«Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.

Опубликован: 2025-12-23

HARAKAT ORQALI CHET TILLARNI O‘QITISH/O‘RGANISH METODIK SHAKLI

Jonli o‘quv muhiti (sinfda jonli muloqotni yuzaga keltirish) o‘quvchilarning o‘rganilayotgan chet tilda muloqot qobiliyatini takomillashtirishga yordam beradi. Bunday sinf xonasi, o‘quv muhitini yaratishda nafaqat xorijiy tillarni o‘qitish tamoyillari va metodik yondashuvlari  hamda boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga xorijiy til o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olish, balki dars jarayonini to‘g‘ri tashkil etish, unda qo‘llanuvchi eng maqbul va samarali metodlarni tanlash hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Usmonxodjayeva Moxiraxon Abdumalikxodjayevna

4-6

2025-12-22

YASHIL IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA METAKOGNITIV QOBILIYATNING AHAMIYATI

Mazkur maqolada yashil iqtisodiyotni rivojlantirish jarayonida metakognitiv qobiliyatlarning o‘rni va ahamiyati ilmiy-nazariy jihatdan yoritiladi. Global miqyosda iqlim o‘zgarishi, ekologik muammolarning kuchayishi hamda tabiiy resurslardan foydalanishning cheklanishi barqaror rivojlanishga yo‘naltirilgan yangi iqtisodiy yondashuvlarni talab etmoqda. Shu sharoitda yashil iqtisodiyot ekologik xavfsizlikni ta’minlash, resurslardan oqilona foydalanish va ijtimoiy-iqtisodiy muvozanatni saqlashning muhim vositasi sifatida namoyon bo‘lmoqda. Tadqiqotda yashil iqtisodiyotning samarali joriy etilishi inson kapitalining sifatiga, xususan, shaxslarning metakognitiv qobiliyatlari rejalashtirish, monitoring va refleksiya ko‘nikmalariga bevosita bog‘liqligi asoslab berilgan. Metakognitiv yondashuvlar orqali ekologik qarorlarni ongli qabul qilish, innovatsion fikrlashni rivojlantirish hamda yashil texnologiyalarni amaliyotga joriy etish samaradorligini oshirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekiston sharoitida yashil iqtisodiyotni rivojlantirishda ta’lim tizimida metakognitiv kompetensiyalarni shakllantirishning ilmiy va amaliy ahamiyati ochib berilgan. Tadqiqot natijalari yashil iqtisodiyot uchun raqobatbardosh, mas’uliyatli va barqaror fikrlovchi kadrlar tayyorlashda metakognitiv qobiliyatlarning muhim strategik omil ekanligini ko‘rsatadi.

Farmonov Dilshod Po‘latovich

7-11

2025-12-22

TEXNOLOGIK JARAYONLARDA MAHSULOT SIFATI VA ISHLAB CHIQARISH TEZLIGINI OPTIMALLASHTIRISH: AI VA MULTI-OBJECTIVE OPTIMIZATION YONDASHUVI

Ushbu tezisda texnologik jarayonlarda mahsulot sifati va ishlab chiqarish tezligini optimallashtirish masalalari o‘rganiladi. Machine Learning Regression va Multi-objective Optimization usullari yordamida sifat parametrlarining tahlili amalga oshiriladi. AI tizimi ishlab chiqarish tezligini oshirish, chiqindilar miqdorini kamaytirish va jarayon barqarorligini ta’minlash imkoniyatini beradi. Tezisda parametrlar monitoringi, optimallashtirish algoritmlari va qisqa hisob-kitob keltiriladi. Ushbu yondashuv zamonaviy sanoat jarayonlarida samaradorlikni oshirishda amaliy ahamiyatga ega.

Muxamedxanov U.T., Koʻcharov Sardor Rustam oʻgʻli

12-13

2025-12-22

МЕҲНАТНИНГ ИЖТИМОИЙ ВА ИҚТИСОДИЙ ШАРТ-ШАРОИТЛАРИ

Мақолада меҳнатнинг ижтимоий ва иқтисодий шарт-шароитлари талқин этилган ҳамда меҳнат интизомини мустаҳкамлашга қаратилган чора-тадбирлар мажмуи кўзда тутилган.

Азизова С.Х.

14-17

2025-12-22

ANTROPONIMLARNING MILLIY-MADANIY SEMANTIKASI: INGLIZ VA O‘ZBEK SHAXS ISMLARIDA MADANIY KODLARNING IFODALANISHI

Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi shaxs ismlarining milliy-madaniy semantikasi lingvokulturologik va qiyosiy nuqtayi nazardan keng tahlil qilinadi. Antroponimlar shaxsni nomlash vositasi bo‘lish bilan birga, xalqning tarixiy xotirasi, madaniy qadriyatlari, diniy e’tiqodlari va ijtimoiy tafakkurini mujassamlashtiruvchi madaniy kodlar tizimi sifatida qaraladi. Tadqiqotda ingliz va o‘zbek antroponimlarida aks etuvchi madaniy kodlar — diniy, ijtimoiy, axloqiy, estetik va ramziy kodlar — semantik jihatdan ochib beriladi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek shaxs ismlarida milliy-madaniy semantika va ramziylik yuqori darajada saqlangan bo‘lsa, ingliz antroponimlarida madaniy kodlar ko‘proq tarixiy qatlamda neytrallashgan holda namoyon bo‘ladi.

Ergashev Ulug‘bek Akbarali o‘g‘li

18-20

2025-12-24

ETANOLNING SINTEZI VA HOZIRGI KUNDAGI TALAB DARAJASI

Ushbu tezisda etanol( etil spirt, C2H5OH) ning asosiy saoat sintez usullari, jumladan biomassa fermentatsiya va etilenning katalitik gidratatsiyasi jarayonlari batafsil ko‘rib chiqiladi. Tezisda etanolga bo‘lgan hozirgi kundagi global talab darajasi, uning asosiy iste’molchi sektorlari (yoqilg‘i, kimyo sanoati, ichimliklar) va bu talabga ta’sir etuvchi omillar ( davlat siyosati, neft narxlari atrof-muhit talablari texnologik yangiliklar) tahlil qilinadi.Xususan, yoqilg‘i sifatida etanolning ahamiyati va unga bo‘lgan talabning o‘sishi bilan bog‘liq dinamikalar, shuningdek, kimyo sanoatidagi o‘rni yoritiladi. Kelajakda etanolga bo‘lgan talabni shakllantiruvchi kutilayotgan tendentsiyalar, jumladan, qayta tiklanadigan energiyaga o‘tish va elektr transport vositalarining rivojlanishi kabi omillar ham muhokama qilinadi.Tezisning maqsadi etanol sanoatining bugungi holati va kelajak istiqbollari haqida keng qamrovli tasavvur berishdir.

Islomova Shohsanam Sunnatillo qizi, Omanov Behruzjon Shuhrat o‘g‘li

21-23

2025-12-24

ПОДРОСТКОВЫЙ ВОЗРАСТ КАК ЭТАП ФОРМИРОВАНИЯ НРАВСТВЕННЫХ ЦЕННОСТЕЙ ЛИЧНОСТИ

В данной статье рассматриваются вопросы нравственного и социально-психологического воспитания, которое считается одним из важных аспектов развития личности в подростковом возрасте. Проводится научный и теоретический анализ психологических характеристик подросткового возраста и факторов, влияющих на процесс воспитания.

Умаралиев Музаффаржон Мухаммаджон угли

24-26

2025-12-25

10–12 YOSHLI DZYUDOCHILARDA KOORDINATSIYA VA CHAQQONLIK SIFATLARINI INTEGRATSION MASHG‘ULOTLAR ASOSIDA RIVOJLANTIRISHNING ILMIY-PEDAGOGIK ASOSLARI

Mazkur tezis 10–12 yoshli dzyudochilarda koordinatsiya va chaqqonlik jismoniy sifatlarini rivojlantirishda integratsion mashg‘ulotlar metodikasining ilmiy-pedagogik asoslarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda ushbu yosh davrining fiziologik va neyropsixologik xususiyatlari, dzyudo texnikasining biomekanik talablari hamda jismoniy va texnik tayyorgarlikning o‘zaro bog‘liqligi yoritilgan. Ilmiy manbalar tahlili va eksperimental kuzatuvlar asosida koordinatsiya va chaqqonlikni dzyudo texnikasi bilan uyg‘unlashtirib rivojlantirish mashg‘ulot samaradorligini oshirishi ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari yosh sportchilar tayyorgarligini optimallashtirishda integratsion yondashuvning dolzarbligini ko‘rsatadi.

Ollaberganova I.I.

27-29

2025-12-29

THE STRUCTURE OF LANGUAGE: LEVELS OF LINGUISTIC ANALYSIS

Language is a highly organized and systematic phenomenon that operates at several interconnected levels. Linguistic analysis aims to understand how language functions as a structured communication system by studying these levels. This article will shed light on the structure of language through an analysis of the main linguistic levels of analysis, such as phonetics and phonology, morphology, syntax, semantics, and pragmatics. The study, which is based on a descriptive and theoretical approach, summarizes the role of each level in the formation of meaning and the use of language based on existing linguistic theories. The results of the study show that these levels are closely related to each other and together they form a coherent system for linguistic research. The article emphasizes the importance of level-based analysis for theoretical and applied linguistics.

Sevinch Ismoilova

30-31

2025-12-29

OGAHIYNING “RAHM ET” RADIFLI G‘AZALIDAGI BADIIY MAHORAT

Ushbu maqolada XIX asr o‘zbek adabiyotining zabardast namoyandasi Muhammad Rizo Ogahiyning "Rahm et" radifli g‘azali baytma-bayt tahlil qilinadi. Tadqiqotda har bir baytning mazmuniy qatlamlari, badiiy san’atlar (tazod, tashbih, talmih, tajnis) va shoirning ruhiy-estetik olami kengaytirilgan sharhlar orqali ochib berilgan. Maqola mumtoz she’riyat muxlislari, adabiyotshunos olimlar va talabalar uchun mo‘ljallangan.

Yoqutxon Anvarova, Mutalova Gulnora Sattarovna

32-36

2025-12-29

OʻZBEKISTONDA YURIDIK SOHA UCHUN MILLIY RAQAMLI HUQUQIY MA’LUMOTLAR AVTOMATIK PROGNOZLASH TIZIMINI YARATISH

Zamonaviy jamiyatda hayot sur’ati tezlashgan sari tez va aniq boʻlgan ma’lumotlar tizimi har bir soha uchun juda kerakli omilga aylanib bormoqda. Huquq sohasi ham shular jumlasidandir. Ushbu maqola prognozlash, avtomatik prognozlash tizimi, yuridik sohada raqamli ma’lumotlarning muhimligini koʻrib chiqadi. Misollar orqali raqamlashtirish yuridik boʻlimlar ishini qanday boshqarayotganini koʻrsatadi. Shu bilan birga Oʻzbekistonda raqamlashtirish dasturlarni rivojlantirish va qoʻllab- quvvatlash boʻyicha hozirgi kunda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar doirasi hamda ularni tartibga soluvchi tegishli qonun hujjatlari toʻgʻrisida ham atroflicha toʻxtalib oʻtiladi. Shuningdek, hozirgi oʻzgarib borayotgan huquqiy landshaftda raqamli huquqiy prognozlash tizimining ahamiyati hamda iste’molchilar va hukumatga, shuningdek, ushbu sohadagi mutaxassislarga ham qay darajada muhimligiga urgʻu beradi.

Qudratova Sarvinoz Shukurullo qizi

37-45

2025-12-31

DUAL TA’LIMNING JAMIYAT VA INSONGA FOYDALI TOMONLARI

Maqola zamonaviy ta’lim tizimida ta’limni tashkil etishning eng yangi shakllaridan biri sifatida qaralayotgan texnikum va kasb-hunar maktablarida dual ta’lim texnologiyasidan foydalanish masalalariga bag’ishlangan. Ushbu maqolada dual ta’lim texnologiyasining oliy ta’lim tizimi uchun muhandis malakali yutuk kadrlarni tayyorlashda universitetlar oldiga qo’yilgan muammolarni hal qilish yo’llari ko’rsatilgan. Dual ta’lim tizimi zamonaviy bozor sharoitida turli faoliyat sohalarida korxonalar tomonidan talab qilinadigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash imkonini beruvchi samarali va moslashuvchan mexanizmdir.

Ergashev Eldor Fayzulla o’g’li, Ergasheva Zilola Norqo’zi qizi, Erkinova Charosxon Zarif qizi, Narziqulova Mo’tabar Qodirqul qizi

46-49

2025-12-31

ДИСПАНСЕР ҲИСОБИДАГИ ГИЁҲВАНД МОДДАЛАРГА ТОБЕ ШАХСЛАРНИНГ ДЕМОГРАФИК ТАВСИФИ

Гиёҳванд моддаларга тобелик (ГМТ) шаклланиши, унинг кечиши ва даволаш самарадорлиги аҳолининг турли ижтимоий-демографик қатламлари ўртасида ҳамда турли ҳудудларда муайян тафовутларга эга, шу боисдан ГМТ дан зарарланганликнинг демографик кўрсаткичларини минтақавий даражада таҳлил этиш ва баҳолаш муҳим илмий-амалий аҳамият касб этади.

Н.Қ. Кенжаева, С.Э. Умиров

50-51

2025-12-31