«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya va amaliyot» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.

Опубликован: 2025-06-04

MEHNAT BOZORIDA AYOLLAR RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISHDA NODAVLAT TASHKILOTLAR ROLINI OSHIRISH MEHANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH

Mazkur tezisda mehnat bozorida ayollarning raqobatbardoshligini oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlar (NNT) ishtirokining dolzarb jihatlari tahlil qilinadi. Unda ayollar bandligi, kasb-hunar o‘rganish, ijtimoiy himoya va tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘nalishlarida NNTlarning amaliy faoliyati tahlil qilinib, ushbu tashkilotlar rolini kuchaytirishga doir institutsional va mexanizmlarni takomillashtirish takliflari ishlab chiqiladi.

Rasulova Nasiba Tog'ayevna

4-6

2025-05-31

ARAB TILINI O‘RGANAYOTGAN TALABALARNING TINGLAB TUSHUNISH KO‘NIKMASINI RIVOJLANTIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu maqola nutq faoliyatining asosiy turlaridan biri bo‘lgan tinglab tushunish haqida. Unda tinglab tushunishning psixofiziologik mexanizmlari, xususan, idrok qilish, eshitish xotirasi, ichda gapirish, solishtirish, antitsipatsiya va mantiqan tushunish jarayonlari tahlil qilingan. Shuningdek, tinglab tushunish malakasini rivojlantirishga ta’sir qiluvchi omillar, o‘qitish metodikasi, mashqlar tizimi va audiovizual vositalardan foydalanishning samaradorligi yoritilgan. Tinglab tushunish chet tilini o‘rganishda muhim amaliy mahorat bo‘lib, uni rivojlantirish uchun kompleks mashqlar tizimi va interaktiv usullardan foydalanish tavsiya etiladi.

Daminov Baxromjon Zakirdjanovich

7-12

2025-05-31

ABU MANSUR MOTURIDIYNING “TAVHID” ASARIDA XAVORIJLARGA QARSHI RADDIYALARI

Abu Mansur Moturidiy ning “Tavhid” asarida, Xavorijlar firqasining noto‘g‘ri e’tiqodlariga qarshi ilmiy asoslangan raddiya berilgan. Moturidiy, Xavorijlarning hukm chiqarishdagi o‘ta qat’iy yondashuvlarini tanqid qiladi va ularning aqidalaridagi muammolarni ilmiy jihatdan tahlil qiladi. Asarda, Xavorijlarning “kufr”ni boshqalarga osongina ta’minlash va musulmonlarni kufrda ayblashlari kabi rad etilgan amaliyotlari keng muhokama qilinadi. Moturidiy, Qur’on va Hadislarning to‘g‘ri tafsiri orqali Xavorijlarning bu kabi radikal qarashlarini inkor etadi va ularni o‘z aqidalarini tekshirishga chaqiradi. Asar, islom aqidasidagi tafsirlarga yangicha yondashuvni taqdim etib, sunniy e’tiqodni himoya qiladi.

Yodgorov Mohirjon Islomjon o‘g‘li

13-17

2025-05-31

KOGNITIV TILSHUNOSLIK VA UNING YO‘NALISHLARI

Ma’lumki, hozirgi kunda dunyo tilshunosligida anrtoposentrik paradigma yo‘nalishlarida olib borilayotgan tadqiqotlar an’anaviy tus olmoqda. Jumladan, o‘zbek tilshunosligida ham mazkur tilshunoslikning turli yo‘nalishlarida, sistem tilshunoslik birliklarini antroposentrik paradigma sohalarida, jumladan lingvokognitiv aspektda o‘rganish amaliyoti mavjud. Turli uslublarga mansub bo‘lgan matnlar ustida sotsiopragmatik, lingvokulturologik, psixolingvistik, kognitologik o‘rganishlar va tajribalar olib borilmoqda. So‘nggi paytlarda nisbatan ko‘p murojaat qilinayotgan kognitiv tilshunoslik borasida tadqiqot olib borish asnosida soha va uning yo‘nalishlari, o‘rganish obyekti, terminlar tizimini o‘rganishga ehtiyoj seziladi. Chunki ushbu soha, nafaqat o‘zbek tilshunosligi, balki dunyo tilshunosligi uchun ham nisbatan yangi bo‘lgan yo‘nalish va nazariy asoslarini talqin qilishda bir necha qarashlar mavjudki, o‘zbek tilshunosligiga va o‘zbek tiliga tatbiq qilishda o‘ziga xos yondashuvni talab qiladi.

Abdullayeva Roxila Yusufjon qizi

18-20

2025-05-31

METHODOLOGY FOR DEVELOPING DIGITAL COMPETENCE

This article explores the methodology for developing digital competence in the context of modern education. It examines key pedagogical approaches such as project-based learning, blended learning, and the flipped classroom model. The paper also discusses strategies for implementation, including teacher training, curriculum integration, and infrastructure support. Special attention is given to the assessment of digital competence through e-portfolios, self-assessment tools, and performance-based methods. Additionally, the study incorporates perspectives from Russian and Uzbek educational systems to provide a broader understanding of local practices. The article concludes with recommendations for overcoming challenges such as digital inequality and insufficient teacher readiness.

O.Sh. Sheraliev

21-23

2025-05-31

ИЗУЧЕНИЕ ХУДОЖЕСТВЕННОГО ПРОИЗВЕДЕНИЯ В ИСТОРИЧЕСКОМ КОНТЕКСТЕ

Анализ художественного произведения через призму исторического контекста представляет собой один из ключевых методов литературоведения, позволяющих глубже понятьсмысловую структуру текста, намерения автора, его идеологическую позицию и отклик на культурные, политические и социальные реалии своего времени. В данной статье рассматривается значение исторического контекста при интерпретации литературного произведения, а также специфика взаимодействия текста и эпохи на примере романа Л. Н. Толстого «Война и мир».

Мамаризаева Нигина, Половина Л.В.

24-27

2025-05-31

СОПОСТАВИТЕЛЬНЫЙ АНАЛИЗ ПЛЕОНАЗМА И ТАВТОЛОГИИ В РУССКОМ И УЗБЕКСКОМ ЯЗЫКАХ

В статье рассматриваются явления плеоназма и тавтологии в русском и узбекском языках. Анализируются структурные и семантические особенности, а также функции данных языковых единиц в различных стилях речи. Особое внимание уделяется культурно-языковым причинам устойчивости и частотности подобных конструкций.

Кахарова Нилуфар Нуридиновна

28-31

2025-05-31

КОММУНИКАТИВНЫЕ СТРАТЕГИИ, ФОРМИРУЕМЫЕ У ИНОСТРАННЫХ СТУДЕНТОВ БЛАГОДАРЯ ИСПОЛЬЗОВАНИЮ СОЦСЕТЕЙ И МЕССЕНДЖЕРОВ В РАМКАХ КУРСА РУССКОГО ЯЗЫКА

Статья посвящена исследованию влияния использования социальных сетей и мессенджеров на формирование коммуникативных стратегий у иностранных студентов, изучающих русский язык. Рассматриваются механизмы адаптации к новым условиям общения, особенности ведения диалога в онлайн-пространстве, расширение культурного кругозора и риски, связанные с данным видом общения. Подчеркивается необходимость контроля со стороны преподавателя для предотвращения негативных последствий, таких как появление ошибок и снижение уровня владения нормативным русским языком.

Акбарзода Асиля, Кахарова Н.Н.

32-37

2025-05-31

ҲАВО ТРАНСПОРТИ ОБЪЕКТЛАРИДА ЖИНОЯТЛАРГА ҚАРШИ КУРАШИШДА ТЕЗКОР-ҚИДИРУВ ЧОРА-ТАДБИРЛАРИНИ АМАЛГА ОШИРИШДА ИДОРАЛАРАРО ҲАМКОРЛИК

Мақолада ҳаво транспорти объектларида жиноятчиликка қарши курашишда идоралараро ҳамкорликнинг ўрни, ҳуқуқий ва ташкилий асослари, маълумот алмашинуви, қўшма операциялар ва мувофиқлаштириш жараёнлари таҳлил қилинади. Чет эл амалиёти мисолида самарали ҳамкорлик шакллари, авиацияда хавфсизликни таъминлашда инновацион ёндашувлар ва “бир дарча” тамойили асосида ташкил этиладиган марказлаштирилган тизимлар хусусида таклифлар илгари сурилади.

Мавлонов Авазхон Усубхужаевич

38-45

2025-05-31

AYOLLARNING TADBIRKORLIGIDA GENDER TENGLIGIGA ERISHISH YO‘LLARI

Mazkur maqolada ayollarning tadbirkorlik faoliyatidagi ishtiroki tarixiy, ijtimoiy va falsafiy jihatdan tahlil etilgan. Asosiy e’tibor patriarxal tuzilmalar va gender stereotiplarining ayollar iqtisodiy hayotiga kirishishidagi to‘siqlarini ochib berishga qaratilgan. Ayollarning iqtisodiy faolligiga to‘siq bo‘layotgan omillar — an’anaviy ijtimoiy rollar, genderga asoslangan kamsitishlar, ularning ijtimoiy maqomi va mulkka egalikdagi tengsizliklar ko‘rib chiqilgan. Muallif tadqiqotda tanqidiy gender nazariyasi asosida patriarxal ijtimoiy tizimlarni tahlil qiladi hamda ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish uchun zarur strategiyalarni taklif etadi. Xulosa qismida gender tengligini ta’minlash va ayollarni iqtisodiy faoliyatga to‘laqonli jalb etish uchun tizimli yondashuv zarurligi asoslab beriladi.

Vaziraxon Axmedova

46-47

2025-05-31

YAPONIYA VA KOREYA TAJRIBASIDA INSON KAPITALI TRANSFORMATSIYASI

Ushbu maqolada Yaponiya va Koreya Respublikasining inson kapitalini rivojlantirish strategiyalari va ularning iqtisodiy o‘sishga ta’siri tahlil qilinadi. Inson kapitali — zamonaviy iqtisodiyotning asosiy omillaridan biri bo‘lib, mazkur ikki davlat ta’lim, ilmiy-tadqiqot, innovatsion texnologiyalar va malakali ishchi kuchi tayyorlash sohalariga katta e’tibor qaratadi. Maqolada Yaponiya va Koreyaning ta’lim tizimlari, ilmiy-tadqiqotga ajratilayotgan mablag‘lar, innovatsion ishlab chiqarish salohiyati va kasb-hunar ta’limi tizimlari solishtirilib, bu yo‘nalishlardagi muvaffaqiyatlar iqtisodiy samaradorlik va mehnat unumdorligiga qanday ijobiy ta’sir ko‘rsatgani tahlil qilinadi. Shuningdek, O‘zbekiston uchun ushbu tajribaning ahamiyati va amaliy ahvolga mos tavsiyalar ham berilgan. Maqola so‘ngida inson kapitaliga sarmoya kiritishning iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdagi o‘rni asoslanadi.

Ruzmetova Gulira’no Atabekovna

48-54

2025-05-31