«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya: Nazariy va amaliy izlanishlar» is a national online conference with open access, where review abstracts related to various fields are published. The main goal is to offer an intellectual platform for national scientists, and it aims to promote interdisciplinary research. All manuscripts should be prepared in Uzbek, English or Russian.
Published: 2025-12-02
Articles
BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASHNING AFZALLIKLARI
Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalarni qo‘llashning afzalliklari yoritilgan. Interaktiv vositalar, elektron darsliklar, multimediya materiallari va onlayn platformalar yordamida dars samaradorligini oshirish, o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, kreativlik va raqamli savodxonlikni rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilingan.
2025-11-30
PEDAGOGIKADA GENDER TENGLIGINI TA’MINLASH MASALALARI
Mazkur maqolada pedagogik jarayonda gender tengligini ta’minlashning nazariy asoslari, ta’lim tizimiga ta’sir etuvchi gender stereotiplari, o‘quv jarayonida tenglikni buzuvchi omillar hamda genderga sezgir pedagogika tamoyillari tahlil qilingan. Shu bilan birga, o‘quvchilar faolligi, baholash jarayonidagi adolatlilik, darsliklardagi gender tasvirlari, o‘qituvchilarning gender kompetensiyasiga doir ilmiy manbalar asosida xulosalar berilgan. Tadqiqotda gender tengligini ta’minlashga oid xalqaro tavsiyalar, davlat siyosati va amaliy mexanizmlar o‘rganilib, zamonaviy ta’lim uchun zarur bo‘lgan yondashuvlar ishlab chiqilgan.
2025-11-30
TALABALARDA AXLOQIY QADRIYATNI SHAKLLANTIRISH
Ta’lim jarayonida axloqiy qadriyatlarni shakllantirish jarayonini muhokama qilishda avvalo axloq tushunchasining murakkab ilmiy tahlili zarur. Axloq, keng ma’noda, kishilar munosabatlarida, jamiyat hayotida qabul qilingan odob-ahloq normalari majmuidir. Jamiyatda axloq ko‘plab omillarga suyanadi. Turli madaniyatlarda u har xil shaklda namoyon bo‘ladi, biroq fundamental qadriyatlar, xususan, adolat, insof, mehr-shafqat, oilaviy an’analar va jamoaviy munosabatlar kabi asoslar universal ahamiyatga ega. Talaba shaxsida mana shu universal tamoyillar bilan milliy madaniyatga xos jihatlar uyg‘unlashganda, aniq bir axloqiy tayanch barpo etiladi.
2025-11-30
VIRTUAL MAKONNING PEDAGOG SHAXSIGA TA’SIRI
Jаmiyаtdаgi virtuаllаshuv jаrаyоnlаri glоbаlllаshuv jаrаyоnlаri bilаn pаrаllel vа uzviy rаvishdа dаvоm etаdi. Virtuаl iqtisоdiyоt, virtuаl vаlyutа, virtuаl mаhsulоt vа bоshqа misоllаr virtuаl texnоlоgiyаlаrning keyingi vаqtdа sаlmоg‘i оrtib bоrаyоtgаnidаn dаlоlаt berаdi. Virtual talimning, shuningdek, umuman insonni tarbiyalashning asosiy maqsadi - insonning real dunyoda o‘z taqdirini, shu jumladan virtual tarkibiy qismini aniqlash va unga erishishdir.
2025-11-30
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA MATEMATIK TASAVVURLAR RIVOJLANISHINING PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI
Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlar rivojlanishining psixologik-pedagogik xususiyatlari, hamda 3–7 yoshli bolalarning umumiy psixologik rivojlanish bosqichlari haqida fikr yuritilgan.
2025-11-30
INGLIZ TILI DARSLARIDA “FLIPPED CLASSROOM” MODELI ASOSIDA DIALOGIK NUTQNI SHAKLLANTIRISH TAJRIBASI
Ushbu maqolada ingliz tili darslarida “flipped classroom” (teskari sinf) modeli yordamida dialogik nutq ko‘nikmalarini shakllantirish tajribasi ilmiy-nazariy tahlil qilingan. Jahon tajribasi va ilmiy tadqiqotlar tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, darsdan oldin o‘quvchilarga mustaqil o‘zlashtirish uchun taqdim etiladigan nazariy material va dars vaqtida amalga oshiriladigan interfaol mashg‘ulotlar o‘quvchilar muloqotga kirishish malakasini sezilarli darajada oshiradi. Maqolada flipped classroom modelining mohiyati, uni tatbiq etish bosqichlari, xorijiy va mahalliy tadqiqotlarda aniqlangan samaralari hamda uchraydigan muammolar yoritilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, mazkur innovatsion yondashuv o‘quvchilarning og‘zaki nutq faolligini oshirish, muloqot kompetentsiyasini rivojlantirish hamda o‘qitishning samaradorligini yuksaltirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, ushbu modelni muvaffaqiyatli qo‘llash uchun o‘qituvchilarning puxta tayyorgarligi, o‘quvchilarning mustaqil o‘qishga tayyorligi va texnik bazaning mavjudligi kabi omillar muhokama qilinadi.
2025-11-30
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI RIVOJLANISHIDA IJTIMOIY MUHITNING TA’SIRI
Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama rivojlanish jarayonida ijtimoiy muhitning o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Bolaning shaxs sifatida shakllanishida oilaviy tarbiya, tengdoshlari bilan munosabatlar, pedagogik muassasa muhiti hamda jamiyatning madaniy-ma’naviy qadriyatlari asosiy omillar sifatida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda ijtimoiy muhitning bolaning nutq, emotsional, axloqiy, ijtimoiy-ko‘nikma va tafakkur rivojlanishiga ko‘rsatadigan bevosita ta’siri yoritiladi. Shuningdek, qulay ijtimoiy muhit yaratishning pedagogik shart-sharoitlari, tarbiyachi va ota-onalarning hamkorligi, bolalarda ijobiy ijtimoiy tajriba shakllantirishga xizmat qiluvchi metodlar tahlil qilinadi. Ushbu annotatsiya mavzuning nazariy asoslari va amaliy ahamiyatini aks ettirib, maktabgacha ta’lim tizimi mutaxassislari uchun qo‘llanma sifatida xizmat qiladi.
2025-11-30
GROUP DISCUSSIONS AS A TOOL FOR BOOSTING EFL LEARNERS’ SPEAKING CONFIDENCE
This study investigates the role of group discussions as an effective tool for enhancing the speaking confidence of EFL (English as a Foreign Language) learners. It explores how structured and collaborative group interactions can help students overcome speaking anxiety, improve their fluency, and develop essential oral communication skills. The research examines various strategies for organizing group discussions in the classroom, such as role assignments, topic-based debates, and peer feedback, to encourage active participation and meaningful language use. The study also considers the psychological and social benefits of group discussions, including increased motivation, self-esteem, and cooperative learning skills, highlighting their importance in creating a supportive and interactive language learning environment
2025-11-30
BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA O‘QUV LUG‘ATLARIGA BO‘LGAN EHTIYOJ
O‘quv lug‘ati paydo bo‘lganidan beri leksikograflarni uning alohida leksikografik janr sifatida ajratib turadigan xususiyati, tasnifiy belgilari masalasi qiziqtirib kelgan. Bu savolga birinchi marta S.G.Barxudarov va L.A.Novikovning 1971-yilda nashr etilgan "O‘quv lug‘ati qanday bo‘lishi kerak?" deb nomlangan maqolasida javob beriladi. Keyinchalik, 1974-yilda, L.A.Novikovning "Russkiy yazыk v natsionalnoy shkole" jurnalining birinchi sonida bosilgan "O‘quv lug‘ati, uning spetsifikasi va turlari" deb nomlangan maqolasida o‘quv lug‘ati spetsifikasi va uning asosiy turini ajratish masalalari yoritilib beriladi. Shuningdek, jahon o‘quv leksikografiyasi nazariyotchilari J.Dyubua, G.Matore, Y.Malkil, P.N.Denisov, V.V.Morkovkin, V.G.Gak, M.A.Skopina va boshqalarning ishlarida ham ushbu masala to‘liqroq yechimini topadi.
2025-11-30
