«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya va amaliyot» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.
Опубликован: 2025-10-28
Статьи
BO‘LAJAK MUSIQA O‘QITUVCHISINING IJODIY TAFAKKURINI OSHIRISHDA INNOVATSION TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH
Ushbu maqolada bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining ijodiy tafakkurini rivojlantirishda innovatsion ta’lim texnologiyalaridan samarali foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Musiqa ta’limi jarayonida zamonaviy pedagogik yondashuvlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda interfaol metodlarning qo‘llanilishi orqali talabalarning ijodiy salohiyatini yuksaltirish mexanizmlari yoritiladi.
2025-10-28
HUSNIXATGA O’RGATISHNING GRAFIK TALABLARI
ushbu maqolada o’quvchilarga husnixat o’rgatishning qulay usul va uslubiyatlariga to’xtalib o’tganman.Bu orqali o’qubchilarda chiroyli yozuv ko’nikmasi va husnixat shakllanadi.
2025-10-28
XALQARO HAMJAMIYAT UCHUN O’ZARO MANFAATLAR POYDEVORI HISOBLANGAN BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTI NIZOMINING MAZMUN-MOHIYATI
Mazkuz maqolada tarixiy muhim jarayonda Birlashgan Millatlar Konferentsiyasining Xalqaro Tashkilot tuzish boʻyicha yakuniy majlisida imzolangan va 1945-yilning 24-oktyabrida kuchga kirgan Xalqaro Sud Statuti Nizomning asosiy maqsad va g’oyalarini o’zida mujassam etgan qoidalari va ularning asosi hisoblangan shaxsning qadr-qimmati, erkaklar va xotin-qizlarning tengligi masalalari, kattayu-kichik millatlar huquqlarining tengligi, ishonchni qayta qaror toptirishga qaratilgan shartnomaviy munosabatlar xalqaro taraqqiyot hamda keng ozodlik sharoiti, totuvlik, xavfsizlikni umumjahon miqyosida yanada mustahkamlashga qaratilgan asosiy tamoyillari ifodalab berilgan.
2025-10-28
BOʻLAJAK PEDAGOGLARDA EMPATIK MUNOSABATLARNING SHAKLLANISHI
Deontologik tayyorgarlik mohiyatining mantiqiy-metodologik tahlili asosida aniqlandiki, bu ijtimoiy fenomen sifatida uchta jarayonning birligida namoyon bo‘ladi: axborot almashinuvi, insonlar o‘rtasida o‘zaro tushunish va shaxslararo empatik munosabatlarni shakllantirish hamda rivojlantirish. Shu tufayli inson ijtimoiy faoliyatning har qanday sohasida, jumladan, “o‘qituvchi – talaba” shaklidagi o‘zaro ta’sir jarayonida qatnashar ekan, uchta funksiyani muqarrar ravishda amalga oshiradi: axborot-kommunikativ, perseptiv-kommunikativ va interaksion-kommunikativ.
2025-10-28
YARIM O‘TKAZGICHLAR
Ushbu tezis yarim o‘tkazgichlar fizikasini, ularning xususiyatlari va zamonaviy elektron qurilmalardagi qo‘llanilishini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tezisda yarim o‘tkazgichlarning asosiy turlari — kremniy va germaniy — va ularning o‘tkazuvchanligini nazorat qilish usullari, jumladan doping jarayoni batafsil tushuntiriladi. Shuningdek, yarim o‘tkazgichlarning diod, tranzistor, mikrosxemalar va fotodetektorlar kabi elektron qurilmalardagi roli ko‘rsatilib, ularning texnologik ahamiyati ochib berilgan. Tezisda zamonaviy nanoelektronika va yangi yarim o‘tkazgich materiallarining rivojlanish istiqbollari ham tahlil qilingan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, yarim o‘tkazgichlar elektronika va axborot texnologiyalarining rivojlanishida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lib, kelajakda energiya samaradorligi va yuqori tezlikdagi qurilmalar yaratishda muhim rol o‘ynaydi.
2025-10-28
CHET TILLARINI O'QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING DOLZARB MUAMMOLARI
Ushbu tezisda chet tillarini o'qitish mobaynida zamonaviy texnologiyalarning o'rni, mavjud imkoniyatlar va sodir bo'layotgan muammolar tahlil qilinadi. Rivojlanib borayotgan XXI asrda innovatsion gadjetlar keng miqyosda joriy etilayotganiga qaramasdan, texnik baza, kadrlarning malakasi va metodik ta'minot yetishmasligi sababli bir qancha muammolar kuzatilmoqda. Shuningdek, tezisda amaliy misollar va statistik ma'lumotlar asosida ushbu muammolarning sabab, yechimlari va zamonaviy ta'limda raqamli platformalar, sun'iy intellekt hamda interaktiv o'quv vositalarining samaradorligi yoritib beriladi.
2025-10-28
PHYSICAL PARAMETERS OF SQUASH SEED FRUITS
In this study, the physical parameters of seed fruits of squash such as weight, length, width, pulp and peel thickness, and seed placenta weight were analyzed. The results show that fruit weight has a direct effect on fruit productivity: larger fruits contain more seeds and have greater pulp weight. A positive correlation between the mass of seed placenta and the number of developed seeds was also found. At the same time, the thickness of the cortex remains unchanged and has no effect on other parameters. This study can be useful for breeders and agronomists in selecting the most productive squash varieties for further seed production.
2025-10-28
ПСИХОСЕМАНТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ ПРЕДСТАВЛЕНИЙ О ПАНДЕМИИ
Коронавирусная инфекция-это острое инфекционное заболевание, которое, в свою очередь, вызвано коронавирусами. Коронавирусы-это семейство вирусов, которые в своём составе имеют РНК и способны заражать человека и только определённые виды животных.
2025-10-29
4-AMINOBENZOY KISLOTASI ASOSIDA OLINGAN BIR O‘LCHAMLI ZN(II) KOORDINATSION POLIMERIDA AZOT MOLEKULALARINING ADSORBSIYALANISH JARAYONINI O‘RGANISH
Zamonaviy materialshunoslikda koordinatsion polimerlar, ayniqsa, metall-organik ramkalar (MOF) va shu kabi strukturali materiallar gazlarni ajratish va saqlash, kataliz, datchiklar yaratish kabi sohalarda keng qo‘llanilmoqda [1–3]. Bunda ayniqsa Zn(II) asosidagi strukturaviy barqaror va kimyoviy faol kompleks birikmalar muhim o‘ringa ega [4]. Bir o‘lchamli koordinatsion polimerlar esa o‘zining tartibli zanjirsimon tuzilishi orqali moddaning ichki sirt maydonini oshirishga xizmat qiladi [5].
2025-10-29
TALAB VA TAKLIF
Ushbu maqolada bozor iqtisodiyotining asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo‘lgan talab va taklifning iqtisodiy jarayonlardagi ahamiyati yoritiladi. Talab iste’molchilarning ehtiyoj va imkoniyatlariga, taklif esa ishlab chiqaruvchilarning bozorga tovar va xizmatlarni taqdim etish imkoniyatlariga asoslanishi tushuntiriladi. Maqolada talab va taklif qonunlari, ularning narx bilan o‘zaro bog‘liqligi, shuningdek, bozor muvozanatini shakllantirishdagi roli iqtisodiy nazariyalar va amaliy misollar asosida tahlil qilinadi. Bundan tashqari, talab va taklifga ta’sir etuvchi asosiy omillar hamda ularning o‘zgarishi bozor narxiga qanday ta’sir ko‘rsatishi ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari bozor mexanizmini chuqur anglash va samarali iqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun muhim nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.
2025-10-29
MIKRОIQTISОDIY SIYОSАTNING ISTE’MОLCHI FАRОVОNLIGIGА TА’SIRI
Ushbu ishdа mikrоiqtisоdiy siyоsаtning iste’mоlchilаr fаrоvоnligigа tа’siri tаhlil qilinаdi. Iqtisоdiy siyоsаtning аsоsiy vоsitаlаri — sоliqlаr, subsidiyа, nаrx nаzоrаti vа rаqоbаt siyоsаti оrqаli — bоzоr muvоzаnаti vа iste’mоlchilаrning xаrid qоbiliyаtigа qаndаy tа’sir kо‘rsаtishi о‘rgаnilаdi. Shuningdek, mаqоlаdа dаvlаtning mikrоiqtisоdiy qаrоrlаri iste’mоlchilаr mаnfааtlаrini himоyа qilish, tоvаr vа xizmаtlаr sifаtini оshirish hаmdа bоzоr sаmаrаdоrligini tа’minlаshdаgi rоli yоritilаdi. Tаdqiqоt nаtijаlаri sаmаrаli mikrоiqtisоdiy siyоsаt аhоlining fаrоvоnligini оshirish, ijtimоiy tenglikni mustаhkаmlаsh vа bаrqаrоr iqtisоdiy о‘sishgа hissа qо‘shishini kо‘rsаtаdi.
2025-10-29
АНАТОМИЧЕСКИЕ ВАРИАНТЫ ВИЛЛИЗИЕВА КРУГА И ИХ КЛИНИЧЕСКОЕ ЗНАЧЕНИЕ
Анатомические вариации Виллизиева круга представляют собой отклонения в строении важнейшей сосудистой сети, расположенной у основания головного мозга и играющей ключевую роль в его кровообращении. Эти вариации встречаются довольно часто — до 80% людей имеют те или иные особенности строения, что влияет как на эффективность мозгового кровотока, так и на риск развития цереброваскулярных заболеваний.
2025-10-29
YURAK ISHEMIK KASALLIGI VA YALLIG‘LANISH MARKERLARI
Bugungi kunda yurak ishemik kasalligi (YuIK) patogenezida yallig‘lanishning roli shubhasizdir. So‘nggi paytlarda yangi yallig‘lanish indekslari va YuIK o‘rtasidagi bog‘liqlik to‘g‘risida ko‘proq ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Interleykin-6 (IL-6) va C-reaktiv oqsil (CRO) kabi yallig‘lanish markerlari ham YuIK bilan bog‘liq. Ushbu markerlar va YuIK o‘rtasidagi bog‘liqlik alohida qiziqish uyg‘otadi, chunki adabiyotlardagi ma’lumotlar bu borada yetarli emas.
2025-10-29
ЭПИДЕМИОЛОГИЧЕСКИЕ ПОКАЗАТЕЛИ СД 1ТИПА СРЕДИ ДЕТЕЙ И ПОДРОСТКОВ В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН
Эпидемиологические показатели служат важной основой для планирования и организации медицинской помощи населению, разработки профилактических программ и распределения ресурсов здравоохранения. Сахарный диабет 1 типа (СД1) у детей и подростков является одной из наиболее актуальных проблем современной эндокринологии, так как заболевание требует пожизненной инсулинотерапии, постоянного наблюдения и оказывает значительное влияние на качество жизни пациентов и их семей. Изучение динамики заболеваемости и распространенности СД1 в разных регионах страны позволяет своевременно выявлять тенденции роста, определять факторы риска и совершенствовать систему оказания специализированной помощи детям.
2025-10-29
3D MODELLASHTIRISH VA VIZUALIZATSIYA TEXNOLOGIYALARI: YO‘NALISHLAR, VOSITALAR VA AMALIYOT
3D modellashtirish va vizualizatsiya texnologiyalari zamonaviy dizayn, muhandislik, arxitektura, ta’lim va ko‘ngilochar sohalarni tubdan o‘zgartirib yubordi. Bu texnologiyalar orqali realistik va interaktiv raqamli modellardan foydalanilib, virtual simulyatsiyalar, mahsulot dizayni va vizual tahlillar amalga oshiriladi. Ushbu maqolada 3D modellashtirishning nazariy asoslari, zamonaviy dasturiy vositalari, turli sohalardagi amaliy qo‘llanilishi va kelajakdagi rivojlanish yo‘nalishlari ilmiy manbaalar asosida tahlil qilinadi. Blender, Autodesk Maya, Unity3D kabi sanoatdagi yetakchi vositalar misolida ko‘rib chiqiladi.
2025-10-29
BANKLARDA RISKLARNI DIVERSIFIKATSIYALASHNING XORIJ TAJRIBASI
Jahon moliya va kredit munosabatlarining jadal rivojlanishi, moliya bozorining universallashuvi, xavfsizlikni kengaytirishga bo‘lgan zaruriyatning kuchayishi, hosilaviy moliya vositalari muomalasining jadallashuvi moliya-kredit bozorlarini tartibga solishning amaldagi mexanizmini sezilarli darajada murakkablashtiradi, ayrim hollarda moliyaviy bozorlarning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
2025-10-29
INKLYUZIV TA’LIM TIZIMIDA O‘QITUVCHINING PSIXOLOGIK TAYYORGARLIGINI RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI
Mazkur maqolada inklyuziv ta’lim tizimida faoliyat yurituvchi o‘qituvchining psixologik tayyorgarligini rivojlantirish masalasi yoritilgan. Inklyuziv ta’lim zamonaviy ta’lim tizimining muhim yo‘nalishi bo‘lib, unda barcha bolalar, shu jumladan, jismoniy yoki psixologik cheklovlarga ega o‘quvchilar uchun teng imkoniyatlar yaratiladi. Shuning uchun o‘qituvchining kasbiy kompetensiyasi bilan bir qatorda psixologik barqarorligi, empatiyasi, tolerantligi, stressga chidamliligi va kommunikativ madaniyati ham asosiy ahamiyatga ega.
2025-10-29
АНАЛИЗ СОЦИАЛЬНО-ЭКОНОМИЧЕСКОГО РАЗВИТИЯ БУХАРСКОЙ ОБЛАСТИ
В статье представлен комплексный анализ социально-экономического развития Бухарской области с опорой на официальную статистику и региональные отчёты. Исследование охватывает демографическую динамику, структуру валового регионального продукта (ВРП), промышленное и сельскохозяйственное производство, инвестиционную активность и реализуемые региональные программы. На основе анализа выявляются сильные и слабые стороны развития области, формулируются практические рекомендации для повышения эффективности территориальной политики и стимулирования устойчивого роста.
2025-10-29
АNDRОID STUDIО DАSTURI YОRDАMIDА YАRАTILGАN “ZIYОRАT TURIZMI” MОBIL ILOVASINI YARATISH VA UNING ISHLАSH NАTIJАLАRI
Bu maqolada Android Studio dasturining ishlash imkoniyatlari, turli operatsion tizimlar uchun talablar muhokama qilinadi. Tanlangan obyekt sifatida Surhondaryo viloyati bo‘yicha “Ziyorat turizmi” mobil ilovasining yaratilish va ishlash tahlili keltirib o‘tilgan.
2025-10-29
YOSH BOLALARDA PARAZITAR KASALLIKLAR: KELIB CHIQISHI, KLINIK BELGILARI VA PROFILAKTIKASI
Bolalar orasida parazitar kasalliklar eng keng tarqalgan infeksion kasalliklar sirasiga kiradi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, har yili dunyoda 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 30–40 foizida hech bo‘lmaganda bir turdagi parazit aniqlanadi. Eng ko‘p uchraydigan turlari — askaridoz (ichak qurtlari), enterobioz (ostritsalar), giardioz (lyamblioz) va amebiazdir.
2025-10-30
YOYLI PO‘LAT ERITISH PECHI CHANGLARIDAN TEMIR VA RUXNI AJRATIB OLISH IMKONIYATLARI
Elektr po‘lat eritish korxonalarida hosil bo‘ladigan changlar va shlamlar metallurgik ishlab chiqarishning muhim ikkilamchi xomashyolari hisoblanadi. Ularning tarkibida temir oksidlari, rux birikmalari, qo‘rg‘oshin, kadmiy, kremniy va boshqa komponentlar mavjud bo‘lib, ushbu changlarning chiqindi to‘plash maydonlarida saqlanishi ekologik xavf tug‘diradi hamda iqtisodiy resurslarning yo‘qolishiga olib keladi. So‘nggi yillarda yoyli po‘lat eritish pechi changlarini qayta ishlash orqali metall resurslarini ishlab chiqarish sikliga qaytarish, ishlab chiqarish tannarxini kamaytirish va ekologik xavfsizlikni oshirishga qaratilgan ilmiy izlanishlar keskin kuchaygan. Mazkur tezisda yoyli po‘lat eritish pechi changlaridan temir va ruxni ajratib olishning pirometallurgik va gidrometallurgik texnologiyalar tahlil qilinadi, turli mualliflar tomonidan taklif etilgan jarayonlarning samaradorligi solishtiriladi va istiqbolli texnologik yechimlar asoslab beriladi.
2025-10-30
YOSHLARDA ADDIKTIV XULQ SHAKLLANISHI PSIXOPROFILAKTIKASIDA HIMOYA MEXANIZMLARINING NAMOYON BO‘LISHI
mazkur tadqiqot yoshlar orasida addiktiv xulq (qaramlik xulqi) shakllanishida psixologik himoya mexanizmlarining o‘rni va ularning psixoprofilaktik jarayonlardagi ahamiyatini tahlil qiladi. Tadqiqotning maqsadi — yoshlarning disfunktsional himoya mexanizmlarini (reaktiv shakllanish, inkor etish, rasyonalizatsiya) aniqlash hamda psixoprofilaktik yondashuv orqali ularni konstruktiv shakllarga (sublimatsiya, intellektualizatsiya) o‘tkazishdir.
2025-10-30
LEARNER EFFECTIVENESS: A CAUSE OF LEARNER STRATEGY USE?
The article indicates that researchers have developed strategies to determine which one will be more effective for students in teaching a second language (Ellis 2008). Agreeing to this reason, the researchers processed three steps for the students, which the first was training strategy questionnaire, which consists of two parts, 40 items, in accordance with the strategy questionnaire by Wong and Nunan (2011). Secondly, for this study, they selected students in the first year of postgraduate studies from Eastern Azerbaijan province as participants, 441 students of which were 224 boys and 217 girls. Third, they sent a survey questionnaire to selected participants and asked them to complete it. Ultimately, the researchers used the chi-square test to validate the collected research data. The study found significant differences between more effective and less effective use of language strategies by English learners. As a result of these studies, it was clarified that curriculum designers should include specific parts in the teaching materials for EFL classes, in which students are introduced to various learning strategies and learn to use the most effective strategies for completing language learning tasks. It has also been said that target language teachers should introduce their students to various strategies for dominating a second language.
2025-10-30
THE EFFECTIVENESS OF TASK-BASED LANGUAGE TEACHING IN ENHANCING STUDENT MOTIVATION
This thesis investigates the effectiveness of Task-Based Language Teaching (TBLT) in enhancing student motivation in second language learning. The study explores how task-based instruction, which emphasizes meaningful communication and real-life tasks, influences learners’ intrinsic and extrinsic motivation compared to traditional grammar-focused teaching. Using a mixed-method approach involving questionnaires, classroom observations, and interviews, data were collected from sixty intermediate-level ESL students over eight weeks. The findings reveal that TBLT significantly increases learners’ motivation, engagement, and confidence in using the target language. Students in the task-based environment reported higher enjoyment and greater willingness to communicate. The results demonstrate that authentic, collaborative, and learner-centered tasks promote sustained motivation and positive learning attitudes. The study concludes that TBLT is an effective pedagogical approach for motivating language learners and recommends its wider integration into language education programs.
2025-10-30
THE IMPACT OF CELEBRITY ENDORSEMENTS ON BRAND IMAGE
This article explores the impact of celebrity endorsements on brand image, examining how various celebrity characteristics such as credibility, attractiveness, and relevance influence consumer perceptions. By analyzing existing literature and conducting surveys and case studies, the study highlights both the positive and negative aspects of using celebrities in marketing. The findings suggest that credible and attractive celebrities are more likely to enhance a brand’s image, while the risks associated with celebrity scandals or misalignment between the brand and the endorser can harm consumer trust. The study provides valuable insights for brands considering celebrity endorsements as part of their marketing strategy, emphasizing the importance of strategic selection and careful management of celebrity relationships.
2025-10-30
MILLIY G‘OYA TARG‘IBOTIDA TARIXIY SHAXSLARNI O‘RGANISHNING ZAMONAVIY USULLARI
Mazkur ilmiy ish milliy g‘oya targ‘ibotida tarixiy shaxslarni o‘rganishning zamonaviy usullarini tahlil qiladi. Tadqiqot doirasida raqamli texnologiyalar, interaktiv pedagogik metodlar, ijtimoiy tarmoqlarning roli, shuningdek, yoshlar ongiga ta’sir etuvchi innovatsion yondashuvlar o‘rganildi. Ishda xalqaro tajribalar va O‘zbekiston misollari asosida xulosalar chiqarilgan.
2025-10-30
LEXICAL BORROWING FROM OTHER LANGUAGES: EXAMPLES AND IMPLICATIONS
This article explores the phenomenon of lexical borrowing from other languages, with a particular focus on the influence of English on various global languages such as Japanese, French, Arabic, and Spanish. It examines the process of borrowing, the types of borrowings (loanwords, calques, hybrid terms), and the socio-cultural implications for language evolution and identity. By analyzing specific case studies, the article sheds light on how languages adapt borrowed words, and discusses the broader implications for linguistic diversity in a globalized world. The study emphasizes the role of socio-economic factors and technological advances in driving lexical change, as well as the challenges posed by the dominance of a global language like English.
2025-10-30
ISAJON SULTON IJODI MISOLIDA MODERNIZM VA MILLIY TAFAKKUR UYG`UNLIGI
Mazkur tezisda Isajon Sulton ijodida modernistik estetik tamoyillar va milliy tafakkur uyg‘unligi tahlil qilinadi. Adib asarlarida inson ruhiyati, falsafiy mushohada, ramziy obrazlar va milliy o‘zlik masalalari o‘zaro bog‘lanib, o‘zbek adabiyotida modern tafakkurning milliy ildizlari ochib beriladi. “Boqiy darbadar”, “Ozod”, “Humo” romanlaridagi ruhiy qatlamlar, ekzistensial izlanishlar hamda polifonik tuzilma tahlil etilib, adib ijodida modernizm va milliylik sintezi badiiy misollar orqali asoslanadi.
2025-10-30
O‘ZBEK TILINI XORIJLIKLARGA O‘QITISHDA GRAMMATIK MINIMUMLARNI BELGILASHNING ILMIY ASOSLARI
Kommunikativ yondashuv asosida xorijiy tilni o‘qitish amaliyotida tayanch nutqiy ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishga urg‘u berish barobarida o‘rganuvchi tomonidan o‘rganilayotgan tilning sistem-struktur tuzilmasini belgilovchi grammatik bilimlarni ham o‘zlashtirishi talab etiladi. Bunda grammatik bilimlarni o‘rganishning kognitiv asoslari birinchi tilni o‘zlashtirishdagi mexanizmlardan farq qilganligi hamda kommunikativ yondashuv asosida xorijiy tilni o‘qitish jarayoni dinamik o‘sib borishi sababli kommunikativ funksionallik tabiatiga ega grammatik bilimlarni soddadan murakkabga qarab hamda boshqa til bilimlari va ko‘nikmalariga uyg‘un integratsiyasini ta’minlagan holda darajalararo tasniflash, tizimlashtirish talab etiladi.
2025-10-30
ISHLAB CHIQARISH FAOLIYATIDA FOKAL NUQTALAR HARAKATI VA ULARNING KO‘RSATKICHLARI
Ishlab chiqarish faoliyatida fokal nuqtalar tushunchasi, ularning iqtisodiy koordinatsiya, tashkilotlararo o‘zaro ta’sir, va ishlab chiqarish samaradorligidagi o‘rni ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Fokal nuqtalar nazariyasi, dastlab Tomas Shelling tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, u iqtisodiy subyektlar qaror qabul qilish jarayonida tabiiy koordinatsiya nuqtalari sifatida namoyon bo‘ladi. Maqolada fokal nuqtalarning harakati, ularni aniqlash metodlari, ishlab chiqarish tizimidagi indikatorlari, hamda zamonaviy raqamli iqtisodiyot sharoitida ularning o‘zgaruvchanligi yoritiladi.
2025-10-30
TIL TIPOLOGIYASIDA SINTAKTIK BIRLIKLARNING STRUKTURAVIY-FUNKSIONAL O‘ZIGA XOSLIKLARI (INGLIZ, KOREYS, O‘ZBEK TILLARI MISOLIDA)
Mazkur tezisda ingliz, koreys va o‘zbek tillarining sintaktik tizimlari qiyosiy-tipologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotda ushbu tillarda sintaktik birliklarning (so‘z birikmasi, gap va sintaktik konstruktsiyalar) strukturaviy, funksional va kombinatorik jihatlari o‘rganilib, ularning o‘zaro o‘xshash va farqli tomonlari aniqlanadi. Ishning dolzarbligi turli tipdagi tillarda sintaksis tizimining umumiy qonuniyatlarini ochish hamda bu tillar o‘rtasidagi grammatik va semantik moslikni belgilash zarurati bilan izohlanadi.
2025-10-30
THE CORPORATE TRAGEDY IN ENRON BY LUCY PREBBLE: AN EXAMINATION OF POWER, ETHICS, AND ILLUSION
Lucy Prebble’s Enron offers a dramatized portrayal of the rise and fall of the Enron Corporation, capturing the intersections of corporate greed, ambition, and illusion. This article takes a critical look at Enron, talking about Prebble’s thematic investigation of capitalism and ethics, the dramatic devices that support her criticism, and how characters are portrayed as representations of the greater socio-economic forces. Additionally, it explores how the play communicates the dangers of unchecked corporate power and the fragile line between reality and illusion within high-stakes corporate environments.
2025-10-30
TIL TA’LIMINI INQILOBIY O‘ZGARTIRISH: XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYANING TA’SIRI
Ushbu maqola xorijiy tillarni o‘qitishda raqamli texnologiyaning o‘zgaruvchan ta’sirini yoritadi. “Raqamli texnologiya”, “til ta’limi” va “onlayn o‘qish” kabi kalit so‘zlarga asoslanib, maqolada til o‘rganishni inqilobiy tarzda o‘zgartirayotgan innovatsion vositalar va metodologiyalar tahlil qilinadi. Interfaol platformalardan tortib virtual sinf xonalarigacha bo‘lgan imkoniyatlar orqali ushbu texnologik yutuqlar o‘quvchilarning faolligini va ta’limga kirish imkoniyatini oshirayotgani, natijada til egallash samaradorligi yuksalayotgani ta’kidlanadi. Maqolaning maqsadi texnologiya va til ta’limi kesishmasidagi dinamik jarayonlarga nazar tashlab, o‘zgarib borayotgan ta’lim manzarasiga chuqur tahliliy yondashuvni taklif etishdir.
2025-10-30
XODIMLARNI MOTIVATSIYA QILISH KONSEPSIYALARI
Ushbu tezisda xodimlarni motivatsiya qilish nazariyasi tahlil qilingan, ularning o’ziga xos xususiyatlari tadqiq etilgan. Shuningdek, motivatsiya konsepsiyalari keng o’rganilgan, bugungi kundagi zamonaviy motivatsion tizimlar va ularning samaradorligi tahlil qilingan.
2025-10-31
BOSHQARUV HISOBI VA TAHLILINING OBYEKTI SIFATI QURILISH XIZMATLARINI KO’RSATUVCHI KORXONALARNING ALOHIDA XUSUSIYATLARI
Ushbu maqoladi qurilish xizmatlarini ko’rsatuvchi korxonalarning o’z faoliyatini amalga oshirish jarayonidagi alohida xususiyatlari inobatga olinib bosharuv hisobi va tahlilining obyekti sifatida tasnifi keltirilgan.
2025-10-31
ONA TILI DARSLARIDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA INTEGRATSIYALASHGAN O`QITISH METODIKASI
Mazkur tezisda ona tili darslarida zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida integratsiyalashgan o‘qitishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Integratsiya orqali ona tili va adabiyot fanlarining o‘zaro uyg‘unlashuvi, o‘quvchilarda kommunikativ kompetensiyani shakllantirish, mustaqil fikrlash, matn bilan ishlash, tahliliy tafakkur kabi ko‘nikmalarni rivojlantirish imkoniyatlari ilmiy asosda yoritiladi. Shuningdek, “klaster”, “debate”, “aqliy hujum”, “sinkveyn”, “blits-so‘rov” kabi innovatsion metodlarning samaradorligi misollar orqali tahlil etiladi.
2025-10-31
TABIIY FANLARNI SAMARALI O`QITISHDA TA’LIM METODLARINING O`RNI
Maqolada osmon jismlaridan Quyosh, Oy, yulduzlar haqidagi ma`lumotlarni tabiiy fanlarni o`qitish davomida samarali bo`lgan pedogogik texnologiylar haqida bayon etilgan. Muallif tomonidan Quyosh, Oy, yulduzlar tizimi bir-biri bilan о‘zaro chambarchas bog‘liq va aloqador ekanligi haqidagi tushunchalarni shakllantirishga va ular haqidagi bilimlarni hosil qilishga qaratilgan. Muallif tomonidan maktab o`quvchilari uchun darsliklarida berilgan ma`lumotlarni tushunarli va oson o`zlashtirish uchun zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida mashg`ulotni olib borish haqida tavsiyalar berilgan.
2025-10-31
BUXORO QORАKO‘LINING DUNYO BO‘YLАB TАRQАLISHI, O‘ZBEKISTONDА QORАKO‘LCHILIKNING BUGUNGI HOLАTI
XX аsrning dаstlаbki o‘n yilliklаridа qorаko‘l zotli qo‘ylаrning аsosiy qismi yurtimiz hududidа yаshаgаn. O‘shа dаvr stаtistikаsigа ishonilаdigаn bo‘ls, ulаrning soni yuqoridа keltirilgаn tаrixiy dаvrdа tаxminаn ikki mln bosh bo‘lgаn. Sovet tаrtiblаri o‘rnаtilаyotgаn dаvrlаrdа quloq qilinishdаn qo‘rqib o‘zgа mаmlаkаtlаrgа muhojir bo‘lib ketishgа mаhkum vаtаndoshlаrimiz o‘z chorvаlаri, jumlаdаn qorаko‘l qo‘ylаrni hаm Аvg‘oniston, Eron, shrqiy Turkiston kаbi mаmlаkаtlаrgа olib o‘tib ketishgа mаjbur bo‘lgаnlаr. Sovet tаrtiblаri o‘rnаtilаyotgаn dаvrdа o‘zgа mаmlаkаtlаrgа olib o‘tib ketilgаn qorаko‘l qo‘ylаrining soni vа ulаrning sifаti bilаn bog‘liq stаtistik mа’lumotlаr аniq vа to‘liq deb bo‘lmаsаdа, mаnbаlаrdа 70 ming bosh qorаko‘l Erongа vа 400 ming bosh qorаko‘lning Аvg‘onistongа olib o‘tib ketilgаnligi bilаn bog‘liq mа’lumotlаr mаvjud. Hozirgi kundа Аvg‘oniston hаm qorаko‘l qo‘ylаri yetishtirish vа uni eksрort qilish bo‘yichа jаhondа yirik uch dаvlаtdаn biri bo‘lib, аvg‘on qorаko‘lining vujudgа kelishi аnа shu biz yuqoridа tа’kidlаgаn 400 ming bosh qorаko‘lning аvg‘on tuрrog‘idа mаhаlliylаshtirilishi bilаn bog‘liq edi.
2025-10-31
MEM VA REKLAMA ESTETIKASI: BRENDLAR MEMLARDAN FOYDALANISHDA QAYERDA XATO QILADI?
Ushbu tezisda memlar va reklama estetikasi o'rtasidagi bog'lanish tahlil qilinadi va brendlarning memlardan samarali foydalanishidagi xatolar ko‘rib chiqiladi. Memlar, o‘zining tez tarqalishi va kulgili xususiyatlari bilan, brendlar uchun yangi marketing imkoniyatlari yaratadi, ammo ular noto‘g‘ri ishlatilganda brendning imijiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Teziste memlarning ijtimoiy va madaniy kontekstdagi o‘rni, shuningdek, brendlar tomonidan ular orqali amalga oshiriladigan marketing strategiyalaridagi ehtiyotkorlik va moslashuvchanlik muhimligi ta’kidlanadi. Brendlar, memlardan foydalanganda, ularning identitetiga mos keluvchi, auditoriya bilan samimiy aloqani ta'minlaydigan va ijtimoiy me'yorlarga hurmat bilan yondashishi zarur. Shuningdek, memlar orqali brendning asosiy qadriyatlari va mahsulot xususiyatlari haqida aniq va samimiy xabarlar uzatilishi lozim.
2025-10-31
PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALARNING HUQUQIY ASOSLARI
Ushbu maqola pedagogik dasturiy vositalarning huquqiy asoslarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Unda ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan dasturiy ta’minotning muhimligi, uning huquqiy jihatlari, jumladan, intellektual mulk, litsenziyalash va axborot xavfsizligi masalalari yoritilgan. Mualliflik huquqi, patentlar, dasturiy mahsulotlarni ta’limda ishlatish bilan bog‘liq qonunchilik normalariga ham e’tibor qaratilgan. Shuningdek, ta’lim texnologiyalarining rivojlanishi bilan bog‘liq global tendensiyalar va bu borada milliy qonunchilikning roli muhokama qilinadi. Maqola pedagogik dasturiy vositalarni ishlab chiqish va ulardan foydalanishdagi huquqiy talablarga oid asosiy tushunchalarni ko‘rsatib beradi.
2025-10-31
