«Science and technology in the modern world» is a national online conference with open access, where review abstracts related to various fields are published. The main goal is to offer an intellectual platform for national scientists, and it aims to promote interdisciplinary research. All manuscripts should be prepared in Uzbek, English or Russian.

Published: 2026-03-05

ART-TERAPIYANING TARIXIY ILDIZLARI

Ushbu maqolada art-terapiyaning tarixiy ildizlari, shakllanishi va rivojlanish bosqichlari tahlil qilingan. San’at orqali terapiyaning qadimgi madaniyatlardagi namoyon bo‘lishi, uning inson ruhiyatiga ta’siri va davolash vositasi sifatida qo‘llanilishi yoritilgan. Margaret Naumburg, Edit Kramer, Xanna Kvyatkovskaya, Shon MakNiff kabi olim va mutaxassislarning art-terapiya rivojiga qo‘shgan hissasi tahlil qilingan. Maqolada art-terapiyaning asosiy konsepsiyalari, vazifalari hamda zamonaviy amaliyotdagi ahamiyati yoritilib, uning inson ruhiy salomatligini mustahkamlash, stressni kamaytirish va shaxsiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlashdagi roli asoslab berilgan.

Nilufarxon Yuldasheva , Toxir Nurulloev

4-7

2026-03-05

PORSHENLI KOMPRESSORLARNING ISH JARAYONIGA TA'SIR ETUVСHI ASOSIY OMILLARNING TAHLILI

Ma'lum bir bosimga ega bo'lgan, siqilgan havo konchilik sanoatida elektr energiyasi bilan bir qatorda keng qo'llaniladi va xavfsiz energiya manbalaridan biri hisoblanadi.Siqilgan havo ishlab chiqaruvchi uskuna, ya'ni kompressor asosiy texnologik uskuna hisoblanib, konchilik, metallurgiya, kimyo, neft-gaz va boshqa sanoat tarmoqlarida mahsulot ishlab chiqishda keng qo'llaniladi. Bugungi kunda konchilik sanoati korxonalarida barcha iste'mol qilinadigan energiyaning 20-30 % gacha miqdori, siqilgan havo ishlab chiqarish uchun, ya'ni kompressor uskunalarida sarflanadi.

Bayrambay Allanazarov, Rustam Djuraev

8-11

2026-03-05

TEMURIYLAR DAVRIDA SAMARQAND

Ushbu maqola eng qadimgi va go’zal shahri Samarqad haqida. Samarqad uzoq o’tmishga ega shahar. Temuriylar davlatining poytaxti bo’lgan shahardir. Bu shaharning tarixi 2750 yilga teng bo‘lib, u ko‘plab tarixiy manbalarda uchraydi. 

Shahloxon Mamasharifova

12-16

2026-03-06

ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ҲУДУДИДАГИ ЖЕЛВАКЛИ ФОСФОРИТЛАРНИ КОНЦЕНТРЛАНГАН ФОСФОР САҚЛОВЧИ ЎҒИТЛАР ИШЛАБ ЧИҚАРИШДА ИККИЛЛАМЧИ ФОСФАТ ХОМАШЁСИ СИФАТИДА ҚЎЛЛАШ

Қорақалпоғистон фосфоритлари желвакли турга мансуб бўлиб, уларнинг асосий минераллари деярли тенг миқдорда курскит ва франколит ҳисобланади. Улар аммофосфат ўғитини ишлаб чиқаришда иккинчи даражали фосфат хомашёси сифатида хизмат қилади.

Б.У. Пирназаров, У.М. Турсунбаева, А.М. Реймов, Б.Д. Маденов

17-19

2026-03-09

KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARDA TANQIDIY FIKRLASHNI SHAKLLANTIRISHDA XALQARO TAJRIBALARDAN FOYDALANISH

Ushbu maqolada kichik maktab yoshidagi bolalarda tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishning nazariy va amaliy asoslari tadqiq etiladi. Tadqiqot davomida AQSH, Finlyandiya va Singapur kabi davlatlarning ta’lim tizimidagi muvaffaqiyatli metodikalar tahlil qilingan. Xususan, "Savol berish san’ati", "Sokratik muloqot" va "Muammoli ta’lim" usullarining o‘quvchilar intellektual salohiyatiga ta’siri o‘rganilgan. Maqolada keltirilgan jadval va tahlillar boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun dars jarayonini loyihalashda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.

Mubinabonu A'zamova

20-22

2026-03-09

O‘ZBEK FILOLOGIYASI VA UNING JAHON FILOLOGIYASIDA TUTGAN O‘RNI

Mazkur tezisda o‘zbek filologiyasining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari hamda jahon filologiyasi tizimidagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘zbek tili va adabiyotining ilmiy ahamiyati, turkiy tillar tizimidagi o‘rni hamda xalqaro miqyosdagi tadqiqotlar haqida ma’lumot beriladi. O‘zbek mumtoz adabiy merosining jahon ilm-faniga qo‘shgan hissasi ham yoritiladi.

Nargiza Yulanova, Komila Gayubova

23-24

2026-03-09

SUV RESURSLARI: BUGUNGI TAHDID VA KELAJAK

Bugungi kunda Markaziy Osiyo va xususan O’zbekistonda suv muammosi eng dolzarb ekologik va ijtimoiy masalalardan biriga aylanib bormoqda. Suv resurslari nafaqat aholi hayoti va salomatligi, balki qishloq xo’jaligi, sanoat, energetika hamda mintaqaning barqaror rivojlanishi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. So’nggi yillarda suv tanqisligi tobora kuchayib, u iqtisodiy xavfsizlik va ekologik barqarorlikka jiddiy tahdid solmoqda. Shu sababli suv muammosini chuqur tahlil qilish, uning kelib chiqish omillarini aniqlash va samarali yechimlar ishlab chiqish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. Ushbu esseyimiz davomida ushbu jihatlarni tahlil qilib, vaziyatga doir shaxsiy fikrlar va takliflarimizni berib boramiz.

Adhambek Raxmatov

25-26

2026-03-09

ZAMONAVIY KOMPYUTER ARXITEKTURASI VA UNING ISHLASH MEXANIZMI

Ushbu maqolada zamonaviy kompyuter arxitekturasi, uning asosiy tarkibiy qismlari va ishlash mexanizmi haqida batafsil ma’lumot berilgan. Maqolada kompyuter arxitekturasining rivojlanish bosqichlari, markaziy protsessor, operativ xotira, doimiy xotira hamda kiritish va chiqarish qurilmalarining vazifalari yoritilgan. Shuningdek, kompyuter ishlash jarayoni, Von Neumann arxitekturasi, ko‘p yadroli protsessorlar va kesh xotiraning ahamiyati ham tahlil qilingan. Zamonaviy texnologiyalar va kompyuter arxitekturasining kelajakdagi rivojlanish yo‘nalishlari ham ko‘rib chiqilgan.

Gulhayo Rahimova

27-30

2026-03-09

MAMLAKATDA AGRAR SEKTORNI RIVOJLANTIRISHDA KICHIK XO‘JALIK YURITISH SHAKLLARI IMKONIYATLARIDAN FOYDALANISHNI RAG‘BATLANTIRISHNING IQTISODIY MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Maqolada mamlakatda agrar sektorni rivojlantirishda kichik xo‘jalik yuritish shakllarining iqtisodiy imkoniyatlaridan samarali foydalanishni rag‘batlantirish mexanizmlari tahlil qilinadi. Kichik xo‘jaliklar agrar sohada mehnat unumdorligini oshirish, yer va resurslardan optimal foydalanish, shuningdek, qishloq joylarda ish o‘rinlarini yaratishda muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqotda mavjud iqtisodiy mexanizmlarning samaradorligi baholanib, ularni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi. Natijada, agrar sektorning barqaror rivojlanishi va kichik xo‘jaliklar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun innovatsion iqtisodiy choralar belgilanishi mumkin.

Dilshod Anorkulov

31-35

2026-03-10

QISHLOQ XO‘JALIGINI BARQAROR RIVOJLANTIRISHDA YANGICHA BOSHQARISH USULLARI

Dunyo miqyosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini oshirishda bundan buyon yerdan intensiv foydalanishdan ko‘ra, qishloq xo‘jaligida  korxonalarni yangicha boshqarish usullarini joriy etish va yuqori hosildorlikka erishish maqsadida investitsiyalarni ko‘paytirish masalalari dolzarblik kasb etib boradi.

Komoliddin Raxmatov

36-38

2026-03-10

TURIZMDA ISHONCH KAPITALINING BARQAROR RIVOJLANISHGA TA'SIRI

Ushbu maqolada turizm sohasida ishonch kapitalining barqaror rivojlanishdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Ishonch kapitali — bu ijtimoiy aloqalar, hamkorlik va o‘zaro ishonch asosida shakllanadigan iqtisodiy resurs bo‘lib, turizmning raqobatbardoshligini oshiruvchi muhim omil sifatida qaraladi. Maqolada ishonch kapitalining mehmondo‘stlik sohasidagi o‘ziga xos jihatlari, mijoz sodiqligiga ta’siri hamda global va milliy tajribalar asosida turizmda ishonch kapitalini shakllantirish mexanizmlari yoritilgan. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, ishonch kapitali turizmda nafaqat mijozlar bilan munosabatlarni mustahkamlaydi, balki barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda ham muhim strategik vosita hisoblanadi. Tadqiqotda xorijiy va mahalliy manbalarga asoslangan holda ishonch kapitalining komponentlari, ularning turizmda qo‘llanish yo‘nalishlari hamda barqaror rivojlanishga ta’sir omillari chuqur tahlil etilgan.

Ximoyatxon Zuxridinova

39-43

2026-03-10

O‘ZBEKISTON EKOTURIZMINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI

Ushbu tezisda O‘zbekiston ekoturizmini rivojlantirish tendensiyalari, uning nazariy asoslari va amaliy ahamiyati tahlil qilingan. Ekoturizmning barqaror rivojlanish konsepsiyasi doirasidagi o‘rni, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish tamoyillari hamda mahalliy aholi manfaatdorligini ta’minlash mexanizmlari yoritilgan. Tadqiqot jarayonida Zomin milliy bog‘i, Ugam-Chatqol milliy bog‘i va Nurota qo‘riqxonasi kabi hududlarning ekoturistik salohiyati misol sifatida ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, United Nations World Tourism Organization hamda United Nations Environment Programme tomonidan ishlab chiqilgan barqaror turizm tamoyillari asosida milliy modelni takomillashtirish zarurati asoslab berilgan. Maqolada ekoturizmni rivojlantirishdagi mavjud muammolar va istiqbolli yo‘nalishlar, jumladan, infratuzilmani modernizatsiya qilish, ekologik monitoringni kuchaytirish va “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini joriy etish masalalari tahlil etilgan.

Xabib Xalilov

44-48

2026-03-10

НАНОЧАСТИЦЫ И НАНОСТРУКТУРИРОВАННЫЕ ЛЕКАРСТВЕННЫЕ ФОРМЫ В ДЕРМАТОЛОГИИ: МЕХАНИЗМЫ, ДОКАЗАТЕЛЬНАЯ БАЗА, БЕЗОПАСНОСТЬ

Наночастицы и наноструктурированные лекарственные формы (липосомальные системы, полимерные и липидные наночастицы, наноэмульсии и нанокапсулы, а также неорганические/металлические наноматериалы) в дерматологии за последние годы перешли из разряда отдельных экспериментальных подходов в устойчивое направление, ориентированное на топическую терапию и локальную доставку. Причины интереса во многом прикладные: роговой слой кожи (stratum corneum) резко ограничивает диффузию многих активных веществ, а попытки «компенсировать» слабую доставку увеличением доз нередко повышают риск раздражения и системной абсорбции. Нанопереносчики позволяют менять распределение препарата в пределах кожи, формировать локальные депо (в том числе в волосяных фолликулах), защищать лабильные молекулы от деградации и управлять скоростью высвобождения, снижая пики концентрации на поверхности.

Рухшона Бабаева, Ирода Шерматова , Илёс Муртазакулов

49-59

2026-03-10

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING BOG‘LANISHLI NUTQINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY-METODIK TIZIMI

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ona tili darslarida bog‘lanishli nutqini rivojlantirishning nazariy va metodik asoslari kompleks tarzda tadqiq etiladi. Xorijiy (rus va qozoq) metodist olimlar shuningdek, O‘zbekistonlik tadqiqotchilar hamda qozoq tilshunoslarining bog‘lanishli nutqni rivojlantirishga oid ilmiy-metodik qarashlari qiyosiy tahlilga tortilgan. Maqolada bog‘lanishli nutq tushunchasining lingvistik va psixologik-pedagogik talqini, uni rivojlantirishning metodik tizimi, matn ustida ishlash texnologiyalari, shuningdek, kommunikativ-faoliyatli yondashuvning ahamiyati yoritilgan.

Arzayim Reyembayeva

60-62

2026-03-10