2025-06-24
TIPIK BO`Z TUPROQLAR SHAROITIDA BAHORGI MUDDATDA EKILGAN SOYANING 1000 DONA DON MASSASIGA TA’SIRI
Toshkent viloyatining qadimdan sug`oriladigan tipik bo`z tuproqlari sharoitida soyani Toshkent va Selekta-302 navlarining asosiy ekin sifatida maqbul qator kengliklarida ekish tizimlari va ko`chat qalinligini ishlab chiqish yuqori don hosili yetishtirishda muhim ahamiyatga ega ekanligi aniqlangan.
2025-06-24
TARIXIY YODGORLIKLARNING ZILZILABARDOSHLIGINI OʻRGANISHDA DUNYO MUHANDISLIK TAJRIBASI
Bugungi kunda tarixiy yodgorliklarni muhofaza qilish masalasi global miqyosda muhandislik, konservatsiya va restavratsiya fanlarining kesishgan nuqtasiga aylangan. Bu yo‘nalishda asosiy e’tibor yodgorliklarning arxitektura yaxlitligini buzmasdan, ularni zilzilaga chidamli qilish imkoniyatlariga qaratilgan. Shu bois, har bir mamlakat o‘zining iqlimiy, seysmik va tarixiy sharoitidan kelib chiqqan holda konstruktiv va innovatsion yechimlar ishlab chiqmoqda. Dunyo muhandislik amaliyotida bu boradagi yondashuvlar xilma-xilligi bilan birga umumiy tamoyillarga ham asoslanadi: minimal aralashuv, tarixiy ko‘rinishni saqlash va texnik ishonchlilik. Mazkur tezisda ana shu xalqaro tajribalar tahlil qilinadi va ular asosida tarixiy obidalarni seysmik mustahkamlashda qo‘llanilayotgan zamonaviy yondashuvlar yoritiladi.
2025-06-24
IQTISODIYOTDA SUN’IY INTELLEKDAN FOYDALANISHNING SAMARASI
Ushbu maqolada iqtisodiyotda sun'iy intellekt (SI) vositalaridan foydalanishning amaliy samaradorligi chuqur tahlil qilinadi. SI texnologiyalari orqali mehnat unumdorligini oshirish, resurslarni optimallashtirish, biznes jarayonlarini avtomatlashtirish hamda yangi kasblar vujudga keltirish imkoniyatlari ko'rib chiqildi. Shuningdek, AQSH, Yevropa hamda rivojlanayotgan mamlakatlardagi SI tadbiqlari misollarida iqtisodiy natijalar baholanadi. Natijalarda SI dan foydalanish faqatgina daromadni oshirmasdan, balki mamlakatlarning global raqobatbardoshlik darajasini ham oshirayotgani tasdiqlangan.
2025-06-24
ФИЛОСОФСКИЕ И ЭСТЕТИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ РОМАНА М. А. БУЛГАКОВА «МАСТЕР И МАРГАРИТА»
В статье рассматривается роман М. А. Булгакова «Мастер и Маргарита» как сложное произведение, объединяющее философские, религиозные и эстетические пласты. Автор анализирует двойственность повествования, символику ключевых персонажей, а также проблемы истины, справедливости и творческой свободы. Использован метод литературно-философского анализа. Показана актуальность романа в контексте современного восприятия.
2025-06-24
TEXNOLOGIYA FANI DARSLARIDA O‘QUVCHLARNING KREATIV QOBILYATLARINI RIVOJLANTIRISH
Mazkur maqolada texnologiya fani darslarida o‘quvchilarning kreativ qobilyatlarini rivojlantirish mavzusi atroflicha yoritib berilgan. Muamolarni hal qilish, ijobiy fikrlash, texnik va dizayn bilimlarini shakllantirish kabi kompetensiyalar orqali o‘quvchilarni mustaqil qaror qabul qilishga va inovatsion yondashuvlar asosida ijodiy ko‘nikmalarini mustaxkamlashning samarali usullari ko‘rsatilgan. Maqola texnologiya fanining kreativlikni rivojlantirishdagi o‘rni va uning o‘quvchilarga kelajakdagi texnologik o‘zgarishlarga tayyorlanishda muhim rol o‘ynashini ko‘rsatib o‘tadi.
2025-06-24
YOSHLAR DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISHDA MILLIY VA GLOBAL QADRIYATLARNING O‘ZARO TA’SIRI
Ushbu maqolada globallashuv jarayonining yoshlarning dunyoqarashiga ta’siri, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning uyg‘unlashuvi muammolari tahlil qilinadi. Globallashuv yoshlarning bilim va madaniy tajribalarini kengaytirish bilan birga, milliy qadriyatlarning zaiflashish xavfini ham keltirib chiqaradi. Shuning uchun yoshlarni tarbiyalashda milliy meros va universal insoniy qadriyatlarni uyg‘unlashtirish zarurati ta’kidlanadi. Milliy madaniyat, til, an’analar va diniy e’tiqodlarning saqlanishi yoshlarning milliy o‘zligini mustahkamlashda, ularni global jarayonlarga muvaffaqiyatli moslashishda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada globallashuv sharoitida milliy va umuminsoniy qadriyatlarning uyg‘unlashuvi asosida yoshlarni tarbiyalash strategiyalari ko‘rib chiqiladi.
2025-06-24
O‘SMIRLARDA AGRESSIVLIK NAMOYON BO‘LISHINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Ushbu maqolada o‘smirlarda uchraydiga agressivlik namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlari, agressiyaning tug‘ma, biologik tabiatga egaligi to‘g‘risidagi fikrlar xilma xilligi, jismoniy agressiya, bilvosita agressiya, jahldorlik, salbiy munosabatlar (negativizm) xulq, alamzadalik, shubhalanuvchanlik, verbal agressiya, aybdorlik hissi kabi tushunchalar haqida fikr yuritiladi.
2025-06-24
JAGʻLI TOSH MAYDALAGICHLAR HARAKATLANUVCHI JAGʻINING SIQISH YOʻLINI ANIQLASHNING NAZARIY ASOSLARI
Maqolada jag‘li tosh maydalagichlarning oddiy va murakkab harakatli turlariga ularning kinematik sxemalari asosida tavsif berilgan. Mashinaning jag‘lari orasiga tushgan toshlar jag‘lardan birining harakatlanishi natijasida hosil bo‘ladigan siqish kuchi ta’sirida maydalanadi. Ushbu siqish kuchi siqish yo‘li orqali hosil qilinadi. Jag‘li tosh maydalash mashinasining kinematik sxemasi asosida siqish yo‘li empirik ifoda orqali asoslangan.
2025-06-24
LATIFA JANRI VA NASRIDDIN AFANDI OBRAZI TARIXI
Latifalar – xalq ijodining nodir durdonalaridan biri boʻlib, ular ijtimoiy hayotdagi kamchiliklar, inson illatlari va jamiyatdagi nojoʻya holatlarni hajviy uslubda tasvirlaydi. Ayniqsa, Nasriddin Afandi obrazi orqali yaratilgan latifalar xalq yumori, hikmati va hayot tajribasining yorqin ifodasi hisoblanadi. Ushbu maqolada latifa janrining shakllanishi, uning asosiy xususiyatlari va Nasriddin Afandi obrazining xalq folklorida tutgan oʻrni tahlil qilinadi.
2025-06-24
AXBOROT XAVFSIZLIGI VA KIBERXAVFSIZLIK O‘RTASIDAGI FARQ
Axborot texnologiyalari bugungi kunda hayotimizning hamma sohalarini qamrab olgan. Axborot atrof-muhit ob’ektlari va hodisalari, ularning o‘lchamlari, xususiyat va holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardir. Keng ma’noda axborot insonlar o‘rtasida ma’lumotlar ayirboshlash, odamlar va qurilmalar o‘rtasida signallar ayriboshlashni ifoda etadigan umummilliy tushunchadir.
2025-06-24
MAMLAKATIMIZDA YAYLOV YERLARIDAN SAMARALI FOYDALANISHNI IJTIMOIY-IQTISODIY AHAMIYATI
Ushbu maqolada yaylov yerlaridan samarali foydalanishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati tahlil qilingan. Global oziq-ovqat xavfsizligi, resurslar tanqisligi va iqlim o‘zgarishi sharoitida yaylovlardan oqilona foydalanish chorvachilikni rivojlantirishda muhim omil sifatida ko‘rsatib berilgan. Naslchilikni rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, yem-xashak bazasini mustahkamlash orqali soha samaradorligini oshirish yo‘llari asoslab berilgan. Yaylovlardan to‘g‘ri foydalanish iqtisodiy barqarorlik va aholi farovonligiga xizmat qiladi..
2025-06-24
ПРАВОВЫЕ АСПЕКТЫ ОТВЕТСТВЕННОСТИ МЕДИЦИНСКОГО ПЕРСОНАЛА ПРИ ИСПОЛЬЗОВАНИИ ТЕХНОЛОГИЙ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА В КЛИНИЧЕСКОЙ ПРАКТИКЕ
В данной работе исследуются правовые и этические аспекты ответственности медицинского персонала при использовании технологий искусственного интеллекта в клинической практике. Проведен анализ современных подходов к распределению ответственности между медицинскими работниками и ИИ-системами при принятии клинических решений. Рассмотрены международные правовые практики регулирования ответственности в условиях автоматизации медицинских процессов. Исследованы вопросы профессиональной ответственности врачей при использовании ИИ-рекомендаций, а также проблемы доказательства причинно-следственных связей в случае медицинских ошибок. Автором проанализированы существующие пробелы в национальном законодательстве и предложены рекомендации по совершенствованию правовой базы регулирования ответственности медицинского персонала в эпоху цифровой медицины.
2025-06-24
ARPABODIYON EKININI (FOENICULUM VULGARE) NAV NAMUNALARINI O‘RGANISH
Ushbu maqolada arpabodiyon ekinini seleksiyasi uchun boshlang‘ich manba ajratish uchun 1 ta Italiyadan va 4 ta Rossiyadan keltirilgan nav namunalarini Toshkent viloyati sharoitida ekib o‘rganish natijasida olingan tadqiqot natijalari keltirib o‘tilgan.
2025-06-24
RAQAMLI MARKETING VOSITALARIDAN FOYDALANISH DARAJASI, QASHQADARYO VILOYATI SANOAT KORXONALARI TAHLILI
Mazkur maqolada Qashqadaryo viloyatidagi sanoat korxonalari uchun raqamli marketing vositalarining qo‘llanilishi va samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi viloyatdagi sanoat korxonalari tomonidan raqamli marketing vositalaridan qanday foydalanayotganini aniqlash va ularning samaradorligini baholashdir. Ushbu tahlil, viloyatdagi sanoat sektori uchun raqamli marketing strategiyalarini optimallashtirishda yordam beradi. Tadqiqot natijalari ko‘rsatadiki, Qashqadaryo viloyatidagi ko‘plab sanoat korxonalari raqamli marketing vositalaridan faqat cheklangan darajada foydalanmoqdalar, va bu ularning bozor raqobatida orqada qolishiga olib kelmoqda. Tahlil qilingan korxonalar o‘rtasida raqamli marketing strategiyalarining samaradorligi ham farqlanadi, ba'zi korxonalar ilg‘or texnologiyalarni joriy qilgan bo‘lsa, boshqalari esa buni amalga oshirishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Tadqiqotda shuningdek, raqamli marketing vositalarining qo‘llanilishi darajasini oshirish uchun tavsiyalar ham keltirilgan.
2025-06-25
TIBBIYOTDA ISHLATILADIGAN EFIR MOYLAR: O’SIMLIK MANBALARI VA FARMAKODINAMIKASI
Efir moylari – bu o’simliklardan distillatsiya ya’ni suyuqlik aralashmalarini ularning qaynashi haroratidagi farqiga asoslanib ajratish usuli hisoblanadi. Presslash yoki eritmalar yordamida ajratib olinadigan, uchuvchan hidli va biologik faol moddalardir. Ular qadimdan xalq tabobatida va hozirgi kunda ham zamonaviy farmasevtikada ham keng qo’llanilib kelinmoqda. Tibbiyotda efir moylari asosan antiseptik, yallig’lanishga qarshi, tinchlantiruvchi, analgetik va immunitetni rag’batlantiruvchi xossalar uchun ishlatiladi. Bu maqolada asosan, efir moylarining o’simlik manbalari, ularning kimyoviy tarkibi va farmodinamika xususiyatlari tahlil qilinadi. Efir moylari inhalatsiya, teriga surish, orali qabul qilish orqali organizmga kiradi. Ular odatda tez so’riladi, qarshi metabolizatsiyalanadi va ko’pincha nafas bilan yoki siydik orqali chiqarib yuboriladi.
2025-06-25
КИБЕРБУЛЛИНГ: ЧТО ЭТА ТАКОЕ И КАК ЕГО ОСТАНОВИТЬ КАК СДЕЛАТЬ ИНТЕРНЕТ БЕЗОПАСНЫМ МЕСТОМ ДЛЯ ВСЕХ НАС?
В данной работе рассматривается феномен кибербуллинга как форма насилия в цифровой среде, его основные проявления, причины и последствия. Особое внимание уделяется влиянию социальных сетей на распространение кибербуллинга, а также анализу законодательства Республики Узбекистан в сравнении с международной практикой. Подчёркивается необходимость правового закрепления понятий «буллинг» и «кибербуллинг» в национальном законодательстве, а также внедрения комплексных мер профилактики и психологической поддержки пострадавших. В работе предложены подходы к снижению психологического вреда и формированию культуры безопасного поведения в интернете.
2025-06-24
MASHINAVIY O‘QITISHDA XUSUSIYATLAR TANLOVI VA O‘ZGARTIRISHNING AHAMIYATI
Mashinaviy o‘qitish (machine learning) loyihalarida ma'lumotlarni tayyorlash bosqichi muvaffaqiyatning asosiy omillaridan biridir. Ushbu bosqichda xususiyatlar tanlovi (feature selection) va xususiyatlar o‘zgartirish (feature engineering) modelning samaradorligi, aniqligi va umumlashtirish qobiliyatiga katta ta'sir ko‘rsatadi. Ushbu maqolada ushbu jarayonlarning ahamiyati, afzalliklari va amaliy misollar keltiriladi.
2025-06-26
INGLIZ TILI DARSLARIDA HIKOYALASH ASOSIDA NUTQIY KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISH METODIKASI
Mazkur maqola ingliz tili darslarida hikoyalash orqali o‘quvchilarning og‘zaki va yozma savodxonligini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan.
2025-06-26
MILLATNING YAQIN TARIXI
Ushbu maqola Togʻay Murodning badiiy mahorati va “Otamdan qolgan dalalar” romanining mavzusi va ahamiyati haqida boʻlib, roman haqidagi ilmiy -nazariy fikrlar oʻrganiladi, voqealar tahlil qilinadi.
2025-06-26
ОРТОПЕДИЧЕСКАЯ И ОРТОДОНТИЧЕСКАЯ КОНСТРУКЦИЯ ДЛЯ СОХРАНЕНИЯ МЕСТА В ЗУБНОМ РЯДУ ПОСЛЕ УДАЛЕНИЯ МОЛОЧНЫХ ЗУБОВ
Потеря молочных зубов у детей до их физиологической смены — распространённое явление вследствие кариеса, травм, а также эндодонтического или хирургического вмешательства. При отсутствии вмешательства после удаления может наблюдаться смещение соседних зубов: их наклон, дистальная миграция и ротация. Это приводит к уменьшению длины и ширины зубной дуги, что повышает риск скученности постоянных зубов, нарушений прикуса, импакции и необходимости сложного ортодонтического лечения в будущем
2025-06-26
BINOLARNING SEYSMIK XAVFLILIK BO‘YICHA KONSTRUKTIV TAHLILI
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida keng tarqalgan turar-joy va jamoat binolarining zilzilabardoshlik darajasi, ularning konstruktiv tuzilishi hamda me’yoriy hujjatlarga muvofiqligi tahlil qilingan. Karkassiz, yog‘och yopmali, mahalliy qurilish materiallaridan barpo etilgan hamda temir-beton karkasli va yirikpanelli binolar misolida ularning seysmik xavfsizlik bo‘yicha zaif tomonlari ko‘rsatib o‘tilgan. Binolarning texnik holatini aniqlashda QMQ 2.01.03-19 va GOST 31937-24 me’yoriy hujjatlari asos bo‘lib xizmat qiladi. Maqolada mavjud binolarni mustahkamlash zarurati, kapital ta’mirlash, rekonstruksiya qilishning iqtisodiy jihatlari va instrumental texnik ko‘rikdan o‘tkazishning ahamiyati yoritilgan.
2025-06-26
