«Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.

Опубликован: 2025-03-07

KRIPTOVALYUTALAR VA RAQAMLI AKTIVLAR: FUQAROLIK HUQUQIDA YANGI MULK SHAKLI SIFATIDA

Maqolada kriptovalyutalar va raqamli aktivlarning fuqarolik huquqi nuqtai nazaridan yangi mulk shakli sifatida e’tirof etilishi o‘rganiladi. Raqamli aktivlarning huquqiy maqomi, ularning egalik qilish va muomala qoidalari xalqaro tajriba va milliy qonunchilik asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, blokcheyn texnologiyasi asosida shakllangan mulkiy huquqlar va ular bilan bog‘liq xavf-xatarlar ham ko‘rib chiqiladi. Fuqarolik-huquqiy munosabatlarda kriptovalyutalarning o‘ziga xos jihatlari va ularni huquqiy tartibga solish yo‘nalishlari tahlil qilinadi.

Akmal Pardayev

4-7

2025-03-06

TALABALAR AMALIYOTIDA XALQARO ALMASHINUV DASTURLARI: ERASMUS+, DAAD, FULBRIGHT

Mazkur maqolada talabalar amaliyotida xalqaro almashinuv dasturlarining ahamiyati, ularning oliy ta’lim sifatini oshirishdagi o‘rni hamda ta’lim sohasida innovatsion yondashuvlarni shakllantirishga ta’siri tahlil qilinadi. Erasmus+, DAAD, Fulbright kabi nufuzli dasturlar orqali talabalar xorijiy tajribaga ega bo‘lishi, kasbiy rivojlanish imkoniyatlarini kengaytirishi va madaniyatlararo muloqotni kuchaytirishi mumkinligi yoritiladi. Shuningdek, maqolada ushbu dasturlarning afzalliklari, ishtirok etish shartlari va tanlov jarayonlarining o‘ziga xos jihatlari haqida ma’lumot beriladi.

Ismailov Tohirjon Xushnudbek o‘g‘li, Abdulakimov Asror Farxod oʻgʻli

8-13

2025-03-10

TARMOQ TURLARI VA TOPOLOGIYALARI

Ushbu maqolada kompyuter tarmoqlarining asosiy turlari va ularning topologiyalari haqida batafsil ma’lumot berilgan. Tarmoq turlari mahalliy, shahar va global tarmoqlarga bo‘linishi, ularning ishlash tamoyillari hamda har bir topologiyaning afzalliklari va kamchiliklari yoritilgan. Tarmoqning to‘g‘ri tanlanishi tizim samaradorligini oshirishga yordam beradi. Shuningdek, maqolada har bir tarmoq turi va topologiyaning qo‘llanilish sohalari ham yoritib berilgan.

Mahkamova Maftuna Odiljon qizi

14-15

2025-03-10

PЕDАGОGIKА YО'NАLISHI TАLАBАLАRI MАNTIQIY FIKRLАSHINI RIVОJLАNTIRISHNING PSIXОPЕDАGОGIK IMKОNIYАTLАRI

Mаntiqiy fikrlаsh pеdаgоgikа tаlаbаlаri uchun muhim mаhоrаtdir, chunki u sаmаrаli qаrоrlаr qаbul qilish, muаmmоlаrni hаl qilish vа о'qitish strаtеgiyаlаrini shаkllаntirish uchun аsоs bо'lаdi. Ushbu mаqоlа kеlаjаkdаgi о'qituvchilаrdа mаntiqiy fikrlаshni rivоjlаntirishning psixоpеdаgоgik imkоniyаtlаrini о'rgаnаdi. Kоgnitiv psixоlоgiyа tаmоyillаri vа pеdаgоgik mеtоdоlоgiyаlаrni birlаshtirib, о'qituvchilаr tizimli fikrlаsh vа tаhliliy qоbiliyаtlаrni rivоjlаntirаdigаn muhitni yаrаtishi mumkin. Tаdqiqоt hаmkоrlikdа о'rgаnish, rеflеktiv mаshqlаr, muаmmоlаrni hаl qilish vаzifаlаri vа rаqаmli vоsitаlаrdаn fоydаlаnish kаbi usullаrni tа'kidlаydi. Shuningdеk, u mаntiqiy fikrlаsh uchun kоgnitiv tо'siqlаrni bаrtаrаf еtishdа psixоpеdаgоgik tаdbirlаrning rоlini о'rgаnаdi. Tоpilmаlаr shuni kо'rsаtаdiki, psixоlоgik vа pеdаgоgik strаtеgiyаlаrni birlаshtirgаn yаxlit yоndаshuv tаlаbаlаrni zаmоnаviy tа'lim muаmmоlаrigа tаyyоrlаsh, mаntiqiy fikrlаsh qоbiliyаtini sеzilаrli dаrаjаdа оshirishi mumkin.

Jо’rаyеv Fоzilbеk Аbdulxаmid о’g’li

16-18

2025-03-10

BOSHLANG'ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA FORMATIV VA SUMMATIV BAHOLASH ORQALI UZVIYLIKNI TA'MINLASH

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf matematika darslarida formativ va summativ baholash usullarini uyg‘unlashtirish orqali uzviylikni ta’minlash masalasi yoritiladi. Avvalo, formativ baholashning o‘quvchilarning individual ehtiyojlarini aniqlash, ular tomonidan mavzuni qay darajada o‘zlashtirilganini muntazam kuzatish hamda dars jarayonini moslashtirishdagi roli tahlil qilinadi. Shuningdek, summativ baholash natijalari bilan formativ baholash jarayonining uzviy bog‘liqligi ochib beriladi. Boshlang‘ich sinfda ushbu baholash turlari uyg‘unligi o‘quvchilarni matematika faniga qiziqish bilan jalb qilish, mustahkam bilim va ko‘nikmalarni bosqichma-bosqich shakllantirishga xizmat qilishi asoslab beriladi.

Eshqobilova Guldona Nafasovna

19-21

2025-03-10

NOFILOGIK O‘QUV YURTLARIDA INGLIZ TILINI INTERAKTIV METODLAR ASOSIDA O‘QITISH

Bugungi kunda ingliz tilini o‘rganish global tendensiyaga aylanib, ko‘plab kasbiy sohalarda eng muhim ko‘nikmalardan biri sifatida tan olinmoqda. Ayniqsa, filologik bo‘lmagan yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalar uchun ingliz tilini mukammal egallash ularning kasbiy faoliyatida yangi imkoniyatlar yaratib, xalqaro maydonda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishlariga yordam beradi. Shu bois, ta’lim jarayonida interfaol usullardan foydalanish talabalar uchun samarali o‘quv muhitini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.

Shohsanam Tohirova

22-23

2025-03-10

REKREATSION TURIZM ORQALI TALABALARDA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISHNING ASOSIY TAMOYILARI VA KONSEPTUAL YONDASHUVLARI

Tezisda rekreatsion turizm orqali talabalar orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning asosiy tamoyillari va konseptual yondashuvlari tahlil qilinadi. Rekreatsion turizmning ta’lim jarayonidagi roli, jismoniy va ruhiy sog‘lomlikka ta’siri, hamda talabalar motivatsiyasini oshirishdagi ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, sog‘lom turmush tarzini rivojlantirishda rekreatsion faoliyatning metodologik asoslari va uni ta’lim tizimiga integratsiya qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.

Ilhom Babajanov

24-27

2025-03-10

ЗНАЧЕНИЕ УСТНОГО НАРОДНОГО ТВОРЧЕСТВА В ФОРМИРОВАНИИ ДУХОВНОСТИ CТУДЕНТОВ

В статье освещаются теоретические и практические аспекты использования устного народного творчества в вузах, а также рассматривается его значение в формировании духовности студентов.

Пардабоева Дилфуза Рустамовна

28-31

2025-03-10

PREZIDENT VA YOSHLAR UCHRASHUVI: YANGI IMKONIYATLAR SARI QADAM

Har qanday davlatning tarixiy taraqqiyot yo‘lidan ma’lumki, yurtning jadal rivojlanishi, muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon bo‘lishi o‘sha davlatda yoshlar ta’lim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan e’tibor darajasiga bog‘liq. Shu ma’noda, O‘zbekistonda  yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Feruza Qodirova

32-35

2025-03-11

ADABIYOTSHUNOSLIKDA BADIIY ASAR TILI VA BADIIY NUTQ USLUBI

Ushbu maqolada badiiy asar tili va uslubi masalalari, badiiy nutq uslubi, asar tiliga munosabat, badiiy asarda syujetning yaratilishi, badiiy ifoda vositalari, asar tarkibidagi so’zlar hamda iboralar tasviri haqida bayon qilingan. Shu bilan bir qatorda, badiiy asar tilini ifodalashning o’ziga xos xususiyatlari hamda badiiy matnda tashqi tuyg’u va tasvirning ifodalanishi namoyon etilgan. Badiiy asar tlini o’rganishda muallif nutqi va personajlar nutqining o’zaro aloqadorligi badiiy nutq uslubiyatining markaziy muammolari tahlil qilingan.

Abdulazizbek Qodirov, Mohlaroyim Inomjonova, Xadichabonu Olimova

36-38

2025-03-11

ONA TILI O‘QITISH METODIKASIDA “PRAGMATIK KOMPETENTSIYA” TUSHUNCHASINING LINGVODIDAKTIK TALQINI

Maqolada “Pragmatik kompetentsiya” atamsiga ta’rif berilgan. Muallif zamonaviy talablar asosida pragmatik kompetentsiyaning egallanishini ta’minlash uchun o‘quv materialini metodik tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqqan.

Nodira Adizova

39-40

2025-03-13

IJTIMOIY TARMOQLARDAGI AXBOROTLARNI QABUL QILISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Ushbu maqolada ijtimoiy tarmoqlardagi axborotlarni to’g’ri qabul qilishning psixologik xususiyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi axborotlarning shaxs psixikasiga ta’siri hamda konstruktiv idrok etishning psixologik o’ziga xosliklari ochib berilgan.

Alisher Jabbor

41-43

2025-03-13

PYTHON DASTURLASH TILIDA TOPLAMLAR VA FAYLLAR

Ushbu maqolada Python dasturlash tilida toplam bilan ishlash, toplamlarning turlari, ularni yaratish va saqlash, matnli fayllar va ular ustida ishlash atroflicha yoritib o‘tilgan, hamda python dasturlash tilida fayllar bilan ishlashning afzalliklari va kamchiliklari, matn va binar fayllar haqida fikr yuritilgan.

A. Ismoilov, Sunnatillo Halimjonov

44-47

2025-03-17

ОЛМА МЕВАЛАРИНИ САҚЛАШДА 1-МЕТИЛЦИКЛОПРОПЕН ПРЕПАРАТИ ЭРИТМАСИНИ ҚЎЛЛАШНИНГ САМАРАДОРЛИГИ

Ушбу мақолада сақлашга мос бўлган олма навларинининг агробиологик хусусиятларини ўрганиш бўйича тадқиқотлар натижалари баён этилган. Бунда, тажрибалар учун танлаб олинган олма навларининг асосий кўрсаткичлари таҳлил қилинган. Тадқиот натижасида илмий асосланган хулосалар ҳосил қилинган.

Зоир Зокиров

48-50

2025-03-17

PYTHON DASTURLASH TILI VA ALGORITMLARNI QO‘LLASH

Ushbu maqolada Python dasturlash tili va algoritmlarni qo‘llash haqida batafsil ma’lumot beriladi. Pythonning soddaligi va qulayligi tufayli algoritmlar bilan ishlashda qanday afzalliklarga ega ekanligi yoritiladi. Qidiruv va saralash algoritmlarining misollari bilan birga, ularning dasturiy ta’minotda qanday ishlatilishi tushuntiriladi. Shuningdek, Python kutubxonalari yordamida algoritmlarni optimallashtirish va samarali qo‘llash usullari haqida ma’lumot beriladi. Ushbu maqola algoritmlarni o‘rganayotgan va ularni amaliyotda qo‘llashni istagan dasturchilar uchun foydalidir.

Bexruz To’ychiyev

51-53

2025-03-17

PHYSICAL CULTURE AS A TOOL FOR SOCIAL ADAPTATION OF FOREIGN STUDENTS IN UNIVERSITIES OF UZBEKISTAN

In the modern world, education is becoming global, which leads to an increase in the number of foreign students in higher education institutions of Uzbekistan. One of the key factors in the successful social adaptation of foreign students is physical education. Regular sports and physical activity not only improve physical condition, but also help to integrate into a new socio-cultural environment. The article examines the mechanisms of the influence of physical education on the social adaptation of foreign students, analyzes the problems they face, and suggests ways to solve them. Particular attention is paid to the role of sports events and team training in strengthening intercultural ties.

Mahliyo Ruzieva

54-56

2025-03-17

THE ROLE OF UNIVERSITY SPORTS IN STUDENTS' SOCIALIZATION AND ACADEMIC PERFORMANCE

This article examines the role of sports in universities as a social phenomenon and its impact on the student community and society as a whole. It analyzes aspects of socialization, the influence of sports on academic performance, personal development, and students' health. Special attention is given to the role of sports in shaping traditions and strengthening social ties. Government programs supporting student sports are also considered.

Galina Kozlova

57-60

2025-03-17

PYTHONDA MODULLI DASTURLASH

Ushbu maqolada Python dasturlash tilida modulli dasturlash tamoyillari tahlil qilinadi. Modulli dasturlashning afzalliklari, uning dasturiy ta’minot ishlab chiqish jarayoniga ta’siri va samaradorligi statistik tahlillar asosida bayon etiladi. Maqolada Python dasturida modullarni yaratish, ulardan foydalanish va ularni boshqarish bo‘yicha amaliy misollar keltirilgan. Bundan tashqari, modulli dasturlashning dasturiy ta’minotni barqarorlashtirish va ishlab chiqish jarayonini tezlashtirishdagi roli ham yoritilgan.

Begzodjon Isoqjonov , Alisher Ismailov

61-63

2025-03-19

ДИАГНОСТИЧЕСКАЯ ЦЕННОСТЬ МУЛЬТИСПИРАЛЬНОЙ КОМПЬЮТЕРНОЙ ТОМОГРАФИИ ПРИ АНЕВРИЗМАХ ВОСХОДЯЩЕЙ АОРТЫ

Аневризма восходящей аорты (АВА) представляет собой патологическое расширение просвета данного сегмента сосуда, которое может носить как локальный, так и диффузный характер. Основную угрозу для пациентов с АВА представляют разрыв аневризмы и расслоение стенки аорты, что в большинстве случаев имеет неблагоприятный прогноз. Согласно имеющимся данным, в течение трех лет после постановки диагноза летальность составляет 37,5%, а к пятому году жизни показатель выживаемости снижается до 46%. При остром расслоении интимы смертность в первые две недели достигает 80%, а в течение года – 92%. В связи с этим своевременная и достоверная диагностика аневризм на доклиническом этапе приобретает критическое значение. Особое внимание уделяется оценке размеров корня аорты, поскольку этот параметр напрямую влияет на выбор хирургической тактики. Однако роль современных лучевых методов в раннем выявлении АВА до развития осложнений остается недостаточно изученной.

Рахимберганов Х.Д.

64-65

2025-03-19

ELEKTRON TIJORAT (E-COMMERCE)

Ushbu maqolada elektron tijoratning (e-commerce) mohiyati, uning zamonaviy iqtisodiyotdagi o‘rni va rivojlanish tendensiyalari tahlil qilinadi. Elektron tijoratning asosiy turlari, afzalliklari, kamchiliklari va texnologik jihatlari ko‘rib chiqilib, onlayn savdoning an’anaviy savdo bilan solishtirilgan holda o‘ziga xos xususiyatlari yoritiladi. Shuningdek, e-commerce’ning to‘lov tizimlari, kiberxavfsizlik muammolari va mijozlarga xizmat ko‘rsatish strategiyalari haqida batafsil ma’lumot beriladi. Maqolada elektron tijoratning jahon va mahalliy miqyosdagi istiqbollari hamda biznesni raqamli transformatsiya qilish yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar ilgari suriladi.

Farrux Qodirov , Dilmurod Abdullayev, Sevinch Negmatova

66-70

2025-03-24

ELЕKTRОN HUJJАT АLMАSHISH TIZIMLАRI

Ushbu maqolada elektron tijorat almashish tizimlari, ularning funktsiyalari, afzalliklari va zamonaviy biznesda o‘rni haqida so‘z yuritiladi. Internetning rivojlanishi bilan birga, elektron tijorat (e-commerce) global iqtisodiyotda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Maqola elektron tijoratning turli shakllarini, masalan, B2B (business-to-business), B2C (business-to-consumer) va C2C (consumer-to-consumer) modellarini tahlil qiladi. Shuningdek, elektron tijorat almashish tizimlarining asosiy komponentlari — onlayn do‘konlar, to‘lov tizimlari, logistika va mijoz xizmatlari ko‘rsatish jarayonlariga ham e'tibor qaratiladi. Shuningdek, raqamli transformatsiya jarayonida korxonalar uchun yangi imkoniyatlar va qiyinchiliklar haqida ham fikr yuritiladi. Elektron tijorat almashish tizimlarining xavfsizligi va maxfiylik masalalari ham muhokama qilinadi.

Farrux Qodirov , Iqbol Abdimurodova, Sevinch Negmatova

71-74

2025-03-24

BUYUMLАR INTЕRNЕTI (INTERNET OF THINGS-IOT) TUSHUNCHАSI

Bu maqolada IoT ning asosiy tushunchalari, arxitekturasi, ishlash prinsiplari va uning foydalanuvchilar hayotidagi ahamiyati ko'rib chiqiladi. IoT tizimlari yordamida ma'lumotlarni real vaqt rejimida yig'ish, tahlil qilish va ulardan samarali foydalanish imkoniyati mavjud.

Farrux Qodirov, Yayra Musurmanova

75-78

2025-03-24

CANVA ONLAYN SERVISDA DIPLOM VA SERTIFIKATLAR TAYYORLASH

Bu asar, ilmiy ish yoki matnning qisqacha mazmuni va asosiy nuqtalarini ta'riflovchi xulosa. Annotatsiya asar haqida umumiy ma'lumot beradi va uning mazmuni, maqsadi yoki muhim jihatlarini qisqacha bayon qiladi. Annotatsiyalar ko'pincha quyidagilarni o'z ichiga oladi: Annotatsiya ilmiy maqolalar, kitoblar, diplom ishlarida, ta'limda, hamda tadqiqot ishlarida keng qo'llaniladi. Bu o'quvchi yoki ilmiy ish bilan tanishmoqchi bo'lgan kishilarga asarning mohiyatini tezda tushunishga yordam beradi.

Farrux Qodirov, Musharraf Ziyodullayeva

79-82

2025-03-24

BO‘LAJAK OFITSERLARDA “SOFT SKILLS” KO‘NIKMALARNI O‘ZIGA XOS TAMOYILI

Ushbu maqolada oliy harbiy ta’lim muassasalarida bo‘lajak yosh ofitserlarning “Soft Skills” (yumshoq) ko‘nikmalarini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari, ahamiyatli tomoni, bo‘lajak ofitserlarni tayyorlashda ularning o‘rni va roli shuningdek oliy harbiy ta’lim muassasalarda ta’lim olayotgan bo‘lajak ofitserlarning “Soft Skills” (yumshoq) ko‘nikmalarini shakllantirishning asosiy tamoyillari yoritib berilgan.

Zoyirjon Soxiboyev

83-86

2025-03-24

ХОТИРАДАН ТАЛАБАЛАРГА РАСМ ЧИЗИШНИ ЎРГАТИШ УСУЛИ

Хотирада расмлар билан ишлаш жуда фойдали. Хотирадан ранглар нисбатини кузатиш ишда катта фойда келтириши мумкин. Олдин оддий предметларни тасвирлаб кейин мураккаброқ жисмларга ўтиш тавсия қилинади. Предметни диққат билан кузатиб унинг асосий пропорцияларини, характерли хусусиятларини англаб олиб кейин хотирадан расмни чизишга киришиш керак.

А.С.Арзиев

87-90

2025-03-24

AUTENTIK MATERIALLAR ORQALI O'QUVCHILARNING INGLIZ TILI LEKSIKASINI BOYITISH

Autentik materiallar ingliz tilini o‘qitishda samarador usul sifatida keng qo‘llanilib, o‘quvchilarning lingvistik va madaniy kompetensiyalarini rivojlantirishda katta rol o‘ynaydi. Ushbu maqola autentik materiallar orqali o'quvchilarning ingliz tili leksikasini boyitish haqida so‘z yuritadi. 

Lutfullayeva Umida Ravshanbekovna, Polatova Shaxla Umid qizi

91-92

2025-03-26

ALGORI-GAME GIBRID O'QITISH METODIDA ADAPTIV TA'LIM TEXNOLOGIYASINING QO‘LLANILISHI VA UNING AFZALLIKLARI

Ushbu maqolada ALGORI-GAME gibrid o'qitish metodida adaptiv ta'lim texnologiyalarining qo‘llanilishi, ularning pedagogik samaradorligi va talabalar bilim olish jarayonidagi afzalliklari muhokama qilingan. Adaptiv tizimlarning o‘quvchilar bilimlarini individuallashtirish, o‘zlashtirish sur'atini oshirish hamda ta'lim jarayonini moslashuvchan qilishdagi imkoniyatlari tahlil etilgan.

Shohruh Umarzoda

93-94

2025-03-27

ШАРҚ ФАЛСАФИЙ АНЪАНАЛАРИДА АРИСТОТЕЛЬ МЕРОСИ

Араб тилидаги перипатетик мактаби, у араб фалсафий анъаналарида “файласуфлар” (фаласифа) ёки “перипатетиклар” (машшоиййун) ёки баъзан “аристотелчилар” мактаби деб аталган. Бу мактаб вакилларининг ўзлари кўпинча неоплатоник ғояларни Аристотел ғояларидан ажратмаган, уларни ягона тана сифатида қабул қилган.

Рўзиев Мақсуд Ўринович

95-98

2025-03-27

SCRATCH DASTURIDA PEN USKUNASIDAN FOYDALANISH

Ushbu maqolada, Scratch dasturida mavjud bo‘lgan Pen uskunasi haqida so‘z boradi. Scratch — bu dasturlashni o‘rganish uchun maxsus yaratilgan o‘yin shaklidagi dastur bo‘lib, unga yordamida o‘quvchilar o‘zlarining dasturlash ko‘nikmalarini rivojlantirishlari mumkin. Pen uskunasi yordamida esa o‘quvchilar chizmalar yaratish, geometrik shakllar hosil qilish va tasvirlarni yaratish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ushbu maqolada Scratch dasturidagi Pen uskunasining o‘quvchilarga qanday foyda keltirishi va ularning ijodiy qobiliyatlarini qanday rivojlantirishi haqida so‘z boradi.

Sadoqat Yo‘ldasheva

99-101

2025-03-27

EVALUATION OF THE EFFECTIVENESS OF TRANSCRANIAL MAGNETIC STIMULATION IN DIFFERENT FREQUENCY MODES IN THE REGENERATION OF FACIAL NERVE FUNCTIONS IN PATIENTS WITH NEUROPATHY

Facial nerve neuropathy is a common neurological condition characterized by unilateral weakening or complete lack of function of facial muscles due to damage to the VII cranial nerve. The incidence is approximately 20-30 cases per 100,000 population annually, and pathology can affect people of any age, significantly limiting their social activity and negatively affecting their psycho-emotional state. The idiopathic form (Bell's palsy) dominates the morbidity structure, accounting for approximately 70% of all diagnosed cases, while the remaining 30% are caused by traumatic injuries, infectious processes, neoplasms and metabolic disorders.

Khusniddin Kuliyev , Dilbar Khodzhieva

102-103

2025-03-31

ХАРАКТЕРИСТИКА ОСЛОЖНЕНИЙ НЕСПЕЦИФИЧЕСКОГО ЯЗВЕННОГО КОЛИТА

Высокий удельный вес послеоперационных осложнений, у больных с НЯК, несмотря на применении радикальных вмешательств, все еще создает повышенный риск их развития. Учитывая такие высокие значения неудовлетворительных результатов лечения, ученые концентрируют внимание на исследование особенностей иммунологических нарушений, приводящие к развитию послеоперационных осложнений.  

Оллоқов Аслиддин Фахриддин ўғли

104-106

2025-03-31

TARMOQ USKUNULARI: ROUTER, SWITCH VA ACCESS POINT

Ushbu maqolada tarmoq uskunalarining uchta asosiy turi — router (yo‘naltiruvchi), switch (kommutator) va access point (kirish nuqtasi) haqida batafsil ma’lumot beriladi. Maqola, har bir uskunaning ishlash prinsiplari, vazifalari va tarmoqdagi o‘rni haqida tushuncha berish orqali, ularning birgalikdagi ishlashini yoritishga qaratilgan. Router tarmoqdagi ma’lumot paketlarini bir tarmoqdan boshqasiga yo‘naltirish uchun ishlatiladi va global Internetga ulanish imkonini beradi. Switch esa, mahalliy tarmoqdagi qurilmalar o‘rtasida ma’lumotlar uzatishni amalga oshiradi, ya'ni LAN (Local Area Network)da ma’lumotlarni samarali ravishda tarqatadi. Access point esa simsiz tarmoq orqali qurilmalarga Internetga ulanish imkonini beradigan uskunadir, bu esa mobil qurilmalarning tarmoqka ulanishini ta'minlaydi.Maqolada har bir uskunaning o‘ziga xos funksiyalari, tarmoqdagi ahamiyati va ularni tanlashda e’tibor berish kerak bo‘lgan omillar haqida muhokama qilinadi. Shuningdek, ushbu uskunalar qanday qilib tarmoq samaradorligini oshirishga, xavfsizlikni ta’minlashga va tarmoqni optimallashtirishga yordam berishi ko‘rsatiladi.Bu annotatsiya maqolada taqdim etiladigan asosiy mavzularni qisqacha ifodalaydi va o‘quvchiga ushbu tarmoq uskunalari haqida umumiy tasavvur beradi.

Qodirov Farrux Ergash o‘g‘li, Ne’matova Kamola Nu’monovna

107-112

2025-03-31

TARMOQ VIZUALIZATSIYASI VA UNING AFZALLIKLARI

Mazkur maqolada tarmoq,tarmoq turlari, tarmoq topologiyasi, tarmoq protokollari, tarmoq vizualizatsiyasi afzalliklari,uning asosiy usullari va qo‘llanilish sohalari tahlil qilinadi. Tarmoq ma’lumotlarini vizual tarzda ifodalash orqali ularning tuzilishini tushunish, muhim tugunlarni aniqlash va samarali ko‘rish imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, maqolada grafik nazariyasi, tarmoq diagrammalari, vizualizatsiya algoritmlari va zamonaviy dasturiy vositalar ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari tarmoq tahlili va vizualizatsiya sohasida ilg‘or yondashuvlarni qo‘llash imkoniyatlarini yoritadi.Mazkur maqola tarmoq texnologiyalari fanini endi o'rganayotganlar,  talaba yoshlar va ushbu mavzuga qiziqayotganlar uchun foydali deb hisoblayman.

Qodirov Farrux Ergash o‘g‘li, Saidova Mohinur Shodi qizi

113-117

2025-03-31

VPN TEXNOLOGIYASI VA UNING ISHLASH TAMOYILLARI

Bu maqolada VPN (Virtual Private Network) texnologiyasining printsiplari va ishlashi haqida so'z yuritiladi. VPN foydalanuvchi internetdagi xavfsizlik va anonim tarzda ishlashni ta'minlashda muhim vosita. Maqolada VPNning qo'llab-quvvatlashni, xavfsizlikni saqlashni, geografik xatolarni keltirib o’tilgan. VPN texnologiyasining foydalanish huquqini ta'minlashdagi o'rni haqida ham keltirib o’tilgan.

Qodirov Farrux Ergash o‘g‘li, Maxsadova Ozoda Erali qizi

118-124

2025-03-31

FIREWALL VA IDS/IPS TIZIMLARI: HIMOYA VA VOSITALARI

Ushbu maqolada axborot xavfsizligini ta’minlashda muhim rol o‘ynovchi himoya vositalari – firewall (tarmoqlararo ekran), IDS (hujumlarni aniqlash tizimi) va IPS (hujumlarning oldini olish tizimi) haqida so‘z boradi. Firewall tarmoq xavfsizligining birinchi darajali himoya chizig‘i bo‘lib, ma’lum qoidalarga asosan kiruvchi va chiquvchi trafikni nazorat qiladi. IDS tizimlari esa tarmoq yoki tizimdagi shubhali faoliyatni aniqlab, administratorni xabardor qiladi, IPS esa bunday tahdidlarni avtomatik ravishda bloklaydi. Maqolada ushbu himoya vositalarining ishlash tamoyillari, farqlari va afzalliklari tahlil qilinadi hamda ularni axborot xavfsizligi strategiyasida samarali qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar beriladi.

Qodirov Farrux Ergash o‘g‘li, Mardonov Zuhriddin Asatullo o‘g‘li

125-130

2025-03-31

WIRELESS (WI-FI) TEXNOLOGIYASINING RIVOJLANISHI VA TURLARI

Ushbu maqolada simsiz aloqa yaʼni Wi-Fi texnologiyasining rivojlanish tarixi, uning asosiy turlari va zamonaviy qo‘llanilish sohalari tahlil qilinadi. Wi-Fi texnologiyasi bugungi kunda global miqyosda eng keng qo‘llaniladigan simsiz aloqa texnologiyalaridan biri bo‘lib, u internetga ulanishni tez, qulay va samarali amalga oshirish imkonini beradi. Shuningdek, Wi-Fi turlarining farqlari, jumladan, Wi-Fi 4 (802.11n), Wi-Fi 5 (802.11ac), Wi-Fi 6 (802.11ax) va Wi-Fi 6E texnologiyalarining imkoniyatlari, tezligi va samaradorlik jihatlari o‘rganiladi. Maqolada Wi-Fi 7 texnologiyasining kelajakdagi istiqbollari ham yoritilib, uning internet tezligi va tarmoq sig‘imi bo‘yicha kutilayotgan yutuqlari haqida fikr yuritiladi. Bundan tashqari, Wi-Fi texnologiyasining zamonaviy qo‘llanilish sohalari, jumladan, uy tarmoqlari, korporativ infratuzilma, sanoat  tizimlari, aqlli shaharlar va jamoat joylarida qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Wi-Fi xavfsizligi, muammolari va ularni bartaraf etish usullari haqida ham ma’lumot beriladi. Maqola yakunida simsiz texnologiyalarning kundalik hayotimizdagi oʼrni, ularning afzalliklari va kelajakdagi istiqbollari bo‘yicha umumiy xulosalar keltiriladi.

Qodirov Farrux Ergash o‘g‘li, Neʼmatova Sevinch Azamatovna

131-137

2025-03-31

DDOS HUJUMLARI VA ULARNI BARTARAF ETISH USULLARI

DDoS (Distributed Denial of Service) hujumi – bu bir nechta manbalardan server yoki tarmoq xizmatlarini haddan tashqari yuklash orqali ularning ish faoliyatini izdan chiqarishga qaratilgan kiberhujumdir. Ushbu hujumlar ko‘pincha botnetlar yordamida amalga oshiriladi.DDoS hujumlarini bartaraf etish usullari quyidagilardan iborat.

Qodirov Farrux Ergash o‘g‘li, Qahramonova Mushtariy Abdurahmon qizi

138-142

2025-03-31

5G TEXNOLOGIYASI VA UNING TARMOQLARGA TAʼSIRI

5G texnologiyasi, beshinchi avlod mobil tarmoqlari, internet va aloqa sohasida katta inqilobni anglatadi. U yuqori tezlik, past kechikish va ko'plab qurilmalarni bir vaqtda ulash imkoniyatini taqdim etadi. 5G tarmog‘i, avvalo, mobil internetning tezligi va sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi, bu esa videokonferensiyalar, onlayn o'yinlar, masofaviy ish va boshqa xizmatlarning yanada samarali ishlashini ta'minlaydi. Shuningdek, 5G IoT (Internet of Things) qurilmalari uchun ham katta imkoniyatlar yaratadi, bu esa aqlli shaharlar, sanoat va transport tizimlarining rivojlanishiga xizmat qiladi. 5G texnologiyasining joriy etilishi tarmoqlarni yanada samarali va optimallashtirilgan qilishni ta'minlaydi, shu bilan birga, tarmoq xavfsizligi va resurslarining boshqarilishi bo'yicha yangi yondashuvlarni talab qiladi.Ushbu texnologiyaning ta'siri barcha sohalarda sezilarli bo'lib, yuqori tezlikdagi internet va tarmoqlarni integratsiya qilish orqali hayot tarzini, iqtisodiyotni va ijtimoiy infratuzilmani yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.

Qodirov Farrux Ergash o‘g‘li, Omonova Dilroza Faxriddin qizi

143-148

2025-03-31

INTERNET TARMOGʻINING ISHLASH TAMOYILLARI

Ushbu maqolada internet tarmog‘ining ishlash tamoyillari, uning tarkibiy qismlari va ma’lumotlar uzatish mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot beriladi. Internet infratuzilmasining asosiy elementlari – serverlar, provayderlar, IP-manzillar va domen tizimi (DNS) tushuntiriladi. Shuningdek, TCP/IP protokollari va paketli uzatish texnologiyasi asosida ma’lumotlar almashinuvi jarayoni yoritiladi. Maqolada internet xavfsizligi masalalariga ham e’tibor qaratilib, shifrlash, autentifikatsiya, himoya devorlari (firewall) va kiberxavfsizlik tahdidlariga qarshi kurash usullari ko‘rib chiqiladi. Oxirida esa internet texnologiyalarining rivojlanishi va istiqbollari haqida fikr yuritiladi. Ushbu maqola internet texnologiyalari bilan tanishmoqchi bo‘lgan talabalar, IT mutaxassislari va qiziquvchilar uchun foydali qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi

Qodirov Farrux Ergash o‘g‘li, Ochilova Gulsanam Ochilovna

149-152

2025-03-31

MOBIL ALOQA TARMOQLARI: 2G, 3G, 4G, VA 5G

Mobil aloqa tarmoqlari, 2G, 3G, 4G va 5G kabi texnologiyalarni o'z ichiga oladi. Ushbu tarmoqlar mobil telefonlar va boshqa qurilmalarning internetga ulanishi va ma'lumot almashishi uchun zarur bo'lgan infratuzilmani ta'minlaydi. 2G texnologiyasi ovozli aloqa va qisqa matnli xabarlar (SMS) uchun asosiy imkoniyatlarni yaratgan bo'lsa, 3G va 4G tarmoqlari yuqori tezlikda internet aloqasini va yuqori sifatli video qo'ng'iroqlarini ta'minlash imkonini berdi. 5G texnologiyasi esa yanada yuqori tezlik, kam kechikish va ko'proq qurilmalarni bir vaqtning o'zida bog'lash imkoniyatlarini taqdim etadi. Ushbu tarmoqlarni rivojlantirish va kengaytirish, global mobil aloqa infratuzilmasining yanada samarali ishlashini ta'minlashga yordam beradi va yangi texnologiyalarni qo'llab-quvvatlashga imkon beradi.

Qodirov Farrux Ergash o‘g‘li, Sa’dullayeva Mashxura Shokir qizi

153-158

2025-03-31

EDGE COMPUTING VA UNING TARMOQ INFRATUZILMASIDAGI OʻRNI

Ushbu maqolada Edge computing tarmoq haqida maʼlumotlar, uning imkoniyatlari, afzalliklari haqida maʼlumotlar jamlangan. Ushbu maqola asosan Edge computing tarmoq infratuzilmasidagi oʻrni haqida batafsil axborot beradi.

Qodirov Farrux Ergash o‘g‘li, Rajabova Mashxura Mirsaid qizi

159-162

2025-03-31