«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya: Nazariy va amaliy izlanishlar» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.
Опубликован: 2025-12-20
Статьи
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA TA’LIM BERISHDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV
Mazkur maqolada tarbiya va ijtimoiy tarbiya tushunchalarining mazmun-mohiyati yoritilgan. Tarbiyaning shaxs kamolotidagi o‘rni, uning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati hamda ijtimoiy tarbiyaning shaxsni jamiyat hayotiga moslashtirishdagi roli tahlil qilingan. Shuningdek, tarbiya jarayonining asosiy subyektlari va ijtimoiy muhitning ta’siri ochib berilgan.
2025-12-19
“BARRIERS THAT ARISE IN THE COMMUNICATION AND STRATEGIES TO OVERCOME THEM.”
Effective communication is essential for personal, academic, and professional interactions. This article examines the major barriers to communication, including psychological, physical, physiological, linguistic, cultural, generational, attitudinal, and organizational obstacles. It also highlights practical strategies such as simple language use, emotional awareness, proper body language, and mobile-first communication to overcome these barriers and improve clarity, understanding, and efficiency.
2025-12-19
EXPLANATION OF THE TERM “INTENSIVE READING”
Intensive reading is a focused reading approach that involves careful analysis of short, challenging texts to achieve deep comprehension and accuracy. This article explains the concept of intensive reading, its importance, and its benefits, including vocabulary expansion, grammar mastery, and improved comprehension. It also briefly contrasts intensive reading with extensive reading, highlighting the value of both methods in language learning.
2025-12-19
BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA BILIMLARNI BAHOLASHNING ILMIY ASOSLARINI SHAKLLANTIRISH
Zamonaviy ta’lim tizimining asosiy maqsadi — har bir shaxsning intellektual, ijodiy va ijtimoiy salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishdir. Bu jarayonda bilimlarni baholash tizimi markaziy o‘rin tutadi, chunki aynan baholash orqali o‘quvchi yoki talabaning o‘zlashtirish darajasi, rivojlanish yo‘nalishi va o‘qituvchining metodik yondashuvi samaradorligi aniqlanadi. Bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlash jarayonida esa baholashning ilmiy asoslarini chuqur egallash alohida ahamiyatga ega, chunki bu kelajakda ular tomonidan yaratiladigan ta’lim muhiti sifatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
2025-12-19
NOINERSAL SANOQ SISTEMASI, INERSIYA KUCHLARI
Ushbu maqola klassik mexanikada muhim o‘rin tutuvchi noinersial sanoq sistemalari va ularda namoyon bo‘ladigan inersiya kuchlarining nazariy asoslarini chuqur tahlil qilishga bag‘ishlangan. Inersial va noinersial sanoq sistemalari tushunchalari solishtirma tarzda yoritilib, noinersial sanoq sistemalarida Nyutonning ikkinchi qonunini qo‘llashda yuzaga keladigan muammolar asoslab beriladi. Mazkur muammolarni bartaraf etish maqsadida kiritiladigan inersiya kuchlarining fizik mohiyati, ularning matematik ifodalari va harakat tenglamalaridagi o‘rni keng yoritiladi.Maqolada markazdan qochma kuch, Koriolis kuchi hamda sanoq sistemasining o‘zgaruvchan tezlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan inersiya kuchlarining kelib chiqish sabablari batafsil tushuntiriladi. Ushbu kuchlarning aylanuvchi va tezlanayotgan sistemalarda jismlar harakatiga ta’siri aniq misollar orqali ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, Yer bilan bog‘liq noinersial sanoq sistemasi doirasida atmosferadagi havo oqimlari, okean oqimlari, snaryadlar harakati va texnik qurilmalarda kuzatiladigan jarayonlar tahlil qilinadi.Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, noinersial sanoq sistemalarida inersiya kuchlarini hisobga olmasdan turib jismlarning real harakatini to‘g‘ri tavsiflab bo‘lmaydi. Ushbu mavzu mexanika, fizika, muhandislik fanlari hamda astronomiya sohalarida muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, maqola oliy ta’lim muassasalari talabalari va yosh tadqiqotchilar uchun foydali manba bo‘lib xizmat qiladi.
2025-12-22
TEXNIKA YO‘NALISHIDA IOT FANINI O‘QITISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH
Mazkur maqolada texnika yo‘nalishida Internet of Things (IoT) fanini o‘qitishda interfaol ta’lim metodlaridan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari yoritib berilgan. Zamonaviy raqamli texnologiyalar sharoitida IoT fanining ahamiyati, uning fanlararo xususiyati hamda ushbu fanni samarali o‘qitish zarurati asoslab berilgan. Maqolada interfaol metodlarning mohiyati, turlari va ularning IoT fanini o‘qitish jarayoniga tatbiq etish mexanizmlari batafsil tahlil qilingan. Loyiha asosida o‘qitish, muammoli ta’lim, keys-stadi, guruhli ishlash, laboratoriya mashg‘ulotlari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish kabi metodlarning afzalliklari ochib berilgan. Shuningdek, IoT fanini o‘qitishda yuzaga keladigan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqot natijalari texnika oliy ta’lim muassasalari va kasb-hunar ta’limi tizimida IoT fanini o‘qitish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
2025-12-22
YANGI O’ZBEKISTON PREZIDENT SH. M. MIRZIYOYEV RAHBARLIGI VA TASHABBUSI OSTIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR
Ushbu maqolada Yangi O‘zbekistonni barpo etish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahbarligi va tashabbusi ostida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy islohotlarning mazmun-mohiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda “Inson qadri uchun” tamoyilining davlat siyosatidagi ustuvor o‘rni, davlat boshqaruvida ochiqlik va xalq bilan muloqot mexanizmlarining joriy etilishi, sud-huquq tizimi, ta’lim, iqtisodiyot hamda ijtimoiy sohalarda olib borilayotgan tub yangilanishlar yoritilgan. Shuningdek, Yangi O‘zbekiston konsepsiyasining jamiyat taraqqiyoti va barqaror rivojlanishdagi ahamiyati ilmiy-ommabop yondashuv asosida asoslab berilgan. Maqola natijalari Yangi O‘zbekiston islohotlarining jamiyat hayotiga ijobiy ta’sirini ko‘rsatishga xizmat qiladi.
2025-12-22
SOʻZ TARKIBI. ASOS VA QOʻSHIMCHALAR
Maqola o‘zbek tili morfologiyasida so‘z tarkibining asosiy unsurlari – asos va qo‘shimchalarga bag‘ishlangan. So‘zning ichki tuzilishi, asosning turlari (ildiz va undan hosil bo‘lgan asos), qo‘shimchalarning yasovchi va shakllantiruvchi turlari tahlil qilinadi. Adabiyotlar tahlili va misollar asosida o‘zbek tilining agglyutinativ xususiyati ko‘rsatiladi. Maqolada asos va qo‘shimchalarning o‘zaro munosabati, so‘z yasash jarayonidagi roli va zamonaviy tilshunoslikdagi o‘rni muhokama qilinadi.
2025-12-22
TRIGEMINAL NEVRALGIYA: KASALLIKNING SABABLARI VA RIVOJLANISH OMILLARI
ushbu maqolada trigeminal nevralgiya (TN)ning etiologiyasi, patogenezi va rivojlanish mexanizmlariga ilmiy yondashuv asosida keng qamrovli tahlil berilgan. Kasallikning paydo bo‘lishida asosan trigeminal nervning mikrokompressiyasi, markaziy sensizitatsiya jarayonlari, mielin qavatining degenerativ o‘zgarishlari hamda nevrovaskulyar konfliktning o‘rni alohida ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, TNning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi tashqi va ichki omillar, yoshi bilan bog‘liq neyrodegenerativ jarayonlar, yallig‘lanish mediatorlari va genetik moyillikning roliga ilmiy asoslangan izohlar beriladi.
2025-12-22
YOSH BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISHDA PSIXOLINGVISTIKANING O‘RNI VA AHAMIYATI
Har qanday til psixolingvistik ta’lim lisoniy birliklarning kodlanishi va dekodlanish ko‘nikmalariga qaratilar ekan, mazkur jarayonni to‘g‘ri anglash va o‘quvchilarning ko‘rsatkichlarini mos ravishda baholash, shu orqali dars samaradorligini ta'minlash uchun psixolingvistik bilim zarur bo‘ladi va psixolingvistikaga e’tibor qaratiladi. Taraqqiy etib kelayotgan har bir sohada yildan yilga yangi yutuqlarga erishib kelinmoqda. Ta’lim sohasi ham ma’lum bir pog‘onalardan o‘tib hozirgi yutuqlarga erishilgan. Hozirgi ta’lim bilan 20-19 asr ta’lim tizimining ham o‘ziga yarasha bir nechta asoslar bilan farqlanadi. Aniq manbalarga tayanib shuni aytish mumkinki, psixolingvistika uzoq 60 yil muqaddam AQSH da paydo bo‘lgan.
2025-12-22
SHARQ UYG‘ONISH DAVRI PEDAGOGIK MEROSINI YOSHLARDA IJODIY TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISH OMILI SIFATIDA O‘RGANISH
Bugungi kunda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar yosh avlodni nafaqat bilimli, balki mustaqil fikrlovchi, ijodkor va yuksak ma’naviyatli shaxs sifatida tarbiyalashni ustuvor vazifa etib belgilamoqda. Global axborot oqimi, raqamli texnologiyalar va madaniy integratsiya jarayonlari yoshlar dunyoqarashiga kuchli ta’sir ko‘rsatayotgan bir sharoitda ta’lim mazmunining milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayanishi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Shu nuqtayi nazardan, Sharq uyg‘onish davri allomalari tomonidan yaratilgan pedagogik ta’limotlar bugungi ta’lim tizimi uchun muhim nazariy va amaliy manba sifatida dolzarb hisoblanadi.
2025-12-22
CORPUS TOOLS AND SOFTWARE: OVERVIEW AND APPLICATIONS
Corpus linguistics has become a central methodology in modern linguistic research, supported by the rapid development of corpus tools and software. These tools enable linguists to analyze large collections of authentic language data efficiently and systematically. However, the reliability of corpus-based findings depends not only on analytical tools but also on fundamental design principles, particularly sampling and representativeness. This article provides an overview of major corpus tools and software, examines their applications in linguistic research, and offers an analytical discussion of sampling and representativeness in corpus construction. It argues that technological sophistication cannot compensate for poorly designed corpora and that methodological decisions in corpus design are crucial for ensuring valid and generalizable linguistic insights.
2025-12-22
RAQAMLI LOYIHAVIY TA’LIM TEXNOLOGIYASI ASOSIDA BO‘LAJAK MUHANDISLARNING AMALIY-TADQIQOT KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI
Mazkur maqolada bo‘lajak muhandislarning amaliy-tadqiqot kompetensiyalarini rivojlantirishda raqamli loyihaviy ta’lim texnologiyasining metodik imkoniyatlari yoritilgan. Tadqiqotda kompetensiyaviy yondashuv, loyiha asosida o‘qitish hamda raqamli ta’lim muhitining integratsiyasi asosida metodik model ishlab chiqilgan. “Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi” fani misolida talabalarning amaliy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bosqichlari, raqamli vositalardan foydalanish mexanizmlari va ularning samaradorligi tahlil qilingan. Tajriba-sinov natijalari raqamli loyihaviy ta’lim texnologiyasi talabalarning tahliliy fikrlashi, muammo yechish va tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini tasdiqladi.
2025-12-22
TAʼLIM TURLARI VA TAʼLIMNI TASHKIL ETISH SHAKLLARI
Ushbu maqolada taʼlim turlari va taʼlimni tashkil etish shakllari xususida soʻz yuritiladi. Oʻtmishda taʼlim qanday shakllantrilgan, qay tarzda tashkil etilgan, taʼlim berishdagi muhim qonuniyatlar nimalardan iborat ekanligini haqida toʻxtalib oʻtamiz. Tarixda taʼlim berish qanday boʻlganligi, davrlar mobaynida qay tarzda oʻzgarganligi va rivojlanganligi haqida gaplashamiz.
2025-12-22
SEMANTIC FUNCTION OF SPEECH SOUNDS AND PHONEMES
This article explores the semantic function of speech sounds and phonemes from the perspective of modern linguistic theory. The research is based on structural, functional, and phonosemantic approaches and aims to clarify the role of phonemes in meaning differentiation and interpretation. Although phonemes are traditionally regarded as units without independent meaning, the study demonstrates that they perform an essential semantic function by distinguishing lexical and grammatical meanings. The article analyzes scholars’ views on the relationship between sound and meaning and highlights the significance of sound symbolism and phonosemantics. Descriptive, analytical, and comparative methods are employed to reveal the indirect yet fundamental contribution of phonemes to semantic organization in language.
2025-12-22
THE VERB: ITS STRUCTURAL AND SEMANTIC TYPES, AND THE THEORY OF ITS GRAMMATICAL CATEGORIES (NUMBER, PERSON, MOOD)
This article presents an expanded and detailed analysis of the verb in modern English. It explores its structural and semantic classifications, emphasizing their role in understanding language organization. Special attention is given to the theoretical interpretation of grammatical categories—number, person, and mood—highlighting how these categories shape the morphosyntactic behavior of verbs. The study draws on classical and contemporary linguistic theories, offering a deeper insight into the nature and functioning of the English verb.
2025-12-22
O’SMIRLARDA ISHONCH HISSI VA ISHONCHSIZLIKNING IJTIMOIY- PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Ushbu maqolada o‘smirlarda ishonch hissi va ishonchsizlikning shakllanish mexanizmlari, ularning psixologik ildizlari hamda ijtimoiy omillar ta’siri chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqotda o‘smirlik davrida shaxsning o‘ziga, atrofdagilarga va jamiyatga bo‘lgan ishonchi barqaror psixologik rivojlanishning muhim ko‘rsatkichi ekanligi asoslanadi. Shuningdek, oiladagi tarbiya uslubi, tengdoshlar bilan munosabatlar, shaxslararo kommunikatsiya sifati va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlovning yetarliligi ishonch yoki ishonchsizlikning asosiy determinatlari sifatida ko‘rib chiqiladi. Maqolada o‘smirlarda ishonchsizlikning shakllanishiga olib keluvchi xavf omillari va ularni yumshatish bo‘yicha psixologik tavsiyalar ham berilgan.
2025-12-22
TRADITIONAL AND MODERN TEACHING METHODS
this article about effectiveness of foreign language teaching largely depends on the methods and technologies applied in the classroom. Over time, language teaching methodologies have evolved from traditional teacher-centered approaches to modern learner-centered and technology-enhanced methods. This article explores the key characteristics of traditional and modern teaching methods in foreign language education, highlighting their advantages, limitations, and relevance in contemporary pedagogy. The study also emphasizes the role of educational technologies in improving language learning outcomes and learner motivation.
2025-12-22
SHAXSDA HAYOTNI REJALASHTIRISH TUSHUNCHASINING PSIXOLOGIK TALQINI
Hayotni rejalashtirish ilmiy muammo sifatida hozirgi zamon psixologiyasida hali uncha uzoq tarixga ega emas. Shunga qaramay, ushbu hodisa bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarning faolligi va mazmundorligi uning psixologiya fanining turli tarmoqlarining amaliy va amaliy yo‘naltirilgan vazifalarini hal qilish uchun dolzarbligi va ahamiyatini ko‘rsatadi.
2025-12-22
TA’LIMDA INTERAKTIV AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING O‘RNI
Ushbu maqolada interaktiv axborot texnologiyalarining ta’lim jarayonidagi o‘rni va pedagogik samaradorlikka ta’siri ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda elektron ta’lim platformalari, virtual laboratoriyalar, simulyatsiyalar va onlayn testlarning o‘quvchilarning bilim olish, tanqidiy fikrlash va ijodiy yondashuv ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi roli ko‘rib chiqilgan. Maqolada pedagogik strategiyalar, axborot xavfsizligi va etik jihatlar ham yoritilgan. Natijalar ta’lim muassasalarida interaktiv texnologiyalarni samarali integratsiya qilish bo‘yicha tavsiyalar beradi.
2025-12-23
TA’LIM JARAYONIDA KIBERXAVFSIZLIK KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH
Maqolada ta’lim jarayonida kiberxavfsizlik ko‘nikmalarini shakllantirishning nazariy va amaliy masalalari tahlil qilingan. Tadqiqotda pedagogik, texnik, tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlar orqali ko‘nikmalarni rivojlantirish yo‘llari yoritilgan. Natijalar o‘quvchilarning xavfsiz ishlashini ta’minlash va ta’lim jarayonining sifatini oshirishga amaliy ahamiyatga ega.
2025-12-23
AMALIYOT DAVOMIDA O‘QUVCHILARNING MATEMATIK TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHDAGI QIYINCHILIKLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH YO‘LLARI
Ushbu maqolada amaliyot jarayonida o‘quvchilarning matematik tafakkurini rivojlantirishda uchraydigan asosiy qiyinchiliklar va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida o‘quvchilarning matematik bilimlarni amaliy faoliyat bilan bog‘lay olish ko‘nikmasi, mantiqiy fikrlash, tahlil va umumlashtirish qobiliyatlari yetarli darajada shakllanmagani aniqlangan. Mazkur holatga ta’sir etuvchi omillar sifatida o‘qitish metodikasining bir xilligi, dars jarayonida interfaol usullardan yetarlicha foydalanilmasligi hamda o‘quvchilarning mustaqil fikrlashga rag‘batining pastligi ko‘rsatilgan. Maqolada matematik tafakkurni rivojlantirish uchun innovatsion pedagogik texnologiyalar, muammoli o‘qitish, loyihaviy faoliyat, o‘yinli metodlar va axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish taklif etiladi.
2025-12-23
ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANIB MATEMATIKA FANINI O‘QITISHNING SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Ushbu maqolada matematika fanini o‘qitishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishning afzalliklari, ta’lim samaradorligiga ta’siri va o‘quvchilarning mantiqiy hamda ijodiy tafakkurini rivojlantirishdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, interaktiv platformalar, vizual dasturlar va raqamli vositalar orqali darslarni tashkil etishning amaliy usullari tahlil qilinadi.
2025-12-23
HOW LEARNERS PROCESS TEXT, AUDIO AND PICTURES
This study explores how learners process information presented in three different modes: text, audio, and pictures. Drawing on cognitive psychology and multimedia learning theories, the research examines the effects of each input mode on comprehension, memory retention, and learner engagement. Using a mixed-method approach, learners were exposed to text-only, audio-only, and multimodal instructional materials. The findings indicate that multimodal input, when designed according to cognitive principles, significantly enhances understanding and recall compared to single-mode instruction. The study highlights the importance of balancing verbal and visual information to reduce cognitive load and support meaningful learning. The results offer practical implications for instructional design and classroom teaching, particularly in multimedia and language-learning contexts.
2025-12-24
DEVELOPING GRAMMATICAL ACCURACY THROUGH EXERCISE
This study explores how grammatical accuracy is a fundamental aspect of second language acquisition, enabling learners to communicate clearly and effectively. While fluency emphasizes speed and expression, accuracy ensures clarity and precision in both spoken and written forms. This article explores the role of various exercises in enhancing grammatical accuracy. It discusses controlled, guided, and free-production activities that scaffold learning from rule-based practice to meaningful communication. The article also highlights strategies for teachers to integrate grammar exercises effectively, emphasizing contextualization, feedback, and repetition. Findings suggest that systematic practice, combined with communicative tasks, enhances learners’ understanding, retention, and application of grammatical rules.
2025-12-24
THE BENEFITS OF COMPREHENSION QUESTIONS IN LANGUAGE LEARNING
This article about comprehension questions are an essential tool in reading and language instruction, providing learners with opportunities to engage deeply with texts. They serve multiple purposes: assessing understanding, promoting active engagement, encouraging critical thinking, and facilitating language development. By prompting learners to recall, analyze, and interpret information, comprehension questions help develop both cognitive and linguistic skills. They can be designed at various levels, ranging from literal questions that check factual understanding to inferential and evaluative questions that stimulate higher-order thinking. Moreover, comprehension questions support vocabulary acquisition, grammatical accuracy, and the ability to articulate ideas effectively. This article examines the benefits of comprehension questions, categorizes their types, and discusses their role in enhancing learners’ reading.
2025-12-24
METHODS AND PRINCIPLES OF FOREIGN LANGUAGE TEACHING
This article analyzes the main methods and principles of foreign language teaching. It highlights traditional and modern approaches, including grammar-translation, direct, audiolingual, and communicative methods. The paper also discusses key teaching principles such as consciousness, consistency, visibility, and communicative orientation. The study emphasizes the importance of applying effective methods and principles to improve learners’ language competence and communication skills.
2025-12-25
MEDIA TA’LIM VOSITALARI ASOSIDA BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH TA’LIM O‘QITUVCHILARINI KREATIV FAOLIYATGA TAYYORLASH TIZIMI
Mazkur maqolada media ta’lim vositalari asosida bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarini kreativ faoliyatga tayyorlash tizimining pedagogik va metodik asoslari yoritilgan. Tadqiqotda media ta’lim, kreativ kompetensiya va professional tayyorgarlik tushunchalarining o‘zaro bog‘liqligi ilmiy manbalar asosida tahlil qilingan. Shuningdek, bo‘lajak o‘qituvchilarda kreativ faoliyatni rivojlantirishga xizmat qiluvchi media ta’lim vositalari, ularning didaktik imkoniyatlari hamda ta’lim jarayoniga integratsiyalash mexanizmlari asoslab berilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, media ta’lim vositalaridan tizimli va maqsadli foydalanish bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining kreativ fikrlashini, mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatini va pedagogik innovatsion faoliyatga tayyorgarligini sezilarli darajada oshirishi aniqlandi.
2025-12-25
O‘QUVCHILARDA AXBOROT SAVODXONLIGINI RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI
Ushbu maqolada o‘quvchilarda axborot savodxonligini rivojlantirishning zamonaviy yondashuvlari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda interaktiv, loyiha va tadqiqotga asoslangan metodlar, gibrid va masofaviy ta’lim, shuningdek sun’iy intellekt va adaptiv o‘quv tizimlarining pedagogik samaradorlikka ta’siri ko‘rib chiqilgan. Maqolada pedagogik strategiyalar, axborot xavfsizligi va etik jihatlar o‘quvchilarning axborot bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi roli bilan birga yoritilgan. Natijalar ta’lim muassasalarida axborot savodxonligini samarali shakllantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni beradi.
2025-12-25
ELEKTRON TA’LIM PLATFORMALARIDA KROS-PLATFORMA TEXNOLOGIYALARINI QO‘LLASHNING PEDAGOGIK VA TEXNIK AFZALLIKLARI
Ushbu maqolada elektron ta’lim platformalarida kros-platforma texnologiyalarini qo‘llashning pedagogik va texnik afzalliklari tahlil qilinadi. Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, yagona kod bazasi asosida turli operatsion tizim va qurilmalarda ishlaydigan platformalarni yaratish ta’lim jarayonining uzluksizligini va foydalanuvchilar uchun qulay muhitni ta’minlaydi. Pedagogik jihatdan, kros-platforma platformalar o‘quvchilarning faolligini oshirish, individual ta’lim trayektoriyalarini shakllantirish va interaktiv ta’lim elementlarini joriy etish imkonini beradi. Texnik nuqtayi nazardan esa ularni ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish va texnik qo‘llab-quvvatlash jarayonlari soddalashtiriladi hamda moliyaviy resurslar tejalanadi. Shuningdek, kros-platforma texnologiyalari masofaviy va aralash ta’lim shakllarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
2025-12-29
"BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA STEAM TEXNOLOGIYASI ASOSIDA TADQIQOTCHILIK FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY-PEDAGOGIK ZARURATI
Ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarining intellektual salohiyatini oshirishda STEAM (fan, texnologiya, muhandislik, san'at va matematika) ta'lim texnologiyasining o'rni va tadqiqotchilik faoliyatini rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik zarurati tahlil qilinadi. Shuningdek, xalqaro tajribalar, xususan, maktabgacha va boshlang'ich ta'limda inklyuziv STEAM yondashuvlari hamda O'zbekiston ta'lim tizimidagi islohotlar bilan bog'liqlik jihatlari yoritilgan.
2025-12-29
TA’LIM-TARBIYA JARAYONIDA REFLEKSIYA MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH
Mazkur tezisda ta’lim-tarbiya jarayonida refleksiya madaniyatini shakllantirishning pedagogik ahamiyati va nazariy-metodik asoslari yoritilgan. Refleksiya shaxsning o‘z faoliyatini tahlil qilish, baholash hamda takomillashtirishga yo‘naltirilgan muhim kompetensiya sifatida talqin etiladi. Tadqiqotda refleksiv fikrlashning o‘quvchilarning mustaqil ta’lim olish, tanqidiy va ijodiy tafakkurini rivojlantirishdagi o‘rni ochib berilgan. Shuningdek, ta’lim jarayonida refleksiv yondashuvlarni qo‘llash, pedagog va o‘quvchi o‘rtasidagi samarali muloqotni ta’minlash hamda ta’lim sifatini oshirish imkoniyatlari tahlil qilingan.
2025-12-29
TA’LIM JARAYONIDA ROBOTOTEXNIKA VA DASTURLASHNI O‘QITISHNING INNOVATSION USULLARI
Mazkur maqolada ta’lim jarayonida robototexnika va dasturlash fanlarini o‘qitishda innovatsion pedagogik yondashuvlardan foydalanish masalalari yoritilgan. Tadqiqot jarayonida loyihaviy ta’lim, STEAM yondashuvi, raqamli platformalar va virtual laboratoriyalar, shuningdek gamifikatsiya texnologiyalarining ta’lim samaradorligiga ta’siri tahlil qilingan. Ilmiy manbalar asosida ushbu innovatsion usullar o‘quvchilarning algoritmik, mantiqiy va tanqidiy fikrlashini rivojlantirishi, mustaqil va ijodiy faoliyatga yo‘naltirishi asoslab berilgan. Shuningdek, robototexnika va dasturlashni o‘qitishda o‘qituvchining innovatsion va raqamli kompetensiyalarining ahamiyati ochib berilgan. Tadqiqot natijalari zamonaviy ta’lim tizimida innovatsion texnologiyalarni samarali joriy etish hamda raqobatbardosh, texnologik savodxon kadrlar tayyorlashda mazkur fanlarning muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.
2025-12-29
ИННОВАЦИОННЫЕ ПОДХОДЫ К СОВЕРШЕНСТВОВАНИЮ МЕТОДИЧЕСКОЙ ПОДГОТОВКИ УЧИТЕЛЕЙ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ К ИСПОЛЬЗОВАНИЮ ПРОГРАММЫ ОЦЕНКИ PIRLS
В данной статье рассматриваются концептуальные основы и инновационные механизмы повышения квалификации учителей начальных классов в контексте международного исследования качества чтения и понимания текста PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study). Автор анализирует необходимость трансформации педагогических компетенций от репродуктивного обучения к когнитивно-ориентированному. Особое внимание уделяется интеграции цифровых инструментов, стратегий метапознания и проектного моделирования учебных заданий.
2025-12-31
VATANPARVARLIK VA FAOL FUQAROLIK: YOSHLARNING JAMIYAT RIVOJIGA DADIL HISSASI
Bugungi shiddatli globallashuv sharoitida yoshlarning Vatan taqdiriga daxldorlik hissi – vatanparvarlik va faol fuqarolik mas’uliyatini shakllantirish har qachongidan ham dolzarb. Ushbu maqolada yoshlarning jamiyat hayotida ko‘ngillilik, innovatsiya va ijtimoiy tashabbuslar orqali samarali ishtirok etish yo‘llari, ularni qo‘llab-quvvatlovchi omillar hamda kelajak bunyodkori sifatida mamlakat taraqqiyotiga qo‘shadigan beqiyos hissalari atroflicha yoritiladi. Maqola yosh avlodni o‘zining shaxsiy kamoloti bilan birga, Vatan ravnaqi uchun mas’uliyatli fuqaro bo‘lishga undaydi.
2025-12-31
“O’ZBEKISTON VA FINLANDIYA TA’LIM TIZIMIDA MILLIY QADRIYATLAR UYG’UNLIGI”
Mazkur maqolada yoshlarga milliy qadriyatlarni singdirishda ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish hamda uni O‘zbekiston qadriyatlari bilan integratsiya qilish , ta’lim tizimida qo‘llashning samarali usullari yoritilgan.Mazkur maqolada har ikki davlat ta’lim siyosatining asosiy tamoyillar- inson qadri, o‘qtuvchi nufuzi, tenglik, ma’naviy tarbiya va innovatsion yondashuvlarning uyg‘unligi ko‘rsatib o‘tiladi.
2025-12-31
