«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya va amaliyot» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.

Опубликован: 2024-11-06

MAKTABDAN TASHQARİ TA’LİM MUASSASALARİNİ TASHKİL ETİSH VA ULARNİNG FAOLİYATİ

Ushbu tezisda Maktabdan Tashqari Ta’lim Muassasalarini Tashkil Etish va Ularning Faoliyatihaqida tahlil qilishmaqsadida ilmiy jihatdan ma’lumotlar berilgan.

Ergashbayev Shoxruhbek Shuxratjon o’g’li

4-5

2024-11-06

ENGLISH COLLOCATIONS AND THEIR TYPES

This article studies the types of collocations and their importance in language learning. Moreover, it deals with the literature review done in the topic of classifying collocations into several groups.

Latofat Rustamova

6-8

2024-11-06

TA’LIMDA DIFFERENSIAL YONDASHUVLAR, TALABALAR EHTIYOJLARIGA MOSLASHTIRILGAN O‘QITISH USULLARI

Ushbu maqolada ta'lim jarayonida differensial yondashuvlar va ularning ahamiyati haqida so‘z yuritiladi. Differensial yondashuvlar orqali har bir talabaning bilim darajasi, qobiliyati va qiziqishlariga mos o'quv usullari ishlab chiqiladi. Maqolada talabalarning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda o‘qitishning afzalliklari, o‘quv materiallarini moslashtirish, mustaqil o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish va individual yondashuvning ta'lim sifatini oshirishga qanday hissa qo‘shishi batafsil yoritilgan.

Qodirov Farrux Ergash o’g’li, Fayzullayeva Dilnura Husan qizi

9-13

2024-11-06

ALOHIDA TA'LIM OLISHGA EXTIYOJI BO'LGAN BOLALARDA O'YIN TERAPIYASINI QO'LLANILISHI

Mamlakatimiz o'z mustaqilligini qo'lga kiritgach barcha soxalarda tub islohotlar amalga oshirildi, xususan alohida ta'lim olishga extiyoji bo'lgan bolalar uchun mamlakatimiz prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tashabbuslari bilan PQ 4860-sonli 13.10.2020 yil qabul qilingan qaror asosida Alohida ta'limga extiyoji bo'lgan bolalar uchun inkluziv ta'lim joriy qilindi , unga asosan alohida ta'lim olishga extiyoji bo'lgan bolalar maktablarda oddiy bolalar bilan bir qatorda o'qish imkoniyatiga ega bo'ldilar.

Aliyeva Mohinur G’ani qizi

14-17

2024-11-07

ВЕДЕНИЕ ЖЕНЩИН НА ЭТАПЕ ПРЕДГРАВИДАРНОЙ ПОДГОТОВКИ ПОСЛЕ ОПЕРАТИВНОГО ЛЕЧЕНИЯ С ЭНДОМЕТРИОИД КИСТАМИ ЯИЧНИКОВ

Представлены результаты исследования изменений овариального резерва у пациенток с эндометриозом яичников после оперативного лечения. В исследование было включено 88 пациенток, разделённых на две группы в зависимости от наличия одностороннего или двустороннего поражения яичников. Основными параметрами для оценки овариального резерва были уровень антимюллерова гормона (АМГ) и количество антральных фолликулов (AFC), измеренные до и после операции. Результаты показали значительное снижение овариального резерва у всех пациенток, особенно в группе с двусторонним поражением яичников. Пациентки с односторонним эндометриозом продемонстрировали более быстрое восстановление овариального резерва в течение 12 месяцев после операции. Выводы подчёркивают необходимость индивидуализированного подхода к лечению и разработки щадящих хирургических методик для сохранения репродуктивной функции у пациенток с эндометриозом.

Тожибоева Насиба Фархадовна

18-20

2024-11-07

RANG KOMPONENTLI FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING LINGVAMADANIY XUSUSIYATLARI

Mazkur tezis "Rang komponentli frazeologik birliklarning lingvamadaniy xususiyatlari" mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda rang va frazeologiya o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik va ranglarning turli frazeologik birikmalarda qanday aks etishi tahlil qilinadi. Tezisda, ranglar va ularning madaniy xususiyatlari frazeologik birliklarda qanday tilning ma'no qatlamlarida o‘z aksini topishi, shu bilan birga rang komponentlarining milliy va madaniy kontekstdagi o‘zgaruvchanligi o‘rganiladi. Ranglarning semantik va pragmatik jihatlari, shuningdek, frazeologik birikmalarda ularning til va madaniyatdagi rolini aniqlashga qaratilgan tadqiqotlar yoritiladi. Tezisda o‘zbek va boshqa tillarda ranglarning frazeologik birliklarda ishlatilishi va ularning ma'no qatlamlaridagi farqlar ham ko‘rsatilgan.

Xakimova Sadoqat Dilshodbekovna

21-25

2024-11-07

MAKTABGACHA TA’LIMDA BOSHQARUV MENEJMENTI

Maktabgacha ta’lim ta’lim tizimidagi birinchi va mas’uliyatli bog’in hisoblanadi.Ushbu maqolada maktabgacha ta’limda boshqaruvni to’g’ri tashkil etish, maktabgacha ta’lim tizimiga uni ta’siri, boshqaruvdagi kamchiliklar o’rganiladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim jarayoni samaradorligiga qaratilgan boshqaruv shakllari va usullari o’rganiladi.

Yo’ldosheva Gulira’no Zaripjon qizi

26-27

2024-11-07

TA’LIM JARAYONIDA INNOVATSION MENEJMENTNI JORIY ETISH

Har bir ta’lim tashkilotining asosiy maqsadi sifatli talim bera olishdir. Sifatli ta’lim berish esa tashkilotning boshqarilishiga uzviy bog’liq. Mazkur maqolada ta’lim tashkilotlarida innovatsion menejmentni joriy etish, zamonaviy maktab boshqaruvi, maktab faoliyatiga innovatsion menejmentni ta’siri o’rganiladi. Ta’lim tashkilotining innovatsion boshqarishda muvaffaqiyatga erish uchun shartlari keltirib o’tilgan.

Yo’ldosheva Gulira’no Zaripjon qizi

28-30

2024-11-07

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ZAMONAVIY BANK XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI

tijorat banklari faoliyatini rivojlantirishda zamonaviy bank xizmatlarini joriy etish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada tijorat banklarida zamonaviy bank xizmatlarini kengaytirish, bank faoliyatiga zamonaviy bank xizmatlarini ta’siri, mijozlarga xizmat ko’rsatish usullari, masofaviy bank xizmatlarining rivojlantirish istiqbollari o’rganiladi.

Jurayev Zaripjan Yuldashevich

31-33

2024-11-07

TIJORAT BANKLARIDA KPI TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH

Bank sektorida KPI tizimi o’z vaqtida muammolarni aniqlash va to’g’ri yondashuv orqali bank faoliyatida samaradorlik va raqobatbardoshlikni oshirishga yordam beradi. KPI tizimining afzalligi uni bevosita hodim bilan bog’liqligi hisoblanadi. Ushbu maqolada banklarda KPI tizimini joriy etilishi, KPI tizimini takomillashtirish yo’llari ko’rib chiqiladi.

Jurayev Zaripjan Yuldashevich

34-36

2024-11-07

ONLAYN REKLAMA (INTERNET, IJTIMOIY TARMOQ REKLAMALARI) VA ULARNI HUQUQIY TARTIBGA SOLISH XUSUSIYATLARI

Mazkur tesizda onlayn reklama (internet, ijtimoiy tarmoq reklamalari) va ularni huquqiy tartibga solish xususiyatlari ko`rib chiqiladi. Uning joriy huquqiy holatiga baho beriladi. Shuningdek, onlayn reklamalarni huquqiy jihatdan tartibga solish sohadagi yangi muammolarni hal qilish va isteʻmolchilar va biznesning doimiy himoyasini ta’minlash uchun juda muhim borasida fikr yuritiladi.

Islоmbek Salimоv Bоbir о`g`li

37-39

2024-11-07

“NODIR NEʼMAT”

Ushbu  “Nodir neʼmat” nomli maqolada tut daraxtini  insonlar xayotiga kirib kelishi, tut daraxtidan yasalgan ilk  asboblar xaqida gapiriladi. Bundan tashqari undan olinadigan xomashyo, mevasidan , ildizi dan, bargidan inson organizmi uchun foydali dori-darmonlar, sharbatlar, ipak qurtini boqilishi hamda, shoyi ipak matolar , shuningdek bu daraxtning bizga bergan neʼmatlarini xalq ogʻzaki ijodiyotida namoyon boʻlishi xaqida maʼlumot beradi va yoritadi.

Hikmatilla Gadayev

40-46

2024-11-07

INGLIZ VA O’ZBEK TILLARIDAGI SO’Z BIRIKMALARINING QIYOSIY TIPOLOGIYASI

Ushbu maqola o’zbek va ingliz tilidagi so’z birikmalari va ularning sintaktik bog’lanishini qiyosiy tarzda tahlil qiladi. Shuning, o’zbek va ingliz tilidagi so’z birikmalarining turlari, ularning ega va kesim moslashuvidan farqli jihatlari yoritiladi.

Rustamova Latofat Qobil qizi

47-50

2024-11-08

RАQАMLI АNIMАTSIYАLARNING О‘QUVCHILАRNI ЕKОLОGIK SАVОDXОNLIGIGА TА’SIRI

Rаqаmli аnimаtsiyа murаkkаb еkоlоgik tushunchаlаrni qiziqаrli vа tushunаrli tаrzdа tаqdim еtish оrqаli о‘quvchilаrning еkоlоgik sаvоdxоnligini оshirishdа kuchli vоsitа sifаtidа pаydо bо‘ldi. Ushbu mаqоlа rаqаmli аnimаtsiyаning o’quvchilarni аtrоf-muhit muаmmоlаrini tushunishigа tа'sirini о'rgаnаdi, uning bаrqаrоrlik bilаn bоg'liq tаnqidiy fikrlаsh vа muаmmоlаrni hаl qilish kо'nikmаlаrini rivоjlаntirishgа qаndаy yоrdаm bеrishini о'rgаnаdi. Tаdqiqоt аtrоf-muhit sаvоdxоnligini оshirish uchun rаqаmli аnimаtsiyаdаn fоydаlаnishning аfzаlliklаrini tа'kidlаb, uning mаvhum g'оyаlаrni аniq vа о'zаrо bоg'lаshdаgi rоlini tа'kidlаydi. Vizuаl hikоyа qilishni intеrаktiv еlеmеntlаr bilаn birlаshtirgаn hоldа, rаqаmli аnimаtsiyа nаfаqаt o’quvchilаrning еkоlоgik muаmmоlаrdаn xаbаrdоrligini оshirаdi, bаlki ulаrni bаrqаrоr hаyоtgа hаrаkаt qilishgа undаydi.

Sulаymоnоvа Sаоdаt Usubxоnоvnа

51-53

2024-11-08

A MODERN VIEW OF THE PROBLEM OF REACTIVE ARTHRITIS IN ADULTS

Reactive arthritis (RA) is an inflammatory joint disease that develops as a response to an infection in the body, and the infection itself may not directly affect the joints. Reactive arthritis often occurs a few weeks after a urogenital or intestinal infection.  In recent years, the incidence of sexually transmitted diseases (STDs) has been quite high. According to WHO estimates, 330 million new cases of STDs are registered annually in the world, among which there is a rapid increase in the number of diseases caused by trichomonas, chlamydia, ureaplasmas, mycoplasmas, as well as herpes, human papillomavirus and others.

Ulugbek Pulatov , Shokhrukh Shopulotov

54-57

2024-11-08

AYRIM XORIJIY DAVLATLAR JINOYAT QONUNCHILIGIDA VOYAGA YETMAGANLAR JINSIY DAXLSIZLIGINI MUHOFAZA QILISH MASALALARI

Maqolada ayrim xorijiy davlatlarning qonunchiligida voyaga yetmaganlarni jinsiy tajovuzlardan himoya qilish masalalari tahlil qilinadi. Buning asosida voyaga yetmaganlarga nisbatan qarindoshlari tomonidan yoki farzandlikka oluvchilar, vasiylar, ularni tarbiyalash uchun ishonib topshirilgan shaxslar tomonidan jinsiy jinoyatlarni sodir etishga oid ichki qonunchilikni takomillashtirish zarurligi to'g'risida xulosalar beriladi.

Murodova Aziza Mamadjon qizi

58-62

2024-11-08

ДАВЛАТ ОРГАНЛАРИ ВА ТАШКИЛОТЛАРИДА МАНФААТЛАР ТЎҚНАШУВИНИ БОШҚАРИШ АСОСЛАРИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ МАСАЛАЛАРИ

Мақолада давлат харидлари соҳасидаги манфаатлар тўқнашуви ва қонунбузилиш ҳолатлари ҳақидаги маълумотлар кўриб чиқилган.   Мазкур ҳолатларни бартараф этиш учун вазирлик ва идораларга 30 дан ортиқ тақдимнома киритилган. Шунингдек, манфаатлар тўқнашуви билан боғлиқ муаммоларни тартибга солиш ва олдини олиш мақсадида одоб-ахлоқ комиссиялари ва махсус бўлинмалар фаолияти тўғрисида ҳамда ҳужжатларда манфаатлар тўқнашуви билан боғлиқ ҳолатлар бўйича хулосалар ва таклифлар киритиш, манфаатлар тўқнашуви тўғрисида хабар қилмаган ходимларга жавобгарликка тортиш, шунингдек, манфаатлар тўқнашувининг олдини олиш бўйича қонунчиликка мувофиқ чоралар кўриш тавсия этилган.

Сафаров Т.У.

63-66

2024-11-08

“HAYVONOT OLAMIGA MANSUB MAHSULOTLAR” LEKSIK-SEMANTIK GURUHI

Har qaysi til olamni o’ziga xos usulda ifodalagani sababli tillarning har biri o’ziga xos tarzda “olamning lisoniy manzarasi”ni hosil qiladi. Tillarning “olamning lisoniy manzarasi”ni aks ettirishida xalqning madaniyati, milliylik, qadriyatlari, urf-odat va an’analari muhim rol o’ynaydi. Bu esa, o’rganilayotgan tilning – Olamning lisoniy manzarasini beruvchi madaniy konseptlarini tushunib yetish bilan bog’liqdir.[1] S.A.Arutonovning ta’kidlashicha, taom – madaniyatning shunday moddiy elementiki, unda boshqalariga qaraganda ko’proq milliy qarashlar saqlanib, xalqning o’z milliy xususiyatlari spesifikasi haqidagi farazlari shakllanadi va oson tushuniladi.[2]

Uralova Nigora Abduvaliyevna

67-69

2024-11-09

IMPROVEMENT OF THERMAL INSULATION PROCESSES OF BUILDINGS AND CONSTRUCTIONS - PREPARATION FOR THE WINTER SEASON

The article discusses the plan for preparing buildings and structures for the winter season, focusing primarily on heat supply sources, the repair of heat pipelines, and addressing the deficiencies and malfunctions identified in the heating systems, hot and cold water supply, and other engineering systems from the previous heating season.

I.N. SALIMOVA, ZAHROKHON SAYDAKHMEDOVA

70-71

2024-11-12

KICHIK VA O‘RTA BIZNESNI RIVOJLANTIRISHDA INVESTITSION FAOLLIKNI OSHIRISH: O‘ZBEKISTON-2030 STRATEGIYASINING AHAMIYATI

Ushbu tezisda kichik va o‘rta biznes, uning  rivojlanishida bank investitsiyalarning o‘rni, kichik va o‘rta biznesning O‘zbekistondagi hozirgi kundagi holati va mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanishidagi o‘rni haqida aytib o‘tilgan.

Abdibositova Muxlisa Latoyibxonovna

72-75

2024-11-12

TIBBIYOT YO‘NALISHI TALABALARINI MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYALASHDA QO‘LLANILADIGAN MASOFAVIY TA’LIM TEXNOLOGIYALARI

Mazkur maqolada tibbiyot sohasidagi talabalarni ma’naviy-axloqiy jihatdan rivojlantirishda masofaviy ta’lim texnologiyalarini takomillashtirishning ahamiyati tahlil qilingan. Tibbiyot yo‘nalishidagi talabalarning kasbiy mas’uliyati va axloqiy qadriyatlarini shakllantirishda zamonaviy texnologiyalarning samaradorligi, ularning ta’lim jarayonidagi roli va ular orqali talabalarning shaxsiy rivojlanishiga bo‘lgan ta’siri ko‘rib chiqilgan. Asosiy e’tibor interaktiv ta’lim platformalari, multimedia vositalari va maxsus ishlab chiqilgan mobil ilovalarning (masalan, "Medicon") imkoniyatlariga qaratilgan.

Ergashev Anvar Ramоzаnovich

76-78

2024-11-12

РАДИКАЛЛАШУВ БЕЛГИЛАРИ – ҲИЗБУТ ТАҲРИР МИСОЛИДА

ушбу ишда радикаллашувнинг моҳияти ва унинг ижтимоий-сиёсий ҳаётга таъсирига оид тадқиқотларни ўз ичига олади. Ҳизбут Таҳрир ташкилоти мисолида радикаллашувнинг бошланғич босқичлари, индоктринация жараёни ва аъзоларни янги фикрлашга мойил қилиш усуллари таҳлил қилинган. Тадқиқот натижалари радикаллашувнинг асосий босқичларини, жумладан, гуруҳ ғояларини шахсга сингдириш ва "ҳизбий шахсият"ни шакллантириш жараёнларини аниқлайди. Шунингдек, радикаллашувга қарши кураш чоралари ва экстремистик ғояларга самарали профилактика тадбирларини кучайтиришнинг зарурлиги урғуланади, бу эса ёшларни онгини заҳарловчи таъсирлардан ҳимоя қилишга қаратилган илмий асосларни мустаҳкамлайди.

Элмирзаев Фаррух Йўлчибоевич

79-83

2024-11-13

ZAMAXSHARIY FIQHIY QARASHLARINING XUSUSIYATLARI

Mahmud Zamaxshariy Movarounnahrdan chiqqan buyuk mufassir, mutakallim, faqihdir. Movarounnahrda ilmiy, madaniy va iqtisodiy ahvol tanazzulga yuz tutganida, Mahmud Zamaxshariy ilm-fanni tiklash va tiklashga xizmat qildi, xususan, Qur’on va fiqhda fidoyi olimlar bilan suhbatlashdi. Uning o‘nta asari bugun ma’lum bo‘lib, bu asarlar ustidagi ilmiy izlanishlar to‘xtovsiz davom etmoqda. Bu maqolalar asosan “Ruus al-masail” qo‘lyozmalaridagi Qur’on oyatlaridan foydalanishga yordamchi manba bo‘ladi.

S.S.Saidjalolov

84-86

2024-11-13

AMIRIY LIRIKASIDA NAVOIYGA MUXAMMASLAR

Mazkur maqolada Qo’qon adabiy muhiti ijodkorlari, xususan, Amiriy ijodida muxammas adabiy shaklining o’rni ochib berilgan. Amiriy muxammaslarini yaratishda ustoz salaflari Lutfiy, Fuzuliy, Jomiy, Navoiy g’azallaridan unumli foydalangan. Muxammas shakllarining har ikki turida ijod qilgan Amiriyning taxmislari badiiy jihatdan yetuk namunalar hisoblanadi. Navoiy g’azallariga bog’langan tazmin muxammaslarning vazn, qofiya, badiiy san’at jihatidan tahlillari asosida muxammasnavislik mahorati ochib berilgan.

Dilmurod Asqarov

87-93

2024-11-13

СУРУНКАЛИ БУЙРАК КАСАЛЛИГИ БИЛАН ОҒРИГАН БЕМОРЛАРДА КАМҚОНЛИКНИ ҲУДУДГА БОҒЛИҚ ХУСУСИЯТЛАРИ

Камқонлик касаллиги СБК билан доим ҳамрох бўлиб келган ва клиницистлар томонидан қайд этиб борилган. 1895 йилда Гюго Вилгельм фон Цимссен ёзганидек: “Шуни аниқ айтаманки, сурункали буйрак касалликларида гемоглобин миқдорини тизимли тарзда текшириб бориш худди шу касалликдаги бошқа аҳамиятга эга таҳлиллар қаторида жуда мухим ва долзарбдир ҳамда прогностик метод сифатида тан олинган.” Ҳозирги замонавий тушунчаларга кўра, буйрак генезли камқонлик сурункали буйрак касаллигининг энг эрта ва тез-тез учрайдиган асоратидир ва одатда креатинин клиренсининг 40-60 мл/мин.га (III босқич СБК таснифи бўйича NKF-K\DOQI) камайиши билан кузатилади.

Жуманазаров С.Б.

94-95

2024-11-13

O’ZBEKISTON IQTISODIYOTINI “YASHILLASHTIRISH” ISTIQBOLLARI

Ushbu maqolada ekologiyani asrashning dolzarbligi, atrof-muhitning inson hayotidagi orni va uni muhofaza qilish chora-tadbirlari haqida so’z boradi. Atrof-muhitga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi omillar, ularning oqibatlari hamda har bir shaxsning ekologiyani asrashdagi o’rni yoritiladi.

Azimova Dilnovoz Bahrom qizi

96-100

2024-11-13

ГЛОБАЛЛАШУВ ЖАРАЁНИ ШАРОИТИДА ЁШЛАР ФАОЛЛИГИНИ ОШИРИШ ЙЎЛЛАРИ

Ёшлар маънавий қиёфасида содир бўлган ўзгаришлар мамлакат ичидаги сиёсий вазият барқарорлигини таъминлаш, миллий ва миллатлараро тотувликни сақлаш, инсон ҳуқуқлари ва эркинлигини ҳимоя қилиш, янги жамият барпо этишда глобаллашув жараёнининг ютуқларига таянишга қаратилган кўп қиррали фаолиятда, яқин ўтмишда камситилган миллий муаммоларни ҳал қилишда, хусусан миллий тилни, маданий-маънавий меросни, тарихий хотирани тиклашда ҳам яққол намоён бўлмоқда.

Очилова Нигора Рузимуратовна

101-103

2024-11-14

КРИПТОВАЛЮТЫ: ХАРАКТЕРИСТИКИ, КЛАССИФИКАЦИЯ И ПРАВОВЫЕ АСПЕКТЫ ИХ ПРИМЕНЕНИЯ

Проблематика криптовалют является объектом обсуждения в современных международных организациях, таких как МВФ, Всемирный банк, «Группа семи», «Группа двадцати», ВТО, ОЭСР, БМР, СФС и другие. В статье рассматривается современное обсуждение криптовалют в международных организациях, проводится анализ различных подходов к их интерпретации и классификации, а также предлагается новая авторская интерпретация и классификация. В результате исследования выявлены основные экономические особенности различных видов криптовалют, на основе которых определены основные направления регулирования их оборота на международном уровне и в развитых странах, включая Узбекистан. Исследование проводилось с применением системно-функционального и системно-структурного методов.

Салаев Расул Шавкатович

104-108

2024-11-14

THE ONLINE FORUM AND OTHER E-TOOLS WHICH THEY INCLUDED IN WRITING COMMUNICATIVE FRAMEWORK

There have been numerous approaches to the teaching of writing in the history of language teaching. These writing approaches have evolved with the development of different approaches to teaching in general, which have in turn contributed to the changing role and status of writing.

Sh. Seytnazarova

109-111

2024-11-15

BO’LАJАK РЕDАGОGLАR UCHUN RЕFLЕKTIV O’QISH VА YОZISH KO’NIKMАLАRINI RIVОJLАNTIRISH

Rеflеktiv o’qish vа yоzish ko’nikmаlаri bo’lаjаk o’qituvchilаr uchun muhim аhаmiyаtgа еgа, chunki ulаr chuqurrоq tushunish, tаnqidiy fikrlаsh vа o’z-o’zini аnglаshni rivоjlаntirаdi. Ushbu mаqоlа bu ko’nikmаlаrni rivоjlаntirish strаtеgiyаlаrini o’rgаnаdi, ta’lim аmаliyоtidа аks еttirishning rоlini ta’kidlаydi. Mulоhаzа yurituvchi o’qish bilаn shug’ullаnib, bo’lаjаk o’qituvchilаr mаtnlаrni yuzаki tushunishdаn tаshqаri tаhlil qilishni o’rgаnаdilаr, аks еttiruvchi yоzish еsа ulаrni tushunchаlаrni ifоdа еtishgа, nаzаriyаni аmаliyоt bilаn bоg’lаshgа vа o’qitishgа nisbаtаn o’z nuqtаi nаzаrini hisоbgа оlishgа undаydi.

Xоjаyеvа Mаlikаxоn Nоsirjоn qizi

112-114

2024-11-15

СOMMON CATEGORIES OF MARKERS AND EXAMPLES OF DISCOURSE MARKERS

Маркеры дискурса — это слова или фразы, используемые для руководства и организации устной или письменной коммуникации. Они помогают сигнализировать о связях между идеями, обозначать переходы или управлять разговорами. В этой статье вы найдете некоторые общие категории маркеров дискурса вместе с примерами.

Sadokat Safoyeva

115-117

2024-11-15

PRUNUS PERSICA (L.) BATSCH. БАРГИНИ ЯЛЛИҒЛАНИШГА ҚАРШИ ТАЪСИРИ

Маълумки, шифобахш ўсимликлар таркибида инсон организми зарур бўлган биологик фаол моддалар мавжуд.  Prunus persica (L.) Batsch. шундай  шифобахш ўсимликлар қаторига кириб, унинг таркибида флавоноидлар, аминокислоталар, макро- ва микро элементлар ва витамин В гуруҳи борлиги аниқланган. Оддий шафтоли барги организмнинг тонусини оширувчи ва  яллиғланишга қарши таъсирларга эга эканлиги адабиёт манбаларида келтирилган.

Абдурасулиева Г.М. , Фарманова Н.Т., Бердимбетова Г.Е.

118-119

2024-11-18

SIRDARYO VILOYATIDA UZUM HOSILINI QURITISHNI TASHKIL ETISH

Bugungi  kunda rivojlanib borayotgan yurtimizda qishloq xo‘jaligi sohasiga  katta e’tibor qaratilmoqda. Xususan, Sirdaryo viloyatida ham uzumchilikka va ularni hosilini quritish chora tadbirlari amalga oshirilmoqda. Uzumchilik respublikamiz qishloq xo‘jaligining qadimiy serdaromad  tarmoqlaridan biri sanaladi. Uzumning quritiladigan navlari hamda mayizlarning sifati  kop jihatdan xom ashyoga bog’liq boladi. Talablarga hamda ularni eksport qilish uchun ham javob beradigan uzumning quritishbop yaxshi navlarini quritish maqsadga muvofiqdir. Maqolada uzumni quritish usullari va ushbu sohadagi kamchiliklar to‘g‘risida so‘z yuritilgan.

Abdurazoqova M.B., Bozorboyeva M.A.

120-123

2024-11-18

KALLA SUYAK NOMLARINING ÔZBEK VA LOTIN TILLARIDA QIYOSSIY TAHLILI

Maqolada xorijiy til o’qitishning eng muhim “til tajribasi” metodini afzallik tomonlari va foydalanish o’rni vaqti hamda kutiladigan natijalar pedagogik ish tajribalarimdan va ilmiy – nazariy, ilmiy – amaliy yozishmalarning teran xulosalaridan kelib chiqib, mazkur metodni Respublikamiz Tibbiy oliygohlarida lotin kasbiy tilni o’qitish, o’rganishga samaradorligini asoslovchi fikr- mulohazalarni tasdiqlovchi misollar yordamida yozma bayon etishga harakat qilindi.

Sabirova Sabina Olimovna

124-125

2024-11-18

ANALYSIS OF THE REFLECTION ON THE DEFECTS OF THE SOCIETY IN’’OLIVER TWIST’’ BY CHARLES DICKENS

This article is devoted to the reflection of   social problems of that time in the work of “Oliver Twist «by Charles Dicken. In “Oliver Twist “children are presented as powerless. There is nothing they can do in society so they have no chance but to steal. Whilst at the same time the rich people can do whatever they want and live well.

Khayrullayeva Nodira, Uzoqova Saodat

126-130

2024-11-18

ISITISH UCHUN VODOROD GENERATORIDAN FOYDALANISH

Texnologiyaning rivojlanishi klassik yog'och pechkalarni qozon agregatlari bilan almashtirishga olib keldi. Yonilg'i sifatida o'tin va ko'mirdan tashqari gaz, neft, dizel yoqilg'isi va hatto elektr energiyasi ishlatila boshlandi. Yaqinda avtonom isitish tizimlari uchun energiya qo'shimcha ravishda quyosh panellari va geotermal qurilmalar yordamida qo'lga kiritildi. Vodorodning bitmas-tuganmas energiya manbai ekanligini hisobga olsak, ekologik toza yoqilg'i ishlab chiqarish uchun o'z qo'llaringiz bilan vodorod generatorini yig'ishga harakat qilishingiz  mumkin.

Djurayev Xushvaqt Urazdavlyatovich

131-136

2024-11-19

“ЦИФРОВИЗАЦИЯ В УПРАВЛЕНИИ КАДРАМИ: ОРГАНИЗАЦИОННО-ЭКОНОМИЧЕСКИЙ МЕХАНИЗМ ФОРМИРОВАНИЯ КОМПЕТЕНЦИЙ ГОССЛУЖАЩИХ УЗБЕКИСТАНА”

Работа посвящена этапам развития управленческих компетенций государственных служащих в условиях цифровизации. Анализ системы подготовки кадров в Узбекистане выявил ключевые аспекты и необходимость внедрения организационно-экономического механизма на основе больших данных и автоматизации. Предложены этапы реализации механизма, направленные на повышение профессионального уровня госслужащих и качества государственного управления.

Сарвар Саидов Хайруллоевич

137-140

2024-11-19