«Наука и технология в современном мире» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.
Опубликован: 2026-03-31
Статьи
BOLALARDA SON-CHANOQ BO‘G‘IMI DISPLAZIYASINI ERTA ANIQLASHDA ZAMONAVIY DIAGNOSTIKA USULLARINING SAMARADORLIGI
Ushbu tezisda bolalarda son-chanoq bo‘g‘imi displaziyasi (SChBD) tarqalishi, diagnostika mezonlari va skrining tizimlarining samaradorligi tahlil qilingan. Tadqiqotda ultratovush tekshiruvi (UTT) va rentgenologik indekslarning kasallikni erta aniqlashdagi o‘rni hamda sun’iy intellekt texnologiyalarining diagnostik aniqlikka ta’siri yoritilgan.
2026-03-30
МАРКЕТИНГОВЫЕ ИНСТРУМЕНТЫ ФОРМИРОВАНИЯ КЛИЕНТСКОГО ОПЫТА В ГОСТИНИЧНОМ БИЗНЕСЕ
В работе рассматриваются современные маркетинговые инструменты формирования клиентского опыта в гостиничном бизнесе. Анализируются ключевые факторы, влияющие на восприятие сервиса, включая качество обслуживания, персонализацию, цифровые технологии и взаимодействие с клиентом. На основе международных данных показано, что в условиях усиления конкуренции именно клиентский опыт становится основой формирования лояльности и конкурентных преимуществ гостиничных предприятий. Обоснована необходимость перехода от традиционного маркетинга к модели управления клиентским опытом.
2026-03-30
TA’LIM ORQALI AYOL LIDERLIKNI SHAKLLANTIRISH STRATEGIYALARI
Mazkur maqolada ta’lim vositasida ayollarda liderlik sifatlarini shakllantirishning nazariy va amaliy jihatlari yoritiladi. Jamiyat taraqqiyotida ayollarning faolligi, tashabbuskorligi va boshqaruv jarayonlaridagi ishtiroki muhim omil hisoblanadi. Shu sababli ta’lim tizimi ayol shaxsini nafaqat bilimli mutaxassis, balki mustaqil fikrlaydigan, mas’uliyatli, tashabbuskor va jamiyatga ta’sir ko‘rsata oladigan lider sifatida shakllantirishga xizmat qilishi lozim. Maqolada ayol liderlikni rivojlantirishda ta’limning o‘rni, zamonaviy strategiyalar, ijtimoiy-madaniy omillar hamda bu boradagi istiqbolli yondashuvlar tahlil qilinadi.
2026-03-30
K.KARIMOVTIŃ ZARDUSHT HÁM M.BULGAKOVTIŃ USTA HÁM MARGARITA ROMANLARINDA “TÚN” XRONOTOPINIŃ QOLLANILIW ÓZGESHELIGI
Bul teziste xronotoptıń bir forması bolǵan “tún” xronotopınıń kórkem shıǵarmadaǵı qollanılıw ózgesheligi izertlengen. K.Karimovtıń “Zardusht” hám M.Bulgakovtıń “Usta hám Margarita” romanları mısalında úyrenildi.
2026-03-30
SULTON JALOLIDDIN MANGUBERDI HARBIY STRATEGIYASI VA JANG TAKTIKASI USULLARI TAHLILI
Mazkur tadqiqotda XIII asrning buyuk strategik qo‘mondoni Jaloliddin Manguberdining harbiy faoliyati, xususan, uning Irg‘iz, Valiyon, Parvon va Sind daryosi bo‘yidagi janglarda qo‘llagan taktik innovatsiyalari ilmiy tahlil qilinadi. Maqolada Sultonning harbiy merosi zamonaviy davlatchilik va vatanparvarlik kontekstida, shuningdek, xalqaro harbiy tarix fani nuqtayi nazaridan o‘rganiladi.
2026-03-31
BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA O‘QUVCHILARNING KREATIV FIKRLASHINI RIVOJLANTIRISHGA YO‘NALTIRILGAN INNOVATSION PEDAGOGIK YONDASHUVLAR
Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’lim bosqichida o‘quvchilarning kreativ fikrlash qobiliyatini, har tomonlama chuqur tafakkur va idrokni shakllantirishga yo‘naltirilgan innovatsion pedagogik yondashuvlarning nazariy asoslari va amaliy imkoniyatlari yoritilgan. Kreativ tafakkurni rivojlantirishda muammoli ta’lim, loyihaviy faoliyat, STEAM yondashuvi, raqamli texnologiyalar va o‘yinli metodlarning o‘rni va natijalari yoritilib o’tilgan. Shuningdek, o‘qituvchining innovatsion kompetensiyasining bu jarayondagi ahamiyati, har bir o’quvchiga alohida yondashish orqali dars jarayonlarini tashkillashtirish, o’quvchilarga beriladigan bilimlarning har birining negizida fikrlashga kreativ yondashishga o’rgatuvchi metodlar, usullar va texnologiyalar bilan tashkillashtirishning ahamiyati yoritilib o’tilgan.
2026-03-31
STYLISTIC FUNCTIONS OF LEXICAL EXPRESSIVE MEANS IN ENGLISH FICTION
This article examines the stylistic functions of lexical expressive means in English fiction, focusing on how lexical devices like metaphors, similes, idiomatic expressions, and intensifiers contribute to narrative depth, character portrayal, and thematic development. The study analyzes a variety of texts, both classic and contemporary, to understand how lexical choices shape reader engagement, enhance emotional resonance, and convey complex meanings. It explores how different genres and narrative perspectives use these devices to influence mood, character construction, and the overall impact of the story. By investigating the relationship between lexical style and narrative structure, this article offers valuable insights into the role of language in literature and its contribution to the aesthetic and intellectual dimensions of fiction.
2026-03-31
O‘PKA EMBOLIYASIDA DAVOLASH VA DIAGNOSTIKA METODLARI
O‘pka emboliyasi o‘pka arteriyasida qon oqimining to‘silib qolishi bilan kechadigan va qisqa vaqt ichida og‘ir gemodinamik o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan murakkab patologik jarayonlardan biridir. Kasallik ko‘pincha noaniq yoki boshqa respirator kasalliklarga o‘xshash belgilar bilan namoyon bo‘lgani sababli uni erta aniqlash klinik amaliyotda muhim muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Ushbu maqolada o‘pka emboliyasining etiologik omillari, patomorfologik xususiyatlari hamda klinik namoyon bo‘lish shakllari zamonaviy ilmiy manbalar asosida tahlil qilindi. Tadqiqot jarayonida diagnostika jarayonida qo‘llaniladigan laborator markerlar, instrumental tekshiruvlar va tasviriy diagnostika usullarining klinik ahamiyati baholandi. Shuningdek, antikoagulyant terapiya, trombolitik davolash hamda invaziv yondashuvlarni o‘z ichiga olgan zamonaviy davolash strategiyalarining samaradorligi muhokama qilindi. O‘rganilgan ma’lumotlar o‘pka emboliyasini erta tashxislash uchun kompleks diagnostik yondashuvdan foydalanish zarurligini ko‘rsatadi. Bunday yondashuv kasallik bilan bog‘liq asoratlar xavfini kamaytirish va bemorlar prognozini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega.
2026-03-31
BULUTLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA YARATILGAN O‘QUV MUHITLARI VA VIRTUAL LABORATORIYALAR TAHLILI
Mazkur maqolada bulutli texnologiyalar asosida yaratilgan o‘quv muhitlari va virtual laboratoriyalarning masofaviy ta’lim tizimidagi o‘rni tahlil qilingan. Bulutli LMS platformalari, virtual sinfxonalar, elektron ta’lim resurslari va masofaviy baholash vositalarining yagona raqamli ekotizim sifatida ishlash tamoyillari yoritilgan. Shuningdek, virtual laboratoriyalarning amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishdagi afzalliklari, ayniqsa STEM yo‘nalishlarida qo‘llash imkoniyatlari ochib berilgan. Tadqiqotda virtual muhitlarni tashkil etishning didaktik, texnik, psixologik-pedagogik hamda tashkiliy metodologik asoslari ko‘rib chiqilgan.
2026-03-31
RADIOJURNALISTIKADA YANGI TRENDLAR (MADANIY-MA’RIFIY DASTURLAR MISOLIDA)
Yangi trendlar audiovizual jurnalistikada hamisha amalda bо‘lgan. Buni radio tarixida madaniy-ma’rifiy dasturlarni hamma davrlarda zamonasining eng taniqli, ziyoli vakillari tayyorlagani misolida kо‘rish mumkin. Ushbu ilmiy maqolada radio tarixida madaniy-ma’rifiy, musiqiy- kо‘ngilochar dasturlarning yetakchi о‘rinda turgani, hozirgi kunda ham radiokanallarda madaniy-ma’rifiy dasturlarning mavqei balandligi va muxlislar tomonidan e’tirof etilayotgani ifodalangan. An’analar asosida tayyorlanayotgan madaniy-ma’rifiy radiodasturlarning yangi terndlarda ommalashtirish tadqiq etilgan.
2026-03-31
INTELLEKTUAL AYOL TAFAKKURI VA ILMDA AYOLNING O‘RNI
Ushbu maqolada intellektual ayol tafakkurining falsafiy mohiyati, ayollarning ilm-fan taraqqiyotidagi o‘rni va jamiyatdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, tarixiy va zamonaviy olimalarning faoliyati misolida ayollarning ilmiy salohiyati ochib beriladi.
2026-03-31
YENGIL ATLETIKA TURLARINI HARAKATLI O'YINLAR ORQALI O'RGATISH
Mazkur tezisda yengil atletika turlarini harakatli o‘yinlar orqali o‘rgatishning pedagogik va metodik asoslari tahlil qilinadi. Yengil atletika jismoniy tarbiya tizimida tabiiy harakatlar majmuasi sifatida muhim o‘rin tutib, yugurish, sakrash va uloqtirish kabi asosiy ko‘nikmalarni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Biroq ushbu harakatlarni, ayniqsa, boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi o‘quvchilarga o‘rgatishda an’anaviy mashqlar bilan bir qatorda qiziqarli, faol va motivatsion vositalardan foydalanish zarurati ortib bormoqda. Shu nuqtai nazardan harakatli o‘yinlar yengil atletika elementlarini tabiiy, emotsional va bolalar psixologiyasiga mos shaklda o‘zlashtirish imkonini beruvchi samarali pedagogik vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Tadqiqotda yugurish, sakrash va uloqtirish elementlarini o‘rgatishda harakatli o‘yinlarning o‘rni, ularning jismoniy sifatlarni rivojlantirish, texnik ko‘nikmalarni mustahkamlash va mashg‘ulotlarga qiziqishni oshirishdagi ahamiyati yoritilgan. Natijalar harakatli o‘yinlardan maqsadli va metodik jihatdan asosli foydalanish yengil atletika turlarini samarali o‘rgatish, o‘quvchilarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirish hamda ijobiy emotsional muhitni shakllantirishda muhim omil ekanini ko‘rsatadi.
2026-03-31
YOSH VOLEYBOLCHILARNI TAYYORLASHDA HARAKATLI O'YINLARDAN FOYDALANISH
Mazkur tezisda yosh voleybolchilarni tayyorlash jarayonida harakatli o‘yinlardan foydalanishning pedagogik va metodik asoslari tahlil qilinadi. Sport tayyorgarligining dastlabki bosqichlarida harakatli o‘yinlar yosh sportchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish, texnik ko‘nikmalarini shakllantirish, taktik fikrlashini faollashtirish hamda mashg‘ulotlarga qiziqishini oshirishda muhim vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Tadqiqotda harakatli o‘yinlarning voleybol mashg‘ulotlaridagi o‘rni, ularning chaqqonlik, tezkorlik, sakrovchanlik, koordinatsiya va jamoaviy hamkorlikni rivojlantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, yosh voleybolchilar bilan ishlashda o‘yinlarni tanlash, yuklamani me’yorlash, yosh va tayyorgarlik darajasiga moslashtirish tamoyillari ochib berilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, harakatli o‘yinlardan maqsadli va metodik asosda foydalanish yosh voleybolchilarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirish, texnik-taktik malakalarini mustahkamlash va ijobiy motivatsiyasini kuchaytirishda samarali vosita hisoblanadi.
2026-03-31
AYOLLARNING TAʼLIMI JAMIYAT TARAQQIYOTINING MUHIM POYDEVORIDIR
Ushbu maqolada ayollarning ta’lim darajasi jamiyat rivoji va barqarorligiga ta’siri tahlil qilinadi. Ayol nafaqat oila a’zosi, balki kelajak avlodni tarbiyalaydigan birinchi ustoz sifatida jamiyat shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Bilimli ayollar farzand tarbiyasi, oilaviy hayot va ijtimoiy-iqtisodiy rivojga ijobiy hissa qo‘shadi, aksincha bilimdan chetda qolish rivojning sekinlashishiga olib keladi. Maqola ayollarning bilimli bo‘lishi jamiyat taraqqiyotining poydevori ekanini ta’kidlaydi va har bir jamiyat ayollarga ta’lim imkoniyatini yaratishi lozimligini ko‘rsatadi.
2026-03-31
INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARDA EVFEMIZMLARNING LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARI
Ushbu maqola ingliz va o‘zbek tillarida evfemizmlarning lingvokulturologik xususiyatlarini qiyosiy tahlil qiladi. Evfemizmlar madaniy qadriyatlar, milliy mentalitet va jamiyatning axloqiy-me’yoriy tizimi bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan til hodisasi sifatida baholanadi. Tadqiqot davomida ikki til materiallari asosida evfemik nomlashning semantik, pragmatik va madaniy sabab omillari aniqlanadi, tabu sohalarining oʻxshash va farqli jihatlari ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, ingliz va o‘zbek jamiyatlarida evfemizmlar nutq madaniyatini yumshatish, ijtimoiy uyg‘unlikni saqlash, noqulay vaziyatni yumshoq ifodalash kabi kommunikativ funksiyalarni bajarishi asoslanadi.
2026-03-31
PEDAGOGICAL POSSIBILITITIES OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE TOOLS IN LANGUAGE LEARNING
The integration of artificial intelligence (AI) in language education has developed rapidly, creating new opportunities and challenges for learners and teachers. This research is aimed at studying the pedagogical possibilities of artificial intelligence tools in improving skills in four basic language skills - reading, listening, writing, and speaking. Through the method of qualitative document analysis, forty artificial intelligence tools were identified and classified according to their functionality and direction. The tools were selected through a systematic review of available literature, digital platforms, and online applications. The research results showed that while AI tools can support personalized learning, constructive feedback, and interactive interaction, uncertainty, limited skill integration, and ethical issues remain. The study provides practical recommendations for teachers and students and recommends continuing research on the effectiveness of tools appropriate to skills at different skill levels in the future.
2026-03-31
THE CONTENT OF PHRASEOLOGICAL UNITS WITH COLOR TERMS
This article examines the semantic and cultural role of color terms in phraseological units in English, Russian, and Uzbek. The study is based on the premise that color perception constitutes an essential component of human cognitive activity and reflects culturally specific attitudes toward the surrounding world. Particular attention is paid to the symbolic meanings of colors and their ability to function as universal and culture-specific markers within different linguistic communities. The research highlights the role of qualitative (empirical) adjectives in the formation of idioms and analyzes the semantic structure of color terms as a combination of primary and figurative meanings.
2026-03-31
